– Yevropada Gyote va Şekspir ijodini bilmagan odam ziyoli sanalmaydi, degan gap bor. Bizda esa Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburni bilmagan odamni mumtoz adabiyotdan, asl ijod zavqidan bebahra deb hisoblaş mumkin. Çunki Navoiy mumtoz adabiyot tarixida lirik, epik poeziyani eng yuqori çöqqiga olib çiqqan bölsa, Bobur özbek nasri taraqqiyotida yangi sahifani oçdi.
Dilorom opa, ayting-çi, biz bugun Navoiy va Bobur ijodidan qay darajada bahramandmiz va millatimizning bu ikki siymo haqidagi tasavvuri, bilimi qay darajada?
– Haqiqatan, millatimiz iftixori va toleida balqigan baxt yulduzlari bölmiş bu ikki mötabar siymo ijodiy merosidan bebahralik nafaqat adabiyot va badiiy ijod zavqidan, balki odamiylik ilmidan, insonlik saodatidan bexabarlik, bebahralikdir. Gyote va Şekspir, Puşkin va Tolstoy kabi jahoniy şuhratga ega bölgan mutafakkirlar har bir davrda ham, har bir xalq-millat taqdirida ham paydo bölavermaydi. Bunday donişmand siymolarning biror davr ijtimoiy muhitida yaşab, ijod qilişlari öşa xalq toleiga Yaratgan tomonidan bitilgan katta şarafdir. Bir öylab köraylik, insoniyat baxti uçun dunyoga kelgan jahonşumul ijodkorlar soni şunça köpmi, saflari uzunmi? Javob aniq: juda oz, barmoq bilan sanarli. Badiiy til bilan aytadigan bölsak, ming sadafdan bittasining içida gavhar bölişi mumkin. Xalqimiz toleining balandligi şundaki, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti tarixida ötgan ikki bebaho gavhar, baxt yulduzlari şu yurtda dunyoga keldi.
Tasavvur qilaylik, xuşböylik va gözallikda benazir bölgan gul toza tuproqdan unib çiqadi, ildizi baquvvat, soğlom daraxt şirin meva beradi. Buyuklarimizning zuvalalari şu toza tuproğimizdan qorilgan. Azaldan millatimiz maʼrifatga suvga intilgandek intilgan. Yurtimizdagi biror xonadonda zarraça bölsin, maʼrifiy suhbat bölmaydi, degan sözga men işonmayman. Heç bölmaganda, Alişer Navoiyning “Oz-oz örganib dono bölur, qatra-qatra yiğilib daryo bölur” («Mahbub ul-qulub»dan) degan ögitlari otalar tomonidan farzandlarga aytib turiladi. Bobur Mirzoning “Yaxşiliğ” radifli qöşiq bölib ketgan ğazali kirmagan xonadon ham yöqligiga işonaman. Çunki, “Zar qadrini zargar bilar” deydilar. Men asl zargar millatimizni nazarda tutmoqdaman, misgarlarni emas.
Navoiy ham, Bobur ham davlat arboblari edi. Ijodlarining qiziqarli va kerakliligi şunda böldiki, ular davr va jamiyatning maʼnaviy talab va ehtiyojlarini öz asarlarida kötarib çiqdilar va foydali fikrlarini bayon etdilar. Ular yaşagan davr romantizm davri bölgani uçun, badiiy ijod vositasida faoliyat yuritişdi. Biz esa texnika asrida yaşayapmiz. Zamona tezkor va yoşlarning talab va ehtiyojlari ham şunga monand. Noutbuk kötarib yugurib ketayotgan yoş yigit-qizlarni töxtatib, “Navoiydan yuz bayt yoddan aytib bering”, desangiz, ijobiy javob ololmaysiz. Ammo, Prezidentimizning “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asari yuzasidan suhbat boşlasangiz, ularning fikrlaridan qoniqiş hosil qilasiz. Axir, ijtimoiy va maʼnaviy muammolar kötarilgan, fikr yuritilgan uşbu asar Alişer Navoiy va Bobur Mirzo maʼnaviy dunyoqaraşining zamonaviy muhitdan kelib çiqib yaratilgan nasriy talqini emasmi? Umuman, milliy mafkuramizning tamal toşi, poydevori Navoiy va Bobur kabi daho ajdodlarimizning badiiy tafakkuri hosilasi emasmi?! Şu jihatdan buyuk siymolar ijodidan millat bilvosita bahramand. Bevosita bahramandlik esa qalb ehtiyojidan, romantika va tarix sirlariga taşnalikdan kelib çiqadi. Boşqaça aytganda, Navoiy va Bobur ijodiy merosi boşlanğiç sinf öquvçisining 2×2=4 deb yodlab oladigan fani emas, balki aqli kamolga yetgan, ongi şakllangan, maʼrifatga talabgor şaxsning ixlos va eʼtiqod bilan qölga oladigan muqaddas boyligidir.
