VORISLIK
Har qanday ğaflatning intihosi bor,
Tong otib, bedorlik boşlangay yana.
Oxiri, ğam bosgan joyda ham takror,
Şodlik qayta boşdan qilgay tantana.
Közga yoş berilgan, barmoqqa uzuk,
Toy bosib kelgaydir otning izini.
Silsila bardavom bölmoği tuzuk,
Har kim zuryodida körgay özini.
Azaliy bu zanjir kelar uzilmay,
Bor bölsa, bandasi yöqota olmas.
Polapon ulğayib, uçmoqlikka şay,
Zargar dastgohi ham egasiz qolmas.
Kimdir ezgulik deb tinmaydi, biroq
Kimdir xanjar bilan yölini poylar.
Hayotning mana bu yöriğiga boq:
Yovuz ham yovuzni himoyat aylar.
Bunday vorislik ham nahotki mangu,
Boisin bilolmay, boqurmiz noçor.
Bu dunyo nafis bir çinni ekan-u,
Köksida darz ketgan çiziqlari bor.
2010-yil 14 aprel
MASAL
Devorlardan oşib,
Tuşmay öraga,
Böri kirib oldi
Bir kun qöraga.
Qörada yetimça
Qözi bor edi.
Ona mehriga u
Çindan zor edi.
Börining qorasi
Köringani çoq,
“Onam”, deb yugurdi
Unga qöziçoq.
Masalning davomin
Özing öyla, bas,
Sen qözi emassan,
Yetim ham emas.
2010-yil 21 aprel
IRIM
Şunday bir odat bor insonlarga xos,
Mavqei bölmasin, mayli, qanaqa,
Turfa balolardan etgay deb xalos,
Elga tarqatadi xayru sadaqa.
Seni yomon tuşlar qiynar gohi payt,
Buzgay oromingni öqtin va öqtin.
Deydilar: – Tuşingni oqar suvga ayt,
Zahrin olib ketar mavj urgan tölqin.
Kimningdir omadi yurişmaydi heç,
Tunu kun izlaydi çorayu imkon.
Balki ötganlarning ruhlari notinç,
Bitta xöroz söyib, çiqargaydir qon.
Agar işonsaydim, irimin qilib,
Men ham saqlamasdim dilimda rozni.
Umrim ötar edi suvga termilib,
Söyib yuborardim qança xörozni.
2010-yil 22 aprel
FIL
Şafqat körgizdilar qari bir filga,
Uni zanjiridan qildilar ozod.
Ketdi u örmonga – sönggi manzilga,
Xartumini silkib, aylab xayrbod.
Qirq yil yoğoç taşib topdimi qadr,
Har neçuk yaşadi xöragin oqlab.
Fil-ku ozod böldi, lekin negadir
Odamlar zanjirni qöydilar saqlab.
2010-yil 27 aprel
POYEZD
Sayohatdan topdim ruhimga dalda,
Axir xonanişin kunlardan bezdim.
Men seni betoqat kutdim vokzalda,
Nega keçikasan, mening poyezdim.
Olis manzillarda sirli bir diydor,
Sirli çamanlarning iforin sezdim.
Körgim kelayotir ularni takror,
Nega keçikasan, mening poyezdim.
Bedor ötkazganman qança tunlarni,
Hijronlar dastidan yurakni ezdim.
Soğindim farahbaxş, oydin kunlarni,
Nega keçikasan, mening poyezdim.
Qaydadir halovat, nurli visol bor,
Men uni topay deb bir umr kezdim.
Qölimda safarning çiptasi tayyor,
Nega keçikasan, mening poyezdim.
2010-yil 7-may
IQROR
Har qanday savolning javobi-ku bor,
Qolgani vijdonga mayli havola.
Garçi bölmasa ham aybiga iqror,
Közin olib qoçar gunohkor bola.
Aslida insonga mardlik xos erur,
Haqqa u doimo köksin oçgaydir.
