110 daqiqada öqiladi

1 408 marta körilgan

Zulfizar

Zulfizar

(Qissa)

Havo nihoyatda dim edi. Osmon yuziga kir çoyşab yopilgandek oq bulut qoplagan, quyoş xira fonus kabi zörğa közga taşlanadi. Kuz. Sönggi yaproqlarini tökayotgan daraxt şoxlari sovqotgan kabi allaneçuk diydirab turadi.

Zulfizarning yuragi siqilib ketdi. Maşinadan tuşgaç, çuqur-çuqur nafas oldi, ammo yuragini siqayotgan behalovatlikdan xalos böla olmadi, öpkasining qaysidir burçaklariga toza havo yetib bormayotgandek edi. U tezroq uyga yetib borişni istadi. Kelayotganini qiziga aytmay yaxşi qilgan ekan. Hozir uyga kiradiyu, yotadi. Çarçoği yozilgaç, ovqat qiladi, Feruz maktabdan qaytgaç, Farangizni boğçadan olib keladi. Qiziga keçga yaqin qönğiroq qiladi: “Men keldim, nevaralarim bilan ötiribmiz”.

Kalit odatdagidan qiyinroq buraldi. Temir eşik “şirq” etib oçildi.

“Iye,bular uydami, deyman?” hayron bölib öyladi u, bösağadagi besarişta poyabzallarga köz taşlarkan. Qizi ham, kuyovi ham bu paytda işda bölişlari kerak edi. “Tinçlikmikin?!”

Qizi kasal bölib qolganda ham bir kun işdan qolmas edi, faqat bolalarining tobi qoçgandagina noiloj qolardi.

Yotoqxonadan ğudurlagan ovoz eşitildi. U şoşib eşikni oçdi:

– Sora!

Ağdar-töntar bölib yotgan töşakda közlari ola-kula bölgança şoşib-surinib kiyinişga harakat qilayotgan yarim yalanğoç kuyovi bilan Soraning eng yaqin dugonasini soçlari tözib yotgan holda kördi-yu, turgan joyida toşdek qotib qoldi. Yetmiş ikki tomirini kuydirgan alanga kelib tomoğiga tiqilganday böldi, oğzi qurib, tili tanglayiga yopişib qoldi. Sekingina ortiga burilib, bemador qöllari bilan devorga suyana-suyana, oşxonaga yöl oldi: Suv! Bir qultumgina suv…

Çelak turadigan kursi yoniga zörğa yetib bordi. Stoldan piyolani olib, suvga engaşgan mahal öng yelkasida simillagan oğriq turdi. Oğriq lahza sayin zörayib borardi. U amallab bir höplam suv içdi-da, sekin ortida turgan örindiqqa ötirdi. Oğriq yoyilib, kökrak tomonga ötdi va yurakning qaysidir burçagiga joylaşib oldi. Köp ötmay yurakda dahşatli oğriq boşlandi. Bu şunday kuçli oğriq ediki, nafas ham ololmay qoldi va gursillab polga yiqildi…

Naşatir spirti va kamfora hidi anqib yotgan xonada öziga keldi. Toşdek oğir qovoqlarini zörğa kötarib, boşi ustida unga qarab, allanimalar haqida bahslaşayotgan oq xalatli odamlarni kördi. Köksidagi oğriq nafas olişiga ham yöl bermas edi.

– Öh, ölib qolaman hozir!..

– Oğriyaptimi? Tezroq oğriqni qoldiriş kerak, morfiy!

Oğriq asta-sekin tarqay boşladi. Peşonasini muzdek ter qopladi. Horğin vujudini uyqu elitdi. Atrofida ğimir-ğimir qilib yurganlarning ovozlari olislardan kelayotgandek, elas-elas eşitila boşladi. Söng kimdir kelib, uni taşqariga olib çiqdi. U turgan joy yam-yaşil adirlik ekan. Adir tepasida oppoq libosdagi bir kampir goh qöllarini kökka çözib, goh peşonasini yerga urib, Ollohga iltijo qilib yotgan emiş. Zulfizar bir amallab öşa tepalikka çiqib bordi. Yovşanlarning şitirlaşidanmi, xayoli bölingan kampir burilib, unga qaradi. Uning yoşlanib turgan közlari mehrga töla edi. Kampir uning yoniga kelib, asta yuzlarini siladi:

– Ay, bolam-a! Ovora bölgan bolam-a!

Bu uning momosi – Ulkan kampir edi. Uning qöllari xuddi tiriklik paytlaridagidek loy va tuproqdan tars-tars yorilib ketgan, dağal, ammo issiqqina edi.

Ulkan kampir uzoq vaqt çöntaklarini titkiladi, söng uzr söraganday, unga yuzlandi:

– Senga beray desam, heç narsam yöq ekan, bolam. Yöqçilik qursin… Abdurasulim jontalaş bölib yotganda eşon “Jonga jon, sadaqa raddi balo. Bir jonliq ayting”, dedi. Aytadigan heç vaqoimiz yöq edi. Ilojsiz turgan paytimda közimga sen körinib ketding. Öşanda qölboşdaygina çaqaloq eding. Bir senga, bir yarador şerday ingrab yotgan akangga qaradim. Nevaralarimning tönğiçi, uni otangdan ham köproq yaxşi körardim. Yotib qolgan kunidan buyon “Şuginaning dardini menga ber” deb, Ollohdan sörab ötirgandim. Olloh men şörni olmadi, peşonangdagi yozuğlarni oxirigaça kör, dedimi… Eşonning gapidan keyin tişimni tişimga qöyib, örnimdan turdim-u, yörgak pörgaging bilan dast kötarib, akangning ustidan aylantirdim:

– Yo, mehribon Ollohim, şu qizning joni akasiga sadaqa bölsin. Sadaqamizni qabul qilgin, – dedim.

Ulkan kampir çuqur “uf” tortdi. Qalbidagi anduhdan yuzlari qop-qora bölib ketdi.

– Ammo Olloh sadaqamni rad qildi. Seni emas, Abdurasulimni olib ketdi. Öşanda seni olib ketganda şunçalar ovora bölmasding…

Uning tomoqlari qaqrab ketdi.

Ulkan kampir böyniga kumuş qönğiroqçalar osilgan çiroyli közaçada suv uzatdi:

– Ol, iç, bolam!..

Suv muzdek edi, u yutoqib içdi, ammo heç çanqoği bosilmadi. Kampir esa indamay nari ketdi.

– Sen endi dam ol, – dedi ketayotib.

U rostdan ham juda çarçagan edi, oyoqlarini oldinga uzatib yubordi, zildek boşini yumşoq maysalar ustiga qöydi. Dimoğiga öt-ölanlarning ajabtovur yoqimli hidi urildi. Bulutlar ortidagi bahor quyoşi ohistagina qizdirayotgan yuzlarini mayin şabada silab ötdi. U şu alpozda uzoq yotdi, yuz yilmi, ming yilmi…

* * *

Bundan köp yillar avval qişloqqa muallim bölib qaytgan qizidan ğururlangan Oysulton Ulkan kampirga taʼna qilgan edi:

– Mana, momojonisi, siz bir zamonlar sadaqa qilgan qizingiz binoyidek muallim bölib kelibdi.

Ulkan kampir mahzungina jilmaydi:

– Ha-a, yöqçilik-da, bolam. Köz oldimda jondan aziz nevaram şamdek sönib borardi. Eşon bobo joniga jon bering, deganlaridan söng özimni yöqotib qöydim. Xayolimda jonlik sörab, ming eşikka kirib çiqdim. Uyda özimizning dardisar jonimizdan bölak heç narsamiz yöq edi. Eşon bölsa “özingizga aziz biron narsani ayting”, deb turibdi. Bir payt közim şu gödakka tuşdi: uç öğildan keyin tilab olgan qizimiz… Şartta örnimdan turdim-u…

Oysulton ham ötgan kunlar yodiga tuşib, bir söliş oldi:

– Yöğ-ye, xola, sizdan sira xafa bölganim yöq. Şunda topqirligingizga qoyil qolganman. Keyin… Şu çaqaloq Abdurasulimning örniga qolganday qança payt emizgim kelmay yurdi. Ha-a, nima deysiz, har kim öz kuniga garov ekan-da…

Bu suhbat Zulfizarni ham ranjitmadi:

– Juda çiroylimidi Abdurasul akam?

– Ha, har yelkasiga bir ötov tikkudek juda abjir çoboğon edi. Qişloqning bor qizi unga oşiq edi. Qoşi-közlari senikidek lovullab turardi.

– Lekin sendan ming marta esli edi, – Ulkan kampir bu mahzun suhbatning osoyişta maromini buzdi.

– Men nima qildim?– norozi ohangda törsayib oldi Zulfizar.

– Öqib, muallim böpsan, xöp qibsan. Ammo erkakka öxşab xöb soçlaringni kesib taşlaganing nimasi? Qişloqqa yalang oyoqlaringni şirdaytib, tört qariç köylak bilan qanday kirib kelganingni heç aqlimga siğdira olmayapman, ertaga maktabga ham şu ust-boşda bormoqçidirsan hali?

– Nima böpti, momo, axir men muallimaman!

– Muallim eldan çiqib ketişi kerakmi, – battar qahrlandi momo. – Öqimişli odam suvdan baland,ajriqdan past, hokisor, nima bölsa, köp bilan, el bilan bölişi kerak. Buyoği uruş, qoraxat olmagan uy qolmadi. Ilgari bir uydan ölik çiqsa, ön uy “Uruğim, tomirim” deb kök kiyar edi. Hozir butun qişloq azador, azador qişloqni oralab şu kiyimda yurişingga sira rozi emasman.

Yolğizgina öğli bilan devday-devday ikki nevarasini uruşga jönatib, na yaxşi, na yomon xabar ololmay ötirgan kampirga eʼtiroz bildirmoqqa heç kim jurʼat qila olmadi. Xonaga noxuş jimlik çökdi. Bir pas ötib, Zulfizar hovliga çiqdi. Tomida öt-ölanlar qovjirab yotgan uylari nihoyatda ğaribona, miskin edi, momosi bilan onasiga öxşab… Agar otasi bilan akalari uyda bölganda… Tezroq tugay qolsaydi şu laʼnati uruş!

Zulfizar momosidan qança norozi bölsa ham, ertasi kuni maktabga özbekça köylak-lozimu römolida ketdi.

Maktab kolxoz idorasi yonida joylaşgan tört xonadan iborat körimsizgina bino bölib, uning muallimi ham, rahbari ham ötgan yili uruşdan oqsoq bölib qaytgan Jöra degan yigit edi. Zulfizarni körib suyunib ketdi:

– Yaxşi böpti. Ançadan buyon bir muallim yuboringlar, deb yurgan edim. Qimirlagan jon borki, dalada. Ammo xalqning bolasiga heç bölmasa boşlanğiç taʼlimni berişimiz kerak-ku. Bugungi vaziyat, uruş vaqtinçalik, ertaga tugaydi. Uruşda yöqotgan yigitlarimiz örniga qolgan bolalarni savodsiz qilib ulğaytirişga sira haqqimiz yöq.

– Rost.

– Muallimning qöllarini muşt qilib kuyunçaklik bilan gapirişi unga yoqdi. Uning ranglari uniqib ketgan kitelidan ğalati hid kelib turardi, qon va ter hidiga öxşaş açimsiq bir hid.

– Hamma yoşdagi bolalarni bir sinfga yiğib, öqitib yotgan edim. Endi ularni bölib öqitamiz.

– Xöp.

Unga eng kiçik yoşdagi bolalarni berdi. Ançadan beri ohaklanmagan sinfxona zax va qoronğu, tinimsiz dars qoldiradigan bolalarning köpçiligi kasalmand, nimjon, sinfda dars böyi yötal ovozi tinmas edi. Butun sinf bittagina kitobdan foydalanar, köpçilik bolalarda daftar-qalam ham yöq edi.

Momosiga hasrat qilgan edi:

– Köktoş-da uning davosi. Törtta köktoş topib, yaxşilab kuydirsanglar, qança ohak böladi, – dedi Ulkan kampir.

Bolalar bir dunyo köktoş yiğib kelişdi. Ötin topib, toş kuydirgan ham özlari bölişdi. Birgalaşib, butun maktabning içi-sirtini ohaklab taşlaşdi.

Jöra muallim uni maqtab qöydi:

– Sen qizda ajoyib taşkilotçilik qobiliyati bor ekan-ku.

Köp ötmay uni kolxoz idorasiga çaqirişdi:

 – Sizni partiyaga qabul qilmoqçimiz. Mahalliy xotin-qizlar orasida ham partiyaga sadoqatli kadrlarni köpaytirişimiz kerak.

Otasidan qoraxat kelganiga bir oy ham bölgani yöq edi, maktabga kolxoz partiya taşkiloti kotibi borib, ertaga raykomga borişini aytdi.

– Sağal özingga qarab çiq. Raykomdagilar, bizga kimni tavsiya qilayapsizlar, deyişmasin yana, – keta turib qöşimça qildi kotib.

Ertasi kuni Zulfizar uydan odmigina kiyinib çiqqan bölsa-da, maktabga kelib, qayta kiyinib oldi. Ust-boşini almaştirayotib, xayolan momosining oldida özini oqlagan böldi: “Iş, iş-da, momo. Talab qilişgandan keyin iloj yöq. Ziyoli odam özining taşqi qiyofasini körkam, zamonaviy tutib yurişi zarurat. Ha-a, siz buni qayerdan ham tuşunardingiz…”

Ammo raykomdagilar uni şunday xayrixohlik bilan kutib olişdiki,qaytişayotganda qoraxat kelgandan buyon tişlarini tizzasidan olmay, jim ötiradigan bölib qolgan momosi yodidan ham çiqib ketdi. Ertalab uydan kiyib çiqqan kiyimlari maktabda qolgan edi, maktabga burilib ötirmadi. Bu paytda u yerda heç kim bölmasligi aniq edi.

Eşikni oçgan zahoti qanday xatoga yöl qöyganini tuşundi. Ulkan kampir unga bir qaradi-yu, yuzini çetga burdi. Uning bir lahzalik nigohida qahrdan ham köra jirkaniş alomatlari bosimroq edi.

Zulfizar ust-boşini almaştirib, Ulkan kampirning yoniga çökdi. Qoq suyak yelkalaridan quçib, sölğin terilari osilib yotgan yuzlaridan öpdi:

– Momo, meni keçiring. Men bugun raykomga bordim. Meni partiyaga qabul qilişdi. U yerga lozim, römollarda borib bölmaydi. Idoradan yangiça kiyinib çiqing, deyişdi. Şuning uçun, majburiyat tufayli…

Momo indamadi.

Zulfizar hazil bilan momosining arazini yozmoqçi böldi:

– Abdurasulning örniga sen ölib ketsang, yaxşi bölardi, deng.

Momo yana indamadi. Uning faqat yuragi emas, suyaklari ham öt bölib yonardi. Abdurasul jon talaşib yotganda badavlat bölgan ekan, yonida norday öğli, birin-ketin böy yetib kelayotgan neça nevarasi bor edi. Mana, öğlidan qoraxat keldi. Мамарасул билан Мамараимдан на хат бор, на хабар. Huvullagan uyda uç muştipar qoldi. Öşanda yuragi butun ekan, şartta örnidan turib, yörgakdagi gödakni bemor bolasining boşidan aylantira oldi.Endi-çi? Endi osmon olis, öğli va nevaralari jon olib,jon berayotgan joylar undan-da olis.

Kamiga manavi qiz ham dumi yulingan tovuqqa öxşab…

– Momo… – Zulfizar yalinçoq ohangda emranib, momosini qattiqroq quçdi.

Ulkan kampir bir siltanib uni özidan itarib taşladi:

– Nariroq tur, dardim sen emas!

Onasi pastki labini tişlab,boş çayqadi: “Qöy, kerak emas”.

Keçki quyoşning mayin nurlari xonani zör-bazör yoritib turardi. Zulfizar Ulkan kampirning oyoqlarini quçoqlagança ğujanak bölib poyiga yotib oldi:

– Momo, uç oy avval Manzuraning otasidan ham qora xat kelgan edi. Endi bilişsa, mina portlagan joyda qolib ketgan ekan. Komandirlari uni öldiga çiqarib, uylariga qora xat jönatişgan. U emaklab-emaklab, öz qismiga yetib olibdi. Hozir gospitalda ekan, xat yozibdi, yaqinda uyga qaytaman, debdi. Momo,bu uruş, uruşda har narsa bölişi mumkin. Men otamning ölganiga sirayam işonmayapman, könglim aytib turibdi, erta-indin özi kirib keladi.

Ulkan kampir uning soçlarini, yuzini siladi.

Zulfizar burilib, momoning közlariga qaradi. Kampirning xavotir töla közlarida umid uçqunlari paydo bölgandi.

– Bugun raykomda aytişdi, laʼnati Gitlerning armiyasi orqasiga qaramay qoçayotgan emiş, tez orada uruş ham tugar ekan. Ğalaba bilan qaytgan vatandoşlarimizni yoruğ yuz bilan kutib olişimiz kerak, endi şuning tayyorgarligini körişimiz lozim, deyişdi. Hali zamon otam bilan akalarim kirib kelişadi. Ana öşanda bizni qiynab, şunday ötirganlaringiz uçun afsus qilasiz. Keyin akalarim bu uyni buzib taşlab, katta uy qurişadi. Albatta, ikkovimizga alohida xona böladi, men darsimni qilaman, siz menga qarab ötirasiz. Sigir olamiz, uni özim soğib, sizga sut pişirib beraman, qatiq uvitaman, ertalablari qaymoq yeymiz. Akalarim toklarimizni kötaradi, yoz böyi dasturxonimizda uzum böladi. Men mayiz qiliş yöllarini örgandim, qiş uçun mayiz qilamiz.

Uning yuzlarini silayotgan muzdek kaftlarga asta-sekin harorat inib borardi.

* * *

Palatani allaqanday dorilar va xlorning ötkir hidi tutib ketgan edi. Zulfizarning nafasi qaytdi, bu holat unga hali tirik ekanligini anglatar edi. U körpa ostidan sekin qöllarini çiqarib, barmoqlarini böyin tomiriga qöydi, yuragi heç narsa bölmaganday bir tekis urib turardi. Oyoqlarini qimirlatib kördi, ammo tanasining oğirligini umuman sezmadi. U dorilar taʼsiridan vaznsizlik holatiga tuşib qolgan edi.

Şu çoq eşik oçilib, qölida çoynak kötarib olgan qizi körindi. Eşikdan xonaga turli xil ovqatlarning yoqimsiz hidi yopirilib kirdi. Uning köngli aynidi. Zulfizarning töşagidagi harakatni ilğab qolgan qiz yugurib boşiga keldi:

– Ona, onajon!..

– Derazani oç… – burnini jiyirib ötindi u.

Qizi şoşib derazani oçdi.

Derazadan yopirilib kirgan musaffo havo xonadagi yoqimsiz hidlarni siqib çiqardi. Palataning doğ-duğ bölib ketgan devorlari, sim karovotlar, ilvirab ketgan yuraklar bir zum yoddan çiqdi. Ona va qiz toza havodan töyib simirdi.

– Onajon, tuzukmisiz? Hammaning yuragini yordingiz-ku, – u yumşoqqina kaftlarini onasining peşonasiga qöydi.

– Menga nima böldi?

– Buni siz bilasiz-da, Oftoboyim… – öpkalandi Sora. – Şunçalik ham böladimi, odam? Borayapman deb, bir oğiz qönğiroq qilib qöysangiz bölmasmidi? Köçada şunday bölib qolganingizda nima bölardi?

– Şunday bölişni bilibmanmi? – Gunohkorona ötindi.

– Heç holingizga boqmadingiz-da, ona. Ikki marta infarkt ötkazgan odam bölsangiz… Siz yölda emas, uyda ötirganingizda ham hamişa ehtiyot bölişingiz lozim. Siz bölsa… kuyovingiz telefon qilsa, yuragim yorilib ketişiga bir bahya qoldi. Uyam şoşib qolganidan “Tez yordam” qayerga olib borsa, şu yoqqa ergaşib ketaveribdi. Özimizning doktorimiz bor, şunga olib boringlar, deyişni ham eplamagan. Endi qözğatmay turaylik, deyapmiz. Sal özingizga kelsangiz, keyin özimizning klinikaga olib ötamiz.

Palataga peşonasidagi soçlari butkul tökilib ketgan örta yoşlardagi doktor bilan hamşira kirdi.

– Sora Anatolyevna, bemorni çarçatayapsiz! – Kulimsirab tanbeh berdi doktor. – Özi zörğa jahannamning ostonasidan qaytarib keldik. Ammo bamaylixotir bölişga hali erta.

Sora indamadi.

Doktor Zulfizarning yoniga kelib, qöllaridan tutdi:

– Xöş, opajon, ahvollaringiz yaxşimi?

– Şukur…

– Yuragingiz özini eslatib yana erkalik qilmayaptimi?

– Sağal… Ammo keçagiday emas.

– Yaxşi. Hozir yana ukol qilib qöyişadi, bu ukol uxlatadi. Uxlab, dam oling. Ayni paytda sizga heç kimning hamdardligi, açinişi yordam bermaydi. Közlaringizni yumib, qimirlamasdan yoting, faqat yaxşi narsalarni öylang, heç kim bilan gaplaşmang.

U Zulfizarning qöllarini ohistagina töşak ustiga qöyib, Soraga yuzlandi:

– Sora Anatolyevna, iltimos, bu kişi onangiz ekanliklarini bir muddat yoddan çiqaring. Bu kişi bemor, siz şifokor, munosabatlar ham şu tuşunça doirasida bölişi kerak. Taşqarida ön-ön beş odam turibdi, biri qöyib, biri içkariga kirişni söraydi. Iltimos, şularga javob berib yuboring. Siz bilan bizga xalaqit berişmasin.

– Xöp, doktor!

Zulfizar guruçi suv kötarmaydigan qizining özi tengi bir şifokor, ehtimol ilmiy darajasi undan ham pastroqdir, berayotgan tanbeh va körsatmalarni indamaygina qabul qilişidan bildi-ki, ahvoli juda jiddiy.

* * *

Şu kun tongni Zulfizar uyğotdi. Keç yotgan bölişiga qaramay, juda erta uyğondi. Töşakdan asta sirğalib turib, hovliga çiqdi. Bobotoğ ortidan sekin tong yorişib kelardi. Yangi tong qönğir tuman orasida asta tarqalib borardi. Osmon etagida yolğiz miltillab turgan yulduzga qarab, otasi va akalarini öyladi. Uni ham şu yulduz kabi yolğiz taşlab ketişdi… Quloğiga qayerdandir yöqlov eşitildi. Yöqlovga diqqat bilan quloq solib, bu ovoz yuragidan çiqayotganini angladi. Dahşatga tuşdi.

Ajab bu yöqlov uning qalbida hozir uvillay boşladimikin yoki azaldan bormidi? Qaçon, qaçon uning qalbi öziga aza oça boşladiykin, qaçon? Yo balki eng boşidanoq, huv öşa damlardanoq bu yuragi unga nimalardir deb tavallo etgandir? Axir doim aqliga quloq tutib iş qildi, boşqalardan bir kalla bölsa ham baland, bir qadam bölsada ilgari yurdi. Öşa paytlar uning mana hozir iç-içidan elas-elas sas kabi yöqlayotgan, unimi yo özinimi kömayotgan qalbiga quloq solguday edimi? Endi nega bunça bözladi bu yurak? Oğriqdan… bari oğriqdan bölişi kerak… Lekin baribir nega kelib-kelib şu bugunga kelib-birinma birin, xuddiki uni mahv etmoqqa qasd etgan lak-lak beşafqat qöşin kabi umrining har bir lahzasi, har oni dabdurustdan, şovullab, şuvillab köz öngidan öta boşladi? Tuşiga kirgan momosi-çi? Gödak emas-ku, ona qolib, ota qolib momojonga talpingudek… Özi momo bölsa, nevaralari, qizi, öğli… Ufff… bu yana kim böldi? Iye, kotibmi?

 Ha, öşa kun… Öşa kuni ham kotib kelib, ertaga raykomga borişlarini aytib ketdi:

– Nomzodlikdan haqiqiy aʼzolikka ötasan. Idorada bölaman,ertaroq kel. Soat töqqizda byuro, piyodaga ança yöl, – ketayotib oldingidek qöşimça qildi: – Ust-boşingga ham qara.

