(Qissa)
Ğoyibdagi odam
I qism
Telefon yana jiringladi. Göşakni kötarib, “Allo”, dedim – jimlik… Men gapira boşladim. Telefon qilgan odam mening gapimni eşitib turardi.
Har kuni xuddi kelişilganday aynan soat uçlarda qönğiroq böladi. Men ham qadrdon döstimga gapirganday, tinmay javrayveraman. Miyamga qanday fikr kelsa, gapiraveraman, gapiraveraman. U jim tinglaydi. Sas çiqarmaydi. Men bu holatga örganib qolgan edim. U göşakni qöyib qöyişidan qörqaman. Şuning uçunmi, qiziq-qiziq voqealarni gapiraman. Beixtiyor göşakni qöyib qöymasin deb, kuldiradigan hangomalardan ham aytaman. U nima uçundir kulmaydi ham. Gapirib-gapirib çarçaganimdan söng, endi böldi, bugunça yetar deyman. Unga soğlik tilayman. U göşakni qöyadi, qisqa «dud-dud-dud» degan ovoz keladi.
Xonamda qolib, özimga taalluqli işlarni bajaraman-da, asosan, ertangi kunga tayyorgarlik köraman. Ertaga nima desam böladi. Reja tuza boşlayman. Yangi-yangi hangomalarni topişga harakat qilaman, çunki u göşakni tösatdan qöyib qöyişi mumkin.
Ertasiga yana yangi iş kuni boşlanadi. Boşqaça bölişi mumkin ham emas. Xodimlar bilan salomlaşiş, boşliqning xonasiga kirib topşiriq oliş, qoğozlar içiga kirib raqamlarni axtariş – kasbim şunday. Bu kasbni Xudo rahmat qilgur opam tanlab bergan.
Iş bilan ovora bölib soat uç bölganini sezmay qolibman. Birdan telefon jiringladi, göşakni oldim. Yana jimlik…
Salomlaşib, ahvolini söradim. Iloji bölsa bir oğizgina gapirişini, bu holat uzoq davom etmasligini, faqat mening gapirişim bilan iş bitmasligini tuşuntirib, uni ham gapirişga undadim. “Men juda çarçadim”, – dedim, ovozimni balandlatib. U çuqur nafas oldi. Aniq his qildim, miyamga hadeganda qiziq fikr kelavermadi. Öylay boşladim: “Uzundan-uzoq hangomalarim unga nima uçun kerak? Nega özini taniştirmaydi? Kim özi telefon qilayotgan? Ayolmi? Erkakmi? Nega endi hadeb unga yoqadigan yolğon-yaşiq voqealarni töqib, uning könglini ovlaşim kerak? Nima uçun? Axir uni tanimasam?” – degan savol boşimda tinimsiz aylanadi. Göşakni stolim ustiga qöyib qöydim-da, unga qarab gapirmasdan ötiraverdim…
Endi telefon soat uçda jiringlasa ham, göşakni olmayman, xonamdan çiqib ketaman. Soat törtdan keyin göşakni qölimga oldim, uzun “dud-dud” degan ovozni eşitgaç joyiga qöydim.
Işni yakunlab uyga ketar ekanman, soat uçda böladigan qönğiroqning jarangi miyamni tark etmasdi. Meni eşitib jim ötiradigan odam turli qiyofada gavdalanib, baʼzan u kelişgan yigit, zum ötmay çiroyli qiz yoki gözal ayol qiyofasida körinsa, gohida qandaydir mening ustimdan kulayotgan telbasifat odam, darveş bölib, goho badbaşara, isqirt maxluq ustimga bostirib kelayotganday tuyulardi. Xullas, adoği yöq bu öylardan qoçişning ilojini topolmadim. Uyga xayolim parişon bölib kirar ekanman, özimni çalğitiş uçun qölimga duç kelgan kitobni oldim. Maşhur yozuvçining maymun yetaklagan odam haqidagi hikoyasini öqiy boşladim. Bu voqealar xayolimni jamlaşga yordam bermadi. Balki teskari taʼsir qildi. Qandaydir qörqinçli maxluqning hamlasini qaytarişga şaylangan odamday özimni himoya qiliş uçun köçaga çiqdim.
Şaharga tun çökkan. Havo toza, osmon töla yulduzlar, biri-biridan çiroyli. Ana u yulduz Hulkar, Zuhro, Katta ayiq, bunisi Temirqoziq, Tarozi, Beş oğayni, unisi Yetti oğayni. Qarang, uç oğayni yulduzlar ham bor ekan, osmonning körkiga körk qöşib, bezab turgan bu yulduzlar töğrisida bir vaqtlari momomdan eşitganman.
Yulduzlar birin-ketin yarqirab osmon gumbazida tartibsiz va tartibli joylaştirilgan nimalarnidir eslatar, nazarimda ular zimdan yerni kuzatayotganday tuyulardi. Qaysidir jurnalda öqigan edim, osmon oçiq bölganda avgust oylari keçasi beş mingtaça yulduzni sanaş mumkinligi, keyin odam adaşib ketişi haqida yozişgan edi. Erinmay sanay boşladim. Bir, ikki, uç, tört, beş… minglarga borganimda çalğib ketdim.
Somon yölini tomoşa qila boşladim. Tangrining bu qudratiga, tabiatning heç yerda takrorlanmas möjizasiga qoyil qolmay ilojing yöq. Osmon xuddi katta bir dengiz, unga yulduzlar şunday joylaştirilganki, koinotdagi bu ajoyib manzarani tomoşa qilib, insonning aqli bu hukm oldida naqadar ojiz ekanligiga beixtiyor işonasan. Yaratganga şukronalar aytasan…
Yana iş. Korxonaning barça asosiy hisob-kitoblari mening zimmamda. Qöl ostimdagi xodimlarga kerakli topşiriqlarni berdim-da, xonamga qamalib oldim. Vaqt şunday tez ötardiki… Zum ötmay soat uç bölib qoldi. Telefon jiringladi. Göşakni oldim, jimlik, asta gap boşladim: “Hangomalar tugadi, menga boşqa telefon qilmang, iltimos. Agar iş şunday davom etaversa, jinni bölib qolaman”. U jim tinglardi. «Göşakni qöyaman», dedim. «Endi xayr. Oxirgi marta xayrlaşaylik. Haqiqatan, sizga juda örganib qolgan ekanman. Gapirmasangiz ham, nafas olişingizni eşitdim-ku. Omon böling. Mendan xafa bölmang», deb göşakni qöydim. Daqiqa ötmay telefon yana jiringladi. Xayolimda telefon jahl bilan jiringlaganday böldi. Közimni uzmay göşakka qarab turdim. Bu safar undan ham qattiq jiringladi nazarimda. Göşakni oldim. Jimlik.
– Nima işingiz bor? Ayting, axir mendan nima istaysiz?! – dedim toqatim toq bölib.
Jimlik hamon davom etar edi. Men ham jim turaverdim. Uzoq kutdim. Töğrisi, çarçab ketdim. Göşakni stolim ustiga qöydim-da, işlarimni qila boşladim. Soatga qarasam, tört. Göşakni joyiga qöyib qöydim.
Menga har doim soat uç bilan törtgaça qönğiroq qilinar edi. Soat uçdan törtgaça telefonni öçirib qöysam-çi? Kaşfiyotimdan özim sevinib ketdim. Haqiqatan ham, nega oldin şu fikr miyamga kelmadi ekan-a? Balki men telefon bilan gaplaşişga juda örganib qolgandirman?
Ertasi kuni soat uçdan törtgaça xonamdagi telefonni öçirib qöydim.
Qöl telefonimga xabar keldi. “Iltimos, soat uçda telefoningizni öçirmang. Siz uçun bir soat gaplaşiş şunçalik qiyinmi? Agar sözlaşişni xohlamasangiz, göşakni kötarib stolingiz ustiga qöyib qöying. Bu öyiningiz yaxşilikka olib kelmaydi”.
Hayron qoldim. Qöl telefonim raqamini qayoqdan biladi? Nima uçun xabar jönatuvçining telefon raqami yöq? Nahotki mening gaplarim unga şunçalik qiziq bölsa?! Özi nimalar bölayapti? Agar biron kimsaga şu töğrida aytsam, heçam işonmaydi. Meni telbaga çiqarişi aniq. Yana qörqitişi ortiqça. Meni qayoqqa boşlayapti bu?..
Men, xayolim parişon bölib, baʼzan özim bilan özim gaplaşadigan odat çiqardim. Işxonadagilar, oila aʼzolarim ham hayron.
Obdon öylab körib, yakuniy qarorga keldim. Xonamni soat uçlarda içidan bekitdim-da qönğiroqni kuta boşladim. Maqsadim, to göşakni qöygunça gapiriş, u bilan dardlaşiş. Unga özim haqimda köproq sözlaşni maʼqul kördim. Soatga qarab turibman, roppa-rosa uç böldi. Telefon jiringladi. Göşakni oldim. Salomlaşib, qöl telefonimga yuborgan xabari uçun rahmat aytdim. Undan ozroq gina ham qildim. U haqida heç qanday maʼlumotga ega emasligimni bildirdim. «Agar men bilan suhbatlaşiş niyatingiz bölsa, özingiz haqingizda biron-bir işora bilan bildirsangiz yaxşi bölardi», dedim.
– Sizni biron kimsa menga qarşi yollamaganmi? Şunga işontiring, – dedim.
Yana jimlik.
Kasbim iqtisodçi. Öttiz beş yildirki hisobçi bölib işlayman. Qilayotgan işimdan mamnunman. Taşkilotning iqtisodiy tiklanişiga ança-munça hissam qöşilgan. Şuning uçun ham özimga yaraşa obrö-eʼtiborga egaman. Tört nafar farzandim bor. Ikkita qiz, ikkita öğil. Hammasi oliy maʼlumotli. Rafiqam oliy toifali şifokor. Körinişim ixçam. Böyim bir metru yetmiş sakkiz santimetr. Boşimning siğimi ellik olti, oğirligim yetmiş sakkiz kilogramm. Köylagimning yoqasi qirq ikki, oyoq kiyimim ham qirq ikkinçi ölçamli. Buğdoy rangman. Soçim qirq yoşimdan oqara boşlagan. Hozir oppoq. Közlarim katta-katta, yuzimning çap tomonida bilinar-bilinmas xol bor. Qoşlarim qop-qora. Yurganda dadil qadam taşlayman. Köproq oq kiyim kiyaman… Hayotimdan mamnunman. Qiziqadigan soham – qadimiy, örta asr tarixiy voqealari haqidagi asarlarni köp öqiyman. Bu haqida ança-munça maʼlumotlar töplaganman. Har qanday qoloq, iqtisodiy noçor taşkilotning moliyaviy salohiyatini yaxşilaş uçun, ozgina bölsa-da foydam tegadi, xöjalik rahbari va boş hisobçisi soğlom, halol fikrlaydigan va unga amal qiladigan şaxs bölsa, korxonaning nufuzi yaxşilanişiga işonaman. Agar rahbar yo boş hisobçi öz manfaatini öylab iş yuritar ekan, bu xöjalikning iş jarayoni uzoqqa bormaydi.
Şunday qilib, men uçun hayot – sinov maydoni. Bu maydonda özimni sinayman, kimligimni, nimalarga qodir ekanligimni, nima uçun yaşayotganimni anglaşim kerak.
Atrofimdagi odamlar faqat özlarini öylaşadi. Taşkilotning rivojlanişi, iqtisodiy samaradorlik ular uçun yot narsa. Keldingmi, kelding. Nima maqsadda kelding? Bugun xöjalikka qanday nafing tegdi? Kelgusida xöjalikni kengaytiriş, işlab çiqarişni rivojlantiriş, tannarxni pasaytiriş evaziga olinadigan daromadlardan unumli foydalaniş, şu korxonada kelajakda farzandlari işlaşi haqida öylab ham körmaydi. Oy oxirlasa: “Iş haqi nega keçikdi? Nega maoş oşmayapti? Nega falonçining oyligi köp? Meniki oz?” – degan savollarni qöyişadi. Bu çalasavod, öz haq-huquqini bilmaydigan odamlar bilan qanday qilib xöjalikni rivojlangan, çet ellardagi millioner kompaniyalar darajasiga olib çiqiş mumkin? Qolaversa, bizning mulkdorlarga ham xuddi şunday, qayoqqa boşlasa ergaşadigan olomon kerak. Avvalambor bu odamlarni, (işçi deb bölmaydi) va mulkdorlarni yaxşilab tarbiyalaş kerak. Qanday qilib?! Şular haqida köp öylayman, özimça ança-munça rejalar tuzganman. Yevropadagi taraqqiy etgan mamlakatlardek bizning yurtda ham odamlarning hayot, yaşaş darajasi yuqori bölsa, deyman. Orzularimning amalga oşişiga işonaman…
Şu mavzuda köp gaplarni gapirdim. Soatga qarab qöyaman. Soat millari törtga yaqinlaşa boşladi. Göşakdan “dud-dud”degan ovoz eşitildi.
Sezdimki, notaniş kimsa bir soat erinmasdan mening gaplarimni eşitdi. Hayron qoladigan joyi şuki, göşakni qöyayotganda çuqur nafas oldi. Göyo gaplarimni nafas olmay eşitganday taassurot qoldirdi menda.
Yana öz işlarim, öz yumuşlarim bilan bölib kun botdi, tong otdi. Ertalab işga, bankka boriş, hisob raqamdagi pul mablağlarini taqsimlaş, işlab çiqarişga zarur bölgan uskunalar sotib oliş va şunga öxşaş har doimgidek bir xil iş jarayoni qurşovida tuşlik bölganini sezmay qoldim. Xonaga kelib soat uç bölişini kuta boşladim. Endi bu yoği menga ham qiziq edi. Xöş, buning oxiri nima bilan tugaydi?! Baribir, bir kuni u özini taniştiradi. Muloqotga çiqadi. Har narsaning ham avvali va sönggi bor-ku?! Xonamga nazar taşlar ekanman, röparamda turgan kompyuterga sinçiklab qaradim. Bu moslamadan har baloni kutsa böladi. Xona töridagi hujjatlar qöyiş uçun arğuvondan yasalgan oldi yopiq javonlar ham sehrli körinardi menga. Öng tomonimdagi xodimlar ötirişi uçun möljallangan olti dona kursi xuddi ustimdan kulayotganday edi. Xona töridagi iş stolining öng yonidagi temirdan işlangan ön ikki kişi amallab siljita oladigan seyf xöjalikning bor sirlarini yutadigan qafasga öxşab qaqqayib turardi. Çap tomonida esa gazeta va jurnallarga möljallangan ixçam stol, uning ustida yaqindagina naşrdan çiqqan yangi şeʼriy kitoblar turardi. Soat uç böldi. Telefon jiringlay boşladi. Göşakni oldim. Jimlik…
– Qöşnilarim haqida gapirib beraman,– dedim salomlaşgandan söng. – Ajoyib qöşnilarim bor. Çap tomondagi qöşnimning yoşi mendan uç yoş kiçik. Juda ziyrak, hamma bilan ham çiqişib ketavermaydi. Öta jiddiy. Tabiati şundaymi, biliş qiyin. Harbiy. Sözlaşganda dona-dona, aniq va lönda qilib gapiradi. U bilan ertalablari körişib turaman. Ertalab baʼzan yarim soat, gohida köproq turli mavzularda suhbatlaşamiz. Biznesga haddan ziyod qiziqadi. Men iqtisod sohasida işlaganim uçunmi banklardagi özgarişlar, soliq tizimidagi yangiliklar, taşkilotlarning moliyaviy holatiga tösqinlik qiluvçi omillar töğrisida savollar beradi. Men gazetalardan öqigan yangiliklarni sözlab beraman. Keyin quyuq xayrlaşamiz. Agar biron kun subhidamda körinmay qolsam, bir bahona topib çaqirib oladi. Darvoza oldida ixçamgina qilib taxtadan yasalgan örindiqqa joylaşib:
– Xöş, bugun biznes olamida nima yangiliklar?! – deb gap boşlaydi.
Öz sohasi haqida lom-mim demaydi. Sohasi haqida savol bersam, gapni boşqa tomonga burib, oxiri biznesga taqaydi. Ha, mana şunday ajoyib qöşnim bor.
– Siz, darvoqe gapirmaysiz, yo soqovsiz, yoki umuman, tilingiz yöq, – deyman göşakka. – Nima bölganda ham nafas olişingizni eşitib turibman-ku. Öng tomonimdagi qöşnimni taniştiradigan bölsam, u – quruvçi. Nihoyatda odamoxun. Menga juda hurmat bilan qaraydi. Har doim mendan oldin salom beradi. Köproq dam oliş kunlari töqnaş kelamiz. Hovlisi mening hovlimga öxşab çala. Yaqinda sotib olgan. Özining aytişi böyiça qandaydir katta qurilişda işlaydi. Har xil quriliş materiallarini olib kelib bitmagan uyini tiklaş bilan ovora.
– Hormang, – deyman uni körganda. – Xöş, pişiq ğiştni qançaga oldingiz?
– Özimizda “dehqonçilik”, – deydi soddalik bilan.
“Yo tavba, ğişt ham dehqonçilik böladimi”, – deb öylayman. Ajablanib yelkamni qisaman. Qöşnim mendagi hayronlikni tuşunganday:
– Bilasiz-ku, qurilişda işlayman. Ön moşin ğişt olsak, bir moşini böyoqqa jönatiladi. Xudoning kuni köp. Hovli ham bitay deb qoldi, nasib bölsa uy töyini ötkazamiz, – deydi.
– Ha, şu kunlarga yetkazsin, deyman. Hali bitmagan, oynalar qöyilmagan, usti şifer bilan yopilgan uyimga qarab, darvozamning körimsizligi içimni tirnaydi. Bu kayfiyatdan çiqiş uçun qöşnim bilan xayrlaşaman. Qöşnilar haqida sözlayverib, soat tört bölganini ham sezmay qolibman. Göşakdan “dud-dud” degan tovuş eşitildi.
Ança yengil tortdim. Kayfiyatim özim sezmagan holda kötarildi. Osmonda uçib yurganday his qila boşladim özimni. Bölayotgan voqealar haqida heç kimga aytganim yöq. Kimgadir aytişim kerak-ku, derdim.
Yo harbiy qöşnimdan maslahat sörasammi, yoki rafiqamga aytsammikan? Telefon sohasida işlaydigan bir tanişim bor. Şundan sörasam-çi? U menga qönğiroq qilayotgan odamni aniqlab beradi. Nega şu haqida oldinroq öylamadim-a. Ertaga soat uçgaça tanişimni topaman, uskunalari bilan kelib bu işga oydinlik kiritadi.
Hovlidagi temir çorpoya ustida bolişni quçoqlab, xayol oğuşida osmonga qarab yotganimda qöl telefonimga xabar keldi: “Siz bu suhbatimiz haqida heç kimga aytmasligingiz şart. Mabodo, aytsangiz özingizga yomon böladi…”
Ol-a, nima demoqçi bu notaniş kimsa? Endi oçiqçasiga qörqitişga ötdimi? Menda keçayotgan öylarni qayoqdan angladi, yo telepatmikan? Haqiqatan ham, oqibati yomon bölsa-çi? Törtta farzandim bor, ular hali yoş. Ularni oyoqqa qöyişim, uyli-joyli qilişim kerak.
