(Hujjatli qissa)
Bu toğ burgutini otasi bir paytlar ekanida Mixin tepasidagi Qoratoşdan polapon holida olib kelgan edi. Şu-şu burgut uyda emin-erkin yuradigan böldi. Abdurahmon uni asta-sekin ovga örgatdi. Loçin avval çumçuqlarni ovlaşni örgandi, keyin uni Qizilqumda böriga ham solib körişdi. Burgut bir tepişda börining belini sindirib yubordi. Şu-şu toğ burguti oilaning bir aʼzosiga aylandi.
Endi Abdurahmon yovdan xalqni ozod etmoq uçun kuraşga çoğlanardi. U uyida otasidan qolgan toğ burgutini alohida parvariş etardi. Köpinça burgutni maşq qildiriş uçun uloqni söyib, oldiga taşlardi. Burgut öljasini qoyaga kötarib çiqar va Köhnabozor qişloği tomon uzoq-uzoqlardan qarab-qarab qöyarkan, uloq göştidan töyganiça yer, ortiğini öşa yerda qoldirar, birozdan söng quzğunlar loşning qolgan-qutgani uçun talaşişga tuşişardi. Burgut baʼzan kökdan uloqni taşlab yuborar, oradan bir oz ötkazib esa özini öqdek uning orqasidan otar va panjalariga ilingan uloqni mahkam çangallagança yana qoyalar tomon uçardi.
…Oftob ufq tomon şoşilardi. Burgut toğ ustida çarxpalak aylana yasab, pastlay boşlar, yerga yetişiga ozgina qolganda kök sari tikka kötarilardi.
Toğ burgutining şiddatidan Abdurahmon zavqlanardi. Burgut havoga kötarilişi bilan qora quzğunlar özlarining in-inlariga kirib ketardi, qoronği tuşgunça ölaksaxörlar pana-panada uni zimdan kuzatişardi.
* * *
Abdurahmon örta böy, oç sariq yuzli, yelkasi keng, boşi uzunçoq, har bir muşti handalakdek, közlari ötkir yigit edi. Bu jussa otadan meros bölib, u otadek qörqmas va botir bölib ösgandi. Abdurahmon ot ustida doim tik ötirar, hamişa otliq yoki piyodani bir çaqirim naridan bemalol körib, tanib olardi. Içki seziş hissiyoti kuçli edi unda.
Buxoroda savdo qilib yurib, keçki payt karvonsaroyning kiçik xonasida mollarini taxlab ötirganda bir bahaybat afğon yigiti hujraga indamasdan kirib keldi-da, miq etmasdan uning narsalaridan tanlab ola boşladi. Abdurahmon yigitning belidagi xanjarga ança vaqt tikilib turdi. Nihoyat yigit tanlab olgan mollarini olib çiqib ketişga çoğlangan payti Abdurahmon uning orqasidan belini möljallab tepdi. Afğon yigiti joyida yiqilgandi, bora solib uning böynini orqasiga qayirdi. Bosqinçining közlari ola-kula bölib ketdi. Yana bir lahzadan söng uni öldirib qöyişini anglagan Abdurahmon beixtiyor panjalarini böşatdi. Yigit sökina-sökina oşiğiç tarzda xonani tark etdi. Bu yigirma yoşli Abdurahmonning ilk bor öz mulki, erki uçun kuraşişi edi. Afğon yigitining şeriklarini boşlab kelişi mumkinligini his qilgan Abdurahmon mol-mulkini olib, keçasi karvonsaroyni tark etdi.
Şu-şu otasining erk, ozodlik haqidagi gaplari Abdurahmonning quloqlari ostida tez-tez jaranglab turadi. Qayerda yurmasin, qaysi millat-elat içida bölmasin, doimo savdo-sotiqda töğrilikka harakat qildi, heç kimni aldamadi. Şu tufayli Abdurahmonning Buxoro, Samarqand, Jizzax şaharlarida juda köp işongan döstlari, oşnalari bor.
* * *
Sankt-Peterburgdagi imperator saroyi. Ulkan bölmada imperator Osiyo xaritasi oldida öyçan turgança papirosini bosib-bosib çekmoqda.
Harbiy vazir papka kötarib kirdi. 1867-yil yozida Rossiya imperatori Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etiş haqidagi farmoniga imzo çekkandi. Harbiy vazir farmonni çarm xat jildga solganiça saroyning çekka xonasida ötirgan general-adyutant fon Kaufmandan suyunçi olgani yugurib borardi. Zero Kaufman imperator farmoniga köra Örta Osiyoning Rossiya tarkibiga kiritilgan hududlariga “Yarim podşo” etib tayinlangan edi. “Oltin yorliq” egasi fon Kaufman faqat podşoga böysunardi.
Bu xabardan general şunçalik quvondiki, uning şodligini qalam bilan taʼriflab bölmaydi.
“Yarim podşo” öşa kuni öz uyida bu yorliqni katta tantana bilan nişonladi. Katta boyliklarga ega ölka endi uning ixtiyorida edi.
– Qani, vazir janoblari, uşbu qadahni imperatorning salomatligi uçun içsak. Angliyadan oldin u yerga yetib bormoq biz uçun saodat erur, – deya qadah sözi aytdi general fon Kaufman.
Uning sözlaridayam jang iştiyoqi sezilib turardi. Şu payt xonaga harbiy vazirning xotini kirib keldi. Fon Kaufman unga taʼzim qildi.
– Xonim, sizni körmoq baxtiga muyassar bölganimdan baxtiyorman, – dedi u nazokat bilan.
Vazir qadahidagi aroqni bir kötarişda içdi-da, katta stol ustida yoyilib yotgan Osiyo xaritasi ustiga engaşdi. Xonim esa Kufmanga tabassum hadya etdi. Harbiy vazir xuddi ölkani öz qölida uşlab turgandek, Amu va Sir oraliğidan köz uzmasdi. Fon Kaufmanning butun fikri bir amallab xonimni gapga soliş bilan band edi.
– Sizga, janob Fon Kaufman, katta vakolatni amalga oşirmoq uçun katta armiya ham zarur böladi. Men ertagayoq buyuraman: 8 ming kişilik armiya, 16 ta töp va 10 ming miltiq beriladi. Şunça öq-dori bilan xalqni böysundirmoqni Temurlang yurti Samarqanddan boşlamoq kerak.
Xonim esa eri yana uruş mavzuida gap boşlaganini tuşungan zahoti asta xonani tark etdi.
Ikki harbiyning uzoq davom etgan suhbati Örta Osiyoni böysundirişga qaratildi.
Oradan bir hafta ötib Kaufman Samarqandga jönab ketdi. “Yarim podşo” poyezdda Samarqand sari kelar ekan, Jizzaxdan ötgaç, Sangzar daryosi oqib turgan köprik ustiga kelganida Morguzar toğiga juda uzoq tikilib qoldi. Bu toğlar toşi uning köziga juda katta qöşin bostirib kelayotgandek bölib körindi. General özini juda horğin sezdi. Atrof esa juda maftunkor edi. Odamlar esa boğlarda meva-çeva teriş bilan band. Uzoqdan elas-elas notaniş kuy-qöşiq eşitilardi.
General Samarqandgaça atrofni tomoşa qilib bordi. Qir-adirlar töla qöy-qözi, uzoqlarda sağrini yaltirayotgan mollar ötlab yuribdi.
Fon Kaufman odamlarga Ivan Grozniy haqidagi hikoyalarni aytişni yaxşi körardi, bu bilan u göyo özini Ivan Grozniyga tenglaştirardi.
Fon Kaufman öziga berilgan vakolatdan keng foydalandi, u bir vaqtning özida ham harbiy qömondon, ham prokuror va ham moliya vaziri edi.
Öşa paytlari Samarqand Buxoro amirligi tarkibida edi.
General Samarqandga kelgan kuniyoq amir qöşinlariga qarşi harakat boşladi. Harbiy taktikasi böş bölgan amir qöşinini yengiş unça qiyin bölmadi. Çöpon ota tepaligida amir qöşinlari mağlubiyatga uçradi. Şundan keyin Amir Muzaffarbekning obröyi tuşib ketdi. Amir qöşini rus askarlarini töxtata olmadi. Amirning 15 ming otliq, 6 minglik piyoda armiyasi rus armiyasiga doş bera olmadi.
Amir Muzaffarbek Qizilqumga qoçdi. Aholi orasida norozilik kuçaydi. Qözğolon boşlandi. Bu esa Kaufmanga qöl keldi. U Samarqandga öt qöydirdi, şahar talon-taroj etildi. Fon Kaufman Sankt-Peterburgga, imperator nomiga telegramma jönatdi: “Sartlar öz-özini qirmoqda. Biz ularni osongina böysundirdik”.
Imperator Aleksandr II generalni orden bilan mukofotladi. Amir Muzaffar Kaufman oldiga boş egib keldi. Samarqand, Kattaqörğon va Zarafşon daryosining yuqori qismi Rossiyaga berildi. Ölka deyarli batamom fon Kaufman ixtiyoriga ötdi, amir esa orden egasi böldi.
Ölkada mustamlakaçilarga qarşi xalq qözğolonlari qariyb ellik yil davom etdi. Albatta, buning siyosiy, iqtisodiy asoslari bor edi. Ölkada xalq turmuşi noçorlaşdi, şart-şaroiti yaxşi joylarda “Rus qişloqlari” barpo etildi. Imperatorga yoqmagan rus mujiklari Toşkent, Samarqand, Farğona, Qöqon, Jizzax şahar va qişloqlariga köçirildi. Fon Kaufman hamma yirik qişloqlarda öz pristavlarini tayinladi.
* * *
Oradan bir-ikki oy ötgaç Rossiyaning turli ölkalaridan Turkiston tomon ruslar köçib kela boşladilar. Samarqandda azaldan ham bir neça ming nasroniylar yaşardi. Şaharda Amir Temur davrida ham nasroniylar bölib, ular şaharning alohida dahasida hayot keçirar, mahalliy aholi bilan inoq yaşardi.
Ölkada asta-sekin rus qişloqlari paydo böldi.
Qoratoş atrofi yonğoq, dölana, olma, örik, şaftoli, uzum bilan qoplangan. Nurota toğ yonbağridagi eng xuşmanzara joy atrofidagi qişloqlar Mixan, Qulba, bir tomon esa Katta Boğdon va Ilonçi. Şu oraliqda rus pristavi Barillo uçun oppoq qörğon qurildi. Qörğon içidagi ön xonali bino juda keng, derazalari katta, romlarga guldor oyna qöyilgan. Derazaning taşqarisidan quyoşni tösadigan ravoq örnatilgandi. Bu yerdan Köhnabozor qişloği kaftdek körinib turardi. Xonalarda sap-sariq qandillar oltindek tovlanardi. Hovliga esa önlab arçalar gözallik baxş etardi. Favvoralarda suvlar raqsga tuşardi.
Barillo xotini va qizi bilan öziga atab qurilgan oppoq qörğoniga köçib keldi. Qörğonga toğ orasidagi çaşmadan tarnov orqali suv olib kelindi. Toğ yon bağrida esa şamol yordamida işlaydigan, elektr energiyasi yetkazib beruvçi motor örnatildi. Xonalarda elektr lampoçkalari çaraqlab turardi. Pristav köhnabozorlik Nodir şilpiqni öziga tilmoç qilib tayinladi. Nodir bir neça vaqt Rossiyada yaşagan, ularning tilini bilardi.
Barillo oç sariqdan kelgan, kökköz, betlarini sepkillar qoplagan, yaltirboş, qirq-qirq beş yoşlardagi kişi edi. Uning xotini va qizi yopiq aravadan tuşganda esa erkaklar ulardan köz uzolmay qolişdi. Ona-bola yupqa harir köylakda bölib, göyo butun tanalarini köz-közlardilar. Hali bunday holatni körmagan erkaklarning hirsi qözğaldi.
Nodir tilmoçning bir közi ğilay bölsa-da, unça-munça rus ayollarini aldaşni qotirardi. Oradan ikki oy ötib, Barilloning Jizzaxga ketganini aniq bilgan tilmoç keçasi uning qizini daraxtzor orqasiga olib bordi. Buloq yonidagi tuyatoş ustida qölbola vino bilan mehmon qildi. Qiz vino taʼsirida ança sarxuş bölib qoldi. Nodir uni oğuşiga olib erkalay boşladi. Qiz xandon otib kuldi. Nogahon qiz qölini çözib Nodirni özi tomon torta boşladi va:
– Voy, sen balosan-ku! – dedi ğamza aralaş.
Nodirning butun badanidan ter çiqib ketdi. Qiz esa yulduzli osmonga tikilgança jim yotardi…
Qiz tilmoçga ortiqça qarşilik körsatmadi. Nodir esa tun böyi uni öz oğuşidan çiqarmadi. Ertalab qiz joyidan zörğa turdi, uning oyoqlari şişib ketgandi. Bunday pinhoniy uçraşuvlar keyin ham takrorlanib turdi.
Qişloqdagi qözğolonga tayyorgarlikdan xabar topib qolgan tilmoç qiz orqali bu xabarni pristav Barilloga yetkazişni niyat qildi. U har keçani qizning quçoğida ötkazardi. Bu sir asta-sekin boşqa yigitlarga ham oşkor böla boşladi. Qiz qişloqdagi boşqa yigitlarni ham şu usulda yöldan ura boşladi. Bundayin fohişabozlikni körgan osmondagi tölin oy ham uyalganidan bulutlar orasiga yaşirinardi. Ammo kökda oy uyalsa uyaldi, qiz uyalmadi.
Pristav Barillo özi bilan bir guruh muhandislar, kartograflar, yer qazuvçilarni olib kelgan edi. Ular Köhnabozordan uzoq bölmagan Qoratoş ustidagi Burguttoğ atrofida yer moyi olişga kirişdilar. Mahalliy aholi buloqlardan çiqayotgan suvda issiq yoğ borligini bilardi, lekin uni ajratib ololmasdi. Ikki-uç rus Burgutqoya va Sokinlik darasidagi buloqlarda qumlarni yuvib, sariq kukunlarni ajratib ola boşladilar. Muhandislar va kartograflar esa qişloqlarni xaritaga tuşirişni boşlab yubordi. Tez orada tayyor bölgan xaritalar Peterburgga jönatildi.
Rus qişloqlari Jizzax va Foriş atrofida köpaya bordi. Jizzax va Foriş örtasida poçta aloqasi paydo böldi. Gazetalar Rossiyaning turli joylarida oçlikdan odamlar ölayotganini yozişardi. Sil kasali bilan kasallanganlardan bir neça rus oila Boğdon, Köhnabozor qişloqlariga köçirib keltirildi. Bu ölkalarda xalq bu kasallikni aslo bilmas edi. Kasal rus bolalari bilan qişloq bolalari ertadan keçgaça beştoş, çillik öynaşar, buloq suvlarida çömilişar edi. Natijada bu dard asta-sekin boğdonliklarni ham öz domiga torta boşladi. Odamlar ölimi köpaydi. Ayniqsa sil kasalligidan köp odam qazo qildi. Odamlar bu kasallikdan qutiliş uçun Samarqand, Payariq, Çinoz, Qarşi, hatto Buxoro tomonlariga köçib keta boşlaşdi. Asta-sekin soyda suv kamayaverdi, ekin-tikin hosil bermay qöydi.