Bu gapdan direktorning ğaşi keldi:

– Odamning bahosini kiyim-boşiga qarab bermaydilar-ku.

– Töğri, Jöra muallim, siz köp narsani bilasiz. Ammo, yana bir narsani bilib qöysangiz,ziyon qilmaydi. Yaʼni ziyoli kommunist taşqi qiyofasi bilan ham oddiy çöpondan farq qilib turişi kerak.

Direktor kotibning gaplarini oxirigaça eşitib ham ötirmadi. Qöl siltab xonadan çiqib ketdi. Unga Zulfizarni partiyaga ötkazayapmiz, deb, yiğilişma-yiğiliş sudrayverişlari sira yoqmasdi. Buni u yaşirib ham ötirmaydi.

Hatto Zulfizarning öziga ham aytgan:

– Sen juda yaxşi muallimasan. Birovning bolasini şunça yaxşi körib, qalbining qörini berib, saboq ötiş hammaning ham qölidan kelavermaydi. Yaxşi muallim böliş uçun esa kommunist böliş umuman şart emas.

Yangi öquv yilidan uçinçi muallim bölib, ularga qöşilgan Xadiça ham Jöra muallimning fikrini maʼqulladi:

– Rostdan ham yaxşi muallim böliş uçun partiyaga kiriş şart emas. Menimça, köproq mansabga intilgan odamlar partiyaga ötişadi.

Öziga hamfikr topilgani ham direktorni tinçitmadi:

– Öquvçilarni yaxşi bir muallimdan ayirişayotganliklariga közim yetib turibdi.

Bu gaplar Zulfizarning ham kayfiyatini buzdi.

Partiya aʼzosi böliş har qança oliymaqom bölmasin, yonidagi hamkasblari şunday deb turgaç, odamga xursandçilik tatirmidi?

Zulfizar bu gapni kotibga aytgan edi, u jiğibiyron bölib ketdi:

– Bölmasa, partiyaga kimni ötkaziş kerak? Partiya saflari sendek jonkuyar, öz işining ustasi, fidoyi kadrlar bilan mustahkamlanmasa, u qanday qilib qudratli böladi? Qanday qilib ğoyalarimizni oddiy insonlar qalbiga, ongiga singdiramiz. Bu ğoyalarni bir rus ayoli kelib, bizning qişloq xotin-qizlariga tuşuntirsa, u har qança bilimdon bölmasin, qabul qildiriş juda qiyin keçadi. Ammo öşa gaplarni öz hamqişloği aytsa, osongina qabul qiladi. Şu oddiygina haqiqatni tuşuniş şunçalar qiyinmi? Frontdan qon keçib qaytgan deyman, bölmasa, özim bilardim uni nima qilişni!

…Tong yorişgaç, Zulfizar dahlizda ötirib, kotib bergan kitoblarni bir-bir varaqladi. Kiyindi, öqişdan qaytgandan buyon ança ösib qolgan soçlarini silliqqina qilib tarab,orqasiga bir örim qilib örib qöydi, bilakdek zulf nozik belida qulf urdi.

Xudoga şukrki, unga oson-oson savollar berişdi. U gapirayotganda byuro aʼzolarining unga havas va mehr bilan qarab turişlari uni yanada biyron qilib yubordi. Ayniqsa rus tilini örganib, bolalarga rus tilidan ham dars berayotganini ular juda maʼqullaşdi.

– Siz endi qiz bola ekanligingizni unuting. Siz endi partiyaning askarisiz. Partiya lozim körgan jabhada işlaşga doimo tayyor böling, – dedi byurodan söng suhbatga çaqirgan bir kişi. – Baʼzan işingizdan taşqari topşiriqlar berilsa, vijdonan bajaring. Bu sizning kommunistik burçingiz.

– U juda katta odam, – deb tuşuntirdi kotib taşqariga çiqişgaç, – Kadrlar böyiça hamma masalalarni şu odam hal qiladi. Ana, sen ham nazarga tuşding.

Tong sahardan turib, qişloqdan tuman markazigaça, u yoqdan qişloqqaça poyi-piyoda kelib, kun böyi oyoqda tik turgan bölsa ham uçib kelayotgan Zulfizar qişloqqa kirgaç, ğalati bölib ketdi. Avval oldilaridan poçtaçi Salim çöloq çiqdi. Xuddi körmaganday salomiga ham alik olmasdan yuzini teskari burib ötdi. Söng… Qayerdandir uvillagan yöqlov ovozi eşitildi. Kuniga neça uy azaxonaga aylanib, qişloqning har burçida yöqlov aytilib yotgan bölsa-da, negadir uning yuragi “şuv” etib ketdi. Şoşib uylari tomon yugurdi.

– Voy, bolam, közimning nuri, bolam,

Belimning quvvati,qalbimning qöri, bolam.

Endi nima qilaman…

Boşimni qay toşlarga urayin,

Mozoringni qayerlardan izlayin,

Oting öçsin, uruş, otginang öçsin!..

Muştdekkina boşini qattiq yerga urib faryod çekayotgan baxtsiz ayol uning onasi edi. Ranglari murdanikiday oqarib ketgan momosi hamon qoqsuyak oyoqlarini mahkam quçoqlagança tizzasini tişlab ötirardi. Uning nursiz közlaridan yoşlar şaşqator bölib quyilar, ammo u şu qadar bemajol yoki beeʼtibor edimi,bu yoşlarni artib ham qöymasdi.

Öqdek uçib kirgan Zulfizar titrab-qaqşab onasini quçoqlab oldi:

– Enajon, kim? Nima?! Nega bunday ötiribsizlar? – Özi ham ularga qöşilib, yiğlay boşladi.

– Akang, qizim, akajoning! Mamarasuldan ajralib qoldik. Endi nima qilamiz, bolam!

Oradan hafta ötib, Ulkan kampir ham omonatini topşirdi. Yuvib, kafanlagani kirganlar momoga köp açinişdi:

– Ikki tizzasi ham momotaloq bölib ketgan ekan, yuvib bölganimizdan keyin ham közlaridan oqqan yoşni kördik. Şörlik, çin dunyoga yiğlab ketdi.

Uyning nim qoronğu burçagida bir oğiz ham gapirmasdan ötirsa ham şu musibatli kunlarda Ulkan kampir oila uçun ulkan qoya bölgani ötirgan örni böşab qolgandan keyin bilindi.

Momosi bor edi, umrlarida körmagan allaqaysi yurtlarda yurgan bölsalar ham, otasi, akalari bor edi. Birin-ketin kelgan uç judolik yuraklariga beadoğ oğriq va qörquv soldi. Hovlida bir xazon şitirlasa ham Zulfizarning yuragi qinidan çiqib ketguday bölardi.

Şu oğir kunlarda Xadiça uning yonidan ketmadi. Tuşgaça maktabga borib kelar, söng namozşom tuşgunça ularnikida ötirardi.

Bir kuni yorinçoqda makkajöxori maydalatib qaytayotganda Jöra muallimdan gap oçdi:

– Jöra aka juda yaxşi odam, har kuni seni söraydi. Erkak-da, yoningga kelolmasa… Lekin özini qöyarga joy topa olmay yuribdi.

Zulfizar indamadi.

– U seni yaxşi köradi, – bir pasdan keyin qöşimça qildi Xadiça.

Buni Zulfizar yaxşi bilardi, ammo ming yaxşi odam bölsa ham yil ön ikki oy rangi öçib ketgan harbiy kiyimda bir oyoğini sudrab yuradigan Jöra muallimni heç qaçon öziga munosib körmasdi. Erta-indin uruş tugaydi. Otasi, akalari qaytib keladi. Tökin-soçin, yaxşi kunlar boşlanadi. Ular şaharga köçib ketişadi. Zulfizar baxtini öşa yoqlardan topadi.

– Hoy, eşityapsanmi? – Xadiça uni uyğotmoqçi bölganday turtdi.

– Ha.

– U seni yaxşi köradi, – takrorladi Xadiça.

– Nima böpti?

– Unga turmuşga çiqişingni istayapti. Agar rozi bölsa, sovçi qöyaman, dedi. Mana şu oğir kunlarda otang va akalaring kelgunça boşlaringda bir erkak kişi bölgani yaxşi-da. A, nima deysan?

– Qöysang-çi!

– Unday dema, Zulfizar! – yalinişga tuşdi Xadiça. – Unga judayam rahmim keladi. Soğliği yöq, onasi ham ötib ketdi,bir uyda bir özi yaşaydi.

– Rahming kelayotgan bölsa, özing teg! U mening tengim emas, – ijirğandi Zulfizar.

– Jon deb tegar edim, u bebaho inson, lekin u meni emas, seni sörayapti.

– Qöy şuni!..

Jöra muallim baribir odam qöydi. Sovçilari quruq qaytgaç, özi köngil yordi:

– Uruşdan quruq suratim qaytgan edi. Hali hayotida biron qizning qölini ham uşlab körmagan, qalbi orzularga töla ne bir yigitlarning parça-parça bölib, yuzlab bölaklarga bölinib ketganini kördim. Bu bölaklarni yiğib, dafn qilişning ham iloji yöq edi. Bunga heç kimning vaqti ham yöq edi. Meni ortga qaytarişdi, ammo men öşa qirğinbarotlar hamon davom etayotganini yaxşi bilaman. Öqlarning vizillab uçgan ovozlari, bomba portlaşlari, askar yigitlarning ingraşlari quloqlarimning ostidan sira ketmaydi. Şu holda odamzod nimagadir qiziqişi mumkinmi? Yöq, albatta. Ammo, işonsang, sen meni öşa tubsiz çohdan yuqoriga olib çiqding, meni hayotga qaytarding. Seni yaxşi körib qoldim. Agar yöq desang… Yöq, men buni kötara olmayman. Xöp, degin. Işon, bir umr boşimda kötarib yuraman.

Qarşisida yalanğoç novdadek qaltirab turgan yigitga nisbatan könglida zarraça rağbat tuymadi. Uning diydasi qattiq edi.

– Meni keçiring, Jöra aka. Men hali öqimoqçiman.

– Birga öqiymiz.

– Yöq, buning iloji yöq, – u şartta örnidan turib, xonadan çiqib ketdi. Aççiği keldi. “Har kim öz tengini bilsa ekan! Endi Zulfizar kelib-kelib, şu çöloqqa… Yo, tavba-yey!”

Şundan keyin ham Xadiça köp qistadi:

– Bunça toşbağir bölmasang? Yurişini qara, adoyi tamom böldi, şörlik.

Ammo özi Zulfizarni boşqa bezovta qilmadi.

Uruş tugab, maktabga yangi muallimlar kelgaç, u tuman markazidagi maktablarning biriga oddiy öqituvçi bölib ötib ketdi.

Zulfizar yelkasidan yuk tuşganday yengil nafas oldi.

Xadiça xafa böldi:

– Men uni yaxşi körardim, – dedi bir kuni kutilmaganda.

Zulfizar hayron böldi:

– Meni unga köndirmoqçi bölib, şunça asabimni buzganlaring til uçida ekan-da…

– Men uni hamişa yaxşi körganman. Unga teg, unga rahm qil, deb senga yalinib yurgan paytlarimda ham yaxşi körganman. Öşa ter va qon hidi singib ketgan kitelini joynamoz qilişga tayyorman hamişa. Uni yaxşi körganimdan, unga rahmim kelganidan, uning baxtli bölişini juda-juda istaganimdan yalinganman senga. Kim bilan bölsa ham mayli, baxtli bölsin şu yigit, dedim.

– Endi-çi?

– Endi… Bilmadim, bu yoği nima böladi? Yuragidagi yaralar bitgaç, uçraşib qolsak, agar ungaça birov-yarim çaqqonoylar ilib ketmasa, hammasini özim aytaman.

– Obbo sen-yey! Köngling ketgan oşni maqtab birovlarga tavsiya qilib yurişingning maʼnisi nima? Xuddi özing endi ön yetti yoşga kirgan pari-paykarsan.  Hali sening qölingni sörab, Boyçibor mingan neça Alpomişlar keladi. Lekin sen paysalga solib, keçikib qolma, özingni ham öyla.

* * *

Zulfizar yarim tunda uyğonib ketdi. Vaqtni biliş uçun avval atrofga, söng oyning zaifgina nurlari sizib kirayotgan derazaga qaradi. Qarşidagi karavotda qizi uxlardi. U bir muddat qiziga tikilib qoldi. Begona töşak noqulayligidanmi, u bir pasda bir neça bor ağdarilib oldi. Zulfizar uni rostdan ham juda erka östirgan, hayotida biron noqulaylik bölmasligiga harakat qilgan. Endi!.. E-e, xudo, avloddan avlodga boylik meros bölib ötişini,xastalik ötişini bilardi, ammo baxtsiz qismat ham meros bölişini bilmagan ekan. Agar şunday bölmaganda Zulfizarning taqdiri qizida takrorlanişi şartmidi? Bir zamonlar özi taqdirning talxör nasibasini tatib körganda bunçalar ezilmagan edi, ammo qizining ağdar-töntar bölib yotgan töşagi uning hayotini izdan çiqarib yubordi, xuddi poyezd relsdan çiqib ketganday… Erini yarim tunda öynaşiga qöşib haydaganda öziga özi tasalli bera olgan edi: “Bir kam dunyo, deganlari rost. Mening kamim şu er böla qolsin, eng muhimi,jonim soğ, bolalarim bağrimda. Tirik va salomat bölsang,baxt, omad, boylik özi seni izlab topaveradi”.

Garçi keyinçalik hayoti bekamu-köst baxtga tölib ötmagan bölsada,ersiz qolganiga sira afsuslanmadi.

Ertalab Sora uni uyğoq holda körib, suyunib ketdi. Nam soçiq bilan yuz-qöllarini artib, ovqatlantirgaç, xonaga bir qizni boşlab keldi:

– Onajon, bu qiz mening şogirdim,ilmiy iş qilyapti. Juda bilimli, ziyrak qiz. Meni bir zarur masala böyiça klinikaga çaqirişayapti. Şunday boraman-u, qaytaman. Bu qiz men kelgunça sizga qarab turadi, – söng qizga tayinladi. – Doktor bilan hamşiralardan taşqari heç kim kirmasin.

– Bu qizni taşvişga qöymagin, bolam. Ahvolim yaxşi, özim yotaveraman, – xijolat böldi Zulfizar. – Kelguningça şu yerning doktorlari qarab turişar…

– Yöq, ona, sizni şunday taşlab, xotirjam keta olmayman. Yoningizda özim bölmasam ham, özimning işongan odamim turişi kerak.

 Hamşira ukol qilib ketgaç, endi közi ilinayotgan edi, eşik “ğiyq” etib oçilgani eşitildi. Zulfizar negadir xavotirlanib eşikka qaradi. Ostonada uzoq xastalikdan turgan bemordek ranglari sölğin, qaraşlari hadik-xavotirga töla Ğanişer turardi.

– Assalomu alaykum.

Şogird qiz örnidan turib, bir Ğanişerga, bir bemorga qarab qoldi. Ğanişer uning nigohlaridagi ikkilanişni sezib,izoh berdi:

– Siz bir aylanib keling, bu kişiga özim qarab turaman.

Qiz bir daqiqa hayallab turdi-da, söng indamay çiqib ketdi. Nima ham desin, kuyov bölsa.

Ğanişer uning qarşisidagi kursiga ötirdi:

– Meni keçiring.

Boşqa payt bölganda yuziga bir şapaloq tuşirardi. Hozir buning iloji yöq. U indamay yuzini devor tomonga ögirib oldi.

– Töğri, içingizda qarğayotgandirsiz, turqing qörsin sen itning, deyotgandirsiz? Lekin bu siz öylagançalik itlik emas. Bilsangiz, ahvolingizni körib, özimning ham bölarim böldi. Sizga bir gap bölganda, özimni keçirolmasdim…

– Öşa “bir gap” böla qomapti-da, – şartta uning gapini kesdi Zulfizar, ammo öz ovozining xastaligiga qaramay bunday keskir çiqqanidan özi ham hayron qoldi.

Kuyoviga nafrati şunçalik kuçaygan ekanki, bor alami kuç bölib böğzidan otildi göyo.

– Aslida bu şunçaki tasodif emas. Men duç kelgan xotinga yopişib yuradiganlardanam, uyimga, töşagimga har kimni sudrab keladiganlardan ham emasman. Lekin baribir bir narsani tan olişim kerak. Ançadan buyon ketmoqçi bölib yurgan edim. Heç jazm qila olmayotgandim. Oxiri ketsam, avvalroq ketişim kerak ekan, sizni infarkt oldirmay…

– …

– Nega ketmoqçi eding, demaysizmi?

Uning miq etmaganidan nimagadir battar qizişdi indamas kuyovi, söng qirq qayta qaytarib, yod olgandek dedi:

– Qizingiz meni heç qaçon yaxşi körmagan!

Zulfizar ikki çakkasidagi tomirlari gup-gup löqillay boşlaganini sezdi: gapini qarang buning? Şu yoşida “sevdi-sevmadi” esiga tuşibdi-da, orada ikki bola tuğilib, böyi böying bilan teng bölib qolganda-ya?

Jirkanib, yuzini ters ögirdi. Ammo içidan nimadir baribir kuyoviga nisbatan bu qadar beşafqat bölmaslikka undab turardi. Har ne bölganda ham öğlidan-da mehriboni şu edi, bolasining ortidan bolasidek… Uning içidan keçayotgan xavfli xayollarni sezgandek Ğanişer ham dadillik bilan gapida davom etdi:

– Menimça, u pul,mol-dunyo, şon-şuhratdan boşqa heç narsani yaxşi köra olmasa kerak. Uylangan kunimdan buyon köproq pul topay, tezroq ilmiy işimni yoqlay, nomzod bölay, doktor bölay, degan taşvişlar bilan yaşab kelayapti. Bolalarning oldida ham örnim yöq. Qöşninikiga çiqiş uçun ham onasidan ruxsat söraydi. Şu payt yonginasida ötirgan ota esa ular uçun bir jonli haykaldan boşqa narsa emas. Albatta-da, uy onaniki, maşinani ona olgan, ona haydaydi, ona oğzilaridan çiqqan har bir istakni muhayyo qiladi. Bu yoqdan siz, u yoqdan bobolari tölib-toshib keladi. Mening ota-onamda duo bilan mehrdan bölak heç narsa yöq. Özim şunça yildan beri ilmiy işimni yoqlay olmay sarsonman. Maoşim tuşligim bilan yöl kiramni zörğa qoplaydi. Bu uyda doimo keraksiz buyumdek his qilaman özimni.

U ança payt jim qoldi. Bu orada Zulfizar öylardi: indamaygina şunça gapni içiga yutib yurgan ekan-da, ğalça. U bir umr şu ğalça erkaklarni yomon kördi. Ilk bor turmuşga çiqqanida şu saboq bölmaganmidi? Aynan mana şunday muloyim supurgi erlar bir kun kelib albatta tuzliğingga tupurmay qöymaydilar. Yana ketar çoği hamma aybni özingga yuklab, qoraga çaplab taşlaydi. Özlari esa paxtadek oq. Axir qilgani ham, eng yaxşi körgani ham şu qizi böldi. Çunki qizning özi şunga arziydi. Unga öxşab adaşmadi, özi sevdi, özi tegdi va… endi faqat özi kuyişi kerakmi? U ona bölib indamay bir çetda qarab turaversinmi? Qizini söraguvçilar köp böldi. Özi bir qiz, husni ön qiz edi-da Soraning. Hozir ham körgan közni kuydirgudek. Ammo negadir biroz erkakçasigami-yey fikrlaydi. Eri-xotin ajralib ketişsa ham, Sora bir zum ota eʼtiboridan çetda qolmadi, erka, dangalroq bölib ösdi. Şu lapaşang eriga ham oyoq tirab turib olgani uçun ham uzatişgandi. Buning nimasini sevib qolgan ekan: şu aqli, şu husni bilan?! Bu şörtumşuğam şör-şörlab turib oldi-da. Öşanda ota-onasining kambağalligini öylaganmidi? Şu qiz menga loyiqmi özi deganmidi? Oralaridagi farqni, tafovutni endi bilibdilar-da? Oltin baliqçasi joniga tegibdi-da? Zulfizar özini bu öylardan har qança tiyişga harakat qilmasin, yaralangan ona şer kabi farzandining kuyiga ana şunday alamli öylar faryodi bölib böğzini qörğab, sannab taşlaşdan tiyib turardi. Umuman, nimayam deb qarğasin? Öta madaniyatli bölişning şunisi yomon-da, ğazabing bostirib kelganda ham tilingni tişlab turaverasan, ança payt jim bölib qolgan kuyov yana xijolatli tomoq qirdi. Eng muhim gapni aytiş uçun taraddudlanayotgan edi çamasi. Nihoyat yorildi:

– Meni keçiring, nazarimda men öz muhabbatimni topgandayman. U hayotini mensiz tasavvur qila olmaydi. U xuddi onamga öxşaydi, meni tuşunadi, meni ayaydi. Men unga uylanişga qaror qildim. Sizdan yagona iltimosim, Soraga heç narsa demang. Davolanib çiqqaningizdan söng özim aytaman.

Har nima bölganda ham Zulfizar xiyonatkor kuyovdan bunday ayblov va keskin qarorni kutmagan edi. Agar Ğanişer u öylaganday kalovlanib özini oqlaganda ehtimol hali beri jahlidan tuşmagan bölardi. Öziça bu oğriqli tişni qizining hayotidan qanday qilib oğriqsiz holda olib taşlaş rejasini topa olmay yotgandi. Ammo kuyovning kutilmagan qarori uni şoşirib qöydi. Nazarida qizi, nevaralari katta şaharda yolğiz,beqarov qolganday qörqib ketdi. U qoşlarini çimirib, ijirğanganday kinoya bilan Ğanişerga qaradi:

– Özingizning nafsingiz, hoyu havaslaringiz uçun bolalaringizning könglini yarimta qilib ketmoqçimisiz?

– Bolalarning könglida mendek otaga umuman ehtiyoj yöq.

– Siz şunday deb öylaysiz, yaʼni siz qanday öylasangiz, şunday körasiz. Ehtimol hozir ularning siz bilan umuman işlari bölmayotgandir. Ular hali bola-ku. Ular uçun öz taşvişlari, öz dunyolaridan bölak heç narsaning qiziği yöq. Ammo taşlab ketsangiz, aniq, böşab qolgan örningizga qarab “dod” deb yuborişadi. Ana şunda, ularga juda kerakligingizni bilgan daqiqalarda ortingizga qayta olasizmi? Balki ungaça bu oilada ham “ota” deb etagingizga yopişguvçi begunoh farzandlar dunyoga kelar. Ana şunda nima qilasiz?

Zulfizar tabiatan juda yaxşi notiq edi. Istasa, gödakdek begunoh odamni ham, şaytonga dars berguvçi tovlamaçini ham öz yöriğiga sola olar, şu isteʼdodi bilan işlab yurgan paytlari neça yuzlab rözğorlarni saqlab qolgan edi. Osmondan kelayotgan kuyov uning gaplaridan keyin jim bölib qoldi.

Eşikdan kirib kelgan doktor örtadagi yoqimsiz suhbatga nuqta qöydi:

– Iye, Sora Anatolyevna qayerda? Siz kimsiz, sizni palataga kim kirgizdi? – çinakamiga urişib ketdi u.

– Men kuyovlariman. Qarab turgandim…

– Sora Anatolyevna şifokor bölgani uçun bemorning yonida bölişiga ruxsat berganmiz, bölmasa, özimizda ham qarovçilar yetarli. Boya hamşira ukol qilgan edi, siz tufayli bemor uxlayolmay karaxt bölib yotibdi. Qani, tez çiqing palatadan.

Ğanişer palataga qanday mardonovar kirib kelgan, şunday uçib çiqib ketdi. Özini beobrö qilib haydab çiqargan doktordan minnatdor böldi. Agar şu doktor kirib kelmaganida, kim biladi, bu qaynonasi…

* * *

Nihoyat yiğlab-yupanib ğalaba kunlariga ham yetib kelişdi. Hammaning tinka-madorini quritgan uruş tugadi. Hayotlarida biron özgariş yuz bermagan bölsa-da,hammaning kayfi çoğ,xuddi şaxsan özi Reyxstagga ğalaba bayroğini qadab qaytgandek mamnun edi.