Bu öyin yana qaçongaça davom etadi?!
Ey Xudo, özing yordam ber. Yoki meni öz sinovingdan ötkazayapsanmi? Voqealar şunday davom etaversa, jinni bölaman-ku! Menga nimalar bölayapti? Buning qandaydir çorasi bölişi kerak. Ruhşunosga körinsammikan? Ehtimol, oddiy gallyutsinatsiya bölayotgandir. Boşi-oxiri yöq, lekin odamni umidsizlik botqoğiga yetaklovçi telba-teskari bu öylar tinçimni şu qadar buzdiki, oromim yöqolib, boşimda ğujğon öynayotgan havoyi hislarni jilovlaşga kuç topa olmasdim. Fol körsatsam-çi? Ey qöy-ye, Erqor, bu ğirt şaytonning işi-ku. Qanday kunlarga qoldim? Kutiş, xuddi göşakdagi odamday sabr bilan çidaş kerak. Oxirgi daqiqagaça nima bölişini, bu voqealarning yeçimi kun kelib oçilişini bardoş bilan kutişdan özga çoram yöq.
Ertalab barvaqt turdim. Kayfiyatim yaxşi. Harbiy qöşnim bilan biroz suhbat qurdim. Amerika siyosati haqida gap oçgan edim, xuşlamadi. U nima uçundir kutilmaganda ayollar haqida gapirib ketdi. “Bilasizmi qöşni, ayol erini oğzimdagi luqmam deb öylaydi. Çaynalgan bu luqmaga boşqa ayol qaramaydi. Uni xohlagan vaqti yutaman, degan bemaʼni xayol bilan yaşaydi”. “Hammasi ham şunaqa bölmasa kerak”, dedim şoşib. Çunki mening rafiqam bunday öylamasligiga işonardim. Miyamdagi öyni oşkor ayta olmadim. Biror asosi bordirki, şu fikrga kelgan, deb öyladim.
Qöşnim soatiga qarab suhbatni qisqa qildi. Xayrlaşib, xizmatdagi “Neksiya” maşinasiga ötirib işga ketdi.
Işxonaga yetib kelganimda, deyarli barça xodimlar öz örnida edi. Xonamning eşigini oçarkanman, kotibaga: “Meni soat uçdan törtgaça heç kim bezovta qilmasin, boşliq sörasa muhim işlar bilan band ekanligimni ayting”, – deb iltimos qildim. Kotiba çiroyli tabassum bilan qoşlarini çimirib:
– Hali ertalab-ku, Erqor aka, – dedi.
– Bugun hisobotlarni qayta nazoratdan ötkazmoqçiman,– deb xonamga kirdim.
Xonam közimga fayzsiz körindi. Jihozlarning rangi qoçganday, töşalgan gilam oyoq ostida toptalaverib titilmagan bölsa ham, öz xizmatini ötab bölganini eslatar edi.
Ombor mudirini çaqirtirdim. Unga bu gilamlarni almaştirişni, hozir esa kiçikroq radio keltirişini buyurdim. Yuragimga özim bilmagan holda vahima tuşdi. Göyo jihozlarni almaştirsam taskin topadiganday, xonamni sinçiklab közdan keçirar edim. Xayolimda birdan telefondagi odam göşakdan çiqib: “Xöş, özing qilgan gunohlaring töğrisida lom-mim demayapsan-ku. Şunçalar fariştamisan? Körib-körmaganga, bilib-bilmaslikka olgan qança-qança nopok işlarning guvohi bölganligingni tan olmaysanmi?”– deya savolga tutayotgandek edi.
Eşik oçildi. Ombor mudiri radioni örnatib çiqib ketdi. Taralayotgan kuy quloğimga yoqdi, berilib eşita boşladim. Qança urinmay qölim işga bormadi. Kun böyi köçaga çiqmay goh parişon, xayol oğuşida tuşlikni ham unutib, xonamda qamalib ötirdim. Ruhiyatimda keçayotgan bu özgarişlarni özim ham töliq idrok eta olmasdim. Mening toqatimni sinaydigan soat uçni yomon körib qoldim. Endi allaqaçon kuy va ohanglar yöqolib, har xil axborotlar, maʼnosiz qöşiqlar, tuturiqsiz hangomalar jiğimga tega boşladi. Radioni öçirib qöydim. Xayolimda telefon jiringlaganday böldi. Özimni önglab göşakni kötardim. Jimlik…
Bu gal salom bermadim. Birdan maqsadga ötdim. “Nima uçun men sizga hisobot berişim, bir soat vaysaşim, özimga-özim gapirib, meni qiynaydigan muammolar töğrisida uzundan-uzoq sözlaşim kerak. Menga bölmağur xabarlar yuborib bardoşimni sinaş sizga yoqayaptimi? Qaysi qilgan gunohim uçun jazolanişim yoki qörqişim kerak? Nega şanba-yakşanba kunlari bezovta qilmaysiz? Demak, boşqa iş kunlari ham bu öyinlarni töxtatsa böladi-ku!”– dedim.
“Töğrisi, çarçadim bu mojarolardan. Mehnat taʼtiliga çiqaman. Endi sizga aytadigan gaplarim tugadi. Özim, qöşnilarim, işxonam töğrisida bilganlarimni aytdim. Keling, bugun oxirgi kun deymiz-da, senlaşib gaplaşamiz. «Sen» Xudoga yaqin söz. Agar qarşilik qilmasangiz, sizni endi sen deyman. Nazarimda siz qandaydir fariştasiz. Odam zotidan emassiz, çunki fariştalar oldindan köra oladi. Siz ham meni nimani öylaşimgaça bilasiz. Mening vujudimga ğulğula soladigan, obdon öylaşga undaydigan bu holat meni qörqitib turadi. Demak, odam emas ekansiz, Allohga yaqin mavjudotsiz. Bizga Xudo insonning yuragida deb örgatişgan. Xudoni siz degan bormi? Hali eşitmaganman. Masalan, “Ey Xudo, Özingiz keçiring”, – degan gapni eşitganmisiz? Xudoning har bir bandasi, boşiga kulfat tuşganda “Ey Xudo, Özing keçir”,– deydi.
Baʼzi kimsalar “yolğizman” yoki “men yolğizlikni xohlayman” deb özlarini-özlari aldaşadi. Bunday bölişi mumkin emas, çunki har qanday yolğiz odam bilan Tangri birga. Alloh uning yuragida. Şunday qilib, men hozir sizni sen demoqçiman. Rozimisan?!
– Jimlik…
Endi oçiqçasiga ötaylik. Sen qanday qiyofadasan? Gözal qizmisan? Yoki… Aslini olganda menga farqi yöq, qanaqa körinişda bölişingning. Bu jim turişlaring, qöl telefonimga xabar yuborişlaring bilan nima qilmoqçisan? Sabrimni sinayapsanmi? Yoki mening qörqoqligimdan foydalanib özingga yoqadigan öyin topganingdan quvonayapsanmi? Şuni bilamanki, sening çekingga tuşib qolişim mening fojeam. Buning oldini olişning yagona çorasi – muloqotlarimizni töxtatiş. Yoşim ellikdan oşgan bölsa ham, boşqa mamlakatga işga ketişim mumkin. Hozir bundaylar oz emas. Rossiya şaharlarida, Koreyada, Qozoğistonda, Yevropaning turli mamlakatlarida, ota-onasini, oilasini, bolalarini, yurtini taşlab, rizq izlab yurgan kimsalar ozmi… Şuni ham bilamanki, ayrimlari kaltak yeb, mayib-majruh bölib kelayotgan bölsa, baʼzilari özga yurtlarda dom-daraksiz, dengizga çökkan toşday yöq bölib ketmoqda. Kuni keça dam oliş kuni Miroqi qişloğiga bordik. Ana manzara, havoning tozaligini aytmaysizmi. Kişini hayratga soladigan bunday joylar boşqa ölkalarda kamdan-kam topiladi. Toğ bağirlarida xuddi qöl bilan ekilganday, tizilib turgan yaşil arçalar. Körsa köz quvonadigan yonğoq daraxtlari. Yuqoriroqqa çiqilsa, gullab, özini oppoq-sariq çoyşabga öragan dölana daraxtlari, pista-bodomlarning endigina bahor nafasiga töyayotgan şivirini eşitib, közingiz quvonadi. Meni öyga toldirgan joyi şu yerdagi qişloq köçalarida yigitlar körinmaydi. Köça böylab ekilgan uzun teraklar ostida keksayib qolgan momolar, ahyon-ahyonda oldiga surpaça qilib, ustiga şarbat, sigaret, har xil saqiçlar, mineral suvlar, qurt, turşaklarini yoyib ötirgan çollarga ham duç kelamiz.
Şu gözal göşada iş örinlari taşkil qilib, pistazorlar, bodomzorlarni, umuman, toğ havosiga mos keladigan boğdorçilik, çorvaçilik sohasini yölga qöysa böladi-ku.
Aslida biz nimani kutyapmiz? Noyob mevali daraxtlarni köpaytiriş, yurtimizning bozorlarini töldirib, qolaversa, yanada köproq yetiştirib çet ellarga çiqariş, jahon bozorida öz örnini egallaş fursati allaqaçon kelgan-ku? Bir vaqtlar Varganza anorlari, olmalari, Qarşining Lağmon uzumlari, anjirlari nomi jahonga taralgan. Qani u dehqonlar?..
Gapiraversam gap köp.
Keksalardan eşitişimça, qurğoqçilik yo qiş qattiq kelganda, oçarçilik bölganda, yurt boylari özaro kelişib, kunlarni bölib olişgan. Hatto baʼzi boylar qirq kunlab töy bergan. Töğri, ularning bu bazmida maqtaniş, bir-biridan öziş, topgan sarmoyasini köz-köz qiliş taʼmalari ham yotgan.
Asosiysi yurt ahlining qorni har kuni töygan. Oçlik balosidan omon qolgan. Hadisi şarifda yozilişiça, boylar tört xil böladi:
“Haromdan topib haromga sarflaydiganlar, ular dözaxiydir.
Haloldan topib, haromga sarflaydiganlar, ular ham dözaxiydir.
Haromdan topib, halolga sarflaydiganlar, bular ham dözaxiydir.
Haloldan topib, halolga sarflaydiganlar jannatiydir”.
Xöş, bizning boylar qaysi toifaga kiradi?!
Bu savol, jumboqlarning oxiri bormi?! Buning yeçimi qaysi avlodga nasib qiladi?
Darding içingda tölib ketgan ekan-ku, deyapsan. Ha, içim töla dard! Bu illatdan million yillardan beri qutula olmayapman. Farişta bölsang, savollarimga javob ber! Nega jimsan? Sözlarim yoqmadimi? Men ham jimman.
Telefon göşagidan “dud-dud” degan ovoz eşitildi. Soat tört böldi
Yo alhazar!!! Men nimalar deyapman özi?! U fariştami, parivaşmi, nega undan alamimni olayapman?! Uning nima aybi bor? Meni tekşiriş uçun maxsus “quloq” bölsa-çi? Özingni qölga ol, Erqor. Hali yaşaşing, öğillaringni uylantirişing, kenja qizingni uzatişing kerak, şu kungaça orttirgan obrö-eʼtiboringga bolta urma. Şunça yil jim yaşadingmi, bu yoğiga ham jim böl.
Göşakni uzoq uşlab turdim. Keraksiz, ortiqça yukni yelkamdan tuşirgan odamday özimni yengil his qildim.
Kotibaga soliq inspeksiyasiga borişimni aytib, uyga jönadim. Ruhim tetik bölsa-da, bironta odam bilan suhbatlaşişdan qoçardim. Çunki şu keça-kunduzda hayotimda keçayotgan bu ğaroyib voqealarni aytib qöyişdan qörqar edim.
Eng yaqin sirdoşlarimdan bölgan şoir bilan ham uçraşmadim. Men bilan hamsuhbat böladigan döstlarimga qönğiroq qilib, işlarim nihoyatda köpayib ketganini, hozirda bezovta qilmasliklarini iltimos qildim. Uyda ham nihoyatda kamgap bölib qolganimdan rafiqam hayron.
– Tinçlikmi? – deb söraydi.
– Tinçlik, Xudoga şukur,– deyman.
Dam oliş kunlari kitob öqiş bahonasida uyga qamalib olaman. Miyamda takrorlanayotgan mantiqsiz öylarni qança haydamay, ustimga bostirib, özim öylamagan havoyi gaplar kelaveradi. Telefon göşagini olsam, kallamga kelgan sözlarni tinmay gapiraveraman. Bu gaplarni heç kim mendan sörayotgani yöq-ku?! Ixtiyorim özimdan ketganini sezmay, xuddi tuş körayotgandek xayolimda gavdalangan voqealar köz öngimda namoyon böladi. Keyin sözlayveraman, sözlayveraman, heç gapim tugamaydi. Quloğimga kimdir piçirlab mana bu gapni ayt, endi u gaplarni ayt, deb boşqarayotganday tuyuladi. Oldinlari reja tuzib, tayyorgarlik körib, hangomalarni eslab, uni zeriktirib qöymaslik uçun gapirgan bölsam, endi tayyorgarliksiz gapirib, baʼzan soat tört bölganini sezmay qolaman. Gapiraveraman, gapiraveraman, heç sözim tugamaydi. Menga bu sözamollik qayerdan ilaşdi? Hayronman. Özimni-özim tuşuna olmayapman. Göyo meni qandaydir ğayritabiiy kuç boşqarayotganday edi. Ertalab yana iş. Xonamga keldim. Kerakli hujjatlarni taxlab boşliqqa imzo qöydirişga kirar ekanman, kotibaga zimdan qaradim. Uning negadir kayfiyati yöq. Közlari qizargan, qovoqlari şişgan, çiroyli tabassumidan asar ham körinmaydi. Har doim kulib turadigan yanoqlari sölğin. Eʼtiborsiz salomlaşdim-da, boşliqning xonasiga kirdim. Boşliq törda yastanib ötirardi, u meni muloyimlik bilan qarşi oldi. Hujjatlarga qöl qöyar ekan:
– Erqor aka, sizdan bir iltimosim bor, kotiba qizimiz Mohiraning nojöya harakatini sezib qoldim. Unga ozroq nasihat qilsangiz,– dedi.
Men bu izohni javobsiz qoldirdim. Çunki Mohira bilan Karim Suyaroviç örtasidagi “oşiq-maʼşuq”likdan ozroq xabarim bor edi.
Yaqinda mehnat taʼtiliga çiqişimni bildirib, xonamga qaytdim. Telefonni közimdan yaşirib, özimni çalğitiş maqsadida xirgoyi qila boşladim:
– Yigit omon bölsa xavfu xatar yöq.
Bir ozdan keyin telefon jiringladi. Göşakni olarkanman, ğalati bölib ketdim. Soat hali ön bölgani yöq. “Allo” degan ovoz keldi.
Ovozidan tanidim, yozuvçi döstim Mahmud Oqboş.
– Assalomu alaykum, döstim.
– Vaalaykum assalom.
– Nega gurungga kelmay qöydingiz, Erqorjon? Iş heç qaçon tugamagan va tugamaydi ham. Kelsangiz, şaxmat öynar edik. Biron yoqqa çiqmasangiz hozir oldingizga ötmoqçi edim. Maslahatli iş bor.
– Keling, soat uçgaça keling, uçdan keyin meni topolmaysiz, – dedim.
– Xöp, hozir boraman,– deya göşakni qöydi Mahmud Oqboş.
Ajoyib, isteʼdodli yozuvçi, borgan joyida davrani töldirib hammani kuldirib ötiradi. Hikoyalari, qissalari rus, qozoq, tojik tillariga tarjima bölgan. Hajviyalarini aytmaysizmi. Havas qilsa arziydigan isteʼdod egasi.
Mahmud Oqboş haqida öylarkanman, uning qiyofasi köz öngimda gavdalandi. Töladan kelgan, yelkalari keng. Xumkalla, gavdasi mendan ikkita keladi. Qöl panjalari polvonlarning panjalariday göştdor, böliq. Şaxmat öynaşga işqiboz bu döstimning hangomalarini eşitiş juda maroqli.
Soatga qaradim. Uçgaça beş soat vaqt bor. Radioni qöydim, yoqimli kuy tarala boşladi.
Köp ötmay Mahmud Oqboş yetib keldi. Içkariga kirib, quloçini keng yozib, meni osongina bağriga oldi. Quyuq söraşdi. Ötirdik.
– Xöş, döstim Bakaçço (menga nima uçundir şunaqa laqab qöygan edi. Göyo men grekga öxşar ekanman), hangomaning yangisidan aytaymi?
Javob kutmasdan boşladi:
– Desangiz, bir podşo mulozimlari bilan boşqa bir mamlakatga boribdi. U mamlakat podşosi borgan mehmonlarni izzat-ikrom bilan kutib olib, yurtining (tinç-totuv, boy ekanligini köz-köz qilibdi) baland-baland imoratlarini, özi yaşaydigan haşamdor saroyni körsatib maqtanibdi.
Mehmonlarni tuşlikka taklif qilibdi. Şunaqangi lazzatli, antiqa taom tayyorlaşgan ekanki, juda mazza qilişibdi. Ovqatdan keyin mehmon podşo öz maslahatçisini çaqirib:
– Bilgin-çi, ovqatni nimadan tayyorladi ekan. Yurtimizga borganda biz ham ularni siylaşimiz kerak, – deb topşiriq beribdi.
Maslahatçi taomning tarkibini tezda aniqlab, Oliy Hazratlariga hisobot beribdi:
– Janobi Oliylari, bilasizmi tamaddi qilgan ovqatimiz… – deb quloğiga nimalarnidir şivirlabdi…
Öz navbatida donği olamga ketgan şoh hali u darajada taraqqiy etmagan, özi yaqinda mehmon qilgan podşoning mamlakatiga taşrif buyuribdi. Uluğ şoh yurt bilan tanişib, mamlakatning salohiyatini yanada oşiriş uçun podşoga maslahatlar beribdi.
Uluğ şohni podşo öz arkiga mehmondorçilikka aytibdi. Dasturxon atrofida ötirgan mehmonlar har xil içimliklardan isteʼmol qilib ovqatni kuta boşlabdi. Toqati toq bölgan podşo, uluğ şohning oldida izza bölib, örnidan turib, eşik yoniga borib, maslahatçiga qiçqiribdi:
– Yana qança kutiş mumkin, taomni suzmaysizlarmi?
Maslahatçi asta kelib, podşoning quloğiga, ovqat bölmaydi, saroydagi mulozimlardan yigirmatasining kallasini olib kördik, ularda miya yöq, – deb qaltirabdi.
Ikkimiz ham xoxolab kulib yubordik.
– Bizga xizmat, – dedim özimni zörğa kulgidan töxtatib.
– Issiqxona qurmoqçi edim. Şunga ozroq pişiq ğişt kerak. Narxini arzonroq qilib bersangiz,– dedi xijolatomuz.
– Sizdek odamga, bepul bersa ham böladi. Axir prokuror, soliqçi akalarga bitta qönğiroq bilan berilayapti-ku. Albatta, bu hojatingizni çiqaraman, – dedim. U sevinçi içiga siğmay meni qayta-qayta quçoqlab xonamdan çiqib ketdi.
Hisobotlarni topşiriş uçun soliq idorasiga yöl oldim. Bu öta salobatli bino temir panjaralar bilan örab olingan. Kiradigan yölakka tösiq örnatilgan bölib, özingizning kim ekanligingizni tasdiqlovçi hujjat körsatmasangiz içkariga qöyişmaydi.
