Uzoq xotiralar taniş odamlarni maʼnan yaqinlaştirib, köngillarni gohida ğoyibona boğlab turadi. Öninçini bitirib, Toşkent davlat universitetiga hujjat topşirgan edim. Omad çopmadi. Uzoq Şarqqa harbiy xizmatga ketib qoldim…
Oradan öttiz yildan köproq vaqt ötdi. Ammo öşa yili xuddi menga öxşab manglayiga talabalik imzosi qöyilmagan surxondaryolik bir tengqurimning universitet ostonasida, daraxtlarning olaquroq soyasida şoirona kayfiyatda samimiyat bilan şeʼr öqiyotgani hamon quloğim ostida jaranglab turibdi:
Bahor bu ölkaga kelganda takror,
Ufura boşlaydi gulgun nasimlar.
Umrim, bahorlarni kuzatding bedor,
Quş bölib uçganda zangor fasllar…
Universitet hovlisidagi sölim, sersoya va haybatli çinorlarga qarab “Quş bölib uçganda zangor fasllar”ni sekin piçirladim.
Aytgança, töyxonaga borayotgan edim. Fizika-matematika fanlari doktori, universitetdagi qadrdonimiz Bahodir Şoyimqulov töy oşi berayotgan edi. Naridan şoir Abdumajid Azim körindi. Uni taşqaridan taniyman. Ijodini imkoni boriça kuzataman, öqiyman. Şoirga içimda ançadan beri yurgan muhim bir savolim bor edi. Fursat pişganga öxşaydi. Töyxonaga yetib borgunça aytsam böladi. Abdumajid aka bilan salomlaşib, hol-ahvol söraşgaç, ukalaridan gap oçdim. Eʼtibor bermadi: “Boşqa işlar bilan maşğul, ularni tanimaysiz”, dedi. Ukalaridan biri men bilan abituriyent bölgani, filologiya fakultetiga hujjat topşirganini aytdim. Birdan jonlandi: “Abdusalimmi? Şundaymi?! Nahotki?!..”. Közlarida ham hayrat, ham samimiyat paydo böldi. “Akam – şoir. Abdumajid Azim!” deya ğururlangan, “Yoşlik” jurnali va möjaz bir töplamda ilk şeʼrlari çiqqanidan faxrlanib, akasining yozganlarini yod öqigan Abdusalimni oradan öttiz yillar ötib, endi sörab turişim. Abdusalim va undagi viqorli kayfiyatni esimdan çiqarmaganimning sababi bor. Odatda biz maktab sinfxonalarida şoirlarning tarjimayi hollarini öqir va ularning rahmatli bölib ketganini sözimiz oxirida mahzun takrorlab qöyar edik. Hayhot, men tirik şoirning ukasiga duç kelgan edim! Endi tasavvur qiling, öziga uçrab qolsam, nima bölardi? Bilmadim! Öşa mahalda önlab abituriyentlar bilan gurunglaşib, oş-qatiq bölgandirman. Biroq ularning köplarini eslay olmayman. Abdusalim esa esimda, çunki u tirik şoirning ukasi! Abdusalim tilidan birinçi bor eşitilgan “Abdumajid Azim” ismi men uçun izsiz ketmadi. Şoirni körganimda beixtiyor navqiron yoşlik, şeʼr öqiyotgan Abdusalim esimga tuşardi:
Samoda qaldirğoç urmoqdadir çarx,
Yomğirdan ivigan keng dalalar jim.
Oppoq navolarga bölmoqdadir ğarq
Musaffo bir qöşiq istagan qalbim…
Bir kuni “Mohiyat”ga maqola olib bordim. Abdumajid Azim – boş muharrir. Öşa uzoq xotirani bir eslatay dedim. Andişaga borib, maqola naşri uçun Abdusalim ismini vosita qilişni istamadim. Tahririyatga maʼqul keldi, çamasi, professor Şarif Yusupov töğrisidagi “Şariflik saodati” degan maqolam bosildi…
Abdumajid aka bilan töyda oş yedik. Gurunglaşdik. Şu-şu, ora-sira körişamiz va suhbat uçun mavzu bor: gohida adabiyot, şeʼr, baʼzan – Abdusalim.