Abdurahmon Samarqanddan qaytişda Jizzax bozoriga kirdi. Maqsad bolalariga qand-qurs oliş edi. Xotini töy uçun zarur narsalar tayinlagan. Bir qismini Samarqanddan xarid qildi. Abdurahmon bozordan xotiniga haqiqiy marjon sotib oldi-da, çöntagiga solib qöydi va qişloği tomon şoşildi. Uning odati şunaqa: heç qayerda uzoq turolmaydi, öz qişloğini soğinadi.
Bugun Abdurahmonning kayfiyati özgaça. Negaki, jizzaxlik Nazarxöja eşon bilan çoyxonada bir çoynak çoy ustidagi suhbat uni quvontirib yuborgandi. Xalq eşonga juda suyanadi.
Eşon qöyarda-qöymay Abdurahmonni uyiga olib ketdi. Eşon mehmonxonasidagi dasturxon çetida “Sadoyi Turkiston” gazetalari yotibdi. Dasturxondagi nondan mehmon bir tişlam olgaç, suhbat asosan dunyo voqealari, zamon ğavğolari haqida böldi.
Oppoq nurga öralganday taassurot uyğotadigan eşon Abduraxmon jevaçi uçun naqd avliyo edi. Haqiqatan ham eşon dunyo işlarini öz aqli va qalbi bilan his etar, gapirganda ham mulohaza bilan, yetti ölçab bir kesib gapirardi. Nazarxöja eşon öğli olib kelgan çoyni piyolalarga quyib uzatgaç, qöşni mahalla oqsoqoli Gadoyboyga köz ostidan bir qarab qöydi, balki “Könglimdagilarni şu odam oldida bemalol aytsam bölarmikin?” degan xayol ötgandir.
– Inilarim, özbek xalqi turli xonlik, bekliklarga bölinib olib, öz yoğiga özi qovurilib yotgani uçun dunyoda bölayotgan köp özgarişlardan çetda qolmoqda. Xonu beklar xalqiga maʼrifat berişni öylamaydi! Öz nafsi yölida bir uruğni ikkinçi uruğga, bir qişloqni ikkinçi qişloqqa gij-gijlaş, özaro uruş çiqariş bilan maşğul. Şu sababga köra dunyoga Al Xorazmiy, Ibn Sino, Alişer Navoiy, Temur va Boburdek öğillarni bergan el jar labiga borib qoldi.
– Darhaqiqat, bir tomondan örislar, ikkinçi tomondan inglizlar bizga qöl çözmoqda, – deya gapga qöşildi Gadoyboy. – Xon va beklar özimizniki, ular bizga toş otmaydi, otsa ham boş yormaydi.
– Laʼnat öşa kelgindilarga! Oq it, qora it – baribir it. Maqsad bitta: özbekning boyligini talaş. Gazetasida ham faqat yolğon yozilgan. Xalqni atrofdagi voqealardan ğofillikda uşlab turmoq niyatida faqat Germaniya va Fransiya haqida maqolalar bosadi gazetalar.
Abdurahmon jevaçi suhbatdoşlari fikrini jim ötirib eşitgaç, axiyri tilga kirdi:
– Har ikkingiz ham haqsiz. Lekin heç bir millat uçun erk va ozodlik öz-özidan kelib qolmaydi. Quruq qoşiq oğiz yirtar. Gap bilan iş bitmaydi. Xalqni kuraşga çoğlaş kerak. Erta-indin Samarqand, keyin Toşkent xalqi qözğolon kötaradi. Qözğolon bu “Yo hayot, yo ölim!” degani, uçinçisi bölişi mumkin emas.
Abdurahmon jevaçining gaplaridan Nazarxöja eşonning ança köngli töldi. Ha, bu toğ burguti ozodlik yöli, hurlik yöli qözğolon ekanligini töğri tuşuntirdi. Qözğolon rejasi ham rosa pişib yetilganga öxşaydi.
Abdurahmon jevaçining şatalibliklar içida obröyi baland. Şatalibliklar asli manğit uruğining bir bölagi. Ular bu yerlardan çamasi ikki yuz yil oldin qönim topişgan, hozirda ölkaning katta qismida yaşaşadi. Ular toğ orasida bir neça oy turib birorta ham tirik jonni uçratmagaç, suvli toğ yonbağriga çodir tikişgan. Şu-şu şatalibliklar Qöhnabozor qişloğini makon tutgan. Hamma toğ qişloqlardagidek bu yerda ham yöl böyida joylaşgan soy tölib oqmoqda. Bu yil Burguttoği tepasida saratonda ham qor arimadi. Soyning ikki tomonidagi yonğoqzorlar, uzumzorlar, tutzorlar içida qişloqning toşdan paxsali, sinçli guvalak uylari közga taşlanib turadi.
Abdurahmon jevaçining uyi qişloq markazidan unça olis emas. U otni öz holiga qöyib berdi. Saman uy tomon yaqinlaşganini sezdimi yoki egasini öz xonadoniga tezroq eltgisi keldimi, yurişini tezlaştirdi.
Jevaçi bu payt özi biladigan bir qöşiqni xirgoyi qilib borardi. Bu qöşiqni unga bir vaqtlar çöponlar örgatgan edi:
Qoralar, qop-qoralar,
Oşiq-moşiqni möralar.
Ikki oşiq bir bölsa, ey,
Qöymaydi baxti qoralar.
Abdurahmonning öziça qöşiq töqigisi kelib ketdi. Lablari piçirlab, qofiya qidirdi, tört satr bir-biriga mos kelganday ham böldi. Lekin u qöşiqqa öxşamadi:
Tezroq yurgin, töpiçoq,
Közlari munçoq-munçoq.
Yov kelmoqda yurtimga,
Qiliçlaşay otamdek.
Ot soy böyi bilan qişloq etagiga yaqinlaşdi.
Jevaçi yana qöşiq töqimoqçi böldi. Ammo Nazarxöja eşonning ruslarning Jizzaxga hujum qilişi haqidagi gaplarini eslab, kayfiyati buzildi. Axir Jizzaxda boşlanadigan töpolon böroni Forişga yetib kelişi aniq.
Ot hovli etagidagi buloq yoniga kelib suv iça boşladi.
– Abdurahmon, bolam, senmisan? – deya ovoz berdi onasi.
Röparasida ötirgan onasini körmagani Abdurahmonni xijolatga soldi. Şu mahal uydan bolalari şoşib çiqişdi. Jevaçi xurjundagi sovğa-salomlarni, Samarqand noni va holvalarini ularga ulaşdi. Onasining boşiga katta baxmal römol yopdi. Kampir qöllarini duoga oçdi:
– Ollohim, bolamni öz panohingda asra. Doim tinç böl, yöling oçiq bölsin!
Onasi öğlining hovli tomon bir qarab qöyganini sezdi: kelin içkaridan eriga ohista salom bergandi. Abdurahmon jevaçi içkari hovliga kirdi, xotiniga haqiqiy marjonni tutqazdi-da, tezda orqasiga qaytdi.
Bolalari sovğalarini bir-birlariga köz-köz qilişib, “Meniki zör!” deya maqtangança qöşni bolalarga ham namoyiş etiş uçun çopib ketişdi.
Kampir öğli bilan içkariga kirdi. Hovlidagi supa ustida solingan joyga ona-bola ötirişdi. Kelin darhol yelib-yugurib dasturxon yozdi, çoy damlab keldi. Ona öğlining bosib-bosib çoy içişiga qarab ötirar ekan, nogahon könglini ğaş qilib turgan bir xabarni aytib yubordi:
– Qişloqda har xil gaplar. Birov tepadagi öris pristaviga hamma gapni yetkazib turar ekan. Sen ehtiyot böl, bolam.
Abdurahmon birdan çoy içişdan töxtadi. “Kim bölişi mumkin?” degan fikr uning miyasini parmadek kovlay boşlagandi. Qişloq odamlari birma-bir uning köz oldidan ötdi.
Axir Nodirdan bölak kim ham ularning tilini biladi? Nasliga tortgan-da, bobolari ham xon huzurida ayğoqçi bölgan ekan.
U örnidan turib otxonaga ötdi. Otning sovuganini körib, ustidagi abzalini tuşirdi. Boşiga yemxalta oldi. Ot arpani kart-kart çaynay boşladi. Otxonada endi uçta ot qolgan edi, xolos. Minişga yaraydigani ikkita, bittasi hali bir yarim yoşda. Bular uçqurlikda qişloqning eng oldi otlaridan. Bunaqa otlar qişloqda heç kimda yöq. Ötgan yili tört yoşli kök samanini bir xaridor qozoqqa ikki otga almaştirmadi.
Abdurahmon jevaçi bezovtalanib qolgandi. Onasining gaplari sira yodidan kötarilmasdi.
* * *
U otxonadan çiqqaç, toğ burguti turgan yerga qarab yurdi. Burgut ham egasining kelayotganini bilib tör qafas içidagi yoğoç tösin ustida “Keldingmi?” degandek ikki közlarini unga tikib, mağrur turardi. Jevaçi tepadagi göştdan bir parça olib, qafas taşqarisidan burgut tumşuğiga tutdi. Burgut egilgan tumşuğida göştning bir qismini yulib oldi, bir oz oğzida olib turdi-da, liq etib yutib yubordi. Göşt tomoğidan ötgunça özini tinç tutdi. Söng yana göştga yaqinlaşdi. Abdurahmon göşt bölagini tepadan pastga taşladi. Burgut göştni çaqqonlik bilan ilib oldi va panjalari orasiga olib, parçalay boşladi.
* * *
Köplar ketdi, uylar buzildi, qişloqlar huvillab qoldi. Qişloqlar boyöğlilar makonlariga aylandi. Toğlardagi böri, yovvoyi çöçqalar qiş kunlari qişloq oraladi, bu yaxşilik alomati emasdi.
1916-yil arafasi. Jizzax va Forişda yaşirin qözğolonga tayyorgarlik boşlab yuborilgandi. Uning taşkilotçilarini bir-ikki kişidan bölak heç kim bilmasdi. Jizzax şahri buzilgan ari uyasiga öxşaydi. Kunduzlari jim-jit. Keçasi esa polkovnik Rukin yaşirinça mardikorlar röyxatini tuzardi.
Polkovnik Rukin 4 iyul kuni şahar aholisini eski şahardagi katta maçitga töpladi. Yiğilişga katta boylar va mingboşi, ellikboşilar taklif qilindi.
Yiğilişda şaharning közga köringan kişilari Mirzayor Xudoyorxonov, Mahkamboy Röziqulov, Mirzahamdam Zokirjonov, mahalliy boylardan Rahmonqul va Mardonqul savlat tökib turişardi.
Oq podşoning farmoniga qarşi bölganlarni qörqitib qöyiş uçun Rukin söz boşladi:
– Eşitişimga qaraganda oralaringda ğalayon kötarmoqçi bölganlar bor ekan. Öşalar bilib qöyişsin: hukumatga qarşilik körsatganlar yer bilan yakson etiladi, mol-mulki esa talon-taroj qilinadi.
Bu sözlarni tilmoç Mirzahamdam Zokirjonov özbekçaga aylantirib xalqqa yetkazib turdi. Odamlar bir-biriga imo qilib, asta-sekin tarqala boşladi.
– Ajab zamonlar böladi şekilli. Bugun-ku indamadi, ammo ertaga yigitlar vagonga çiqqanida xalq bu adolatsizlikka qanday çidar ekan?! – dedi odamlar orasida ketayotganlardan biri.
Muhammadrahim bu gaplarni eşitsa ham, özini eşitmaganga soldi. Yuzlab odamlar yuzida ğazab uçqunlari çarsillab turardi. Ularga bitta bahona yetişmas edi.
Muhammadrahim şaharning çetidagi Nazarxöja eşonning uyiga Ziyoqori bilan birgalikda borişga qaror qildi. U Nazarxöja eşon bilan maslahatlaşib, odamlarni qanday qilib bölsa-da mardikorlikdan olib qoliş niyatida edi. Negaki, xalq, ayniqsa kambağal dehqonlar çor Rossiyasi va mahalliy maʼmurlarning zulmidan töygan edi. Xalq bunday yaşaşdan bezor bölgandi.
Keçki payt Nazarxöja eşonning taşqi hovlisi eşigi taqilladi. Eşon asta tomoq qirib olgaç, söradi:
– Kim u, nima xizmat?
Taşqaridan Ziyoqorining taniş ovozi eşitildi:
– Eşon bobo, biz Muhammadrahim bilan sizning ikki oğiz suhbatingizni olgani keldik.
Eşik oçildi. Içkaridan oppoq işton-köylak kiygan ellik-ellik beş yoşlardagi, böyi örtaça, oppoq yuzli, moşguruç soqolli, közlaridan nur yoğilib turgan kişi köriniş berdi.
– Assalomu alaykum, – deya keluvçilar mezbon bilan qöl berib körişişdi.
– Keling, keling, hoji, – deya Ziyoqorini oldinga ötkazdi uy egasi.
Uçovlon oldinma-keyin mehmonxonaga kirişdi. Eşik oldiga qölini uzun yengi bilan öragan ayol kişi dasturxon, non, pista, novvot va çoy qöyib ketdi. Muhammadrahim uy egasidan oldin çaqqonlik qilib, dasturxonni yozib çoyni qaytardi.
Gapni Ziyoqori boşladi:
– Eşon aka bugun Rukin deganlarining gapini eşitdik. Mardikorlar röyxati tuzilgan, ularning tegirmoniga Akramxontöra, Abdusamat Maxsum suv quymoqda. Odamlarning qahr-ğazabi daryodek toşdi, buning ustiga qurğoqçilik odamlarning tinka-madorini quritgan.
Nazarxöja eşon bölayotgan voqealarni mudom aql tarozisidan ötkazişga urinardi. Uning otasi Abdusalomxöja dunyo körgan, çuqur ilmga ega bölgan ziyoli inson edi. Buxoro madrasalarida uzoq taʼlim olgan Abdusalomxöja öğli Nazarxöjaning bilim olişiga juda katta eʼtibor qaratgan.
Keyingi yillarda xalq qözğolonlari Xöjand, Qöqon, Farğona, Andijon, Namangan, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida röy berdi.
Samarqandda odamlar volost boşqaruvçilarini toşböron qildilar.
Nazarxöja eşon qözğolonga boşqalarni ham, ayniqsa Boğdon, Zomin, Yangiqörğon hamda Sangzorda yaşovçi kambağal dehqonlarni birlaştirib, ularni bosqinçilar va adolatsiz mahalliy maʼmurlarga qarşi kuraşga otlantiriş kerakligini maslahat berdi.