Panjara atrofida odam köp. Taniş hisobçidan içkariga nega qöyişmayapti, deb söradim.
– Majlis deyapti. Bir soatdan beri ötiribman. Hisobotlarning esa muddati kelib qoldi. Vaqtida topşirmasangiz jarimaga tortişadi, – dedi töplangan odamlarga işora qilib.
Kutişga toqatim yöq. Tuşdan keyin muovinimni yuboraman, degan öy bilan idoraga ketdim.
Avgust quyoşi ayovsiz qizdiradi. Yaxşiyam odamlar sovutgiçlarni öylab topişgan. Xonamdagi sovutgiç meʼyorida işlaşi uçun örtaça issiqlikni 25 darajaga moslab qöyaman.
Telefonga közim tuşdi. “Kim bölsa bölaversin. Fariştami? Şaytonmi? Farqi yöq. Xayolimga nima kelsa aytaveraman. Tez kunda mehnat taʼtiliga ketaman. Keyin Xudo poşşo” deb özimni-özim ovuntirar edim.
Soat uç. Qönğiroq ovozidan halovatim yöqolib, osoyiştalikdan asar qolmadi. Xayolimga nimalar kelmadi deysiz. Göyo kimgadir aytib yuragimni böşatib olişim kerakday göşakni oldim.
Jimlik.
“Bugun Senga aytadiganlarim, boşliğim haqida böladi. U mendan uç yoşlar kiçik, oldin uning otasi bilan işlaganman. Biroz qitmirlik va qattiqligini eʼtiborga olmasam, meni tuşunadigan odam. Özini nihoyatda avaylab-asraydi, oliy sifat matolardan kiyim tiktirib, did bilan kiyinadi. Aytişiça, yigirma beş yoşidan boşlab rahbarlik lavozimida işlab kelayapti. Iş boşqariş sohasida tajribasi katta. Işlab çiqariş sohasida biron iş qilmoqçi bölsa, ön ölçab, bir kesadi. Otasining sözini doim yodida saqlaydi. “Öğlim, bu mansablik kursisida mix bor. Unga çidagan odam ötiradi”, degan ögitini menga ham bir neça bor aytgan. Özining taʼkidlaşiça, köproq mendan maslahat söraydi. Nima bölganda ham men bilan öta muloyim, ehtiyotkorona gaplaşadi. Ayrim hollarda, ayniqsa soliqqa pul tölaş töğrisidagi tölov topşiriqnomalarini imzo qöydirişga olib kirganimda, menga soliqçiga qaraganday qaraydi. Şu sohada ozmi-köpmi tortişamiz.
Tuşlikni köpinça birga qilamiz. Ovqatlaniş vaqtida uning gapi köproq iş emas, ayollar haqida böladi. U gözal, dunyoqaraşi keng ayollarni yoqtiradi. Qaysi korxonada rahbar bölib işlagan bölsa, kotibasi öta çiroyli, did bilan kiyinadigan, boşi oçiq ayol bölgan. Buning özgaça zavqi bor, deydi viqor bilan. Kelişgan, xuşröy ayol yoningda tursa, hamişa özingga oro berişga majbursan. Yaxşi kiyinasan. Özingni madaniyatli tutişga örganasan. Mast-alast yurmaysan. Oğzingdan yomon sözlar çiqmaydi. Indallosini aytganda, ziyoli janobga aylanasan. Bu ögitlarni marhum ustozim Beknazar Bek aka örgatgan. U kişining aytişiça, yoş, gözal ayolga keksa odam uylansa, yoşarib, umriga umr qöşilar ekan. Bu holatni özim ham hayotda kuzatganman. Beknazar Bek aka, xotini ölgaç, sakson tört yoşida yoş juvonga uylanib yana ön yil umr körganlar. Saksonboy, Töqsonboy degan farzandlar kördilar.
Suhbatni boşqa tomonga buraman. Soliq sohasida islohotlar bölayotganini, taşkilotlar uçun soliq yukining kamayişi evaziga iqtisod qilingan mablağlardan korxonaning işlab çiqariş salohiyatini oşiriş, işçi-xizmatçilarning mehnat haqini köpaytiriş, iqtisodiy holatni tiklaşda qöşimça manba sifatida katta işlar qiliş mumkinligini tuşuntiraman.
– Qöying şu soliğingizni! Soliq desangiz qon bosimim oşadi: hammasi qoğozda yozilgan, amalda esa eski hammom, eski tegirmon. Guldir gup…
Bilmadim, hali-beri korxonaning foydasini körmasam kerak. Ana şu, taşkilotni qaritadi. Oyoqlantirmaydi. Bilganimda boşqaça işlagan bölar edim. Xuddi çet ellardagiday.
Endi boşliq umuman boşqa odamga aylangan, hozirgina gözal ayollar haqida şirin-şakar sözlar aytib ötirgan odamga umuman öxşamas edi.
– Örtoq iqtisodçi, bu gaplardan çalğib dam olişni ham biliş kerak. Yaşaş kerak, demoqçiman. Bugunga yetadi, tuşligimiz tugadi, – deb öz xonasiga ketdi.
Ha, soat ham çiqillab yurib turibdi. Har kim öz bilganini öqiydi. Mening bilganlarim işga keliş, uyga boriş, oila degan aravani yurgiziş, rözğorning ğorini töldiriş… yana nima ham qölimdan keladi. Menda sarmoya yöq. Iqtidorim şunaqa, mayda taşvişlar bilan çegaralangan.
Xuddi boşqa qiladigan işim yöqday soat uçni poylab kunim ötayapti, ming afsus. Bu holat yana qança davom etar ekan-a, deyman özimça.
Xonamda kun böyi qamalib olib, xuddi berilib işlaydigan jonkuyar odamday özimni özim aldab yaşaganimni öylasam, qançalar noçor ekanligimni anglab ezilaman. Xöş, dodingni kimga aytasan? Eşitadigan, seni tuşunadigan, xom ğoyalaringga quloq soladigan jonzot bormi?
Ana, jim tinglaydigan göşak bor, soat uç…
Sarmoya…
“Xususiy mulki bölmagan fuqaro bevatandir”, deganda haq ekan bir faylasuf. Bizning sarmoyadorlar qanday odamlar? Ularda özlari ham sezmaganga olib turadigan illat bor. Bu illat sarmoyadorlarning bir-birini tan olmasligi. Korxonada mehnat qilayotgan işçi-xodimlarning iş faoliyatini qadrlamasligi. Arzimagan iş haqi belgilab, boqimanda soliqlardan qoçiş, sababi – iş haqini oşirsa, soliq tölovlari ham oşar emiş.
Uzoqni körmaydigan, kun ötişi hisobiga yaşayotgan kiçik-kiçik mulk egalari yildan-yilga tugab, işsizlar soni oşsa-oşdiki, kamaymadi. Natijada kiçik korxonalar örtasida moliyaviy tanazzul vujudga keldi.
Bu illat nafaqat sarmoyadorlarda, balki barçamizning qonimizda bor. U olimmi, faylasufmi, şoirmi, yozuvçimi yoki rahbarmi, oddiy işçi-xodimmi – bir-birini tan olmaydi, hamma öziça zör. Taraqqiyot esa oldinga qarab ketayapti. Boşliq yaponlardan qayerimiz kam, degan bilan özining söziga amal qilmaydi. Unda Vatan, xalq uçun qayğuriş tuyğusi söngan, bu illat farzandlariga ham ötib bölgan. U özi çiqqan tepani öylaydi. Davlatga iloji boriça soliq tölamaslik yöllarini axtaradi.
“Nega bizning mulkdorlar yaponlarning boylariday emas?!” – deb öylayman hamişa. Öz taşkilotining iqtisodiy taraqqiyot darajasini kötariş uçun yapon mulkdorlari özida mavjud sarmoyani sarflab soliqqa tuşadigan daromadni yaşirmay davlat xazinasini boyitadi. Bizda-çi, mana, öttiz beş yildirki, iqtisod sohasida işlayman. Tajribamdan kelib çiqib aytamanki, men bilan işlagan rahbarlar iloji boriça soliq tölovidan qoçiş yöllarini axtargan. Bu davosi topilmaydigan dard xöjaliklarni inqirozga yetaklovçi omillardan biridir.
Bir-birini aldaş, ğayirlik, dimoğdorlik. Men sendan kammi qabilida iş yuritib, özaro nizolarni avj oldirişadi, rivojlaniş örniga içki ziddiyatlar oqibatida korxonalar tugatiladi.
Men göşakka töxtovsiz sözlardim. Bu mantiqsiz harakatim özimga juda yoqardi. Kimdir eşitayotibdi-ku, xuddi dardini quduqqa aytayotganday, göyo aytmasam yorilib ketaman çoği, töxtovsiz sözlardim. Keyin vahimaga tuşib, quduqdan qamiş ösib çiqsa-çi, deb öylardim. Nima böpti?! Kimdir qamişdan nay yasab çalsa – çalar. Özi Iskandarning haqiqatan ham şoxi bölganmi?!…
Kul, heç bölmasa kulgingni eşitay. Yo menga rahming kelib yiğlayapsanmi?!
Yiğla, töyib-töyib yiğla, yiğingni eşitay!
Qanday bölsa ham ovoz ber, şovvoz!
Dud-dud, dud…
Soat tört. Tört bölmay ket, soatga nafrat bilan qarayman. Hammasiga töxtovsiz «çiq, çiq, çiq…» etayotgan soat aybdor.
Yana, «çiq, çiq, çiq…» Qayoqqa çiqay?! Qayoqqa boray?! Boşimni qaysi devorga uray? Göşakdagi sukunatdan köra soatning bir meʼyorda erinmay öz tilida kişilarni ogohlantirişi, vaqt ğanimat ekanligini eslatib turişi real voqea-ku. Hayotimda keçayotgan bir xillik, osoyiştalik, har narsaga könikiş meni öz domiga olayotgan edi.
Odam ham şunçalik muteʼ böladimi? Öz haq-huquqini talab qiliş şunçalik qiyinmi? Nega bunçalik manqurt, mijğovsan! Qayerdan yuqtirding bu ğaroyib feʼlni. Kunim ötsa böldi qabilida yaşaşdan çarçadingmi?! Bola-çaqaning tinçi deb yana qança yillar şu turmuşning şu botqoğida yaşaysan! Yonginangda noningni tuya qilayotgan, qöşa-qöşa maşina, koşona hovlilar, yetti puştiga yetadigan boylikni köz-köz qilayotgan, nomiga bölsa ham, qolgan suyakni xayriya deb nogironlarga tarqatayotgan boyvaççalarning tegirmoniga yana neça yil suv quyasan? Ölguningça quyasan. Ular sendan ustalik bilan foydalanişadi. Tökin yaşaşni orzu qilmaganmiding?! Yillar ötişi bilan qora işçiga aylanding.
Nahotki boy-badavlat yaşaş uçun odamzot insof, diyonat, işonç, muhabbat, eʼtiqod degan tuyğulardan keçib, söng davlatga erişsa?! Yo bu insonlarga xos qismatmi?! Balkim men orzu qilgan boylik heç vaqoga arzimas. Arzimasa nega bu nokas boylar har doim uyning törida, oşiği olçi, mansabi, martabasi yuqori?!
Şoirning şeʼri yodimga tuşdi:
Qandayin gunohim bor edi, Xudo,
Rozi edim bandi bölsam zindonga.
Rozi edim jondin bölsamda judo,
Muhtoj qilib qöyding meni nodonga!
Qandayin gunohim bor edi, Alloh,
Lozimmidi yovga yo boş egişim?!
Kuraş maydonida pand berdi, evoh,
Xoin bölib çiqdi işongan kişim!
Qayoqqadir ketişim kerak. Özim bu hisni töliq anglab yetmagan bölsam-da, vujudimda hukm surayotgan tuşkunlik, işlarimdan qoniqmasligim meni nomaʼlum tomonlarga ketişga undardi.
Işxonaga kelib mehnat taʼtiliga çiqiş uçun ariza yozdim. Hali imzo qöydirişga ulgurmagan ham edimki, xonamga ikki kişi kirib keldi. Hujjatlarini körsatib, özlarini taniştirişdi.
– Sizlarning taşkilotingiz rejali tekşiruvga tuşgan. Mana buyruq, bu iş rejamiz, – deb qoğozlarini körsatdi. Ular soliq idorasidan bölib, korxonaning ikki yillik moliyaviy faoliyatini va işlab çiqariş samaradorligini taftiş qilişga kelganini aytişdi.
– Boşliq hozir yöq ekan. Biz hujjatlar böyiça asosan siz bilan işlaymiz. Şuning uçun işni sizdan boşlaganimiz maʼqul, – dedi gavdali, formasi öziga yaraşib turgan soliq xodimi.
– Yaxşi, lekin korxona rahbarini ogohlantirib iş boşlaşingiz kerak, – dedim xotirjam.
– Mayli, kutamiz, – deyişdi. – Biz ungaça ğazna, omborxona va boşqa moddiy boyliklar saqlanadigan joylarga sizning iştirokingizda nazorat belgisi qöyib çiqamiz.
Men endi gapirişga oğiz juftlayotgan edim, boşliq şoşib xonamga kirib keldi.
Ular bilan xuddi qadrdonlarday salomlaşib, öz xonasiga olib kirib ketdi.
Bir soatdan köp vaqt ötdi. Ular nimani sözlaşişdi, menga qoronğu. Nihoyat kotiba boşliq çaqirayotganini aytdi.
Soliqçilar rejali tekşiruvni hujjatlar asosida boşlaşni aytişdi. Ularga alohida xona ajratib, taşkilotga aloqador ikki yillik hisobot hujjatlarini olib borib berdim.
Xonamda yolğizman. Bunaqa tekşiruvlarni iş tajribamda köp körganman. Ularning qanday tekşiruv olib borişini yaxşi bilaman. Nomiga hujjatlarni oldiga yiğib olib, aslida omborxonadan va işlab çiqarilgan mahsulotlarning tannarxidan xatolar axtaradi. Özlariga tegişli uluşni “halollab” olişga urinişadi. Korxonamizning yigirma beş foiz uluşi davlatga tegişli. Aksiyalarning harakati, dvidendlarning taqsimlanişini nazorat qiliş böyiça davlat mulkini nazorat qiliş organidan ham tekşiruvçi keldi.
Mehnat taʼtilim keçikadigan böldi. Xizmat vazifalarini bajariş bilan ovora bölib soat uç bölganini sezmay qolibman. Nazoratçilardan menga bir soat xalaqit qilmasliklarini iltimos qilib xonamga kirdim. Eşikni içidan qulflab qönğiroqni kuta boşladim.
Mening içki vaziyatimda qançalik bezovtalik bölmasin taşqi körinişimda vazminlik, işonç, qatʼiyat hukmron edi. Özimga özim dalda berib, hayotning bu ğaroyib öyini har kimga ham nasib etavermasligi haqida öylar, bu sinov Xudoning menga yuborgan karomati deb işonardim. Bu ğayritabiiy jarayonning nima bilan tugaşini Xudodan sabr tilab kutardim. Telefon qönğiroği qanday paydo bölgan bölsa, xuddi şunday tösatdan yöqoladi, deb özimni özim işontirar edim. Yana şuni öylardimki, agar qönğiroq tösatdan yöqolib qolsa nima qilaman, qança kunlardan beri sas çiqarmay tinglayotgan bu quloqning maʼlum vaqtdagina meni suhbatga çorlaşiga örganib qolgan edim. Nazarimda soat uçda böladigan qönğiroq uçun yaşayapmanu hayotimning şu bir soati asrlarga tatigulik davrni eslatardi.
– Allo…
– …
– Assalomu alaykum, – deya salom berdim muloyim ohangda.
“Taʼtilga çiqiş keçiktirildi. Rejali tekşiruv tugagandan keyin, nasib bölsa, dam olişga ketaman. Ungaça, ehtimol, biror möjiza röy berib sen bilan biron joyda uçraşib qolarmiz.
Hayotda nimalar bölmaydi? Bu sir-asrorga töla olamda qiziq-qiziq voqealar juda köp bölgan. Körinmas odamlar, uçar tarelkalar, boşqa sayyoraliklar, ruhlar, ajinalar kimlarningdir köziga köringan-ku?! Bu haqiqatdan heç bir kimsa köz yumolmaydi. Sen ham şular şajarasiga mansub ğoyibdan köruvçi, oldindan şu qisqa hayotimiz haqida başoratlar aytuvçi Allohning möjizasi bölsang, ajab emas. Nima bölganda ham, men senga juda örganib qoldim. Şu yoşgaça özimga bir dardkaş axtardim. Endi adaşmasam, topdim. Töğri, döstlarim orasida şoir Elyor alohida mavqega ega. Unga işonib dilimdagi bor gaplarimni ayta olaman. Nima uçundir sen juda boşqaça çiqding, xuddi ilhom manbaidaysan.
Senga könglimda gazak olib yotgan, tuzatib bölmaydigan, xom-xatala, pişmagan öylarimni ham aytaveraman. Yurakning tub-tubida, hali biron kimsaga aytmagan ança-munça sözlarim bor. Yaxşiyamki, Xudoyim menga sendek noyob hamrozni ato etdi.
Mening atrofimda yaşayotgan odamlarga eʼtirozim nihoyatda katta. Qalbimning eng törida yotgan, qança davrlardan beri tinçlik bermayotgan, meni azob girdobiga tortayotgan, töğrisi, erkinligimga rahna solayotgan bu oğir kötarib bölmaydigan toş men tengi katta-kiçik zamondoşlarimning ham yelkasida yuk bölib yotibdi. Bunaqa hayot yukini sezmaganlari esa, bir-birini aldaş, hasad qiliş, qanday yöllar bilan bölsa-da, yuqori martabaga kötariliş, boylik orttiriş, boyligini köz-köz qiliş uçun xayriyalar tarqatiş, nogironlar qornini töyğaziş evaziga oxiratlarining obod bölişiga erişiş niqobida yaşayapti. Asl başaralarini körsatişmaydi. Qadimiy rivoyatlarda aytilişiça, diniy taʼlimotlarni mukammal örgangan bir şayx, ulamolar va odamlarni töplab:
– Xöş, nima uçun Xudoga ibodat qilasizlar? – deb savol beribdi. Gunohkor bandalar:
– Alloh bizning gunohlarimizni afv qilişini sörab iltijo qilamiz, – deyişsa, gunoh qilmaganlari:
– Oxiratlarimizni obod qiliş uçun, – deyişgan ekan.
Şunda Şayx yana sörabdi:
– Sizlar Xudoga röpara bölişni xohlaysizlarmi?.
– Qanday qilib? – deyişibdi ular.
– Allohga yuz tutiş uçun ikki qadam qöyiş kerak… Birinçi qadam dunyodan (mol-boylikdan) voz keçiş, ikkinçi qadam oxiratdan voz keçiş, – deganida boşqa, Şayxu ulamolar ğazablanib dunyodan voz keçişni tuşunsa böladi. Lekin oxiratdan nega voz keçiş kerak, deb uni örtaga olişibdi. Şayx ularga tik qarab:
– Kördinglarmi, gunohkor olomon bu himmatni anglamadi. Siz ahli islom ulamolari Xudoga yuz tutadigan odam emassizlar. Sizlar oxiratlaringizni öylab bu dunyoni tark etgandan keyin jannatdan joy oliş uçun toat-ibodat qilgansizlar. Yuraklaring törida u dunyoning manfaati yotibdi. Xudo uçun, Xudo yöliga deb xalqni aldaysizlar. Bu qilayotgan ibodatlaring yolğondir, – degan.