Bundan beş yil avval maşinalarni töldirib-töldirib, uruşga ketgan yigitlar endi birin-sirin, bugun birov, erta yana kimdir, indin heç kim, kutayotgan odamlar ziq böla boşlaganda yelkasiga yuk xalta osib olgan, horğin közlari soğinçga töla yana kimdir qişloqqa kirib kelardi.

Qişloq çetidan ötgan kiçkinagina ariq köprigidan tuman markaziga eltuvçi uzun yaydoq yöl tomon keskin buriliş bölib, şu tufayli köprikdan ötib qaralmasa, bu uzun yöldan qişloqqa kelayotgan odamni körib bölmasdi. Qişloq qariyalari köprik ortidagi tollar soyasidan özlariga joy qilib olişdi. Kim bir parça şolça, kim janda körpaça, kim eski bir jabduq olib çiqib, erta tongdan qora keçgaça şu yerda ötirişni odat qildi. Qişloqqa qaytgan askarlarning birinçi suhbati ana şu qariyalarga nasib qilar, birov-yarim kelib qolsa, ularning atrofida tuproq çangitib yurgan bolakaylar darhol çöp otlarini minib, askarning uyidan suyunçi olgani çopişar edi. Soğinçga aylangan umidvor qişloq qiyqirib kelayotgan bolalarni körganda quvonçdan bir qalqib ketganday bölardi. Hamma kutardi. Uruşning birinçi kunlaridanoq qora xat olib, beş yildan beri azalik kiyimini yeçmaganlar ham, neça vaqtlardan buyon na yaxşi, na yomon xabar olmaganlar ham, uruşga bergudek heç kimi bölmay, uruşga heç kimini bermaganlar ham-hamma butun vujudi bilan yölga qarardi.

Mamaraim ğalabadan rosa bir yil ötgaç, uyga qaytdi. U qaytgunça Zulfizar qişloqning katta odamiga aylangan, uni maktab direktori qilib tayinlaşgan edi. Oysulton xola öğlini bağriga bosib turib, huşini yöqotdi. Yöqotişlar, yöqçiliklar, zoriqib yöl qaraşlar uni butunlay holdan toydirgan edi. Haliyam könglidagi “milt” etgan umid unga matonat bağişlab, öğliga röbarö kelgunça oyoğida tura olişiga sabab böldi.

Uy bir pasda qöni-qöşni, qarindoş-uruğ bilan tölib ketdi. Xotin-xalaj qiy-çuv qilib,Oysulton xolaning yuziga suv sepa-sepa öziga keltirib olişdi.

Oqşom çökib, keldi-ketdi uzilgaç, uyda ona-bolalar yolğiz qolişdi. Zulfizar yelib-yugurib hamma joyni tartibga keltirdi. Hovliga şolça töşab, şolçaning girdini aylantirib körpaçalar soldi. Qişloq oqşomi juda gözal edi. Ayniqsa, aziz odamlaring yoningda bölsa, bu gözallik yanada tölaqonli va zavqli böladi.

Zulfizar qança öktam qiz bölsa ham akasidan tortinib turar, könglining qaysidir burçida “rostdan ham şu odam mening akammikin?” degan xavotir sira ketmasdi. Sababi, akasi uruşga ketayotganda juda yoş, ustki lablarini endigina mayin tuk qoplagan öspirin edi. Bugun körpaçaga oyoqlarini uzatgança, yonboşlab olgan kişining ovozlari ham, qaraşlari ham ular kuzatgan öşa öspiringa zarraça öxşamas edi. Faqat u yodga solayotgan xotiralar, soğinç va mehr töla nigohlar “Men sening akangman” deb turardi. Uning oldida Zulfizar yana özini yoş qizaloqdek his qilardi:

– Agar köçada qarşimdan çiqib qolsangiz, men sizni umuman tanimas edim, – nihoyat könglidagini aytib qöya qoldi u.

– Sen ham ança ulğayibsan. Bekor yurmay, öqib olibsan, barakalla, – söng kulib qöşimça qildi: – Direktor bölibsan.

– Nomiga direktorman-da. Özi tört kişi işlaymiz. Men ham hamma qatori dars beraman, faqat javobgarligi ziyoda.

– Şuyam katta gap-da.

– Meni viloyatdan öqişga yuborişmoqçi edi, onam yolğiz deb, keta olmadim. Mana, endi siz borsiz, öqişga boraversam ham bölaveradi.

– Böladi, singlim, – mamnun boş irğadi aka. – Şunça payt onamga qarab, rözğorni eplab ötirding, rahmat senga, buyoğiga özimga taşla hammasini.

Bolalariga termilib, jimgina yotgan Oysulton xola aka-singilning mehribonligidan, öğlining jömardligidan xursand kulimsiradi:

– Sen buni köp taltaytirma. Toğanglar “akasi kelsin” deb yurişgandi. Endi qirq ming qalin, qirq qöy olamiz-da, uzatib yuboramiz.

– Bekorginani aytibsiz, men sizga molmidimki, sotsangiz.

– Udum-da, meni ham sotişgan, endi seni sotamiz, akangga ham birovni sotib olib beramiz, – battar jiğiga tegardi onasi.

– Ona, bunday xunuk gapni hazil qilib ham aytmang, iltimos. Odamni sotişmaydi-ku axir, heç qaçon sotişmagan ham. Beş-tört söm qalin puli berişsa, şuniyam qizining rözğoriga nimadir qilib jönatgan. Sotadi, deyilsa, odam ğalati bölib ketadi.

Ona kuldi:

– Seni sotmaymiz, kimni sevsang, şuni sotib olib beramiz.

– Qöyinglar. Menga bunça yopişdilaring!..

– Böpti, böpti. Bu masalani yopamiz… – Gapni boşqa yoqqa burdi Mamaraim.

Ular yarim tungaça şu zayl gaplaşib ötirişdi. Onasi bilan akasi yotgan joylarida uxlab qolişgaç, Zulfizar körpa olib çiqib, ularning ustiga taşlab qöydi. Özi içkariga kirib yotdi.

Bu oila uruş tugaganini, hali uning yaralari bitmagan bölsa-da, şu osuda tunda ilk bor his etişdi. Bolalikdan saharmardonda turişga odatlangan Zulfizar taşqariga çiqqanda gimnastyorkasini yelkasiga taşlab olgan Mamaraim bir tomoni nurab ketgan eski tandirning boşida turardi. Garçi saraton çillasi bölsada, tong salqingina edi. Zulfizar şoşib yuz-qölini yuvdi-da, akasining yoniga borib, salom berdi. Nazarida keçadan beri şunçalik köp vaqt ötgan ediki, yuragi soğinçdan yorilay deb turardi.. Qiz bola bölmaganda akasini quçoqlab olişga tayyor edi.

– Yaxşi dam oldingizmi, akajon?

– Ha, rahmat. Xöroz qiçqiriğidan uyğonib ketdim. Hali töliq uyğonmagan edim, bir payt ot kişnaşini eşitdim. Tuşimmikin, huşimmikin deb, yonboşimga qarasam, muştdaygina bölib onam yotibdi. Uruşda baʼzan qişloqlarga yaqin borib qolsak, qöy-qözilarning maʼraşi, xörozlarning qiçqirişlarini eşitsam, yuragim kengayib ketganday bölar edi. Köz oldimga qöy-qözilar ötlab yurgan yam-yaşil adirlarimiz kelardi. Odamzod qiziq bölar ekan, ajal naqd, oyoqlarimiz osti töla mina,quloqlarimiz ostida öqlar vizillab uçib yotibdi, ammo biron kun, biron daqiqa uyga qaytiş, tinç, osuda hovlingda çalqança yotib, yulduzlarga termiliş, adirlarda yalang oyoq yuguriş orzusi köngildan ketgani yöq. Komandirlarimiz “Ona Vatan uçun olğa!” deb jangga solişganda hamişa köz oldimda mana şu qadrdon qişloq, yerga qapişib munğayibgina turgan mana şu uyimiz paydo bölar edi, – Mamarayim tandirga qaradi. – Bu öşa biz qöyib ketgan tandirmi? Qara-ya, heç narsa qilmapti.

– Ha, endi… Uyda tandir-tandir non yeydigan odam bölmasa… onam ikkkalamiz öçoqqa bir non pişirib olsak, tört kun yeymiz. Şu tandirni olib taşlay deb qança urindim, onam qöymadi, – Zulfizar yerga qaradi.

– Nega olib taşlamoqçi eding?

– Enam, qaçon qarasam, tandirni quçoqlab yiğlaydi. Sening ham içing kuyik, mening ham içim kuyik, Tandir ona Xudodan bolalarimni sörab ber, deb, yiğlayverardi. Oxiri bir kun ketmonni olib, tandirning boşiga keldim, yana bir marta şu yerga kelib yiğlasangiz, şu tandirni çopib taşlayman, dedim.

– Beçora enaginam!… – çuqur xörsindi Mamaraim. – Biz ikkalamiz otamning, akalarimning örnini bildirmay, onamni avaylab, yuragidagi yaralarga malham bölişimiz kerak.

– Ha-a…

Raykomdagilarga Zulfizarning öqiş haqidagi rejasi maʼqul tuşdi:

– Faqat Toşkentga emas, viloyat partiya qömitasi Moskvadagi oliy partiya maktabiga mahalliy xotin-qizlardan biron nomzod suriştirayotgan edi. Borasiz, öqiysiz, turar joy bilan taʼminlaşadi. Maoşingiz beriladi. Xullas, bu juda katta imkoniyat!

Zulfizar raykomdan çiqqanda ayni tuş mahali edi. Terak uçiga qadalib qolgan saraton quyoşi yeru osmonni ayovsiz qizdirar, dov-daraxtlar, yöllar, odamlar hansirab nafas olar, ana şu otaşgoh içra Zulfizardan baxtli odam göyo dunyoda yöq edi. Bir tomoni bepoyon adirlar bilan tutaş yaydoq yölda ketib borar ekan, damba-dam raqsga tuşayotgandek aylanar, nazarida u emas, uning atrofida, unga havas qilib dunyo aylanayotgandek edi.

Mamarayim hovlining bir çetida suvoq uçun loy tayyorlayotgan ekan, hamon öğlining diydoriga töymagan Oysulton xola ham uning yonida gap berib ötirardi. Zulfizar ularni körib, darrov suyunçiladi

– Ena, aka! Meni Moskvaga, oliy partiya maktabiga jönatişayapti.

Oysulton xolaning qovoği solindi:

– Öqib, yana kim bölmoqçisan? Şahar olib berasanmi? Bir diploming bor, işlayapsan, yana nima kerak senga? Birovingni Xudodan söray-söray, şu tomonlardan zörğa olib keldim. Endi sening dardingda kuyişim qolganmidi? Heç qayerga bormaysan.

Akasi esa xursand böldi:

– Unday demang,ena. Qizingiz uruşga ketayotgani yöq-ku, öqişga ketayapti. Moskvada öqib kelsa, kamida bir tumanni söraydigan arbob böladi. Nodirabegimlar ham sizning qizingizday birovning erka qizi bölgan. Qarang, ham arbob, ham şoira bölib, tarixda nomi qoldi.

Oysulton xola qatʼiy boş çayqadi:

– Qöy, bolam. Menga şuning arbobligi umuman kerak emas. Joyi çiqsa, uzatsam, tinib-tinçib, özi bilan özi bölib ketganini körsam böldi. Özi ikkovginalaring bölsanglar, biring Iroqda, biring yiroqda… Yöq, men bunga çiday olmayman.

– Uzatişga ulgurasiz, ena. Hali yoş, indamang, öqib kelsin. Töy qilişga şoşayotgan bölsangiz, mana, men uylanaman, – u kulib Zulfizarga köz qisib qöydi. – Keyin, kelin-nevaralar uyingizni töldirib yuboradi. Xöp deng, enajon, öqib kelsin şu qizingiz!

Zulfizar öqişga ketgunça akasi uyning u yoq bu yoğini şuvab, qöşni toğaning qizini qozon-tovoğiga ega qildi.

…Va şu tariqa Moskva tahsili ham boşlanib ketdi. Birinçi darsda uruş va uning qahramonlari,ğalaba va uni taʼminlagan buyuk kuç haqda yoqimsiz munozara böldi. Muallim – siyrak soçlari sap-sariq, ukkinikidek közlarida qandaydir yovuz tuyğu körinib turgan rangi sovuq kişi “Uruşda qatnaşgan har bir askar şak-şubhasiz qahramon, lekin buyuk ğalabani buyuk rus xalqi taʼminladi”,deb aytdi. Zulfizar rus tilini yaxşi tuşunsa-da, hali erkin munozara qila olmas edi. “Nega? Mening otam bilan akam kim uçun, nima uçun jon berdi?” degan savoli böğzida qolib ketdi. Lekin birinçi qatorda ötirgan uzun böyli turkman yigit örnidan turib ketaverdi: “Bu gapingiz Örta Osiyodan kelib, qon daryo bölib oqqan janggohlarda jon olib, jon bergan yigitlarga nisbatan behurmatlik emasmi?” dedi.

– Meni keçiring, muhtaram zot, – muallim mazax qilganday qöllarini köksiga qöyib, boşini egdi. – Ismi şarifingiz?

– Oğamurod Saparoviç!

– Ha, Oğamurod Saparoviç! Men juda afsusdaman, ammo bu ayni haqiqatning özi. Masalan, bir umr paxta dalasidan çiqmagan, ketmondan boşqa qurolni uşlab körmagan yoki bir umr molning izidan yurgan çöponda harbiy strategiya, taktika, manyovr kabi malakalarni şakllantiriş uçun qança vaqt kerak, bilasizmi? Bir asr! Ostonada turgan duşman sizni bir asr kutib turarmidi? Aslo! Töğri, sizning qondoşlaringiz ham bu uruşga taşlandi, ammo ular Uluğ Vatan himoyasi uçun qayerdadir jonli devor, qayerdadir duşmanning köziga katta armiya bölib köriniş vazifasini bajardi, xolos. Şubhasiz, uruş qurbonsiz bölmaydi, qurbonlar köp böldi. Sizlardan ham,bizlardan ham, duşman tomondan ham köp qurbonliklar berildi. Men yuqorida taʼkidlagan fikrimni yana bir karra taʼkidlaşni istayman, yaʼni ğalabani buyuk rus xalqi bergan qurbonlar taʼminladi.

Şu bilan munozara mavzusi töğridan töğri Örta Osiyoga köçib ketdi. Muallim 30-yillarda Özbekistonga kelgan ekan…

– Dalada işlaydigan ayollarning boşida 30-40 santimetrlik silindrga öxşaş boş kiyimi. Bu silindrni neça xil rangli römolni örab-örab yasaşar ekan. Qança vaqt dalama-dala yurib, bu boş kiyimi işlaganda xalaqit berişini ularga tuşuntira olmadik. Şuni kiyib işlaganlarga iş haqi berilmaydi, dedik oxiri. Endi bizning qoramiz körinsa, haligi silindrlarni boşlaridan yeçib, şox-şabbalarning tagiga yaşirib qöyişardi. Ketişimiz bilan yana öşa laylak uyalarini boşlariga qöndirib olişardi. “Voy, jonining foydasini bilmagan xalq-yey!” deb rosa jiği-biyronim çiqardi. Gap yöq, ajoyib xalq ekan bu özbek deganlari, – u közlarini artib-artib rosa miriqib kuldi, unga qöşilib, butun auditoriya kuldi. Auditoriya tinçigaç, u közlarini işqalab-işqalab, uzr söradi: – Orangizda, şubhasiz, özbek örtoqlarimiz ham bor, uzr. Ammo şu narsani aytişim kerakki, mehnatlarimiz zoye ketmadi,hozir uyda ötirgan kampirlardan bölak heç kim silindr kiymaydi. Özbek qizlari Moskvada taʼlim olmoqda. Mana, sizga jonli misol, –  u hammaning diqqatini Zulfizarga qaratdi. – Ismingiz nima?

– Zulfizar…

– Zulpisar? Özingiz juda gözal qiz ekansiz. Ammo töğrisini aytganda, bu ism sizga unçalik yaraşmayapti. Keling, sizga yangi çiroyli ism qöyamiz. Masalan, Zinaida! Zina! Zinoçka! Aytiş ham oson. Otangizning ismlari?

– Abdiqodir…

– Zinaida Abduqodirovna! Yöq,bunçalik murakkablaştiriş-ning nima keragi bor? Abdiyevna bölaqolsin, Zinaida Abdiyevna! Qarang, qanday jarangdor va uluğvor! Ötiring, Zinoçka! – Muallimning sovuq yuziga mamnuniyat ifodasi qalqdi.

Tanaffusga çiqişgaç, Zulfizarning atrofini talabalar qurşab oldi:

– Zina, Zinoçka! Sizlarda rostdan ham silindr kiyib yurişadimi?

– Uning usti rostdan ham laylak uyaga öxşaş oçiq böladimi? Nega?

Bu qiziquvçanlik bir tomondan uning nafsoniyatini oğritsa, ikkinçi tomondan izza qilardi. Aslida ayollarning salla örab yurişlarini uning özi ham juda yomon körardi, lekin şu sallani deb bu taxlit izza böliş!.. Uning öktamligi tutib ketdi. Hammani gap bilan qayirib-qayirib taşladi:

– Kerak bölsa, gözal Afrodita bilan Kleopatraning boşida ham silindrga öxşaş qalpoq körganman. Bu şakldagi kiyim ayol kişining yuzini çözinçoq qilib körsatadi. Buning ustiga boşingizda uzunçoq yuk tursa, uning tuşib ketmasligi uçun hamişa gavdangizni tik tutib yurişingiz kerak. Şuning uçun bizning ayollarimizning qomatlari gözal, yurişlari çiroyli böladi. Qolaversa, Özbekiston juda issiq yurt. Boşni issiqdan saqlaş uçun ham şunday boş kiyim kiyilgan.

Uning gaplarini kimdir jöyali topdi, kimdir masxara qildi. Xullas, Zulfizar momolarining “laylak uyasi” uçun bir marta yaxşigina qizardi. Şu-şu özi ham kiyim-boşiga yanayam köproq eʼtibor beradigan böldi. Bellarida qulf urib turgan soçlarini tubidan qirqib taşladi. Biroz qoramağizligini hisobga olmasa, u talabalar içida eng gözal qiz edi. “Zulpisar” böliş ham joniga tegdi. Pasport beriladigan mahkamaga borib, ismi-şarifini ham “Zinaida Abdiyevna” deb özgartirib keldi.

Uni uç-tört “osiyolik” döstlaridan taşqari hamma yaxşi körardi. “Zina, Zinoçka” deb hamma atrofida parvona bölsa ham özining “osiyolik”lari bir çetda törsayib turişar, zarur bölib qolganda ham yangi ismi bilan atamasdi.

– Şularga yaxşi köriniş uçun ota-onangiz qöygan ismdan voz keçdingizmi? Bu xiyonat, gözalim! – dedi Oğamurod oçiqdan-oçiq. – Töğri, bizda hozirça Rossiyadagi sanoat taraqqiyoti yöqdir, ammo urf-odatlarimiz, kiyinişimizning bu taraqqiyotga qanday aloqasi bor? Bizga sanoatni olib kirişsa, ustimizdan kulmasdan, sanoatga qöşib bizga begona bölgan urf-odatlarini ham tiqiştirmasdan olib kirişsin.

Zulfizar ham gapini berib qöyişni istamasdi:

– Birinçidan, men heç kimga xiyonat qilganim yöq. Baloğat yoşiga yetgan har qanday fuqaro öziga ism tanlaş huquqiga ega. Ikkinçidan, rus xalqi uluğ xalq. Bu xalqdan faqat sanoat taraqqiyotini emas, qanday yaşaşni ham örgansak, ziyon qilmaydi…

Bunday tortişuvlar baʼzan yarim tungaça davom etar, Oğamurod qizişgandan qizişar, tortişayotgan raqibi qiz bola ekanligini ham inobatga olmas, bir safar hatto “ Hay, ismi-şarifingizni şularga moslaştirib oldingiz, endi millatingizni ham özgartiring”, dedi.

Zulfizar ham gapdan qolmadi:

– Amerika fuqarolarining pasportida “millati” degan joyga “Amerika fuqarosi” deb yozilar ekan. Ajab emaski, yaqin vaqtlar içida bizlarning pasportimizda ham “Sovet Ittifoqi fuqarosi” degan yozuv paydo bölsa! Ana öşanda bu özbek, bu turkman, bu rus degan uluğlaşlar ham, kamsitişlar ham bölmas edi.

– Men bunday siyosatga butunlay qarşiman. Bu sizga öxşagan laganbardorlar öylab topgan posangidan boşqa narsa emas –  u qöl siltab davradan çiqib ketdi.

Ular tortişganda sira bir-birini ayab ötirişmasdi, ammo baribir bir joyning odamlari emasmi, şunça qarama-qarşi fikrlaşiga qaramay Zulfizarning qalbi şu yigitni körganda beixtiyor unga qarab talpinişini his etardi. Töğri, yigitning qaraşlari, haddan ziyod töpori va çörtkesarligi unga yoqmas, jinnimi bu, oliy partiya maktabining öquvçisi emiş, deb qoş çimirsa-da, iç-içidan aslida uning heç kim va heç narsadan tap tortmay öz fikrini aytişining özidanoq jahldan ham köra hayajondan qizarib, bözariblar ketardi. Ammo közlari va qaraşlari kişining jonini şartta suğurib olgudek yovqur qaraşli Oğamurod kesatiq bilan uni gözalim desa-da, baribir uning xayoli Zulfizardan-da baland, osmonda edi. Faqat har ikkovining ham şu bitta osmonga borar yöllari negadir ayro, şunday kaftdagi çiziqlardek, bitta kaftda, ammo baribir ayro edi. Zulfizar, baribir qiz bola ekan-da, yuragi toriqqanda, uyini, onasi, momosini soğinganda negadir ökrab-ökrab yiğlagisi kelar va har yiğlagisi kelganda negadir aynan Oğamurodning yelkasiga özini taşlab, otasiga xarxaşa qilgan qizaloqdek içidagilarni aytib-aytib, höng-höng qilişga tiyiqsiz mayl his etar, hatto bir gal yigitning xonasiga közlari yiğidan qizarib borgandi ham. Ammo… bu taşrifidan birinçi galda özi nihoyatda xijolat bölib ketdi. Oğamurod şörlik-ku, tiliga ötkir bölgani bilan qiz bolaga qanday muomala qilişni bilmaydi, çoği, batamom lom-mim deyolmay qoldi. Axiyri ikkalasi ham vaziyatdan çiqiş yölini topişdi. Zulfizar duduqlanib, keça uning seminarda aytgan fikriga qarşi ekanligini bildirdi. Oğamurod ham “Tupurdim öşa seminarga” demadi, jon jahdi bilan fikrini himoya eta boşladi. Axiyri ular Marksning “Kapital” asari haqida bahslaşişdan nariga ötmay, ajraşişdi. Böldi, qaror qildi Zulfizar, endi bunday ahmoqona xayollarga bormayman. Uyat bu, uyat! Yaxşiyam Oğamurod içimdagi gapni payqamadi, yaxşiyam… Ammo keyin öşa,bir borgina berilgan imkoniyatda u yigitga salgina işora bilan bölsa ham uning öziga yoqişini bu musofir yurtlarda unga faqat Oğa madad bölib yurganini aytmaganiga, aytolmaganiga köp puşaymon böldi, köp…

Bir kuni auditoriyada öqituvçi bilan qattiq tortişib qoldi. Öşa rangi murdanikidek sovuq öqituvçi edi. U Sovet Ittifoqi va undagi suveren davlatlar, ularning haq-huquqlari haqida gapirayotgan edi.

Birdan Oğamurod qöl qötarib örnidan turdi. Zulfizarning yuragi “şuv” etib ketdi: “Hozir bu yana bir narsani boşlaydi”.

– Keçirasiz, qanday suverenlik va ittifoq haqida gapiryapsiz? Men, masalan özimni suveren davlatning emas, bir mustamlaka davlatning farzandi deb hisoblayman. Bizni oldin çor Rossiyasi bosib olgan edi, Rossiyada sotsialistik revolyutsiya ğalaba qozongaç, biz sotsialistik Rossiyaning mustamlakasiga aylandik. Na bayroği, na tuğrosi, na Davlat maqomiga ega bölgan ona tili bölmagan, ota-bobosi öqigan alifbosidan ham voz keçişga majbur bölgan mamlakatni ozod mamlakat deyiş mumkinmi?