Ziyoqori uning gapini maʼqulladi:
– Qözğolon bir-ikki kişi bilan böladigan narsa emas, qözğolon töy ham emas, bu qonli kuraş. “Yo hayot, yo mamot!” deya kuraşga kiriladi. Kuraş heç qaçon qurbonsiz bölmaydi.
Ziyoqori hoji bu gapni yuragi açişib aytdi. U Makkaga ikki marta haj qilgan, boşqa el-yurtlarni ham körganlardan biri. Ança savodli bölib, bir-ikki bayozi bor. U ozodlik va hurlik uçun kuraşga tayyorlardan. Ayni paytda mustamlakaçilik zanjirining osongina yeçilmasligini ham juda yaxşi tuşunardi. Bu harakat hökizni ham öldirişi, omoçni ham sindirişi mumkinligini tuşunardi.
Ziyoqorining taklifi bilan ölkadagi qasoskorlarni birlaştiriş rejasi tuzildi. Ularga Nazarxöja eşon yetakçilik qiladigan böldi.
Ertasiga Nazarxöja Toşkent şahriga, Ziyoqori Samarqand şahriga, Muhammadrahim Boğdonga borişga qaror qildilar.
Nazarxöja eşon gurung yakunida şunday dedi:
– Xalq adolatsizlikka aslo çiday olmaydi. Neça yillardan buyon özimizning amaldorlar adolatsizlik qilişmoqda. Soliqning yangi-yangi turi har kuni öylab topilmoqda. Xalqimizda yakka otning çangi çiqsa ham donği çiqmas, degan maqol bor. Jizzaxda qözğolon kötarilgan bilan uni Boğdon, Zomin, Yangiqörğon, Sangzor ahli qöllab-quvvatlamasa ğalabaga erişib bölmaydi. Biz atrofimizga butun xalqni töplaşimiz zarur. Samarqand, Toşkent, Boğdon, Zomin va boşqa joylar bilan aloqa boğlaş, işonçli kişilarni yuborib, zudlik bilan kelişiş kerak, eng avvalo qurol masalasini hal qiliş zarur. Ayniqsa, Boğdonda qurol topiş ança muşkul. Odamlar Samarqand, Qarşi va boşqa tomonlarga köçib ketdi. Bitta-yarim qurolni ham özlari bilan olib ketişdi.
– Haq gapni gapirdingiz, – dedi Muhammadrahim eşonning sözini maʼqullab. – Men Boğdonga borib Abdurahmon jevaçi bilan aloqa boğlaşni öz zimmamga olaman. U kişi Forişda katta obrö-eʼtiborga ega. Atrofiga boşqa bekliklarni ham töplay oladi. Foriş xalqi mağrur toğliklar. Ular bir işni boşlasa böldi, uni oxiriga yetkazadi.
– Şunday, – dedi Ziyoqori. – Mening Boğdonda köp tanişlarim bor. Ularning ham sabr-kosasi lim-lim tölgan. Qözğolonga qöşilişlari tayin. Nazarxöja aka aytganiday, bitta muammo – qurol-aslaha masalasini hal qiliş lozim.
– Biz döstim Ibrohimboy bilan Samarqandga borib, yor-döstlari bilan uçraşamiz hamda qözğolon harakat dasturini pişitib qaytamiz, – deya gapida davom etdi Ziyoqori. – Samarqandliklar ham Rossiya podşosining farmonidan narozi. Samarqand atrofidagi qişloqlarni, ayniqsa urgutliklarni bu qözğolonga jalb eta olsak, nur ustiga nur böladi.
– Men esa, – dedi döstlarining gapidan xursand bölgan Nazarxöja eşon hayajonlanib, – Toşkent şahriga borib kelaman. Toşkentliklar bizni qöllab-quvvatlasa juda zör bölardi. Kuraşiş uçun miltiq masalasini ham toşkentlik döstlar bilan bamaslaxat hal qilarmiz. Jizzaxdagi mahallalarga yoşlar orqali murojaatnoma tarqatiş kerak.
Bu fikr Ziyoqoriga juda yoqdi. Negaki, xat oğzaki aytilgandan köra inson ruhiga kuçliroq taʼsir etadi. Murojaatnoma matnini Ziyoqori yozişga kirişdi. Murojaatnoma özlarining işonçli kişilari orqali tarqatiladigan böldi.
Maslahat bitgaç, mehmonlar Nazarxöja eşon xonadonidan bitta-bitta çiqib ketişdi. Negaki, Rukin şaharning har bir köçasiga ayğoqçilar quygan edi. U fon Kaufmanning “Sartlarning har bir qadamini poylamoq, ularni bir-biriga qöşmaslik kerak. Uç kişi biriksa, albatta podşoga qarşi gap bölişi tayin!” degan ögitiga qatʼiy amal qilardi.
* * *
Erta bahor. Atrof köm-kök. Osmonda uçib yurgan quşlarning mayin sayroqi ovozi eşitiladi.
Şunday kunlarning birida Abdurahmon jevaçi Mixin qişloğidagi boğdan xabar oliş uçun otlandi. Eşik oldida töxtab tönğiç xotini Rözi, öğillari Islom bilan Sorabekka atrofdagi xas-xaşaklarni töplaşni buyurdi. Rustam va Norbek esa otga mingaşib, ota bilan Mixinga jönaşdi.
Hovli çinniday toza. Hovlidan ötgan ariqdan zilol suv mavjlanib oqmoqda. Maqsad bilan Ruxsat sörida qöğirçoqqa köylak tikmoqda. Içki hovlida Abdurahmonning kiçik xotini Qormiz Norbuvini emiziş bilan ovora. Erining oti soydan ötganini körgan Qormiz asta taşqi hovliga ötdi.
– Opa, men xamir qorsam, siz bolalar bilan bir dalani aylanib kelmaysizmi, boğ etagi şunday çiroyli bölibdiki, atrof köm-kök, toklarning bargi şapaloq-şapaloq. Men issiq non olib ötaman. Bolalar bir yayraşardi.
Rözining ham köngli allaneçuk bölib turgan ekanmi, tezda “Kiçik xonim”ning öğillari Doston, Qorabeklarni ergaştirib, özi esa Ruxsatni kötarib boğ etagiga tuşib ketdi. Katta boğ etagidagi yonğoq ostiga joy qilişdi. Kigiz solib, ustidan körpaça taşlaşdi. Atrofda ğir-ğir mayin şabada esadi. Tan rohat oladi. Qorabek bir etak yalpiz, ismaloq terib keldi. Bolalar kök ötlarni tuzga botirib yeyişardi. Sariq çittakning mayin ovozi atrofga taraldi.
Oradan köp ötmay Qormiz qaymoq, jizzali patir kötarib, qolgan bolalar bilan yetib keldi. Öğil bolalar ötirib varrak yasab, osmonga uçirişdi. Şamol varrakni balandga kötargan sayin Doston şodon tarzda “Yaşasin, yaşasin özimning varragim!” deb baqirardi.
Varrakbozlik peşingaça davom etdi. Bahor havosi qoraytirib yuborgan bolalar kigiz ustida yotib, toza havoda uyquga ketişdi.
Qişloq etagidan qöşiq kuylayotgan yigit kişining mayin ovozi keldi:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani.
Biz yomondan ayrilib,
Yaxşini topganing qani.
Bu Forişda juda ommalaşib ketgan qöşiqlardan biri edi.
Rözi Qormizni bolalarga qorovul qilib, özi keçki ovqat tayyorlaş uçun taşqi hovlidan oşxona tomon yurdi. Bu oilada ikki xotin bölsa-da, ular ahil-inoq yaşaşar, bir qozon osilar, bir dasturxonda ötirib ovqat yeyilardi.
Keçki ovqat tayyorlaşga hali ança bölsa ham Rözi kulçatoy tayyorlaş uçun qozondagi suvga qotgan ot, mol, qöy göştidan möl soldi. Negaki, keçki payt bu xonadonga erining uruğ-aymoqlari, inilari hamda hamqişloqlar kelişardi. Qişloqda Abdurahmon jevaçi bilan maslahatsiz biron jiddiy iş qilinmasdi.
Keç tuşişiga yaqinlaşganda jevaçi Mixindan öğillari bilan yetib keldi. U kun böyi Qoratoşdan keladigan ariqni tozalab, Kattaboğning toklarini xomtok qilgandi. Har bir tokda ön-ön beş boş uzum gul körsatgan, bu hosilning mölligidan darak berardi. Abdurahmon jevaçi asli manğit uruğidan bölib, uruğ uç bölakka: oq manğit, sariq manğit, qora manğitga ajralardi. U qora manğitga mansub edi. Manğitlar bu ölkalarga XIV asrlarda Turkiston tomonlardan kelgan bölib, bir qismi Qarşi, bir qismi Möynoq tomonlarda yaşardi. Jevaçi laqabi esa xonning ot yetakçisi, yölboşçisi bölganligidan kelib çiqqan.
Dasturxon atrofida hamma jamul-jam böldi. Amakilari Mavlon va Haydar ham kirib kelişdi. Erkaklar suhbati zamon taşvişlari haqida böldi. Kök çoyni maydalab içayotgan Mavlon amakisining fikrini biliş uçun gap boşladi:
– Örislar ham asta-sekin atrofda köpayib bormoqda. Germon bilan örisning uruşi haqida turli miş-mişlar eşitayapmiz.
– Ha, zamon özgardi. Zuğumli, adolatsiz davlatning uzoq yaşaşi qiyin. Örislar atrofga köz tikib qoldi. Ular Murintovni egallaş uçun yigirma yil oldin Buxoroga yaşirinça kelişgandi. Bizda oltin möl, yerimiz boy, elimiz sodda. Bunday elni böysundiriş oson. Zamon özgaraveradi, bir kiçik xato zamonni telba-teskari qilib taşlaydi. Temurdek podşo zamoni özgarganda, Nikolay podşo zamoni özgarmasinmi! Xalqda hamjihatlik bölişi kerak, hamjihat bölmagan xalqni har kim talaydi.
Uy içidagi ayol va bolalar erkaklarga xalaqit bermaslik uçun içki hovliga ötib ketişdi. Uç erkak bolişga yonboşlagança ança suhbat qurişdi.
Haydar çorvador bölgani uçun bu yilgi çorvaning ahvolidan söz oçdi:
– Öt-ölan möl, erta-indin Qoratoşda öroq boşlasakmi, siz nima deysiz, aka! Haşar qilsakmi? Yo özimiz örib yiğib ola qolamizmi? Qişlikni hozir tayyorlamasak, erta yozda xaşak öriş ança qiyin.
Jevaçiga amakisining gaplari yoqib tuşdi, negaki bugun kun böyi Qoratoşda bölib, öt-ölanning böyi tizzasidan oşib ketganini körgan edi.
– Xaşak möl, men bugun boğdan xabar oldim. Uç-tört kişi bilan yiğib oliş ança qiyin. Haşar qiliş kerak. Erta-indin qişloqda birov uy şuvoği, birov quriliş qiladi, birov daraxt kesadi. Sizlar ham qarab turmaysizlar. Ha degan tuyaga madad. Mayli, bu işlar bölar, men Jizzax, Toşkent, Samarqanddagi döst-birodarlar holidan xavotirdaman. Temir yöl bor. Soldatlar ularni tez bosib oladi. Zamon özgarayapti. Nima bölişini heç kim bilmaydi. Jizzaxdagi Eşon akaning odamlaridan ham haligaça heç xabar bölmadi…
Suhbat yarim keçagaça davom etdi. Nihoyat Mavlon bilan Haydar fotiha qilib, örinlaridan qözğalişdi. Jevaçi ham ular bilan taşqariga çiqdi.
Osmonda yulduzlar porlab turardi. Hovli etagidagi yonğoqda qari toğ burguti tumşuğini pati orasiga olganiça uyquga ketgandi.
Abdurahmon jevaçi kerişib qöydi. Hademay tong otadi. Ertaga ne bölişi faqat Ollohga ayon.
Jevaçi hovlida ança turib qoldi. Ustiga kamzulini kiymaganidan eti junjikdi. Qoratoşdan esgan mayin salqin şabada tetiklik baxşida etdimi, u kiçik xotini yotgan xonaga yöl oldi.
* * *
Abdurahmon jevaçi oradan bir haftani ötkazib yana Jizzaxga keldi. Maqsadi qözğolon oldidan qilinadigan işlarni yana bir maslahatlaşiş, rejalarni puxtalab olişdan iborat edi. Ötgan gal kelganida Nazarxöja eşon bilan bu sohada kelişib olgan edi.
Jevaçi Pistali toğ etagi böylab Jizzaxga kelar ekan, yöl-yölakay atrofdagi toğ-toşlarga, hattoki dov-daraxtlarga ham qarab keldi. Negaki, keyingi kunlarda Barilloning ayğoqçilari uning atrofida itdek izğib qolişdi.
Eşon jevaçini hamişagiday oçiq çehra bilan eşik oldida kutib olar ekan mamnuniyat bilan dedi:
– Börini yöqlasak bölar ekan, hozir sizni eslab turgandim. Umringiz uzun böladi, qani, inim, xuş kördik, içkariga marhamat!
Jevaçi otni oğilxonadagi yakka mixga boğladi-da, eşon bilan körişib, doimiy kelib yurgan mehmonxonga tomon qadam taşladi. Ular joylaşib ötirib olişgaç, eşon fotiha qildi, hol-ahvol söraşdilar. Xonaga yoşgina yigitça dasturxon keltirdi. Eşon gapni uzoqdan boşladi:
– Örislar uruşda yengildi, lekin qirol Angliyasi çor Rossiyasi bilan bugungi kunda munosabatlarini yanada yaxşilamoqçi. Har ikkisi Turkistonga köz tikkan, lekin maʼlumingizki, podşolarning quçoqlaşib körişişi ular örtasidagi röy bergan birorta uruşga barham bergan emas. Yuzi yuziga tekkani bilan, qalbi-qalbiga tegmaydi. Hattoki ikki qöşni arazlaşsa, ança vaqt oraga sovuqçilik tuşadi. Mamlakat podşolarining ham tilida boşqa, dilida boşqa…
Jevaçi dasturxondagi piyolaga tikilganiça öz mulohazasini bildirdi:
– Angliya Rossiya bilan juda yaxşi munosabatda bölgandek tuyulsa-da, u Rossiyaning qudratli bölişiga yöl qöymaslikka urinadi. Bu Angliyaning odat tusiga kirgan siyosati.
– Albatta. Bir vaqtlar Napoleon bosqini paytida Angliyaning Eron orqali Rossiyaga qarşi uruş uyuştirganini bilsangiz kerak.
Jevaçi bu gaplarni eşitar ekan, röparasidagi eşonning nafaqat diniy sohada, dunyo siyosati sohasida ham yetuk ekanligini bildi. Zero turli kuraşlarda Angliya çetdan turib öşa mamlakatlarga qurol-yaroğ yetkazib berar, mahalliy aholini qurollantirar edi. Öşa kunlari ham Afğoniston orqali Turkistonga qurol yetkazib bera boşlangan edi.
