Modomiki “Yoşlik” xonadonimizga taşrif buyurgan ekan, suhbat avvalida bir gapni aytib ötsam, muhtaram jurnalxonlar buni maqtanişga yöymaslar, degan umiddaman.
Söz sanʼatining mehrigiyosimi yoki taqdir taqozosimi, umr yöldoşim Veneraxon ham filolog – uzoq yillar maktabda adabiyotdan dars bergan, hozir nafaqada, oilada eng faol kitobxon. Uning taʼsirida beşta sing-lisi – barçasi filolog bölib yetişdi. Bojalarimizdan biri maşhur adabiyotşunos Begali Qosimov, yana biri zukko bilimdon tilşunos Mahfuzillo Rahmonov. Qizim Şoira filologiya fanlari nomzodi, oliy öquv yurtida dotsent. Uç öğlim boşqa kasb egalari bölsa-da kitobsevarlikda ota-onalaridan qolişmaydi. Şavkat Rahmonning tönğiç qizi Nodiraxon xonadonimizga kelin bölib tuşgan, sakkiz yaşar nabiramiz Nasima hozirdan yurgan yölida şeʼr töqiydi… Ustozu şogirdlar, hamkasblar öz yöliga. Döstu birodarlarim, ulfatlarimning ham deyarli barçasi adabiyotga daxldor odamlar. Tabiiyki, xonadonimizdagi davra suhbatlarining boş mavzusi – Adabiyot. Mana, yarim asrdan oşibdiki, deyarli har kuni biznikida majolis-un nafois.
Salkam yetmiş yildan beri dastavval adabiyot şaydosi bölib, adabiyot böyiça taʼlim olib, söng filolog-adabiyotşunos, munaqqid sifatida adabiy davralarda yurib, adabiyot haqida betinim öy surib, u-bu narsalar bitib, talabalarga dars berib, söz sanʼati insoniyat yaratgan, aniqroği, Alloh bandalariga inʼom etgan noyob neʼmat, sirli-sehrli xilqat ekaniga takror-takror iqror böldim. Har gal çinakam sanʼat asarini öqiganda, tomoşa qilganimda hayratdan özimda yöq yayrayman, bir neça kun özimga kelolmay yuraman. Şu yoşimda ham bolalikdan qolgan bu odat meni tark etgani yöq. Şunday noyob möjiza bilan tanişmay, bu dunyodan ötib ketiş odam zoti uçun katta yöqotiş-ku, deb qöyaman özimga özim. Köngilga şu xil tuyğu solgani, söz sanʼatiga mayl, mehr uyğotgani, rizqimni şu sohadan bergani uçun Yaratganga şukronalar aytaman. Inson faoliyatidagi heç qaysi soha adabiyotçalik sir-sinoatga boy emas, inson va uning tabiati, qismati, qalbi, ruhiyati töğrisidagi haqiqatni kaşf etişda heç bir soha söz sanʼati bilan böylaşa olmaydi, uning örnini bosolmaydi.
Fandagi buyuk ixtiro, kaşfiyotlarni, çunonçi, nisbiylik nazariyasini Eynşteyn bölmasa, boşqa bir daho olim yarataverişi mumkin. Sanʼat, adabiyotdagi buyuk kaşfiyotlarning tuğilişi esa nihoyatda şaxsiy-individual xususiyatga ega. “Gerniki”ni faqat Pikasso, “Uliss”ni faqat Joys, “Ötkan kunlar”ni esa faqat Qodiriygina yaratişi mumkin. Sanʼatning boşqa turlarini aslo kamsitmagan holda, badiiy adabiyotning imkoniyatlari beqiyosdir, desam mubolağa bölmas. Masalan, rangtasvir, arxitektura, musiqa, kino bajarişi mumkin bölgan vazifalarni yozuvçi, şoir söz sanʼati orqali ado etaverişi mumkin. Sanʼat asari yaratiş uçun köpdan-köp aşyo, asbob-uskunalar kerak. Elektr energiyasi bölmasa, kino – heç narsa. Badiiy ijod uçun esa qalam bilan qoğoz bölsa bas. Hatto ular bölmaganida, oğzaki tarzda ham yaratilaveradi. Badiiy ijod ana şunaqa noyob xilqat… Uni ardoqlamay böladimi axir!