Öqituvçi boşçiligida butun auditoriya unga qarşi turdi.

– Çiq darsimdan! – Oxirida öşqirib yubordi öqituvçi. – Nonkör! Bundan keyin qorangni ham körmayin.

Butun auditoriya suv quyganday jimib qoldi:

Yaxşimi-yomonmi, yil boşidan beri yonlarida yurgan bir tengdoşlarining taqdiri hal bölayotgan edi. Ammo Oğamurodning yon beriş niyati yöq edi. Kitob-daftarlarini jildiga solib, eşikka yönaldi. Ostonaga yetgaç, ortiga burilib, özi haydalgan auditoriyaga, söng öqituvçiga qaradi:

– Keçirasiz, mana körayapsizmi, millatingiz şaʼniga aytilgan bir oğiz gap sizga qançalar oğir botdi. Şuni unutmangki, har bir millatning öz ğururi, izzat-nafsi bor.

Uni boşqa heç kim körmadi. Xonadagi şaxsiy buyumlari şundayligiça turganligiga qaraganda, u uyiga ketmagan edi.

– Uni qamab yuborişgan, – şivirlabgina bir-birlariga öz gumonlarini aytişar edi kursdoşlar.

– Ajab böpti! Tilini tiyib yurmagandan keyin şunday böladi.

Oradan olti oylar ötgaç, onasi bilan akasi kelib, rahbariyatga uçraşişdi, biron bir maʼlumot olişolmagaç, dod-faryod bilan öğillarining narsalarini yiğib, jönab ketişdi. Oğamurod hammadan köp Zulfizar bilan tortişar edi. Hattoki bir gal:

– Men sizni yomon köraman, – degan edi yuziga qarab oçiqdan oçiq, – sizga rahmim keladi.

Oğamurodning bu gaplari qançalik diliga botmasin, özining unga nisbatan tuyğulari tufayli qançalik iç-içidan nomus etmasin, ammo baribir şu yigit yöqolib qolgandan söng, Zulfizar ança vaqtgaça garangsib yurdi. Asta-sekin öziga kela boşlagaç esa könglida atrofidagilarga, muallimlariga nisbatan bir hadik paydo böldi. Ammo bu ötkinçi tuyğu edi. Köp ötmay u yana guruhning eng peşqadam, eng sevimli aʼzosiga aylandi. Bolaligidan şunday, qayerda, qanday şaroitda bölmasin, u birinçi bölişga intilar,bunga erişmagunça tinib-tinçimas edi. Birinçi böliş unga juda yoqar edi.

Diplom himoyasidan oldin, uni dekanatga çaqirişdi:

Dekanning yonida guruh rahbari ham ötirardi.

– Zinaida Abdiyevna! – dedi bir qölini frontda qoldirib kelgan dekan. – Tahsil davomida siz tirişqoqligingiz, odobingiz, taşkilotçiligingiz bilan hammamizning mehrimizni qozondingiz. Sizni uzoq bir viloyatga yuborişga közimiz qiymaydi. Kuratoringiz ham şu yerda işda qolişingizning tarafdori.

Zulfizar yuragi gupirlab urib ketdi: “Nahotki? Ittifoqning yuragi – Moskvada yaşab, işlaş!”

– …ammo, – gapida davom etdi dekan – biz Ittifoqning har bir burçida öz odamimiz, köz-quloğimiz bölişini istaymiz. Sizni viloyat partiya qömitasiga yuboramiz. Buni siz “öqib, uyimga qaytdim” deb emas, “meni viloyatda işlarni yaxşilaş uçun yuborişdi” deb tuşuningizni istaymiz.

Bu ham unga bildirilgan katta baho, işonç edi.

Yuragi böğziga tiqilib qolganday, nafas olişi qiyinlaşdi. Qalbi ğurur va quvonç hissiga tölib ketdi. Bu tuyğu viloyat partiya qömitasiga borganda öz-özidan mamnuniyat hissiga aylandi.

Yoz. Nam havo issiq va dim edi. U narsalarini yiğiştirib, yölga otlangunça toliqib bölgan edi. Ammo samolyotdan tuşgaç, uyga emas, töğri viloyat partiya qömitasiga bordi. Birinçi kotib yöq ekan. Taşkiliy kadrlar bölimi boşliği Nikolay Vladimiroviç uni “Ikkinçi”ning huzuriga olib kirdi. “Ikkinçi” – qalin qoşlari qovoqlari ustiga osilib tuşgan örta yoşlardagi rangpar kişi özini Aleksandr Ivanoviç deb taniştirdi.

– Ajoyib öxşaşlik, – dedi u Zulfizarning qöllarini siqib körişar ekan. – Meni körganlar doim nega ismi-şarifingiz rusça, özingiz osiyoliklarga öxşaysiz, deyişadi. Siz esa Osiyo gözali, ammo ismingiz Zinaida! Juda yaxşi, Zinoçka, endi sizga beradiganlarimiz bilan taniştiray: lavozim, uy, xizmat maşinasi, haydovçi, yaxşi maoş. Sizdan söraydiganimiz – sadoqat va iş. Böladimi?

Zulfizar xuşnud jilmaydi.

– Albatta, Aleksandr Ivanoviç!

“Ikkinçi” unga biroz sinovçan tikilib turdi-da, biroz istihola bilan qöşimça qildi:

– Yana bir gap. Albatta, bu öta şaxsiy masala, ammo siz bilan biz kommunistik partiyaning askarlarimiz, bizning özimiz ham, şaxsiy tuyğularimiz ham partiyaniki. Kommunistik etika degan gap bor. Unga asosan rahbarlik lavozimida işlaydiganlarning anketasi toza va ibratli bölmoği lozim, yaʼni sudlanmagan, oilali!.. Şu boisdan zudlik bilan turmuşga çiqişingiz kerak. Agar könglingizda biron odam bölsa, uni ayting. Ammo sizga uylanadigan odam sizning iş vaqtingiz çegaralanmaganligini, siz zamonaviy rahbar ekanligingizni, raşk qilib işingizga xalal bermasligini…

Nikolay Vladimiroviç qöşimça qildi:

– Siz faqat anketa böyiça uniki, aslida jismingiz ham, qalbingiz ham partiyaniki ekanligini yaxşi bilişi lozim. Şunday nomzodingiz bölsa, ayting.

Boyagi takalluflar tufayli Zulfizarning yuzlariga yoyilgan tabassum joyida qotib qolgan, birdan kayfiyati tuşib ketgan edi: “Bunday erni qayerdan topadi?”

– Ammo, siz xavotirlanmang. Agar biron aniq rejangiz bölmasa, bizga qöyib bering.

 …Uni öşa kuni keçki payt qişloqqa yarqiragan oppoq “Volga” olib kelib qöydi. Bu uning xizmat maşinasi edi.

Ular topgan nomzod – yoşi öttizlarga yetgan, peşonasidan soçlari siyraklaşib çözinçoq yuzlariga uluğlik bağişlab turgan bir kamsuqumgina yigit edi. Töy-tantana ham qilib ötirişmadi. Rasmiy idorada nikohlarini qayd qildirişgaç, şahardagi yangi uylarida uç-tört kişi bölib ötirişdi. “Birinçi”, “Ikkinçi”, “Kadr”, viloyatdagi qandaydir taşkilotda rahbar bölib işlaydigan qaynotasi, kuyov va özi, onasi bilan qaynonasi bölak xonada ötirişdi. Kampirlarning qistovi bilan mehmonlar ketgaç, mulla çaqirib, şarʼiy nikoh öqitildi. Nikohdan keyin qaynona Zulfizarni bağriga bosib, biroz köz yoş qildi:

– Aylanib ketay sizdan, bolam sizga omonat. Özi yaxşi yigit, ilmga juda berilganidanmi, heç birovga yuqumi yöq, piça böşroq. Bir kun yonida ötirsangiz ham undan bir oğiz gap ololmasligingiz mumkin. Lekin köngli toza, ğubori yöq.

Zulfizar kuldi:

– Xolajon, menga aynan şunday odam kerak-da özi. Işimiz oğir, baʼzan keçroq qaytişim bor, baʼzan aytmasdan uzoq qişloqlarga ketib qolişim bor. Şunday paytda horib-tolib kelgan holimga bu kişiyam jahl qilib, tergab boşlasa, keyin menga juda qiyin böladi.

Oysulton xola qizining bu qadar erkinligidan yangi quda oldida xijolat tortdi:

– Nima, tergamaydi deb öylayapsanmi? Albatta tergaydi, erman-har narsa derman, deyişgan.

– Yöq, yöq, mening bolamning qölidan birovni tergaş kelmaydi. Öziga töğri bölsa, böldi-da. Ayol zoti eng avval özi uçun şaʼnini asraydi.

Zulfizar ilojsiz holda rahbarlarining topşiriğini bajarayotgan bölsa-da, şu taxlit, tomdan taraşa tuşgandek birovning xasmiga aylanayotganidan köngli juda xijil edi. Na bir izhori dil, na bir mardona şart aytmay, indamay uyiga, hayotiga kirib kelgan odam unga heç yoqmadi. Ammo, çidaş kerak. Köngliga yaqin biron inson bölmagaç, kim bilan yaşaşining nima ahamiyati bor? Qaynonasining gaplarini eşitib, biroz köngli yorişdi: mehribon, aqlli ayol ekan. Ketişga çoğlanayotgan qaynonasi bilan qaynotasini yotib qolişiga undadi:

– Keç bölib qoldi, yotib qolinglar, xona köp, xolam onam bilan gurunglaşib yotadilar.

Nodir ham yomon yigit emas edi, içmaydi, çekmaydi,yomon gapi yöq. Yarim tungaça yozuv-çizuvi bilan band. Qorni oçsa, indamay özi çoy qöyib içaveradi. Baribir bu holat Zulfizarning könglini ilita olmasdi: “Erkakka öxşamaydi, latta!” Ammo eriga nima ham deydi: “Bilganini qilsin!”

Öğli tuğilgaç,eri birdan özgardi. Xotinining emizikli bolani onasiga taşlab, özi yarim tungaça işda yurişlariga heç könika olmay qoldi. Öşa kuni olis toğli qişloqlarga borişgandi. Yarim tunda qaytdi. Haydovçi u tomonga ötib, eşigini oçayotgan edi, darvoza oldida eri körindi. Zulfizar zim-ziyo tunda ham erining yuzi qahrli ekanini bildi. Haydovçining oldida vaziyatni yumşatiş uçun eriga öziça takalluf qilgan böldi:

– Ha, dadasi,xavotirlandingizmi?

Eri esa… yuziga tarsaki tortib yubordi.

– Nega, nima uçun?! – Zulfizar joyida qotib qoldi.

– Men… ostonada ham begona erkakka bilagini uşlatadigan ayol bilan ortiq yaşay olmayman.

– Qanday begona erkak?! U haydovçim-ku! – çinqirdi Zulfizar.

– Haydovçing erkak emasmi?

– Mayli, erkak ham deylik, ammo qanday saviyasi past odamsiz? Nahotki men özimni şu öqimagan haydovçiga teng körsam? Juda çarçagan edim, maşina baland bölgani uçun ”uşlaşib yuboring” dedim.

– U esa huzur qilib bilaklaringizdan uşladi!..

– Siz siyosiy kör feodalsiz!

Öşa tun töşaklar bölindi.

Ertalab Nodir uzr söradi.

– Zulfizar, meni keçiring. Men sizni rostakamiga yaxşi körib qolganga öxşayman. Endi ketmasam bölmaydi. Xavotirlanmang, nikohimiz turaveradi. Anketalarga ham bemalol “Oilaliman” deb yozaverasiz. Söraganlarga “Erimni Toşkentga işga çaqirişdi, ilmiy iş qilyapti”, deysiz. Men Toşkentga ketaman. Faqat iltimos, Botirjonni ehtiyot qiling, unga sizning mehringiz, eʼtiboringiz kerak.

“Ketmang!..” deyişga ğurur yöl bermadi. Ammo yuragidan nimadir uzilib ketganday böldi. Indamadi, hatto kuzatgani ham çiqmadi. Neça kun yurar yölidan adaşgan devonaday halovatini yöqotdi. Öziga kelgan kun angladiki, öşa “Feodal” yigit hayotining bir bölagiga aylanib bölgan, unga örganib qolgan edi. Hamişa atrofingda öralaşib yuradigan jonzotga örganib qolganday…

Muhabbatsiz boşlangan turmuş muhabbatga öxşaş iliqqina munosabatlar paydo bölgaç, şu tariqa buzilib ketdi.

Davomi 34 betda

* * *

Botib borayotgan quyoşning bir çeti körinib turardi. Kasalxona hovlisi aylanişga çiqqan bemorlaru, yöqlovçilar bilan gavjum. Ukol taʼsiridan zörğa közini oçgan Zulfizar yonida jovdirab ötirgan qizini körib, ezildi. Bemador qöllarini uzatib, asta qölidan tutdi:

– Sora, sen baxtli bölişing kerak.

– Onajon, u nima deganingiz?

– Men uçun ham, akang uçun ham!..

– Qöying, öşa bangini gapirmang. Hamma narsani sotib, sizni kafangado qilgan şu. Endi hovlini sotasiz-da, qöşnim uyini sotayapti, şu yerga köçib kelasiz. Bilganini qilsin. Özingizga dori olmay, pensiyangizni ham şu ahmoqning narkotigiga berib yurganingizni bilaman, ona! Öşani deb şu köyga tuşdingiz. Endi böldi, hammasiga nuqta qöyaman.

– Sen bolam, özingni, özingning baxtingni öyla. Akangning taqdiri uçun men javobgarman. Keça-kunduz iş deb çopib yurmasdan şu bolaga ozgina eʼtibor, vaqt ajratganimda şu körguliklar bölmasdi. Bizning davrimizda ota-onaning bir kuçi bolalarining ustini butlab, qornini töyğazişga ketar edi. Şundayam haftada bir marta yovğon iça olmasdik. Ustimizdagi kiyim yuvilsa, qurigunça körpaga kirib turardik. Men bolamga eng sara kiyimlarni kiydirdim, tanlab-tanlab yedirdim. Pul şundaygina tokçada turardi, hisobini söramas edim. Söraş, tergaş kerak ekan, uni yomon bolalar yöldan urdi. Momongni ham, meni ham doğda qoldirdi.

– Yöq, ona, öşa şaroit menda ham bor edi. Nega men giyohvand bölmadim. Nega?! Bilsangiz, hamma narsa odamning öziga boğliq.

– Sen axir qiz bolasan. Nahotki, qiz bola böp turib…

– Ona, mening rus maktabda öqiganimni unutmang. Bizning qizlarimiz özbek maktablaridagi öğil bolalardan battar edi. Çekiş, içiş, yigitlar bilan yuriş ular uçun odatdagi ermak edi. Maktabning orqasidagi ovloq hovlilarning hojatxonasiga borib, neçtasi kayf bilan uxlab qolardi. “Akam uçun kuyib yurgani yetadi, xavotirlanmasin” deb men bularni sira sizga aytmas edim.

Zulfizar uning barmoqlarini qisib qöydi: “Rahmat”. Ança jim yotib, yana özini aybladi:

– Otasining oldida ham yuzim şuvut böldi. Keyinroq bölsa ham otasiga xabar qilganimda kelib, olib ketardi. Davolatib, töğri yölga solib yuborarmidi? – Xayoliga kelgan fikrdan közlari “yarq” etib oçildi. – Haliyam aytsammikin? Men uning iş joyini bilaman. Borib, yonimga aytib kel, bolam. Ölib-netib ketsam, akang şörlik… Xotini ham haydab yuborgan, köçada itday ölib ketmasin.

Sora indamadi. U akasini juda yomon körardi. Şu aka uçun qaysi bir joyga borib, kimlarnidir aytib kelgandan köra… Ammo onasi aytganini qilmay qöymaydi.

– Maylimi, qizim? – emrandi ona.

– Xöp, – u törsayib oldi.

Zulfizar horğin qovoqlarini yumdi. Hozir boşida öşa, bir tarsaki urib, muhabbat izhor qilgan, ammo muhabbatini himoya qilişdan qörqib qoçib ketgan lapaşang Nodir paydo bölganda ham uning közlariga qaramaslik uçun şunday közlarini yumib olar edi.

Ammo közlarini yumib bölsa-da, hozir öşa odam bilan gaplaşişi şart. Öşanda, u ketib qolgan damlar biroz böşaşib siqilganini aytmasa, tez kunda işga şönğib, uni könglidan butunlay çiqarib yuborgan edi. Hatto boğça opalar “Öğlingizning dadasi kelib, körib ketdi”, deganda ham qalbi bir entikmadi. Şu odamga balki biz kerakdirmiz-a, deb öylamadi. Uning qayerdan kelib, qayerga ketgani, nimalar bilan şuğullanayotgani bilan umuman qiziqmadi. Baʼzan kimdir xuşomad qilibmi, “Eringiz Toşkentdagi falon ilmiy tekşiriş institutida işlayotgan emiş”, “Haliyam uylanmagan emiş”, “Nihoyat uylanibdi beçora” kabi maʼlumotlarni yetkazişganda ham uzoq bir qarindoşlar haqidagi gapdek “ha”, deya qöl siltab qöya qolardi. Haqiqatan ham öşa paytlar uning işi juda köp edi. U yer-bu yerda öz joniga qasd qilgan har bir fakt uçun Markazkom oldida tik turib javob berişardi. Ayni paytda barça tuman va qişloqlarda şunday holatlarning oldini oliş masalasida tinmay yiğilişlar ötkazar edi. Uning yiğilişlaridagi sörovlarda erkak rahbarlar ham dağ-dağ titrab turişar edi. Hurmat-izzat, takalluf va tavozelar ham şunga yaraşa edi. Şunday bir paytda bir zamonlar yuziga tortib yuborgan tarsakidan xijolat bölib, “men sizni yaxşi körib qolibman, şekilli”, deya ketib qolgan erkak uçun ğussa çekib yurarmidi?

Endi esa… Hammasi ortda qoldi. U minbarni muştlagan dam yuzlab erkak yiğilgan majlis ilkis qalqib ketgan davrlar,bir oğiz takallufini mukofot deb bilgan odamlar-bir ertak endi. Endi, giyohvand öğil,behol, bemador vujud va bor şarbati siqib olingan anordek pökillab qolgan yurakdan boşqa heç narsasi yöq. Endi öşa, bir zamonlar “Öğlimizni ehtiyot qiling”, deya ötinib ketgan böşang odamning yordamiga muhtoj bölib yotibdi. “Topşirsam edi”, muammolarning yeçimini şu niyatda kördi. Lekin u juda muloyim, mehribon odam, öğlini yaxşi gap bilan yölga soladi. Botir ham giyohvandlikdan butkul çarçadi. “Boşqa çekmayman” deb yuz marta qasam içadi, ammo kayf xuruj qilgan dam özini idora qila olmay qoladi. Unga hozir qatʼiyatli, mehribon bir suyançiq kerak. Ana şunda şunça yildan beri azob bergan ofatdan balki butunlay qutilib ketadi.

* * *

Zulfizar endi tuşlikka çiqay deb turganda, içki telefon jiringlab qoldi. Uyga ketayotgan payt yana biron muammo çiqibdimi, degan xavotirda göşakni kötargan edi, “Kadr”ning ovozi eşitildi:

– Zinaida Abdiyevna! Tuşlikka çiqayapsizmi? Bizning xonaga bir kirib ötsangiz, degandim.

 Har qanday vaziyatda ham bu odamga yöq, deyişning iloji yöq. Viloyatda uning mavqei şu darajada baland ediki, hatto “Birinçi” ham biron muhimroq qaror qabul qilişdan oldin, albatta uning fikrini sörardi. Zulfizarga biron marta ham ters gapirmagan bölsa-da,bu odam Zulfizarning köziga juda xavfli bölib körinar edi.

Xonada “Kadr”dan taşqari oq-sariqdan kelgan uzun böyli, tepakal bir kişi ötirardi. Zulfizar uni bir qaraşdayoq uni tanidiyu,birdan duv qizarib ketdi, Ammo tezda özini qölga olib, yuziga jiddiy, hukmronona, şu bilan birga iltifotli tus berdi. Içida esa bir narsa tiqillay boşladi. Bu odam? U bu yerda nima qilib ötiribdi? Toğ toğ bilan uçraşmaydi, degani şu ekan-da?

“Kadr” örnidan turib, mulozimat körsatdi.

– O! Ideologiya malikasi, xuş kördik. Özim çaqirmasam, kiray ham demaysiz? Sizning atirlaringizni bir hidlaş uçun yölaklarda tentirab yurişga majbur bölayapmiz. Bu nima degan gap axir?

– Qöysangiz-çi, Nikolay Vladimiroviç, –  xijolat böldi Zulfizar, – oçilmagan duxilarim bor. Istasangiz, bittasini sovğa qilaman.

– Yöq, azizam, menga sizning tabiiy iforingiz bilan omuxta bölgan duxi kerak. Bordi-yu, duxi bilan sizni xonamga köçirib kelsam, viloyatda ideologiya işlarini barbod qilgan bölaman. Bu esa aslo mumkin emas. – U nim tabassum bilan ularning suhbatini tinglab ötirgan mehmoniga yuzlandi. – Senga aytgan Osiyo gözali şu kişi, ammo körib turganingdek, aytganimdan ham gözal, oqila va talabçan, – söng Zulfizarga ögirildi. – Tanişing, mening eng yaqin döstim Anatoliy Abramoviç! Fazilatlari juda köp: mehribon döst, qöli gul xirurg, eng muhimi dono tadbirkor, uni bir çöpning ustiga xörozqandday qilib ötirğizib qöysangiz ham, tadbir işlatib, siz bilan mendan köproq pul topadi. Nuqsonlari ham bor, qizlarni, ayniqsa mahalliy qizlarni juda yaxşi köradi.

Ajab, mehmon ham xuddi Zulfizar kabi ayolni birinçi körib turgandek tutdi özini. Lom-mim deyişga ojiz odamdek xijolatomiz qöllarini yozdi:

– Şarq qizlari gözal bölişsa,bunda mening aybim nima? Axir gözallikning qoşida xudolar ham tiz çökişgan.

Zulfizar yalt etib Anatoliyga qaradiyu, darrov közini yaşirdi. Ajab! Uni bunçalik abjir, sözga usta deb öylamagan ekan. Indamagandan qörq, deb şuni aytişsa kerak-da? Vaholanki bundan bir yil burun Zulfizar tösatdan köriçak bölib qolgan, tabiiyki uni viloyatdagi eng nufuzli şifoxonaga zudlikda yetkazişgan va şaxsan Anatoliy Abramoviçning özi uni operatsiya qilgan edi. Garçi şifoxonada uç kungina yotgan bölsa-da, u har qanday bemor kabi tabibiga boğlanib qolişiga ulgurgan, indamas, lekin közlari kulib turuvçi, aqlliligi qaraşlaridan ayon, ozoda, baquvvat qöllarini goh uning peşonasiga qöyib körib, goh bemorining tomirini uşlab, uning neça yillardan buyon erkak qöli tegmagan vujudini biroz seskantirgan, biroz titratgan, eng qiziği, Zulfizar, kap-katta rahbar, şu birgina şifokorning qarşisida ojiz, behimoya quşçadek javdirab, undan köz uzolmay qolgan, şifokor atrofida girgitton bölib turgan hamşirayu navbatçi döxtirlarga körsatma berayotgan çoğdagina uning biroz böğiq va bosiq gapirişini bilib olgan, bu ovoz uning quloqlariga ham xuş yoqqan edi. Ammo oyoqqa turişi bilan şifoxonadan yov quvgandek, hatto xaloskori bilan xayrlaşmay çiqib ketgandi. Iş! Iş kutib turmaydi! Mavsum! Reja pasayib ketibdi, e Xudo, uning yalpayib yotişi-çi? Topgan vaqtini-çi bu köriçakning? Şu tariqa Zulfizar bu sirli şifokorni keyin bir yo ikki bor ğalat entikiş bilan esladi. Esladiyu, darhol uning suratini xotiridan öçirdi. Bemaʼnilik! Kasallik, arzimagan dard bölsa ham, baribir odamni ojiz qilib qöyarkan, dedi. Işga şönğidi va uni butkul yodidan çiqardi-qöydi, tamom.