Suhbat uzoq davom etdi. Kuraş rejasi puxtalandi. Keç qoronği tuşganda Abdurahmon jevaçi Boğdonga qaytdi. Yöl-yölakay toğ-toşlar ustida turgan burgutlarni tomoşa qilib ketdi. Ular uzun qanotlarini yoyib, mağrur uçişardi.
Jevaçining köz oldida Boğdonning yarim taqir toşloq daşti yastanib yotardi. Şu daşt böylab ikkita söqmoq yöl yonma-yon çözilib ketgan. Oldinda, juda uzoqda kökiş tutun zör-bazör közga çalinardi.
Qoş qoraya boşladi. Hamma yoqni çangitib daladan poda qaytdi. Jevaçi oq qaşqasining yuganini böş qöyib asta tebranib borardi. Pastqamlikda esa uni bir juft köz diqqat bilan kuzatib turardi…
Abdurahmon jevaçi endi ozodlik yölidagi kuraşga bel boğlagandi. Oradan bir hafta ötib Abdurahmon jevaçi tong saharda yana Jizzax sari yöl oldi. U Jizzaxning Xovost, Toşkent, Saroy, Mölkal, Ravot, Yaxtal, Öratepa, Oqqörğon mahallalarida yaşovçi Suvon ğijjakçi, Nasim usta, Bötaboy çilangir kabi oşnolari bilan tez-tez uçraşib turardi. Har bir uçraşuv taşvişlari odamlar hayoti haqida bölardi. Biroq ular bilan qança gurung qurmasin, barisi Nazarxöja eşonning suhbati örnini bosa olmasdi. Jevaçi har kelganda Nazarxöja bilan uzoq suhbatlaşardi.
– Odamlarni mardikorlikka oliş bu bir bahona xolos. Örislar va olmonlar uruş boşlagan ekan, bu ajdaho öz oğzini şunçalik katta oçdiki, uni na odamlar, na pul bilan töldirib böladi. Bu ajdaho yurtlarni, ellarni, er-xotinlarni ham yutib töymaydi, – dedi Nazarxöja eşon.
– Mardikorlikka boylar, amaldorlar öz bolalarini jönatmaydi, ular Rus podşosi homiyligida avval kambağal beçoralarning farzandlarini yuborişadi. Şuning uçun bolalarni toğlar orasiga jönatib yuboriş kerak. Xalq dengizdek toshib turibdi. U albatta sizdek odamlar oldiga maslahatga keladi. Odamlarni kuraşga tayyorlaş zarur. Bu kuraş endi yengil kuraş bölmaydi.
Mehmon bu gaplarni aytar ekan, uy egasi nima derkin degandek yer ostidan Nazarxöjaga razm soldi.
– Xalq oq podşoning soliqlaridan töygan edi. Turkistondan keyingi ikki yilda 70 ming ot, 12 ming tuya, 13 ming ötov, 30 ming dona kigiz, 300 ming tonna göşt, 3 million pud yoğ talab olindi, inim. Bu xalqning nasibasi emasmi? Köpçilikning burnidan tortsangiz, oyoğingiz ostiga yiqiladi. Öris podşosi buni biladi, bilsa ham ataylab qiladi, “Ezib taşla-yu, hukm sur!”. Özimiznikilar esa “Özingnikini sot – kun kör!” şioriga ötib olgan. Keça dasturxonda birga non yegan bugun sizni sotadi…
Keçki salqinda jevaçi Boğdonga qaytdi. U Qoratoşga kelganida tong otişiga yaqinlaşgan edi. Otini tuşovlab qöyib tahorat qildi. Ustidagi çoponini yeçib bomdod nomozini öqişga kirişdi. Jevaçi Ollohdan yurt tinçligi, xalqning omonligi, qilgan gunohlarini avf etişni söradi.
Jevaçining ortidan bir odam pisib kelardi. Bu Barilloning ayğoqçisi edi. Ayğoqçi jevaçining Jizzaxda Nazarxöja eşon bilan uçraşganini aniqlab qaytayotgandi. U Jizzaxda Mirzayor mingboşiga körganlarini oqizmay-tomizmay aytib bergaç, jevaçi orqasidan tulkidek pisib kelayotgan edi.
Qoratoşga kelganida jevaçi soy böyida ança töxtab qoldi, otga dam berib, özi ham bir oz tamaddi qilib olişga çoğlandi. Şoşib nima ham qiladi. Biror voqea bölsa, uning kelişini kutmasdan boşlaş uçun Köhnabozorda ham döstlari köp.
Yoz issiğida şuvoq ostiga in qöygan çumçuqning tört bolasi oğizlarini katta oçib, qizil tillarini körsatgança suvsizlikdan qiynalişardi. Jevaçi döppisida suv olib kelib temirqanot quşlar oğziga ikki-uç tomçidan tomizdi. Quşlar jim bölib qoldi.
Soy tölib oqayotgan muzdek suv, atrof köm-kök daraxtzor, olmalar şoxi mevasini kötarolmay yerga bukilgan, soy atrofidagi yalpiz dimoqni qitiqlaydi. Yaqin joydan bedananing “Vavoq-vavoq” degan ovozi eşitiladi. Şamol yoqimli hid bilan birga aççiq şuvoq isini olib keladi. Har turli hidlar qöşilib odamning tanasini yayratadi. Bolaligi ötgan qişloğida otasi bilan har yili qança-qança daraxtlar ötqazar, ularni kökartiriş uçun erta bahorda toklarning ildizi atrofini oçar, soqol tomirini qirqib, öq tomirini qoldirar, çuqurga esa buzilgan uy guvalasini, qöy-eçki nurisini solar, suğorardi. Kuzda esa tilni yoradigan qora kişmişi, qip-qizil toyfi, oppoq danaksiz barmoqça uzumlar quritib mayiz qilinardi. Ayniqsa, Foriş uzum şinnisi dunyoning heç yerida yöq.
Abdurahmon jevaçi tunni Yoyilma çölida ötkazdi. U çölda osmonga tikilgança yotarkan, yoşligida toqqa çiqib, burgut bolalarini ovlagan kunlarini esladi. Abdurahmon qiş kelişi bilan toğ-toşlarga çiqib ketardi. U Burgutqoyadagi ğorlarda tunab, qişi bilan börilarni ovlab xumordan çiqardi. Abdurahmon ğirromlikni yomon körar, hattoki böri bilan kuraşda ham ğirromlikdan qoçib, miltiq bilan otmas, qaşqirlar bilan faqat piçoq yordamida olişardi. Böri hamişa qulay payt poylaydi. Odamning xayoli qoçişini közlaydi. Dunyoda uning hamişa yonib turadigan közidan ötkir köz yöq. Börilar baʼzan ikkita bölib hujumga ötadi, piçoqdek ötkir tişlarini işga soladi. Abdurahmonning bir safar böri panjasiga tuşişiga sal qolgandi. U öşanda Mixindagi dalasi çetidagi hujrada bir özi qoldi. Tahorat oliş uçun taşqariga çiqqanida molxona tomondan bahaybat böri unga taşlandi. Kuraş ança davom etdi. Nihoyat Abdurahmon börining jağini ayirib yubordi. Börining ötkir tişlari uning qöllarini qonatib yubordi. Umuman Abdurahmonning qöllari va tanasining boşqa yerlarida böri tişlarining izi son-sanoqsiz edi.
* * *
Abdurahmon jevaçi quyoş kötarilişi bilan yölga çiqdi. Jevaçi laqabi uning avlodlari manğitlar davrida xonning işonçli askarlaridan bölgani, sovut kiyib, har xil temir yaroğlar bilan qurollangani uçun berilgan. Jevaxonada harbiy yuriş vaqtida işlatiladigan xonning sovut va temir qurollari saqlangan hamda uruş paytlari xon bilan birga olib yurilgan. Abdurahmon jevaçining otasi maʼlum muddat Buxoro xonligida Töqsoba, yaʼni xon maslahatçisi lavozimida xizmat qilgan. Uning özi ham xonlik davrida Boğdon bekligida katta obrö-eʼtiborga ega bölgan. Jevaçi avlodlari örta böy, qoramağiz, baquvvat, közi ötkir, panjalari yirik, otda qomatini tik tutib yuradigan bölgan.
Ayni saraton pallasi. Barça ilonu çayonlar in-iniga kirib ketgan. Jizzaxdan çiqqan Turkiston general gubernatori yugurdagi kapitan Afanasyev öz ortidan tört rotadan iborat piyoda askarlar, yuz kişilik otliq kazaklar va ikkita töpçilar vzvodini ergaştirib Foriş tomon borardi. Uning qölida qözğolonçilarni yöq qiliş haqida buyruq. Keça isyonçilar Jizzaxga öt qöydi. Hölu quruq baravar yondi. Qon daryo misoli oqdi. Xalq qözğolonga çiqmoqçi. Maqsad bitta: “Yo hayot, yo ölim!”
Toşkentda boşlangan qözğolon butun ölkani qamrab oldi. Turkiston general-gubernatori A. N. Kuropatkin Peterburgga, oq podşoga telegramma berdi. Unda şunday sözlar yozilgandi: “Ölkada notinçlik. Yordamga odam, qurol yuboring. Yovvoyi xalqni qurolsiz buysundirib bölmaydi”.
Kapitan Afanasyev çöl böylab ketar ekan, uzoqdagi Nurota toğlariga qörqinç bilan boqardi. Toğ ustida burgutlar galasi uçib yurardi. Bu yerlarning odamlari emas, hatto toşu burgutlari ham Afanasyevga vahima solardi. Bu toğlar bağrida qançadan-qança unga qarşi kuraşçilar yaşirinib yotgan ekan…
Ana, osmonda toğ burguti çarx urib uçmoqda. U çölda ölja qidiradi. Uning ham dardi duşmanlarni yöq qiliş. Quş dardi nima – ovqat. Hayot falsafasi qiziq: kim kimnidir yöq qiliş, öziga böysundiriş, yançiş iştiyoqi bilan yaşaydi. Toğ burguti ongsiz bölsa-da, buni biladi.
Rus askarlari bunday issiqni körmaganidan suvsizlikdan qiynalib, tobora surʼatni pasaytirardilar. Ayrim askarlarning flyagasidagi suv allaqaçon tamom bölgan.
Ikki kun böldiki, ayğoqçidan darak yöq. Afanasyevning közi uning yölida. Forişga şunday kirib borib bölmaydi. Toğliklar hamma joyda ham qaysar va qörqmas bölişadi. Afanasyev buni bolaligi ötgan Kavkazda köp körgan. Forişliklar ham kavkazlik toğliklarga öxşaydi. Ölsa öladiki, heç böyin egmaydi. “Forişdagi pristav Barillo Köhnabozorda beş yildan buyon qanday yaşayotgan ekan?” degan öy ötdi uning könglidan.
Abdurahmon jevaçi bilan Nazarxöja eşon tuzoq qöyişgan bölsa, buni ayğoqçi orqali biliş mumkin. Ayğoqçi esa qumga tuşgan suvdek yöq bölib ketdi. Na tirikligidan, na ölganidan darak bor. Afanasyev xayol surganiça ot ustida asta tebranib borar ekan, askarlarning safi yurişdan töxtadi. Darhaqiqat, bu jaziramada uzoq yurib bölmasdi. Bu yerlarning havosiga örganmagan rus askarlari özlarini öt-ölanlar va toşlar soyasiga olişdi. Otlarni bundan ikki yuz yil oldin qurilgan Abdullaxon suv ombori tubida qolgan kölmakdan suğorib oliş uçun bir oz nafas rostlaşdi. Afanasyevga esa otlar sudrab ketayotgan köçma oşxonadan tuşlik keltirildi. Afanasyev tuşlikni qoyatoşga suyangança asta yeya boşladi.
Şu payt uzoqdan ot qorasi körindi. U ayğoqçi edi. Ayğoqçi issiqdan qiynalganidan zörğa nafas olardi. U otdan tuşa olmadi. Ikki soldat uni qoyatoş soyasiga oldi, oğziga flyagadan ikki qultum suv tomizişdi. Suv ayğoqçining tomoğidan zörğa ötdi. Ayğoqçi hansirar, ovozi zörğa çiqar, yorilib ketgan lablaridan qon sizib turardi.
– Odamlar qurollanmoqda. Abdurahmon jevaçi özi yaşagan Köhnabozor qişloği atrofidagi qişloqlarga odam yuborib qurollantirmoqda. Ular içidan bittasini topdim. Oq bayroq bilan bizni kutib oladi.
Ayğoqçi bir amallab şu gaplarni aytgan zahoti huşidan ketdi.
Osmonda bir gala toğ burgutlari çarx urardi. Kapitan Afanasyev ularni körib dahşatga tuşdi. Zero u toğ burgutlari odamlarga ham hamla qiladi deb eşitgandi. Bu yerlarning burgutlari şunday qörqinçli bölsa, odamlari qanday ekan?
Afanasyev ikki askarga ayğoqçining oğziga oz-ozdan şarbatli suv tomizib turişni tayinladi-da, özi Jizzaxga, ölka qömondoni Ivanovga odam yubordi. Bu xalqni bir-ikki pulemyot va yuzlab miltiqlar bilan böysundirib bölmasligiga kapitanning közi yetgandi. Qöşimça kuç kelgança esa keçasi asta Qoratoşdan ötib Osmonsoy, Ilonçi qişloqlaridagi xonadonlarga öt qöyişga, barça qimmatbaho narsalarni bir yerga töplaşga buyruq berdi.
– Agar bu iş tezlikda qilinmasa, odamlar toğlarga çiqib ketadi, – dedi Afanasyev. – Heç kim ayab ötirilmasin, xotin va bola-çaqalar ham yöq qilinsin!
Buyruq juda ham dahşatli edi. Rus askarlarining köpçiligi ham ham bu kabi şafqatsizlikka birinçi bor duç kelişlari edi.
Ilonçi, Osmonsoy aholisi yovga qarşi qöliga ketmon, panşaxa kötarib çiqdi. Merganlar rus soldatlari ustiga miltiqlardan öq yomğirini yoğdirdi. Usta merganlar esa kamon bilan olovli nayza otişardi. Toş qoyalar ortidan otilgan öqlar va olovli nayzalar yov askarlariga qiron keltirdi. Ular orqaga çekinişga majbur böldilar. Rus bosqinçilarining köpi kuyib safdan çiqdi. Hamma yoqni kuygan odamning sassiq göşti hidi qopladi. Toğliklar yovdan şunday qasos olişdi.
* * *
Bu voqea bundan beş yilça oldin, Barillo kelmasidan burun sodir bölgandi.
