9 daqiqada öqiladi

1 117 marta körilgan

Omon MUXTOR: «Sözingni ayta oliş baxti»

Omon Muxtor

Sönggi paytlar ozmi-köpmi elga tanilgan, eʼtiborli kişilar bilan, şu qatorda jumladan, otalarimiz aytmoqçi, kaminayi kamtarin bilan ham gazeta-jurnallar muttasil suhbatlar uyuştirib turadi. Buning uçun ularga minnatdorlik bildirmay iloj yöq. Lekin oçiği, bunday suhbatlardan aksar suyunişdan köra köproq noxuş bir asorat qolgandek holatni sezaman. Gap şundaki, savollar yuzaki, jön, sen bergan javoblar uzuq-yuluq, buning ustiga ğij-ğij xato bosilganini körasan. Ana, bir muxbirga farğonalik akamiz Yöldoş Sulaymonni eslab: «U lutf körsatib, özidan yoşi kiçiklarni ham «Uluğim» der edi» mazmunida gapirgan edim, keyin körsam, bu jumla: «U barçani «Uyğunim» der edi» qabilida bosilibdi. Umuman, sen bilan suhbatlaşadigan kişi bu suhbatga tayyor, bilimli, fahm-farosatli bölişi, jahon adabiyot-yu, özbek adabiyotini jilla qursa yigirma-öttiz foiz bilişi kerak. Harholda, sen Ekzyuperi deganingda bu qiz bolaning ismimi, deb söramasligi kerak.

Bundan ança yil muqaddam «Şarq yulduzi» jurnali «Yozuvçi ijodxonasida bir soat» degan rukn oçgan edi. «Yoşlik» jurnalimiz şu anʼanani davom ettirib, yangilab, adiblarni öz sahifalarida mehmon qilayotgani yoki ular xonadonida mehmon bölayotgani xayrli iş. Bu şakl ijodkorga könglida töplanib qolgan gaplarini aytiş, öquvçiga öz navbatida ijodkorni yaqinroqdan biliş imkonini beradi.

«Yoşlik» jurnalini doim öqib boraman, desam yolğon böladi. Dökonga çiqmaydi. Har gal redaksiyadan oliş noqulay. Obuna bölişim kerak. Ammo bunga baʼzan şaroit töğri kelmasa, baʼzan hafsala yetişmaydi. Şunga qaramay, jurnal menga qadrli. Bu  – ora-orada qatnaşganim uçun emas. Qaçon uni qölga olib varaqlasam, yoşlik nafasi ufurib kelgandek tuyuladi. Özimni ham yoşargandek his etaman. Jön gap bölsa-da, aytay, bu dunyoda keksa bölgandan yoş bölgan yaxşi.

Nihoyat, maqsadga  köçsam, taxminan yigirma yildan oşdi, yoşim ulğaya boşlaganini sezganim va orqaga qayrilib qaragim kelgani uçunmi, hayotdagi voqealar taʼsiridami, qanday bölmasin, könglimda yoşlik va yoşlar töğrisida bir asar yoziş niyati tuğildi. Yozuvçilar köpinça «asar yoziş jarayoni qiyin» ekanligini gapirib yurişadi. Aslida niyat tuğilganidan asarni yozişga kirişgunça ötgan davr eng maşaqqatli, azob-lidir.

Öşa kunga qadar ham bolalik kunlari, yoşlik, talabalik yillari haqida şeʼrlar, hikoyalar yozgan, katta asarlarda ayrim holatlarni aks ettirgan edim. Barçaga öxşab xotiramda keçagi manzaralar, holatlar tiniq saqlangan edi. Biroq alohida-yaxlit asar yoziş haligi «maşaqqatli,  azobli davr»ni talab qilayotgan edi. Şu bois, eslagan, xayolimdan keçgan gaplarni uzuq-yuluq holda yozib-belgilab bora boşladim.

Mana, qoralamalardan bir qismi qölim ostida turibdi.

Bolalik kunlari haqida yozgan ekanman:

«Ön ikki-ön uç yoşdaman.

Buxoroda, maktabda yurgan paytim.