– Iltimos, Tolik, öz aybingni oqlaş uçun xudolarni gunohkor qilma, – hamon vaysardi “Kadr”, – undan köra böydoqman, uylantirib qöy, keyin heç kimga qaramayman, de. Biz aybingni öçiraylik, – u kula-kula Zulfizarga yuzlandi. – Maʼlumot uçun yana bir narsa: u böydoq. Lekin buni nuqsonlari röyxatiga ham, fazilatlar röyxatiga ham kirgiza olmayapman. Siz nima deysiz?

Ikki erkakning bu tarzdagi tagdor gaplari Zulfizarning nafsoniyatiga tega boşladi. Ammo özini qölga olib, nim tabassum bilan jimgina turaverdi: boşqa nima ham qila olar edi?

– Darvoqe, bizning malikamizning ham boşlari oçiq. Agar fariştalar omin, deb, sizlar turmuş qursalaringiz, sotsialistik jamiyatda ajoyib ibrat namunasi bölardi.

“Bunisi endi oşib ketdi! Işda kamçilikka yöl qöygan bölsa, urişsin, söksin, ammo şaxsiy hayotiga bu xilda aralaşuv!..”.

– Keçirasiz, Nikolay Vladimiroviç, onamning toblari yöq edi. Dori olib bormoqçi edim, –  u qovoğini uyub oldi.

Gapi bölingani “Kadr”ga yoqmadi:

– Şundaymi? Biz siz bilan tuşlik qilmoqçi edik-ku. Ha, mayli, boring. Ammo bir şart bilan, ertaga özingiz bizni tuşlikka olib borasiz.

Zulfizar indamadi.

Eşik oldiga yetgaç, sekingina boş egib “Yaxşi qolinglar” dedi-yu, xonadan çiqib ketdi.

Moskvadan qaytgandan buyon biron gapi ikki bölmagan, qayerga borsa, hadik va hurmat bilan kutib olingan Zulfizar “Kadr”ning bugungi muomalasidan özini yöqotib qöydi. Bir narsa deyin desa, butun obkam, jumladan Zulfizarning taqdiri ham uning qölida. Demasa, oçiqdan oçiq, bu xil “hukmronlik”! Ammo bundan ham battari anov yaramas döxtirning indamay, uni “Kadr”ning ilmoqli gaplariga ölja qilib taşlab qöyişi böldi. Özini kim deb öylayapti u? Xöp mayli, gap nişabi bu tariqa keçmaganda, Zulfizar ölibdimi, fursatdan foydalanib, unga minnatdorçiligini bildirardi. Agar yodidan çiqqan bölsa, ular taniş ekanligini “Kadr”ning oldida aytardi. Ammo erkak bölib Zulfizarni tanişini yaşiribdimi, demak, şunday bölişi kerak ekan-da. “Kadr”ning oldida şaxsiy munosabatlarni bildiriş xavfli, ha, juda xavfli, buni Zulfizar yaxşi biladi. Şuning uçun ham döxtirning özini bu tarzda tutgani ham… uni… Zulfizarni öylab qilgan harakatidir?

Şunga qaramay, baribir tuşlikdan keyin ham yuragining siqilişi tarqamadi. Keçga yaqin Xadiça keldi. Qizligida bir tutam çuçmomadekkina bölib yuradigan Xadiça turmuşga çiqqaç, tölişib, oçilib ketgan edi. Uning çaqnab turgan közlariga qarab, Zulfizarning biroz kayfiyati kötarildi:

– Jöra akam seni nima bilan boqayapti, kundan kunga semirib borayapsan? – hazil qildi u dugonasini bağriga bosarkan.

– Şu akang özini boqsayam… topgani maktabidan beri kelmaydi. Hali u yerini yamaydi, hali bu yerini. Eskini yamayman deb, erim beçoraning esi ketdi.

– Nimaning hisobiga bunça semirayapsan, bölmasa?

– Özim-çi? Ikki stavka darsim bor. Kerak bölsa, oyligim direktornikidan ikki baravar köp.

– Unda yaxşi, xursandman. Keç bölganda oyligim köp deb, meni restoranga taklif qilib kelmagandirsan, hoynahoy?

– E-e, qöysang-çi, sening könglingni topişga yöl bölsin. Akangning dardi bilan yuribman. Yonimizda yangi maktab qurilayapti, şu yoqqa direktor qilib ötkazib ber. Bölmasa, beçora erim şu eski maktabni songa solaman deb ajalidan beş kun burun ölib ketadi. Özi mazasi yöq. Uruşning asoratlari asta-sekin yuzaga çiqayapti.

– Yaxşilab qara, davolansin.

– Ön beş kun bir joyga borib dam olib kelsang, ruhingda qanday özgarişlar böladi. Bu kişi tört yil qon keçib, jon olib, jon berib yurgan. Haliyam quloqlarim ostida snaryadlarning portlaşlari, jon berayotgan askarlarning ingraşlari eşitilib turadi, deydi. Ming ehtiyotlab qaraganim bilan…

– Ha-a… – dugonasining gaplaridan oğir bir söliş oldi.

Ularning suhbatini telefon qönğiroği buzdi.

– Eşitaman, – Zulfizarning xayoli özida emas edi, “Kadr”ning ovozini eşitib, birdan xuşyor tortdi. – Labbay, Nikolay Vladimiroviç!

– Zinaida Abdiyevna, işlayotganmidingiz?

– Ha, Nikolay Vladimiroviç!

– Bugungi taklifim haqda öylab kördingizmi?

Zulfizarning yuragi “şuv” etib ketdi:

– Qaysi taklifingiz? – bilib turgan bölsa-da, bilmaganga oldi.

– Anatoliy Abramoviç haqida aytayapman. Ammo lekin siz Tolikka juda yoqib qolibsiz. Tuşlikdan beri ön marta telefon qildi, qaçon uçraşamiz, deb.

– Qöysangiz-çi, biz boşqa-boşqa dunyo odamlarimiz. Bunday gap bölişi mumkin emas.

– Iye, bu gapni siz aytayapsizmi? Aytayotganlaringiz özingiz tarğib qilayotgan “millati, irqi, mansub bölgan dinidan qatʼiy nazar…” degan ideologiyangizga qarşi emasmi?

– Nikolay Vladimiroviç, iltimos qilaman, meni qiynamang. Men u kişining millati, irqi haqida bir narsa deyayotganim yöq. Agar köngil qöysam, xabaşga ham tegişim mumkin. Ammo tuşgaça tanişgan odamga keçqurun turmuşga çiqa olmayman-ku.

– Zinaida Abdiyevna, sal oşirib yubormayapsizmi?

– Ha, balki oşirib yuborayotgandirman, meni keçiring, ammo…

– Bu siyosat uçun kerak, muhtarama Zinaida Abdiyevna. Siz bilan biz partiyaning askarlarimiz, har daqiqada özimizni unga qurbon qilişga tayyor turişimiz şart. Menimça, şu bilan bu masala hal. Bundan Markazkomning ham xabari bor. Ular siz bilan bizni olqişlamoqda.

Zulfizarning ustidan bir çelak qaynoq suv quyilib ketganday böldi. Uning rangi qumday oqarib ketgan edi. Nima bölganda ham!.. U qöğirçoqmidiki, istagan odamlariga sovğa qilib yuborişaversa? Unga qarab, Xadiça ham qörqib ketdi.

– Kim, Zulfizar? Seni kimga berişmoqçi?

– Anatoliy Abramoviç degan jarrohga! – öziga özi gapirayotganday közlarini nomaʼlum nuqtaga tikib javob qildi u.

– Anatoliy Abramoviç? Viloyat şifoxonasidagi jarrohlik bölimi boşliğimi? – Xadiçaning közlari katta-katta bölib ketdi. –  Axir u juhud-ku. Juhudga tekkan odamning yetti puşti kuyib ketadi. Sen şunga rozi bölasanmi?

– Boşqa ilojim yöq.

– Nega, nega?! Bu sening hayoting, axir. Unga xöjayinlik qilişga heç kimning haqqi yöq.

Zulfizar dugonasining ğazabga tölib ketgan közlariga mayuslanib qaradi:

– Aks holda işdan ketişim kerak.

– Ket, ketaver. Nimaga kerak şu iş senga? Oddiy muallim bölsang ham, onang bilan bir öğlingni boqa olasan.

– Odamlar-çi? Işini eplay olmagani uçun haydaşdi, deb kulişmaydimi?

– Juhudga tegsang-çi, bundan battar kulmaydilarmi?

Zulfizar indamadi.

– Töğri, yuzingga qarab kula olmasliklari mumkin, ammo ortingdan “qah-qah” otib kulişadi, nafratlanişadi. Musulmonlik nomiga doğ tuşirdi, deyişadi.

– Noilojman, Xadiça! Qolaversa, özga millat bilan taqdirini boğlagan bir menmi? Xonlar yetti iqlimdan gözal qizlarni olib kelib, uylanişgan. Men uning millati boşqa ekanligini aytmayapman. Uni umuman bilmayman, hatto durustroq gaplaşib ham körmaganman.

– Bilsang… unga tegişing ham mumkinmi?

– Nima böpti? Dugonajon, men dahriyman, ammo sen siğinadigan Xudoning oldida ham hamma bir xil maqomga ega banda. Muso yahudiylarning payğambari, Iso xristianlarniki, agar Olloh bu millatlarning bandalarini yomon körganda, ularga payğambarlik maqomini bermagan bölardi. Töğri, men bu masalalarni unçalik çuqur bilmayman, ammo Xudo odamlarni özbek, öris, yahudiy deb ajratmaydi, ularning mömin va munofiqligiga qarab ajratar ekan, şuni bilaman.

– Onang bilan akangga nima deysan?

– Ularga tuşuntirişni senga yuklayman.

– Yöq.

– Bu hamma zamonlarda bölgan, azizam. Partiya mendan mana şu arzimas qurbonlikni sörayotgan ekan, men bunga tayyorman. Öşa erkakni sevib, ardoqlab, odamlarga ajoyib oila namunasini namoyiş qilaman.

Aslida Zulfizar bu gaplarni Xadiçaga emas, öziga aytayotgan, böğziga tiqilib, isyon kötarayotgan özligini işontirmoqçi bölayotgan edi. Ammo har qança öktamlik qilib, dadil-dadil gapirmasin, iç-içidan nimadir uzilib, sillasi qurib borayotganini his etib turardi. Garçi bir tomondan qarşisida oçilişga şay turgan baxt va işq eşigi qarşisida yuragi gupirlab urib yotgan bölsa-da, ammo iç-içida nimadir beşafqat tarzda bu yoqimli titroqlarni “bu mumkin emas, aslo!” deb şart-şurt sidirib taşlayotgandek bölar, şu bilan birga u özini özi “men nima ham qila olardim, talab şunday” deb çalğitişga urinar, biroq u közlar, u nigohlar, u muloyim, ha, kuçli, baquvvat, ammo ipakdek mayin, vujudingga tegsa jon ato etgandek bir yoqimli tuyğu uyğotuvçi u qöllar izmiga özini butunlay, bir umr taşlaş istagi xiyonatkor iblisdek, uni mazaxlagan kabi tuyğularini nomaʼlum, kişining esida qolmaydigan, ammo nima bölsa ham eşitging kelaveradigan kuyni çalgan kabi tuyğularining torini “ting-ting”, “jing-jing” çalib qöyar va Zulfizar şu torlar titroğining özidanoq barçasini qanday bölsa şundayligiça, şaroit oqimiga taşlab qöyişni istar, ammo negadir dugonasiga içini yorolmas, kuyovlikka nomzod bu juhud döxtirga özi ham beeʼtibor emasligini tan oliş göyoki özini özi sazoyi etişdek tuyulib, battar aybdorlik hissini tuyardi.

Ikki dugona örtasidagi uzoq davom etgan noxuş jimlikni Zulfizarning öyçan ovozi buzdi:

– Qişloqni soğinibman. Sizlarning supalaringda yotib, yulduzlarni tomoşa qilişlarni… Bor boyligimiz egnimizdagi bittagina çit köylak bölsa ham bizdan baxtli odam yöq edi öşa kunlarda. Maktab-çi? Köktoş kuydirib oqlatganlarimdan keyin qanday çiroyli bölib ketgan edi. Qaniydi, bir umr öşa maktabda qolib ketganimizda…

– Ha…

– Endi esa, öşa soçlari qirq örim Zulfizar yöq. Men Zinaida Abdiyevnaman! Sen ehtimol,bilmassan, mansab, şon-şuhrat juda yomon narsa. Pastlikdan turib, çöqqiga qarasang, çöqqi juda çiroyli körinadi, könglingda havas paydo böladi. Ammo çöqqida turib, pastga qarasang,yuragingni vahima bosadi, tuşib ketişdan qörqasan. Menda ham hozir şunday holat. Pastga tuşişdan, odamlarga masxara bölişdan qörqaman. Buning ustiga, ruslarning bizning qizlarimizga past nazar bilan qaraşlariga çiday olmayman. Bu yerda özbek qizlarining nimalarga qodir ekanligini körsatib qöyiş uçun ham ötirişim kerak.

– Yaxudiyga tegibmi?

– Qöysang-çi bu gapni. Uyam Xudoning bandasi, sen bilan men kabi teng huquqli fuqaro. Kel, yaxşisi biron kun qişloqqa boraylik, sizlarnikiga,biznikiga, maktabga!.. Heç kimga aytmay, sekingina… Qaytadan bola bölib… Agar öşa supalaring turgan bölsa, bir keça yotib ham qolamiz.

Xadiça unga ğamgin tikildi:

– Supaning egasi ötib ketdi-ku, supa qolarmidi? Onam şörlik har yili somonşuvoq qilib, yaltillatib qöyardi. Akalarim buzib,joyiga yoğoçdan karovat qilişdi.

– Mayli, öşa karovatda yotamiz. Osmon, yulduzlar turibdimi, axir?

– Mayli. Sen vaqt topsang agar…

– Menga qara, Xadiça, enamga sen ayt,tuşuntir. Öquvçilaringga tuşuntirganday, hijjalab, işonarli qilib!..

– Ilojim yöq, – közlarini yumgança boş çayqadi Xadiça, – buni mendan sörama.

U bu gapni şundayin qatʼiyat bilan aytdiki, Zulfizar boşqa har qanday ötinç nojoiz ekanligini tuşunib yetdi. Qahri keldi. “Tumşuğidan narini körmaydi. Butun dunyo bir-biri bilan quda-anda bölib yotibdi. Bu esa bir erdan çiqqan dugonasi uçun fojia yasaydi. Şu kursida ötirib tursam, eng avvalo şularning obröyi emasmi?”

– Xöp, aytmasang, özing bilasan. Faqat juhud ekanligini ham aytma. Rus deb öylay qolişsin.

– Bir kun kimdir haqiqatni aytadi-ku, baribir.

– Aytişganda kuyovlariga könikib bölgan böladi.

…Ertasi kuni Anatoliy Abramoviçning özi qönğiroq qildi:

– Allo!..

– Eşitaman… – Zulfizarning ovozi titrab ketdi. Garçi ular deyarli gaplaşişmagan bölsa-da, bu odamning ovozini bir oğiz sözidan tanigan edi.

– Assalomu alaykum, Zinaida Abdiyevna! Soğ-salomatmisiz? Men Anatoliy Abramoviçman.

– Tanidim.

– Biz bir uçraşişimiz kerak, Zinaida Abdiyevna!

– Nega?

– Sizga aytadigan muhim gaplarim bor.

– Hamma gapni siz uçun aytib bölişgan, – garçi suhbatdoşining taklifi unga juda yoqayotgan bölsa-da, Nikolay Vladimiroviçning takabburligi juda nafsoniyatiga tekkanidan mavridi kelganda çaqib-çaqib olgisi kelayotgandi.

– Qöying, bu gaplarni. Mening aytmoqçi bölayotganlarim butunlay boşqa narsa. Iltimos, yöq demang.

– …

Keçki payt şahar çetidagi kiçkinagina hovliga borişdi. Ularni yoşi ötinqiragan bir kişi kutib oldi. Hovli şinam va orasta edi. Hovli örtasiga qöyilgan aylana stolga oppoq dasturxon yozilib, unga gul, höl mevalar va ikkita şam qöyilgan edi. Ular içkariga kirişgaç, kutib olgan kişi uzr sörab, “zarur işlarim bor edi” deb, hovlidan çiqib ketdi. Anatoliy Abramoviç çaqqonlik bilan iltifot körsatib, uni stolga ötirğizdi, özi ham ham kostyumini yeçib, örindiqning yelkasiga kiygizib qöydi-da, oşxonadan taom suzib keldi.

– Ziravorlar solib dimlangan baliq!..

– Baliq?! Bu taomni yaxşi körişimni qayerdan bildingiz? – hayron bölgan Zulfizar xursandçiligini yaşira olmadi. Yöq, sevimli taomi dasturxonga tortilganidanmas, kimdir uning könglini topiş uçun şunçalik ölib-tirilayotgani uçun xursand edi. – Harqalay, döstingiz bu taomni yaxşi körişimni bilmas edi.

– Ha, u bilmas ekan. Ammo şuni unutmangki, razvedkaçilik qobiliyati bölmagan odam jarroh böla olmaydi. Siz juda katta odamsiz, siz bilan restoranlarga borib bölmasa… Şunday bölgaç, şu uyga olib kelişga töğri keldi, bu toğamning uyi, u yolğiz yaşaydi,ozgina bölsa ham kayfiyatingizni kötarar deb, suruştiruv işlarini ham olib bordim… – U biroz engaşib, qölini Zulfizarning qöllari ustiga qöydi. – Meni keçiring, Zinaida Abdiyevna… – Zulfizar şoşib qöllarini tortib oldi. – Men sizga bu tarzda erişişni sira ham istamagan edi. Menga majburiyat bilan emas, sevib-sevilib turmuşga çiqişingizni istayman. Sababi… Men sizni yaxşi köraman.

Zulfizarning potirlab ketayotgan yuraklari köksiga siğmay, buğziga tiqildi. Qarşida titrab-qaqşab ötirgan odam garçand özga millat odami, özga bir tilda izhori dil aytayotgan bölsa-da,butun vujudini yoqimli titroq egallab olgan, nazarida u bu daqiqalarni,bu odamni bir umr kutgan-u,endigina yetişgandek edi. U indamay yerga qaradi, nima desin, nima ham deya olar edi?

– Agar yuragingizda menga nisbatan heç qanday rağbat bölmasa, Kolyaga özim aytaman, sizga ortiqça tixirlik qilmaydi. Ammo men judayam istaymanki, menga bir imkoniyat bersangiz, sizni baxtiyor qiliş imkoniyatini… Axir siz juda gözalsiz, siz umringizni, özingizni bu xilda işga fido qilişingiz aslo mumkin emas, siz sevişingiz, sevilişingiz kerak. Odam axir robot emas, jonli mavjudot…

Ular uzoq gaplaşib ötirişdi. Töğriroği, Anatoliy Abramoviç gapirdi, u tingladi.

Oysulton xola yangi kuyovni körganda Zulfizar ilk bor qişloqqa yalanğoç oyoqlarini şirdaytirib, tizzasidan baland köylak kiyib borganida Ulkan kampir tuşgan holatga tuşdi.

– Bu yana nimasi, qizim? – deya oldi zörğa.

– Men uni yaxşi körib qoldim, ena.

– Endi örisga tegasanmi, bolam,elga kulgu bölib?..

– Ena, Ollohning oldida öris-özbek degan gap yöq, hammamiz Xudoning oldida birdek bandamiz.

Oysulton xola indamadi. Nima ham desin? Yoş bola bölsa ekan, qölidagi öyinçoğini olib qöysa yoki içkari xonaga qamab qöysa?

Şu bilan neça kun gapirmadi, bir köngli qişloqqa ketib qolay, dedi, şu qizning ham, tepakal kuyov bölmişning ham yuzini körmayin, deb. Ammo nevarasini közi qiymadi. Zulfizar sahardan yarim tungaça işda, bola ovora böladi.

Oradan bir hafta ötib, eşigi ohista taqillab, kuyov bölmiş kirib keldi:

– Onajon, assalomu alaykum, – dedi u özbek tilida duduqlana-duduqlana.

Oysulton kampir juda qaysar ayol edi. Yuzini teskari burdi.

Kuyov bölmiş momoning öziga öxşaş soddagina isyonidan kuldi:

– Men sizni çoyga taklif qilgani keldim, – yana böğinlab-böğinlab özbekça gapirdi.

Uning izidan kirgan Zulfizar ham kuldi:

– Enajon, kuyovingizning qölida öttizta özbek işlaydi. Özbekistonga köçib kelganiga ön sakkiz yil bölgan. Bu odam şu paytgaça bir oğiz ham özbekça gapirmagan. Mana, siz uçun qiynalib bölsa ham özbekça gapiryapti. Yuring endi, birga çoy içaylik.

– Içaveringlar!

– Turmasangiz, ikkalamiz ikki qöltiğingizdan dast kötaramiz-da, dasturxonning boşiga olib boramiz. Keyin…

Rostdan ham ustiga bostirib kelayotgan qizi bilan kuyov bölmişni körib, momo sapçib örnidan turdi. “Endi şunga qölini uşlatib!..”

U yana yon bosdi. Nima qilsin,bolasi-da.

* * *

Yarim tun. Palataning qiya oçiq derazasidan kirayotgan muzdek şabada darpardalarni ohistagina hilpiratib öynaydi. Qizi töşakda ğujanak bölib uxlab yotardi. Köngli notinç, asablari tarang kişilar ğujanak bölib yotadi, deb eşitgan edi. Buning köngli nimadan notinç?

Uning yotib qolganidanmi? Axir bu birinçi marta yotib qolişi emas-ku? Yoki erining xiyonatlarini sezib yurganmikan?

Zulfizar qizini heç qaçon ojiz,ilojsiz, notavon his qilmagan. Sora onasiga öxşaş öktam, ğayratli qiz bölib ösdi. Otasidan tadbirkorlikni olgan. Yoş bölsa ham “Yöq, heç vaqom qolmadi” degan joyda bir yil öynab-kulib yaşaşga yetgulik jamğarmasi böladi hamişa uning. Eri bölsa aksinça, juda köngilçan, böşang. Topgan beş-tört söm maoşini ikki kunda sarflab qöyib, keyin böm-böş çöntak bilan böşaşib yuraveradi. Şunday vaziyatda bolalar undan pul sörasa, bu pul undan emas, xotinidan çiqsa yoki keyingi safar bolalar undan emas, onalaridan pul söraganda, öziça eziladi, asabi buziladi. Aybni özining böşangligidan emas, xotinidan axtaradi. Bordir albatta, Soradan ham ayb ötgandir. Hamişa pulsiz şumşayib ötiradigan er bilan hisoblaşmagan joylari köp bölgandir. Ammo u eri aytganidek hamma narsadan pulni ustun qöyuvçi molparast, takabbur, bemehr ayol emas. Agar erining şunday, uning töşagida, yaqin dugonasini undan afzal bilib, unga xiyonat qilganini bilsa!..

“Yöq, u buni kötara olmaydi” öyladi bir olam anduh bilan Zulfizar.

Azim şaharda, tört xonali uyda ikki bolasi bilan yolğiz, söppayib qolişni tasavvur qilib, köngli ğamga tölib ketdi. Şundaygina borib,qizining soçlarini silagisi keldi, ammo qaniydi örnidan turolsa,bemajol qöllari uning boşiga yetsa ekan.

– Öv-v, – içida bir böri “öv” tortdi. Oğzidan bir alanga çiqib ketganday böldi. – Öv-v!

Uning omon-omon davronlariga yöqlov aytayotgan böri ham özi kabi keksa va notavon edi.

Özining oyoqlari hamişa uzangida böldi, hamişa qölida jaraq-jaraq pul edi, heç qaçon bekor, yolğiz qolgani yöq. Yarim tunda işdan kelib, hali vujudida simillab turgan çarçoqlar tarqamasdan işga yugurardi. Ammo oyoqlari uzangida, özi şunçalar band bölsa ham yuragidagi huvullagan böşliq hamişa özini bildirib turardi. Ayniqsa Botir giyohvand bölib qolgaç, bu böşliq hamişa yutib yuboray-yutib yuboray, derdi. Yolğizlik yolğiz xudoyimga yaraşgan deb, bejiz aytişmagan ekan.