Şayxu ulamolar uluğ Şayxni şakkoklikda ayblab, uning ölimiga fatvo bergan. Köpgina kişilar könglini yolğon taskinlarga töldirib, özlarini-özlari aldab yaşayaptilar. Bu azaldan bölgan, bundan keyin ham böladi, deyişadi jör bölişib.
Dunyoga keldingmi, iymon-eʼtiqodingni butun qiliş uçun tavba qil! Tavbangni Tangri qabul qiladi. Gunohlaringni (töxtovsiz gunoh qilaver-da) keçiradi.
Komil insonni yetiştirişga köp urinişdi, lekin çiqmadi. Nega komil inson çiqmayapti, deb bong urişadi. Qayerda xatoga yöl qöyayapmiz, deyişadi. Bandasi takror-takror xatoga yöl qöyaveradi.
Davralarda ulamolarni eslaşib qani endi uluğ şaxslarimiz yana köproq bölsa edi deyişadi, kuyunişadi.
Lekin ularning taʼlimotlariga zarraça ham amal qilişmaydi.
Allohga yuz tutiş uçun ikki qadam u yoqda tursin, yarim qadam ham taşlamaydilar.
Börttirib-börttirib ular haqida rivoyatlarni biçib-töqişadi. Göyo ular şunga muhtojday. Yana komil inson haqida öylay boşlaşadi.
Köp va uzoq öylayman… Şu oqimga kirib çökib ketaymi bölmasa?! Millionlab odamlar tuppa-tuzuk çökib-botib, körinib-körinmay yuribdi-ku. Sen ham şularning birisan-da. Zamondan çiqib qayoqqa borasan. Bu holatdan faqat tarki dunyo qilib qutuliş mumkin. Özingni özing köp qiynama. Şunçalar ham noşud bölasanmi, jon şunçalar şirinmi?! Şayton butun vujudingni egallab olibdi-ku! Undan qutuliş yöllarini bobokalonlarimiz takror-takror aytişgan-ku. Şunga ham bardoşing yetmaydimi?! Özi bardoş bormi?! Qayerdan keluvding, qayerga ketayapsan?! Dunyoni rasvo qilib ketayapsan-ku!
Aybim şu jamiyatda yaşaşimmi?! Nega endi bu dunyoga kelganim uçun aybdor bölişim kerak. Qança-qança uluğ işlar bölayapti. Şaharlar körkamlaştirilmoqda, yangi şaharlar bunyod etilmoqda. Allomalarning maqbaralarini qayta tiklaş, taraqqiyot, texnika, samolyotlar, koinotni örganiş, özga sayyoralarni topiş – bularning hammasini mening zamondoşim qilayapti-ku! Nega köz yumişim kerak bu taraqqiyotdan. Bobolarim bu möjizalarni körganda albatta:
“Barakalla, bolam, omadlaringni Xudo beribdi. Xudoning sevgan bandalarisiz”, – degan bölar edi. Insonning içki qiyofasi-çi, özgardimi? Xudbinlikdan çekindimi? Million yil oldin yaşagan odam bilan hozir yaşayotgan odam orasidagi içki öxşaşlik qay darajada? Özgarganmi?
“Yaxşilik qança tarğib qilingani bilan, yomonlik uning aksiday kengroq quloç kermoqda. Şu nafs balosi bor ekan, bu illatdan odam bolasi qutula olmaydi. Insonning qiziqişini yaxşi tomonga yönaltiriş uçun nima qiliş kerak? Jamiyatni nima boşqarayapti? Izla, bularning javobi bor. Har doim bölgan. Faqat sening hissiz yuraging, kar quloğing, kör közing körmayapti buni…”
Dud, dud, dud…
Soat tört.
Behol bölib qança ötirganimni bilmayman. Şu ötirişda oromkursida qotib uxlab qolibman.
Uyğonganimda vaqt allamahal bölgan çoği, taşqari qoronğu edi. Xonamdan çiqdim. Idorada qorovuldan boşqa heç kim yöq. Soat keç töqqizlar çamasi.
Korxonamiz şaharning janubiy çekkasida joylaşgan, katta yöl yoqalab asta uyga jönadim. Atrofimdan ğiz-ğiz ötayotgan turli markadagi yengil maşinalarning çiroqlari közni qamaştiradi.
Xayol bilan bölib, şahar markaziga yetganimni sezmay ham qoldim.
Tungi şahar. Xuddi bayramlardagidek öçib-yonuvçi yoritgiçlar bilan bezatilgan. Yöl böylab tizilib ketgan qator çiroqlar özining çiroyini köz-köz qilib, şaharga yanada salobat, fayz berişi bilan birga, köchani xuddi kunduzgiday çaroğon qilib körsatadi.
Şu kunlarda şahar tanib bölmas darajada özgargan edi. Şaharning qoq örtasidan ötadigan keng köça böylab eski şaharga borar ekanman, bundan beş-olti soat avval göşakka aytgan sözlarimni batamom unutgan edim.
Osmondagi yulduzlar yonib-öçayotgan çiroqlar bilan köz qisişayotganday goh xira, goh çaroğon nurlarini taratar edi.
Yölkada piyodalar siyrak körinadi. Bu tungi sayrning rohatbaxş ozuqasidan töyib-töyib huzurlanaman. Şaharning tungi manzarasiga mahliyo bölib, Odina masjidiga yetib keldim. Bobolarimiz mehnatiga qança tahsinlar aytsak oz. Odina masjidi yoritqiçlar qurşovida moviy osmonga uçayotgan ğaroyib yarim şarni eslatadi.
Masjid ustida tölin oy, bor yoğdusini tökib, uni qayoqlargadir olib ketayotgan yöldoşday fazoga çorlardi.
Qadim Nasaf. Bu şahar X-XII asrlarda jahonning eng yirik şaharlari qatorida turgan.
Madinayi munavvara, Bağdod, Isfahon, Nişopur, Marv, Buxoro, Samarqand, Nasaf…
Nasafning bu qutluğ şaharlar safiga qöşilişi, dovruğining olamga yoyilişida şu şaharda tuğilgan, islom madaniyatining şuhratiga şuhrat qöşgan olimu ulamolarning hissasi katta.
Uzoq ötmişni yodga soluvçi bu ziyoratgoh şahar, ne-ne böhronlar, qança-qança uruşlar, qirğinlar, vayronagarçiliklar, zilzilalarning şohidi böldi. Buzildi, qayta tiklandi, yana buzildi… Sobiq Şörolar davrida Odina masjidi jinoyatçilar uçun hibsxonaga aylantirildi…
* * *
Ertalab, işga kelgaç, turli öylar girdobida parişon ötirar ekanman, telefon jiringladi. Soatga qaradim. Soat ön bir.
Göşakni oldim.
– Allo?!
– Assalomu alaykum, Erqor aka, – degan ovoz eşitildi göşakdan.
– Ha, şoirim, bormisiz? Nega uzoq jim bölib ketdingiz?
– Poytaxtdaman. Bir olam yangilik, yaqinda boraman, gaplaşamiz. Yangamga, jiyanlarga, döstlarga salom ayting.
– Xöp, özingiz ham soğ böling, Elyorjon! – dedim-da, göşakni qöydim.
Yana iş. Taftişçilarga arzimagan kamçiliklarni tuşuntiriş, ularni tuşlikka olib çiqib, mehmon qiliş, şunga öxşaş kunlik taşvişlar mening zimmamda. Soat uçga yaqinlaşgan sayin özimni noqulay his eta boşlayman. Mehmonlardan uzr sörab, xonamga kirdim. Eşikni bekitib, qönğiroqni kutdim. Telefon jiringladi. Göşakni oldim.
– Omonmilar, mening fariştaginam!
Bugun nima uçun men boy emasligim va böla olmasligim töğrisida gapirmoqçiman. Bilaman, işlab çiqarişni yölga qöyişga sarmoyam yöq. Yollanib işlayman. Hali kosam oqarmadi, soçim oqardi. Xudoyim yana qança umr bergani Öziga ayon. Yomon yaşamayman. Yaxşi ham emas, örtaça, odamlar orasida bir gap bor-ku: “Qoziqning boşi ham, uçi ham bölma. Boşi bölsang gurzi yeysan, uçi bölsang, yerga kirasan. Örtasi böl”. Qoziqning örtasi, qoziqning boşi yerga kirgunça, to biron bolta kelib endi kerak emassan, deb yorib taşlagunça yaşayveradi…
Ehtimol, mening peşonamga qoziqning örtasi böliş yozilgandir. Boy böliş ayb emas. Men öttiz beş yildan beri ter tökaman. Boy böla olmayman. Boy bölişning öz sirlari bölsa kerak. Boylar bu haqda lom-mim deyişmaydi. Bir tanişim bor, yaxşisi şu odam haqida sözlab beray. Ismi Mardon. Biron bir davlat idorasida işlamaydi. Danğillama hovlilaridan öntasini bilaman. Ukasining, jiyanining, bolalarining nomiga qurib taşlagan. Maşinasini har oy almaştiradi. Aytişiça, “biznes” bilan şuğullanadi. Dökonlarga har xil spirtli içimliklar tarqatadi. Iqtisodiy ahvoli taranglaşganda, oldimga maslahat olgani keladi. Albata quruq qöl bilan emas, tölib-toshib, bir oyga yetadigan oziq-ovqatni ustalik bilan yölini qilib rözğorimga taşlab ketadi. Rafiqam, rözğorda kamçilik köpayaversa, anavi “biznesmen” jörangiz körinmay qoldi, işlari yaxşimi deyman, deb menga şama qiladi.
Bir kuni şu “jöram” dardini tökib soldi. Ançagina kayfi bor. Menga juda işonişini, agar ruxsat bersam, çala turgan hovlini tez kunda bitkazişini, unga juda yoqişimni, mening maslahatlarim bois köp yutuqlarga erişayotganini aytib, balandparvoz gaplar qildi. Keyin sekin quloğimga şivirlab: «Yana bitta aroq sexi oçdim, mana beş yildirki, dala hovlim yertölasida öğillarim bilan aroq tayyorlaymiz. Keçasi işlaymiz. Men bilaman bu boyliklar qayerdan kelayotganini. Töğrisi, yomon yaşamaysanu boy böliş qiyin. Mahallaga katta maçit qurib berdim. Davlatimga davlat qöşilişini sörab, haqqimga duo qilişayapti. Har oy ularni çaqirib xudoyi qilib beraman. Çiqim ham qiliş kerak-da. Keça mehribonlik uyiga ikkita rangli televizor, ikkita sovutgiç hadya qildim. Nasib bölsa yilning oxirida bitta «Damas» maşinasi olib beraman. Bu işni hozir amalga oşirişga kuçim yetadi. Baʼzi odamlar körolmaydimi, işonç raqamlariga qönğiroq qilib yoki yumaloq xat yozib, jiğimga tegişadi. “Borni körolmaydi, yöqqa berolmaydi”. Bunaqalar ham ançagina. U kuni ustingizdan şikoyat tuşgan deb rosa titkilaşdi. Aroq işlab çiqaradigan sexlarim şahardan taşqarida. Uni özim, öğillarim biladi. Baribir, mehmon qilib, sovğa-salom bilan jönatdim…”
– Öçirasanmi, yöqmi ovozingni?! – baqirdim fiğonim oşib. Yöqol! Ablah! Ikkinçi qorangni körmay! Ahmoq. Löttiboz!!!
Ovozim baland çiqayotganini eşitib öğlim çopib keldi.
– Olib çiqib taşla bu itni,– dedim hansirab.
Öğlim Mardonni qölidan uşlab olib çiqib ketdi.
Bu men bilgan manzaralarning ena kiçkinasi. Boylik izidan quvib, ne-ne rasvo işlar bilan şuğullanib yurgan kaslar ozmi?! Qaysi şaharga borma – tiqilib yotibdi. Ularning qarmoğiga ilinayotgan yoş-yoş qizlar kammi… Taqinçoğu sovğalarga öç bölgan qiz-juvonlar maişat botqoğiga botmoqdalar.
Ey, göşak, senga aytayapman. Bu behayo kinolar yoşlarni qayoqqa boşlayapti? Hammaning ham bardoşi bir xil emas-ku. Özini tiya biladiganlari ham bor. Lekin bu illat bolalagandan bolalab, muhitni buzayapti. Uning oldini oliş yölini qança izlama, töxtatişning heç iloji yöq. Mamlakatga yaşirin yöllar bilan kirib kelayotgan yalanğoç, behayo rasmlar va kasetalar oqimini kim töxtata oladi?! De Sadning rasvolarça yozilgan kitobini öqiyotgan odamlar hayot töğrisida nimalarni öylayapti? Yoki bu ötiş davrimi? Inson zotiga töğri kelmaydigan bu johillikni insoniyat boşidan keçirişi kerakmi?!
Bir paytlar buyuk hind yozuvçisi: “Ey Alloh, heç qaçon Hindistonga Mopassan kelmasin”, deb iltijo qilgan ekan.
“Öğil bolani köp pul, qiz bolani kam pul izdan çiqaradi”, degani rost. Tarbiya qaçon buzilgan? Boy bölgin-da, muhitni istaganingça buzaver, degani emas-ku?! Bu kasalliklarni davolaşning iloji bormi?! Iloji bölsa nimani kutayapmiz?!”
Dud, dud, dud…
…
Sukunat. Boşim qizib ketdi. Soat millari törtni körsatmoqda. Heç kim bilan xayrlaşmay uyga jönadim.
Nega men göşakni olganda faqat qora doğlarni körayapman? Xayolimda oldingiday mavj uruvçi sof, toza fikrlar örniga hayot oqimi nuqul illatlardan iboratday tuyulayapti. Özi kimman? Bu dunyoga nimaga keldim? Yoruğ dunyoga kelişim mening ixtiyorimda edimi? Vujudimni qamrab olayotgan, menga tahdid solayotgan vahimalar qayoqdan kelayapti? Endi nimalarnidir anglab yeta boşlaganimda yoruğ olamdan neçun köz yumişim kerak? Nima uçun had-hududsiz koinot tizimida, heç qanday qadriyatlarga ega bölmay, tasodiflarga töla hayotning oddiy öyinçoğiga aylanib qolişim, umrimning samarasiz ötib ketişiga yöl qöyib berişim kerak?!
Nega?!…
Şunça yillik hayot tajribasiga ega bölgan mendek odam ham bu savollarga javob topişga qiynalar edim. Yuk juda-juda oğir, uni kötarişga ilm yetişmasdi. Ilm bölganda ham botiniy ilm yuq . Yer yuzida hozirgi kun maʼlumotlariga köra yetti milliard odam yaşaşini inobatga olsak, şu odamlar yana yuz yildan keyin nom-nişonsiz tuproqqa qorişib yöq bölib ketişini, ulardan sanoqligina nomlar, yaʼni taraqqiyotga hissa qöşgan (olimlar, ixtiroçilar, şoirlar, yozuvçilar, rassomlar va h.) larning nomlari qolişini eslasam, öşalarning biri-da men ham, nom-nişonsizlar safida yöq bölib ketaman derdim. Örnimizga xuddi bizlarga öxşagan yana töqqiz milliard odam qaytadan dunyoga kelib, borliqda bu holat neça bor takrorlanişi ajablanarli. Bundan dunyoga nima foyda?!
Ey, tinçgina öz oilang bağrida, oynayi jahonda har xil seriallarni körib, halol-pokiza yaşayotgan eding-ku. Qayt şu hayotga…
Eh, tezroq taftişçilar işini tugatsalar edi. Biroz dam olgan bölardim. Butun tanam, asablarim zöriqqandan zöriqayapti…
* * *
Işga barvaqt keldim, hamişagidek uzundan-uzoq iş, tuşuntirişlar, qoğozbozlik.
Işxonamda özimga özim hisob berib, radioning ovozini kötarib qöydim. Radiodan mayin mumtoz kuy yangradi. Ohangi şu qadar yoqimli, xuddi bu kuy menga orom beriş uçun taralayotganday edi, yomon xayollardan özimni çalğitişga urindim. Musiqa qalbimdagi vahimani siqib çiqardi göyo…
Xonamga taftişçi kirib keldi. U radioning ovozini biroz pasaytirdi-da:
– Mumtoz kuylarni yoqtirar ekansiz-da, – dedi röparamdagi stulga ötirib: – Tekşiruvni yakunlaş arafasidamiz. Hisobotlar böyiça eʼtirozim yöq. Qaniydi, hamma hisobçilar sizday işlaşsa. Köp taşkilotlarni tekşirganman. Heç qaysisidan qoniqmaganman. Öçirib yozişlar, boşlanğiç hujjatlardagi çalkaşliklar, hujjatlarni töliq taqdim etmaslik tekşiruvni orqaga suradi va murakkablaştiradi. Sizda hammasi oddiy, joy-joyiga qöyilgan. Andoza sifatida körgazmaga qöysa arziydi.
– Rahmat, – dedim fikrlarimni bir joyga töplab qarşimda turgan, mendan ön beş yoşlarça kiçik yigitning yuziga boqarkanman. U juda xotirjam. Egnidagi formasi öziga yaraşgan. Yengi kalta köylagidan baquvvat muskullari uning kuçga tölganligini körsatib turardi. Unga bir oz qarab turdim-da: “Savol bersam böladimi?” – deb söradim.
– Marhamat, qölimdan kelsa javob beraman,– dedi u muloyimlik bilan.
– Oyligingiz qança?
– Şartmi javob berişim, – dedi u ajablanib. Quyuq qoşlari çimirildi.
– Javob bermasangiz ham mayli, şunçaki söradim-qöydim, – dedim.
– Siz mening yangi maşinada yurganimni körib şu savolni berayapsiz çoği? – dedi.
U bezovtalana boşladi. Noqulay holatdan çiqiş uçun böyinboğini töğrilagan böldi-da, özini xotirjam tutişga urindi.
– Uzr, noörin savolim uçun. Keçiring meni, bekorga kirmagandirsiz? Xizmat? – dedim.
– Menga sizning iş uslubingiz yoqqani uçun ayrim özimga boğliq narsalarni söragani kirgan edim. Malol kelmasa, tuşuntirsangiz, pişiq ğişt işlab çiqariş böyiça tejamli, arzon loyihalarni siz yaratgan ekansiz. Bu borada ajoyib natijalarga erişibsiz.
Siz haqingizda köp odamlardan eşitdim, qaysi ğişt zavodiga bormay, bu Erqor akaning loyihasi böyiça qurilgan deyişadi. Haqiqatan ham, şu keça-kunduzda ular juda yaxşi natija berayotganiga özim guvohman. Men ham pişiq ğişt işlab çiqaradigan korxona oçmoqçiman. Özingiz boş-qoş bölsangiz, xarajatlari mening hisobimdan, – dedi u past ovozda.
Men ikkilanmay uning yuziga qarab: “Yöq”, – dedim.
– Nima uçun öylab körmasdan rad javobini berayapsiz?
