Mirpölat Mirzo,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir
Zomin ertaknamo maʼvodir. Şeʼrga ixlos qöygan yoşlarning bunda jam bölişi bu muhitni yanada gözallaştirib yuboradi. Lojuvard osmon, mağrur çöqqilar, kumuşyol suvlar, toğ çeçaklari keçagidek yodimda. Yoş qalamkaşlarga faqat şeʼriy mahoratdan dars olişni emas, tabiat gözalligidan bahramand böliş sanʼatini ham uqtirmoq kerak.
Men Zominda bölganimda tabiatdan bahra olib, uşbu satrlar bilan boşlanuvçi şeʼrimni ham yozganman:
Suzib qorday toza hislar nahrida,
Mahzun yuraklarni yayratay deb şaʼn.
Yuksak va barhavo toğlar bağrida
Şoirlar tuzdilar gözal anjuman.
Minhojiddin Mirzo,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, şoir
Men Zomin seminarida beş yil davomida bevosita taşkilotçi bölib – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari sifatida iştirok etganman. Raisimiz, marhum ustoz Abdulla Oripov har gal şaxsan özlari boş bölib borar, yarq etgan isteʼdodni körsa, behad quvonib ketardi.
Agar öşa yillardagi yoş ijodkorlarga eʼtibor bersangiz, Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qölga kiritgan qizlarimizning aksariyati Zomin seminari qatnaşçilari. Yoki yurtimizning turli oliy öquv yurtlarining filologiya, jurnalistika, madaniyat yönalişlarida öqib, keyinçalik hayotda öz örnini topgan, isteʼdodi bilan yuzaga çiqqan yoşlarning birinçilari qatorida mana şu seminar kaşfiyotlari bor.
Yodimda qolgan baʼzi yoş qalamkaşlarni misol qilib keltirişim mumkin. Masalan, Adiba Umirova katta şoira bölib yetişdi, Ikromjon Asliy yaxşi ğazallari bilan közga taşlandi, Behzod Fazliddin degan yaxşi bir şoir yoki uning yurtdoşi Benazir ismli şoira qizimiz şu seminar sabab kaşf etildi, Oygul Asilbek qizi bugun yaxşi bir adabiyotşunos olimaga aylandi. Uşbu seminar katta adabiyotga kiriş uçun ostona vazifasini ötadi. Hozir yodimga kelgan ijodkorlarnigina sanadim. Agar döppini bir çetga qöyib, yaxşilab eslasam, ularning safi bir neça karra köpayadi.
Uç-tört kun davom etadigan seminarning har bir kuni nafaqat yoş ijodkorlar muşoirasi, balki çinakam mahorat maktabi bölar edi. Qançadan-qança ustoz adiblar saboq berardi, yoşlar ijod qozonida qaynardi. Asarlarning yutuğiyam, kamçiligiyam, yarq etgan tomonlariyu böşroq jihatlariyam – hamma-hammasi tahlil qilinardi. Faqat asar muhokamasi bilan çeklanmasdan, adabiyot va sanʼatdagi muammolar örtaga taşlanar, erkin fikrlar aytilardi. Bu adabiyotning istiqbolini belgilab beradigan jonkuyar ijodkorlarni tarbiyalaşga katta hissa qöşdi.
Bundan taşqari, tevarak atrofdagi qişloqlardan, sanatoriylardan adabiyot muxlislari uçraşuvga kelardi yo özimiz tadbir uyuştirar edik. Köplab adabiyot xayrixohlari, ixlosmandlari yöqlab turardi. Buyam yoşlar uçun katta maktab böldi.
Boşqa seminarlarda ham qatnaşganman. Lekin, töğrisi, ruhi, jöşqinligi, samarasi jihatidan Zomin seminaridek bölmagan. Tabiat sofligida gap köp bölsa kerak-da. Ijodkor uçun qalb musaffoligi juda muhim. Tuyğular ham şunga yaraşa tiniq çiqadi, yarqirab namoyon böladi. Şuning uçun bu seminarning tiklanişini juda katta mamnuniyat bilan qarşi olaman.
Mehribon ABDURAHMONOVA,
Yozuvçilar uyuşmasi Jizzax viloyat bölimi masʼul kotibi
Bu zaminga taşrif buyurgan ijod ahli ilhom oğuşida qoladi. Zomin ilhomlari yangidan-yangi asarlar yaratilişiga zamin tayyorladi. Ustozlardan oq fotiha olgan köplab yoşlar katta adabiyot sari işonç bilan odimladilar. Seminarda ustozlarning qimmatli fikrlaridan bahramand bölib, mahorat darslarini tinglab, asl adabiyot nima, ijodkor kim, uning adabiyot, el-yurt, Vatan oldidagi burç va vazifalari nimalardan iborat, degan savollarning mazmun-mohiyatini çuqurroq anglaş imkoniyatiga ega böldilar.
Öşa qutluğ kunlarda meni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzolikka qabul qilişgandi. Yigirma yil avvalgi xotiralarni qança hayajon bilan eslasam, şu kunlarda ötayotgan yoş ijodkorlar seminari yana köngilga quvonç ulaşib turibdi. Bu gal ustozlar safida, mezbon yurt vakili sifatida iştirok etyapman. Men bundan bağoyat baxtiyorman.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