Şu bolaning dardi-azobi uning joni-jahonini ming bölakka bölib taşladi. Stolni bir muştlagan dam minglab erkak yiğilgan majlis sapçib turadigan amaldor xonim öğlining ismini eşitganda, ming tomonda soçilib yotgan jonini bir joyga jam qilib, zörğa örnidan turadigan böldi. Şunday çiroyli uy, maşina, mansab, tavoze-takalluflarsiz oddiygina paxsadevor uyda, oddiygina qişloq muallimasi bölib yaşasa, yonida öğli soğ-omon bölsa! Atrofida kelini, nevaralari… Otalari işdan qaytganda çopqillab oldiga çiqişsa…

Uyda Zulfizarning beş-oltita portretidan boşqa heç narsa qolmadi. Qölga ilinadigan narsa borki, öğli öğirlab çiqib, sotdi. Xumori tutib, qaltirab qolgan dam Zulfizarning özi, devorda osiğlik gilamimi, quloğidagi sirğasimi, bolasiga içi açiganidan özi bergan kunlari ham böldi.

Şuning uçun ham kuyovining qilmişiga “e-e!..” deya olmadi. Köz öngiga qizi, nevaralari keldi. Yelkalarida özlariday navqiron ğussa bilan… Uning özi yuragi tamom bölgan sargardon ayol edi. Endi Soraning ğamini kötara olarmidi.

* * *

Keçki payt “Birinçi” çaqirtirdi. Xonada “Ikkinçi”, “Kadr” ötirgan edi. Zulfizarga negadir “Birinçi”ning kayfiyati yöqqa öxşab körindi. Hamma yiğilgaç, barmoqlari bilan silliq soçlarini orqaga tarab-tarab, örnidan turdi:

– Örtoqlar, yuqoridan telefonogramma oldik. Xöş, unda bizning eʼtiborimizdan çetda qolib, sotsialistik turmuş tarzimizni buzib kelayotgan baʼzi diniy rasm-rusumlar, odat va anʼanalarni barham toptiriş vaqti kelganligi aytilgan. Haqiqatan yölda ketaversangiz, yölning ikki tomoni yalov ilingan xodaga tölib ketgan. “Ha?” desangiz, “Şahid!” deyişadi. Yöldami, çöldami biron halokat tufayli birov ölsa, yerga tomgan qonini qirib olib, yölning çetiga şu qirindini kömib, atrofini örab, yalov kötarib qöyişadi. Odam ölmagan, odamzodning qoni tökilmagan yer bormi? Har bir şahid ötgan odam uçun tört-beş kvadrat joyni örab, yalov kötaraversak, yer yuzida yaşaş, dehqonçilik qiliş uçun emas, oyoq qöyişga ham joy topilmay qolar edi. Ziyoratgohlar bor: “Sulaymon ota”, “Kokildor ota”, “Töqson ota” va hokazo. Bu “ota”lar kim bölgan? Ular nima karomat körsatgan, xalq uçun nima xizmat qilgan? Buni heç kim bilmaydi, qiziqmaydi ham. Har çorşanba kuni kim tovuq qöltiqlab, kim qöy yetaklab, davlatning işini taşlab, şu ziyoratgohlar atrofida in qurgan tekinxörlarni boqiş uçun yuguradi. Hay, birodarlar, masalan, Sulaymon ota qayerda yaşagan-u, bu yerda uning qabri nima qiladi, deydigan biron aqlli odam yöq.

Mana şunday tuşunmovçiliklarga barham beradigan vaqt keldi. Bir tomçi qon uçun kötarilgan yalovlar olinib, örni ijtimoiy foydali yerlarga qöşilsin. Kimligi nomaʼlum “ota”larning ziyoratgohlari joylari tekislab taşlansin.

Hayit kunlari qabristonlarimiz yiği-siği qilgan xotin-xalajga tölib ketadi. Bu kunlari qabristonga çiqiş man qilinsin. Undan köra yilda bir kun xotira kuni deb eʼlon qilinib, yurtimizda yaşaydigan hamma millat vakillari qabristonlarga borib, ötganlarni xotirlasin, qabr atroflarida obodonlaştiriş işlarini olib borsin.

Dindorlar in qurib olgan maçitlar yopilsin.

Zinaida Abdiyevna! Bu keça mana şu fikrlar singdirilgan ajoyib bir maʼruza tayyorlaysiz. Ertaga viloyat böyiça barça taşkilot rahbarlarini, faollarni yiğamiz. Bir yarim ming kişilik yiğiliş böladi. Ertalab soat yettida maʼruza bilan tanişib çiqişim kerak.

Yana bir gap. Vafot etgan birodarlarini sönggi yölga kuzatiş, kömiş marosimlari haqida ham öylab köradigan vaqt yetdi. Birov ölsa, jağ-boşini boylab, yalanğoç holda yotqizib qöyamiz. To uzoq-yaqin qarindoşlar yiğilib, qabr tayyor bölgunça ölik şu holda yotaveradi. Birov yarim yaqini sönggi bor körib qolay deb, yuzini oçsa, qörqqanidan yuragi yoriladi. Biz ham çiroyli kiyimlar kiygizib, munosib tarzda sönggi yölga kuzatsak bölmaydimi? Yigirma metr oq surpga örab, qabrga taşlaymiz-u, qaytamiz. Uç-tört yil ötmay qor-yomğir ostida nam tortgan lahad öyilib, içiga odam tuşib ketadi doim. Nima köp, yoğoç köp. Törtta yoğoçdan ajoyib tobut yasaş mumkin. Nahot,bir umr mehnat qilgan insondan törtta yoğoç aziz bölsa?! Janoza nimaga kerak, heç kim tuşunmaydigan allaqanday arabça sözlarni öqib ötirmasdan, çiroyli bir miting ötkazaylik, marhumning fazilatlarini eslaylik. Töğri, bu takliflarni ertangi yiğilişda aytiş şart emas, ammo öz birlarimiz içida namuna sifatida qöllab, xalqni şunga tayyorlaş, örgatiş kerak.

“Birinçi” gaplarini tugatgaç, marraga yetgunça nafasi böğziga tiqilib qolgan sportçidek çuqur nafas oldi, söng “böladimi?” deganday, “Ikkinçi”ga qaradi. “Ikkinçi” “ixtiyoringiz” deganday yelka qisib qöydi.

– Tuşunarlimi? – “Birinçi” nimagadir şoşardi. – Heç kimda boşqa taklif bölmasa, yiğiliş tamom.

– Şoşmang, – muloyimgina ohangda uni töxtatdi “Kadr”: – Balki eʼtirozlar bordir?

 Heç kim eʼtiroz ham bildirmadi.

Ertasi kuni yiğiliş juda jangovar ruhda ötdi. Har bir faolga qatʼiy topşiriqlar berildi. Özaro piçir-piçirlarni aytmaganda heç kim eʼtiroz bildirmadi. Ammo ijro qiyin böldi. Har bir yalovning ortidan önlab odam boş kötardi. Ziyoratgohlarni buziş undan ham qiyin böldi. Bironta özbek buldozerçi bu işni öz zimmasiga olmadi. Odamlar orasida “Falon ziyoratgohning ustiga bir öris buldezorini solgan ekan, qayerdandir ikki ilon çiqib, böyniga çirmaşibdi. Bu işning boşida turgan partkomning badani ola-çalpoq pes bölib qolibdi” kabi vahimali gaplar tarqaldi.

 Hayitdan bir kun avval hamma qabristonlar faollarga bölib berildi: “Hayit kuni qabristonga heç kim çiqmasin. Ötganlar faqat Xotira kuni ziyorat qilinadi”.

Zulfizarga özlariga yaqinroq qabristonni berişdi. Faollar yaxşi işlaşibdi, katta qabriston vahimali tarzda huvullab yotar edi. Faqat qabristonning bir burçagida beş-olti qoraygan körindi. Zulfizar ança berida turgan bölsa ham ularni darrov tanidi. Ha, ular qöşni köçada yaşaşardi. Onasi hamşira edi, ötgan yili “Öğlim institutni faqat “5” baholarga bitirib keldi, bir durustroq iş topib bering, yolğizgina bolam, bori-yöğim, bor davlatim şu”, deb Zulfizarning oldiga kelgan edi. Zulfizar ham hafsala qilmadi. Ayol bir safar öğlini ham yetaklab keldi. Yaqinda avtohalokatga uçrab!..

Onaizor qabrni quçoqlab, dod-faryod solar, atrofidagilar uni qabrdan bir amallab kötarib olar, u yana yulqinib özini qabr ustiga otar edi.

Zulfizar çuqur xörsindi. Könglida zimmasiga yuklangan topşiriqqa nisbatan eʼtiroz paydo böldi: “Bu şöridaga öğlingni bugun emas, xotira kuni yodla”, deb qanday aytiş mumkin! “Döppaygan tuproq uyumlari oralab, bir-bir bosib iziga qaytib borarkan, xuddi ortidan birov quvlayotganday köngliga vahima tuşdi, qadamlari tobora tezlaşib, oxir oqibat qabristondan deyarli çopib çiqdi: “Kimni qaçon ziyorat qiliş har kimning öz xohişi emasmi? Nahotki şu masalada ham partiyadan izn söraş kerak bölsa?”

Eng yomoni öşa kunlar onasi omonatini topşirib qöydi. Garçi onasi bilan loaqal haftada bir marta ötirib, durustroq gaplaşişga vaqt topa olmagan bölsa ham onasi hayotidagi eng katta suyançiq ekanligini közlari butunlay yumilgan kun bildi. Şoşib qoldi. Avval akasiga, söng işxonaga qönğiroq qildi: “Onamdan ajralib qoldim”.

Akasi, yangasi, jiyanlari bilan oldinma keyin uyiga bir qişloq odam kirib keldi. Keksa xolasi izillab yiğlab, “Voy, egaçim-ey, haliyam şunday yotibdimi? Çiqib turinglar, yeçintirib, mahram suvga oliş kerak”, deb hammani çiqarib yubordi.

Bir payt uni hovlidan söraşayotganini aytişdi. Nimagadir bir noxuş xabarni sezganday yuragi “şuv” etib ketdi. Ostonada kimdir uni supaning bir çetida ötirgan “Birinçi”ning yoniga olib bordi. Kun issiq bölişiga qaramay qop-qora kostyum-şim kiyib olgan “Birinçi” uni hovli çetiga boşladi:

– Zulfizar, – u hamişa “Zinaida Abdiyevna” deb murojaat qilardi, – singlim,bandaçilik… Ona dunyodagi eng uluğ davlat, eng aziz neʼmat, uni beriş oson emas. Endi bardam böling, Xudo sabr bersin.

– Rahmat.

– Xö-öş, meni keçiring, topşiriq desammi, omonat desammi, bir gap bor. Şu… momoni yangiçasiga dafn etsak. Kafan örniga çiroyli ust-boş, tobut… Janoza örniga miting… Nima deysiz?

Zulfizarning oyoqlari ostidagi yer siljib ketganday, boşi aylanib ketdi. U bor kuçini yiğib, muvozanatini uşlab qoldi. Onasining yuraklari urişdan töxtagan dam eng katta davlatidan ajrab qolganidan qança ezilsa, muqarrar aytiladigan mana bu topşiriqni öylab, undan köproq ezilgan edi. Onasi aziz mehmon, u qaçon bölmasin, kuzatişini bilar edi. Ammo bu xilda kuzatişni istamas edi.U yoşga tölgan közlarini iltijo bilan “Birinçi”ga tikdi:

– Men şu lavozimni deb enamni juda köp xafa qildim. Juhudga tegdim, vaqt-bevaqt yonlarida böla olmadim, hamdardlik qila olmadim. Endi sönggi yölga ham ularning irodasiga qarşi holda, elga hangoma qilib kuzataymi?

– Singlim, bu rahbarlarning topşiriği…Men bir ijroçiman,xolos.

– Aka, – dedi emranib. Rasmiy qilib “Saidmurod Kamoloviç” deb ötirişga holi yöq edi. Yuraklari ilojsizlikdan örtanib ketdi, – axir bu viloyatda sizdan katta kim bor? Özingiz musulmon böla turib, nega mening enamning musulmonçiligiga qarşi borasiz?

– Meni keçiring, ammo siz bunga majbursiz.

– Menga qarang, men ölsam, iş libosida, yoğoç tobutga istasangiz, temir tobutga solib, janoza öqitmay, miting ötkazib, köming. Lekin iltimos, enamga tegmang. Enamning partiyaga heç qanday aloqasi yöq.

– U sizning, partiya yetakçisining onasi… Agar topşiriq bajarilmasa, sizni ham, meni ham qöyişmaydi.

– Ijozat bering, jon aka, enamning hurmatini örniga qöyayin.

“Birinçi” boş çayqadi:

– Iloji yöq. Ayting, momoning eng çiroyli liboslarini kiydirişsin. Tobutga buyurtma berilgan. Endi boravering, – kotib “gap tamom” deganday iziga burilib, nari ketdi.

Zulfizar xuddi yoş bolaga öxşab turgan joyida ötirib olib, yer tepib, baqirib-baqirib yiğlagisi keldi. Bu qandayin xörlik axir, na onasini munosib tarzda kuzata oladi, na yiğlab alamidan çiqa oladi? Şumi unga partiya bergan imtiyozlar! Ona bölib, tört oğiz gurungiga muyassar bölişi qiyin bölsa-da, qizining yuriş-turişidan, martabasidan suyunib yurgani uçun unga atalgan mukofot şumi? Öşanda birinçi bor öng yelkasida piçoq sançilganday oğriq tuydi, oğriqqa çiday olmay ingrab yubordi. Oğriqning zöridanmi, böğziga tiqilgan alamdanmi, közlaridan duvillab yoş tökildi. Turgan joyida unsiz yiğlab-yiğlab, söng birdan ökirib yubordi:

– Ena-am, voy enam, enam-am! Ena-ajonim!

Yuragining tub-tubidan yana bir ökirik çiqdi:-

– Voy, şör boşim… Notovon jonim…

Endi u öziga yöqlov aytayotgan edi.

Kimdir kelib, qöltiğidan kirdi. Suyab, onasining boşiga olib kelişdi. U xonaga kirişi bilan xonaning şiplari yiğidan kötarilib ketganday böldi.

– Voy, enam-yey…

– Voy, xolajonim!

U xona örtasida bir muddat serrayib turdi-da, söng onasining kiyimlari turadigan şkafga yuzlandi. Şkafni oçib, bir tekis ilinib turgan kiyimlar orasidan onasi yaxşi köradigan çinor bargli pombarxit köylakni, faqat töylarda yopiladigan oppoq römolini oldi. Keyin marhumani örab ötirgan xotin-xalajga qarab: “Endi,egaçilar, yarim soatga çiqib tursangizlar, onamni sönggi yölga tayyorlaylik”, dedi mardona.

– Uyi tayyor böptimi? – xolasi “yalt” etib unga qaradi.

– Ha, – gapni qisqa qildi u.

Xonada ön çoğli ayol qoldi. Xola ulardan uçovini tanlab oldi:

– Endi, xafa bölmanglar, singillarim, eti, suyagi degan gap şu yerda kerak. Mayyitni özining suyagi yuvişi kerak.

– Men begonamanmi? Mening ammam böladilar, –  izilladi çiqarib yuborilayotgan yangasi. Uning otasi marhumaga amaki edi.

– Ha, sen ham singil eding, – dedi xola uning gapini bölib. – Lekin hozir sen kelinsan. Sendan tortinadi. Çiq. Yuvmasang ham, şunça yil birga yaşading, xizmatini qilding. Nima olgan bölsang, şu xizmatlardan olgansan. Endi, taşqariga çiq.

Kiyintirar palla yana xola janjal qildi:

– Ibi, bu nima körgilik? U dunyoda bunga pombarxit köylak nimaga kerak?

– Şunday qiliş kerak, – dedi Zulfizar imkon darajasida xotirjam, buyruq ohangida. – Butun viloyat böyiça rahbarlar ötiribdi. Toşkentdan ham odamlar kelişadi.

– Kelişsa kelişaversin, opamning nima kiyişi bilan ularning qanday işlari bor?

– Çetga öting, xola! – qöliga yopişayotgan xolasini bir siltab nari surib qöydi-da, onasini kiyintira boşladi. – U mening enam, uvol-savob ham meniki.

Onasi juda sölim ayol edi, kiyintirişgaç, yuzlariga qizil yugurganday yanada suluv ayolga aylandi. Qip-qizil duxoba körpa ustiga yotqizilgaç, endigina uyquga ketgan malikaga öxşab qoldi.

Zulfizar uning ustidagi yopinçiqni köksiga tortib, yuzlarini oçib qöygan edi, bir çetda törsayib turgan xola “dod” deb yubordi.

– Yuvilgandan keyin yuzini nomahramlar körişi mumkin emas, hay kofir!

– Xola, iltimos, meniyam, özingizniyam çarçatmang. Men bir narsa deyapmanmi, demak, şuni bilib aytayotgan bölaman va aytganimni qilaman.

– Bilganingni qil. Lekin odam emas ekansan. Tupurdim sening mansabingga, – xola yiğlab taşqariga çiqib ketdi.

Bir pasdan keyin uni yana taşqariga çaqirtirişdi. Ostonada qop-qora tön kiyib, belini boğlab olgan akasi kutib turardi. Közlari qizarib ketgan aka qovoqlarini uyub, içi burab oğriyotgan odamday engaşibgina turardi:

– Enamni Sulaymon otaga qöyamiz. Hamma suyagimiz öşa yerda. Bu enamning sönggi vasiyati.

– Şu yerdan qabr tayyorlaşayotgan ekanlar-ku.

– Yöq. Enamning sönggi tilagini bajarmaslikka heç kimning haqqi yöq. Men enamni qişloqqa olib ketaman. Ena meniki, obkoming mening işimga aralaşmasin.

Boşqa gapning hojati yöq edi.

– Özingiz bilasiz, aka. Kattaga bir oğiz aytib qöying.

– He-ye, sening kattangni ham, kattaçiligingni ham!.. Kun qizimasdan yölga tuşiş kerak. Umidvorlar xöşlaşib olsin.

…Qip-qizil duxoba yopilgan yoğoç tobut maşinaga ortilganda Zulfizar özida yöq edi. Janozasiz yölga çiqqan marhumani kuzatgani kelganlar yoqa uşlab, eşikka behol suyanib qolgan Zulfizarga nima deb tasalli berişni bilmasdi.

Çiroyli maşinalarda qabriston tomon yöl olgan kattalar yuk maşinasining oyoğiga qarab ötirişni lozim topmasdan oldinga ötib ketişdi.

Qabristonda ança kutib qolişga töğri keldi. Havo juda issiq, qabrlar ustida qovjirab turgan öt-ölanlar azaliy dunyoning mahzun qöşiğini aytib yotardi. Tiriklik çoğlarida uy-joy, bola-çaqa, ot-ulov, mol-holi bilan dunyo-dunyo maydonlarga siğmay, örni kelganda bir parça yer uçun talaşib-tortişib, yoqa yirtişib yaşagan odamlarning har biri bu yerda nari borsa, ikki quloçgina yerga qanoat qilib, jimgina sukut saqlab, yonma-yon yotişar edi.

Mitingga yiğilganlar betoqat böla boşladi. Qöşnining qöşniga soyasi tuşmaydigan bu dargohda şohu gado barobar, ming lavozimdor kişi kelsa ham heç kim örnidan turib kutib olmaydi, bu saltanatda yolğon xuşomad, tavozelar yöq. Tund sukunat, dim havo yiğilganlarning yuragini siqib yubordi. Nihoyat köça muyulişida yuk maşinasi körindi. Maşinaning izidan bir töp qişloqdoşlar yetib kelişdi. Qabriston darvozasi oldida maşinadan haşamatli yoğoç tobut örniga ustiga duxoba yopilgan ixçamgina tol tobut tuşirildi. Qora kostyum-şimlarda terlab ketgan “kattalar” nima gapligini anglab yetgunça, tobut odamlar yelkasida nam tuproq uyulib turgan qabr boşiga yetdi. Mamaraim mayyitning ustiga yopilgan duxobani kötardi, tol tobutning ustida ğojari gilamga öralgan marhuma bir tutam qizğaldoqdek bölib yotardi.

 Hammasi tuşunarli, öğil onasini öz uyiga olib kirib, qadimiy urf-odatlar böyiça yuvib-tarab, kafanlab, janoza öqitib çiqqan.

– Marhumaning toğasi bormi? – söradi qişloqning oqsoqoli.

– Men toğasining öğliman, – polvon kelbat bir yigit tobutning yoniga keldi.

– Mening otam ham toğa edi u kişiga, – yana bir yigit uning yonidan turdi.

– Mayyitni uyiga qöyiş sizlarning xasmingiz, –  oqsoqol ularga izn berdi.

Ğojari gilam içidan oppoq ğumbak çiqdi. Toğalarning biri qabr içiga kirdi, ikkinçisi içkariga uzatdi. Şu topda olomon göyo ikkiga bölingandek edi. Biri aytgani bölmaganidan qahrlangan, ikkinçisi qavmini munosib tarzda kuzata olganidan mamnun. Ammo bu yerda yana bir uçinçi toifa ham bor ediki, ular bir tomondan bir begunoh muştiparning bekafan, bejanoza ketmaganligidan yengil tortsa, ikkinçi tomondan ertaga böladigan muqarrar gap-sözlarni öylab, sarosimaga tuşib turişar edi. Bular bir çetda goh qizarib, goh bözarib turgan “Birinçi” va uning yonidagi mahalliy rahbarlar edi.

“Ikkinçi” zahrini yutib tura olmadi:

– Bu sizning “ğoya”ngizmi? Bu ölkaga madaniyat olib kiriş nihoyatda qiyin ekanligi yana bir bor isbotlandi.

– Mening heç narsadan xabarim yöq, – şoşa-pişa özini oqladi “Birinçi”.

Miting ham sovuqqina ötdi. Hamqişloqlar miting yopiq deb eʼlon qilingandan keyin qabr boşida qolişdi. Qişloq oqsoqoli birinçi fotihani öqigandan keyingina odamlar tarqaldi. Qabr boşidan ketişar ekan:

– Odamlar, marhuma qanday inson edi? – deb söraldi.

– Soliha ayol edi.

– Yaxşi inson edi, – har joydan şunday javoblar eşitildi.

– Odamlar, Oysulton xola qanday inson edi? – yana söraldi.

– Mömin ayol edi.

– Mehribon ayol edi…

Bu savol-javob Oysulton xola qolayotgan yangi dunyo uçun aytilayotganday kayfiyat uyğotardi kişida.

– Mömin ayol edi, mehribon ayol edi.

Bu sözlarning aks-sadosi boşlari oppoq Köhitang toğlari töşiga urilib, Mamaraimning quloqlari ostida jaranglardi.

“Ha, enaginam mömin, mehribon ayol edi”.

Ular Zulfizarning uyiga qaytib bormadi.

Aka-singil bir onaga ikki uyda maʼraka ötkazdi.

Maʼrakalar ötib bölgaç, Zulfizar onasi bilan birga eng yaqin qarindoşlaridan ham ajralib qolganini tuşundi. Ölikning dasturxoni uzun deganlari rost ekan, uning uyiga kimlar kelib, kimlar ketmadi. Ammo eng yaqin qarindoşlari bir kelib, dalda bölişmadi.

Akasining qilganlarini eşitib, qança gapga qolgan bölsa-da, sira xafa bölgani yöq. Xayoliga kelmagan çorani topgani uçun akasidan xursand böldi, aks holda, bir umr vijdon azobida yaşaşga töğri kelardi.

Qarindoşlar esa “Zulfizar musulmonçilikdan batamom çiqibdi. Oldin binoyiday erini qöyib, örisga tekkan edi, endi onasini bejanoza, bekafan,yoğoç qutiga solib kömmoqçi böldi”, deb undan butkul yuz ögirişdi.

Özi ham köp vaqtlar qişloqqa bora olmay yurdi, jurʼat topmadi.

* * *

Uxlatuvçi dorilar toliqtirganidanmi, uning heç köz oçgisi kelmasdi. Özi uyğoq bölsa ham, közlarini yumib yotardi. Sora sekin boşiga kelib, yelkasiga ohistagina turtdi:

– Onajon!