– Sababi şuki, siz yoşsiz, qolaversa, nozik joyda (soliq idorasida demadim) işlaysiz. Işlab çiqarişning mohiyatini bilsangiz-da, uning manbalarini bilmaysiz. Bilganingizdan keyin esa, jinoyat yöliga kira boşlaysiz. Keyin qaytiş qiyin. Şuning uçun tinçgina öz işingizni davom ettirganingiz maʼqul.
– Siz bu yerda işlab jinoyat qilayapsizmi? – dedi uning vajohati özgarib.
– Yöq, jinoyat qilmayapman, jinoyatçilarning orasida işlayapman, – dedim közimni löq qilib.
– Qanday jinoyatçilar? Nega biz körmadik? Kim ular? Bizga ayting, çora köraylik? Men sizni tuşunmadim. Şunça yildan beri birga işlagan odamlarni qanday qörqmasdan jinoyatçilar deysiz!
– Hazillaşdim, – dedim xotirjam. – Sizni sinamoqçi edim. Juda huşyor ekansiz. Yoşlar şunday bölişi kerak. Doim sergak, har qanday xavfga zarba berişga tayyor turişi şart. – Örnimdan turib, qölini mahkam siqib qöydim. U nima qilişini bilmay, kalovlanib örnidan turdi. “Qiziq, juda qiziq”, – dedi-da, xayrlaşmasdan çiqib ketdi.
Ha, soliqçi ukam, juda qiziq. Eng qiziği şu yerdaki, hamma baloni bilib turibsan. Pişiq ğişt işlab çiqarişni obdon örganib, mening oldimga kirding. Avval bu sodda loyihalarni kim yaratganini, quyoş nurida tekinga quriyotgan xom ğiştlarning hisob-kitobini qilib xumdonlarga joylading. Pişiq ğiştlar jaraq-jaraq pul bölib tinçingni buzdi. Kelayotgan foyda hisobsiz ekanligini anglab yetding. Keyin mening oldimga kelib, aka, korxonani quraylik, özingiz boşqaruvçi bölasiz, deding.
Soatga qaradim, soat millari uçni körsatmoqda. Telefon jiringlaşi bilan, göşakni oldim. Vujudimni junbuşga keltiruvçi, özimni ğoyibona qöllovçi, qörğonim desammikan? Nima desam ham, meni toqat bilan eşituvçi, sözlarimni bölmay, barça hasratlarimni birga tinglovçi, ey ovozsiz, tilsiz, quloqsiz, közsiz, jarangsiz, jonsiz hamrohim. Sening bir soatlik taşrifing, mening yigirma uç soatlik umrimdan buyuk.
“Xayollarim payhon-payhon, öylarim sarson, könglim-çi vayron-vayron. Içimda yaşar bir odam, taşimda yaşar bir odam. Ikkisi ham menman-ku. Yayragan ham men böldim, yayramagan ham men böldim. Qaqşagan ham men böldim, qaqşatgan ham men böldim. Özligini unutib yaşamagan ham men böldim. Özgalarga öz bölgan, tuzliğiga tuz bölgan, şör peşona men böldim. Hay, aytayin nelardan, sözidan qaytgan men böldim. Yuragim pora-pora, tanam qaltirar, qara. Bu ahvolda kunim ötar, ne çora? Yana qança yaşayman, Xudo bilar. Borligimga şubham bor, gumonlarim ming pora… Ey parilar-parilar, sözlang, jim turiş yetar…”
Negadir jim bölib qoldim. Tilimga quyilib kelayotgan sözlardan özim ham taajjublanib soatga qaradim. Soat ön beş daqiqa kam tört.
Burnimdan qon kela boşladi. Çap qölim bilan stol tortmasidan paxta olib burnimga tiqdim. Qon töxtaganday böldi. Göşakni stol ustiga qöyib, eşikni qulfladim. Meni bu holatda körişlarini xohlamas edim.
Ança vaqt osmonga qarab turdim. Burnimni, yuzimni sovuq suv bilan yuvdim. Qon töxtadi. Kelib göşakni oldim.
“Hammasini sezib turibsan-a?
Meni qanday ahvolga solding. Yoki şaʼningga nojöya sözlar aytdimmi?
Ustingdan kuldimmi?”
Dud-dud…
Jimlik. Soat tört.
Özimga kelişim ança qiyin böldi. Kimlardir xonamning eşigini tortib kördi, taqillatdi. Sassiz ötiraverdim.
Soat oltilarda uyga qaytdim.
Rafiqam meni körib:
– Rangingiz oqarib ketibdi, nima böldi? Mazangiz yöqmi? – deb savolga kömib taşladi.
– Ha, negadir mazam yöq, – dedim javob berişdan qoçib.
Yumşoq körpaga öralib, uxlab qolibman…
Ertasi kuni tongda işga borişim bilan, meni Karim Suyaroviç sörayotganini aytişdi.
Xonada tekşiruvçilar ham bor edi, boşliq çaq-çaqlaşib nimalarnidir muhokama qilayotgan ekan. Xodimlar bilan salomlaşib böş stulga ötirdim.
Karim Suyaroviç menga sinçiklab qaradi-da:
– Mana, tekşiruv dalolatnomasi, tanişib, imzo qöyib bering, – deb bir nusxani qölimga tutqazdi.
Dalolatnoma hayron qolarli darajada yozilgan edi.
Göyo hujjatlar asosida tekşirilganda işçi-xodimlardan uşlanadigan daromad soliği kam miqdorda uşlangan. Ayrim oylarda, uşlangan soliq yiğimi öz vaqtida soliq idorasi hisobiga köçirilmaganligi sababli har keçikkan kun uçun jarima solingan edi. Mahsulot sotişdan olinadigan yagona soliq böyiça ham soliqqa tortiladigan summa kamaytirib körsatilgan hollar mavjud. Öqidim: “Taşkilot hisobidan soliqqa undiriladigan jami summa qöllanilgan jarimasi bilan 1240000 (bir million ikki yuz qirq ming) söm undirilsin. Taşkilot rahbari, boş hisobçisi yöl qöyilgan nuqsonlar uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilib, beş minimal iş haqi hisobida jarima undirib olinsin”.
Ajablanib soliq inspektoriga qaradim. Boşliq nimadir deyişimni bildi-da:
– Erqor Oripoviç, yuring xonangizga, sizga baʼzi narsalarni tuşuntirib beraman, – deb meni xonamga boşladi.
– Bilasizmi, – deya gap boşladi u. – Agar hozir şu dalolatnomaga imzo qöymasak, ahvol çatoq. Sotilgan mahsulotlarning baʼzilari kirim qilinmaganligini aniqlagan. Bundan taşqari, omborxonadagi kamçiliklarni ham dalolatnomaga yozişsa, soliqdan katta miqdorda qarz bölib çiqamiz. Biz özaro kelişdik.
Hujjatlar böyiça dalolatnomada qayd etilgan kamçiliklar yöq bölsa ham, özim ruxsat berdim. Oppoq deb yozib keta olmaydi-ku. Siz ikkilanmay imzo qöyavering, bu yoğiga özim köndalang, – dedi boşliq asabiylaşib.
– Men tuşuna olmayapman, Karim Suyaroviç. Agar men bilan maslahat qilganingizda, dalolatnomani boşqaçaroq qilib yozişiga köndirardim. Hoynahoy, ança-munça xarajat qilgandirsiz, – dedim özimni xotirjam tutib.
– Siz imzo qöyib bering. Vassalom, – buyruq ohangida dedi Karim Suyaroviç.
– Yöq,– dedim şartta. Qandaydir içki kuç şu sözlarni aytişga undadi meni.
– Men, hujjatlarda aks etmagan, yolğon dalolat-nomaga qöl qöymayman, – dedim. Karim Suyaroviç xuddi aybini tezgina böyniga olgan odamday:
– Şunça yil birga işladik, aka-ukaçilik hurmati meni şarmanda qilmang. Endi barça mahsulotlarni töliq kirim qildiraman. Bunaqa çöntagimdan pul tölab işlaş özimning ham hiqildoğimga keldi. Işoning menga, – dedi yalingan ohangda.
– Meni ozroq yolğiz qoldiring, öylab köray, – dedim. Karim Suyaroviç çiqib ketdi.
Xöş, qöl qöymasam nima böladi? Demak, işdan ketaman. Keyin-çi? Qayerga iş qidirib boraman?! Bu eski nay köp vaqtdan beri bir xil kuyini çalayotgan bölsa…
Boşingni köp qotirma, dalolatnomaga imzo qöy. Mendagi oxirgi öy öz hukmini ötkazdi. Haqiqatdan qörqoqning qörqoği ekanman, dalolatnomaga imzo qöydim. Kotibani çaqirib, qoğozlarni boşliqqa olib borişini aytdim.
Butun tanam zirqirab, şu qadar noçor, heç kimi yöq, suyançiqsiz kimsaday notavon ekanligimdan uyalib ketdim. Men içimdagi bu öylarimni özgartira olamanmi? Ularning girdobida parça-parça bölib yöqolib ketmaymanmi? Hozir bormanmi özi? Yaşaşim yolğon, sözim aldovlardan qurilgan. Yöq hisobiman. Bu tuşkunliklar xayolimga qayoqdan kelayapti? Oxiri bormi? Miyamga bostirib kelayotgan qora quyundan qutulişning çorasini izlardim.
Çalğişim uçun şoirning telefon raqamini terdim.
– Assalomu alaykum, muhtaram şoiri olam. Soğliklar yaxşimi? Sizni juda soğindim. Hozir qayerdasiz?
– Vaalaykum assalom, Erqor aka. Işlaringiz yaxşimi? Yangamlar, bolalar omonmi? Hozir poytaxtdaman. Yaqinda boraman, albatta uçraşamiz. Özingizni ehtiyot qiling. Tez kunda uçraşgunça, xayr.
Göşakni qöydim. Şoirning ovozini eşitib tetiklaşdim. Kuçimga kuç qöşilib, kayfiyatim kötarilganini seza boşladim.
Içki telefon jiringladi.
– Erqor Oripoviç, mehmonlar bilan tuşlik qilsak devdim. Ovloq bir oşxonaga ovqat buyurganman. Birga borsak. Nima bölganda ham xayrlaşuv kuni, – dedi Karim Suyaroviç.
– Rahmat, men özimda bölaman. Sizlar bemalol tuşlik qilaveringlar, uzrim bor. Xafaçilik yöq, – dedim.
Yana yolğizlik. Endi Karim Suyaroviç haqida öylay ketdim. Karim Suyaroviç yoş bölsa-da, hamma sohaga qiziquvçi, hayotning past-balandini öziça talqin qiladigan, rahbarlik unga ota kasb ekanligidan mağrurlanib yuradigan zotlar sirasiga kiradi.
U işlab çiqarişni oyoqqa qöyiş maqsadida kattagina sarmoya sarfladi. Endigi niyati korxonani töliq xususiylaştirib oliş.
– 25 foizi davlat uluşi bölsa, 10 foizi işçi– xodimlarniki, qolgan 65 foizi Karim Suyaroviçning mulki axir. Uning menga yoqmaydigan jihati, xotinlarga öçligi. Ayollar ham puli köpligini bilib, ortidan yugurişadi.
Hatto baʼzilari adaşib mening xonamga ham kirib qolişadi. Suqsurday yoşgina juvonlar taraddudlanib meni boşliq deb öylaydi şekilli, çaqirgan ekansiz, deb gap boşlaydi. Şundan bilamanki köpçiligi Karim Suyaroviçni körmagan, tanişiş maqsadida kelgan böladi. Bular uçun hayot lazzatdan iborat. Karim Suyaroviçning nazarida sevgi qorin töyğizmaydi. Hirs-havasga qorişgan tuyğular qöşilganda şunga öxşaş, odamning qorni oçganini anglatuvçi şirin iştiyoq paydo qiladi. Qorning töydimi, unutasan, lekin bilasanki, qorning yana oçadi. Qorinni doim töq saqlaş tanga zarar, şuning uçun oç qolib, ovqat yeyiş ajoyib “lazzat” bağişlaydi. “Muhabbat oh-vohlar bilan boşlanib, esnaş bilan tugaydi”, degan aqidaga juda öxşaş.
Hozirça kotibasini beş marta almaştirdi. Bilmadim, yana neça bor almaştirarkin.
Mohira negadir köproq işlab qoldi. Uning kelişgan qomati, körki menman degan erkakni öziga jalb qiladi.
Karim Suyaroviç noziktaʼb Mohirani oçiqçasiga hammadan qizğanadi. Öziça uning qayerga borganini, dam oliş kunlari nimalar bilan şuğullanişini odam yollab bölsa ham, kuzatib yuradi. Xullas, Karim Suyaroviç birovlarga özini xafa qildirmaydiganlar toifasidan.
Bu fikrlarimning göşakka qiziği yöq. Men ham şunçaki öyladim, xolos.
Taʼtilga çiqiş haqidagi arizamni olib, Karim Suyaroviçning qabuliga bordim. Tuşlik allaqaçon tugagan. Kotibadan söradim:
– Özlaridami?
– Ha, – dedi Mohira menga jilmayib. Yuzining tiniqligi, yunon maʼbudalarini eslatuvçi çehrasi, közlaridagi beğuborlik. «Yo alhazar, Mohirani Karim Suyaroviçga boğlagan rişta nima ekan? Öyladim. Albatta gözalligi», deb özimça piçirladim. Içkariga kirdim.
Karim Suyaroviçning kayfiyati joyida. Mehmonlar bilan yaxşi bazm bölgan şekilli, yuziga qizillik yugurgan edi. U televizordan Moskvaning sport kanalida berilayotgan tennis öyinini tomoşa qilardi.
Men tik turgan holatda arizamni Karim Suyaroviçga uzatdim.
U arizamni qöliga olib öqidi-da:
– Hozir taʼtilga çiqişning mavridi emas, – dedi. – Bankdan şu keça-kunduzda qarz olamiz. Bank boşliği bilan kelişganman, imtiyozli qarz berişga rozi böldi. Qarz olişga taalluqli hujjatlarni tayyorlab bankka boring. Xohlasangiz, işni ertaga ertalabdan boşlang. Keyin arizani körib çiqaman. Maʼqulmi! – dedi dumaloq, ayni vaqtda qizğiş tus olgan yuzini menga qaratib.
– Meni töğri tuşuning, Karim Suyaroviç, köpdan beri özimni juda noqulay his qilayapman. Biron yaxşiroq klinikada tibbiy körikdan ötişim kerak. Gap soğligim töğrisida ketayapti. Hujjatlarni muovinim risoladagidek tayyorlab oladi.
– Yöq. Men muoviningizga işonmayman. Uning oğzida gap turmaydi. Mohirani ham menga qarşi qayrayotgan sizning muoviningiz. Hujjatlarni özingiz taxlang. Pulni hisob raqamga tuşiring-da, bemalol dam olişga boravering. Moddiy yordam puli yozib beraman. Axir davolanişga pul kerak-ku?!
Xonadan çiqdim. Bankka taalluqli hujjatlarni taxlaşga kirişdim. Soat törtdan keyin bankga boraman, hujjatlarni bemalol şu bugun topşiraman. Bank haqidagi fikrim nihoyatda noxuş. Bank bilan boğliq işlar köpinça janjal bilan bitar, baʼzan boşliqning özi aralaşib işni tinçitar, köpinça kelişmovçilik yuzaga kelardi. Işçi-xodimlarga maoş olganimizda naqd pul yöq desa, biron taşkilotga mahsulot oliş uçun ötkaziladigan pulni vaqtida ötkazmay hafsalani pir qilar edi. Bu mojarolar har kuni bölmasa-da, oyiga uç-tört marotaba bölib turardi.
Soatga qaraşga yuragim betlamasdi. Nazarimda telefondagi nomaʼlum şaxs, men haqimda köp maʼlumotlarni biladiganday, qandaydir noxuş voqea bölişini iç-içimdan seza boşladim. Qançalik özimni xotirjam tutmay içimdagi toşqin, katta taşviş yuzaga kelişidan xabar berardi.
Telefon jiringladi. Soat uç. Göşakni oldim.
…Jimlik. Negadir unga dardlarimni tökkim kelmay qolgan edi. Nima bölganda ham bir soat gapirişim, uning menga bölgan toqatini hurmat qilişim kerak, deb öylayman.
Olis bolaligim haqida gap boşladim.
“Men Erqor 1950-yilda qiş oyida Toşguzar qişloğida tuğildim. Otam Orif öğli Eldor 1918-yilda, onam Ahmad qizi Xursand 1926-yilda şu qişloqda çorvador oilasida dunyoga kelgan.
Ular uruş tugaşi arafasida oila qurişgan. Opam Oymehr 1948-yilda, singlim Maşar 1956-yilda, kiçik singlim Gulnor 1958-yilda – ayni yurt qaşşoqlaşib, odamlarning qorni nonga töymagan davrda tuğilişgan.
Otamning ot aravasi bölib, bizning oilamiz, qolaversa, butun qişloqning oğir kunlarida madad-kor bölganini, turmuşning aççiq qiyinçiliklarini yengişda katta xizmat körsatganini, hali-hali odamlar oğzilaridan qöymay gapirib yurişadi.
Esim kirib maktabga borganimda, otam menga yangi kiyim olib bergan. Tuşdan söng uyga kelsam, itimiz meni tanimay uyga kirgizmagan. Şularni eslarkan-man, bolaligimning eng baxtiyor damlari bahor bulutiday şamollarga öyin bölib ötib ketganini his qilaman, xolos.
Sinfdan sinfga aʼlo baholar bilan ötib, yoşimga yoş qöşilgan sari, turmuşimiz ham farovonlaşib borardi.Töyib ovqat yerdik. Miriqib bolalar bilan har xil öyinlarni öynar edik: çillak, oşiq, zuv-zuv, bekinmaçoq, uruş-uruş, lanka, oq terakmi-kök terak, podşo-vazir, soqqa, mak-mak, poyga…
Sakkizinçi sinfga ötgaç, taʼtil vaqtida qöşni qişloqda yaşovçi Fotima xolamnikiga mehmonga ketdim. Ikki oyki bolalar bilan öyin gaştini surib çopqillab yurganimda, xolam kelib: “Erqor, tez böl, uyingga ketamiz, – deb qoldi. – Uying kuydi, bolam”, – dedi-yu, uvvos solib yubordi. Ön tört yoşdagi öspirin nima bölayotganini tuşunmay, vujudim titrab ketdi. “Nega uyim kuyadi? Kim öt qöydi, xolajon”, deganimça uyimizga yetib keldik. Hovlimizda butun qişloq yiğilgan, xotin-qizlar “uv-uvlab” yiğlaşadi. Devorga törtta tobut suyalgan. Ikkita kiçik, ikkita kattaroq yoğoçdan yasalgan bu xunuk taxtalarni hali-hali nafrat bilan eslayman.
Nahotki öt tuşgan bölsa, nega yonğin körinmaydi. Yuragim şuvillab, joyimda ötirib qoldim. Katta momom (mening kindigimni kesgan) Beğam momo boşimni uqalab: “Erqorjon, sen omon böl, Xudoyim ularning umrini senga bersin. Özingni tut, gavdangni kötar, sen yigit kişisan, sen ersan, yigitlar, erlar yiğlamaydi, bolam. Bevaqt öçgan uyning çiroğini endi sen yoqasan. Otang ham yöq, onang ham yöq, singillaring ham yöq. Opang majruh, kasalxonada. Özingni uşla, bolajonim”, – deb uvvos solib yiğlaydi.