Ammo, har tomonlama töla şakllangan, yuksak insoniy fazilatlar egasi bölgan insonni tarbiyalab, voyaga yetkaziş uçun hali gödakligidayoq unga Hazrat Navoiy pand-ögitlaridan, Bobur şijoati va fazilatlaridan dars öqimoq darkor.
– Har bir ijodkorda öziga xos dunyoqaraş, uslub, ohang böladi. Bu xususiyatlar, şubhasizki, Navoiy va Boburda nihoyatda börtib körinadi. Aniqroği, ularning hayoti va ijodida yaqinlik bor. Umuman, Boburni Navoiyning maʼnaviy vorisi deb hisoblaşimiz qançalik haqiqatga yaqin?
– Bu ikki uluğ siymo ijodiy faoliyatida albatta uyğunlik bor. Çunki, ular bir davrning, bir ijtimoiy-siyosiy muhitning farzandlari edi. Dunyoqaraşlari, qiziqişlari, intilişlari bir edi. Bobur Mirzo Alişer Navoiyning kiçik zamondoşi edi, şoirga ixlosmand edi. Ijodkordagi ixlosmandlik ijodiy bahramandlikni ham keltirib çiqaradi. Umuman, Şarqda buyuk Navoiy ijodidan bahra topmagan ijodkor bormikin?! Şulardan biri Bobur Mirzo edi.
Uslub, ohang, ovoz va şoirona did xususida sözlasak, albatta, şaxsning öziga xosligi yaqqol namoyon böladi. Biror şaxs, har qança eʼtiqod qilmasin, boşqa şaxsni aynan takrorlamaydi. Navoiy va Bobur badiiy uslublaridagi muştaraklik va farqni tuşuniş uçun ikki tarixiy hodisaga eʼtibor qaratsak: Alişer Navoiy 12 yoşida davrning maşhur şoiri, “malik ul-kalom” Mavlono Lutfiyning eʼtibori va yuksak eʼtirofiga sazovor böldi. Mirzo Bobur esa 12 yoşida Andijon taxtiga ötirib, toj kiydi. Yana bir şunday misol: Alişer Navoiy 41-42 yoşlarida butun Şarqqa maşhur bölib ketgan monumental tarixiy asar – “Xamsa»ni yaratdi. Bobur Mirzo esa şu yoşida buyuk bobosi Amir Temur imperiyasini tiklaş maqsadida Hindiston taxtiga ötirdi va u yerdagi tarqoqlikka barham berdi.
Navoiyning ham davlat arbobi, ham şoir sifatidagi quroli – qalam edi. Sarkarda Boburşohning quroli esa – qiliç va qalam edi. Ana şunday hayot tarzi ularning badiiy uslublarini ham şakllantirdi. Navoiy asarlarida quyma donişmandlik, faylasufona mantiqiy fikr tarzi, tilida esa nazokat közga taşlanadi. Bobur esa “Vaqoyeʼ»sida, şeʼrlarida samimiy inson, kuzatuvçan olim, şijoatli va mağrur aslzoda şaxs sifatida namoyon bölib turadi. Bunga quyidagi ikki ruboiy misolida ham amin böliş mumkin.
Navoiy:
Yorabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yöqluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
Bobur:
Yakson karaming qoşida mudbiru muqbil,
Oson sening olingda jamiʼ muşkil,
Yo lutfu inoyat onga qilkim, kötaray,
Yo qahru ğazabni toqatim boriça qil.
– Buyuk ijodkorlar asos solgan adabiy maktablar ularning isteʼdodi va şuhratiga munosib bölişi tabiiy. Ular faoliyati va uslubining taʼsiri özlari ötib ketganlaridan keyin ham qalam ahlini ortidan ergaştiradi, millat adabiyotini yangi ğoya va mavzular bilan “taʼminlab” turadi. Şu örinda Navoiy va Bobur ijodining XX asr özbek adabiyotiga taʼsiri haqida töxtalsangiz.
