34 daqiqada öqiladi

263 marta körilgan

Mariya

Margarete Noymann

(Hikoya)

Men, qalbning döstlik va duşmanlik, nafrat va muhabbat hislari yaşiringan çuqur tubida har bir inson özi alohida bir dunyo böladi, deb azaldan işonib kelardim. Taniş va notaniş kişilarni bir-biriga boğlab turadigan holat ham u yerga yöl topavermaydi, deb öylardim. Baʼzi bir muhim hollarda qarindoşlik, sevgi yoki bölmasa samimiy döstlik tufayli ruxsat bersakkina bir yoki bir neça kişilar u yerga yöl topa olişlari mumkin, derdim.
Aslida esa bunday emas ekan.
Gotadagi xizmat safarim tugagaç, Berlinga qaytiş uçun keçki poyezdga çiqdim. Yumşoq vagonga çiptam yöq edi, kassada çiptani tungi vagon boşqaruvçisidan ham olaverişim mumkinligini aytişdi. Poyezd allaqaçon kelgan edi, men zaldan yugurib ötdim-da, duç kelgan kupega çiqdim. Baxtimga u yer böş edi. Deraza yoniga ötirdim. Agar heç kim kelmasa yaxşisi şu yerda qolaveraman, deb öyladim. Bu yer yana issiqqina ekan. Yotib olib uxlab ketsa ham böladi. Rosa toliqqandim, turib tungi vagon boşqaruvçisini qidirişga huşim kelmadi. Ustiga ustak yumşoq vagon eng orqada emiş. Bu yer arzonroq va qulay ham, dedim yana öz-özimga.
Biroq poyezd qözğala boşlaganda – u şunday yengil siljiydiki, kişi buni sezmaydi, faqat taşqaridagi narsalarning ortda qolayotganidangina buni payqaş mumkin – kimdir eşikni oçib, çoğroqqina kulrang jomadon va sariq çarm sumkani törga taşladi. Burilib qaradim: bular ikki yoşgina kişilar, bir erkak va bir ayol edi. Yaxşi böldi, öyladim men, endi yumşoq vagonga ötaman.
Ular mening röparamdan joy olişdi, ayol deraza oldiga – burçakka, erkak esa uning yoniga, bir-birlariga qisilib ötirişdi. Mana şu yonma-yon ötirişda meni hayajonga solgan nimadir: nafaqat nafislik, şu bilan birga, bosiqlik, qandaydir qudrat, sabotlilik, mayinlik, qatʼiylik bor edi. Men endi turib ketolmasligimni tuşundim. Ularni yaxşisi yolğiz qoldirişim kerakligini bilsam-da, azbaroyi qiziqişdan şu yerda qolgim keldi.
Körinişdan ular mening kuzatayotganimni payqamayotgandek edi. Erkak qölini, katta qölini ayolning bilagidan beozorgina ötkazib olgandi. Ayol har zamonda yuzini uning kiftiga yengilgina qöyardi. Ikkovlari ham derazadan taşqariga, ahyon-ahyonda milt-milt çiroqlar körinib qolayotgan qoronğilikka tikilib ötirişardi.
Ularning yoşlari, kasblarini aniqlaşga urindim, lekin qölimdan kelmadi. Ayol u qadar çiroyli emas, çehrasi xotirjam, buğdoyrang edi. Kalta qönğir soçlari xuddi bolalarnikidek şundoqqina yelkasida osilib turardi. Uning harakatlari, möjaz oyoqlari, tizzasi ayniqsa nafosatli edi. Ammo, boşqa bir narsa, nazarimda, boşini quyi solib turişi hamda qöllari yetuklik, aql-zakovat va dard-alamga töla edi. Yigirma sakkiz yoşlarda bölsa kerak, öyladim men, balki bundan ham yoşdir. Hanuz bilagidan tutib turgan erkakning qöli ustiga qölini qöyib közlarini yumganida uning yoşi menga kattaroq tuyuldi. Öttiz-öttiz uçlarda, deb gumon qildim. Boşqa bir payt, u erkakning bir gapidan kulib yuborganida, yigirma uç yoşda, deya fikrimni yana özgartirdim. Baribir aniq bir xulosaga kelolmadim.
Erkak-çi? Avvaliga u közimga yoşroq körindi. Biroq uning qöllariga közim tuşdi! Şu qadar azob-uqubat tortgan, şunçalar oqil, şunçalar mehribon. Butun bir olam edi ular!
Uning közlari qora edi. Gohida u ayolga nigoh taşlab qöyardi, hatto unga qaramagan paytlarida ham uning közlarida sadoqat aks etib turardi. Men buni tasvirlaşga ojizman, hatto musavvir ham buning uddasidan çiqolmasa kerak. Ehtimol musiqada ifodalaş mumkindir buni. U ayolni qay darajada sevişini körib turardim.
Ikkovlari ham, hozirgi paytda köpinça uçrab turganidek, ortiqça eʼtibor bilan, öta did bilan bölmasa-da, har holda ança bejirim kiyinişgan edi. Aytiş mumkin ediki, ular yasan-tusanga u qadar diqqat qilib, behuda vaqt sarflab ötirmaydigan kişilarga öxşaşardi. Ayolning çap qölidagi katta kumuş uzukkina eʼtiborni jalb qilardi, uzuk uning kiçkina qöliga oğirlik qilayotgan bölsa-da, unga yaraşib turardi.
Bularning qarşisida bir umr ötirsam ham gap nimadaligini baribir bilolmasam kerak, degan fikr xayolimdan keçdi. Şunisi qiziqki, bu narsa göyo menga ham tegişlidek edi. Negaligini oldin anglayolmadim. Keyinroq tuşundim: ular qalban şu qadar yaqin edilarki, odatda biz buni xayolan faqat orzu qilamiz. Ular bir-birlarini ana şu orzudagi muhabbat bilan sevardilar. Men bilişni istagan narsa şu ediki, ular adaşmayaptimikan, xayoliy hislarga berilişmayaptimikan, öz-özlarini aldamayaptilarmikan, yoki şunaqasi ham bölarmikan? Şunaqa sevgi ham bormikan?
Ular kam sözlaşişardi. Ahyon-ahyonda bir-birlariga qarab qöyişardi. Ikki narsa: iztirob va baxt yonma-yon edi. Şu taxlit uzoq yöl bosdik. Chiroqni öçirib qöydik, tungi kök çiroq nuri taʼsirida kupe nimqoronği edi. Ammo men ularning yuzlarini aniq körib turardim. Yoruğ nur ayolni ortiq yoritmay qöygaç, uning yuz ifodasi yanada ötkirlaşgandek tuyuldi. Poyezd zulmatni yorib olğa yugurardi. Uning oğir uzuk taqqan qöli hamrohining qöli ustida şunday yotardiki, faqat barmoqlarining uçigina unga tegib turardi. Gaplaşganlarida men ularning sözlariga eʼtibor qilmasdim, balki tovuşlarigagina quloq tutardim. Erkakning tovuşi xotirjam, böğiqroq bölib, “r”ni qattiq talaffuz qilardi. Ayolniki esa, uning tizzalari, harakatlari singari qizlarga xos edi.
Nogahon ular soatga qaraşdi. Erkak: “Bilaman”  dedi. Ayol keskin burilib, manglayini uning kiftiga qöydi. Keyin ilğoqdan koftasini oldi, erkak esa tördan jomadonni olib berdi. Ayol unga qölini uzatdi, söngra eşikka tomon yönaldi.
Poyezd bu yerda töxtamaydi-ku, xayoldan keçirdim men. U qayerga borarkin? Nega yolğiz özi?