Boz ustiga, inson faoliyatiga oid sohalar içida söz sanʼatiçalik tutqiç bermaydigan, qolip-qoidalarga tuşmaydigani yöq. Jahonda ötgan, bugun qalam tebratayotgan har bir çin ijodkor, ular qalamiga mansub har bir çin asar öziça bir dunyo; yangi asari bilan ijodkor har gal yangiça yöl, usul, “qoidalar” kaşf etadi. Buning ustiga, ijodkor şaxsidek sirli, sehrli ajabtovur zot boşqa soha odamlarida topilmasa kerak. Alloh inson zotiga xos jamiki kuçli va zaif, ziddiyatli, möjizakor sifatlarni mujassam etiş uçun yozuvçilik isteʼdodini, şoiru yozuvçilarni yaratgan bölsa ajab emas. Özingiz öylab köring, Alloh özining mislsiz qudratini namoyon etiş uçun bu yoruğ olamni, koinot javhari sanalmiş insonni yaratgan. Qarangki, yozuvçi-sanʼatkor balki Allohning şu yaratuvçilik sifatiga taqlidan söz orqali insonni, töğriroği, inson timsolini yaratişga jurʼat etadi.
Abdulla Qodiriydek birgina mislsiz isteʼdod sohibi yaratgan badiiy kaşfiyotlarni eslaylik. Yusufbek hoji, Özbek oyim, Otabek, Kumuş, Zaynab, Anvar, Raʼno, Solih maxdum, Obid ketmon singari tirik insonlarni – özbekning rang-barang tabiatli farzandlari siymosini ayni tirik, balki tiriklardan tirikroq odamlar kabi gavdalantiriş çindan-da möjiza, axir!
Adabiyot ilmi badiiy ijod tabiati, ijodkor şaxsi, ijod psixologiyasi bobida köp işlar qildi, qilyapti. Ammo ular mutlaqo yetarli emas. Bu borada çin kaşfiyotlarga köra çalğişlar, har tomon oğişlar mölroq. Insoniyat hali ulkan isteʼdodlar xizmatini munosib qadrlaş darajasiga kötarilgani yöq. Biz hanuz çinakam isteʼdod sohiblari bilan bu sohaga daʼvogar tamagir, havaskor kosiblarning farqiga yeta olganimizça yöq.
Ötgan asr boşlarida, köp asrlik adabiyotimiz tub yangilaniş yöliga kirgan kezlari “Adabiyot nadir?”, “Teatr nadir?” degan savollar qatori “Tanqid nadir?” degan masala ham köndalang qöyildi. Şunda, taraqqiyparvar ijod ahli vakillaridan biri, özbek jadidlarining otasi Behbudiy adabiy tanqid haqidagi maqolasida hayot-mamot ahamiyatiga molik savolga javob axtarib “tanqid saralamoqdir” degan oqilona javob topdi. Darhaqiqat, adabiy tanqidning boş vazifasi, asl funksiyasi adabiy jarayonni sinçiklab kuzatib, bilimdonlik, nozik did, farosat, bundan ham muhimi, xolislik bilan yondaşib, undagi, yaʼni katta oqimdagi xas-xaşaklar orasidan çinakam badiiy kaşfiyotlarni, çin isteʼdodlarni topa biliş, kaşf etiş, ularga odilona baho beriş, çin asarlarning çin nafosati, asl mohiyatini oçib berişdan iborat ekani öşa kezlardayoq ayon edi. Milliy tanqidçiligimizning ilk bosqiçida Vadud Mahmud, Çölpon, Abdulla Qodiriy va Oybeklar ayni şu yöldan bordilar…
Afsus, ming afsus, totalitar rejim hamma jabhani, jumladan, adabiyotga rahnamolikni qölga olganidan keyin bu xayrli tamoyil barbod böldi, tanqid maydonida qiyomat qöpdi. Ulkan milliy uyğoniş tufayli qad rostlay boşlagan soğlom adabiy jarayonda paydo bölgan har bir yorqin isteʼdod, çin badiiy kaşfiyot deyişga arzigulik har bir asar, Abdulla Qahhor sözlari bilan aytganda, nayza kötarib qarşi olindi; Çölpon, Qodiriy, Fitratlar qismati, Çölpon şeʼriyati, “Ötkan kunlar”, Fitrat dramalari, “Sarob”, “Qutluğ qon”, “Navoiy”, “Jaloliddin”, “Qöşçinor”, keyinroq “Tobutdan tovuş”, “Yulduzli tunlar” tevaragida keçgan maşʼum maşmaşalar, adabiy jaholat, töğridan-töğri demagogiyadan iborat kampaniyalar yaqin keçmişimizning eng kirlik – qora kunlari tarzida tarixda qoldi.