Lekin Alloh nomin eşitsa bir qur
Bandasi közini olib qoçgaydir.
2010-yil 27-may
HASAD
Ijod bilan bandsan keçayu kunduz,
Umr şamol kabi yelaveradi.
Balki payqamassan, ortingdan şu kez
Hasad ham izma-iz kelaveradi.
Turmuş ğalvalari, turfa ğaraz, kin
Holdan toydiradi fil bölsang hatto.
Qölingdan qalaming tuşadi bir kun,
Hasad öz yölidan qaytmaydi ammo.
U hayot sahnida izğiydi abad,
Oç qolgan şoqoldek taʼqib etadi.
Seni bir amallab yiqitgaç hasad
Yangi öljasini izlab ketadi.
2010-yil 9 iyun
ISKANDAR VA ŞOIR
– Iskandar, – deyişsa tuproqdan şu on
Yuz mingta Iskandar kötaribdi boş.
Aslida bittasin tanigan jahon,
Qolgani şunçaki nomdoş, ismdoş.
Yöqlama ötkazsang agar jörttaga,
Ahli shuaroning kasbiga doir,
Mingtasi çiqardi “Men” – deb örtaga,
Aslida ularning bittasi şoir.
2010-yil 10 iyun
YANTOQ VA TUYA
Yantoqning tomiri uzoqqa ketar,
Bardoşda tengsizdir yantoqxör tuya.
Unisin odamlar tikan deb atar,
Bunisin kamsitar tuyasan, deya.
Ularning qismati ajabdir, ajab,
Faqirlik evazi – ozod nafasdir.
Gul bölsang qaygadir qöyarlar qadab,
Magar ohu bölsang – joying qafasdir.
2010-yil 10 iyun
TÖRTLIK
Menga yolğizsan, deb çimirmagil qoş,
Turfa savdolarga oşnodir bu boş.
Barça mağlubiyat mening döstimdir,
Barça yöqotişlar menga qarindoş.
2010-yil 17 iyun
ESKI MUXLISLAR
Şoirning tört satr şeʼrini aytib,
Bağrini çindan ham tiğlagan avlod.
Oz emas, beş yuz yil nariga qaytib,
Maqomga qöşilib yiğlagan avlod.
Köhna Varaxşayu Afrosiyobning
Toşini yostiğin ostiga qöygan.
Bir kun oç qolsa ham, lekin kitobning
Maʼnosin simirib, mağziga töygan.
Siz, eski muxlislar, bormisiz omon,
Siz öşa tarixning oh-zoridasiz.
Biringiz Çorsuda oçgansiz dökon,
Biringiz “Otçopar” bozoridasiz.
Yangi zamonlarni olqişlab sizlar,
Ötgan yillarni ham esga olgaysiz.
Turfa xonişlarni tinglagan kezlar,
Yunus Rajabiyni qömsab qolgaysiz.
Har bitta davronning öz aravasi,
Öz dardi, armoni, aşulasi bor.
Mitti nabiraning orzu havasi
Sizning qoliplarga tuşmoği duşvor.
Lekin işonaman beşak, muqarrar
Yaşarsiz nasllar aqlu huşida.
Ular “Munojat”ni kuylaşsa agar,
Hazrat Navoiyni körgay tuşida.
2010-yil 23 iyun
DAXLDORLIK
Kuya öz uyimdan çiqqan,
Mita ham,
Şukr, suvarak ham begona emas.
Nega gina qilay birovdan, ukam,
Özimniki hatto daryodagi xas.
Olis yulduzlarni ayblamang aslo,
Ular belgilamas taqdirimizni.
Goho kimlargadir baxt etsak ato,
Baxtsiz ham qilgaymiz bir-birimizni.
2010-yil 10-avgust
MARTABA
Bir uluğ martaba tilayman Sizga,
Uning mohiyati Haqqa tegişli.
Desinlar, falonçi tegişli bizga,
Vatanga tegişli, xalqqa tegişli.