U eşikni oçişdan oldin, – şunisi qiziqki, eşikni unga erkak oçib bermadi, aksinça, u orqada turardi – erkakka burilib qaradi.
– Mayli, Mariya, boraver. Sen uxlaşing kerak. Uyquga töymasang, ertaga qiynalib qolasan, – dedi u.
– Ha, – javob berdi ayol. Söngra boşini burdi-da, yarim egilib, peşanasi bilan uning yuzini tağin bir siladi.
U ayolni öpadi, öylardim men. Munosabatlariga köra u hozir ayolni öpişi kerak. Lekin u qimir etmasdan qaqqayib turardi. Men ularning közlarini körmasdim, biroq u közlarda nima keçayotganini sezib turardim.
 – Uxla, eşitayapsanmi? Endi borib uxla, – dedi u yana. Ayol boş irğadi, keyin eşikni oçdi-da, çiqib ketdi.
Erkak öşa holatda turib qoldi. Söngra sekin burildi-da, joyiga kelib ötirdi. Boşini orqa suyançiqqa taşladi. Uning lablari oçiq, qunişib olgandi. Aniq bildim: ular xayrlaşişdi.
Men öz-özim bilan kuraşardim. Ikki kişining şunçalar yakdilligi heç qaçon bölganmi, deya fikrlardim. Bu qadar yakdillik! Bundaylar xayrlaşmasliklari kerak. Nima uçun? Ayniqsa hozirgi davrda kişilarni bir-biridan ayirişga qodir qanday kuç bölişi mumkin? Qanday kuç?! Qanday sabab bölişi mumkin?
Tölqinlanib ketdim. Özimni yupatişga urindim: ehtimol men adaşayotgandirman. U bor-yöği yumşoq vagonga ötgandir. Ertaga tongda, Berlinga yetib borgaç, ular yana birga ketaverişadi. Lekin uning yuziga qarab bildimki, ular haqiqatan ham xayrlaşişgan edi.
U çaliştirilgan qöllarini yon suyançiqqa tirab, gavdasini hozirgina hamrohi ötirgan tomonga burib olgança, poyezd maromiga qarab çayqalib borardi.
Men öz-özimdan sörardim: Bu qanaqasi? Bu meni bunça hayajonga solyapti? Bizning tezkor zamonimizda ham ikki kişi birga qolişi kerakmi yoki yöqmi, degan masalaning şu qadar muhimlik kasb etişiga hojat bormi? Yoki bölmasa: inson umid-intilişlari örtasidagi ziddiyatlar keskinlaşgan hozirgidek bir davrda yaşab turib, biror kişining öz sevgilisi bilan xayrlaşişiga şunçalik ahamiyat berişga haqqi bormikin? Köplab yurtlarda kişilar öz ozodliklari uçun jon olib, jon berayotgan bir paytda, hamma xalqlar yangi, baxtli hayot bilan bir qatorda insoniyatning umuman hayotini saqlab qoliş uçun tinmay kuraşayotgan bir paytda uning şunday qilişga haqqi bormi? “Men seni sevaman” degan tuşunça şunçalik ahamiyat kasb etişi joizmi? Işxonamizda çizmalar ustida boş qotirişimizni öylab ketdim: turar joy mavzelari, garajlar, maktablar, kasalxona, sport maydonlari, teatr, stadionlar loyihalari, reja va hisoblaşlarimiz bilan tungaça band bölamiz. Bularning qay darajada ahamiyati borligini bilamiz. Hozir kişini iş tamoman band etişi zarur emasmikan? – sörayman öz-özimdan. Mana şu xayrlaşişga öxşagan narsalar kişiga şunçalik muhim tuyulişi mumkinmi, zarurmikan? Şu taxlit özimni söroqqa tutarkanman, javobni ham topdim: biz bajarayotgan işlarning birortasi ham – ezilgan xalqlarning ozodlik uçun kuraşlariyu şaharlarning bunyod etilişi ham, xalqlar osoyiştaligi uçun oğişmay intilayotgan yirik davlat arboblarining nutqlari hamda kengaşlariyu atom uruşlari xavfiga qarşi norozilik namoyişlari ham – asl maqsad emas. Bularning barçasi insoniyat hayoti davomida bölaveradigan işlar. Şular içida muhabbat eng qimmatlisidir. Agar biz uni qurbon bersak, öylardim endi, biz amalga oşirayotgan işlarning hammasi maʼnosiz bölib qolgan bölardi.
Endi boşqa narsani, özimning xayrlaşganimni öylab ketdim. Men sevgan kişi şoşma-şoşarlik qilib, behuda ölimga jönab ketdi. Uni olib qoliş qölimdan kelmagandi. Uning qiyofasi hozir ham köz öngimda: yuzi qörquv va hayajondan oqarib ketgan edi. U ketdi va ortiga burilib ham qaramadi. Ikkalamiz ham, u haqiqatni himoya qilişga ketdimi yoki nohaqliknimi, bilmasdik. Bu sönggi uruşning oxirgi yilida sodir bölgandi. Öşandan buyon hayotimni darz ketgan çinni idişga öxşataman, uning uvalanib tuşişidan çöçib yaşayman. Men mana şu erkak qarşisida ötirarkanman, buni anglab yetdim.
Biroq öz-özimdan sörardim: hozir, şu lahzada, bu qadar azob bilan xayrlaşişning maʼnosi nima ekan? U buni mendan yaşirolmaydi, axir men uning qançalik örtanayotganini körib turibman. Uning qöllari ham buni aytib turipti. Men buni ayolda ham payqagandim. Köryapman-u, özim bundan örtanib ketyapman. Ularning iztiroblari meni larzaga solyapti. Közlarimga yoş qalqqanini sezdim-da, aççiğim çiqdi. Nega? Nima uçun? Bunga qanday sabab bölişi mumkin?
Ehtimol u mening kuzatib turganimni payqagandir. Menga burilib qaradi.
– Keçirasiz, – dedi-da, jilmayişga urindi. Uning oldida noqulay ahvolda qoldim. Çunki ulardagi holatga men guvoh edim. Buni hatto yanada çuqur bilişga ham harakat qildim. Ammo men ular uçun bor-yöqligi farqsiz, jonsiz bir jism bölib qolaverdim.
Keyin u sönik tovuş bilan: “Juda oğir”, dedi.
Yuragimni oçsam, yengil tortaman, deb öylagandir balki. Kişi öz boşidan keçirgan voqealarni boşqa heç kim boşdan keçirolmaydi, deb öylagani sababli öz keçinmalarini mutlaqo begona bir kişiga tökib solişni istab qolişi mumkin.
Men boş irğadim, özimni qölga oldim-da, söraşga jurʼat qildim.
– Nega axir? Nega şunday bölişi kerak? Menga işonavering, mening yoşim Sizdan köra uluğroq. Men hamişa şunday sevgini orzu qilardim. Tuşunayapsizmi? Lekin heç qaçon şunday bölmagan. Bunaqasi har doim ham bölavermaydi, menga işoning, – dedim.  
– Bilaman, – javob berdi u, – ehtimol gapirsam durust bölar. Bir boşdan sözlab bergandagina köp narsa birmunça oydinlaşadi. Istasangiz, sözlab berişim mukin…
U hikoyani şu zahotiyoq boşlamadi. Biz xiyla muddat jim qoldik. Poyezd dala böylab tun qöynida yelib borardi. Kupe nimqoronği va issiq edi. Vaqtimiz köp, Berlingaça hali ança yöl bor. Biz çuqur pastqamlikda joylaşgan bir qişloq yonidan ötdik. Baʼzi uylarda hali çiroqlar körinardi. Tor, uzun bir binoning derazalari qandaydir qizğiş nur taratib turardi.