Abdurahmon jevaçining hovlisi. Hovli tört tomondan baland devor bilan öralgan. Boğda yonğoq, olma daraxtlari şoxlariga mevasini kötara olmay qolganidan tirgak qöyilgan. Hovli çetidan kiçik ariq ötgan, undan buloq suvi oqadi. Molxonada ön boş sigir, öttiz-qirq qöy beda kavşamoqda. Qöyxonada ikki dumbasini kötarolmaydigan qöçqor yem yemoqda. Qöçqorlar ustiga tuxum qöysa bemalol turadi. Ayollar içki hovliga dam-badam tovoqlarda olma, nok, anor uzatmoqda. Bugun bu xonadonga Abdurahmon jevaçining köp yillik qadrdoni jizzaxlik Nazarxöja eşon mehmon bölib kelgan. Eşon bu yerga kelişidan oldin Toşkentga borib kelgan edi. Mehmondorçilik bu quruq ziyofat emas, eşon hamfikr jevaçi orqali xalqning kayfiyatini biliş niyatida. Mehmon va mezbonning taşvişli ekanligi közga taşlanadi. Dasturxondan tovoqlar olingaç, taomga fotiha öqigan eşon asta gap boşladi.
– Jevaçi, mana örislar hukmronligi bir oz böşaşdi. Lekin Rossiyadan katta madad kutilayapti. Töğri, öris maktablari oçilişini aytişmoqda, ammo u yerda yerli xalq bolasi kam bölar. Biz Mahmudxon Behbudiy yölidan borişimiz kerak. U oçgan maktablar barça uçundir. Unda diniy va dunyoviy ilmlar örgatiladi. Quruq diniy bilim bilan xalqni boşqarib bölmaydi. Dinimizda yöq narsalar paydo bölmoqda. Harom rivoj topdi. Şaharlar “Yangi”, “Eski” şahar degan qismlarga bölinmoqda. Yangisida işratxona, içkilikbozlik dökonlari, qimorxonalar quriladi. Agar oldini olmasak erta-indin bolalarimizning axloqi buziladi. Naşaxörlik avj oladi, – deya eşon mezbonlar yuziga razm soldi.
Hamma uning gapini jim eşitardi. Odamlarning bir qismi mehmon nimani közlab bunday fikr yuritayotganini tuşunmay ötirişardi.
Hovli örtasida yonğoq tagida oyoğiga ip boğlangan toğ burguti toğu toşlarga uçib ketiş uçun çoğlanmoqda. Toğ burguti şu qafasdan çiqsa, duşmanni qulatgudek kuçga ega.
Abdurahmon jevaçi eşonning gaplarini jim turib eşitsa-da, bir qança muddat biror narsa demay amakilari, hamqişloqlariga zimdan nazar taşladi.
– Eşon aka aytgan narsaga biz ham tayyor turmoğimiz lozim. Negaki, bosqinçilar bu yerlarga ham keladi degan xabarlar bor. Bir oy böldi, öris ayğoqçilari qişloq oralab qoldi. Bizda qurol yöq. Ikki-uçta miltiq bilan zambarak töpiga qarşi kuraşib bölmaydi. Biz kuç töplab uç-tört kundan keyin Jizzax sari yuriş qilamiz. Birgalikda kuraşmasak, yakka holda duşmanni yengib bölmaydi. Atrofdagi qişloqlarga odam jönatamiz. Kelayotgan xavfning oldi olinmasa u erta-indin butun ölkani bosib oladi. Urf-odatlar bölakça böladi, til asta-sekin unutiladi. Odamlar giyohvand, bolalar kasalmand böladi.
Jevaçi jim qolganini körgan mehmonlarning eng yoşi Matlab Mirza gurungga qöşildi:
– Örislar hamma yerga öz qörğonlarini qurdi. Hatto özimiznikilar qişloqqa kim keldi, kim ketdi – barisini pristavga yetkazib turibdi. Ehtiyot bölmoq zarur. Köp kişini bir yerga töplamoq xatarli…
Keçasi jevaçi eşonni Jizzaxga qadar kuzatib qöydi…
* * *
Nazarxöja eşon söri ustida ança ötirib qoldi. Toşkentdagi Musaxon doriçi bilan bemaslahat Boğdondagi jevaçi oşnasi bilan qözğolon boşlaş haqida bir töxtamga kelgani xato bölmadimikan?
Saratonning issiği ertalabdan yondirsa-da, eşon asta vokzal tomon yöl oldi. Uning maqsadi Toşkent safari edi.
Eşon Toşkentga yetib kelganida şahar odamlarining yuzida podşo farmonidan norozilik hissini kördi. Balandmaçit mahallasi boşiga yetganida esa otdan tuşib ariq labida bir oz dam olib, nafas rostladi, ust-boşini töğriladi, bet-qölini muzdek suv bilan yuvdi. Uning oppoq soqolidan mayda suv tomçilari yerga tomçiladi. Eşon otini daraxt şoxiga boyladi. U Musaxon doriçi eşigining bir tavaqasi oçiqligini körib, xonadon egasining uyda ekanligiga işonç hosil qildi va asta ovoz berdi:
– Uyda kim bor? Assalomu alaykum!
Hovlining etagidagi boğdan örta böy, qoşlari siyrak, ziyoli bir kişi eşon tomon şoşib kelarkan:
– E, keling, aka, xuş kördik. Omon-eson yuribsizmi? Qaysi şamol uçirdi? – deya Nazarxöja eşon bilan quçoqlaşib körişdi.
Mezbon mehmonni boğ içidagi salqin söriga ötqazdi. Içkaridan ikki yoş yigit dasturxon va çoynak, piyola keltirib, ular oldiga dasturxon yozdi. Nazarxöja eşon hovlisiga qadam ranjida qilgan Musaxon Mirzaxonov Toşkentning ilğor ziyolilaridan biri edi. Qozon universitetining dorişunoslik kulliyotini bitirgan, şahar dorixonasining rahbari. Köp vaqt dunyo kezgan, oq-qoraning farqiga boradigan ziyoli inson, mehmon bilan unçalik uzoq bölmagan qarindoş ham edi.
Suhbat tezda qovuşib ketdi. Gap asosan Jizzax va Toşkentda podşo farmonini bajarmaslik xususida böldi. Musaxon göyoki hovlisida tinçgina ötirsa-da, aslida öz odamlari orqali qözğolonga zimdan tayyorgarlik körardi.
– Xalq ozodlikka, erkka qözğolon orqali ega böladi. Odamlarimiz qurol işlatişni ham unutişgan bölsalar kerak. Şaharlarimizda esa qurolning özi ham yöq…
Şu payt eşik oldida bir kişi köriniş berdi. Musaxon doriçi şu tomonga bordi va nomaʼlum kişi bilan ikki oğiz şivirlaşib gaplaşgaç, darhol ortiga qaytdi.
– Aka, xalq ğalayon kötaribdi. Şahar dahalarida rus armiyasi xalqni köçalardan haydab boşlabdi. Mardikorlikka odam berişdan qatʼiy boş tortganlar ayovsiz jazoga tortilarkan. Kuropatkinning buyruği şunday. Ularda kuçli qurol bor. Biz esa qurolsizmiz. Köp qon tökilişi mumkin…
Nazarxöja eşon şahar köçalarida odamlarning besaranjom yurganliklarini kuzatarkan, Jizzaxga tezroq yetib oliş çorasini kördi. Nazarxöja eşon Toşkentdan Çinozgaça otini töxtatmadi. Atrofdagi köm-kök boğlar, poyonsiz dalalar, mevasini kötarolmay yerga egilgan olmazorlar uning közini qamaştirardi. Uzoq-uzoqlardan turli nav qovun hidini şamol u tomon olib kelardi. Yurtning bir tomoni gullab-yaşnayotgan bölsa, ikkinçi bir tomonda kuraşga tayyorgarlik ketardi.
Jizzaxga yetib kelgan Nazarxöja eşon şaharni ari uyasidek tözğigan holatda kördi. Çor Rossiyasi armiyasi Jizzaxni qamal qilib turardi. Eşon odamlarni töplab, xalqni birlaşişga, mustamlakaçilar va ularning malaylariga qarşi kuraşga daʼvat etdi.
Öşa kunlari Musaxon doriçi yana bir yangilikdan voqif bölgandi. Toşkentning bir guruh qozi va mingboşilari Afğoniston amiriga xat yöllab, uni Rossiyaga qarşi uruş eʼlon qilişga çaqirgan. “Bunda Turkiston xalqlari sizni qöllab-quvvatlaydi”, deb yozilgan edi xatda. Oradan köp ötmay xat Balandmaçitlik mulla Abdurahmon orqali jönatilgani maʼlum böldi. Maktub Kökça dahasi qozisi Hoji Abdumalik Abdunabiyev tomonidan yozilgan edi.
Turkiston maxfiy politsiyasi bu xatdan xabardor bölib, ğalayonni bostiriş paytida qözğolon rahnamolari qatori ularni ham qatl etdi.
Turkiston ölkasini “Qonli saraton” öz domiga tortib borardi. Rus podşosining vakillari yerli xalqni öldiriş, uylariga öt qöyiş bilan qörqitmoqçi bölardi. Ammo sabr kosasi tölgan xalq böyin egmasdi, yana kişan kiyişni xohlamas edi.
* * *
Gubernatorning oldi oynavand uyi qarşisidagi çinor soyasidagi arğimçoqda uning sevimli qizlari Anna va Mariya bir-biri bilan kim özarga öynamoqda. Kutilmaganda Mariya arğimçoqdan uçib ketib çim ustiga tuşdi. Uning “Onajon” degan çinqiriği atrofni qopladi.
Sal naridagi çinor tagida rus aroğiga mol göştidan qilingan kabobni gazak qilayotgan ota ular tomon otildi. Içkaridan gubernatorning xotini, xizmatkor ayol va aroqqa bökib olgan rus missioneri Nikolay Ostroumov yetib kelişdi. Qizçaning qöllari şilingan edi, xolos. Er-xotin uni kötarib içkariga olib kirişdi. Gubernator janoblari aziz mehmonni kuttirib qöymaslik uçun tezda taşqariga qaytib çiqdi.
– Suhbat qayerda töxtagan edi? – deya söradi gubernator.
– Yerli xalqni qay yösinda böysundiriş haqida, – deya mavzuni aniqlab berdi Ostroumov.
– Yerli xalq… – öylanib qoldi gubernator.
– Bu xalq katta madaniyat va maʼrifatga ega, bularda juda katta boylik mavjud. Bu boylik – buyuk olimlar, şoirlar, tadqiqotçilar asarlaridir. Oltin, kumuş olib ketilaversa bir kuni tugaydi, lekin xalqning bilimi tugamaydi.
– Siz ularning muqaddas kitoblarini yaxşi tuşunasiz, janob Ostroumov. Ularning eng zör kitoblaridan töplang, janobi oliylariga sovğa qilamiz. Evaziga mukofot olasiz!
Gubernator ança öylanib qoldi. Axir oltin-kumuşni istagan vaqtda olib ketsa böladi, kitoblarni esa ziyolilar yaşirib qöyişlari mumkin.
Gubernator:
– Men yovvoyi xalqdan miltiqlar va boşqa qurollarni tortib olişga farmon berdim, – dedi nihoyat. – Hattoki kattaroq oşpiçoq ham qoldirilmaydi. Noyob kitoblar esa tezda olib ketiladi. Podşo hazratlari bunday kitoblar işqibozi ekanliklarini yaxşi bilaman. Möğullar bu xalqni yozuvidan mahrum qilgan bölsa, biz ularni tilidan mahrum etmoğimiz kerak. Aytganday, sizga bir muhim topşiriq bor. Siz ölkada rus maktablari sonini köpaytirasiz, şunda ular öz madaniyati va maʼrifatidan uziladi. Mayli, köproq boşqa yurt haqida maʼlumotga ega bölişsin. Keyingi masala gazeta masalasi. Ölka xalqlari uçun gazeta naşr eting.
– Sizning aytganlaringiz juda ajoyib, janob gubernator, bu topşiriqlaringizni tezlikda amalga oşiramiz. Darhaqiqat, maktab orqali rus madaniyatini mahalliy xalq ongiga singdiriş zarur. Ayniqsa yoşlarga.
Ostroumov şiddat bilan örnidan qözğaldi. Söng yöl çetida özini kutib turgan foytunga ötirdi-da, çang köçada közdan ğoyib böldi.
Kuropatkin esa Kaufman qurdirgan, qizil eşigiga “Turkiston Gubernatori” deb yozilgan bino içkarisiga qarab yöl oldi.
Şahar taşqaridan sokin körinsa-da, daha va mahallalarda rus bosqinçilariga qarşi kuraş uçun tayyorgarlik işlari qizğin ketardi. Aholi yaşirin taşkilotlar tuzib, qurollanişni boşlab yuborgan edi. Yurtning erksevar öğillari lovullab yonişlari uçun bir uçqun kerak edi. Bu uçqun Jizzaxdan keldi. Ölkada katta talotöp boşlandi. Samarqand, Farğona, Kattaqörğon, Zomin kabi yirik şahar-qişloqlarda podşoga qarşi namoyişlar boşlandi. Ölkaning katta şaharlarida qözğolonga yetakçilik qiluvçi guruhlar tuzildi. Lekin ular bir-birlari bilan doimiy aloqa örnata olişmadi. Buning ustiga odamlarga qurol yetişmasdi.
* * *
Boğdon pristavi Barilloga mahalliy xalqdan mardikor oliş haqidagi farmon kelgan edi. U zimdan bu işga tayyorgarlik boşlab yubordi.
Abdurahmon jevaçi Xorazm qalʼasida bundan ança yillar oldin çor Rossiya armiyasi bilan janglarda halok bölgan otasi Abdujabbor uçun qasos olişga, xalqni ozod, erkin yaşaş uçun kuraşişga çaqirişga ont içdi.
Odamlar “Mardikorlikka bormaymiz!” deb oyoq tirab olişdi. Boğdonda ham isyon kötarildi.
Öroq, ketmon, kaltak, miltiq bilan qurollangan piyoda olomon va ön çoğlik otliqdan iborat isyonçilarga Mixin, Nukurt, Safar ota, Uxum qişloqlaridan ham odamlar kelib qöşila boşlaşdi. Jevaçi safning oldiga ötdi va odamlarni Jizzax sari boşladi.
Oq podşoning Farmonini odamlarga yetkaziş maqsadida Mirzayor 12-iyul kuni jizzaxliklarning katta guruhini masjid hovlisiga töpladi.
Masjidga kirib kelgan mingboşining yonida Abulqosim ellikboşi, Qosimxöja va Orif oqsoqol hamda ikkita mirşab bor edi.
Mingboşi yuzlarida ğazab öti yonib turgan jizzaxliklarni kördi-yu, gapni qisqa qildi:
– Mardikorlar röyxati tayyor, kelgusi juma podşolik uçun xizmatga tayyor turmoq lozim. Mardikorlik yurtga kelgan töy. Röyxatdagilar kiyim-keçagini tayyorlasin! Mardikorlar oy borib, omon kelsin, omin!