– Ha, – u zildek qovoqlarini bazör kötardi.

Sora nimadandir taraddudlanayotganini sezdi. U bir zum onasiga qarab turdi-da, söng uzr söraganday gapini aytdi:

– Siz söragan odam kelibdi.

– Kim?

– Akamning otasi…

– Ha-a, kirsin bölmasa. Yöq, avval bir sidra yuz-qöllarimni artib ol. Keyin…

Sora oppoq dokani namlab, onasining yuz-qöllarini artdi. Oğzini çaydirdi, soçlarini töğrilab qöydi.

U taşqariga çiqib ketgaç, Zulfizar yostiğining tagidan kiçkinagina oynasini çiqarib, yana öziga bir nazar soldi: yaqindagina böyalgan soçlar, payvasta qoşlar, bodomqovoq közlar atrofida saf tortgan quyuq kipriklar ham vujudini larzaga solgan oğriqning zaʼfaron izlarini berkita olmasdi. Birdan yiğlagisi keldi. Kasallik könglini yumşatib taşladimi, keyingi paytlarda sal narsaga xölqasi tölib, közlari yoşlanaverardi. Ammo hozir yiğlaşi mumkin emas! U bir amallab köz yoşlarini içiga yutdi.

Eşikdan kirgan odamni zörğa tanidi. Uning nigohlari şu qadar sokin va begona ediki, beixtiyor Zulfizar özining aftoda ahvolidan xijolat tortdi.

– Tuzukmisiz? Sizga nima böldi?

– Yuragim sağal…

– Xudo şifo bersin.

Uning na ovozida, na nigohlarida zarraça hamdardlik sezilmaganidan Zulfizar yana xijolat böldi: “Öğlini ham allaqaçon unutib yuborgandir. Balki men ham bu haqda umuman söz oçmaganim maʼquldir”.

– Botir yaxşimi? – ança paytdan keyin söradi u.

– Ha.

– Men yana uç öğil kördim. Ular Botirga juda öxşaşadi. Köp marta uni olib ketib, taniştirmoqçi ham böldim, lekin siz ruxsat bermaysiz, deb indamadim.

– Botirning mazasi yöq…

– Nega? Nima böldi unga?

Uning ovozidagi xavotir Zulfizarning könglini biroz yoriştirdi:.

– U… giyohvand bölib qoldi.

Nodir örnidan turib ketdi. Deraza yoniga borib, unga yelka ögirib taşqariga qaragança ança turib qoldi. Garçi ular ayni damda yuzma-yuzma turişmagan bölsa-da, Zulfizar uning közlaridagi ğazab yolqinini aniq-tiniq körganday böldi.

– Ha, men aybdorman. Iş deb, bolani keksa onamga taşlab, butunlay nazoratsiz qoldirdim. Onam şörlik nimaniyam tuşunardi. Har xil bahonalar bilan uydan çiqib ketavergan. Onam unga işonib ötiravergan. Giyohvand bolalar onasining puli köp deb buni yöldan urişgan. Xabar topganimda örganib qolgan ekan. Davolatdim, yalinib-yolvordim! Ammo heç töğri yölga sola olmadim. Men najot istab, şifoxonaga yuborsam, u yerda birovi davolasa, ikkinçisi yaşirinça narkotik sotar ekan.

U ortiga burilib, Zulfizarga ğazab bilan tikildi:

– Kerak bölsa, öşa şifoxonada bola bilan birga yotiş kerak edi. Nega şunday qilmadingiz? Axir u kasal edi-ku. Mana, siz kasalsiz, yoningizda qizingiz yotibdi-ku, nega uni…

– Ha, yotmadim. Yotiş xayolimga ham kelmabdi. Faqat özini urişdim, yalindim. Men aybdorman. Hamma ayb menda. Qilgan xatolarimni eng aziz narsalarim bilan-bolam bilan, uning tortgan azoblari bilan, suvga oqqan umrim bilan töladim. Endi qölimdan heç narsa kelmaydi. Tölovga arziydigan heç vaqom ham qolmadi.

– E-e!…

– Bu uçinçi infarkt edi. Meni urişmang, buning foydasi yöq. Umrimning sanoqli kunlari qolganini bilib turibman, agar ilojini topsangiz, bilaman,buni sizdan söraşga sira haqqim yöq, ammo uni sizdan boşqa kimga ham topşirar edim? Uni olib kelib, özingiz qaratsangiz.

– Ha, ha! Albatta şunday böladi, siz butkul xotirjam böling. Uni davolatib, ukalariga boş qilaman.

– Rahmat sizga. Keyin iltimos, uni heç qaçon u yoqlarga qaytarmang. U tuzalib ketsa ham öşa çekişni örgatgan bolalar yana yöldan uraveradi.

– Xöp, mayli siz aytgança böla qolsin.

Nodir ketgaç, yana yuragi sançdi. Yana ukol qilişdi. Uyqu aralaş vujudida simillab turgan oğriqni his etib tursa ham köngli xotirjam edi: “Xudoga şukur”.

* * *

Onasining maʼrakalari ötgaç, eri uyga yoşgina bir qizni yetaklab keldi:

– Menda işlaydi, hamşira. Qandaydir toğ qişloğidan kelgan. Köngil qöygan odami taşlab ketibdi. Homilador ekan, ijaradan ham haydaşibdi. Boş hamşiraning oldida “Endi qayoqqa boraman?” deb yiğlab ötirgan ekan, olib kelaverdim. Uyning işlariga qaraşadi. Özing aytasan-ku, odamning çiqiti yöq, deb. Bir xatoga yöl qöygan odamni çiqitga çiqarib yuboraversak, u yana ham kattaroq xatolarga yöl qöyadi.

Zulfizar keng köylak ostidan ham bilinib turgan homilasidan tortinib,bukçayibgina turgan qizga qaradi. Hurkak toğ kiyiklariga öxşaş bu qiz juda gözal va bolalardek maʼsum edi.

– Öqişni bitirgaç, qişloğingga ketsang bölar edi-ku. Şahardan köra qişloqqa hamşira köproq kerak. Oliy maʼlumotli vraçlardek eʼzozda bölar eding. – Bir ğijinib, rus tilida eriga murojaat qildi.- Yoşlarga hayronman, hammasi şaharga chopadi. Şaharga kelgandan keyin bu ahvol!

Qizning örniga Anatoliy Abramoviç javob berdi:

– Amaliyotni bizda ötagan edi. Qöl-oyoği çaqqongina ekan. Qolaman desang, qolaver, degandim. Qöy, uni köp qiynama.

 Qiz juda çaqqon va ziyrakkina edi. Homilasi böğziga tiqilayotganday pişillab yursa ham, hamma işga ulgurar, hovli-joyni yoğ tuşsa yalagudek qilib qöyar, tinmay turli xil pişiriqlar, bir-biridan tansiq ovqatlar tayyorlar edi. Tuqqandan keyin ham 10-15 kunda heç narsa körmaganday rözğor işlariga şönğib ketdi. Onasi beçora ham qölidan kelganiça ğimir-ğimir qilib bölsa-da, rözğoriga fayz kiritib yurardi. Bu qiz onasi kabi bedor ötirib, yarim tungaça uni kutmasa-da, hamma joy ozoda, rözğori badastir edi. Zulfizar özining bolalariga narsa olganda, albatta, Nasiba va uning bolaçasiga ham nimadir olar, unga öz singlisidek mehr qöya boşlagan edi. Lekin negadir öğli bilan qizi ularni yoqtirmay qoldi. Ayniqsa Botir “Şu jodugarni yöq qiling” deb qistalang qilaverardi doim. Beşinçi sinfda öqiydigan Sora ham Nasibani körsa, törsayib olar, bolaçasi yopişaversa, indamay turib ketar edi. Zulfizar buni dimoğdorlikka yöyib, baʼzan Nasibadan uzr sörar, bolaçani bağriga bosib,özi erkalab qöyardi:

– Ota-onaning puli va mansabiga şunça takabburlikmi? E-e, Xudoyim-yey,bu bolalar erta bir kun bir martabaga erişib, özlari beş-olti söm pul topsa, umuman heç kim bilan gaplaşmasa kerak.

Nasiba esa odatdagidek heç narsa demas edi.

Bir kun “singil”ning yana qorni döppayib turganini sezib qoldi.

– Bu nimasi? Buni qayerdan orttirding?

Qiz indamadi.

Uning şu indamay turişi ham Zulfizarning asabini buzdi. Irkit narsaga közi tuşganday jirkandi:

– Bir oğiz tili-zabon yöq, ammo bu işni qanday uddalab kelayapsan? Nahotki heç kimga gapirmaydigan, qaramaydigan qizni ham köçada tutib olib, şu ahvolga solib ketaverişsa? Kim u? Kimligini aytasan menga?! Kelib,bolalariga egalik qilsin! Bölmasa, laş-luşingni yiğiştir-da, uyimdan yöqol!

Keçki payt eriga zahrini soçdi:

– Anavingiz yana bola orttirib olibdi.

– Yöğ-ye, – közlari ola-kula bölib ketdi erining.

– Ha! Iltimos, şuni uydan yöqoting.

– Şörlik juda böş-da. Qizlar “Yigiti kelib yuribdi” deyişayotgan edi. Yana “çuv” tuşibdi-da. Şoşmay tur, şu yigitni toptirib, özim bir gaplaşay. Joy-poy qilib, olib çiqib ketar, bölmasa, xizmatingni qilib yuribdi-da…

– Esingiz joyidami? Men harom-hariş aralaşgan işni yomon köraman, – erining gapini böldi Zulfizar.

– Qanaqa harom, nima harom?!

– Anatoliy Abramoviç, rus tilida toza va notoza degan söz bor. Bu sözlar toza va notoza degan tuşunçadan kelib çiqqan. Bizda esa toza va notoza degan tuşunçalardan taşqari halol va xarom degan tuşunçalar ham bor. Bu sözlarning sizlarning tilingizda tarjimasi yöq. Maʼlumot uçun, köçadan orttirilgan benikoh bola ham haromi hisoblanadi. Bunday işlar qilib yurgan ayollardan jirkanaman!

Eri Zulfizar bilan oşiqça tortişuvning foydasi yöqligini bilibmi, indamay qöya qoldi.

Oradan bir haftalar ötgaç, yangi gap topib keldi:

– Beş bolali odam ekan. Qamatib yuborişimiz mumkin, ammo u Nasibani ololmaydi. Nasiba dugonalariga “Özimni öldirmoqçiman, bolamni kimga qoldirsam ekan?” deb yurgan emiş. Endi nima qilamiz?

– Özini öldirsa, öldiraversin. Sadqaisar! Mendan nari!

– Har bir suiqasd uçun Moskvaga javob berasan. Uyingda yaşagan ayol joniga suiqasd qilsa, gap-söz köpayib ketmaydimi? Qöy şuni, Zinoçka. Yuraversin. Uyingga, bolalaringga qarab ötiribdi. Agar istasang, işdan böşatib yuboraman. Uydan çiqmay ötiradi. Ortiqça gap-sözning nima keragi bor? – eri jonini jabborga berib, uni murosaga çaqirardi.

“Rost. Bir bola qölida,bir bola qornida, uy-joysiz, köçada qolsa, bu iflos, albatta, joniga qasd qiladi. Uyida yaşagan ayolning isyoni uning boşiga qanday balo bölib yoğilişini tasavvur qiliş heç qiyin emas”.

– Hammasiga siz aybdorsiz. Qaysi gördan şu haromini yetaklab keldingiz? Nima iş qilsangiz, izida bir işkali böladi doim.

Bu uning yon berişi edi.

Anatoliy Abramoviç uni erkalagan kişi bölib, ohistagina yelkalaridan quçdi:

– Qayerdan ham bilibman? Men bir sodda odam bölsam, senga yaxşi bölsin, degandim-da. Soramiz hali kiçkina, uy işlariga qaraydigan bir odam kerak-ku, baribir. Bu qiz ham hali yoş, ğör. Nima xato qilsa, şu ğörligi tufayli qilgan. Butun viloyat ayollari taqdiri sening qölingda. Şu beçoradan ham muruvvatingni ayamay, yaxşi qilding.

– Mayli, – u bir siltanib, erining qölini yelkasidan tuşirib taşladi, – faqat men uyda bölganda, közimga körinmasin. Qornini ham, özini ham körmayin.

– Xafa bölmasang,bir gap aytaman, Zinoçka. Köp ruslar ham öz ona tillarida sen kabi toza gapira olmaydi. Moskvada taʼlim olib kelgansan. Bir qaraşda juda zamonaviy ayolsan, kiyinişing, özingni tutişing… Ammo qaraşlaring hamon eskiça ekan. Rivojlangan mamlakatlarda nikoh, farzand köriş har kimning öz erki. Kimdan xohlasa, şundan farzand köraveradi. Siz özbeklar esa “nikohli, nikohsiz” deb fojia yasaysizlar. Boşqa mamlakatlarda erkin nikoh degan tuşunçalar bor. 

– E-e, köp boşimni oğritmang.

…Ertasi kuni qaytişi kerak edi. Hamma işi bitgaç, turgisi kelmay qoldi. Ketayotganda qizi yötalib turgan edi, xavotirlandi. Keçki 9 da uçadigan samolyotda ortiga qaytdi. Qölida bir dunyo qoğoz, topşiriqlar bor edi. Birrov işxonasiga kirib, keyin uyga qaytmoqçi böldi, ammo u yerdan çiqa olmay qoldi.

Uyga qaytganda, vaqt yarim tundan oşgan edi. Bolalarini bezovta qilmaslik uçun eşiklarni ohistagina oçib, uyga kirdi. Odatdagidek bolalariga bir-bir nazar taşlab, söng yotoqxonasiga ötdi. U yerda heç kim yöq edi: “Mening uyda yöqligimni bila turib, bu paytgaça qayerda yurgan ekan”, deya xayolidan ötkazdi.

Kiyimlarini almaştirib, bir yuvinib oldi. Hovli adoğida Nasiba yaşaydigan uyçalarga yöl oldi: “Qayerdaligini balki u bilar?”, uning eşigini qoqib ötirmay, derazadan bordi: “uxlab yotgan bölsa, indamayman”.

Sutdek oydin keça, kanizlari bilan sayrga çiqqan tölin oy Zulfizar bilan birga derazadan içkariga boqdi. Va!.. Közlari tuşgan manzaradan oy xijolat bölib bulutlar ortiga kirib ketdi. Zulfizarning oyga havasi keldi,qani uning ham közlarini şu bulutlar tössa-yu, xiyonatkor erini körmasa! Afsus! Söng öşa osmon bor yaltir-yultir toşlari bilan uning boşiga tökildi.

Oyning oppoq nurlariga çömilib yotgan osuda hovlini bir zumda qiyomat qöpdi.

…–  Hoziroq uyimdan yöqol!

Avvaliga rangi qumdek oqarib, dovdirab qolgan ayol ustiga malomat toşlari otilavergaç, kutilmaganda qöllarini beliga qöyib, hujumga ötdi:

– Heç qayerga bormayman! U mening ham erim, bolalarimning otasi. Demak, bu uyda mening ham haqqim bor!

Bu gapni yillar davomida biron marta yerdan boşini kötarib, köziga tik qaramagan tilsiz-zabonsiz “qizaloq” aytayotgan edi.

Bu gap Zulfizar uçun körib turganlaridan ham oğirroq zarba böldi.

– Şu sening eringmi, – lablari pirpirab ketdi Zulfizarning. – Bölmasa, eringni ham ol-da, yöqol. Bu uy mening uyim.

– Bu uy davlatniki! – Nasiba yalpayib divanga ötirib oldi.

– Yöqol, hozir ikkalangni ham öldiraman, – Zulfizar şkafni oçib, qöliga ilingan narsani ularga qaratib, uloqtira boşladi.

Oçiq qolgan eşikdan qörqib ketgan öğli bilan qizi kirib kelmaganda Zulfizar hali-beri baqirişdan töxtamasdi. Uning yonida “hay-hay”lab turgan eri bolalarga közi tuşgaç, xotinlarning mojarosiga qöl siltab, qörquvdan közlari katta-katta bölib ketgan Sorani dast kötarib, olib, bağriga bosdi. U Sorani alohida mehr bilan yaxşi körar, tuğilganda öng qoşining ustidagi xolni körib, “Onamning ham şu yerida xoli bor edi”, deb unga onasining ismini qöygan edi. Qizaloq ulğaygan sari otaga yaxudiy momosini tobora köproq eslatadigan bölib borardi. Beş-olti yoşlarga kirgaç, özi tanimaydigan momosining kiçkina nusxasiga aylanib qoldi. Otasi işdan qaytgaç, uni tizzasidan tuşirmas, uni ismi bilan emas, öz tilida “mam” (ona) deb erkalar edi. U Sora uçun hamişa hamma narsadan voz keçişga tayyor edi:

– Böldi, Nasiba, yiğiştir laş-luşlaringni!

Nasiba gap qaytarmoqçi bölib xezlangan edi.

– Böl, deyapman senga, – dedi.

U bu gapni şunçalar qahrli ohangda aytdiki, şanğillab yotgan Nasiba indamay yuklarini yiğiştirişga tuşdi.

Söng Anatoliy Abramoviç Zulfizarning yoniga ötdi:

– Hozir olib borib taşlayman. Keyin bafurja gaplaşib olamiz, özim senga hammasini tuşuntiraman. Özingni qölga ol,bolalarni qörqitayapsan, – dedi yalinçoq ohangda.

Dir-dir qaltirab turgan Zulfizar qölidagi buyumni yerga uloqtirib, Sorani erining quçoğidan yulqilab tortib oldi:

– Özingiz ham birga yöqoling, siz bilan gaplaşadigan gapimiz qolmadi.

Söng ostonada turgan öğlini yetaklab uyiga kirib ketdi. Ular juda uzoq yiğiştirindi, ularning şu hovlida ğimir-ğimir qilib yurişlari Zulfizarning sabr kosasini töldirib, tobora holdan toydirib, sillasini quritib borayotgan edi. Nihoyat darvoza oçilib, maşina hovlidan çiqib ketdi. Zulfizar taşqariga çiqib, darvozani içkaridan mahkamlab qaytdi.

Oradan bir soatlar ötgaç, darvoza ortiga maşina kelib töxtadi. Bu vaqtda allaqaçon tong yorişib qolgan edi. Keluvçi darvoza oldida ança ğimirlab, eşikni oçolmagaç, ular yotgan xonaning derazasini çertdi:

– Zina, darvozani oç!

– Dadam! – uxlayolmay yotgan Sora joyidan sapçib turdi.

– Joyingga yot, qizim. Endi u sening dadang emas.

– Nega?

– Zina!.. – deraza betoqatlik bilan taqilladi. – Zina, heç bölmasa, deraza yoniga kel.

Zulfizar örnidan turmadi.

– Mam! Darvozangni oç.

Sora derazaning yoniga bordi:

– Dada, onam yiğlayapti, darvozani oçmaysan, deyapti.

Qöşni kelinlar çiqib, köçaga suv sepa boşlaşgaç, maşina iziga qaytib ketdi. Olam bir pas sukunat qöyniga çömdi, ammo köp ötmay deraza ortidan ötgan-qaytgan odamlarning ovozlari eşitila boşladi. Yangi kun boşlangan edi. Ha, şunçalik şarmandaçiliklarga guvoh bölgan tun ötdi, lekin hayratlanarlisi, hayot töxtab qolmadi, yana tong otdi, yangi kun boşlandi, hayot davom etaverdi.

Zulfizar ming yillik xastalikdan ezilgan bemordek zör-bazör örnidan turib, nonuşta hozirladi. Bolalarni turğizib, ovqatlantirdi. Özi ham naridan beri ovqatlangan bölib, işga otlandi.

Şu uyga köçib kelişganidan buyon birinçi marta darvozalari qulfloğlik qoldi. Avvallari onasi uyda qolardi, söng qança payt Nasiba böldi, xullas, hovlini qulflab ketişga heç zarurat bölmadi. Endi esa…

Zulfizar kalitlarning birini öğliga, birini qiziga berdi. Maktabdan qaytgaç, uydan çiqmay ötirişni qayta-qayta tayinladi, lekin işga közi orqasida ketdi…

Ixtiyori özida bölsa, bugun umuman joyidan turgudek holi ham, xohişi ham yöq edi. Ammo bugun byuro bor. Keça “Kadr” kimnidir partiyadan öçiriş haqidagi masala tayyorlanayotganini aytgan edi. Bormasa, bölmaydi.

Byuro nihoyatda keskin ruhda ötdi. Hamişa hamma joyda ibrat qilib kelingan yulduzli xöjalik rahbarini partiyadan öçirib, işdan oliş va qamaş masalasi körildi. Bu inson hosildorlikni oşiriş hisobiga xöjalik aʼzolariga uy-joy, hammom, madaniyat saroyi, sport komleksi, hatto Baxt uyi ham qurgan. Obröyi raykom kotibinikidan kam emas edi.

Byuroda uni poraxörlikda, mavjud gektarlarni yaşirganlikda ayblaşdi.

– 200 gektar yerni 100 gektar deb yozib, hosildorlikni 70 sentnerga yetkazdim deb, oltin yulduz taqqan qahramonni köring! Biz bu yoqda boşqa xöjaliklarni nega hosildorlikni 35 sentnerdan oşira olmaysizlar, deb qiyin-qistovga solamiz, uruşamiz, döpposlaymiz. Tajriba örganing deb bu kişining xöjaligida seminarlar ötkazamiz. Borganlar hayron, özlarinikiday dala, özlarinikiday ğöza. Hisobot esa ikki baravar köp. Bu yoqda hammom, sport kompleksi, Baxt uyi, Madaniyat saroyi. Xalq uçun şunça narsa qurdi, deb yurganmiz. Ha, mayli, Markazdagilar oldida hurmat qozonib, xöjalikka şunça mablağ kiritib, falon-falon işlarni uddaladi, deb yursak, hurmatli Ahmad Parpiyev bu harakatlarning hammasini öz manfaati uçun, yaʼni xöjalikdagi qarindoşlarini işli, mansabli qiliş uçun amalga oşirgan. Bir oğiz sözi, har imzosi uçun katta-katta poralar olgan. Odamlar bu kişining ismi-şarifini unutib, “ota” deydigan bölib qolgan. Bularning hammasi mehnatkaş xalq nazarida sotsialistik tuzumning, kommunistik partiyaning obrösini tuşirgan. Parpiyevning bu xil xatti-harakati partiyaga, xalqqa xiyonatdan boşqa narsa emas. Uni partiya saflaridan öçirib, işini qonun himoyaçilariga topşiriş kerak. Toki xalq xiyonatkorlar jazosiz qolmasligini körsin.

Xona ança salqin bölişiga qaramay notiq terga tuşib ketgan edi. Gapini tugatar ekan, göştdor barmoqlari bilan peşonasidagi terni sidirib, birinçi kotibga qaradi.

“Birinçi” unga “ötiring” deganday işora qildi-da,byuro aʼzolariga yuzlandi:

– Qani, örtoqlar, yana kimda qanday fikr bor?

– Mol-dunyoga öçlik Parpiyevning qonida bor. Uning otasi öz vaqtida bu yerlarga quloq qilib yuborilgan. Partiya bağrikenglik qilib, quloqning bolasini keçirdi, öz saflariga oldi, mansab-lavozim berdi, xalqning taqdirini, davlat mulkini işonib topşirdi. U esa bu uluğ işonçni suisteʼmol qildi. Bunday muttahamlarga oramizda örin yöq, – bu odam Parpiyevni eng köp “izlaydigan” obkom xodimi edi.

– Xalqning xizmatini qilsin deb, qizimni huquqşunoslikka öqitgan edim. Yangi Baxt uyi qurilgaç, mening qizimga öxşagan mutaxassislar uçun qurildi,deb suyundim. Bu kişi esa tuman Baxt uyida işlab yurgan qizini olib kelib, mudira qildi.

…Byuroga töplangan ellik-oltmiş odamning har biri qöynidagi toşni otib qolişga harakat qilardi.