– Qarang, inkubator, – dedi, u endi oçilib gapirardi. – U yerda hamma narsa kun sayin özgarib turadi. Biz buni köramiz-da, ha, bu tabiiy hol, deb qöyaveramiz. Hatto buning yanada tezroq, tubdan özgarişini xohlaymiz. Buni mutlaqo yangilaşni istaymiz va şunga intilamiz. Faqat bizning özimiz, qalbimiz, demoqçiman, yaʼni insonlar orasidagi munosabatlar qanday bölsa şundayligiça qolaversa kerak, deb öylaymiz. Ular bir-birlarini azaldagidek sevaveradilar va birga qola oladilarmi-yöqmi, degan masala ham nazarimizda allaqaçon hal etilgan. Lekin keyin nima böladi, bu haqiqiy sevgimi? – bu haqda sörab ham ötirmaymiz.
– U qay darajada yuksak yoki kamroq qadrlanadi, demoqçimisiz?
–  Yöq, – dedi u, – buni men u qadar oddiy tasavvur qilmayman.
Uning çehrasi ham endi boşqaça edi, u menga kattaroq, şu bilan birga, qatʼiyroq körindi. Tovuşi ham bir oz ravşanroq tuyuldi.
– U qadar oddiy emas, – takrorladi u. – Men uç yillik armiya xizmati davomida mudom bir qizni öylardim. Buning nimaligini özingiz tuşunasiz: kişi hamişa – keçasi ham, biror yoqqa borayotganida ham yoki postda turganida ham, xullas, özi xoli qoldimi, bas, xayol surişga tuşadi. Xizmat orasida taʼtilga kelganim zahotiyoq uning huzuriga şoşilardim. Xizmat muddatim tugagaç, nimalar qilişimiz haqida şirin orzular qilardik. Bugun bir narsani xayol qilsak, ertasiga boşqasini öylab topardik, qisqasi, birgalikdagi hayotimizning qanday bölişi xususida xayol surişdan çarçamasdik.
Bir-birimizni köpdan bilardik. Hunar maktabida öqib yurgan paytimizda tanişgandik. Men mexaniklikka öqirdim, u esa slesarlikka. Öqişni tugatganimdan keyin ança vaqt bir korxonada işladik. U qizlar içida eng çiroylisi edi. Bu maqtov emas, aslida şunday edi. Şunday qiz meni yoqtirganidan benihoya baxtli edim. Hammaning menga havasi kelardi.
U oqişdan kelgan, soçlari uzun qiz edi. Usta hamişa undan soçini qirqtirib taşlaşni talab qilardi. Rostdan ham şunday qilmasa edi, deb xavotirlanardim. Çunki uning soçlari römol içiga siğmasdi. Bilasizmi, ayniqsa u işga tamoman berilib ketgan paytlarda yöğon soç örimlari tuşib ketaverardi. U soçlarini qirqtirmadi, çunki men unga, soçlaringni öquvçi qizlardek ikkita qilib örib qöysang menga yoqadi, degandim. Didi ham baland edi, aytgança, uning ismi Vera. Çiroyli ism-a, şunday emasmi? Bir korxonada işlagan kezlarimizda uyga ham köpinça birga qaytardik. Avtobusda qatnardik, deyarli yarim soatlik yöl edi. Ertalab tağin uçraşardik.
Bir kuni işdan keyin kinoga bordik. Men endigina öqişimni tugatgan, u haliyam öqirdi. U mendan bir yoş kiçik. Ekranda nimalar bölganini bilmayman, uning yonida ötirganimni eslayman, xolos. Uning jiddiy tomoşa qilişini kuzatardim, his-tuyğulari yuzida aks etardi. Şu paytgaça u menga yoqardi, xolos. Endi esa qandaydir bir iliqlikni his etdim, suyançiqda mening qölim yonida turgan qölini ohista silagim keldi. Uyga qaytişda yelkasiga qölimni qöydim, u qarşilik qilmadi. Ilgari men uni uyigaça kuzatmasdim. Bu safar birga bordim. Darvoza oldida u menga qölini uzatdi, keyin darhol yugurib ketdi. Biz gödaklarga öxşardik. Men ham baxtli, ham mağrur edim. Keyinroq, armiya xizmatida bölgan paytimda biz öpişdik. Hammaning menga havasi kelardi: şahrimizdagilar uni bilganlari uçun, xizmatdoş döstlarim suratini körganlari uçun. Tez-tez yozişib turardik. Taʼtillar orasidagi kunlarni sanab ötkazardik. Bir kuni yaqin joyda maşq ötayotganimizda keçqurun bir soatga yaşiriqça keldim. Xizmatim tugaşini orziqib kutardik.
U jim bölib qoldi va derazadan taşqariga nazar taşladi. Men endi uning yuzini yon tomondan körib turardim. U xotirjam, özini tutib olgan, bir oz jonlangan edi.
– Öşa kunlar hozir menga uzoq ötmişdek tuyuladi, – sözida davom etdi u nihoyat, – vaholanki bu ötgan yilgi voqea. Biz uzzukun birga bölardik. U hali ham öşa korxonada işlardi. Ustalar tayyorlaydigan kursda öqimoqçi edi. Armiyadan qaytgaç, men  maşinasozlik sohasini tanladim va payvandçi bölib işga joylaşdim. Mening ham öz rejalarim bor edi: xizmat davrida kursda öqib attestat olgandim. Endi sirtdan öqiy boşladim. Maşinasozlikka, tuşunayapsizmi?
Men boş irğadim. Meni qandaydir quvonç çulğab olgandi. U hikoya qilar ekan, menga ilgarigidan köra boşqaça bir tarzda sirdoş, yaqin bölib qolgandi. Şu lahzada undagi turli-tuman xislatlarning bir-biriga qöşilib ketganini payqadim: u yoş, kelajakka işongan, kuçga töliq edi. Unda oldin kuzatganim mehribonlik, yetuklik, muloyimlik va sezgirlik xususiyatlari endi uni yanada kuçli va quvnoq körsatardi.
U nazarini mendan olib, yana taşqariga – lipillab ötayotgan zulmatga tikilgança sözida davom etdi.
– Vera ikkimiz ançagaça “keyin, keyin” deb yurdik. Nihoyat mana şu keyin ham yetib keldi. Gohida şunday tuyulardiki, göyo bizning bunga jurʼatimiz yetmasdi. Biz yonma-yon ötirardik-da, nimanidir kutardik. Xiyla vaqt buni unutib yuborardik, ammo keyinroq kutiş hissi borgan sari kuçayib bordi. Hali yoşmiz, deya özimizni ovutardik. Biroq bu ham sabab emasligini bilardik. Vera yigirma birda edi. Bizga yetişmagan narsa faqatgina bizni ulğaytirayotgan vaqtning ötişi emas edi. Baʼzan özim yolğiz qolgan çoğlarimda vaqtning ötişidan qörqib ketardim. Mana biz birgamiz, biroq şunday payt keladiki, bu birgalikning boşlanişi emas, balki nihoyasi böladi va vaqt hamma çiziqlarni öçirib taşlaydi, deb xayol qilardim.