Buxoro  – buyuk bir doston. Qolaversa, keçagina bizdan olisda töntariş röy berib, tös-töpoloni bu yerga ham yetib kelgan, amir Olimxon va uning saltanatini öz közi bilan körganlar bor. Buyoği Ikkinçi jahon muhorabasi va undan keyingi yillar, köçalarda «qöltiqtayoq taqqan» askar kiyimidagi yigitlaru Buxoroga xos oq surp motam libosi kiygan momolar, onalar, yoş kelinçaklar. Atrofda qaynab yotgan hasratli, umidli, baxtli, ozurda bir hayot. Men esam, bulardan göyoki çetda, böm-böş olamdaman. Şoir yoki yozuvçi (iloji bölsa ikkisi ham) bölişni orzu qilib, bilim, tajriba yetmaganidan qayoqdagi yöq narsalarni «töqib» yuribman…

Otam Sulaymon xöja madrasa körib mudarris bölgan, ustoz Ayniydan olti yoş kiçik, Fit-rat domladan ikki yoş katta (1884-yil), bularni tanigan-bilgan ulamo kişi edilar. Öşanda hatto nomi tilga olinmagan Fitrat haqida: «U kuçliroq edi, ziyoli, maʼrifatli edi» derdilar (dadam amir Olimxonni unça xuş körmas, u töğrida gap çiqqanida ham doim: «Undan köra otasi amir Ahadxon aqlli, tadbirli edi» derdilar). Ayniyni hurmat qilardilar. Faqat, bir gal bunday degandilar: «Yozganlari goho bahsli. Bir yerda, Minorai-Kalon ostidagi misgarlik (rextagarlik) dökonida yetmişta xalfa-şogird bölgan, oç-nahor kun körgan, deb yozibdi. Yetmiş kişi bir dökonga siğmaydi, yettita xalfa-şogird bor edi. Ertalab patiru qaymoqçoy, kunduzi şörva, keçqurunlari oş bilan ularni siylaşardi. Men özim öşa yerda bölganman».

Uzoq yillardan keyin, bu gap xayolimdan ketmay, ustoz Ayniyning nega unday raqam çekkanlariga tuşundim. Adabiyot özi ROST bilan YOLĞON (töqima, umumlaştiriş, xayol epkini) orasidagi holat ekan. Şu bilan birga, odamlar voqif, hayotda yuz bergan voqealardan iloji boriça uzoqlaşmagan durust…»

Yoşlik, talabalik yillari haqida ham betartib yozilgan uç-tört varaq:

«Universitetga qiynalib öqişga kirdim.

Tört fandan ön olti bal olgan «rezervist» bölib kirganman. Na stipendiya, na yotoqxona. Ijara bir uyda turdim, Sebzorda, tubida tölqinlanib suv oqqan jar böyidagi eski hovli edi.

Öşanda «şaxsga siğiniş» tugatilib kişanlar, zanjirlar sindirib-uzib taşlangandek kayfiyat hukm sura boşlagan. Domlalarimiz Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinov, Laziz Qayumovlar hayot bobida öz fikriga ega, öz sözini oçiq, dadil sözlaydigan kişilar edi.

Bizdan yuqori kurslarda Erkin Vohidov, Anvar Isroilov, Anvar Eşonov, Tölqin, Öktam Usmonov, Abdulla Oripov, Şukur Xolmirzayev, Ibrohim Ğafurov va boşqalar öqir edi. Mening kursdoşlarim keyinçalik tanilgan adib va jurnalistlar  – Ötkir Hoşimov, Alinazar Egamnazarov, Tölqin Alimov, Rinat Risqiyev, Obidjon Jumanazarov, Nurmat Rajabov, ikki Nasiba  – Nasiba Ibrohimova va Nasiba Qambarova, Tojiddin Ğoziyev, Murod Aminov, Rahima Şomansurova, Temur Xöjayev, Ergaş Musayev, mening ikki adaşim  – Omonulla Madayev, Omon Jarqinboyev va boşqalar edi. Şu taʼlim oliş yillaridayoq bu nomlar matbuotda körina boşlagan edi.

Xadradagi öquv korpusi Majlislar zalida adiblar, sanʼatkorlar bilan muntazam uçraşuvlar ötkazib turilardi. Ustozlar Abdulla Qahhor, Hamid Ğulom, Said Ahmad aka va Saida opalar bilan uçraşuvlar yodimda. Bir gal Mirtemir aka bilan ham uçraşganmiz. Öşanda ustozning «Kipriklarim» degan kitobi yangi çiqqan, köpçilik talabalar kötarib kelgan, esdalikka imzo çektirib olmoqçi. Uçraşuvda şu nomdagi şeʼr ham öqildi:

     Kipriklarim qönğirmikan yo qora,

     Kipriklarim yuztamikan yoki ming.