Mingboşi yuziga barmoqlarini siypadi. Masjid içida xalqning şivir-şiviri köpaydi. Röyxatni mirza öqidi. Röyxat faqat kambağallardan iborat edi, unda na biror amaldor, na biror boy, na biror domlaning farzandi bor.
Oraga sovuq sukunat tuşdi. Bu töfon oldidagi dengiz sokinligi edi. Dengizning usti jimirlab tursa-da, tagida böron hayqirardi.
– Mingboşi, siz buning barçasi taqdirdan dedingiz. Podşo amri – xudo amri dedingiz, – deya gap boşladi arabqişloqlik Sodiq dehqon.
– Xudoning bandasiga taqdir yozmişi vojibdir! – deya mingboşi unga yuzlandi.
– Unda nega siz yoki öğlingiz röyxatda yöqsizlar, axir podşo sizning eng yaqiningiz-ku! – deya bir ozğin kişi mingboşiga murojaat etdi.
Mingboşining tili aylanmay qoldi. Abulqosim ellikboşi Qosimxöja oqsoqolning quloğiga bir nima deb piçirladi. Mirşablardan biri taşqariga yöl oldi. Birdaniga ikki-uç kişi uning yölini tösdi. Masjid eşiklari yopildi. Buni körgan Orif oqsoqol tipirçilab qoldi.
– Röyxat podşoning vakillari Kaufmon janoblari tomonidan tasdiqlangan, – deya mingboşi salobat bilan gap boşlaşga urindi.
Abulqosim ellikboşi çap qölini pastga tuşirib, gapni töxtating deya işora qildi.
Olomon orasidan:
– Siz avval savolga javob bering! – degan qiçqiriqlar yangradi.
Mingboşi:
– Jim, jim! – degança qizarib-bözarib olomonga nimalarnidir tuşuntirmoqçi böldi.
Şu payt masjid eşigi oldida turganlardan biri baland ovozda qiçqirdi:
– Bular bilan gaplaşiş befoyda, baribir boy boyga boqadi, suv soyga oqadi.
Vaziyat yomonlaşganini anglagan mingboşi yon tomondagi eşikdan özini taşqariga urdi. Şu payt “Öldir mingboşini!”degan hayqiriq eşitildi. Mingboşi masjid yonidagi çoyxonaga kirib yaşirinmoqçi böldi. Ammo yöldan ötib borayotgan kulol yigit uni çoponidan tortib qoldi. Mingboşi yerga yuztuban yiqildi. Kulol katta toş bilan mingboşining boşiga urdi. Boşi yorilgan mingboşi oqayotgan qonni sallasi bilan töxtatişga urindi. Şu payt masjiddan dengizday toshib çiqqan olomon mingboşini toş bilan ura ketdi. Mingboşi öşa joyda jon taslim qildi.
Abulqosim ellikboşi, Qosimxöja va Orif oqsoqollar esa ust-boşlari yirtilgan, toş-kesak döli ostida mirşablar qurşovida pristav qarorgohi tomon qoçib borişardi. Biroq ularning orqasidan olomon yetib keldi.
Jizzaxliklar mingboşi mahkamasiga yopirilişdi. Uyga öt qöyildi. Mahkamadagi röyxat qidirib topildi, barça qoğoz-daftar, anjom-aslaha sindirildi, yondirildi. Şaharning har yer-har yerida miltiq ovozi eşitilib qolardi. Keçasi şaharda yonğin boşlandi, rus askarlari qözğolonçilarga qarata öq uzişga kirişişdi. Odamlar turli tomonlarga qarab tarqalib ketişdi. Öratepaliklar, zominliklar, rovotliklar uruğ-uruğ bölib öz mahallasini rus askarlaridan qöriqlaşga kirişdilar. Ammo aholida qurol yöq edi…
Har tomonda yonğin, aççiq tutundan heç narsani anglab-körib bölmasdi.
Ertalab şahar markazida aholi bilan uçraşgan Rukin:
– Xalqqa qayişmagan mingboşining ahvoli şu! – deya özini odamlarga mehribon qilib körsatdi.
Tilmoç uning sözlarini tarjima qilib turdi. Rukin vaqtdan yutişi kerak edi. Şu payt yangi şahar tomondan ketmon, panşaxa kötargan, qutilarga toş solib olgan olomon yetib keldi. Ikki daryo bir böldi. Uning tölqini şiddatli edi. Ular Rukin, kapitan Zotoglavov va Komil mirşabni öldirdilar.
Polkovnik Ivanov va Afanasyev otryadi yetib kelib, olomonni öqqa tutdi. Rus kazaklari ayol yo erkak, keksa yoki yoş, deb ötirmadi. Öq yomğiri şunday yoğdiki, hattoki uy içida bekinib turganlar ham omon qolmadi.
Jizzax qamoqxonasi mahbuslar bilan tölib ketdi. Mahbuslarning köpi oğir yarador edi. Ular tor, kiçik xonalarda bir-birlarining ustida qalaşib yotar, sassiq hid hamma yoqni qoplagan, yiği-siği ovozlari tinmasdi. Jizzaxliklardan rus kazaklari Rukin, Mirzayorlar uçun şunday öç oldi. Bu vaqtda Foriş sari Afanasyev qöşini ketib borardi.
Jizzax öt içida qoldi. Butun-butun mahallalarga rus askarlari öt qöydi. Odamlar ayovsiz öqqa tutildi.
Ertasiga, 16-iyul kuni zamonaviy harbiy qurol-yaroğ va texnikaga ega bölgan polkovnik Ivanov qözğolonçilarni qora qonga botirdi. Jizzaxning ayollari, qizlari nomusi toptaldi. Şahar oziq-ovqatsiz qoldi. Köçalar qon bilan qoplandi. Oçarçilik boşlandi. Podşo Nikolay II malaylari mahalliy yigitlarni mardikorlikka jönatdi. Neça-neça Jizzax yigitlari Rossiya örmonlarida kafansiz kömildi. Hattoki yoş bolalar köçalarda otildi, Yerjar çöliga haydab yuborildi. Yerjarda esa odamlar suvsizlikdan nobud böldilar.
* * *
Öşa kuni Forişda ham bosqinçilarga qarşi kuraş kuçaydi.
Jevaçi odamlari Jizzax yölini öz nazoratlariga olişgandi.
Peşinga yaqin uzoqdan ot mingan bir yölovçi körindi. Uning oti zörğa yurib kelardi. Kun issiqligidanmi, çavandoz ot ustida mast kişidek çayqalib kelardi.
Jevaçining odamlari uni bir zumda uşlab olişdi. Bu pristav aloqaçisi Sibirsev degan kişi edi. Uning yoni tintib körilganda xat çikdi. Bu xat Jizzaxdan jazo otryadi çaqiriş haqida edi.
Qözğolonçilar çoparni öldirdilar. Söng Foriş pristavi Barilloni qidirişga tuşdilar. Ammo jazo otryadi keçikkanidan şubhaga tuşgan Barillo allaqaçon qaygadir koçib ketgandi.
U osmonga uçdimi, yerga kirdimi – yöq edi. Barillo yaşagan qörğon jim-jit. Xizmatkorlar esa darvozani berkitib, yaşirinib olişgan. Qözğolonçilardan biri xalqni qörğon tomon boşladi.
– Biz ularni yöq qilişimiz kerak! – dedi u. – Bizni odam örnida körmaganlarga şafqat qilmasligimiz kerak!
– Qaytinglar, axir ular heç kimga yomonlik qilmagan, – dedi jevaçining ukasi Bobobek.
Ammo olomon unga quloq soladigan ahvolda emas edi. Barillo yaşayotgan qalʼa tepasida bir töp toğ burgutlari çarx urib uçib yurardi. Qoronği tuşgaç ketmon, bolta kötargan odamlar pristav qörğonining darvozasini buzişdi. Qörğonda xizmatkorlardan boşqa heç kim yöq edi. Şu payt Bobobek otlar uçun xaşak saqlanadigan yemxonada Barilloning xotini Nataşa Yankovskaya va qizini körib qoldi. U özini ularni körmaganga solib eşikni yopib qöydi, xizmatkor juvon Galina Klyuyevani esa somonxonaga yaşirdi. Keyin orqasidan kelayotganlarga qarata:
– Bu yerda heç kim yöq, – dedi.
Bobobek odamlarni tinçitiş maqsadida yolğon gapirdi. Agar rostini aytsa, begunoh ikki ayolning qoni tökilişi aniq edi.
Olomon toşqin suvdek orqaga qaytdi. Yölda ikki soldatni uşlab olib, ölasi qilib kaltaklaşdi. Bu vaqt Barillo xotini va qizini taşlab, öz jonini saqlaş maqsadida Qizilqumga qarab qoçib qolgan edi.
Olomon pristav yaşaydigan uyga öt qöydi. Pristavning xonadoni olov içida qoldi. Olomon qişloqqa qaytib keldi. Keçqurun tunning qoronğiligidan foydalangan Bobobek yana otxonaga keldi va titrab-qaltirab ötirgan ona-bolani otxonadan olib çiqqaç, ularni akasining uyiga olib borib yaşirib qöydi. Bu yer xavf-xatardan xoli edi. Barilloning bir neça rus xizmatkori va qöriqçilaridan ikki kişi olov içida qolib ketdi. Ularning dod-faryodiga heç kim quloq solmadi. Qasoskor xalqni endi töxtatib bölmasligini ruslar tuşunib yetişdi. Dahşatli voqealarni öz közlari bilan körgan ona-bola bu xonadonda bir hafta tinç yaşaşdi. Ular oldiga ayollardan bölak heç kim kirmas edi. Ona-bola bu holatga asta-sekin könika boşlaşdi. Dastlab qörqib non, mayiz bilan tamaddi qilişgandi, keyinçalik mol göşti solingan ovqatlarga ham örganişdi. Hayot – hayot-da, inson barça narsaga könikadi. Ular ham yangiça hayotga asta-sekin moslaşa boşlaşdi.
Abdurahmon jevaçi Bobobek qilgan işni xotinidan eşitgan bölsa-da, ukasiga bir-ikki kun indamadi. Özini heç narsani bilmaydiganday tutdi. Juma kuni peşindan sönggina Bobobekni oldiga çaqirdi.
– Mayli, ğayridin bölsa-da, ayollarni qutqarib savob iş qilibsan. Faqat buni qişloq ahli bilmasin. Ular hozir yaxşi-yomonning farqiga bormay turişibdi. Sening qutqarganingni eşitişsa, notöğri tuşunişlari mumkin.
Bobobek akasiga eʼtiroz bildirolmadi. Yangasi oldiga qöygan şörvani non töğrab içdi-da, Burgutqoyadagi toş qalʼaga çiqib ketdi. U özini olqor ovi bilan ovutmoqçi edi. Ov uning sevimli maşğuloti. Bu qalʼaning tört tomoni toş bilan öralgan bölib, ikki toş orasidagi yölakka bir odam siğardi. Qalʼa içida buloq bölib, u yozin-qişin qaynab, mavjlanib turardi. Buloqning yozda sovuq, qişda issiq suvi şunçalik mazaliki, uni töyib içgan kişi bir-ikki kun çanqamaydi ham. Agar akasi könsa Barilloning xotini va qizini qözğolon bosilgunça şu qalʼaga yaşirib qöyadi.
Biroq Bobobek toqqa ketganidan keyin jevaçi ona-bolani öz qörğoniga kuzatib qöydi….
* * *
Ertalab Abdurahmon jevaçi öz odamlarini savdo karvoni bilan Buxoroga jönatdi. Jevaçi ularga Buxorodagi tanişlaridan qurol olib kelişni topşirdi. Axir ”Quruq qoşiq oğiz yirtar” deb bekorga aytmagan. Yovga qarşi ikki-uç miltiq, ketmon, öroq bilan kuraşib bölmaydi-ku. Ertaga qanday kunlar keladi, yolğiz Ollohga ayon. Şundan keyin jevaçi Boğdon bekligidagi Mixin, Qulba, Uçma, Nurak, Safar ota qişloqlari oqsoqollariga odam jönatdi.
Har kuni Jizzaxdan vahimali xabarlar kelib turibdi. Abdurahmon jevaçi uyga kiradi, taşqariga çiqadi, sira köngli yorişmaydi.
Barilloning xizmatkorlari köpayganligi haqidagi xabar jevaçini huşyor torttirdi. Ular pulemyot bilan qurollangan, deya xabar yetkazdi xufyalardan biri.
Jizzaxda boşlangan qözğolon xabari öşa kuniyoq Forişga yetib kelgandi. Abdurahmon jevaçi ukasi Bobobekni eski tanişi Nazarxöja eşon huzuriga jönatdi. Eşonning hovlisi şahar markazida bölib, öşa kuni Jizzaxning barça mahalla oqsoqollari, bundan taşqari Ösmat, Zomin, Foriş bekligidan ham vakillar şu yerga töplanişdi.
Nazarxöja eşon jöşib sözladi:
– Biz bugun bu yerga el va yurt ozodligi uçun, farzandlarimizga Najmiddin Kubro, Amir Temur, Muqanna, Manguberdi kabi bobolarimiz duşmanga qanday kuraşganini yetkaziş uçun töplandik…
Yiğiliş juda qisqa va aniq böldi. Mahalla oqsoqollari bitta-bittadan bölib eşon hovlisini tark etişdi. Vakillarning xavf-xatarsiz öz manziliga yetib olişi uçun eşon öz odamlarini ularga qöşib yubordi. Eski qadrdoni jevaçining ukasi Bobobekni Köhnabozorgaça kuzatib boriş uçun ikki kişini qöşib jönatdi.
Keçqurun Abdurahmon jevaçining uyiga atrofdagi Mixin, Qulba, Uçma, Safar ota, Qorabdol qişloqlaridan maslahat uçun öndan oşiq kişi töplandi. Jevaçi rahbarligida duşmanga zarba beriş yöl-yöriqlari işlab çiqildi.
– Hamma qurollanmoği lozim. Eng avvalo ularni qişloqlarga kiritmasligimiz, mardikorlikka boradigan yoşlarimizni olib qoliş uçun bel boğlamoğimiz kerak. Ozod va hur ölkani öris imperatori askarlari oyoği ostida toptalişiga yöl qöymaymiz.
Yiğilganlar bu körsatmani bajariş uçun öz qişloqlariga jönab ketişdi.
* * *
Kimdir darvozani hovliqib qamçi sopi bilan urdi.
Abdurahmon jevaçi şoşib şu tomonga yurdi.
Oti köpikka botgan bir notaniş kişi darvoza oldida hansirab turardi.
– Assalomu alaykum, aka! Men Jizzaxdanman. Meni Nazarxöja eşon jönatdi. Jizzax öt içida qoldi. Hammayoq yondirildi. Öris otryadi Afanasyev degani boşçiligida Foriş tomon kelmoqda. Ertaga tongda yetib keladi. Xalqni ularga qarşi turğazmoq kerak.