– XX asr özbek adabiyotşunosligi tom maʼnoda Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur dahosini kaşf etib, mutafakkirlar ijodiy merosini töla naşr ettirgan, qimmatli ilmiy tadqiqotlarni yaratgan bölsa, özbek adabiyoti vakillari – olimlar va şoirlar millatning bu ikki yoruğ yulduzi timsollarini badiiy adabiyot xazinasiga olib kirdilar. Bu davrda dunyoga kelgan eng qimmatli asarlar – Oybekning “Navoiy” romani, Izzat Sulton va Uyğunning “Alişer Navoiy” dramasi edi. Bu asarlar endi millat boyligi, qimmatli manba, şedevr bölib qoldi. Bobur Mirzo haqida esa bu davrda kattaroq badiiy asar yaratilmadi, yaratilganlari ham qattiq muhokama va tanqidga uçradi (P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani nazarda tutilmoqda). XX asr adib va şoirlari Navoiy va Bobur ijodi taʼsirida oçiq-oydin ijod qila olmasdilar. Bunga öşa davrdagi siyosiy tuşov, hukmron mafkura yöl bermas edi. XX asr ijodkorlari Navoiy va Boburdan ijodiy saboq olib, taʼsirlanib asarlar yaratsalar, mavjud siyosiy tuzumga qarşi çiqqan va buning uçun juda qimmat narx bilan “javob bergan” bölardilar. Şuning uçun yuqorida nomlari keltirilgan asarlarda özlarini mustamlakaçi solayotgan xavfdan ihotalamoq uçun “xöjakörsin»ga Navoiy va uning eng yaqin dösti, hammaslagi Sulton Husayn Boyqaro bir-birini tuşunmagan, murosasiz duşmanlar sifatida tasvirlandilar. Millat iftixorlari, millat quyoşlari bölmiş şohu sultonlar – Amir Temur, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo, Ubaydulloxon – Ubaydiy, Muhammad Rahimxon – Firuz, Amir Umarxon – Amiriy kabi yirik davlat arboblari qoralangan zamonda qay tariqa Bobur podşoh haqida yoki uning uslubida asar yaratiş mumkin bölar edi?! Bunday asar öquvçiga yetib borarmidi?
Şukrki, XXI asrda adabiyotimizning bu armonlari uşaladiganga öxşaydi. Asrimiz tongidayoq dunyo yuzini körgan atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” trilogiyasi, Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari, Naim Karimovning “Navoiy” dramasi uşbu fikrni baralla aytiş uçun asos beradi. Işonçimiz komilki, buyuk Navoiy va şavkatli Bobur kabi mutafakkirlar anʼanalari öz yurtiga va öz erkiga ega bölgan xalq badiiy adabiyotida bundan buyon yanada taraqqiy topadi va ijodiy yangilanadi.
– Bir holatga köp guvoh bölamiz. Aruz har doim ham oddiy öquvçiga “yuzini oçmaydi”. Faqat adabiyotşunoslar şarhlab bergandagina uning eng nozik, eng gözal qirralarini köra olamiz, baytlar qatidagi asl maʼnoni tuşunib yetamiz. Bu mumtoz adabiyotimizni nihoyatda ilohiylaştirib yuborganimizdanmi yoki uni kam öqiganimizdanmi?
– Bu savolingiz yuqoridagi savoldan kelib çiqqanga öxşaydi. Buyuk ijodkorlardan ilhomlaniş, yaʼni adabiy vorisiylik nafaqat ğoyaviy mazmun, balki poetik şakl nuqtayi nazaridan ham amalga oşirilsa, yangi yaratilgan asar badiiy barkamol böladi. Demak, bundan “endi aruzga murojaat etmoq lozim”, degan maʼno kelib çiqadi. Hozirgi davr şeʼriyatida aruzning örni qanday, u bugungi öquvçi uçun qiziqarlimi? Bunday savollar ötgan asr şeʼrşunosligida ham muhokama mavzui bölgan. Xususan, öz davrining zukko va talabçan munaqqidi bölmiş Abdulla Qahhor barmoq va aruz vaznlari muqoyasasi asosida yozgan “Şakl va mundarija haqida” nomli maqolasida aruzning zamonaviy şeʼriyatdagi örni haqida bahs yuritadi. Uning fikriça, aruz vaznida yaratilgan şeʼriyat öz davrining nodir durdonasi sifatida oliy darajada örnaşib qoldi, uni bizning zamonamizga moslaş “mumtozlik” maqomiga nuqson yetkazişdek taassurot uyğotadi.
