Men bolalikdan Bobur ruboiylarini yod olganman, keyin Navoiy ğazallarini… Keyinçalik barça zamondoş yetuk şoirlarni sevib öqidim. Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom, Oybek şeʼriyati men uçun ijod maktabi böldi. Navoiy menga ustoz, pir ölaroq Şarq şeʼriyati eşigini oçdi. Rumiy, Attor, Hofiz, Bedil asarlarini asliyatda öqiş baxtiga muyassar böldim. Dastlabki maşqlarim maktab devoriy gazetasida, talabalik yillarimda Buxoro pedagogika institutining köptirajli gazetasida bosilgan. Keyinçalik “Gazoprovod” sarlavhali şeʼrim “Şarq yulduzi”da, “Jamila” nomli kiçik dostonim Zulfiya opaning tavsiyasi bilan “Yoş leninçi”da çop etildi.
Ilk şeʼriy töplamim “Olam kirar yuragimga” 1968-yilda naşr qilindi. Bu kitob haqida taniqli şoir Husniddin Şaripov maqtab taqriz yozgani, Şuhrat aka yozgan taqriz esa Moskvada, “Literaturnaya gazeta”da bosilgani yodimda. Söngra yillar oşa bir neça şeʼriy kitoblarim dunyo yuzini kördi: “Çöqqilarga yoğildi yoğdu” (1971), “Toş tuğyon” (1973 y.), “Hasan va oy” (1974 y.), “Quyoş çaşmasi” (1976 y.), “Dostonlar” (1978 y.), “Tafakkur” (1979 y.), “Qadah” (1980 y.), “Suvaydo” (1983 y.), “Umidli dunyo” (1988 y.), “Varaxşa” (1989 y.), “Asr bilan vidolaşuv” (2007 y.), “Yana könglimda uç oy” (2010 y.).
Ötgan yillar davomida badiiy tarjima bilan ham izçil şuğullandim. Forsiydan Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat “Masnaviyi maʼnaviy”sini, Şayx Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr”, “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Pandnoma”, “Bulbulnoma”, “Uşturnoma” asarlarini, buyuk şarq şoirlari bisotidan “333 ruboiy” kitobini, Abdurahmon Jomiyning ikki yuz ğazali (“Gulşaningda sölmasin gul”)ni, Alişer Navoiy “Devoni Foniy”sidan ikki yuz ğazal, ön qasida (“Foniy gulşani”)ni, Sotim Uluğzodaning “Firdavsiy” romanini, turk tilidan Hazrati Ali ibni Abutolibning şeʼriy devonini, ingliz tilidan Vilyam Şekspirning eng yetuk ön ikkita asari: “Hamlet”, “Makbet”, “Otello”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”, “Yuliy Sezar”, “Koriolan”, “Venetsiya savdogari”, “Qiş ertagi”, “Qirol Genrix IV”, “Antoniy va Kleopatra”si hamda sonetlarini, bolalar uçun turli mualliflarning “Muhammad alayhissalom qissasi”, “Muso alayhissalom qissasi”, “Iso alayhissalom qissasi”, “Budda qissasi”, “Akbar va Birbal” va “Şekspir hikoyatlari”ni, rus tilidan Aleksandr Puşkinning “Motsart va Salyeri” fojeasi, buyuk fransuz adibi Nikola Bualoning “Şeʼriy sanʼat” asarini, Yan Raynisning “Oltin tulpor”, Bartold Brextning “Siçuandan çiqqan mehribon” dramalarini, Fridon Xalvaşining “Kumuş yelkan” şeʼriy töplamini, Radiy Fişning “Jaloliddin Rumiy” romanini özbek tiliga ögirdim. Ozarbayjon şoiri Baxtiyor Vahobzodaning “Faryod” dramasi va Fuzuliyga bağişlangan “Şabi hijron” dostonini özbekçalaştirdim. Ming şukrki, sanayversam yana topiladi…
Ijodiy faoliyatim davomida bir neça yil Buxoro institutida çet ellar adabiyotidan dars berdim. Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida işladim. Akademik Izzat Sulton rahbarligida ikki jildlik “Adabiyot nazariyasi”, ikki jildlik “Özbek adabiy tanqidi tarixi” kitoblarini yozişda qatnaşdim. “Lirik şeʼriyat”, “Tarixiy drama” degan ilmiy risolalarim naşr etildi.
