6 daqiqada öqiladi

346 marta körilgan

Köngil şamçiroği

Suyima Ğaniyeva

TAHRIRIYATDAN: Inson uçun boşqalar uqtirgan haqiqatlardan köra özi anglaganlari qadrliroq böladi. Biroq bu haqiqatlarni qölga kiritiş ançayin maşaqqatli. Bu yöl insondan fidoyilikni  talab etadi.
Adabiyotşunos olim, professor Suyima Ğaniyeva ana şunday zahmatkaş ijodkorlarimizdan biridir. U uzoq yillik ilmiy izlanişlari orqali özbek öquvçisiga mumtoz adabiyotimizning buyuk vakillarini taniştirişdek masʼuliyatli işda jonbozlik qildi. Bu yölda önlab risolalar naşr etdi.   
Maʼlumki, buyuk ajdodlarimiz özlarining ijodiy meroslari bilan juda katta pand- nasihat maktabini yaratdilar. Eng qadimiy yozma yodgorliklar sanalmiş bitiktoşlarni olamizmi, Yusuf Xos Xojibning “ Qutadğu bilig” dostonini olamizmi, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” nomli benazir asarini misol qilib keltiramizmi, bularning har biri badiiy tafakkur va insoniy fazilatlarning özaro uyğunligidan taşkil topgan. Alişer Navoiy asarlari esa bu toifaga mansub asarlarning eng saralaridir. Taʼbir joiz bölsa, hazratning asarlari şarq şeʼriyati olamining zavol bilmas çeçaklaridir. Toki, olamda söz qadrini anglaguvçi insonlar bor ekan, har bir avlod bu çeçaklarning yangiça iforini kaşf etadi.
Atoqli olima Suyima Ğaniyeva öz ijodiy faoliyati davomida hazrat Navoiyning benazir işqnomalarini öziga xos tarzda tadqiq etib kelmoqda. Şu kunlarda Suyima Ğaniyeva özlarining muborak 80 yoşini qarşiladi. Hurmatli olimamizni ana şu qutluğ ayyom bilan barça adabiyotsevarlar nomidan muborakbod etamiz.

