2 daqiqada öqiladi

2 490 marta körilgan

Aql yoşda emas…

Davr tezlaşib, juda köplab turğun, ötroq qaraşlarimizga jon, surʼat bağişlaşimizga töğri kelyapti. Umrini ötab bölgan siyqa xulosalardan voz keçyapmiz. Jumladan, rahbar böliş uçun inson,  albatta, kamida qirqni qoralagan, soçi yo siyraklaşgan, yo unça-munça oqargan bölişi şart, degan aqida ham bugun eskirganday. Navqiron mutaxassislar – 23 yaşar Alişer Saʼdullayevning Xalq taʼlimi vaziriga örinbosar, 25 yoşli Olim Töyçiyevning Fan va texnologiyalar agentligi boş direktori örinbosari etib tayinlangani ham fikrimiz isbotidir. Töğri, yoş mutaxassislarning bunday nufuzli lavozimlarga tayinlanganini şubha bilan qabul qilganlar, tajribasi yöq-ku ularning, eplab ketarmikan, deguvçilar ham böldi. Mana, ötgan bir oy mobaynida köryapmizki, eplaşyapti!
Aslida, bu faqat ikki yoş rahbarning şaxsiyati bilan çeklangan hodisa emas, balki butun jamiyatga berilgan signal – işoradir! Yaʼni, biz eng masʼuliyatli işlarda ham bilimli, taşabbuskor, ğayratli yoşlarga işonç bildiramiz, degan gapning amaliy ifodasi bu. Ikki tengdoşining muvaffaqiyatini körib, qançadan-qança yoş yuraklarda orzu, umid, işonç, şijoat gulxanlari yongani ham ayni haqiqat. Qolaversa, katta avlod vakillari ham izlaridan harakatçan, yangiça fikrlaydigan, kreativ qaraşlarga ega yoşlar kelayotganini his qilişdi.
Yoşlarda  tajribaning ozligi – bor gap. Ammo ularning yuragi ğayratga tölib turgani, yangiliklardan çöçimasligi, eng muhimi, qalbi va ongi tozaligi, turli maʼnaviy illatlarni yuqtirişga ulgurmagani ham hayotiy haqiqat. Odam tajribali bölsa-yu, biroq tajriba xaltasida ildam qadam taşlaşiga xalal beruvçi toşlar yiğilgan bölsa, undan öziga ham, boşqalarga ham naf yöq. Xolis niyat bilan yölga çiqqan, yuksak marralarni közlagan, çuqur bilim va madaniyatga ega yoşlarga hayotning özi muallimlik qiladi – tajriba va malaka eşiklarini oçadi.
«Aql yoşda emas – boşda», deydi dono xalqimiz. Demak, özini keng jamoatçilik oldida isbotlagan, kattayu kiçikka örnak bölgan yoşlar hamma zamonlarda bölgan.  Xalq dostonlari, buyuk ajdodlarimizning yoşlik çoğlaridan hikoya qiluvçi asarlar bunga şahodat beradi. Tarixning eng qizğin pallalarida ham yoşlar taşabbusni qölga olgani moziydan maʼlum. Şunday ekan, bugun mamlakatimizda yoşlarga, yoş mutaxassislarga katta eʼtibor, vakolat berilib, işonç bildirilayotganini tabiiy qabul qilişimiz, qöllab-quvvatlaşimiz darkor. Faqat, hamma gap – yoşlarimizning ana şu işonçni, eʼtiborni munosib oqlaşlarida.               
Ezgu niyat, ulkan maqsadlar bilan Özbekiston yoşlar ittifoqi iş boşladi. Yangi taşkilotning qadami qutluğ bölsin, deymiz. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, yangi tizim «sotsial lift» vazifasini bajarib, jamiyatimiz uçun bilimli, taşabbuskor, taşkilotçi, fidoyi yoş rahbarlarni yetiştirib beradi, deb işonç bildiramiz. Ana şu ilğor safda kim öz farzandini, jigarbandini körişni istamaydi deysiz. Şunday ekan, keling, yoşlarga quruq pand-nasihat qilavermasdan, amalda örnak bölaylik va ularni eşitişga hamişa vaqtimiz, xohişimiz bölsin!

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)