Biz yana “keyin” deya boşladik. “Keyin, öz boşpanamizga ega bölganimizdan söng”, “undan keyin bolalarimiz böladi”, deyardik. Biroq bu ham garçi dastlab bizni birmunça ovutgan bölsa-da, umuman heç narsani özgartirolmasligidan qörqardik. Şu sababli gohida kelajak haqida sözlaşadigan bölsak, u qadar şoşilmasdik ham. Könglimizning notinçligini, tuşkunlikka tuşişimizni bir-birimizdan yaşirişga urinardik va bu holatni yo xafagarçilikka, biror köngilsizlikka yoki bölmasa şunga öxşaş narsalarga ağdarardik.
Yozda birga taʼtilga çiqdik. Çodir sotib oldik-da, men bolaligimdan bilgan köl böyiga jönab ketdik. Maktabda öqib yurganimizda uç haftani u yerda rosa mazza qilib ötkazgandik. Bu haqda öylaganimda köz oldimga lojuvard osmon hamda suvning oyoqlarim ostida yoqimli tölqinlanib qirğoq toşlariga urilişi kelardi. Vera ikkimiz bir neça hafta davomida nuqul şu haqda gaplaşdik. Jönaydigan kun yetib kelgaç, azonlab mototsiklga ötirdik. Biz quvonç va sabrsizlikdan toshib borardik. Tuş bölmay yetib keldik, çodirni tikdik va yukxaltalardagi narsalarni çiqardik. Undan keyin suv böyiga, qönğir xarsang toşlar ustiga ötirdik. Keyin örmonga yugurib ketdik, bizdan boşqa jon zoti yöq edi. Kunlarimizni rosa gaştli ötkazamiz, deb öylagandik.
Dastlab hammasi kutganimizdek böldi. Biz quyoşda toblanib yotgança daraxtlarni tomoşa qilardik. Ayniqsa keçqurunlari suv havodan köra iliqroq bölgan paytlarda uzoq-uzoqlarga suzib ketardik. Öt bosib ketgan egri-bugri söqmoqlar böylab miriqib kezardik. Quşlarning sayraşiga quloq tutardik va ularning nomlarini bir-birimizga aytardik.
Biz hanuz kutayotganimizga iqror bölişdan tortinardik.
U bir zum jim bölib qoldi. Keyin izoh berdi:
– Töğrisi buni özimiz ham anglab yetmasdik. Buning hammasi köproq notinçlik edi çamamda. Rost. Bizning birgalikdagi hayotimiz heç qaçon şu körayotganimizdan ortiq narsa berolmas edi. Biz bir-birimizni tuşunardik, yaşiradigan sirlarimiz ham yöq edi. Hamma narsa haqida bir-birimiz bilan örtoqlaşardik. Bizga nimadir yetişmasligini heç tan olmasdik. Baxtli ekanimizga iqror bölardik. Vera juda gözal, kelişgan, sarvqomat edi.
U burçakka suyanib olgandi. Men uning çehrasidagi nurni körib turardim, xolos. Söng anavi, boşqasi kelgan, xayoldan keçirdim men.
U yana oldinga egildi-da, yuzini qöllari bilan bekitdi. U şu qadar sekin gapirardiki, men uni anglab olişga zör berib urinardim. Darvoqe, u menga gapirardimi?
– Keyin Mariya keldi. Ikki çodir töla öğil va qiz bolalar kelişdi. Ular ikki ayol – bir muallima va bolalardan birining onasi boşçiligida edi. Ular çodirlarini yalanglikning narigi çetiga tikişdi. Biz ularni suvdagina körardik. Vera ikkimiz kun böyi yaşil soyabon ostida yonma-yon, bir-birimizning taftimizni, tomir urişimizni his etib sözlaşmasdan yotardik. Veraning yelkalari, soni va uzun jigarrang oyoqlari menga tegib turardi. Men Verani mehr va şu bilan birga, allaqanday açiniş bilan kuzatardim. Biz tez-tez bir-birimizni, ötlarni, gullarni, suv ustiga egilgan daraxtlarni suratga tuşirardik, göyo şu bilan ötkinçi narsani tutib qolmoqçi bölardik.
Bir kuni keçqurun Mariya bizning oldimizga keldi. Ular gugurt sotib olişni unutişgan ekan. Bolalar uxlagaç, muallima bilan ikkovlari kelişdi. Negadir men aksinça öylabman: Mariyani  muallima, anavi malla soçli ayolni esa bolalardan birining onasi debman. Mariya öğli haqida sözlab bergaçgina buni bildim.
Bu menga ğalati taʼsir qildi. Uning öğli haqida gapirişi ğalati taʼsir qildi. Sözlaş ohangi ham ğalati taʼsir qildi. Hayotida qandaydir baxtsizlik bölganini darhol anglab yetdim.
Biz bolalar haqida sözlaşdik. Men maktabda öqib yurganimda, xuddi şu tarzda, mana şu yerlarda bölganimni gapirib berdim. Öquvçilik davrimizda bölgan qiziq voqealar, şöxliklarimiz haqida hikoya qildik. Suhbat çoğida malla soçli muallima suv ustiga egilgan daraxtga suyanib ötirar, Vera ikkovimiz hali quyoş tafti ketmagan toşlar ustida ötirardik. Mariya bölsa salgina çetroqda, bizning qarşimizdagi biz yasagan toşkursida, suvga qarab ötirar, faqat gapirgandagina biz tomonga burilardi.
Men uni allaqaçon sevib qolganmidim-yöqmi, bilmayman. Ammo u bizga burilganda, göyo men qölimni Veraning yelkasidan olişim kerakdek tuyulardi. Men bunday qilmasdim. Aksinça, uni özimga yanada yaqinroq tortardim. Göyo şu bilan Veranimi yoki har ikkimiznimi, nimadandir himoya qilmoqçidek bölardim.
Şu kundan söng men Mariyani axtaradigan bölib qoldim, avvaliga buni anglab yetmadim. Biroq uni körsam yoki ovozini eşitsam, allaneçuk titrab ketardim. Bir neça kundan keyin özimça pinhona uning har lahza qayerdaligini belgilab yuradigan odat çiqardim. U hozir çodirda. Endi bolalar bilan koptok öynayapti. Endi yoy otişni maşq qilişayapti. Hozir yolğiz özi çömilişga ketdi. Yoki bölmasa: hozir qişloqqa xarid qilişga ketdi. Bir kuni tuşdan keyin uning qayerdaligini ançagaça bilolmadim. Qança kuzatgan bölmayin, uning biror yoqqa çiqqanini körmagandim. Men uni bilmayman-ku, axir, derdim öz-özimga. Men nima istayman özi? Birortasi uni yöqlab kelgan bölişi ham mumkin-ku. Ular hozir şaharda, biror kafeda birga ötirişgandir ehtimol, nega bölmasin. Buning menga nima aloqasi bor? Biroq Mariya haqida xayol surişdan endi özimni tiyolmasdim. Vera buni sezardimi-yöqmi, bilmayman. Biz çömilib çiqib quyoşda toblanardik. Vera bilagini mening boşim ostidan ötkazib olgandi. Boşimni burib, uning bilagini yuzimda his etdim. Qalban u bilan emasligimni sezib qolişidan qörqardim. Özimni qölga olişga urinardim. Lablarim bilan bilagini siladim. Bu axir yolğon-ku, deb öyladim-da, titrab ketdim. Vera turib ötirdi-da, menga qaradi.
– Nima böldi – söradi u, – sovqotayapsanmi?
Men boş irğadim.   
Mariya haqida söz oçiş uçun gap aylantirib, hozir yodimda yöq, qandaydir bir bahona topdim.
– U menga yoqadi, – dedi Vera. – U baʼzi ayollardan köra mustaqilroq, qatʼiyroq. Mana şu xususiyat menga yoqadi. Didi ham çakki emas.
