Yoş ijodkorlarning mustaqil Vatan adabiyotiga Jizzax diyoridan qöyayotgan qadamlari qutluğ bölsin!
Şavkat Mirziyoyev
(1997-yil, Zomin seminari)
Jizzax viloyatida mamlakatimizning eng nufuzli adabiy anjumanlaridan biri – Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari öz işini boşlamoqda. Bu bejiz emas. Bu diyor faqat özining gözal va maftunkor tabiati bilangina emas, Vatanimizni yuksak darajada tarannum etgan betakror şoirlari, yozuvçilari bilan ham dong taratgan.
“Jizzax deganda, avvalo Zarafşon vohasida joylaşgan, özining gözal va betakror tabiati, qadimiy tarixi, serviqor toğlari, bepoyon daştu dalalari, eng muhimi, oqköngil, oriyatli va mehnatkaş insonlari bilan odamni öziga maftun etadigan bir diyor köz öngingizda namoyon böladi, – deb yozadi Prezidentimiz “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobida va Vatan tabiatini tasvirlaşda ijodkor mahoratining ahamiyati haqidagi sözini şunday davom ettiradi. – Bu zamindagi Zomin milliy boği, Baxmal, Jizzax va Foriş toğlaridagi yam-yaşil arçazorlar, soy va buloqlar, Arnasoy, Aydarköl, Tuzkon köllari atrofidagi tabiat möjizalarini tasvirlaş uçun odam, albatta, yo zör şoir, yo zör rassom bölişi kerak”.
Bugun yurtimizda adabiyotning rivojlanişiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 18 apreldagi “Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği hududida Adiblar xiyobonini barpo etiş töğrisida”gi hamda “Atoqli davlat arbobi va yozuvçi Şarof Raşidov tavalludining 100-yilligini nişonlaş töğrisida”gi qarorlari, şuningdek, Yurtboşimiz farmoniga binoan Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyevaning “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlanişi adabiyotimizga körsatilayotgan yuksak eʼtibor namunalari böldi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida Respublika yoş ijodkorlari seminarining ötkazilayotgani muhtaram Prezidentimizning adabiyotga körsatayotgan yana bir ğamxörligi sifatida barçamizni mamnun etadi.
Zero, bu seminar ilk bor 1997-yil iyul oyi boşlarida muhtaram Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning taşabbusi bilan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Öriklisoy maskanida taşkil etilgan edi. Mazkur seminar şundan söng yoş ijodkorlarni tarbiyalab voyaga yetkazadigan isteʼdod maktabi sifatida eʼtirof etildi, uni Vatanimizning mustaqillik bayrami arafasida har yili ötkaziş anʼanaga aylandi.
Seminar iştirokçilari orasidan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan ijodkorlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari yetişib çiqdi.
Yozuvçilar uyuşmasi, “Ijod” jamoat fondi homiyligida yoş ijodkorlarning 56 nomdagi birinçi kitoblari, yoş dramaturglarning “Joziba” nomli jamoa töplami, yoş tarjimonlarning “Bahor bulbullarining çah-çahi” töplami hamda 64 nafar yoş şoirning şeʼrlari jamlangan “Biz istiqlol farzandlarimiz” nomli yoşlar bayozi naşr etildi. Kuni keça “Birinçi kitobim” loyihasida yoş ijodkorlarning yana 19 nomdagi kitoblari dunyo yuzini kördi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da ötkazilayotgan yoş ijodkorlarning Respublika Zomin seminarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahridan 60 nafar yoş ijodkor iştirok etmoqda.
Özbekiston xalq şoirlari, viloyatlarda yaşab ijod qilayotgan atoqli adiblar yoş ijodkorlarning qölyozmalarini öqib, ularga kerakli maslahatlar berişadi.
Seminarning yuksak darajada ötkazilişi va samarali natijalarga erişiş uçun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida maxsus çora-tadbirlar belgilangan.
“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobida Yurtboşimiz adabiyotning yoş avlod kamoloti borasidagi roli haqida alohida töxtalgan: “Jizzax viloyatida xalqimizning atoqli farzandlari Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bağişlab zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida gözal va muhtaşam bir boğ taşkil etsak, isteʼdodli yoşlarimizning bu yerga kelib, adabiyot va sanʼat, musiqa sirlarini çuqur örganişini yölga qöysak, nur ustiga nur bölar edi”.
Özbekiston xalq şoiri Zulfiya adabiyotning nurli gulşani haqida orzu qilib: “Bu boğlar bir boğlar böladi hali”, deb başorat etgandi. Zomin tumanida bölib ötayotgan Özbekiston Respublikasi yoş ijodkorlarining adabiy seminari ana şu ezgu niyatlarning uşalayotganini körsatadi.
Ha, bu boğlar bir boğlar böldiki, körganning havasi kelişi şubhasiz.
Muhammad ALI
Yozuvçilar uyuşmasi raisi,
Özbekiston xalq yozuvçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