Adabiyotga qiziqiş bolaligimdan boşlangan desam bir oz mubolağa qilgan bölaman. Töğri, yoşligimda xayolparastlik odatlarim bor edi. Ammo adabiyotga bölgan çinakam ixlos talabalik yillarida sezildi. Öqituvçilarimiz tavsiyasi bilan şeʼr yodlaş va ifodali öqiş maşğulotlari menda şeʼriyatga, xususan, mumtoz adabiyotga havas uyğotdi. Mumtoz adabiyotni anglaganim sari hayratim, qiziqişim ortaverdi va meni adabiyot butunlay rom etib qöydi.
Men 1956-yili Leningrad Davlat universitetida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladim. Öşanda dissertatsiyamning avtoreferati kitob holida çop etildi. Ilk marta qölimga olgan bu kitob men uçun juda qadrli edi. Esimda, bu kitobimni aynan tuğilgan kunimda qölimga olgan edim. Bu mening öz-özimga sovğam edi.
1961-yil Alişer Navoiyning “Majolis un-nafois” asarining ilmiy-tanqidiy matni (arab yozuvida) kattagina sözboşi bilan naşr etildi. Şunda Moskva, Leningrad, Eron, Afğoniston, Turkiya olimlari bu kitobga juda katta qiziqiş bildirdi va iloji bölsa yuborişimizni söradilar. Bu kabi eʼtiroflardan keyin menda şu asarni rus tiliga tarjima qiliş orzusi paydo böldi. Leningradlik olim, ilmiy ustozim Aleksandr Nikolayeviç Boldirevga bu haqda xat yozdim. Ustoz bundan behad xursand böldi va oq fotiha berdilar. Men zudlik bilan işga kirişdim va qisqa fursatlarda tarjimani yakunladim. Bu tarjima 1970-yilda Alişer Navoiyning rus tilidagi 10 tomligining 9-tomida naşr qilindi. Bu ham mening ijoddagi ulkan yutuqlarimdan biri edi.
Keyinçalik “Majolis un-nafois” haqida özbek, rus, ingliz, fors, olmon, fransuz tillarida ellikka yaqin maqolam çop etildi. Bir qator xorijiy mamlakatlarda ötkazilgan xalqaro anjumanlarda maʼruzalar qildim. Ammo bu asar haqidagi tadqiqotlarim keyinçalik ham davom etdi. “Majolis un-nafois”ning ikki forsiy tarjimasi 1945-yilda Eronda naşr qilingan. Britaniya muzeyida ham yana bir forsiy tarjimasi saqlanar ekan. Men buning mikrofilmini olişga muvaffaq böldim. Hozir Madrasda va Tehronda saqlanayotgan yana ikki forsiy tarjimasiga erişiş umididaman.
“Majolis un-nafois”ning matni Alişer Navoiy asarlarining 15 tomligida ön ikkinçi tomdan, 20 tomligida izohlari bilan ön uçinçi tomdan örin olgan. Yaqinda Respublikamizning 20 yilligiga sovğa qilingan Navoiyning mukammal asarlari 10 jildga jamlanib, uning töqqizinçi jildidan örin oldi. Bu xayrli işlarda mening ham öziga xos iştirokim borligidan behad mamnunman.
1962-yilda “Navoiy hayoti va ijodi” deb nomlangan kitobim çiqdi. Keyinçalik, 1968-yilda bu kitob qayta işlanib, töldirilgan holda çop etildi. Şu kunlarda esa yana yangi naşri kutilmoqda.
Umrim ne-ne uluğ zotlarning bebaho meroslarini varaqlaş bilan ötdi. Men bu bilan har qança faxrlansam arziydi. Ijodiy faoliyatim davomida turli xil mavzularda beş yuzdan ortiq maqola eʼlon qildim. Önlab matn, yigirmaga yaqin tarjimalar va risolalarim çop etildi. Oddiy misol: “Kalila va Dimna” şu paytgaça olti marta naşr qilindi.
1991-yil Eronning Tehron şahrida joylaşgan “Koxi Guliston” muzeyida saqlanayotgan Navoiyning öz qöli bilan yozilgan “Navodir un-nihol” devonini tört tilda: özbek, rus, ingliz va fors tillarida yozilgan söz boşi bilan naşr etişga muvaffaq böldim. Bu iş adabiy hayotimizda ham, şaxsiy hayotimda ham eng quvonçli voqea böldi. Hazratning yoşlarimiz maʼnaviyatini şakllantirişda muhim asar hisoblangan “Siroj ul-muslimin” 1990-yilda, hayoti sönggida yozgan “Munojot”i 1991-yilda birinçi bölib sevimli jurnalimiz “Yoşlik”da naşr etilgani meni behad şod qilgan edi.