Biz uning kim bölib işlaşi xususida bahslaşdik, taxmin qildik.
– U vraç, – dedi Vera.
– Rassommi yoki şunga öxşaş biror kasbdadir, – dedim men.
Bari bir aniq bir fikrga kelolmadik. Ança tortişdik. Mariya haqida sözlaşiş menga xuş yoqardi. Keçqurun Mariyaning özidan kasbini sörab olişga kelişdik. Vera, keçqurun, dedi, men keçqurun Mariyaning bu yerda aniq bölişiga gumon qilsam-da, mayli, keçqurun, deb qöyaqoldim.
Men keç tuşişini kuta boşladim. Çunonam kutdimki, hatto u kelganda, – göyo u mening sabrsizlik bilan, yana yasanib kutib turişimni biladigandek – tamoman holdan toygandim. Men unga qaradim, nazarimda u yaşarib ketgandek edi. Uni sevib qolganimga endi imonim komil edi. Biroq oxiri nima bölişini öylab ham körmasdim. Men uning yonida bölişim kerak – faqat şugina muhim edi. Biz rostdan ham uning kasbini söradik. U nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim ekanligini aytganida men unça ajablanmadim. Bu unga mos kelardi. Undagi ayrim xususiyatlar buni aytib turardi. Tuşdan keyin qayerda bölganini söraşga, şubhasiz, botinolmadim.
Bu paytlar Vera ikkimizning vaqtimiz köngilliroq ötardi. Kun böyi deyarli bolalar bilan bölardik. Ular ham bizga örganişib, gapimizga böysunadigan bölib qolişgandi. Bolalar bilan oson til topişadigan Vera kiçik qizçalarni suzişga örgatardi. Katta bolalar men bilan edi.
Men ularga içi kovak daraxtlarni, ğorlarni va özim ilgaridan biladigan boşqa xilvat joylarni körsatardim. Biz tevarak-atrof bilan tanişiş maqsadida uzoq-uzoq kezardik. Notaniş joyni taxminlab topişga örgatadigan turli öyinlar taşkil etar, qizğin kuraş tuşardik. Baʼzan Mariya ham biz bilan birga kelardi. Lekin u bunda bölmagan paytlarda ham men uni yonimda his etardim. Ayniqsa, uning öğli – onasiga heçam öxşamaydigan, jasur, pişiqqina, uzun böyli, sariq soçli bola yonimdaligidan şunday bölardi. Gohida men bolada onasiga xos biror xislatni topardim: boşini burişi yoki yerda ötirganida qöllari  bilan tizzasini quçoqlab ötirişi, biror kişi gapirayotganda quloq solişi unga öxşab ketardi. Çunki biz yomğir yoqqan paytlarda biror ğordami yo daraxtlar ostidagi quruq joydami yaşirinib olib hikoya aytişardik. Menga Mariyani yaqinlaştirgan mana şu lahzalar tufayli bolani yaxşi körib qoldim.
Kunlar şu taxlit ötardi.
Tunlar ham boşqaça bölib qoldi. Bizdagi tuyğuning hijroni ham bor edi. Yöq, biz buni bilmasdik. Buni men endi anglayapman. Mendagi özgarişni Vera sezganmidi-yöqmi, menga qoronği. Bu haqda gap oçmasdik. Bir-birimiz bilan ilgarigidek muomala qilardik. Biroq biz aldaş uçun emas, balki bir-birimizni ranjitmaslik maqsadida şunday qilardik nazarimda va buni ikkimiz ham bilardik.
Faqat oxirgi kuni keçqurun ahvol özgardi. Törttovimiz bizning çodirimiz oldida, köl böyida ötirdik. Gulxan yoqdik va qörga kartoşka kömdik. Issiq kartoşkalarni qördan çiqarib oliş uçun Vera çöp yasab keldi. Biz yonma-yon ötirardik, oldimizda likopçada tuz hamda bir idişçada yoğ turardi. Xayrlaşuvga atalgan vino suvga taşlab qöyilgandi. Havo iliq, tinç va osuda edi. Biroq meni, yana birozdan keyin Mariyadan ayriliş va uni balki bir umr körolmaslik dahşati qiynardi. Men qandaydir qulay bir yöl qidirardim. Vaqt ötgani sari qiynoq tobora kuçayar va xayolimni çuvalaştirardi. Men uni qayta körişim lozimligini unga bildirişim kerak edi.
Lekin qanday qilib? Suvdan vinoni keltirdim. Vera quvnoq edi, ehtimol biz ketayotganimiz uçundir. Şişani oçib hammaga vino quydim. Içdik. Bu italyan vinosi edi. Olovga tikilib ötirardik. Yolqinga tikilib, uning harakatini, turfa şakllarda tovlanişini kuzatiş zavqli edi. Men Mariyaning yonida ötirardim. U stakanlarni yana töldirdi. Unga stakanni uzatayotib qölini sekin siladim. Buning ataylab qilinganini u payqadi va menga qörquv bilan nazar taşladi. Uning bilagini ohista siladim. Bu harakatimni sezdirmaslik uçun nimadir, qanaqadir tuşuniksiz bir narsa dedim.
U ham mendek qiynalayotganini bildim, faqat endigina bildim. Buni oğzidan sezdim. Oğzi biroz oçilib, lablari titrab turardi.
Tağin bir şişa vinomiz bor edi. Uni suvga taşlamayoq içdik. Biz bir-birimizdan közimizni uzmasdik. Men Verani unutgan edim. Keçasi tarqalayotganimizda uning qölini qayta siladim.
Vera bilan tong ğira-şirasida jönab ketdik. Ular hali uyquda edi. Vera heç narsa söramadi. Yakşanba tongi edi. Duşanba kuni biz işda bölişimiz lozim. Uyga yetib kelgaç:
– Men qaytib ketişim kerak, – dedim.
Vera şunda ham lom-mim deb oğiz oçmadi. Çarm kurtkamni yeçmasdan buyumlarni kiritişga kömaklaşdim.
– Ertaga azonlab kelaman, – dedim, – boşqa ilojim yöq, borişim kerak. U eşikka suyanib turardi, men jönab ketganimda ham öşa holatda qoldi. Men yölimdan qayta olişim, uni öpib, uzr söray olişim mumkin edi. Biroq ketişim ham kerak edi.
U yerga keçga yaqin yetib bordim. Bolalar ovqatlanişardi. Qayinlar orasidagi uzun stolda bolalar bilan ötirgan Mariya örnidan otilib turib menga tomon yugurdi. Birga örmonga ketdik. Lagerdan ança uzoqlaşgaç, töxtadik. U peşanasini yuzimga qöydi.
– Nima qilamiz? Nima qilişimiz kerak? – şivirladi u.
Uning rangi oqarib ketgan edi. Men nima deb javob berişimni bilmasdim. Közlarimdan öt çaqnardi, ehtimol jadal yöl bosib kelganimdandir yoki şu qadar baxtli, yo bölmasa şu qadar baxtsiz ekanligimdandir. Şu alfozda uzoq turib qoldik. Öpişişga jurʼat qilolmasdik. Undan keyin hamma narsaning hal bölişini bilardik. Men uning yuzini siladim. Biz orqaga qaytdik. Çodir oldida unga qölimni uzatdim, şundan söng qaytib ketdim.
Veraning yuzi, oppoq yuzi, uning köz yoşlari – bular hammasi hozir menga  xuddi yarq etgan çaqmoqdek tuyuladi.
– Oqibati nima böladi, bilmayman. Töğrisi buni bilmayman, Vera. Gapning rostini aytiş kerak-ku axir, tuşunasanmi? – deyman unga.
