Sadriddin Salim Buxoriy ijodida söz non kabi, jon kabi ehtirom etiladi. Şoir sözni qanotga, Ğirkök otga, sabotga, hayotga mengzaydi:
Söz qanotga aylandi,
Kökni quçmoqda qöşiq.
Söz sabotga aylandi,
Malaklar unga oşiq1.
Ijodkor şoirlikni öta uluğ, öta masʼuliyatli taqdir deb bildi va bunga butun umri, ijodi davomida amal qilib yaşadi. Sadriddin Salim Buxoriy “gullarning şeʼrlari hidida”, “Daraxtning gullagan qöli – uning şeʼri” ekanini körgaç “şeʼr yozmay qöyganini” aytadi va “qalami gullamasa, şeʼriyat yöli özi uçun berk”ligini anglaydi. Şoir şeʼriyat bahorida “Yoğoç tugul nafas gullaydi”, “Yurak gulga aylanib”, “Hatto kökrakqafas gullaydi”, deb hisoblaydi. Bu satrlar “kökrakqafas” sözini öylaşga majbur qiladi. Quşdek potirlab turgan, mudom ozodlik istaydigan yurakni – qudratli insonning uluğ aʼzosini saqlab turgani, unga Yaratgan qobirğalarni panjara qilib qöygani tufayli kökrak qafasi deyilsa, ajab emas. Şoirning mahoratini köringki, şeʼriyat bahori kökrak qafasini ham gullatişiga işonadi va bunga şeʼrxonni ham işontiradi. Şoir “maysazor, maysa – yerning qöşiği” deb biladi. Yerning qöşiği oldida öz şeʼrining quruq gap bölib qolişini aytiş bilan şarqona kamtarlik qiladi, ayni damda, uluğ haqiqatni ham ifoda etadi. Xulosa yanada gözal, falsafiy:
Özbekiston, o, buyuk şoir,
Quruq yerda şeʼrlar undirdi.
Şeʼr yozma, deb gullagan könglim
Qöllarimni oxir köndirdi.
Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyati öziga xos. Undagi ohang, tafakkur tarzi xalqona. Şoir har bir satrini tabiatning inja, közquvnar hodisalaridan olib, uni öz dunyosiga xos falsafiy teranlik bilan bezaydi va ezgulik nurlariga töyintirib, şeʼrxon kayfiyatiga kötarinkilik baxş etadi. Gohida esa tabiat kömagida insonga ögit beradi, undagi vijdonni uyğotadi. Şoir nazdida “daraxtning qöllari bisyor, panjalari oçiq, beozor”. Şoir insonga xos nuqson haqida sözlasa, özi misolida aytadi. Bu şoir uslubiga xos jihatlardan biridir:
Daraxt, bir-ku bizlarning zamin,
Osmonimiz bir-ku, ne sabab
Bunça saxiy sening qöllaring,
Uyalaman qölimga qarab…
Şoir biz uçun oddiy tuyulgan holatdan kutilmagan, betakror va gözal xulosa yasaydiki, bu Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyatiga xos uslubning öziga xosligidir. Uning “Bahor”, “Somoniy maqbarasi yonidagi daraxt”, “Yer qaʼridan çiqqan giyoh – xat”, “Vo ajabki men bilan birga…”, “Garçi tili boşqa-boşqadir” kabi şeʼrlari fikrimizga misoldir. Juda sodda tuyuladigan sakkiz qatorli şeʼrini öqing:
Yalanğoç novdalarga
Çumçuqlar qönib oldi.
Göyo ular yaproqqa
Birdan aylanib qoldi.
Qiqir-qiqir barglardek
Mast bölişdi kulgidan.
Ular keksa daraxtni
Uyğotmoqçi uyqudan.
Şoir ijodida daraxt obrazi alohida örin tutadi. U tut, olma kabi özbekzamin daraxtlarini jonlantiradi. Kuzda barglari sarğaygan olma daraxtiga “singilginam” deya murojaat qiladi. Şoir nazdida, olma daraxtining qiş sabab “titragaydir qalblari”, u “yiğlamasligi, bardoş qilişi lozim”:
Dunyo özi qiziq, singiljon,
Kimki qişga çidasa agar,
Bahor gulga burkar begumon
Va baxt yana taşlaydi nazar.
Şoir “Tomirlarda kezarkan kuraş, Yana gulga tölgay quçoqlar” deya kötarinki ruhda şeʼrni yakunlaydi. Sadriddin Salim Buxoriy hayotda ham, ijodda ham insonlarga dalda böluvçi dilkaş şoir edi, şeʼriyatidagi kötarinkilik ham uning uslubiga xos jihatlardan biri sifatida közga taşlanadi. Öquvçi bunday şeʼrlardan maʼnaviy ozuqa, ruhiy quvvat oladi. Aslida, çin şeʼriyatga xos asosiy fazilat ham şu.
Şoirning “Taroqday ming til bilan”, “Bibimga”, “Bir qarasam sepkiling”, “Közmunçoqday xoling bor”, “Soçingga ilaşgan mening nigohim”, “Eski Buxoro xalq qöşiği” kabi şeʼrlari xalqona taşbehlarga boyligi, xalqona ohanglardan töyinganligi bilan ajralib turadi:
Köprigingdan bir kuni
Tugmaça topib oldim.
Tugmaça közlikkinam,
Men seni sevib qoldim.
Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyati folklordan oziqlangan gözal, betakror şeʼriyat. Fikrimizni şoir yaratgan adabiy maqollar kömagida dalillasak. Aforizm emas, atayin adabiy maqol deb aytdik. “Aforizm” yunonça söz bölib, “taʼrif, ixçam ifoda” degani. “Aforizm – muallifi maʼlum bölgan, ixçam şaklda va taʼsirli ifoda etilgan umumlaşma fikr”2. Luğatda taʼrifdan söng misol sifatida Abdulla Qahhorning “Adabiyot atomdan kuçli, lekin uning kuçini ötin yorişga sarf qiliş kerak emas”, degan fikri keltirilgan. Bundan körinadiki, xoh ilmiy, xoh badiiy asar bağridagi purhikmat, ixçam şakldagi, muallifi aniq bölgan fikrlar aforizm hisoblanadi. Bu nazariy xulosaga eʼtirozimiz yöq. Ammo badiiy asar tarkibida uçraydigan, xalq maqoli singari purhikmat ifodaga ega, ixçam şakldagi gözal fikrlardan iborat sodda yoki qöşma gapni aforizm deyişdan köra adabiy maqol deb aytiş maʼqul, bizningça. Adabiy maqollar “Qutadğu bilig”dan to hozirgaça yaratilgan badiiy asarlarimiz bağrida yaşab kelmoqda. Çunonçi, “Mahbub ul-qulub”dagi “Vafosizda hayo yöq, Hayosizda vafo yöq” tarzidagi jumlalarni eslaş kifoya. Umrini el-yurt xizmatiga bağişlagan ustoz şoir Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyatida köplab adabiy maqollar uçraydi. Ular içida ommalaşib ketgani – “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo” misrasi adabiy maqolning gözal namunasidir:
Illat izlaganga illatdur dunyo,
Ğurbat izlaganga ğurbatdur dunyo,
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
Badiiy asarda kelgan misra yoki jumla ayri olinganda ham xalq maqoli bilan bellaşa olsa, adabiy maqol deb aytiş töğri böladi. Şu taxlit Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyatida uçraydigan adabiy maqollarning ayrimlarini keltirsak: “Gar jam bölsang, hamma olam jamdur”, “Har asrning öz duosi bor, Har asrning öz duogöyi”, “Dam ğanimat – bu dam sönggi dam balki”, “Tanparvarning tani qurtga qut böladi”, “Halol luqma dilni purziyo aylar”, “Közi oçning qorni töymas”, “Kir izlama dunyodan – dunyoda kir bisyordir”, “Yorilajak sabrsiz har boş”, “Farosat bölmasa, söz hayf ketgay”, “Dur oz-u, xoru xas köpdir dunyoda”, “Şukr etsang, şakar kelgay”, “Bunyodkorlik etgan oning tirikdur”, “Baxt hamişa mard bilan tirik”, “Senga yomon narsa özgaga öngdir”… Sadriddin Salim Buxoriy ijodida adabiy maqollar talaygina. Bu hol şoir tafakkur miqyosining beqiyosligi, hamişa xalq içida yurgani, xalqqa hamnafas bölgani bilan izohlanadi.
“Binokorning yuzi binoda qolgay”. Şu bir misra tahlili bilan nega bu satrlarni adabiy maqol deb bilganimizni izohlasak. Haqiqatda, bino – binokorning yuzi, u binokorning kimligini anglatib turadi. “Binokor” bu örinda köp maʼnoli söz. Satrdan anglaşiladigan mohiyatni istagan sohaga tatbiq etiş mumkin. Masalan, ota-ona ham binokor: farzand ularning yuzi. Har bir sohaning rahbari – binokor. U boşçiligida bino bölgan işlar, avvalo, uning yuzi. Körinadiki, satr maqol talabiga har jihatdan javob beradi. Sadriddin Salim Buxoriy yaratgan adabiy maqollar xalq maqollaridan, hadisi şarifdan, şoirning hayotiy tajribalari va tafakkur kuçidan oziqlangani sababli tez yodda qoladi, aqlni ham, köngilni ham taʼsirlantiradi. Ular nafaqat falsafiyligi, balki diltortar ohangi bilan ham ruhiyatimizga yaqindir.
Sadriddin Salim Buxoriy şeʼriyati haqida bir çimdim mulohazalarimizni bildirdik. U kişi nekbin inson, ezgulikni kuylagan, umrini ezgulik xizmatiga sarflagan çin şoir edilar. Çin şoirlar esa ölim bilmaydi. Ikkinçi umrida şoir yoş avlod kamoli yölida ilmu amali bilan ibrat, şeʼriyati bilan ögitga aylanib, yurt bahoridan şodlanib, özi aytganidek, “ildizlar bahorini körib yotibdi”.
Laylo Sharipova, filologiya fanlari nomzodi
1968-yili tuğilgan. Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU) özbek tili va adabiyoti hamda çet tillar fakultetining özbek tili va adabiyoti bölimini tamomlagan.
“Oq armonlar”, “Qismat surati”, “Şodlik sohili”, “Bu şunday dunyoki…”, “Onamga tortiq” şeʼriy töplamlari, “XX asrning 70–80-yillari özbek şeʼriyatida folklorizm” monografiyasi muallifi.
1 Sadriddin Salim Buxoriy. Hikmatdir dunyo. – Toşkent: Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. – B. 133. Boşqa misollar ham şu kitobdan keltirilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


