2 daqiqada öqiladi

253 marta körilgan

Ana şunaqa

Gabriel Garsia Markes

Bolalar ahmoq emas

Kolumbiyalik yozuvçi Gabriel Garsia Markes fusunkor realizm (magik realizm) yönalişidagi asarlari bilan butun dunyoga maşhur. Uning “Yuz yil yolğizlikda”, “Oşkora qotillik qissasi”, “Buzrukning kuzi” kabi asarlarini kitobxonlar sevib mutolaa qiladi.
Kunlarning birida Markes özini bolalar adabiyotida ham sinab körmoqçi bölib, ertaklar yozadi. Asarlari mitti öquvçilarda qanday taassurot qoldirişini biliş uçun öz öğillariga öqişga beradi. Biroq natija kutilganidek bölmaydi. Töğrisöz yozuvçining töğrisöz bolalari bitta ertakni öqib çiqqaç, uni şunday sözlar bilan qaytarib berişadi:
– Nima, bolalarni şunçalik ahmoq deb öylayapsizmi?

Yoş şoir nomidagi köça

Odatda, öttiz yoş atrofidagi ijodkorlarga taʼrif berilganda “yoş” sözi qöşib aytiladi. Balki şunga könikkani, köngani uçun ham “yoş”lar katta asarlar yozmaydi, katta badiiy izlanişlarga qöl urmaydi. Biroq tarixda nom qoldirgan juda köp ijodkorlar öttizda “yoş”lik darajasidan ança olislab ketgan. Buni mumtoz adiblarimiz hayoti misolida ham, ötgan asrda yaşab ötgan yozuvçilar tarjimayi holi misolida ham köriş mumkin.
Atoqli ispan şoiri Federiko Garsia Lorkaning ijodiy faoliyati çinakam qalamkaş adabiyotga jiddiy maqsadlar bilan qadam qöyişi va bu maqsadlarga ertaroq erişişi zarurligini yana bir bor körsatib berdi. U erta tanildi, asarlari sevib öqildi va qölma-qöl böldi. Lorka hayotlik paytidayoq – 1931-yili Fuente Vakeros tumani hokimligi De La Iglesia köçasini şoir şarafiga “Federiko Garsia Lorka” deb nomladi. Bu paytda u endigina 33 yoşga kirgan edi.

Agar iloji bölganida…

Maşhur faylasuf Diogen faqirlikda kun keçirardi. Öta ziqnaligi va rahmsizligi bilan tanilgan bir kişi bir kuni unga dedi:
– Qani, bir urinib kör-çi, balki meni sadaqa berişga köndirarsan.
Faylasuf bu “iltifotli” gapga şunday javob qaytardi:
– Agar seni biror-narsaga rozi qilişning iloji bölganida, özingni osişingga köndirgan bölardim.

“Heminguey” nomli baliq

Ernest Heminguey baliq oviga qattiq qiziqqani, hatto baliq ovi musobaqasida muntazam iştirok etgani köpçilikka maʼlum. U ajoyib kunlarning birida 357 kiloli mako akulasini tutişga muvaffaq böladi. 1938-yili esa bir kunda 7 dona yelkanbaliq ovlab, jahon rekordini örnatadi.
Yozuvçining qiziqişlari baliq ovlaş bilangina çeklanmaydi. U ummonlarda yaşovçi yangi baliq turini kaşf etadi, keyinçalik bu baliq adib şarafiga “Neomarinthae Hemingwayi” deb nomlanadi.

Orif Tolib
tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)