Eng dahşatlisi şu ediki, men baxtli edim. Hayotimda ilk bor baxtli edim. Heç qaçon bu qadar baxtli bölmagandim. Hamma yerda, har on Mariyaning çehrasini körardim. U tabiat qöynida, dalalarda, qirlarda, örmonlarda, men yurgan yöllarda, şahrimizdagi qator uylar uzra suzib yurardi. Payvandlayotganimda eriyotgan metallning tovlanişida körinardi. Tunda esa tinç va osuda çehrasi yumuq közlarim tubida turardi. Hamma joyda u edi, men esa unga ergaşib yurardim. Tongda bölsa boşqaça holatda, ilgari mutlaqo his etmagan quvonç bilan uyğonardim. Bugun payşanba, ertaga juma, şanba kuni uni köraman, deb xayolan şoşilardim.
Verani har kuni körardim. U bilan hamişagidek muomala qilardim. Birga ovqatlanişga borardik, ilgarigidek hazil-mutoyiba qilardik. Öşanda u katta frezer stanogida işlardi. Men uni işdan söng olib ketardim, birga bekatga borardik. Yonimda borarkan, u qöliga krem surtardi.
– Ğadir-budir bölib qolmasin, deyman-da, bildingmi? – derdi keyin.
U özini göyo heç gap bölmagandek tutar, bu bilan menga yengillik tuğdirardi. Bizga odamlarning hamişagidek havaslari kelardi. Men unga mehr bilan boqar va yordami uçun undan minnatdor edim. Şu bilan birga uning oldida xijolat tortardim. Biroq mana şu xijolatlikda ham soxtalik borligini bilardim.
Töğrisi, men hali bölayotgan voqealarni töliq tuşunib yetmasdim. Buning oxiri nima bilan hal bölişini ham bilmasdim. Navbatdagi şanba kuni u:
– Bugun men ketyapman. S. da maktabdoş dugonam bor. Öşa yoqqa bormoqçiman, – dedi.
Buning uçun undan minnatdor böldim. Şunday bölsa-da, men uning özi haqida emas, balki ketsa yaxşi bölardi, deb öylardim. Tuşdan keyin men Mariya yoniga ketdim.
U jim bölib qoldi. Çehrasi sokin edi. Men unga qaradim. Uni tuşuna olamanmi-yöqmi, hali bilmasdim. Men şörlik Vera haqida öylamoqçi böldim. Biroq u qolib, Mariya haqida xayol surib ketdim. U borgaç Mariyaning naqadar quvonişi, nima qilişni bilmasdan dovdirab qolişi, keyin uning istiqboliga yugurişini köz oldimga keltirardim. Göyo heç gap bölmagandek ular salomlaşişadi. Ularning közlarigina yurakdagi gapni aytib turadi, xolos. Keyin u muallima bilan söraşadi. Bolalar bilan ham salomlaşadi, ular uni göyo özlarini yöqlab kelgan, deb öylaşadi. U bolalarga birga bekinmaçoq öynaşga vaʼda beradi. Ehtimol yölda körganlarini sözlab berar. Şunda Mariyaning közlarini uçratadi.
Bolalar uxlaşgaç, ular köl böyiga ketişadi. Toş ustiga ötirişadi. Allaqaçon qoronği tuşgan böladi. Men ularning ovozlarini eşityapman, ularning yaqinligini, yurak urişlarini sezyapman. Keyin çodirga kirib yotişadi. Tongda uyqudan turganlarida ularning ixtiyorlarida yana butun bir kun böladi. Birinçi kun. Ularning haqiqiy birinçi kunlari, öylayman men.
Özi hamma narsa endi boşlanadi-da, xayol suraman yana. Ularning birga qolişga umid boğlaşdan özga öylari bölmaydi, deyman içimda. Şunda qörqib ketdim: u hikoya qilayotganda taşlandiq qiz (Verani özimça şunday atadim) tomonda edim, endi esa nuqul Mariya haqida xayol surardim. Men Mariyani boyagina şu yerda, uning yonida ötirganini, manglayini uning bilagiga bosganini va qay tarzda çiqib ketganini qayta köz oldimga keltirdim. Agar hozir u: bu oddiy adaşiş, hozirgisi ham şunçaki amalga oşmaydigan qandaydir bir xayoldan boşqa narsa emas, desa, naqadar dahşat bölardi, degan fikr keçdi miyamdan. Bu – bunday hollar hamişa yolğon, sarob, degani böladi-ku. Yuragim qattiq urardi. U hikoyasini davom ettirişini istardim. Biroq u uzoq sukut saqladi. Közlari menga tikilgan, ammo meni körmasdi. Söngra mening sözsiz, talabçan savolimga javob qaytardi:
– Mariya ikkimizning örtamizda keyin nima bölganini tasvirlaş juda oğir.
Biz qayiqqa ötirib kölning narigi qirğoğiga ketdik, u yer bizning qirğoqdan köra boşqaça, ança tikroq edi. U yerdagi tekis toş ustida uzoq ötirdik-da, sokin, tubida rang-barang toşlar körinib turgan tip-tiniq suvni kuzata boşladik. Gohida Mariya oyoğining uçi bilan suvni harakatga keltirar, şunda suv tubidagi toşlar jilolanardi.
Bizning sevgimiz ham ana şunday.
Men öz-özimdan şunday fikrga kelganim yöq, biz yonma-yon yotgan birinçi keçada men şunday tuş kördim: tuşimga tip-tiniq suv kirganmiş, uning tubidagi toşlar quyoş nurida tovlanarmiş. Uyğonganimdan söng, bizning sevgimiz ham ana şunday deb xayoldan keçirdim. Mariyani eslaganimda ham u menga öşanday: tiniqlik, sokinlik, soflik, bebaholik timsoli, qöyingçi, butun borliği bilan benihoya şodlik manbayi bölib tuyuladi. Ilgarilari ham şodlik nimaligini bilaman, deb yurarkanman. Lekin bu, şodlik haqidagi tasavvurdan bölak narsa emas ekan. Ajoyib kun nimaligini bilaman, deb öylarkanman. Daraxt, maysa nima, bulutlarning suzişi-yu örmon oralab ketgan söqmoq yöl nima – bularni bilaman, deb öylarkanman. Keyin anglasam, men şu paytgaça heç narsani ravşan körmagan, heç narsani bilmagan va his etmagan ekanman. Göyo bularning barçasi qiya oçiq eşik ortida edi-yu, mening ularga tasodifan birgina nazar taşlaşim kifoya edi. Yölimda quyoş nurining jilvasini körarkanman, bir kun keladiki, uni çinakam köraman, degan umidnigina his etib yurgan ekanman. Daraxtni, uning böyini, şox-butoqlarini, yaproqlarini körardim-da, özimça, bu daraxt, deb qöyaqolardim. Quşlarning uçişini körardim – qanoti bor, uçadi. Ammo özim anglab, his etgaçgina haqiqiy parvoz nimaligini kördim, bularning barçasini men şu paytgaça bilmasdim. Kişilarga munosabatim ham şunday edi. Birov çiroylimi yoki xunukmi, aqllimi yoki aqlsizmi, harqalay, ajrata olaman, deb öylardim. Biroq öşa odamning özini – na aqlli yo aqlsiz, na çiroyli yo xunuk, balki mudom tinib-tinçimaydigan, goh aqlli, goh aqlsiz, goh xunuk, gohida çiroyli şaxsiyatini körmas ekanman. Men uning his-tuyğularini, uning intilişlarini, zehnini, uning fikrlaşini bilmaganman. Hatto Verani ham bilmas ekanman. Eng yomoni şu böldiki, odamlarga ham şunday köz bilan qaraganman. Men… –  u biroz töxtab olib sözida davom etdi, – xuddi qadam taşlasa ham oyoqlari ostidagi yerni his etmaydigan kişidek yaşaganman. Zaminda mahkamroq turiş uçun nima qiliş lozimligini bilmaganman.