2010-yil 18-avgust
XALQIM
Men uçun or eding, or bölgin, xalqim,
Mudom ezgulikka yor bölgin, xalqim.
Özbeksan, özbekday qaddingni kergil,
Norlar orasida nor bölgin, xalqim.
2010-yil 25-avgust
MEHMON
Bu odam kim deya boqmangiz menga,
Şul erur suvratim, şuldir siyratim.
Oddiy mehmon bölib keldim zaminga,
Mehmonday ketarman bitsa muddatim.
Tiriklik şavqidan gohida mastman,
Borliq men uçun ham azizdir beşak.
Lekin heç narsani olib ketmasman,
Ketarman bariga silkkança etak.
Könglingiz töq bölsin, sizga beminnat
Qoldirgum limmo-lim hayot jomini.
Men olib ketgayman dunyodan faqat
Alloh degan bir söz – Alloh nomini.
2010-yil 12-avgust
BERUNIYGA MAKTUB
Termizlik buyuk alloma Ahmad
Usturlobiyning Abu Rayhon Beruniyga
yozgan maktubi maʼlum böldi.
Ming yillar muqaddam Xorazm tomon
Ahmad Usturlobiy yubormişdir xat.
Yoş olim Beruniy topsa gar imkon
Kelib ketsin, demiş, Termizga albat.
Demiş: “Fazolarni örganmoq uçun
Usturlob yasadik, yaratdik dastur.
Şoyad, zehnimizdan saçragan uçqun
Sizdek iqtidorga bölolsa manzur”.
Ajabo, oradan asrlar ötib,
Men körib turibman xatni zohirda.
Keça Töytepadan yöllangan maktub
Bugun öqilganday Şayxontohurda.
Çindan ham öçmagay taralgan bir bong,
Sönmas buyuklarning ötli kalomi.
Dafʼatan hayajon uyğotsa ne tong
Hatto maktublarda bitilgan nomi.
Siz dersiz, şunçalar noyobmi bu hol,
Har kim ham yöqlagay döstni – mahbubni.
Bir kunda har qanday odam ehtimol
Yozişi mumkindir mingta maktubni.
Lekin öz maqomin buzmagan hayot,
Uning ölçovlari qatʼiy, mustahkam.
Har kuni tuğilmas Beruniydek zot,
Har doim uçramas Usturlobiy ham.
2010-yil 10 sentyabr
MANZARA
Ikki tobut çiqdi bitta köçadan,
Qazoga xos edi ğamgin manzara.
Kimlardir qarasa göşa-göşadan,
Kimningdir qalbida silqidi yara.
Azaldan barçaga taniş uşbu hol,
Davom etib kelar Odam Atodan.
Marhumning hurmati boşlanar darhol,
Garçand xoli emas heç kim xatodan.
Lopillab ketardi ikki tobut ham,
Lekin bir holatdan junjikdi etim:
Birining ortida tumonat odam,
Birining ketida tört nafar yetim.
Holbuki, bir xildir ayriliq, firoq,
Umr ham ötkinçi, oqqan soy edi.
Odamlar ularni farqlaşdi biroq,
Biri yöqsil edi, biri boy edi.
2010-yil 19 sentyabr
ODDIY ODAM
Iltimoslar tuşar tez-tez menga ham,
Biri öqiş deydi, iş deydi biri.
Ularning köplari sodda çinakam,
Soddalikdan bölak yöq heç bir siri.
Men-ku ular bilan piyoda, yayov
Ketişga tayyorman Hirotga qadar.
Lekin qölimda bor na qudrat, na dov,
Oddiy odamdirman, bilsangiz agar.
Aslo ajablanmang kimligim körib,
Kuçim yetar balki şeʼriy nidoga.
Men faqat siz bilan yonma-yon turib,
Iltijo qilişim mumkin Xudoga.
2010-yil 11 oktyabr
Abdulla ORIPOV,
Özbekiston Qahramoni,
Xalq şoiri
“Yoşlik” jurnali 2010/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