     Kipriklarim munça suyuk va sara,

     Közginamning kipriklari…

Mirtemir akaning şogirdlari çindan bir saf, ulardan har biri bu şeʼrni öziga bağişlangan deb bilar edi.

Yoşlar, talabalar orasida öşa yillari Pirimqul Qodirovning «Uç ildiz» romani, Odil Yoqubovning «Muqaddas», Ölmas Umarbekovning «Sevgim, sevgilim» qissalari maşhur. Oramizda bu kitoblarni öqimagan, bilmagan talaba yöq. Yigitlar qizlarga ularni sovğa qilişardi… Menda şu asarlardan keyin yoşlar, talabalar haqida ular darajasidagi asar yozilmagandek taassurot qolgan…»

Bu uzuq-yuluq yozuvlardan taşqari,  – men yozadigan asarga daxli bormi-yöqmi,  – negadir adabiyot borasidagi ayrim mulohazalarimni ham yozib-belgilab qöygan ekanman.

Ana, ular ham qölim ostida. Töğriroği, eski jild içidan, asar yoziş uçun yiğib qöyilgan varaqlar orasidan çiqdi:

«Akamiz Erkin Vohidov «Yoşlik devoni»da bölsa kerak: «Senga ne bor Mir Alişer yonida…» degan misrani keltirgan. Daho adiblar nomini şunçaki eslaganda ham, kişi özingni Şoir yoki Yozuvçi deb taniştirişga gohida xijolat çekasan. Bu sözlar naqadar yuksakda turganini his etasan.

Yana… Bunday hikoyat uçraydi. Bir adib ikkinçi adibning uyiga borayotib ön marta kiyimini almaştirgan ekan. Minglab odam (adabiyotçi va oddiy öquvçi)ning «uy»iga kirganingda qanday köriniş (qiyofa) kasb etişingni öylaşga majbursan. Yozuvçi uçun hamişa söz oldida, odamlar oldida Masʼuliyat bor. Albatta, men istagan «kiyim»da köçaga çiqaveraman, deyiş mumkin. Ammo bu  – yengiltaklik, xolos…»

«Odatda, yozuvçi asosan ÖZINI yozadi. Bu  – özi haqida yozadi, degan maʼnoni bildirmaydi. Şubhasiz, öz hayoti, kuzatganlari, umrida tuygan oğriqlari asarga «köçadi». Lekin bundan ham muhimi, sening yozganingda qanday şaxs ekanliging, aft-angoringdan tortib köngil olaminggaça (odamiy darajang va bilim  darajang) qoğozda muhrlanadi. Qoğoz atalmiş KÖZGUdan qoçib qutulolgan Yozuvçi topilmaydi… Umuman, adabiyot  – eng avval, tavba-tazarru. U  – poklaniş, demak. Bir söz bilan, adabiyot qiyofaga boğliq hodisa. Buyuk Alişer Navoiyning «Jahondin notamom ötmak» deganlari-yu, «Hammomdin nopok çiqmoq»qa qiyoslaganlari şu mazmunda bölişi kerak. Yana buyuk Boborahim Maşrabning maşhur «Dilda darding bölmasa» deb boşlab, keyingi misrada «Sardaftarimni kavlama» deganlari ham ehtimolki, şu mazmunni ifodalaydi…»

Qisqasi, şunaqa har xil yozuvlar.

Bunday qoralamalar bir kuni asarga özgarib, aniq maʼno kasb etib kirişi ham, keyinçalik «ahamiyatsiz» körinib, «siğmay», mutlaqo kirmasligi ham ijodda uçrab turadigan hol. Qançalik sen uçun qadrli bölmasin, ulardan baʼzan «voz keçasan».

Xöp.

Asar-çi? Asar nima böldi?

Niyat qilib, maʼlum muddat hayajonlanib öylab, qayta-qayta yozişga ham şaxd etsam-da, asar yozilmay qolaverdi. Nega?

Oradan köp ötmay, mamlakatimiz mustaqillikka erişdi. Katta özgarişlar röy bera boşladi. Yaşaş tarzi bilan birga, tafakkur oldingidan butkul farq qiladigan böldi. Hayotni (olamni) yangidan idrok qiliş barçamiz uçun kundalik-oddiy ehtiyojga aylandi.