Xullas, özim yozganlarim va tarjimalarni qöşib hisoblasa, kitoblarim soni qirqdan oşsa kerak. Ularning adadi masalasi özingizga maʼlum. Masalan, “Suvaydo” va “Umidli dunyo” kitoblarim har biri yigirma ming nusxada bosilgan. “Jaloliddin Rumiy” romani qirq beş ming nusxada naşr etilib, ön kunda sotilib bitgan. Bu gaplar bugun afsonaga öxşaydi. Örni kelganda aytay, hozir kitob naşri va kitob savdosini köngildagidek deb bölmaydi. Toşkentda tört ming sömga sotilayotgan kitobni viloyatlarda ön ming sömga sotişadi…
Adabiyotning jamiyat hayotida tutgan örni bağoyat buyuk. Bu gapni özim adabiyotçi bölganim uçun aytayotganim yöq. Yelkamda yetmiş yillik tajriba bor. Ana şunga suyanib aytayapman. Dunyodagi barça fanlar bir taraf, adabiyot bir taraf. Barça fanlar taningga xizmat qiladi, adabiyot joningga, ruhingga. Xöş, ruh nima? Ruh – sening insonliging. Hamma narsa parvarişga muhtoj bölganidek, ruhing, insonliging ham parvarişga muhtoj. Uni yuvib, tarab turiş kerak. Yöqsa, tubanlaşib ketadi. Kostyum kiyib, galstuk taqqan olifta hayvonga aylanib qolişing heç gapmas. Bu yuvib-taraşni kim qiladi? Adabiyot, albatta. Adabiyot insonni kiroyi inson bölişiga örgatadi. Hoy, sen zoti şarifsan, Allohning yerdagi vakilisan, insonligingni unutma, nazaringni baland tut, faqat nafsing uçun yaşama, hayvon darajasiga tuşib qolma, deb ogohlantirib turadi. Şu maʼnoda, adabiyot – maʼnaviyat fani, bobolarimiz iborasi bilan aytganda, ilmi adab… Adab – bu örinda keng qamrovli tuşunça, inson qiyofasini belgilovçi omil. Qariyalar duoda farzandlariga soğlik va umr barobarida Yaratgandan adab söraşadi. Xullas, kişi kim bölişidan qatʼiy nazar, masalan, buyuk olim, yetak mutaxassis, yirik davlat arbobi, mohir sanʼatkor, usta dehqon, maşhur sportçi bölişidan ham oldin sohibadab, yaʼni, yaxşi inson bölişi lozim. Adabiyot ana şu vazifaga xizmat qiladi.
Bugun texnika taraqqiyoti tufayli dunyo uyimizga kirib keldi. Televizor tugmasini bosasiz, vassalom: Parij, London, Nyu-York, Rim, Qohira, Istanbul, Tehron, Moskva, Dehli, Pekin qarşingizda tizilib ötaveradi. Dunyoning vaziyatini öz közingiz bilan kuzatasiz. Dunyoda hamma narsa bor, faqat nur yöq, ertangi kundan umid yöq. Inson zoti tirikçilik köyida zir yuguradi. Kambağallar non topsam deydi, boy-badavlatlar bir kun bölsa ham ayşimni surib qolsam deydi. Dunyoga nega keldi, nega ketadi, bu narsa xayoliga ham kelmaydi. Yeb-içib, mol-bisot töplasa, bas… Insonni bir lahza bölsa ham töxtatib, hay, holingga nazar sol, bu ahvolda qayoqqa borasan, deb ogohlikka, yaʼni, insonlikka undovçi kuç – adabiyot…
Ey Navoiy, olam ahlida tamahsiz yöq kişi,
Har kişida bu sifat yöqdir, anga bölsin şaraf.
Sen agar tarki tamah etsang, uluğ işdir bukim,
Olam ahli barça bölgay bir taraf, sen bir taraf...
Mavlono deydiki,
Zindagi omad baroyi bandagi,
Zindagi bebandagi şarmandagi…
Yaʼni, hayot, tiriklik senga Allohga banda böliş, çinakam inson bölişing uçun berildi. Bas, şundoq ekan, bandalikdan, insonlikdan mahrum bölib yaşaş – şarmandalikdir.