Şoirning şeʼri öziga öxşagani – yaxşilik belgisi. Abdumajid aka, tasavvurimça, kamtar, kamsuqum, xotirjam körinadi; qaraşlari ötkir. Suhbatda dardlari oçiladi. “Mening dodimdir bu, mening bunyodim, Bu imlo meniki, bu söz meniki” – peşonaga tuşgan ajinlardan şunday şeʼriy misralarni öqiyman. Qalin muqovali bir şeʼriy kitobni qölga oldim. Muallifi: Abdumajid Azim! Ha-ha, Abdusalimning akasi. “Abdusalimning akasi” – şu birikma bir neça kun öyimda aylanib qoldi. Şeʼrlarini öqiy boşladim va ularda “Şoşu Surxon aro” kezgan, “bir oşufta köngil” körindi. Şoir şeʼrlarining mavzu kölami rang-barang. Baʼzida mumtoz adiblar ruhi bilan suhbatlaşadi; baʼzan yassaviyona yoki maxtumquliyona kayfiyatga tuşadi. Goh xalq ohangida oşiq dilini yozsa, baʼzan quşlar maskani – Hazratning “Lison ut-tayr” mamlakatiga safar qiladi.
Sevgilim, ayriliq misoli tuman,
Hali uçraşamiz gullar faslida.
Yana avvalgidek sözsiz, begumon
Gaplaşa boşlaymiz quşlar tilida.
Şoir yöqotganini topişga, izlaganiga erişişga, hijrondan visolga umid etadi. Biroq şeʼr avvalidagi, garçand badiiy topilmaga öxşab köringan bölsa ham, töğrisi, “Közing beşigida ulğayar iloh” misrasi ğalat tuyuldi.
Heç bir şoir olamga, odamga, umr mohiyatiga befarq bölmaydi. Abdumajid aka hayratini “Hayot asli çapoğon bir bedov ekan” yoki “Hayot – bir yalt etib çaqnagan çaqmoq” deb izohlaydi. Bu jumboqni boşqa bir şeʼrida yana ham teran va gözal ifodalaydi:
Vahki, jismimizda omonatdir jon,
Şirin kalom xuşdir döstga munosib.
Fano ahli bunda bir keça mehmon,
Umr – vaqt mulkida bir subhi kozib.
“Subhi kozib” – yolğon tong. Ötkinçi, yolğonçi bu dunyo şoir nazdida bir nafaslik ham rostga öxşamaydi. Abadiyatga nisbatan “öngingdan çapingga boqqança” lahzalik umr şitob ötadi; deylik, “qirq yil qirqta onday keçadi”. “Çölpon nidosi” şeʼrida “subhi kozib” taʼbirini erkparvar şoir nutqida qöllaydi:
Qanday oğir,
Bu subhi kozib,
Uxlay desang, uyqu bölmasa.
Dardu ğaming
Bağringga bosib,
Yaşamoqdan köngling tölmasa.
Bu olamda xotirjam, salomat, tökis va imon bilan yaşab ötgan inson saodatlidir. Taassufki, insoniyat boşidan keçirgan tarixda, ayniqsa, XX asrda köp odam hayotdan mamnun bölmadi. Ayniqsa, çölponlar avlodi har dam qon yutdi, besaranjom va bezovta kun ötkazdi; yurtsizlik, öz elida turib bevatanlik ğurbatlariga duç keldi. Şu bois qatağon – dapsan1 zamon dovuliga uçragan, “öz yurtida beçoralar” bölgan adabiy avlod yuragini “Yaşay desang – yurting bölmasa” degan bir armon yoki “Siğmadim-a, Turkistonga, Ayo döstlaru birodar”, degan çöng nola va dard qiynadi. Şoir köziga gohi dunyo keng, goh tor körinadi. Şunda u röyodan imdod kutib bölmasligini anglaydi; şoirga qalb vodiysining asrori yordam beradi. Köngil közning nazargohiga aylanadi. Çunki taşqi dunyo uning kayfiyatiga mos kelmaydi:
Ranju hasrat ila tölibdi jahon,
Bilsam, ança nozik bölibdi zamon,
Odamzot feʼliga heç bölma hayron,
Dil, senga tilarman Ayubday bardoş…
Mumtoz şarq adabiyotida Ayub (a.s.) – sabr-toqat ramzi. Birgina ism assotsiatsiyasi ortidan şunday tarixiy şaxs bilan boğliq bir olam real voqelik yuzaga qalqib çiqadi va şoir dardining şarhiga kömaklaşadi.
Şoirlik – oğir qismat. “Dunyoning eng oğir savdosi”ni zimmasiga oladi u. “Yulduzlarning şiviridan mast” böliş unga taqdir bitigi. Şoir kulib ingraydi; dildagi sururdan sözlaydi.