Yozuvçi (olim, sanʼatkor) uçun sözini aytişi va sözi öquvçiga yetib borişi muhim.

Hurmatli ustozlarimizdan özimizgaça keçagi kunlar har jihatdan «çeklaniş» holatida yurganimizni sezdim. Öz sözimizni rost, oçiq sözlaşga harakat qilsak hamki, bunga aksar erişolmaganimizni angladim. Faqat adabiyot emas, hayotning özida BAʼZAN YOLĞON, BAʼZAN QABOHAT «örmalab» kelgan paytlar topilar ekan. Ijodkor SÖZNI seviş, öz kasbini puxta örganiş barobarida, SÖZdan ehtiyot böliş, hatto undan qörqişga, aqlini mudom işlatiş, qalbini asraşga burçli ekan… Yoşlar, talabalar haqida mafkuradan ayri holda asar yozib bölmaydi.

Mustaqillik davri men uçun omadli keldi. Bel boğlab qattiq işladim. Oldinroq ikki roman yozgan bölsam, bu davrda ön ikki romanim yozilib eʼlon qilindi. Yoşlik yillarimdan şoir va yozuvçi sifatida tanilgan bölsam-da, keyingi paytda nomim «xutbaga qöşildi». Eʼtibor kördim…

Öylangan asar hamon yozilmay turibdi.

Nasib etsa, yozarman. Bugungi yoşlar, talabalar haqida. Lekin bu mavzuni yangidan örganiş kerak. Biz taʼlim olgan yillarga nisbatan bugun talabalar kam kitob öqişayotgani, jahon adabiyoti emas, öz adabiyotimizni ham “unutişayotgani” men uçun ökinçli. Sözni his etiş, har bir sözdan bahra topib zavqlaniş – kitob öqişga örganmagan kişiga buyurmaydi.

Hayotning doim kişini qanoatlantiradigan, suyuntiradigan va aksinça, qanoatlantirmaydigan, yetişmaydigan jihatlari böladi. Ijodkor bular haqida öylamasligi mumkin emas.

Yaşirmayman, özimni bir umr yoşlar va yoşlik oldida («Yoşlik» jurnali oldida ham) allaneçuk qarzdor his etib yuraman…

ADIB HAQIDA

Omon Muxtor (Muxtorov Omon Sulaymonoviç) 1941 yil Buxoro şahrida tuğilgan. Bolaligi şahar va qişloq orasida ötgan.

1964 yilda Toşkent Davlat dorilfununi (hozirgi Milliy universitet) jurnalistika bölimini tugatgan. Respublika radiosida, «Özbekfilm» kinostudiyasi va kino qömitasida, Adabiyot naşriyotida xizmat qilgan. Adib faoliyatining asosiy qismi «Şark yulduzi» jurnali bilan boğliq. Bu yerda u bölim mudiri, boş muharrir örinbosari, boş muharrir lavozimlarida işladi.

Öttizdan ortiq kitob muallifi. Şoir, nosir, dramaturg, maqolanavis. «Yillar şamoli», «Egilgan boş», «Aflotun», «Ayollar mamlakati va saltanati», «Ffu», «Maydon», «Xotin podşoh», «Odamlar kulişlari kerak» singari romanlari öquvçilarga maʼlum. «Tört tomon qibla» trilogiyasidan adibning «Ming bir qiyofa», «Közgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba» romanlari örin olgan. «Ayollar mamlakati va saltanati» romani böyiça badiiy film yaratilgan.

Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1991 y.) unvoni, Döstlik (1998 y.) ordeni bilan mukofotlangan. 2009-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Navoiy va rassom Abulxayr» roman-dilogiyasi Davlat mukofotiga sazovor bölgan. Omon Muxtor asarlari rus, ukrain, belorus, arman, ozarboyjon, koreys, turk, arab va boşqa tillarga tarjima qilingan.

Adibning yangi «Muhabbat ölimdan kuçli» romani şu kunlar naşr etilayapti.

 

“Yoşlik” 2010/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Xamza Sariyev

    Bu insonlar bizning boyligimiz. Baxtimizga soğ va omon bölsinlar.

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunday. Adabiyotimizning ustunlari

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)