Çopar yana nimalardir demoqçi edi, ammo saraton issiğiga va yöl azobiga çiday olmay kesilgan daraxtdek asta qiyşaydi. Abduraxmon jevaçi uni suyab qoldi va asta kötarib yonğoq ostidagi supaga olib borib ötqazdi. Içkaridan jevaçining katta öğli dasturxon kötarib çiqdi. Çopar bir-ikki piyola sovuq çoyni yutoqib içgandan keyingina öziga keldi.
– Men örislarni Oqtuproq qalʼasi oldida kördim. Toğ oralab kelişmoqda. Eşon aka sizdan odamlarni töplab, ularga qarşi turişni, askarlarni qişloqqa kirgizmaslikni iltimos qildi, – dedi xabarçi hamon entikib nafas olarkan.
Abdurahmon jevaçi xabarçining gaplarini eşitib yov endi begunoh xalqdan qasos olişiga, bu yölda heç narsadan qaytmasligiga işon hosil qildi, negaki Köhnabozordan unça uzoq bölmagan tepaliklarda pristav Barilloning odamlari keyingi kunlari yana ikkita töp örnatib, ularni qişloqqa qaratib qöygan edi. Barillo allaqaçon Qizilqumdan qaytib kelgan. Qişloq tepalikdan yaqqol körinib turadi.
Albatta, birgina qişloq ahli bilan yovga qarşi kuraşib bölmaydi. Köplaşmoq kerak. Köp qurol kerak. Yovning qölida qançalab miltiği, töplari bor. Abdurahmon jevaçi tezda öğli Savronni Mixin bekligiga, Matlabni Uçma va Safar ota bekligiga, Davronboyni esa Sintob bekligiga jönatdi.
Nihoyat qöşni qişloqlardan odamlar ot va eşakda, piyoda yetib kela boşlaşdi. Ularning bir qismi miltiq bilan qurollangan edi. Köpçiligi esa qurolsiz. Aksariyat ketmon, panşaxa bilan qurollangan. Sintobliklar negadir bu işga boş qöşişmadi.
Buxoroga ketgan yigitlardan yaxşi xabar kelmadi. Buxoro xoni Amir Olimxon jevaçi bilan uzoqroq qarindoş bölsa-da, uning nomidan kelgan maktubga javob bermadi. Amir şu kunlarda ayş-işratga mukkasidan ketgan edi.
* * *
Abdurahmon jevaçi töplangan xalqni Jizzax sari boşladi. Boğdon çölini çang-tözon qopladi. Qözğolonçilar bolta, ketmon kötarib kapitan Afanasyev boşlab kelayotgan, tiş-tirnoğigaça qurollangan rus askarlariga qarşi ketib borardi, ular orasida ayollar ham bor edi.
XVI asrda Abdullaxon qurdirgan suv omboridan ön çaqirimça berida ikki taraf yuzma-yuz böldi. Ikki örtada jang qizidi. Rus soldatlari töp va pulemyotlarni işga soldi. Odamlar tutdek tökildi, lekin qaysar va mard toğliklar duşman ustiga yopirilib kelaverdi.
Jang qizigan mahal toğliklardan biri ruslarning bitta pulemyotini egalladi va darhol ularga qarata öq uza boşladi. Ammo qizib ketgan pulemyot birdan tarillatib öz uzişdan töxtadi. Uni sovutiş uçun ustiga suv quyiş kerak edi. Ammo toğlik erkak buni bilmasdi. Şu sababli hayron bölib pulemyotning uyoq-buyoğiga qarayotgan mahal askarlardan biri uni otib öldirdi.
Afanasyev jon-jahdi bilan isyonkorlarni Jizzaxga ötkazmaslik harakatini qilardi.
Kökda esa bir gala toğ burguti töp bölib uçib yurardi. Tösatdan jevaçining uyida saqlangan burgut rus askarlaridan biriga taşlandi. Askar yuzini kafti bilan tösgança dod solib qulab tuşdi. Uning panjalari orasidan qon oqardi. Burgut askarning bir közini öyib olgandi.
Afanasyevning özi askarlarga ibrat böliş uçun kiçkina tepalikka çiqdi va:
– Tezda bizga qöşimça kuç yetib keladi, bardam bölinglar! – deya baqirdi. – Ular bu yovvoyi xalqni tumandek tarqatib yuboradi. Biz ham ularni şunday savalaylikki, tuğilganlariga puşaymon bölişsin!
Zambaraklardan otilgan öq isyonçilar ustida yoğildi. Odamlarning paşşaday halok bölayotganini körgan Abdurahmon jevaçining közlarida ğazab öti çaqnadi. Uning öğillari ham janggohning har tomoniga tarqab ketişgandi. Jevaçidan unça uzoq bölmagan yerda katta öğli bir yöla ikki rus askari bilan qiliçbozlik qilardi. Uruş öz oti bilan uruş. Unda heç kim duşmanni ayamaydi. Çöl tökilgan inson qonidan qip-qizil lolazorga aylandi göyo.
Yov çekinayotganini körgan Abdurahmon jevaçi jarlikni aylanib ötar ekan, közi toşga boş qöygança ölib yotgan ayolga tuşdi. Ayol kökragidan ikkiga bölinib taşlangan edi. Nariroqda esa yana bir ölik ayolni bir yarim yoşlardagi bolakay emib yotardi. Jevaçining közlarida yoş tirqiradi. Yov orqasidan quvib kelayotgan bölsa-da, töxtab, birinçi ayolni çoponi bilan örab qöydi. Ikkinçi ayolning bolasini olişni esa ortidan kelayotgan bir hamqişloğiga buyurdi.
Bu paytga kelib rus askarlarining öq-dorisi tugay boşlagandi. Şu sababli ular Jizzax tomon çekinişga tuşişdi. Şubhasiz, rus askarlari madad kutayotgan edilar.
Keçga tomon, jang tugaganidan söng jevaçi ukasi Bobobekka Matlab, Savron, mulla Muhammad, Qurbon, Tursunboy va Ergaşni topişni buyurdi. Ular Abdurahmon jevaçi atrofida davra qurib, yerga tikilgança jim turişdi.
Atrofga qoronğulik tuşganda odamlarning bir qismi çöl orqali Köhnabozor qişloğiga yetib kelişdi. Qişloq öt içida edi. Yondirilgan uylardan aççiq tutun osmonga kötarilar edi.
Tarixda keyinçalik Jizzax qözğoloni deb atalgan maşhur qonli jang boşlandi. Bu voqea 1916-yilning saratonida yuz berdi. Har ikki tomon jangga qiyqiriqlar bilan kirdilar. Ikki kun davom etgan jangning birinçi kuni forişliklar rus askarlari ustidan ğalaba qozongandek böldi. Rus askarlari şoşib qolişdi. Ğalaba yaqinday edi. Jevaçi ruslarga qarşi kuraşda harbiy topqirlik körsatdi. U uzokdan turib palaxmon toşi otadigan mergan yigitlarni töplab, ruslarga qarşi jangga soldi. Palaxmon toşotarlarning oldiga esa tajribali, jang körgan, katta yoşdagi odamlarni tayin etdi. Yoşlarning bir qismini toş töplaşga yölladi. Soy içida esa maxsus pistirmalar taşkil qildi. Pistirmada ayollar piltali miltiqlarni öqlab, erkaklarga yordam berib turişdi. Ayniqsa köhnabozorlik ayollar boşqalarga ibrat bölişdi. Töğri, jang körmagan ayollar, yoş bolalar orasida talofat katta böldi.
Dastlab rus askarlari parokandalikka uçrasa-da, ularga Jizzaxdan qayta-qayta madad kuçlari kelib qöşilaverdi. Qözğolonçilar safi esa tezlikda kamayib borardi. Oçlik va suvsizlik ham öz kuçini körsatdi. Rus askarlari qurolsiz xalqni çölda töpga tutdi. Qon daryo-daryo bölib oqdi.
Abdurahmon jevaçi odamlarni ruhlantirmoq uçun goh çap tomondan, goh öng tomondan uruş maydoniga özini urar, har safar jangga kirganda özining jonini halokat girdobiga otardi…
Ivanov otryadi bilan toşlar orasidan pana joy qildi, jevaçining odamlarini uzoqdan kuzatarkan, yonidagi ofitserlarga uqdira ketdi:
– Bu xalqning bilgani oçiq maydonda mardlarça uruşiş. Biz esa qalʼaga bekinamiz yoki devor ortida pusib turamiz. Bir neça qişloğini bosib oldik. Peşonasidan turib otdik, birortasi yaşirinay demadi. Atigi bir marta şu çölda oçiq maydonda uruşmoqdamiz. Bular ana şunday qaysar xalq. Har doim huşyor bölmoq kerak.
Çöl uzra tun öz sepini yoyganda har ikki tomon orqaga kaytdi. Rus askarlari Abdullaxon bandiga borib, şarşara atrofida ertaga böladigan jangga tayyorgarlik körişdi. Abdurahmon jevaçi esa otlar tuyoği ostida mayib bölgan odamlarni, ölganlarni töplab soy içiga tuşdi. Tepalikka yigitlardan qorovul qöydi. Şundan keyin u odamlarni bir joyga töplaşga harakat qildi. Yaradorlar va ölganlar köp edi.
Ertasiga rus askarlarini forişliklar toş, miltiq bilan qarşi oldilar. Ivanov otryadiga Jizzaxdan Afanasyev otryadi madadga keldi. Afanasyev otryadini jevaçi omon qolgan ozgina odami bilan, benihoya çarçagan, holsiz ahvolda kuçsiz kutib oldi. Ikki örtadagi kuraş unça uzoq davom etmadi. Qurolsiz aholiga nisbatan töplar işlatildi.
Odamlar otsiz, oziqsiz holda rus askarlariga qarşi turib qolişdi. Abdurahmon jevaçi özining xatosini tuşunib yetgan edi: xalq erki va ozodligi uçun tört oyoqli böri bilan kuraşgandek kuraşib bölmas ekan.
Jevaçi afsus-nadomatlar ila odamlarni bir yerga töplaşga kirişdi. Söng keçasi ayol va bolalarni olib Köhnabozor qişloğiga qaytib keldi. Ertasiga ertalab uning uyi oldiga xalq töplandi. Qişloqqa ruslar ança yaqinlaşib qolgan edi.
Abdurahmon jevaçi odamlarga qarata dedi:
– Biz ozçilik qoldik. Yomon uruşmadik. Lekin endi orqaga qaytiş kerak. Öris askarlari önlab şahar va qişloqlarning xalqini qirişga, kulini kökka sovurişga, öt qöyişga tayyor! Biz odamlarni va qişloqlarni saqlab qolmoğimiz kerak…
Ertasiga rus armiyasining madad kuçiga tayangan Afanasyev Boğdonga yetib keldi. Qişloqlar töpga tutildi. Ikki yarim ming xonadondan iborat Köhnabozor qişloği olov içida qoldi. Birinçi bölib qişloqdagi maçitga öt qöyildi. Köplab kitoblar olovga taşlandi. Masjid içida yonayotgan kitoblarga tikilgança mulla Muhammad yiğlab ötirardi. Oradan ikki kun ötib ruslar uni ham olib ketişdi. Mulla Muhammadning kampiri öğillari Javlon, Hamrolarni olib Garaşaga yaqin bölgan Dovtepa qişloğidan makon topdi. Keyinroq mullaning singlisi Çuçuk ham ularga kelib qöşildi. Bu ayol akasi dardida yiğlay-yiğlay köz yumdi.
Xalqning qöy-eçkilari va boşqa mollari haydab ketildi. Hattoki ayrim joylarda mol boqib yurgan yoş bolalar ham qiliçdan ötkazildi. Rus askarlari ot-aravalarga talangan mol-mulkni ortib, poda-poda mollarni haydab Jizzax sari yölga tuşişdi. Odamlar toğ-toşlar orasiga jon saqlaş uçun qoçib ketgan. Ularning bir qismi esa Çelak, Poyariq, Samarqand tomonlarga boş olib ketdi. Yov ularning ham aksariyatini yöllarda uşlab olib, köpini yöq qilib yubordi. Köhnabozorda şatalib uruğining barça katta yoşdagilari xalq içida otib taşlandi. Abdurahmon jevaçini esa qöl-oyoğiga kişan solib aravada Jizzaxga olib ketişdi. Uning öğillaridan ikkitasi otasi bilan birga olib ketildi.
Jevaçi keta turib xalqqa murojaat qilişga ulgurdi:
– Sizlar meni unutmang, men ozodlik yölida qurbon bölaman. Biz yengamiz. Men xalqim uçun, otam uçun qasos ololmadim. Bu meni qiynayotgan armondir. Men yoşimni yaşadim, bu yoğiga Olloh biladi. Ozodlik va erk uçun kuraşiş kerak. Hali zamon özgaradi. Yurt ozod va hur böladi. Yurtni mard va qörqmas farzandlari boşqaradigan davr uzoq emas. Yuz yilda yer, ellik yilda el yangilanadi. Ozod va hur zamon albatta keladi. Uni mening avlodlarim köradi.
Şu payt rus askari miltiği qöndoği bilan uning boşiga urdi…
Arava jönab ketdi. Odamlar közda yoş bilan jevaçini kuzatib qolişdi…
Asirlar Jizzaxga ikki kunda yetkazib kelindi.
Şahar qamoqxonasi. Unda yuzlab odamlar oğriq azobidan ingranmoqda.
Odamlar orasidan surila-surila Nazarxöja eşon burçakda yotgan Abdurahmon jevaçi yoniga yetib keldi. Eşonning badanida soğ joy qolmagandi. Uning özi ham zörğa nafas olar edi. Uzun soqolida ham qon qotib qolgan. Eşonning bir közi umuman körmay qolgandi.
Eşon jevaçi yoniga bazör yonboşladi.
– Tuzukmisiz, inim. Köp qayğurmang, bu kunlar ötib ketadi. Samarqandda bir guruh döstlarimiz Rossiya Davlat dumasiga xat yozişibdi. Ularga maʼrifatli inson Behbudiy boş ekan. Oq podşoning farmonidan söng bir biz emas, ölkaning barça muzofotlarida norozilik harakati avj olgan. Bizning bitta xatomiz şuki, siyosiy va markazlaşgan rahbarga ega bölmadik. Kuçlar nisbati ham teng bölmadi. Oramizdagi sotqinlar ular tomonga yon bosib turdi. Bunday kuraş davrida doim sotqinlar bölgan, bundan keyin ham böladi.
– Bir narsadan afsusdaman. Qurol bilan yordam beriş örniga Samarqand va Toşkentdagi, hattoki Buxorodagi tanişlarimiz, mahalliy amaldorlar ham Oq podşo odamlariga kömak körsatişdi. Şunga yuragim açişadi.
Jevaçi asta çap yonboşiga ağdarildi. Uning gapirişga ham darmoni yöq edi. Uç oydan buyon tor, zax xonada oç va yalanğoç, qiynalib vaqt ötkazardi. Har ikki-uç kunda tergovçining tinkani quritadigan savollar berişi ham joniga tegib bölgandi.