Közlarimga bir qatra ham yoş kelmasdi. Göyo yoş közimda muzlab qolgandek edi. Momomning diydiyolari, erkag-u ayollarning faryodi ham bu muzni erita olmadi. Qança vaqt ötganini bilmayman. Meni uyga olib kirişdi. Uyning törida otam çiroyli, qora soqoli öziga yaraşgan, uyquga ketgan odamday yotardi.
– Otang bilan xayrlaş, – dedi yelkamdan tutib amakim.
Men toş haykalday qotib qolgandim.
Meni boşqa xonaga kiritişdi. Onaginam guldor matoga öralgan, faqat yuzi oçiq, xuddi menga qarayotganday edi. Yonlarida ikkala singlim ham matoga öralgan, yuzi oçiq, tepaga qarab yotişardi. Tamoman özimni yöqotib qöydim. Mozor tepasidagina özimga keldim. Xudoyşukur amakim qölimdan tutib, oldin otamning qabriga, keyin onam va singillarimning qabriga bir siqim tuproq taşlatdi. Xayolimda yaşin tezligida “Opam qani? degan mudhiş sado yangraganday böldi. Amakim sezdi şekilli:
– Opang kasalxonada. Xudoga şukur, hozirça yaxşi, – dedi boşimni silab. Yuragimni bir umrga majruh qilgan bu manzara umrbod köz öngimda, to qiyomatgaça unutmayman…
Şu bilan mening ösmirligim yakuniga yetdi. Birdaniga katta odamlarday, taşvişlarga kömilgan qiyofada ulğaygan edim. Momom bekorga uvvos solib yiğlamagan ekan, er bölding deb. Men yigitlikni sakrab ötib, özimni kap-katta erkakday tutardim.
Opam ança öziga kelib uyga qaytdi. Undan nima voqea yuz berganini söraşga qörqardim.
Amakimning aytişiça, otam bozordan sara buğdoy doni olib, uni tegirmonda un qildirgan. Men bölmagan ikki oy içida onam tegirmon unidan non qilib yopganlar, hammalari yeyişgan. Baʼzi hamsoyalarga ham ulaşganlar. Un zaharlangan ekan. Ular oz isteʼmol qilganligi sababli kasalxonada davolanib soğayib ketişgan. Şifokorlar opamning tirik qolganiga hayron. Yoş bölgani uçun zaharga qarşi kuraşa olgan, deyişadi.
Amakim otni va aravani sotib, bizning kam-köstimizga işlatdilar. Xolam kelib opamni öz uyiga olib ketdi. Amakim mening hovlida qolişimni, agar ketsam, uy buzilib ketişini tuşuntirdilar. Yolğiz özim katta, huvillagan uyda yaşarkanman, taqdirimda ösmirligimdan yolğiz yaşaş bitilganini u vaqtlar tuşunmas edim.
Opamni ön yetti yoşida qöşni qişloqqa turmuşga berişdi. Menga poççam bölguvçi odam umuman yoqmasdi. Şu sababli opamnikiga bormas edim.
1967-yilda maktabni bitirdim. Men uçun qişloqda yaşaş nihoyatda oğir keçardi. Otam, onam, singillarimning hayotdan bevaqt köz yumgani köz öngimda takror-takror namoyon bölaverardi. Tunlari tuş-larimga kirib, allaqanday mudhiş voqealar içida yaşardim. Tengdoşlarimga qöşilmasdim. Yolğiz özim ğamgin öylarga botib, göyo yuz bergan hamma voqealarga özimni aybdor hisoblardim. Yolğizlik meni öz qaʼriga tortib, rangimni somon rangiday xazon qilib körsatardi. Bundan taşvişlangan opam qaynonasi bilan kelib, meni uyga olib ketişga köndirmoqçi böldi. Könmadim. Şaharga öqişga ketaman, deb oyoq tirab turib oldim. Saraton oyining oxirlarida bor-budimni töplab men uçun notaniş bölgan şaharga jönadim. Opamning qistovi bilan özim istamagan, umuman qiziqmagan iqtisodçilik bölimiga hujjatlarimni topşirdim. Imtihonlardan ötdim. Nihoyat, talaba böldim. Mening öqişga kirişim kelgusi hayotimni özgartirib yuborişini, murğak tasavvurimga siğmagan turmuşning aççiq haqiqatlarini anglasam-da, bu men uçun qiziqarli hayotning boşlanişi ekanligini bilmasdim.
Opam öqişni bitirişim arafasida olamdan ötdi. Ortidan çirqillab, ikki qiz, bir öğli qoldi. Mening notavon yoşligim şunday yakun topdi. Men endi şaharlik edim.
Mening murakkab va fojeali ötgan yoşligim himoyaga nihoyatda muhtoj bölsa-da, atrofdan suyançiq topa olmasdim. Qarindoş-uruğlar öz yöliga, ular hol söraşadi, nasihat qilişadi, özlariça yöl körsatişadi.
Naçora, 1970-yil dekabr oylarida gaz taʼminoti boşqarmasiga oddiy hisobçi bölib işga joylaşdim. Mening şahardagi iş faoliyatim ayançli yolğizlik girdobiga botgan holda boşlandi. Bolaligimdan prokuror bölişni orzu qilardim. Heçqisi yöq, iqtisodçi böldim…
Ayni bahorning qizğin pallasi, hamal oyi. Qirlar köm-kök bilan lolaqizğaldoqlarning çandon oçilgan davrda harbiy xizmatga çaqirildim. Moskvaday katta şaharda ötgan ikki yillik hayotim, odamlarga bölgan mehr-muhabbatim tubdan özgarişi, mustaqil yaşaş va dadil işga kirişiş uçun hayot maktabi vazifasini ötadi desam, yanglişmayman. Harbiy qismda olti oylik kursga qatnab, yoğoçsozlik böyiça öqib, hunar örgandim.
Men hali öz yölini izlayotgan, yoşlikda ota-ona mehriga töymagan öspirin bölsam-da, qatʼiyatli, öta vazmin, bir işga kirişişdan oldin obdon öylab oladigan kap-katta odamga aylandim.
Xizmat tugagandan söng Moskvada qolsam hayotimda qanday özgarişlar yuz berişini sezar, bu katta şaharda qoliş uçun albatta şu şaharda yaşaydigan qizga uylanişim, uylanadigan qizim özimga mos, meni tuşunadigan, oqila, har jihatdan qöllab-quvvatlovçi hamfikr döst bölsa, ğoyat ajoyib bölardi, derdim.
Aslida hayotning bu uzun-qisqa yöllarida meni nimalar kutayotganini bilmasdim. Men köproq kitobiy öylardim. Şu qisqa davr içida juda köp badiiy asarlar öqidim. Xuddi kitobdagi qahramonlar kabi, orzularim oğuşida suzib, goh Özbekistonning beğubor osmonida, goh Rossiyaning bulutga burkangan quyuq örmonlarining tepasida parvoz qilardim.
Nihoyat men kutgan, bir qarorga kelişim kerak bölgan kun ham keldi.
1973-yil may oyida askarlik xizmatimni tugatdim. Moskvada, xizmatdoş döstlarimnikida navbatma-navbat qolib bir oy yaşadim. Butunittifoq qurilişlariga işga ketayotgan tengdoşlarim bilan tanişdim. Ularning mamlakat ravnaqi yölida huzur-halovatidan keçib, BAMga, Uralga, Özbekistonga yöllanmalar asosida jasorat bilan safarga otlanişi meni aniq fikrlaşga undadi.
Moskvada qolsam qanday iş bilan şuğullanaman, qurilişlarda işlaymanmi? Keyin-çi?
Bu olis ölkada qolib ketsam, oldimga qöygan maqsadlarim nima böladi? Otamn, onam, singillarim, bobolarimning qabrlari Vatanimda bölsa-yu, men bu yerlarda rizqimni izlab yursam… Erqor, yaxşilab öylab kör. Sening joying tuğilgan yurtingda. Vatanga qayt. Hammasini boşidan boşla, degan nido iç-içimdan quyilib kelaverardi.
Iyun oyining oxirlarida Moskva-Toşkent samolyotiga ötirib, Vatanimga qaytdim.
“Mana senga mening murakkab va fojeali hayotim. Nega meni tanlading, göşakdagi odam. Hamma qatori Xudoning bir ojiz bandasi bölsam. Odamlar bir-birlarini aldamasa, iymonni arzimagan çaqaga sotmasa, deyman. Mullalarni, eşonlarni kördim. Öz manfaati yölida hamma narsaga tayyor. Oğizlaridan diyonat, insof, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, oxirat haqidagi vaʼz tuşmaydi. Amalda esa teskarisi. Buni hamma körib turibdi. Men ham jim, boşqalar ham jim. Hamma jim, sen ham jim”.
Dud-dud… göşakni qöyib qöydim… soat tört.
Hujjatlarni oldim-da, bankka jönadim. Bank binosi şahar körkiga körk qöşuvçi haşamdor köp qavatli imorat bölib, korxonamizdan uç-tört çaqirim narida, şahar içkarisida joylaşgan. Konus şaklidagi bu inşoot hammaning diqqatini tortadi. Içkariga kiraverişda posbonga ruxsatnomani körsatdim. Semiz yuzli, iş formasi öziga yaraşmagan xodim hujjatimni bir oz uşlab turdi-da:
– Soat törtdan ötdi, aka, – dedi röparada osilgan katta soatni körsatib. – Endi ertaga soat töqqizda kelasiz.
Men şu bankning doimiy mijozi ekanligimni tuşuntirdim.
Uçinçi qavatga tez-tez çiqib bank boşqaruvçisi-ning xonasiga yetib keldim. Kotibadan içkariga kirişga ruxsat söradim.
Qaddi-qomati kelişgan, did bilan kiyingan, yigirma yoşlar atrofidagi qiz: “Hozir”, – dedi-da, boşqaruvçining xonasiga kirib ketdi. Fursat ötmay qaytib çiqdi-da:
– Kiring, – dedi.
Oldin ham iş yuzasidan bank rahbari bilan köp bor uçraşganman. Hurmatimni joyiga qöyib, qarşi oldi.
Qarz oliş böyiça Karim Suyaroviç yuborganini, hujjatlarni olib kelganimni aytdim. Uning xabari bor şekilli, qoğozlar içidan arizani oldi-da, imtiyozli qarz ajratilsin, deb imzo qöydi.
– Kredit bölimiga boring, – dedi muloyim ohangda.
Rahmat aytib, mijozlarga qarz beriş böyiça hujjatlarni qabul qiladigan bölimga ötdim. Bölim boşliği salomimga javoban istar-istamas boşini qimirlatib qöydi. Göyo soat törtdan keyin nega işlaşga xalaqit berayapti deganday menga eʼtibor bermadi. Qoğozlarni oldiga qöydim. U arizaga bir zum qarab turdi-da:
– Imtiyozli?! – Nihoyatda ajablanib, xuddi birinçi bor bunaqa sözni öqiyotganday, – imtiyozli kredit, şunaqa kredit bor ekanmi? – dedi, ayollarnikiga öxşagan ingiçka ovozda, qoşlarini çimirib.
– Yo tavba, boşqaruvçining esi oğib qolganmi deyman. Yuqoridagilar bunga ruxsat bermaydi-ku! – U özi bilan özi gaplaşardi.
Bölim boşliği xuddi bombani uşlab turganday ehtiyotkorlik bilan hujjatlarni oldimga qöydi.
– Bunaqa kredit yöq! – dedi buyruq ohangida.
– Buni boşliqqa ayting, – dedim telefonga işora qilib.
– Kerak bölsa özi çaqiradi. Oldin men bilan maslahatlaşib iş qiliş kerak. Bu bölimga boşim bilan javob beraman. Qabul qilmadi deb ayting, – dedi, keyin kal boşini silab qöydi.
Men boşqaruvçi yoniga kirib, bölgan voqeani unga tuşuntirdim.
Bank boşliği asabiylaşib, tugmani bosdi. Kotiba kirdi.
– Badalboyevni çaqiring,– dedi. Badalboyev kelgunça xonaga uzoq jimlik çökdi. U keldi-da, boşqaruvçining yoniga ötirdi.
– Xöş, Umarboy. – U “boy” sözini urğu bilan aytardi. Quloğimga “Ömmor” deganday eşitildi.
– Bitta akaxonimiz bor viloyatda. U kişini siz ham yaxşi bilasiz, Karim Suyaroviç. Agar u kişining hojatini çiqarmasak xafa böladilar. Hujjatlarni oling-da, komissiyaga taxlang. Körib çiqişadi, bu yoği bir gap bölar, – dedi u bosiqlik bilan.
– Jahongir Mamatoviç, men-ku hujjatlarni olaman, lekin markaz imtiyozli qarzga ruxsat bermaydi.
– Bu yoğini menga qöyib bering, siz tezlik bilan özingizga taalluqli işlarni bajaring, vassalom,– dedi boşqaruvçi buyruq ohangida.
Umarboy böynini egib xonadan çiqdi. Izidan borarkanman, hujjatlarni mendan olib, diqqat bilan yuzimga tikildi:
– Qançaga kelişildi? – dedi yaqinroq kelib.
Men bundan xabarim yöqligini aytdim.
– Ha, hammangning tiling bir. Axir siz boş hisobçisiz, Karim Suyaroviç sizsiz bu işlarni qila olmaydi.
Men yelkamni qisib qöydim.
– Mayli, hujjatlar qolsin, bir haftadan keyin xabar oling, natijasini bilasiz, – dedi u. Şu yerda xayrlaşdik. Uyga ketdim.
Kayfiyatimni xuşlaş niyatida badantarbiya maşqlarini bajarişga kirişdim.
Boqqa çiqib daraxtlarni tomoşa qilar ekanman, imkoni boriça bölgan voqealarni eslamaslikka harakat qilardim.
Menga eng qadrdon kunlar – şanba va yakşanba bölib qoldi. Bu ikki kunda bir oz bölsa-da, taşvişlardan, asabiylaşişlardan, özimni-özim söroq qilişlardan çalğib, orom oliş, hordiq çiqariş gaştini sezayotganimni anglab borardim. Telefonda bölayotgan suhbatlardan tez qutulişim kerak. Taʼtilga çiqaman, şoirga telefon qilib aytaman, poytaxtdan kelmay tursin. Tez kunda özim yetib borişimni bildiraman, deb özimni tinçlantirdim.
Ertalab işxonaga kelib şoirga qönğiroq qildim:
– Allo! Elyorjon! Assalomu alaykum, yaxşimisiz?! Men Erqor akangizman.
– Erqor aka, zörmisiz? Nasib bölsa ertadan keyin yetib boraman, – dedi sevinib şoir.
– Elyorjon, döstginam, iloji bölsa kelmay turing. Mening özim juma kuni bormoqçiman. Uçraşsak, sizga sabablarini tuşuntiraman.
– Mayli, kutaman sizni, – dedi-yu, aloqa uzildi.
Bugun haftaning ikkinçi kuni, yana uç kun bor yölga çiqişimga. Bardam böl, Erqor! Özingni tut. Hali hammasi oldinda. Körmaganday bölib ketasan. Bu köpkariga öxşagan talatöp öyinlardan qutulasan. Özimga tasalli berib boşliqning xonasiga kirdim.
Karim Suyaroviçning kayfiyati yaxşi, men bilan quyuq söraşdi. Özim gap oçmasdan:
– Ketişingiz aniqmi? Bilsak böladimi, qayerga, qaysi mamlakatga bormoqçisiz? – deya hazil aralaş söradi.
– Nasib bölsa, poytaxtdagi bir oromgohda hordiq çiqarmoqçiman, – dedim mamnun bölib.
– Yaxşi, biz ajratgan yordamlarni oling-da, tayyorgarligingizni köring.
– Aytganday, bank böyiça hujjatlarni topşirdingiz-a?
– Ha, topşirdim.
– Qaçon yölga çiqasiz? – dedi, ketişimdan noroziligini unutiş maqsadida.
– Nasib bölsa, juma kuni, – dedim özimni erkinroq his qilib.
– Sizga oq yöl! Soğlikni asrang, – dedi qölimni qattiq qisib.
Xonamga qaytişim bilan çöntak telefonimga xabar keldi. Unda şunday sözlar bor edi: “Safaring xayrli bölsin. Xonadagi telefon raqamini çöntak telefoning raqamiga almaştir! Özingga yaxşi böladi!”
Yo tavba! Bu nimasi? Aslida şu telefondan qoçib ketayapman-ku?! Ey Xudo, nima qilay? Özing madad ber. Boşqa çiday olmayman. Sabrim tugadi. Özing qölla, qudratingni körsat. Mendek beozor odamga körsatgan karomatingga işondim. Sen men bilan bolalikdan, esimni taniganimdan beri birgasan. Yo, qodir Xudo! Qilgan gunohlarimni özing keçir. Agar jonim kerak bölsa, bu tarzda olma, tavba qildim. Töqson töqqizta nomingni yod olib aytamanki, özing keçir ey, Egam!
Uzoq öyladim. Oxirgi qarorim şu böldiki, telefon kompaniyasiga borib, xonamdagi telefon raqamini yonimda olib yuradigan telefonga qöydirdim. Haqiqatan ham, biron kor-hol bölişidan qörqardim. Korxona hisobidan yon telefonimga köproq pul ötkazdim. Bu mojarolardan hali-veri qutulişim qiyin ekanligini yuragim sezib turardi.
Uyga borib, qotib uxlab qolibman. Qöqqisdan uyğonib ketdim. Xonada yolğiz yotganim, öz uyimda ekanligimga işonç hosil qilib, devorda osilgan soat millariga qaradim. Bir daqiqasi kam uç. Qotib uxlabman, hatto ovqat ham yemabman. Yon telefonimni oldim, soat uç. Telefonim yoqimli kuy çalib, ovoz berdi.
– Allo!
– …
Qönğiroq qiluvçining raqamiga qaradim. Ne köz bilan körayki, iş xonamdagi telefon raqami turar edi. Bu qanday möjiza? Menga telefon qilayotgan odam işxonamdagi raqamdan çiqayotgandi. Aqlimga siğdirolmasdim. Nahotki u mening xonamdan telefon qilayotgan bölsa?
Jimlik. “Ha, qadrdonim, senmisan? Bu endi ortiqça. Axir bu telefonda bir soat gaplaşiş qança turadi? Nima qilmoqçisan özi?” – ovozim balandlaşa boşladi. Borib eşikni içkaridan qulfladim. “Hoy, şovvoz, yalinaman, heç bölmasa taʼtil vaqtida tinç qöygin. Qaytib kelganimdan keyin yana gaplaşavera-miz.
Nahotki sen ham menga şunçalar boğlanib qolgan bölsang.
Umuman aqlga siğmaydigan, qança öylamay, oxiri körinmaydigan samarasiz taşvişlarim senga nima uçun kerak?”
Biroz jim turdim. Men kaşf qilgan odam fariştaning özginasi. Nafas olişi, xörsinişi.
– Endi men bilan birga yaşamoqçisan, şekilli. Yaxşi, lekin bilib qöy, telefonga ketadigan xarajatlar sening hisobingdan, – dedim kulimsirab.
Yana aljiraşlar boşlandi. Diqqatimni bir yerga jamladim-da: “Yaxşisi, senga şoir döstim Elyor haqida gapirib beray”, – dedim.