Xullas, adabiyot – insonşunoslik degani. Biz yerni, osmonni, undagi bor jismlarni bilsagu özimizni, neçuk inson ekanligimizni, Yaratgandan tayin etilgan insoniy burçimizni bilmasak, holimizga voy… Hamişa va hamma sohada aql va insofni bayroq qiliş insoniy burçimizdir. Adabiyot insonni aql va insofga undaydi.
Ovrupolik faylasufning bir gapini öqib qoldim. “Bilim deb hikmatdan, axborot deb maʼrifatdan ayrildik” deydi u. Darvoqe, dunyoni axborot bosib ketdi. Matbuotda ham, radioda ham, televizorda ham har kuni takror: öt olib ketdi, suv bosib ketdi, töfon, vulqon, zilzila, halokatu falokat… Köçalarda ur-sur, töpolon, xalq bir taraf, mirşablar bir taraf… Faqat xabar, axborot, informatsiya. Tahlil yöq, nega şundoq bölayapti, degan savol yöq, voqea-hodisaning tub mohiyatiga qiziqiş yöq. Xullas, faylasufning kuyinganiça bor.
Men adabiyotimizda Şarq adabiyoti anʼanalari davom etişini istardim. Şarq adabiyotining mağzini taşkil etadigan narsa – hikmat. Xöş, hikmat nima? Hikmat – mohiyat, aniqroği mohiyatga yetaklovçi fikr.
“Masnaviyi maʼnaviy”da yuzlab hikoyatu rivoyatlar bor. Bittasini aytib beray. Bir darveş uzoq bir şaharda maşhur avliyo yaşaşini eşitib, uning ziyoratiga otlanibdi. Yöl yurib, yöl yursa ham möl yurib, daştu sahrolar oşa avliyoning manziliga yetib, uning eşigini qoqibdi.
“Hay, kim?” ovoz beribdi bolaxona dariçasidan ayol kişi.
“Men falon yurtdan hazratimning ziyoratlariga kelgan darveşman” debdi musofir.
“Ovora bölibsan, darveş, – debdi ayol. – Men uning xotiniman. Dunyoda ikkita ablah bölsa, bittasi öşa. Dunyoda ikkita benomus, aldoqçi bölsa, bittasi öşa şaytoni lain. Ziyoratingga arzimaydi u”, deya bor haqoratu malomatlarni yoğdirib, erining boşiga mağzava tökibdi. “Kelgan yölingga qayt”, deb gapini tugatibdi.
Darveş hang-mang bölib qolibdi. Eʼtiroz etmoqçi bölib oğiz juftlabdiyu yana özini tiyibdi. “Mayli, nima bölsa ham köray, çaqiring”, deb oyoq tirabdi.
“U uyda yöq, çiqib ketgan”, debdi ayol.
Şunda darveş çor-noçor eşikdan yiroqlaşib, tört-beş qadam nari ketibdi. Bir odam uçrabdi. “Mabodo falon avliyoni körmadingizmi?” sörabdi darveş undan. “Kördim, – debdi haligi kişi, – ötin tergani örmonga ketdi”.
Darveş örmonga qarab yuribdi. Bir payt örmondan avliyo çiqib kelibdi. Arslonga ötin ortib, ustiga özi ötirib olganmiş. Yöğon bir ilonni qamçi qilib, boşi uzra aylantirib kelayotganmiş.
“Hay, darveş! – debdi yiroqdan. — Könglingdan nima gaplar keçganini aytaymi?”
“Ayting”, debdi darveş.
“Şundoq avliyo odam şunday johil xotin bilan qanday tirikçilik qilarkin?” deb öylading.
“Töğri”, debdi darveş.
“Öylab qara, bir xotinning javriga çiday olmasam, neçuk avliyo böldim? Öşaning javriga çidadimki, arslonni eşşak qilib, ustiga ötin ortib, ilonni qamçi qilib yuribman”, debdi avliyo.
Xöş, bu rivoyat bilan Mavlono nima demoqçi? Haligi ayol – şunçaki ayol emas, dunyo. Mavlono aytmoqçiki, bu dunyoga keldingmi, bas, u seni ayab ötirmaydi. Maşaqqatlarga duçor qiladi, boşingga tahqiru haqoratlar yoğdiradi. Ana şunga çiday olsang, marra seniki, bir nimaga erişasan. Çidamasang, naryoğini özingdan kör. Ha, dunyoni çidaganga çiqargan. Mana, sizga rivoyat zamiridan kelib çiqadigan hikmat.