Esimda sabuhiy naysonlar fasli,
Qirlarni bezagan gullarning vasli…
Bu misra guldan gulga uçib-qöngan kapalakdek nafis tuyuladi. Aslida çinakam şeʼr tiynatiga kamalak rangi, quşlar sasi munosib; şu sas va rang jilvasidan dil yorişadi; ruh yuksaladi. Şoir qalbi gözal va orasta manzaradan rang va ruh oladi. “Şabnamday top-toza ruhi ravonim”. Şoirning kayfiyati, sarvati, boyligi öziga xos: “Ruhim sarvatida vasvasa, junun”. Ijod ahli allanima taʼsirida odatiy hayot tizimidan jununvaşlikka yuz buradi; özidan ketadi, his-tuyğu aql yöriğidan çiqadi.
Biz telbayu devonalar,
Aqli xuşdan begonalar.
Ötga oşiq parvonalar,
Ötday tutoşib yonalar.
Işq hamma vaqt – inson qalbiga Yaratguvçining bebaho inʼomi, şoir taʼbiriça, olam Musavvirining “buyuk hikmati”. Hikmatdan esa odam huşyor tortadi, baʼzida işqning ğaroyib hikmati odamni huşidan ayiradi.
Vasling hajrida mendek telbayu devona yöq,
Siyrati majnunsifat, suvrati mastona yöq.
Topmadim olam kezib, bağri butun bir kimsani,
Vahkim, işq ötrusida heç kuymagan parvona yöq.
Bu misralarda şoir yana maşrabona parvona könglini, majnunvaş holini mumtoz anʼanalar yöriğida bayon qiladi.
Şeʼr original taşbehlar bilan xayolga muhrlanadi:
Yaxşi bir odamni yutmoqda tuproq,
Toğlar yutganidek quyoşni oqşom.
Bu mahobatli qöşmisrada “ölim” yoki “fojia” sözi yöq. Oqşomda mahzunlik bor, ayni holat yaxşi bir insonning bu dunyodan rizqi uzilganiga taqqoslanadi…
Özlikka, “men”ga, asliyatga qaytişda maʼnaviylik ustuvor keladi. Qişloqqa qaytiş, asl Vatanni qömsaş, yurt soğinçi, hijron dardi – bu mavzu juda köp qalam ahlining urib turgan yuragidir. “Qaytişim-ku aniqdir, Ona, Kindik qonim tökilgan yerga”. Şaharga kelib ötroqlaşgan odam qişloqni, qirlarni, toğlarni, daralarni, adirlarni, daştu dalalarni qömsaydi.
Yana qaytayapsan horğin izingga,
Sarğaygan qirlarga töymaydi nigoh.
Yöllar, masofalar oqar izingdan,
Yaqinlaşib keladi qadrdon Qişloq!
Köp ijodkorlardek şoir “Oqşommi yoki tongda, Közim hamon Surxonda” deganiça yurgan yöliga, bosgan iziga qaraydi.
Abdumajid Azimning “Qalbimning vatani”, “Ruhi ravonim”, “Yoruğlik odami”, “Oşiq dilim”, “Umid belançagi” kabi qator şeʼriy kitoblari çiqdi. Muxlislarini topdi…
Öz vaqtida menga öxşab harbiy xizmatga ketgan Abdusalim qaytib kelib uylangan, şu köyi hayot taşvişlari içida yuribdi. Farzandlari kamoli uçun kuyinib yaşamoqda. Ora-sira tirikçilik uçun qişloğidan çetga çiqadi. Biroq u, tasavvurimça, akasi yozganlaridan yaxşi xabardor va osmonöpar sölim daraxtlar soyasida hamon şeʼr öqimoqda:
Yoşlik larzon. Sevgi armon. Umr hayron,
Meni kutib sarğaydingmi, Surxondaryo?
Qaylardasan, bolaligim, zangor osmon,
Öksik könglim ulğaytirgan armon dunyo…
Bahodir KARIMOV,
filologiya fanlari doktori
“XX asr özbek şeʼriyati antologiyasi”, “XX asr özbek hikoyasi antologiyasi”, “Özbek adabiy tanqidi antologiyasi” kitoblarining ğoya muallifi va tuzuvçilaridir biri. “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud”, “Qodiriy qadri”, “Yangilaniş soğinçi”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”, “Adabiyotşunoslik metodologiyasi” kabi kitoblar muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