“Nega? Nima uçun? Keçagina şularning hammasi Parpiyev bilan bir bor salomlaşişni mukofot deb bilişar edi-ku. Şunça narsa qurgan bölsa, soçlari oqarib ketgan bu çol öşa imoratlarni göriga orqalab ketmaydi-ku!”, Zulfizar böğziga tiqilgan savollarni zörğa içiga yutib, goh sözga çiqqanlarga, goh uzun stolning eng oxiridagi örindiqda yerga qarab ötirgan Parpiyevga javdirab qarardi. Yoşiga xos bölmagan çaqqonlik bilan hamişa şoşib yuradigan raisning yuzida ilgarigi öktamlikdan asar ham qolmagan edi.

Byuro tugagaç, Parpiyev negadir Zulfizarning oldiga kirdi. Zulfizar boya taqdiri hal qilinayotgan dam qörqoqlik qilib, bir oğiz ham himoya qila olmaganidan xijolat bölib, özini yöqotib qöydi.

Parpiyev ham negadir xijolat edi.

– Meni keçiring, Zinaida Abdiyevna!

– Nega?

– Özimni himoya qila olmay, yuzlaringizni yerga qaratdim. Lekin, – u kaftlarini yozib, Zulfizarga körsatdi. – Lekin qarang, qöllarim top-toza, vijdonim ham toza.

– Bilaman, – battar xijolat böldi Zulfizar.

– Rahmat sizga!

Oqsoqol boşqa bir söz demay xonadan çiqib ketdi.

Keçki payt “Kadr” qönğiroq qildi:

– Zinaida Abdiyevna, Parpiyevga advokat bölib yollanibsiz,deb eşitdim.

– Bu gap qayerdan çiqdi? Xayrlaşiş uçun kirgan ekan, xolos, – şoşib özini oqladi Zulfizar.

– Hayronman, nega taqdiri hal etiladigan bölimlarga emas, sizning oldingizga kiradi?

– Bilmadim, Nikolay Vladimiroviç, ammo rosti gap, unga juda rahmim keldi, axir xalq uçun qança xizmat qilgan odam…

– Nimalar deyapsiz, Zinaida Abdiyevna? Hali siz byuroning qaroriga qarşi çiqayapsizmi? Butun byuro ahmoq, faqat siz aqllimisiz?

– Yöq, men unday demoqçi emasman…

– Siz aynan şunday dedingiz va bu nuqtayi nazaringiz uçun javob berasiz. Örni kelganda yana bir narsani aytay, keyingi paytlarda hulq-atvoringiz bizga yoqmayapti. Uyingizda saqlagan xizmatkoringiz sirka içib qöyganini eşitdingizmi? Inson bir buyum emaski, istagan payti javonga qöyib, kerak bölmay qolganda axlatga uloqtirib yuborilsa!

Zulfizarning yuragi qinidan çiqib ketay dedi:

– Unga nima böpti? Nahotki?.. – “ölibdimi?” deb söraşga jurʼati yetmadi.

– Uni saqlab qolişgan, ammo “içki işlar” joniga qasd qilgan ayol sifatida röyxatga olgan. Yarim tunda ayol kişini ikki bola bilan köçaga haydaşga qanday jurʼat etdingiz? Yana viloyatdagi barça xotin-qizlar taqdiriga masʼul odam bölsangiz?

– Nikolay Vladimiroviç! Uni nega va kim bilan haydaganimni bilasizmi?

– Bilmayman, bilişni ham istamayman.

– Erçasining tört xonali uyi bor, u heç qaçon köçada qolmaydi. Yana… uning öz joniga qasd qilganiga sira işongim kelmaydi. Axir u meni aldab, erimni uyimdan olib çiqib ketdi. Boşida puldor eri, uyi, maşinasi bölsa, joniga qasd qilişga qanday asos bor?

– Sizni ham yarim tunda yaşab turgan uyingizdan haydab yuborişsa, öşa ayolning ahvolini his etgan bölardingiz.

– Nikolay Vladimiroviç, menga nisbatan nohaqlik qilayapsiz, – göşakning narigi tomonidan aloqa uzilganligini anglatuvçi “bip-bip” degan ovoz eşitildi.

Zulfizar keyingi kunga özi tuğilib ösgan xöjalikda ötkaziladigan partiya taşkiloti hisobot-saylov yiğilişiga vakil qilib belgilangan edi. Bunday topşiriqlar umumiy tartibda ança oldindan belgilab qöyilsa-da, odat böyiga ketişdan avval birrov “Kadr”ning oldidan ötilib, qöşimça topşiriqlar bor-yöqligi söralar edi. Zulfizar erta bilan turib indamay qişloqqa jönab yubordi. “Nima desin? Öşa juhudni qöyarda qöymay uning hayotiga tiqiştirgan edi. Endi alamidan har xil bahona topib, ezişga harakat qilyapti. Vijdonsiz. Olsa, işini olsin!”

Xöjalik rahbari-qirq yillardan beri xöjalikni boşqarib kelayotgan Omonqul rais Zulfizarni özgaça bir mehr bilan yaxşi körar, u bilan faxrlanar, buni sira yaşirmas edi.

– Sizning taşrifingiz biz uçun bayram,xuş kelibsiz, – uni körib, xursand bölib ketdi Omonqul rais. – Yiğiliş soat 2 ga belgilangan. Ungaça maktabga ötib kelmaymizmi? Bahorga bağişlangan bir tadbirlari bor ekan. Keça direktor taklif qilib kelgan ekan. Ertaga Opa ham keladilar, agar xöp desalar, u kişini ham olib ötaman, deb vaʼda qilgandim. Bugun Navröz – Yilboşi. Şunday kunda eski qadrdonlarni izlab, ularning könglini oliş savob.

Zulfizar siqilib turgan edi. Rozi böldi. Qadrdon maktabni körib, balki biroz köngli yozilar…

Maktab tadbirga juda yaxşi tayyorgarlik körgan edi. Navrözoy timsolida çiqqan qizni öziga öxşatdi: kelişgan, öktam…

Bolalarning Navröz tarixidan şunça maʼlumotni qanday töplaganiga qoyil qoldi. “Haqiqatan ham juda gözal bayram ekan bu. Nega bu kunni heç bayram qilmaymiz?” xayolidan ötkazdi u.

Ertasi kuni uni ikkinçi kotib çaqirdi.

– Siz nima qilib yuribsiz? Sizni partiya taşkilotining hisobot saylov yiğilişini ötkazişga yuborsak, siz diniy bayramlar ötkazişga boş-qoş bölib yuribsizmi?

– Qanday diniy bayram? U bahorning kelişiga bağişlangan qadimiy bayram edi, xolos.

– Bahor birinçi martdan boşlanadi. Siz butun ittifoq uçun belgilangan taqvimni bilmaysizmi? Keça 21-mart edi,qanday qilib 21-mart kuni bahor, Yangi yil boşlanadi. Yangi yil 1 yanvarda nişonlanadi. Bahor 1-mart kuni boşlanadi. Siz özingizga bildirilgan işonçni suiisteʼmol qildingiz. Mavqeingizdan foydalanib, sovet turmuş tarziga qalanği-qasanği odatlarni tiqiştirmoqçi bölyapsiz. Bunga yöl qöyib bölmaydi. Buning ustiga qöl ostingizdagi rahbar xodimlardan tilla taqinçoqlar talab qilişingiz haqida maʼlumotlar bor.Odamlar orasida Parpiyevga nisbatan adolatsizlik qilindi, deb gap tarqatib yurgan emişsiz. Parpiyev qamoqda ötiribdi. Aybi bölmasa, qamoqqa olişarmidi? Qadamingizni bilib bosing, yana Parpiyevning yoniga borib qolmang! Şoşilinç byuro çaqirtiraman. Byuroga qilmişlaringiz haqida özim axborot beraman.

 Hammasi kutilmaganda, juda tez sodir böldi. Bir soatning içida Zulfizar butun faoliyatiga ham, nomiga ham qora çiziq tortildi. Işdan böşatildi, partiyadan öçirildi.

– Siyosiy jinoyatçi va poraxör sifatida uni qamoqqa olişimiz şart va zarur edi, ammo baloğatga yetmagan ikki nafar farzandi borligini inobatga olib…

U birdaniga heç kim va heç narsasiz qolgan edi. Uning yomon odati bor edi. Erta bir kun kerak bölib qolar deb, sandiqqa 4-5 söm olib qöyişni bilmas edi. Byuroda aytilganidek poraxör bölganida…

Essiz…

– Har yili tuğilgan kunida tilla taqinçoq olib bermasam, kun yöq edi. Har xil bahonalar topib, siquvga olardi.

– Neça marta şunday qimmatbaho sovğa berişga majbur bölgansiz?

– Beş marta…

Bu ayblovni madaniyat boşqarmasi boşliği aytdi. Zulfizar uning közlariga, heç bölmasa, bir martagina qaramoqçi böldi, ammo u sira ham Zulfizar tomonga qaramadi. Xuddi Zulfizar emas, özi pora olganday boşini yerdan kötarmasdi.

“Beçora. Majbur qilişgan”. Şu topda negadir öziga emas, unga rahmi keldi.

Aslida Zulfizarning qöli pul körib, törtovora davralarga kirganidan buyon olgan jami tillo taqinçoqlari beştagina edi: ikkita zirak, uçta uzuk. Şundan bir zirak bilan uzukni Anatoliy Abramoviç nikoh kuni sovğa qilgan…

Byurodan keyin uç kun ötgaç, Xadiça kirib keldi. Dugonasining rangi-röyini körib, rosa xijolat böldi:

– Meni keçir, hamişa öz taşvişlarim bilan yugurib yurib, hamma gapni eng oxiri bölib eşitaman. Bugun işxonamizdan bir muallima aytdi…

– Heç qisi yöq, hammasi joyida, – maʼyusgina kuldi Zulfizar.

– Ifloslar, sening umringni, isteʼdodingni kuydirişdi. Şularning yöriğiga yurmay, ilmiy iş qilganingda, eng zör olima bölar eding. Ha, ularga ham sening aqlliliging yoqmagan aslida.

Zulfizar qöl siltadi:

– Qöy,bu gaplarni!..

Tokçadan tilla taqinçoqlarini olib, Xadiçaning oldiga qöydi:

– Manavilarni sotib ber. Işga joylaşib, maoş olgunça rözğor qilib turiş kerak.

Xadiça hayron bölib, bir taqinçoqlarga,bir Zulfizarga qaradi. Söng taqinçoqlarni egasi tomonga surib qöydi:

– Bularni olib qöy, – sumkasini kovlab, bor pulini Zulfizarning oldiga qöydi. – Maoş olguningça özim qaraşib turaman. Bizning maktabga yur. Oldingiday birga işlaymiz.

Zulfizar pastki lablarini tişlab boş irğadi: “Xöp”.

Uç kundan beri uyi içida şarpadek sudralib yurib, közlaridan bir tomçi yoş çiqmagan edi. Közlarini yumdi, ammo qovoqlari duvullab tökilayotgan şörtaʼm yoşlarni töxtatib qola olmadi. Xadiça uning boşini quçoğiga oldi:

– Zulfizar, hali hammasi oldinda.

– Yöq, hammasi tugadi!

* * *

Sora bu safar otasi kelganini aytib uyğotdi:

– Onajon, dadam kirmoqçi. U har kun keladi, ahvolingiz yaxşi bölmagani uçun kirgizmayotgan edim. Xöp deng, bir martagina kirsin, juda ötinib iltimos qilayapti.

Zulfizar boş çayqadi: “Kerak emas”.

– Onajon, heç bölmasa, men uçun rozi böling. U mening otam, faqat şu odamning yordami bilan bu azim şaharda qiroliçalarday yaşab yuribman. U hamişa sizning oldingizda özini aybdor, deb biladi. Qilgan işlaridan ming puşaymon. Öşa yovvoyi hamşira siz böla olarmidi?

Zulfizar yana boş çayqadi: “Baribir, kerak emas”. Söng yuzini devor tomonga ögirib oldi.

Sora uning boşida turib-turib, palatadan çiqib ketdi. Zulfizarning yuragi siqildi. Qaysar qizining aytganlarini qilmay, otasini boşlab kelişidan xavotirlandi. Yurak yutib, ota va qizning oldinma keyin kirib kelişini kutdi. Astoydil Xudoga iltijo qildi: “Yo, muruvvatli Olloh, şu nobakorning yuzi yuzimga tuşişidan özing asra!” Iltijo qila turib öşa “nobakor”ni juda ham körgisi kelayotganini, boşini köksiga qöyib ökirib-ökirib yiğlagisi kelayotganini his etdi. Lekin… yöq, kerak emas!

Ançadan söng palataning eşigi oçilib, Soraning özi kirdi. U aytganini qildira olmaganidan,otasining könglini topa olmaganidan xafa edi. Indamay karavoti tomon ötib, joyiga çözilib oldi: “Bunçalar erkatoy bu qiz! Nega? Gödak holida otaning xiyonatini, akaning sargardonliklarini, onaning tanazzulini kördi, şu körguliklar içida yaşadi. Ammo qayerdan şunçalar özbilarmon, erka bölib ösdi? Bilimiyam zör-da, şu yoşida kim fan doktori böla oladi? Özi gözal. Buyoği otasi unga maʼbudaga siğinganday siğinadi. Şundan hamma aytganim bölişi kerak, degan kayfiyatda yurişga örganib qolgan”.

Xayolan örnidan turib, qizi tumtaygança çözilib yotgan karavot yoniga bordi, ohistagina soçlarini siladi: “Meni qöy, jonim. Özingni, özingning turmuşingni öyla”.

Zulfizar neça kundan beri şu gaplarni aytişga oğiz juftlar edi-yu, ammo heç jurʼat topa olmasdi. Lekin, biladi, aytişi kerak, toki erta bir kun qizi ham özi kabi umr poyonida yolğizlik azobida qiynalmasin. Nevaralari ham otali-onali tökis bölib ulğaysinlar.

– Sora!

– Ha, ona? – qizi sapçib örnidan turdi.

– Bu yoqqa kel, anavi kursini yonimga qöyib ötirgin.

Sora hayron bölib, onasining yoniga ötirdi. Zulfizar uning qöllaridan tutdi:

– Qizginam, sen juda aqlli qizsan. Sen faqat özing yöl qöygan xatolardan emas, özgalarning, masalan, mening xatolarimdan ham xulosa çiqara olişing kerak. Keçagi odamni körding, qanday kamtar, aqlli inson. Lekin judayam böşang odam edi. Birovlarning sözi bilan qöyday bölib uyimga kirib keldi, qöyday bölib yaşadi. Uning şu möminligi ğaşimni keltirar edi. Şu qöy bir kun kelib menga qöl kötardi. Bunga ham çiday olmadim. Atrofimdagilarning tavozelari közimni kör qilib qöygan edi. “E, bor-ye” dedim. Men uni mansabga almaştirdim. Takabburligim oqibatida öğlimni yetim qildim. Mansabimdan ajralmay deb, keçalarimni ham, kunduzlarimni ham işga berdim, yolğiz öğlimning giyohvand bölişiga sababçi böldim. Agar otasidan ajralmaganimda, axir onalarimiz erlari “qöy” bölsa ham, “zör” bölsa ham indamay yaşayverişgan-ku, mansabga şu qadar yopişmaganimda, bolam şunçalar ovora bölmas edi. Qandaydir soxta ğoyalar qurboni böldim. Ikkinçi marta erim taşlab ketganda ham partiyadan öçirib, işdan haydaşganlaridagidek ezilmagan edim. Holbuki, öşa ahmoq otangni juda yaxşi körganman, hozir ham yaxşi köraman.

– Onajon, bu gaplarning nima keragi bor? Ötgan narsalar uçun özingizni qiynamang. Özi zörğa qaytarib oldik.

– Men yaxşiman, sen xavotirlanma. Menga qara, qizim, men bir narsani körib turibman, sen eringni umuman nazar-pisand qilmay qöygansan. U erkak, unga eʼtibor-mehr kerak.

– Onajon, bu nima deganingiz? – Qoşlari çimirilib ketdi Soraning. – Men ayolman, menga ham eʼtibor, mehr kerak. Rözğorning hamma xarajatlari mening böynimda. Yana dimoq-firoqlarini kötarişim kerak. Öz-özidan haftalab gaplaşmay yuradimi-yey, televizor körgan joyida yotib qoladimi-yey. Qiliqlari könglimni aynitadi. Baʼzan “közimdan yöqol” deb köçaga haydab solgim keladi. Yana neça yillab dadamni soğinib yaşaganlarimni eslab, özimni bosaman. Ertaga öğil uylantirişim kerak, qizimga sovçi keladi, şunda boşimda erkak bölsin, deyman. Ammo unga nisbatan könglimda zarraça iliqlik qolgani yöq.

Zulfizar qörqib ketdi. Ikki qöllab qizining qöllaridan uşlab oldi:

– Yöq, qizim, istasang bu gaplarimni vasiyat örnida qabul et, ammo eringga bölgan munosabatingni özgartir. “Gunohi kabira” degan bir kitobdan öqigandim, oqşom payti erkak kişining aybi bilan eru xotin xafalaşib qolsa-yu, erkak tong otgunça teskari qarab yotsa, ayol uning könglini olib, özi tomonga qaratmasa, ayol gunohkor hisoblanar ekan. Ha, aybdor erkak kişi bölsa ham! Şunday, qizim, bizning davrimizda Islomni bidʼat, ayollarning huquqini kamsitgan, deb taʼlim berişgan. Aslida esa Islomda oilani asrab qolişda masʼuliyat ayolning zimmasiga yuklangan, şu masʼuliyatni kötargani uçun ham uning oyoqlari ostidagi yerni jannat deb atagan. Bir olim pastga tuş, oilang, bolalaring,özing uçun uning hurmatini örniga qöy, Er-yarim pir, deyişgan. Sen ham şunday deb hisobla. Agar şu erkakdan ajraşsang, bilib qöy, görimda tik turaman. Senga heç narsa qoldira olmayman, ammo istaymanki, bebaxt taqdirim ham meros bölmasin.

Sora hayron böldi:

– Bu nima deganingiz, onajon? Xöp, sizga kim ajraşaman, deyapti. Nega bunday gaplarni aytayapsiz?

– Munosabatingni özgartir. U, bordi-yu, ajraşaman, desa ham, ajraşmayman, deysan.

– Xöp. Voy-yey, qandaylar kuyovingiz bor edi?

– Ana şu gapning keragi yöq. Endi eringga qönğiroq qil, men uni körişim kerak.

– Nega?

– Gapim bor.

– Ertaga çaqirarman. Bugun çarçadingiz, keç bölib qoldi.

– Yöq, uni bugun körişim kerak.

Oradan köp ötmay kuyov keldi. U birovlarning gunohini ham öz böyniga olib, şu mardligi uçun katta jazoga mahkum bölgan odamday ança tuşkun kayfiyatda edi. Zulfizar Sorani palatadan çiqarib yubordi.

– Ğanişer, öğlim! Mening vaqti-soatim yetib borayapti. Sizdan bittagina iltimosim bor, mendan keyin qizimni, nevaralarimni yolğiz qoldirmang.

Kuyov bölmişning közlari katta-katta bölib oçilib ketdi. U qaynonasidan bunday gapni sira kutmagan edi. Uning hisob-kitobi böyiga bu amaldor kampir erta-indin oyoqqa tursa, uyda emas, masʼuliyatsiz ota, xiyonatkor er sifatida işxonasida ham muhokama bölişi aniq edi. Qaçonki, qizining töşagida duç kelgan manzara tufayli hayot bilan vidolaşmoqda.

– Nimalar deyapsiz?

– Bilaman, qizim biroz erkaroq. Balki u uzoqni köra olmayotgandir, balki biroz eʼtiborsizlik qilayotgandir. Lekin siz erkaksiz, mard böling. Ayolingizni, bolalaringizni taşlab ketmang.

– …

– Menga vaʼda bering.

Ğanişer ança vaqt jim qoldi. Söng çuqur “uf” tortdi.

– Men Sorani yaxşi köraman. Bolalarimni ham. Ularni heç qaçon xor-zor qilib qöymayman.

– Demak, ketmaysiz.

– Ha…

– Yana bir iltimos, rözğoringizga boşqa harom-hariş narsalarni aralaştirmang. Ismimni rusçaga ögirdim. Ikki er qildim. Lekin heç qaçon harom işga qöl urmadim.

– Bilaman.

– Mendan rozi böling, öğlim. Sora sizga omonat. Sizga biroz taşviş böladigan böldim. Meni onamning yoniga qöyişlaringni xohlayman. U joylar bahorda juda gözal bölib ketadi. Bepoyon adirlikka joylaşgan qabriston yam-yaşil öt-ölanlar, qizğaldoqlarga kömilib ketadi. Adirning ustida yotsangiz, butun qişloq kaftdek körinib turadi. Öşa qabristonning etagidan ötgan anhorda çömilib katta bölganmiz.

– Siz xavotirlanmang, -uning ovozi titrab ketdi. – Hammasi aytganingizday böladi. Faqat iltimos, meni keçiring. Men tufayli…

– Unday demang. Bu taqdiri azal.

* * *

Uning hamma maʼrakalari qişloqda ötdi. Janozada odam köp böldi. Mamaraimning yoru döstlari, hamqişloqlar, Soraning, kuyovning taniş-bilişlari, qarindoş-uruğlar… Zulfizar bilan birga işlagan deyarli heç kim yöq edi.

Yettidan keyin Sora yolğiz özi qabristonga borib, onasi bilan xöşlaşib qaytmoqçi böldi. Unga Xadiça hamroh böldi: “Seni yolğiz yubormayman”.

Saraton köksini kuydirgan bepoyon adirlik huvillab yotardi. Sora Xadiçaning yelkasiga boşini qöyib, uzoq yiğladi. Xadiça yuragini böşatib olsin deb, atay uni yupatmadi. Yiğlab-yiğlab, söng gurungga berildi.

– Xola, onam sizni juda yaxşi körardi. Erim onang qişloqqa olib borişimizni tayinladi, deganda, xafa bölgandim. Bir marta olib keliş taşvişi heç narsa emas, ammo yonimizda bölsa, soğingan paytlarim şundaygina uyimdan çiqib ziyorat qilib qaytaverardim, degandim. Endi qarab tursam, meni qişloq bilan, qarindoşlar bilan boğlaşni istagan ekan. Ziyorat bahona ularni ham izlaydi, degan. Yana… Siqilgan paytlari hadeb boşimga kelib, yiğlayvermasin, özini qölga olsin,qattiqroq bölsin, degan. Bu joylarga ilgari ham köp kelganman. Bahor paytlari juda gözal bölib ketadi.

– Ha, onang juda aqlli ayol edi, – uning soçlarini siladi Xadiça. – U öz davrining qurboni böldi. Yurt mustaqillikka erişgan bugungi kunlarning odami bölganida, bu sargardon köçalardan umuman ötmagan bölardi.

– Xolajon, nega bizda mayyitlar boşqa xalqlarnikiday, çiroyli kiyintirib, mustahkam tobutlarga solib kömilmaydi? Oddiygina qilib, kafanlab kömişadi?

– Bilmadim, bolam. Odamzod asli tuproqdan bino bölgan va yana tuproqqa aylanadi, deyişadi. Bu jarayon yoğoç tobutga nisbatan, kafanda tezroq, osonroq keçadi. Yerning ostini yoğoç qutiga töldirişning nima keragi bor? Yer muqaddas, u bizni yelkasida opiçlab, kaftida rizq tutib katta qiladi, foniy dunyodan ötganimizdan keyin ham öz bağriga oladi. Heç kim-na ona, na farzand murdani uyida uç kundan ortiq saqlay olmaydi. Yer esa indamay, beminnat, betaʼma,heç qanday eʼtirozlarsiz yaxşiga ham, yomonga ham köksidan joy beraveradi. Şuning uçun ham odamzod yerni yaxşi köradi, onasiga talpinganday unga talpinadi, uni Ona yer deydi, Ona deydi.

Sora atrofga qaradi. Allaqaçon kuyib, qovjirab qolgan bölsa ham ajabtovur dala gullarining hidlari ufurib turgan bepoyon olam köngliga taskin berdi. Ular ötirgan joydan onasi tuğilib ösgan uy hovlisi kaftdek körinib turardi. Ana, toğasi keksa gujum tagidagi supada qişloqdoşlar bilan ötiribdi, darvozadan yana beş-olti ayol keldi, ularni jiyanlari içkariga boşladi…

 Hatto quloğiga Qurʼon tilovati ham eşitilganday böldi. Köngli yanada xotirjam tortdi.

Jamila ERGAŞEVA

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)