Adabiyotimizni hikmat ruhi tark etmasin deyman.
Aruz – ming yillik şeʼriyatimizning yetakçi, boş yöli. Uning yurak-qon tomiri. Men aruzda bitgan şeʼrlarim, yaʼni, ğazallar, muxammaslar, ruboiylar, dostonlarimni saralab, bir kitob qildim. Asror Samad söz boşisi ila naşr etildi. “Şoirning aruz kitobi” rukni ostida… Istagim, har bir özbek şoirning aruz kitobi bölsin. Aruz bizning qonimizda, jonimizda. Mumtoz navolarimizga qanot bağişlagan aruz emasmi? Bas, uni sevaylik, örganaylik. Aruzda qalam tebratib, gözal manzumalar yarataylik.
Töğri, har bir jabhada yangilaniş – hayot qonuni. Qolaversa, “Kimki yaşab, yangilanadi, öşa mangu yaşab qoladi”, deydilar ahli bilgiçlar. Tölqin ortidan tölqin kelmasa, daryo sassiq kölga aylanadi. Avlod ortidan avlod kelmasa, jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Adabiyot ham şunday. Izlaniş, yangilaniş – doimiy jarayon. Ammo yangilaniş boşqalardan töğridan-töğri nusxa köçiriş evaziga bölmasligi, adabiyot özining tabiiy ildizlaridan uzilib qolmasligi kerak.
Keyingi yillarda yapon uçliklari – xakkularni tarjima qiliş urf böldi. Öqidim, yomon emas. Ammo nimadir yetişmaydiganday. Topdim, qofiya, ohang yetişmayapti. Bir tarjimonga şu haqda aytsam, yapon şeʼriyatida qofiya yöq deb qoldi. Fikrimni tuşuntirişga harakat qildim. Özbek tili – qofiyali til, bu uning tabiati. Boşqa tillardan ögirilgan şeʼr ana şu tabiatga böysunişi kerak, dedim. Baribir fikrimga qöşilmadi. Aytmoqçimanki, qofiyali qilib ögirganda, u ohang kasb etar, jaranglar edi. Şu qofiyasiz holida esa u, ustoz Mirtemir aytmoqçi, şeʼr emas, qora söz… Yoki şoir Nikolo Bualo yozadi:
Gözal ohanglarsiz şeʼriyat ölik,
Sözlar sölğin boqar, satrlar sönik.
Yana bir aytmoqçi bölganim: kitob naşri va kitob savdosini mukammal tarzda yölga qöyiş kerak. Yangi milliy kutubxona qurilyapti, bundan benihoya xursandmiz. Endi şunga muvofiq ravişda davlat kitobni öz qanoti ostiga olmoği darkor. Kitob – maʼnaviyatimiz gavhari, uni maişiy-isteʼmol mollari bilan bir qatorga qöyib, bitta tarozida tortib bölmaydi. Şundoq qilaylikki, bizda kitob kulti bölsin. Şundoq qilaylikki, yaxşi kitob yozgan yozuvçi yaxşi haq ola bilsin, tirikçilik deb boşqa işlarga çalğimasin.
Suhbatimizga xotima örnida yana Mavlonoga murojaat qilmoqçiman.
“Bu dunyoning tuni va zulmati ötadi. Undan qolajak narsa – sözning nuri, – deydi Mavlono. – Çunonçi, payğambarlar umri keçdi, biroq sözlarining ziyosi barhayot va mangu tirikdir”.
“Insonning vujudi bir uyum göngga öxşaydi. Ammo ana şu göng azizdir. Çunki uning bağrida podşoning uzugi bor” – deydi yana Mavlono.
Podşoning uzugi bu – inson köngli demak. Şu örinda, ikki olamni men bitta köngil uçun yaratdim, ikki olam bitta köngilga siğadi, ammo bitta köngil ikki olamga siğmaydi, degan hadisni ham eslang…
Adabiyot – inson köngli deb atalmiş ilohiy möjizani madh etuvçi nurli sözdir. Men mana şu nurli söz içida ekanim uçun Yaratganga şukrlar qilaman. Va yana bir şukronam: uç qizim, bir öğlim, beş nabiram bor. Kasblari turli-tuman: şifokor, rassom, muhandis, iqtisodçi. Ammo ularning hammasi adabiyotni sevişadi, ardoqlaşadi.
Jamol KAMOL,
Özbekiston xalq şoiri
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