Adabiyotdagi yutuqlarimda talabalikda saboq bergan ustozlarimning hissasi beqiyos. Biz talabalar Şarqşunoslik institutida uruşdan keyingi ançayin oğir yillarda saboq oldik. U paytlarda institutlarda darsxonalar, stol-stullar yetişmas edi. Buning ustiga qişda auditoriyalarning sovuqligidan tuzuk öqiy olmasdik. Yangi öquv yili boşlanişi bilan talabalar paxta maydonlariga safarbar etilar edi. Ayni ilm örganadigan paytda uç oylab paxtazorlarda sarson-sargardon bölardik. Men bu gaplarni bugungi talaba yoşlarimiz yaratib qöyilgan şart-şaroitlarning qadriga yetsin deb aytib qöymoqdaman.
Darhaqiqat, örni kelganda bizlarga taʼlim-tarbiya bergan uluğ ustozlarimning nomlarini bir eslab qöysam: A.Hamroyev, S.Mirzayev, B.Xolidov, N.A.Semenov, A.Mutallibov, N.F.Solodovnikova, V.D.Shiller. A.K.Arenda, I.F.Levitskiy, N.Xalfin, O.Umarov, G.A.Bondorevskiy va boşqalar… Bu zotlar öz kasbining haqiqiy fidoyilari edilar.
Esimda, 1950-yil Leningrad universitetidan kelgan Aleksandr Nikolayeviç Boldirev institutimizning Şarq fakulteti 3 va 4-kurs talabalariga “Fors mumtoz adabiyoti”dan bir oy dars berdilar. Domlaning forsiy şeʼrlarni gözal talaffuz bilan öqişlari hammamizda katta taassurot qoldirdi. Jumladan, ustozning saboqlari mening ham könglimda bir umr muhrlanib qoldi. Keyinçalik taqdir taqozosi bilan Leningrad universitetiga aspiranturaga borganimda şu domla ilmiy işimga rahbar böldilar. Dissertatsiya mavzusi “Majolis un-nafois” asarining ilmiy-tanqidiy matni va adabiy manba sifatida örganiş masalasi edi. Bu mavzu Aleksandr Boldirevga ham juda maʼqul kelgan edi.
Xullas, men endi Navoiy asarlarini jiddiy mutolaa qilişga kirişdim. 1956-yilning boşlari edi. Domla jadallik bilan dissertatsiyani tugatişim zarurligini, Navoiy tuğilgan kuni ilmiy işim muhokamaga qöyilişini aytdi. Men işni oxiriga yetkazolmay qolişdan xavotirda ekanimni aytganimda, ustoz bir ajib gap aytdilar: “Bizlar har yili, hatto Leningradda dahşatli uruş ketayotgan paytlarda ham Navoiyning tavallud kunini katta-katta anjumanlar, navoiyxonliklar bilan ötkazib kelganmiz. Bu yil ham xuddi şunday böladi. Sizning ilmiy işingiz muhokamasi hazratning tuğilgan kuniga gözal sovğa böladi”.
Bu gaplar mening ğayratimga ğayrat qöşdi. Qolaversa, işimni hazratning tavallud kunlari munosabati bilan himoyaga qöysam vaqtdan yutar ekanman. Çunki ilmiy işlar muhokamasi navbatga köra belgilanar ekan. Mening navbatim esa bir yarim yildan söng kelarkan.
Natija şu böldiki, 1956-yilning 22 fevral kuni akademik ilmiy kengaşida nomzodlik işimni himoya qildim. Opponentlarim akademik A.N.Kononov, dotsent G.Kostigovalar edi. Öşa kuni sözga çiqqan olimlarning Navoiy siymosiga, uning ijodiga bölgan tavajjuh va hurmatlari yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Darhaqiqat, donişmandlar aytganidek, ilm, öqiş va örganiş bizni boy ötmişimizning maʼnaviy vorislariga aylantiradi. Ilm, kitob köngil şamçiroğidir. Bu haqiqatni heç qaçon unutmasligimiz kerak. Farzandlar taʼlim-tarbiyasi faqat davlat işi emas, bu oila uhdasi hamdir. Bolalarimiz öz ajdodlari qoldirgan maʼnaviy meroslarni bilişlari kerak. Buning uçun esa ular kitob bilan döst bölişlari lozim böladi. Zero, ahli ilmlar aytganidek: “Kitoblar qalbni yoritadi, insonni yuksaklikka kötaradi. Eng yaxşi orzu-istaklarni uyğotadi, aqlni çarxlaydi”.
Yaratganga ming şukurki, butun umrim ilm içida ötmoqda. Ikki qiz, bir öğilni tarbiyalab voyaga yetkazdim. Ularning biri bioximik, biri tiş doktori, biri quruvçi böldi. Olti nafar nevaramning uçtasi oliy maʼlumotli, magistraturani tugatdi. Yana olti nafar evaram bor. Bolalarim mening sohamga qiziqişmadi. Ammo ilmda hamjihatmiz. Farzandlarim – katta baxtim. Yana bir baxtim – yaxşi muhitda, yaxşi hamkasblar bilan işladim. Bir jihatdan ular, qolaversa, uluğlar ruhiyati madadkor bölib, şunday farovon kunlarga yetib keldim.

Suyima ĞANIYEVA,
filologiya fanlari doktori, professor
“Yoşlik” jurnali 2012-yil, 1-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)