Elyor mendan ön yoşlar kiçik. U bilan tanişgan davrim …80-yillarga töğri keladi. U şu vaqtlarda ham sara şoirlar qatorida turardi. Matbuotda kam körinsa-da, şeʼrlari yoşlar orasida keng tarqalgan. Uning ğazallarini maşhur hofizlar qöşiq qilib kuylaşadi.
Biz bir viloyatdan bölsak-da, u asosan poytaxtda yaşardi, ijodining eng gullagan navqiron fasli markazda ötdi. U doim: “Şoir qişloqda tuğiladi, şaharda öladi, – der edi. – Mening yuragimga hamişa yoruğlik nurini solgan tuğilgan maskanim, yurtimdagi odamlarning soddaligi, bolaligimdan qalbimga muhrlangan bölib qolgan qişloğimning sodda odamlari. Şu kuç, şu işonç hamişa meni qöllab-quvvatlaydi”,– der edi.
Esimda, 85-yillar xizmat yuzasidan poytaxtga bordim. Şoirni juda iztirobda kördim. U öziga siğmas, bölayotgan voqealarni telba-teskari baholardi. Özbek tili haqida, millatning taqdiri töğrisida kuyinib, bu olçoqlar nima qilmoqçi özi, Özbekistonda yaşasang-u, özbek tilida biron-bir muassasaga murojaat qila olmasang? Nimalardir qilişimiz kerak. Voqealar kör-körona faqat körsatmalar asosida davom etişi mumkin emas. Xöş, Erqor aka, ayting, korxonamizda qança özbek işlaydi? Mingtami, ikki mingtami – buning ahamiyati yöq. Hujjatlarning töldirilişi, yiğilişlar rus tilida böladi. Nega? Odamlar tuşunsa, tuşunmasa, boşini tebratişib maʼqullaşadi. Rahbarlarga buning qiziği yöq. Ular mansabdan ketmasa böldi. Şu ham adolatdanmi? Qaçongaça çidaş mumkin? Bu yurtning olimlari jim, şoiru yozuvçi, ziyolilari jim…
Yana qança jim yaşaymiz! – derdi közlari çaqnab. Mamlakatda şu yillari yildan-yilga juda qaltis voqealar yuz oçmoqda edi.
Paxta işi, qama-qamalar, rahbarlarning qamoqlarga taşlanişi, qandaydir tozalaşday köringani bilan bu maşʼum voqealar, 37-yillarni eslatuvçi qatağon kunlarining davomi, yurt ziyolilarini, mehnatkaş ommani boşi berk köçaga boşlab kirdi. Hamma nimanidir kutardi.
Şoir bilan poytaxt xiyobonida aylanib tuşlik qildik.
U soat törtda atoqli şoirlardan birining xotira kuniga bağişlangan anjumanga birga borişimni iltimos qildi.
Döstim aytgan şoir men uçun ham qadrli. Maktabda şeʼrlarini yod olganmiz, köm-kök diyorimiz manzarasini çizib bergan, bizni baxtlar vodiysiga yetaklovçi ajoyib isteʼdod sohibi edi. Birdan qöl telefonimda uziliş böldi, şunda angladimki, har yigirma daqiqada aloqa uzilib öçib, qayta qöşilar, meni suhbatga çorlar edi.
Soat törtdan ötgaç, madaniyat institutiga yetib bordik. Yiğiliş boşlangan. Atoqli professorlar, şoirlar, şoirning qizi gullar bilan bezatilgan sahnada qator bölib stullarda ötirişibdi. Törda şoirning katta qilib işlangan surati osilgan.
Men birinçi qatordan joy oldim.
Minbarda gapirayotgan odam, şoirning bolaligi haqida sözini davom ettirdi. Keyin şoirning ijodi töğrisida gapirdilar. Bu sözlarning hammasi bizga maktabdayoq taniş bölgan, köp bora eşitaverib yod bölib ketgan jumlalar edi. Uçinçi bölib şoirga söz berildi.
Şoir minbarga yaqinlaşib, mikrofonni öziga qulay joylaştirdi. Katta, keng xona talabalar bilan töla.
U ohista sözlarkan, gapni uzoqdan boşladi.
– Hurmatli talabalar, aziz öquvçilar, muhtaram ustozlar, – bir oz jim turib sahnaga qarab oldi va yana sözida davom etdi. – Men ham öquvçilik davrlarimdayoq yuragimda tuğyon urgan Vatanga muhabbatimni, şu ona yurtga sadoqatimni qir-dalalarda mavjlangan, har mavsumga xos takrorlanmas gözalligini qalbimizga singdirgan şeʼriyatni öqib katta bölganman.
Özim körmagan bölsam ham, qölimga ijod qalamini olişimga turtki bölgan ustozimni hurmat qilaman, qadrlayman.
Lekin, hurmatli yoşlar, sizlar bor haqiqatni bilib qöyişlaringiz kerak. Maşʼum 30-37 yillarda, özbek xalqining asl ziyolilari turmalarda saqlanib, xalq duşmani degan tamğani bosib, rus örmonlarini kesişga badarğa qilinganini, asosan, Baykal-Amur lagerlarida, Volga-Moskva kanali qurilişlarida, Vladivostok, Novosibirsk lagerlariga olib borib, işlatib-işlatib otib taşlanganligini aytadigan vaqt keldi.
Eng katta lager Dmitlogda juda köp mahbuslar saqlangan.
Şunday qatağon yillarida şoir yaratgan şeʼrlarni öqisangiz, quvnoq, zavq-şavqqa hamohang, hamma yoq köm-kök, baxtlar vodiysiga aylangan bu ölkada hamma baxtiyor yaşayotganini his qilasiz. Biz bu ohangni bolalikdan qalbimizga singdirganmiz.
Aslida-çi? Hayot şoir aytganday, şeʼrlarida tasvirlanganday edimi? Odamlar baxtiyormidi?!
Bu yerda savlat tökib ötirgan ustozlar mendan ham köra yaxşi bilişadi. – Sahnaga yana bir qarab oldi. Adabiyotimizning asosçilari – Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon, Usmon Nosir, Abdulla Avloniy va qança olimu fozillar qatağon qurbonlari bölişdi, ularning nomlarini bir soat öqisangiz ham tugata olmaysiz.
Afsuski, ularning fojeali hayoti, bugungi kunda hammaga töliq maʼlum qilinmagan. Matbuotda sukunat, televideniyeda jimlik…
Xöş, bu uluğ ziyolilarning ölimiga kimlar sababçi bölgan?..
Uning ovozi jaranglab çiqardi. Zalda jimjitlik hukmron edi. Talabalar nafas olmay eşitayotganday, ularning közlari şoirga qadalgan, şoirning ovozi esa aks-sado berardi. Ötirganlarni öz izmiga solib, körinmas, qandaydir daʼvat etuvçi söz kuçi bilan ularni boşqarardi. Mening etim jimirlab ketdi. Sezayapmanki, ötirganlarning qalbida, söz bilan ifoda etib bölmaydigan tuyğu özligini oşkor qilganday hammani öz sehriga olgan edi.
Quloqlar ding, vujudlar taranglaşgandan-taranglaşib borardi.
Ellik yillar orasida bunaqa manzarani heç kim eşitmagan. U davrlarda bunaqa sözlarni aytiş, boşini kundaga qöyiş bilan barobar edi.
Şoir sözini davom ettirdi: – Biz kelajakka tik boqişni örganişimiz kerak. Özimizni-özimiz maqtab, ota-bobolarimiz uluğ kişilar bölgan deb kökrakka urişimiz yaxşi, lekin bu bilan biz ham yaxşi bölib qolmaymiz-ku.
Ular biz aytolmagan haq sözlarni aytib, qurbon bölişdi. Qaçongaça özimizning tinçligimizni közlab, hayotning maʼqul tomonlarini yoritişda davom etamiz? Ustozlar meni keçirişsinu, turmuşning hamma qirralarini baland-pastigaça oçib beriş, madaniyat yuksalişiga odilona xizmat qilib, odamlarni maʼrifatga yetaklaş biz adiblarning vazifalarimiz emasmi?
Ustoz şoirning tantanali tuğilgan kunida, yaşagan davridan kelib çiqib, ilohiylaştirmay, uning insonga xos bölgan sifatlari oçib berilsa, ötirgan yoşlarga katta saboq böladi-ku, nega qörqamiz?..
Şoir şeʼr öqiy boşladi:
Ölgin deding – yerga kömding –
Ildiz böldim.
Kökka otding – yöq böl deding –
Yulduz böldim.
Tilim kesding – dilim aytdi
Rost kalima…
Qiyin böldi senga şörlik
Duşmanim-a!
Duşmanim-a, toşlar otib
Töymaydirsan –
Tuproq bölay desam, nega
Qöymaydirsan?..*
Talabalar şoirning şeʼri tugaşi bilan örnilaridan turib qarsak çalişdi.
Şoir örniga borib ötirmadi. Töğri eşikka qarab yöl oldi. Zal uni qarsak bilan kuzatib qoldi. Izidan men ham köçaga otildim.
Mana senga olis yoşlikning bir bölagi”.
Qöl telefonim öçdi.
Tuşunarli.
Kiyinib köçaga çiqdim. Havo ança salqinlab qolgan. Yengil şamol daraxtlar bargini şitirlatib kişiga orom bağişlaydi. Mezon oyining boşlari. Qayerlardandir uçib kelayotgan uzun, ipak tolasini eslatuvçi oppoq tolalariga ilaşib, sunbula oyi bilan xayrlaşayotganday hilpiraşadi.
Kuzning şaşti yöqligi şunçaki tabiat uçun öyin. Daraxtlardagi barglar çang-ğuborlarga kömilgan. Oylab yomğir körmagan barglar tabiiy rangini yöqotgan. Teraklarning pastki şoxlarida yaproqlar sarğaya boşlagan. Keksalarning aytişiça, daraxtlarning barglari pastdan sarğaysa qiş sovuq, sarğayiş tepadan boşlansa qiş issiq kelar ekan. Bu hikmatni bilişga hali erta. Kuz endigina boşlandi.
Katta yöl çetida sekin qadam taşlab borar ekanman, göyo erkinlikka qarab borayotganday edim. Qafasdan çiqqan quşday yengil uçardim.
Yulduzlarni soğingandim. Har zamonda osmonga qarab-qarab qöyardim.
Keç tuşsa, bezovta qilayotgan öy-xayollarim tun qöyniga şönğib uyquga ketadiganday osmonni kuzatardim.
Yölda qatnov siyraklaşib qolgandi. Ahyon-ahyonda yengil maşinalar yonimdan ötib fikrimni jamlaşga, ehtiyot bölişga undardi. Köça böylab bolalar, kattalar, asosan xotin-qizlar sayrga çiqqan, qatorlaşib qöllarida turli rangdagi yelim xaltalarini kötarganiça goh u yonimdan, goh bu yonimdan ötib ketişardi. Yayov aylaniş qançalar mazza. Tabiblar bekorga aytişmagan: ellik yoşdan keyin har kuni tört-beş kilometr piyoda yurgan kişi qarişning oldini oladi, salomatlikni mustahkamlaydi.
Iş-iş deb, bu muhim maşqlarni bajarmay, orqada qolganimdan afsuslanardim.
Uyga qaytdim. Xotinimga juma kuni poytaxtga borişim kerakligi uçun yöl anjomlarini hozirlab qöyişini tayinladim.
Aslida telefondan qoçayotgan edim. Endi buning iloji yöq. “Farişta” çöntagimga joylaşib oldi. Şoir bilan maslahatlaşib yaxşiroq oromgohda dam olaman. Qolaversa, özimni malakali şifokorlarga körsataman. Telefonni köp ham öylayvermay, uyda bir kun bölsa ham dam olay.
Ertalab… tuşlik… uyqu. Yana xuddi keçagiday qöqqisdan uyğondim. Soat uç. Telefonim ajoyib ohangni taratdi.
“Ha, qadrdonim, mana endi har doim çöntagimdasan. Iloji bölsa suhbatlaşişni keç töqqizlarga köçirsak. Menga qulay bölar edi. Taʼtil tugagaç, yana öz holiga qaytaramiz.
Birodar bölganidan keyin bir-biri bilan kelişişi, maslahatlaşişi, özaro yordam berişi ularni yaxşilikka yetaklaydi. Men aytganlaringni qildim-ku.
Bir-biriga ziyon yetkazayotgan oğa-inilar, qarindoşlik riştalarini uzayotganlar kammi, deb öylayapsan.
Töğri, ayrim aka-ukalar, opa-singillar, yaqin jigargöşalar arzimagan bir qariç yer uçun yoki xotinlarining söziga kirib, gohida otasining mulkini bölişolmay qirpiçoq bölişayapti. Менда эса на ака, на ука, на опа, на сингил бор. Farzandlarim, oilam borligiga şukur qilaman. Allohim ularni hamişa öz panohida asrasin.
Poytaxtga borişimga sen sababçisan.
Töğrisi, oldin men vahimaga tuşdim. Özing ham telefonimga xabar jönatib qörqitding. Mening öylagan öylarimni, fikrlarimni qanday qilib bilib olayapsan? Bu juda dahşatli-ku! Asta-sekin hammasiga könikdim. Boşqa ilojim yöq. Endi abadiy döst bölaylik. Men ham odamman, adaşib fiğonim çiqib seni söksam aççiğing kelmasin. Menga yomonlikni ravo körma. Endigina oyoqqa turgan farzandlarim haqqi. Agar bolalarim, oilam bölmaganida, mening hayotim tamom boşqaça keçgan bölardi. Yuragimda yonayotgan isyon alangasida allaqaçon qovrilib, boşqa olamga ketgan bölardim.
Hozir esa bu sirli olam bilan murosa qilişga, ayrim odamlarning aqldan ozdiruvçi jihatlarini körsam-da, körmaganga olib jim yaşaşga majburman.
Bu mening ojizligim. Bir faylasuf aytgan ekan: “Xalq bu million nollardan iborat” deb. Oldiga bir raqami qöyilsa u harakatga keladi. Men bir raqami bölolmayman. Şu million nollarning içida bitta nol bölib yaşayapman. Mehnat odamni uluğlaydi, deyişadi. Mehnat meʼyoridan oşsa-çi? Buni öz közim bilan körganman. Hamma işlarning öz meʼyorida bölişi hayot mezoni sanaladi.
Har qanday voqea unga qanday nuqtayi nazar bilan qaraşga boğliq. Xayrixoh köz bilan qaralsa yaxşi. Agar qora közoynak ostidan qaralsa, uning oddiy közga körinmagan doğlarini körib istagança qoralasa böladi. Xuddi şunday hayot söqmoqlaridan teran nigoh, öta ziyraklik bilan oğişmay yuriş ham muhim. Uning botqoqlariga botib yotgan çuvalçangu ilonlarga: “Sizlarning haqqingiz yöq”, – deb ularga qarşi oçiqdan-oçiq jangga kiriş, şu yölda qurbon böliş aqlsizlikdan boşqa narsa emas.
Özimning hayot tajribamdan kelib çiqqan xulosam şuki, Alloh, Vatan va Muhabbat – abadiydir. Bu buyuk uçlikda hayot mujassamlaşgan. Qaysi odamning könglida Alloh, Vatan, Muhabbat bor ekan, u yaşayapti. Şu uçta ilohiy qudratdan mahrum mavjudotlar (odamlar deyişga tilim bormaydi) botqoqlarda botib yotibdi.
Neça kundirki, sen bilan suhbatimizda aytilayotgan alamli, iztirobli gaplarga kelsak, bu mening dardlarim. Bularsiz inson – inson böla olmaydi.
Sen ham Xudoning ojiz qulidirsan, senga buyurilgandirki, meni tanlabsan.
Ellik yildan oşiq yaşadim. Bunaqa siru sinoatga duç kelgan odamni eşitmaganman.
Xudodan iltijom şuki, sening kimligingni bilsam, keyin armonim yöq edi”.
Telefon öçdi.
Soat tört.
Nazarimda fikrlarim teranlaşib, yuksalgandan-yuksalib borardim. Ötgan sanoqli kunlar hayotimda tub buriliş yasayotganday, qalbimda erkinlikni soğiniş hislari qözğalayotganini anglay boşladim. Men uyğonayotgan edim. Uzoq uyquda yotgan ölik tomirlarimga jon kirib meni boşqaça yaşaşga undar edi. Nima uçun şoirga intilişimni, nega şoirni qömsaşimni bilmayman, bizni boğlab turgan rişta döstlikmi? Yoki yana men anglab yetmagan, endi eşigini oçayotgan u yerdan qalbimga kirayotgan toza şamolning beğuborligi meni boşqaça yaşaşga undardi. Şoirni içki mehr bilan soğinardim. Şoir xalqining mardligi, dorning tagida bölsa ham haq gapdan tonmasligi, öz eʼtiqodi yölida sobit turişi ulargagina ato etilganday edi. Havasim kelardi. Nega men ularday böla olmayman? Oldin ham köp bor özimga şu savolni berganman. Haqiqat yölida kuraşiş istagi bölgan, uddalay olmaganman. Xayolimdan şunga öxşaş öylar ötar ekan, nega yon telefonimda aynan işxonamdagi telefon raqami körinayapti, degan qiziqiş meni işxonaga yetakladi. Ertalab işxonaga bordim, telefonim işlayapti. Baʼzi joylarga qönğiroq qilib kördim. U yoq-bu yoqni tartibga keltirgan böldim. Ertaga sakkizlarda yölga çiqsam, ertalab poytaxtda bölaman, deb öyladim. Safarda qilişim kerak bölgan ayrim işlarni rejamdan ötkazdim. Albatta ruhşunosga uçraşaman. Şoirga bu ğaroyib voqealar töğrisida aytsammikin, deb öylardim.
Xonamning eşigi oçilib, kotiba içkariga möraladi.
– Ey, Erqor aka, siz şu yerdamisiz? Assalomu alaykum, – tabassum bilan salom berdi Mohira.
– Vaalaykum assalom, Mohiraxon. Mumkin bölsa, çoy damlab bersangiz. Ozroq işlamoqçiman,– dedim. Kotiba eşikni sekingina yopib qöydi. Qiz töğrisida öylay boşladim.
Tuppa-tuzuk, es-huşi joyida, bir rözğorni gullatadi. Agar özi röyxuşlik bersa, manaman degan yigit uylanadi. Biroq Karim Suyaroviçning bu qiz haqidagi fikri boşqaçaroq: “Uni faqat sayillarda, bayramlarda köz-köz qilib olib yursa böladi. Undan yaxşi xotin çiqmaydi”, – deydi.
Kotiba çiroyli, ixçam paxta gulli çoynakda çoy va piyola olib keldi.
– Ötiring, Mohiraxon, – dedim muloyimlik bilan. U mendan bu iltifotni kutmagani uçunmi, ajablanib, tortinib çap tomonimdagi kursiga çökdi va çoyni hafsala bilan qaytara boşladi. Unga diqqat bilan razm soldim. Oppoq yuziga tuşkunlik soya solgan. Közlari katta-katta, çaros. Har qanday yigitning aqlini oladigan darajada gözal. Bu qiz taşqi jihatdan bekamu köst. Joziba ato etgan tabiatga tasanno aytsa arziydi.
Mohira zimdan kuzatganimni sezsa ham noqulay ahvolga tuşmadi. Piyolaga çoy quyib uzatar ekan, öta nazokat bilan qarab qöydiki, töğrisi, badanim jimirlab ketdi. Karim Suyaroviçning didiga qoyil qoldim.