Mana şularning barçasini endi boşqaça nazar bilan kuzatadigan böldim. Töğriroği, biz bunga ikkovimiz birgalaşib erişdik. Çunki Mariyaning ham holati menikidek bölgan. Oldiniga buni payqamay yurdim. Meni atrofga boşqaça nazar bilan qaraşga, hayotni çuqur tuşunib yetişga, undagi buyuk haqiqat içiga kirib borişga örgatgan narsa undagi yetuklik, şaxsiyatidagi qudrat, kuç, deb öyladim. Lekin u ham xuddi mendek ekan. Biz birga göyo bir odam edik. Bir-birimizni yanada yetuk qilib, töldirib turardik.
Dastlabki kezlarda Mariyasiz yolğiz qolganimdanoq özimdagi yangiça his-tuyğuni tağin yöqotib qöyardim. Duşanba kuni ertalab işga kelib, parişon holda nima qilişimni bilmay turardim. Eriyotgan metallning jilolanişi meni qiynar, toliqtirar, sexdagi maşinalarning şovqini ğaşimga tegardi. Keçqurunlari kitob öqirkanman, fikrlarim çalkaşib ketar, ularni bir joyga töplayolmasdim. Oçiq sahifaga tikilgança Mariyani öylab ketardim. Men uning yoniga, özimni yangiça his qila oladigan öşa birdan-bir joyga ketişni orzu qilardim. Ançadan keyingina özimni bir oz tutib oldim. Bunday holat heç narsadan hayron qolmaydigan bölganimdan söng yuz berdi va mendagi bu yangi özgariş zilol suv tubidagi yaltiroq toşlarga öxşar edi. Şu paytlar işim ham endi boşqaça böldi.   
U ilk marta yodga olinayotgan voqea haqida gapirayotgandek tutilib-tutilib sözlardi.
– Qanday maqsadni közlaşimni ilgaridan ham bilardim, albatta. Odamlarning işini yengillatadigan, hatto ularni oğir işdan ozod qiladigan maşinalar yaratişni istardim. Biroq, avvalo inson nimaligini bilmaganman. Rost. Men buni bilmagan ekanman. Men undagi qudratning naqadar uluğligini bilmagan ekanman. Hatto özimni ham anglab yetmagan ekanman-da. Qanday tuşuntirsam ekan? Mariya meni sevganidan buyon, meni sevuvçi inson u bölgani uçun özimni yuksaklikda tasavvur etaman. U…
Erkak jim bölib qoldi. Meni unutib qöydi, deb öyladim. Qimirlaşga jurʼat qilmasdim. Bir ozdan söng dedi:
– Tuşunasizmi? Sözlaş oğir. Ehtimol meni tuşunarsiz.
Ular köl böyidan allaqaçon ketişgan, biz goh mening, goh uning şahrida uçraşa boşladik. Uçraşuvlarimiz orasidagi vaqtni zörğa ötkazardik. Mariya özini tuta biladigan, mulohazaliroq bölsa-da, men “biz” deyapman. Biz iloji boriça şanba kunlari uçraşişga kelişgan bölsak-da, men oraliqda, çorşanba yoki juma kunlari ham borardim-da, ertasiga azonda işga yetib kelardim. Borgan sari ahvol qiyinlaşar, bir-birimizga yanada qattiqroq boğlanib borardik. Biz birga bölişga, heç bölmasa bir şaharda yaşaşga qaror qildik. Buning uçun men işimdan böşaşim kerak edi. Mariya institutdan ketolmasdi. Oldin bu şunçaki jön işdek tuyuldi. Men Mariyaga yaqin joydan iş axtardim.
Endi Vera haqida gapiraman. Men Verani unutgandim. Uni har kuni körsam-da, unutgandim. Unga duç keliş menga hatto malol kelaboşladi. Baʼzan çidayolmasdan: “Nima istaysan mendan? Ahvolni köryapsan-ku!” deb yuborgim kelardi. Şunday bölsa-da, u bilan yaxşi munosabatda bölardim va unga yuragimni oçmaganimdan özimni gunohkor sezardim. Şu boisdan men korxonadan va şahrimdan ketganimdan afsuslanmadim.
Vera zarraça qarşilik qilmadi. Aynan şu narsa meni qörqitdi. Yöq, hayajonga soldi. Biroq buni yuzaga çiqarişni istamasdim. Ehtimol haddan ortiq band bölganimdanmi, bu holatni özimdan nari quvardim. Keyinroq Vera Yurgen ismli muhandisimiz bilan uçraşadigan böldi. Men ularni tez-tez, köçada, kinoda birga körardim. Hammasi tinçgina hal böldi, u ham boşqa birovni topdi, endi yolğiz emas. U haqda qayğurmasam ham böladi, deya özimni yupata boşladim.
Mariya mendan Verani söraganda unga muhandis haqida sözlab berdim. U menga savol nazari bilan qaradi. Men boş çayqadim: qöyaver, şunday bölgani yaxşi. Şu bilan birga buning yaxşi emasligini ham bilardim. Vera Yurgen bilan ataylab meni uçratadigan joyga borişini bilib turardim. Yurgen unga butunlay boşqa maqsadda, yaʼni meni kutmayotganligini, ruhan tetikligini isbotlaş uçun kerakligini payqaş qiyin emasdi. Bu şundoq körinib turardi. Bunday bölişi mumkin emasligini, Yurgenni ham öylaş lozimligini anglardim. Bu ham öz-özimni aldaşdan boşqa narsa emas edi. Ammo xuddi şu narsa – Veraning ahvolini körib turişim, lekin buning oldini ololmasligim meni iloji boriça tezroq köçib ketişga undadi.
Men Mariyaga yaqin joydagi vagon zavodida işlay boşladim. Biz har kuni körişib turardik. Verani deyarli ortiq öylamay qöydim.
Yakşanba kunlaridan birida Paula bilan Irmgard mening oldimga kelişdi. Ular Veraning brigadasidan edi. Qizlar mendan gina qilişdi.
– U bunga çidayolmaydi, – deyişdi.
– Nega u Yurgen bilan qolavermaydi? – deb söradim.
Ularning yuzlariga qarayolmasdim.
– U faqat Yurgen bilan emas, bugun bittasi, ertaga boşqasi bilan uçraşadi. Bunga sen aybdorsan, – javob berişdi ular.
Ğazabim qaynab ketdi. Ularning aralaşişga nima haqlari bor? Ular heç narsani bilişmaydi-ku. Birovning şaxsiy işiga nega boşqalar aralaşadi? Birov birovga qarammi? Ular mendan nima istaydilar? Eng asosiy narsa töğrilik. Men vijdonsizlik qilganim yöq. Nima öylagan bölsam, qizlarning betiga aytdim. Xafa bölib jönab ketişdi.