Ammo, vaqt körsatmoqdaki, aruzni qimmatbaho mulk sifatida tokçaga olib qöyiş hodisasi yuz bermadi. Bu vazn hanuz anʼanaviy bir vazn sifatida yaşab, davom etib kelmoqda. Ötgan asrda Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Sobir Abdulla, Habibiy, Çustiy, Erkin Vohidov kabi şoirlarning aruz vaznida yaratilgan asarlari öz davriga mos yangi mazmun kasb etgan. Yangi asrimiz şeʼriyatida ham şunday hodisa kuzatilmoqda. Endi, aruzning har doim ham öquvçiga “yuzini oçavermasligi” masalasiga kelsak, buning ham öziga yaraşa sababi bor. Avvalo, u barmoq vazni kabi faqat takt va ritmdan iborat bölmay, içki mazmunga ham ega. Aruz vaznlarining muayyan bahrlari kişida muayyan kayfiyat uyğotadi. Ayrim bahrlar nomi aruz vaznlarining mohiyati va qanday janrga qöl kelişini ham aks ettiradi. Çunonçi, hazaj – yoqimli un va tarona, rajaz – iztirob va şitob kabi. Masalan, Alişer Navoiy “Layli va Majnun” dostoni uçun hazaj bahridagi hazin vaznlardan biri – hazaji musaddasi aqrabi makfuf vazni («mafʼulu mafoilun faulun»)ni tanlagan edi. Bu vaznda yaratilgan asarni öqigan kişida “höng-höng” yiği tovuşini eşitgandek taassurot paydo böladi:
Bir naʼşqa soldilar ikkovni,
Jonsiz kelinu öluk kuyovni…
«Saddi Iskandariy” dostonini esa Navoiy qahramonlik dostonlari (masalan, “Şohnoma») uçun anʼanaviy bahr bölgan mutaqorib (mutaqoribi musammani maqsur)da yaratdi. Bu bahrda yozilgan şeʼriyat kişida askarlarning bir maromda taşlayotgan oyoqlari tovuşini eşitgandek taassurot uyğotadi: faulan faulan faulan faul. Misol:
Bu göyo jahon içra töfon erur,
Ki ondin jahon ahli vayron erur…
Barmoq vaznida bunday xususiyat, imkoniyat yöq.
Bundan taşqari, aruz vazni til xususiyatlari jihatidan ham öziga xoslikka ega. Bu ham fonetika, ham morfologiya, ham sintaksisga tegişli. Aruzda murakkab uslubiy şakllar mavjud – baʼzan bir misrada ikki fikr, baʼzan ikki misra – bir baytda bir fikr ifoda etiladi. Şu boisdan aruzda yozilgan asarlarni kam öqigan öquvçi uni tuşuniş zavqidan bebahra qoladi. Bu bebahralik Hazrat Navoiydek, Bobur Mirzodek buyuk şaxslar merosxöri bölgan millat farzandlariga yaraşmaydi, menimça. Mumtoz şeʼriyat namunalaridan öqib, bahra olib turiş inson tafakkurini çarxlaydi, asardan badiiy zavq olişga örgatadi, estetik didni şakllantiradi.
Aruzda yaratilgan asarlar maktabdanoq yoş avlodga öqitiladi, örgatiladi. Bu juda yaxşi. Ammo, yoşlarimiz gözal fazilatlar, nozik did, yuksak salohiyat va boy dunyoqaraşga ega bölişlari uçun aruzni çuqurroq örganişlari zarur. Aruzdan xabardorlik ularga Navoiy va Bobur kabi daho şoirlar maʼnaviy olamini teranroq anglaş imkonini beradi.
– Ustoz, samimiy suhbatingiz uçun taşakkur! “Yoşlik” jurnali muxlislari nomidan sizga yana uzoq yillar uluğlar ijodiga hamnafas böliş nasib etişini tilab qolamiz.
Dilorom SALOHIY
Kattaqörğon şahrida tuğilgan. Samarqand Davlat pedagogika institutini tugatgan. Olimaning “Badoye ul-bidoya” malohati”, “Navoiyning şeʼriy uslubi masalalari”, “Hurriyat harorati” nomli monografiyalari, “Navoiy nazmiyoti” nomli öquv qöllanmasi naşr qilingan.
Suhbatdoş: Isomiddin PÖLATOV
“Yoşlik” jurnali 2015-yil, 2-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