Nihoyat jevaçiga bir amallab tut talqoni orasiga solingan xatni yetkazişdi. Xat juda qisqa edi: «Rossiya dumasida Mustafo Çöqayev Oq podşo odamlari bilan uçraşdi. Jizzaxdagi voqealarni ularga yetkazişdi. Sizlarni ozod qilişar ekan».
Xat jevaçiga biroz umid bağişladi. Lekin Nazarxöja eşon bunga işonmadi. Eşonning fikriça, bu yerdagi qözğolon, xalq noroziligi haqida Oq podşoga yolğon maʼlumot beriladi.
Oradan yana bir oyça vaqt ötgandan keyingina Jizzaxga Rossiya Dumasi vakillari va Mustafo Çöqayev yetib kelişdi. Vayronalarni öz közi bilan körar ekan, Çöqayevning közlaridan yoş çiqib ketdi. Zero, Çöqayev avval körgan Jizzax şahri qörğonidan heç narsa qolmagandi. Jizzax endi xarobazor edi.
Biroq Oq podşo vakili pinagini ham buzmasdan «Yovvoyilarning jazosi şu!» deb qöydi jahl bilan. Mustafo Çöqayevning ensasi qotdi, ammo indamadi. Çöqayev Dumada Jizzaxdagi voqealar haqida gapirganida ham Duma aʼzolari uning gapini eşitmadi. Xalq dardini tinglaydigan odamning özi yöq edi. Bu haqda keyinçalik «Najot» gazetasida «Haq olinur… kuraşib… qon tökib olinur» degan xulosali maqola bitildi. Tuşungan tuşundi…
Jevaçi yölda ança özini oldirib qöygandi. Şunga qaramasdan uni öz boşiga tuşgan azob emas, xalq boşiga tuşgan kulfat qiynardi. Endi xalq qanday yaşaydi? Erta-indin qiliçini kötarib qiş keladi… Jevaçi faqat şu haqda öylardi. Sassiq turma xonasida kallasining qon oqayotgan yeriga tuya çakmonidan bir parça kuydirib bosdi. Şundan keyin ança öziga kela boşladi. Asta-sekin atrofdagilarni taniy boşladi. Jizzaxlik Nazarxöja eşon, Ziyo qori, xalqni kuraşga çorlagan qirğiz Doniyolbek, Nuriddin hoji kabi eski tanişlarini kördi. Nari borsa ön beş kişi siğadigan tor xonada oltmişdan ortiq mahbus yotardi. Mahbuslar oçlik va taşnalikdan, oğir kaltak zarbidan öla boşladi. Odamlar oçlikdan ustlaridagi kiyimlarini yeya boşlaşdi.
Şunday kunlarning birida tinka-madori qurigan Abdurahmon jevaçini söroqqa çaqirişdi. U oyoğini arang sudraganiça xonaga kirdi. Xona törida şopmöylov tergovçi Ivanov gerdayib turardi. Tilmoç uning sözlarini tarjima qilib turdi.
– Xöş, sen davlatga qarşi nega boş kötarding? Uning mahkamalariga öt qöyib, bosib olişga harakat qilding?
– Men heç kimning yerini, yurtini bosib olmadim. Öz uyim, xalqim, farzandlarim, Vatanimni himoya qildim. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib oldi, köplab maçitlar buzildi, kitoblar yoqib yuborildi, aqlli kişilar quvğin qilindi, odamlarning tinka-madorini quritdi. Biz ozod Vatan qurmoqçimiz! Bizda toğ burguti bor, u bolasini özi uçiradi, şuning uçun kuraşadi ham. Lekin men öşa quşça böla olmadim…
Uning tomoğiga bir narsa tiqildi. Tilmoçdan uning sözlarini eşitgan Ivanov istehzoli kuldi:
– Hali körasan, seni dorga osamiz!
Jevaçi ölimi muqarar ekanligini bilib turardi.
Uni öşa tor xonaga qaytib olib borişdi. Abdurahmon jevaçining badanidagi tayoq zarbidan kökargan joylari yiringlab ketgandi. Xonadagi qözğolonçilarning köpçiligini söroq qilib ham ötirişmadi.
Oradan bir oy ötib taşnalik va oçlikdan sillasi qurigan qözğolonçilarni dala sudi qaroriga köra dorga osişdi. Jevaçi dor tagida bir zum osmonga qarab turdi. Köm-kök osmonda bir juft oppoq burgut bolasi bir-birini quvib çarx urardi.
Şu mahal Ivanov:
– Agar sen xalq oldida tavba qildim desang ozod bölasan! – dedi.
Bu gapni eşitgan jevaçi Ivanovga şunday nafrat bilan qaradiki, u beixtiyor közlarini olib qoçdi.
– Yöq, men sotqin emasman. Men ozodlik yölida kuraşdim, – deya javob qaytardi jevaçi. Söng boşini mağrur kötardi va dor maydoniga olib kelingan odamlarga qaradi: – Xalqim, men sizlarni bosqinçi yovdan qutqarib ololmadim! Afsuski, xalq ozod böladigan kunlarni köriş menga nasib etmadi. Biroq Vatanim ozod bölgan kunlarni mening avlodlarim, xalqim albatta köradi. Biz ozod bölamiz! Alvido! Xalqimga saodat ber, farzandlarimni omon saqla, Tangrim! Bilib-bilmay qilgan gunohlarimni keçirgin. Ollohu akbar!
Abdurahmon jevaçi öz boşini dor sirtmoğiga soldi. Söng… Bir zum dor ipi tebranib turdi, tana jimib qoldi.
Dorga osilgan ön tört kişining jasadi uç kungaça arqonda qolib ketdi…
Nihoyat osib öldirilgan barça qözğolonçilar jasadi tunda yaşirinça Samarqandga olib ketildi va Murod avliyo qabristonida dafn etildi.
Umarqul Buxorov, Köhnabozor qişloğidan aka-uka Haydar va Rahmon Qurbonovlar, Omon Ibrohimov, Matlab Quvnaqov, Rahmon Eşmatov, Isroil Möminov, Ismoil Ollamurodov, Rahmat Rahmonov, Murotqosim Ortiqov, Uzoq Abdurasulov, Egam Musayev, Abulqosim Ortiqov, Jöra Rahmonov, Otaqul Sultonov kabi bir yuz yigirmadan ortiq kişi tergovsiz otib taşlandi. Ularning ayrimlarini tiriklay tuproqqa kömib yuborişdi. Köhnabozordagi qabristondan ikki kunça ingroq ovozi kelib turdi, biroq biror odam yordamga kela olmadi…
Köhnabozorliklarga madadga kelganlar orasida Yamçi, Oqbuloq, Uçma, Ilonçi, Osmonsoy va boşqa qişloq fuqarolari ham bor edi. Foriş qişloqlari bir hafta tutab yotdi. Rus soldatlari qözğolonçilardan qörqqanidan jevaçining qirğiz oşnalarini ham toğlarda uşlab olib öldira boşladilar.
Bosqinçilar odamlarni şunday qiynadiki, tasvirlaşga qalam ojiz…
* * *
Qormiz erining Jizzaxda ruslar tomonidan dorga osilganini eşitganida uyga kirib yum-yum yiğladi. Endi bir etak bolani boqiş uning zimmasida edi.
Qormiz eriga aza oçib, ustiga kök kiydi. Oradan bir neça oy ötgaç esa quruq yiği bilan iş bitmasligini tuşundi. Qörğondagi uy yondirilgan edi. Demak Mixindagi yozlik uyda hayot keçirişdan bölak imkon yöq edi.
Qormiz öğil-qizlarini ergaştirib Mixin qişloğiga çiqdi. Hovlini öt-ölanlardan tozaladi. Qizlar hovliga suv sepişdi. Barça xas-xaşaklarni öğil bolalar tozalaşdi. Toklarda qolgan ön-ön beş savat uzumni yerga yoyişdi. Odam qaramaganidan boğdagi meva-çevalarni qurt-qumursqalar, çumçuqlar yeb ketgan, olma, yonğoqlar yerga tuşib yotardi. Ularni bolalar terib olib oşxona çetidagi yoğoç qutiga joylaşdi. «Qişda heç bölmasa qoqi çoyga yaraydi-ku», deya öyladi Qormiz.
Jevaçining butun avlodi, aka-uka va öğillari: Norbek, Islom, Rustam, Doston, Qorabek, Dovul, Sorabeklar ham qözğolonda şatalibliklar bilan birga qatnaşdi. Qişloqqa rus soldatlari öt qöygan kuni barça şatalib uruği har tomon tariqday tarqab ketdi. Ular yillar ötibgina öz makonlariga qaytdilar.
Asta-sekin qişloq qayta tiklandi. Odamlar çorva va dehqonçilik bilan şuğullana boşladi.
Kunlar şu taxlitda öta boşladi. Qormiz molxonadagi eridan qolgan ketmon va öroqlarni öğillari bilan ötkirladi. Bu işda ayniqsa öğli Dovul unga ança kömak berdi. Qizi Ruxsatning esa buyi ança çözilib, öroq örişga qöli kelib qolgandi. Ona-bolalar qözğolon kunlari toqqa haydab yuborgan mollarini qidirişdi. Oradan bir hafta ötib ikki sigir va uç eçkini topib kelişdi. Bir qöra moldan qolgani şu edi. Qişi bilan meva-çeva yeb, sut-qatiq içib kun ötkazişdi. Bahorda bir eçkini söyişdi. Şu bilan pişiqçilikka yetib olişdi. Boğdagi tut novdasini kötarolmas darajada köp hosil soldi. Yil yaxşi keldi. Uzum, olma va yonğoqlar möl böldi. Qormizning soçlari qişi bilan qorday oppoq böldi. U endi öğil-qizlarini katta qiliş taşvişi bilan ovora edi. Qiş böyi ulardan heç kim xabar olmadi.
Qormiz erining yilini ötkaziş uçun Köhnabozorga bordi. Eski hovliga uç erkak, beş ayol töplandi. Abdurahmon jevaçining amakisi marhumni yodlab Qurʼon tilovat kildi.
Qormiz qaytişda özi bilan kundoşi Rözining bolalarini ham olib ketdi. Ular bu yerda ança qiynalib qolişgandi. Rözi esa oriyat kuçlilik qilib u bilan ketmadi.
Oila asta-sekin tiklana boşladi. Ular hovlidagi daraxtlarni parvariş qilardilar, toklarni suğorardilar, meva-çevalardan qoq tayyorlardilar.
Hayot şu zaylda davom etdi. Asta-sekin odamlar qişloqqa qaytib kela boşladi. Tabiatning işi qiziq-da: odam bor joyga quşlar ham yetib keladi. Jevaçining farzandlariga könikib qolgan toğ burgutining bolalari ham tez orada bu yerga yetib kelişdi.
Nurota toğlarida yaşillik paydo böldi. Dalalardan mollar töyib qayta boşlaşdi. Bolalar kulgusi eşitildi, osmonda varraklar körindi.
Qormiz bolalarning işlarini körib quvonardi. Ular xuddi otalaridek har bir işni tirişib, jon-jahdlari bilan ado etardilar.
Turli tomonlarga tarqab ketgan odamlar Köhnabozor qişloğini Sovuqbuloq atrofida qaytadan barpo etişdi.
* * *
Oradan yillar ötdi. Nihoyat Abdujabbor töqsoba, Abdurahmon jevaçining nevara-çevaralari ozodlikka erişişdi.
Bugungi kunda yurt osmonida mağrur toğ burgutlari baland parvoz etmoqda. Bobolari-momolari erkinlikni orzu qilgan Vatanda xalq baxtiyor yaşamoqda.
2001-yil. Toşkentga, Mustaqillik bayrami tantanalarida qatnaşiş uçun yurtimizning turli tumanlaridan mehmonlar kelişgan. Mustaqillik maydonida buyuk Istiqlolning ön yilligi nişonlanmoqda. Sahnada Vatan haqida qöşiq kuylanmoqda. Uni Jizzax viloyati Foriş tumanidagi 5-maktab musiqa öqituvçisi Olimjon Davilov ijro etmoqda. U Abdurahmon jevaçining nabirasi. Sahnada uning 15 nafar öquvçi qizlari raqsga tuşişmoqda. Osmonda muşakbozlik avjida. Olimjon bobolari orzu qilgan ozodlik haqida jöşib kuylamoqda. Uning köksida “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi” nişoni yarqirab turibdi.
Mustaqillikning birinçi yili Olimjon boşçiligida Abdurahmon jevaçining nevaralari Samarqand şahridagi Murod avliyo qabristoniga Köhnabozor tuproğidan olib bordilar va bobolari mozoriga sepdilar. Ular Murod avliyo qabristoni botir, qörqmas, Vatan ozodligi uçun jonini qurbon qilgan bobolarining mangu makoniga aylanganini sakson beş yildan keyingina bilişdi.
Anvar JAVLONOV
KAMTARIN USTOZ EDI…
…Dunyoda adabiyot bilan yaşaydigan fidoyi, ayni paytda öta kamtarin insonlar bor. Anvar aka Javlonov şundaylar jumlasidan edi. U kişi bilan qaçon uçraşib qolsak, gurungimiz adabiyot haqida bölardi. Bir kuni Anvar aka hayajonlanib Jurji Zaydonning Ilhom Sultonov tarjimasidagi “Al-Amin va al-Maʼmun” romani haqida gapirib qoldi. Sezdimki, ustoz al-Xorazmiy haqidagi hikoyalar töplamiga yangi maʼlumotlar töplamoqda. Yana bir kuni munaqqid Qozoqboy Yöldoşevning “Yoniq söz” kitobini izlab atay Toşkentga kelganida uçraşib qoldik. Angladimki, ustoz yana bir nimalarni yozişni rejalaştirib turibdi.
Afsuski, şafqatsiz ölim endi oltmiş yoşdan oşgan, qalami çarxlanib turgan, adabiy orzulari bir olam Anvar Javlonovni oramizdan olib ketdi. Anvar akadan sandiq-sandiq qölyozma qoldi. Anvar akadan biri biridan ajoyib hikoyalar, maqolalar, hajviyalar, qissalar qoldi. Anvar akadan oqil farzandlar, şirin-şakar nevaralar qoldi.
Anvar Javlonov özining kindik qoni tökilgan Foriş tumani tarixi bilan astoydil qiziqardi. Bizga Jizzax qözğoloni taşkilotçilaridan biri bölgan forişlik afsonaviy Abdurahmon jevaçi 1916-yilning 25 iyulida osib öldirilgani maʼlum edi, xolos. Anvar aka jevaçining avlodlarini qidirib topdi, ular bilan suhbatlaşdi, ayrim tarixiy maʼlumotlarni qayta-qayta tekşirib kördi. Muallifning ön yildan ortiqroq davom etgan izlanişlari samarasi ölaroq “Toğ burguti” deb nomlangan tarixiy qissa yaratildi. Mazkur qissa ilk bor öquvçilar eʼtiboriga havola etilmoqda.
Abduqayum Yöldoşev
“Yoşlik” 2010/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