– Xöş, Mohiraxon, işlar qalay? Boşliq şu yerdami?
– Karim Suyaroviç qandaydir iş bilan ketdi. Bugun bölmasalar kerak. Işlarim esa öziga yaraşa, – dedi siniq jilmayib.
– Men mehnat taʼtiliga çiqdim, safarda bölaman. Töy qaçon, yana qolib ketmay. – Mohiraga tasalli beriş niyatida hazillaşdim.
– Töy hali bölmaydi, Erqor Oripoviç. Çunki yaxşi körgan yigitim Rossiyada işlayapti. Uning kelişini kutaman, – dedi maʼyus tortib.
– Mayli, sizga rahmat çoyingiz uçun. Köp ökinmang. Hammasi yaxşi böladi. Albatta töyni zör ötkazamiz, – dedim könglini kötarib. U jilmayganiça çiqib ketdi.
Ha, şörlik qizga qiyin. Yaşaşni qayta boşlaşi uçun ança ter tökişi kerak. Hali yoş. Yaxşi kiyingisi, yayragisi keladi. Buning uçun pul kerak. Pulni topişning özi böladimi… Xonada ozroq vaqt böldim-da, uyga qaytdim. Xayollarimni çalğitiş maqsadida bir şoirning oxirgi çiqqan kitobini javondan olib varaqlay boşladim:
Gar ölsam beşigimning
Yopinçiğin topinglar.
Yirtiq, yamoq bölsa-da,
Tobutimga yopinglar,
Körsinlar yiğilganlar,
Umrim bari xatodir.
Bu olamda topganim,
Şu bir parça matodir…
Şeʼrning mağzini çaqiş uçun faylasuf böliş şart emas. Faqat odam böliş kerak edi, xolos. Nima uçundir özimga-özim alanimalarnidir valdirab uyga siğmasdim. Boşliqning haydovçisini soat uçlarga yaqin çaqirib idoraga qaytib keldim. Xonamga kirdim.
Xayolimda meni qandaydir şarpa kuzatayotganday tuyula boşladi. Xoh uyda, xoh işxonamda bölmay, meni taʼqib qilayotgan közga körinmas bu kölankadan qutuliş yölini izlay boşladim.
Soat uç. Dabdurustdan qöl telefonim jiringlab qoldi. Yaşil tugmaçani bosdim:
Jimlik…
– Hoy, nega qöl telefonimga çiqayapsan?
Axir men ataylab sen bilan suhbat qiliş uçun bu yerga keldim. Kel, xonamdagi telefonda suhbat-laşaylik, – deb göşakni kötardim. Qisqa-qisqa dud-dud-dud ovozini eşitdim. U dil sözlarimni qöl telefonimda eşitişni istardi.
“Markazga ketayotganligim sababli hayotimdagi unutilmas bu voqeani senga aytmoqçiman.
1986-yillarda mamlakatda Muborak Navröz bayramini ötkaziş, mayyitning janozasini öqiş, mozorga boriş, diniy marosimlar, maçitlarga qatnaş umuman taqiqlangan edi. Odamlar hayron. Nima bölayapti? Nega qadriyatlarimizni oyoq osti qilişayapti? Qança ming yillik tarixga ega urf-odatlarni töxtatib qöyiş mumkin ekan-da, degan gaplar çoyxonalarda, oşxonalarda, mayda gurunglarda aytilsa-da, biron kimsa yurak yutib oçiqçasiga minbardan ayta olmaydi. Haddi siğmaydi. Ziyolilar bu jarayon yaxşilikka olib bormasligini bilsalar-da, jim…
Bu dahşatli jimlikning zamirida kuçli töfon borligini köpçilik anglasa ham, uning qaçon boşlanişini bilmaydi. Bunga boş-qoş bölib turgan yuqori mansabdorlar özlari boşqarayotgan mexanizmning biron vinti sinib buzilişidan qörqadi.
Radio, televideniyeda Navröz saylining diniy marosimligini uqtirayotgan, gazeta, jurnallarda yoritilayotgan oldi-qoçdi maqolalarni yozayotgan jurnalistlar şu yurtning farzandi ekanini unutib qöyganday vaysagani-vaysagan…
Hozirgi yoşlar allaqaçon ötmiş bölib qolgan bu köngilsiz voqealarni eşitişsa ajablanmaydi. Oldingi rahbarlar siyosat qurbonlari bölgan deb qöyişadi, xolos.
Xalqning urf-odatini yöqqa çiqariş, qadriyatlarini yerga uriş, yasama tarixiy iboralarni töqib, ulusni parçalaş, uning bir tan, bir jon bölişiga yöl qöymaslik ğoyasi davlat tepasida turgan bir siqim amaldorlarning bayroği bölib boşqaruv tizimini osonlaştiriş yöli edi.
Töqson olti uruğga birlaşgan qudratli bu ulusni faqat bir-biriga qarşi qöyib, ğururini toptaş orqali jilovlaş mumkinligini tarix sahnasiga olib kirişdi. Qarliq, öğuz, nayman, qiyot, qönğirot, kenagas, barlos, dörmon, burqut, qurlaut, manğit, döldoy, çimboy, çiğatoy, tuboy, öqtoy, teymas, eçki, şunqorli, şodboqli, jaloyir, qirq, yuz, ming, laqay, qatağon, mojor, turk, qaroy, elbek, qurama, qanğli, uz, nukuz, tangut, uyğur, arğin, aymoq, uyşun, ğonçi, quşçi, iyjon, suğd, iğroq, çingil, yağmo, arğu, tuxş, basmil, qipçoq, subrin, tatar, qirğiz, qozoq, qoraqalpoq, qovçin, keyikçi…
Köp uruğlarning nomlari yöq bölib ketdi. 70 yil mobaynida ular orasiga adovat solib, öz ğoyalarining kuçliligini isbotlab ham berişdi. Ular bundan ustalik bilan foydalanib, katta uruğlarni millatlarga bölib, şu millat vakillarining qöli bilan bajarişdi. Bajarişmasa siyosiy öyinlar topib, qatağon qilişdi. Bu fitna maşinasi qança-qança uluğ insonlarning boşini yedi. Ne-ne allomalarining yostiğini quritdi.
Bu taniş sahnada köp öyinlar böldi, bölayapti…
Şunday alğov-dalğov paytlarda poytaxtga bordim. Katta şaharda osoyiştalik hukm sursa-da, ziyolilar davrasida, talabalar şaharçasida hayot boşqaça edi.
Şoir meni uyuşmaga boşlab bordi. Uyuşma oldida ançagina odam töplangan, ularning köpçiligi şoir, yozuvçilar, olimu fozillar, viloyatdagi ijodkorlarni taşkil qilardi. Töplanganlar Navröz saylining notöğri qoralanganini, uni xalqqa qaytariş kerakligini yoqlab hukumat rahbarlariga murojaatnoma yuborganini, hozir javobini kutişayotganini aytişdi.
Men odamlarning bu darajada ahil bölib yiğilganlarini heç körmagan edim. Ular töda-töda bölişib, Navrözning qadimiy xalq sayli ekanligini, uning islom diniga aloqasi yöqligini jon kuydirib tuşuntirişardi. Döstim ham şoirlar davrasiga borib qöşildi. Bahs-munozara avjida, bu tölqin dengizdan toshib çiqqanu, adaşib şaharning qoq örtasiga kelib qolgan. Endi yana dengizga qöşiliş yölini izlardi…
«Soyuz» binosi yoniga çiroyli nikellangan qora rangli yengil maşina kelib töxtadi. Maşina eşigi oçilib, qora közoynak taqqan, moviy rangli bejirim kofta-yubka kiygan, yoşi 40-45 larga borgan qomati tik ayol tuşib keldi. Yiğilgan odamlarning köpligini kutmagan şekilli, taraddudlanib atrofga qaradi. Uyuşma raisi yugurib opaning oldiga bordi.
Opa töplanganlarga qarab: “Nima bölayapti bu yerda?” – dedi.
– Ozroq anjumanimiz ham bor edi. Şunga kelişgan, ruxsat bersangiz, içkariga kirişsa, Hurriyat Ayozovna, – dedi rais piçirlab.
– Ular köpçilikmi? – ajablanib söradi Hurriyat Ayozovna. – Içkariga kirişsin. Nega köçada turişibdi?! – dedi opa zarda bilan. Uning köz qaraşlaridan bunça köp odamlar töplanganidan noroziligi şundoqqina körinib turardi.
– Qani, örtoqlar, içkariga kiringlar, – dedi rais. Rais deganlari oltmişlardan oşgan, barvasta, soçlarining oq-qoraligi öziga yaraşgan, qomati tik, çet ellarda işlab kelgan diplomat odam edi.
Opa şoşilmay bino içkarisiga yöl oldi. Odamlar uning orqasidan ergaşdilar.
Katta binoning yiğiliş zaliga hamma yiğildi. Opa yuqoriga ötib, stulga ötirdi. Yoniga raisni çaqirdi. Ular nimanidir piçirlab gaplaşib olişdi. Sahnada ixçamgina stol, uning atrofida törtta stul. Öng tomonda mamlakat gerbi çizilgan minbar.
Rais örnidan turib, yiğilganlarga biroz qarab turdi-da, salmoqlab gap boşladi:
– Hurmatli ijod ahli. Bugun bizning majlisimizda birinçi bor hukumatimizning taniqli arbobi madaniyat va maʼrifat işlari böyiça SK kompartiyaning sekretari, hurmatli va muhtarama Hurriyat Ayozovna qatnaşayaptilar.
Özlaringizga maʼlumki, Navröz sayli haqida turliça fikrlar mavjud. Bizning maqsadimiz har xil qaraşlarga çek qöyiş. Yagona maqsad yölida, yaʼni sovet davlatining ravnaqi haqida köproq boş qotiriş, şu yölda ahil, bir tan, bir jon bölib kuraşmoğimiz lozim. Bu bizning burçimiz, – dedi.
Hukumatimizning Navröz saylini Navbahor bayramiga aylantiriş töğrisidagi oqilona qarorini xalqqa tuşuntiriş, siz va bizning asosiy maqsadimiz ekanligini unutmasligimiz kerak. Döppini boşdan olib öylab köraylik-çi, biz uçun sayilning nomi Navröz böldi nimayu, Navbahor böldi nima? Eng asosiysi, Navbahor bu bahor faslidan nişona, u kelgusida uluğ kunlarning biriga aylanişiga işonaman.
Hukumatimiz qarorini bir ovozdan qöllab-quvvatlaylik, davlatimizning biz ijodkorlarga körsatayotgan ğamxörligi, yaratayotgan şart-şaroitiga tasannolar aytib, Hurriyat Ayozovnadek jonkuyar rahbar yiğilişimizda iştirok etayotganidan faxrlanib, bizning, yaʼni ijod ahlining fikri rahnamolarimiz körsatgan odilona yölda muştarak ekanligini yuqori rahbarlarga yetkazişiga işonaman. Avvaldan minnatdorçilik bildirib, Hurriyat Ayozovnani bu xizmatlari uçun olqişlab qöyganimiz maʼqul deb öylayman, – deya qarsak çaldi. Ötirganlarning ozçilik qismi qarsakka qöşildi.
Rais zalga sinçkovlik bilan qaradi-da: “Söz aytuvçilar bormi?” – deb söradi. Rais iloji boriça yiğilişni tezgina tugatiş taraddudida edi. Hamma jim. Hozirgina köçada Navröz haqida bir-biri bilan tortişayotgan odamlar yelkalarini qisib, mum tişlab ötirişardi.
Kutilmaganda şoir minbar tomon yura boşladi. Ne-ne professorlar, ustoz şoirlar, yozuvçilar ötirgan joyda şoirning sahna tomon borişi raisning ensasini qotirdi.
– Nima, şu boladan oldin sözlaydigan odam yöqmi?! – ajablanib zalga qaradi rais. U özining gapini maʼqullaydigan keksaroq şoir yoki yozuvçining çiqişini kutayotgan edi.
Ötirganlar jim. Hammaning közi minbarga yaqinlaşayotgan şoirga qaratilgan. U minbarga çiqib, avval raisdan uzr söradi. Nega uzr söradi, bu menga qoronğu. Keyin juda bosiqlik bilan gap boşladi.
– Hurmatli ustozlar, avvalambor sizlardan ham uzr sörab şuni aytmoqçimanki, biz bugun xalq saylining nomini nega özgartirişganini muhokama qilişga yiğilmadik. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz ardoqlab kelgan Navröz sayli bugungi kunda xalqdan nega tortib olinayotganini bilişga yiğildik. Ötmişimizni qadrlovçi bu uluğ sayil nega bizning hayot turmuşimizdan çiqarib taşlanişi kerak?
Sayilning islom diniga aloqasi yöqligini yaxşi bilamiz. Tört ming yillik, balki undan ham köpdir, tarixga ega bölgan Navröz bugunga kelib nega diniy bayram bölib qoldi? Buni siz ustozlar, qalam ahli, juda yaxşi bilasizlar-ku!
Nahotki, yuqorida ötirgan hukumat rahbarlari bilmaydi, deb öylaysizlar? Bu kimningdir topşiriği bilan öylab topilgan, çalasavod, tarixni öqimagan, ateistik taʼlimotga tiş-tarnoği bilan yopişgan dindan xabarsiz kimsaning navbatdagi xuruji. Qadimiy pokiza qadriyatlarimizga toş otiş köp yillardan beri davom etib kelayapti. Alam qiladigan joyi şuki, toşni öz qöllarimiz bilan ottirayaptilar.
Şu yerga kelganda rais mikrofonni urib: “Qisqa qiling”, – dedi. Zalda bir ovozdan, oldindan kelişilgandek: “Gapirsin”, – degan gurillagan ovozlar yangradi. Bundan ruhlangan şoir sözlarini çertib-çertib gapirardi:
– Mening kimlargadir taʼna, malomatlar qiliş niyatim yöq. Bugun yurtning ziyoli qatlami yiğilgan ekanmiz, har birimiz yuragimizga quloq solaylik. Köhna tarixning qaʼridan kelayotgan nidolarga quloq solaylik. Doro, Aleksandr Makedonskiy, möğullarning şafqatsiz qirğinlarini, arablarning bosqinlarini olasizmi, ana şu talotöplardan ötib Navröz ayyomi eson-omon bizgaça yetib keldi. Xalq özining otaşparastlik davrida bu sayilni qanday izzat-ikromda ötkazgan bölsa, hozirgaça yangi kunni yangilaniş, uyğoniş fasli deb nişonlab kelmoqda. Nişonlaydi ham!
Nutqini tugatgan şoir minbardan tuşib, öz joyiga borib ötirdi.
Rais söz berişga ulgurmay minbarda yana bir yoş ijodkor paydo böldi.
– Örtoqlar, – dedi u tantanavor ohangda. – Men şoir döstim Elyorning taklifini maʼqullaş va qöllab-quvvatlaş bilan şuni aytmoqçimanki, hukumatimizning vakili hurmatli Hurriyat Ayozovna, oçiği, biz yoşlarning quyidagi talablarimizni mamlakat rahbarlariga yetkazing.
- Davlatimiz BMT ga aʼzo bölsin.
- Özbek tiliga davlat tili maqomi berilsin.
3.Özbekistonda yetiştiriladigan paxta, qazib olinayotgan oltinlar, neft mahsulotlari, yer osti boyliklari mamlakatning özida qayta işlansin…
Hurriyat Ayozovna çiday olmadi, örnidan sapçib turib ketdi va vajohat bilan:
– Bu qanaqa ğalayon! Hammang javob berasanlar! Nonkörlar! – deya baqira ketdi. Va şitob bilan eşik tomon yura boşladi, yerning ostidan çiqdimi yo boşqa yoqdan tuşdimi, militsiya xodimlari paydo böldi. Opaga yöl ajratib uning çiqib ketişiga şaroit yaratişdi. Opa dadil qadamlar bilan yölakdan yurib borar ekan, röparasida bir yoş yigit köndalang bölib turib oldi.
– Hurriyat Ayozovna, sözimizni oxirigaça eşitasiz, dardimizni sizga aytişga kelganmiz. Siz esa rahbarlarga yetkazasiz. Maʼqul kelmasa, hammamizni tutib qamoqqa taşlaysiz. 37-yilning şarpasi kezib yuribdi. Sizlarning qölingizdan qamaş, otiş, yöq qiliş keladi.
Militsiya xodimlari kelib, yigitning qölini qayira boşladilar. Opa qöriqçilarga işora qilib, qöyib yuboringlar, deya buyruq berdi. Şu şaşt bilan opa iziga qaytdi va minbar tomon yurdi. Sözi çala qolgan şoir raisga qarab: “Men sözimni tugatişim kerak”, – dedi.
Opa minbarga çiqdi. Yigitga qarab: “Fikringizni yozma ravişda topşiring”, – dedi.
Yigit ilojsiz joyiga borib ötirdi. Opa biroz tin olib, rus tilida gapira boşladi.
– Товарищи!
Zaldan qiyqiriqlar eşitildi:
– Özbek tilida gapiring! Özbek tilida gapiring!– degan xitoblar eşitila boşladi. Opa ilojsiz özbek tilida gapirdi.
– Örtoqlar! Bu nima şovqin! Men bizning ziyoli yoşlar şunçalar madaniyatsiz ekanligiga işonmayapman. Ustozlar nega jim ötiribdilar? Bu özboşimçalik ertaga sizlarga juda qimmatga tuşadi-ku. Qudratli mamlakatimiz koinotni zabt etib turgan bir paytda, butun yer yuzining tinçligini közlab, qudratini jahonga köz-köz qilayotgan bir paytda, sizlar qandaydir eskilik sarqiti bölgan Navröz haqida oğiz köpirtirayapsizlar, özlaringizning içki hayajonlaringizni bosolmay tuturiqsiz, mantiqsiz talabnoma qöyişdan qörqmaysizlarmi?!
– BMT ga aʼzo bölgin emiş, özbek tiliga davlat tili maqomi ber emiş – bu nima? Isyonmi bu? – söng raisga qarab murojaat qildi:
– Kim edi familiyangiz?
Hamma jim ötirardi.
– Azizov, – dedi rais asta.
– Azizov! – Opaning ovozi mikrofonda gurillab çiqdi. – Hoziroq markazga borasiz. Bu özboşimçalik uçun avval siz javob berasiz. Keyin sözga çiqqanlarning ism-familiyasini yozib bering!
Opa şiddat bilan minbardan tuşib, zalni tark etdi…”
Telefon ovozi öçdi. Soat tört. Xayolimga bundan 24-25 yillar avvalgi voqealar özining tarixiy özanidan toshib, pişqirib kelardi. Afsuski, yon telefonim endi eşitmayotgan edi.
Yölga çiqişim kerak. Şoir kutayapti. Xonamga obdon nazar solib, örnimdan turdim. Stol ustida tözğib yotgan gazetalarni tartibga solayotganimda eşik oçildi. Qaraşga ulgurmadim. Boşimga oğir narsaning tekkanidan yiqildim…
Davomi kelgusi sonda
Ali NIYOZ
1950-yilda Ğuzor tumanidagi Toşguzar qişloğida tuğilgan. “Siz meni bilmaysiz”, “Hayotning bir parçasi”, “Vaqt zarbi”, “Tahayyul” singari kitoblar muallifi.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