Ularning kelişganini Mariyaga aytolmadim. Nimadir meni tutib qoldi. Biroq öz-özimga yakkaş, buning boşqalarga aloqasi yöq, derdim. Ular nimani bilişadi? Bir narsaga aqllari yetsa, boşqasiga yetmaydi. Ular Mariyani bilişmaydi. Töğrisi, meni ham yaxşi bilişmaydi. Ular meni zangori közoynakda iş ustida egilib turganimni körişgan, xolos. Yuzimni yoritgan nur meni faqatgina taşqi tomondan ularga körsatgan. Işdan qaytayotganimda esa, ular mening hali yoş bölsam-da, bukilgan yelkamnigina körişgan. Ular meni oşxonada, Vera bilan şoşib-pişib ovqatlanayotganimda körişgan. Bunda köradigan heç vaqo yöq. Goho majlislarda sözga çiqardim, bu juda kamdan-kam bölib, diqqatni ham tortmasdi. Şuning uçun ularning aralaşişga haqlari yöq, deb öyladim.
Lekin öşa kundan söng Veraning çehrasi köz öngimdan ketmay qoldi. Uni xayolimdan quvolmasdim. Uni unutmaganimni, u hali qalbimda ekanini angladim. Uning kulişini tasavvurimda jonlantirardim, lekin bu uning kulgisiga öxşamasdi.
Könglimdagi notinçlikni Mariyaga sezdirmasdim. Bunga çek qöyişim lozim, deyardim. Xato qilayotganimni bilardim. Ammo, uni ranjitmasligim lozim, deb öylardim. U öşanda murakkab bir masala ustida boş qotirardi, – u hayajon içida oldinga egildi, – mikroskopik jismlarning harakat qonunlari ustida. Eynşteyn yaratgan yagona maydon nazariyasining oxirgi variantlaridan kelib çiqadigan turli xil nazariyalar mavjud. U mikroskopik jismlarning töğri çiziq böylab emas, balki Eynşteyn körsatganidek egri çiziq böylab harakat qilişini isbotlaşga urinardi… Bu biz tasavvur qilgançalik oğir masala emas. Buni har tomonlama çuqur öylab, mağziga kirib borsangiz, ança qiziq. Men hali bu haqda unça köp narsa bilmayman. Öşanda Mariya katta anjumanga tayyorlanayotgan edi. Institutdan keç qaytar va yarim keçagaça hisoblab ötirardi. Men darhol biror yegulik tayyorlab, yozuv stoliga qöyardim. Boşini kötarganda unga közim tuşsin uçun röparasiga ötirib olib kitob öqişni yaxşi körardim. Uni endi avvalgidan ham ortiqroq sevaman, deb öylardim.
Hayotim tuşga öxşardi. Mariya bilan hamişa şu taxlit yaşayveraman, deb xayol qilardim, şundoq jöngina xayol qilardim. Birimiz ikkinçimizga tirgak bölib, şirin, musaffo bir butunlikni taşkil qilib yaşayveramiz, deb öylardim. Bu yana öşa zilol suvni va uning tubidagi yaltiroq toşlarni eslatardi. Keyin xayolim Veraga ketardi. Nazarimda biz hamma narsani endigina boşlaganmiz-u, göyo bir qarorga kelingan-u, biron narsa oxiriga yetkazilmagan edi. Bu daraxtlar orasidan jimirlab körinayotgan zangor dengizdek xayoliy, bajarib bölmaydigan vaʼdaga öxşardi. Köz oldimda nomaʼlum, sovuq, qup-quruq kelajak gavdalanardi.
Mariyani iş ezib taşladi. Nafaqat iş. Azoblanayotgani qöllaridanoq körinib turardi. Buni körib yuragim ezilib ketardi. Men uni benihoya sevardim. U menga qarasa, men boşimni çetga burardim. Özim, yolğiz özim bor muammoni hal qilaman, deb öylardim…
Suhbatdoşim yana özini orqaga taşladi. Yuzi aniq körinmasdi, ammo tizzasida yotgan qöllarini aniq körib turardim.
– Keyin Mariyaga buni aytdingizmi? –  söradim men.
– Yöq, – deya boşini çayqadi u. – U allaqaçon özi sezgan edi. U menga: “Veraning oldiga bor. Uning ahvolidan xabar ol. U bilan sözlaş” dedi. Işning nima bilan hal bölişini u bilardi, lekin bu haqda oğiz oçmasdi. “Avval u yoqqa bor” dedi.
– Siz bordingizmi?
– Ha, öşa şanba kuniyoq bordim. Verani köçada uçratdim. U yoşgina bir askar yigit bilan kulişib turardi. Meni körgaç, hamrohini köchaning narigi tomoniga yetakladi. Bu vitrinalarga boy gavjum köça edi. U yasanib-tusangan, buning ustiga nihoyatda gözal edi. Men ketidan bordim. U begona kişi bilan turgan bölsa-da, unga murojaat qildim:
– Vera, sen bilan gaplaşmoqçiydim, – dedim.
– Marhamat, – javob berdi u va göyo men u bilan öşa yerda, anavi yigit oldida gaplaşaveradigandek. – Aximga keyin baribir hammasini aytib berişim kerak, – deb qöşib qöydi-da, qah-qah otib kuldi. Bu dahşatli edi. Javob tariqasida nimadir dedim-da, burilib ketdim. Keçqurun uyiga bordim. U haliyam öşa eski joyda yaşardi. U keçqurun ança bosilib qolgan edi. Göyo men maʼlum bir muddatga taʼtilgami yoki şunga öxşaş biror yoqqami ketib, yo davolanib qaytib kelgandek uning öqişi, korxona haqida gaplaşib ötirdik. Men unikidan tezda ketdim va uyga keçasi yetib bordim.
– Mariya-çi? U nima qildi?
– U hammasini bilardi. Heç narsa söramadi ham.
– Siz ketişga astoydil qaror qilganingizni hammi?
– Biz ikkimiz şunday qarorga kelgandik. Mariya ikkimiz.
– Endi-çi? Bugun, demoqçiman.
– Ertaga Mariya anjumanda böladi. Men ketyapman. Vokzalda meni Vera kutib oladi.
– Şu işingizdan xursandmisiz?
U menga tikilib qaradi.
– Ha, – dedi u, – bilasizmi, biz qatʼiy qarorga kelganmiz.
– Şunday qilganlaringiz Mariya uçun ham töğri bölgan, deb öylaysizmi? – söradim men, – meni keçiring-u, ikkingizning munosabatingizni hozirgina kördim-ku.
Men hayajonlanardim.
– Ha, uning uçun ham şunday qilganimiz töğri.
Bu odamning gözalligini endigina payqadimmi yoki bölmasa u hozir avvalgidan ham gözallaşib ketdimi, bilmayman. U oldinga engaşdi.
– Agar biz heç gap bölmagandek birga qolaverganimizda, – dedi u xotirjam ohangda, – hamma narsani buzgan bölardik, bir-birimizni aldagan, çalğitgan bölardik. Biz, men va Mariya, ikkimiz bir odammiz. Qalban yagonamiz.
Biz uzoq jim qoldik. Keyin u yoq-bu yoqdan gaplaşib ketdik. U töğri yöl tutganmi-yöqmi, bilmasdim. Buni men faqat keyinroq, uyda yolğiz qolganimdagina tuşunib yetdim.

Margarete Noymann – XX asr nemis adabiyotining sermahsul vakili, adiba va  şoira. Kyonigsbergdagi ijtimoiy-pedagogik seminariyada tahsil olgan. “Yöl dala böylab ötadi”, “Görkov”, “Sevişganlar”, “Yaşil salon”, “Magda Adomayt” singari romanlar, yuzlab şeʼrlar hamda hikoyalar muallifi. Haynrix Mann hamda Frits Royter nomidagi mukofotlar sohibasi. 2002-yilda 85 yoşida vafot etgan.
    
Nemis tilidan Yangliş Egamova tarjimasi

“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)