Istiqlol yillarida köp xayrli işlar qatori bu jabhadagi xatoliklar bartaraf etildi, adolat tik-landi. Tanqidçilikda demagogiyaga yöl oçadigan mus-tabid mafkura, adabiy siyosatning ildizi qirqildi.
Afsuski, bugungi tanqidçiligimizda ham “saralamoq” bobidagi ojizlik, oqsoqlik butunlay bartaraf etilgani yöq, u boşqaça körinişlarda davom etyapti. Bir vaqtlar Abdulla Qahhordek talabçan adib: “Adabiyot daryosi qurib-qaqşab yotgandan köra, loyqa bölsa ham tölib oqqani maʼqul, bötana oqim ham oxir-oqibat tinadi-da axir” degan edilar. Hozir bizda şunday jarayon ketyapti: Istiqlol bergan erkinlik tufayli milliy adabiyotimiz daryosi tölib-toshib oqyapti, bu oqimda xas-xaşaklar, köpigu quyqalar behisob. Didli kitobxon hafsalasini pir qiladigan xaşaki “ijod namunalari” bilan barobar, gavharga arzigulik badiiy topilmalar ham yöq emas. Bugungi adabiy jarayonni sinçiklab kuzatib, astoydil saralansa, adabiyotimizning hozirgi kuni va ertasiga umid uyğotadigan hayotbaxş tamoyillarni özida mujassam etgan ijod namunalari ham mavjud ekaniga amin bölamiz. Hamkasblarimga oğir botsa ham bir gapni dangal aytay: tanqid adabiy jarayondan ortda qolyapti. Sörab, suriştirişlar şundan dalolat berayotirki, keyingi ön yil içida, jahon adabiyotini qöya turaylik, özimizda eʼlon etilgan asarlarni töla-tökis öqib, kuzatib borgan birorta ham munaqqidni topolmaysiz. Bir vaqtlar şaxsan özim adabiyotimizdagi birorta asarni ham eʼtibordan çetda qoldirmay kuzatib, öqib borardim. Hozir ham imkon boriça harakat qilaman, ammo hammasiga ulgurolmayman. Ehtimol, şu yoşda men uçun bu hol uzrlidir. Ammo yoşroq munaqqidlarni bu borada aslo keçirib bölmaydi. Tanqid maydonida turgan, özini munaqqid sanovçi azamat uçun bu maşaqqatli yumuş majburiydir. Adabiyot daryosida ğavvos kabi suzmay, oqimdagi hamma narsalardan yaxşi xabardor bölmay turib, uni saralaş aslo mumkin emas. Afsus, ming afsus, sohilda turib olib oqim xususida xayolan, taxminan hukm çiqarişga urinişlar, nolişlar közga taşlanayapti. Bir vaqtlar uluğ bir rus adibi afsus-nadomat bilan, yaxşi munaqqidlarning eʼtiborsizligi, hafsalasizligi tufayli qançadan-qança noyob isteʼdodlar, badiiy kaşfiyotlar el nazaridan çetda qolib ketayotganini aytgan edi.
Sir emas, bugungi adabiyotimizda jiddiy jonlaniş, kötariliş jarayoni ketyapti, bu hol barça adabiy avlod vakillariga xos, şu bilan barobar, milliy adabiyotimiz dargohiga yangi bir navqiron avlod şitob bilan kirib kelayotgani quvonarli hol. Ularning minbarlardagi ilk çiqişlarini, matbuotdagi ilk hikoya, şeʼrlarini, ilk töplamlarini öqib köring-a, ularni bundan 20-30 yil burun adabiyotda paydo bölgan yoş ijodkorlar maşqlari bilan soliştirganda, bugungi navqiron avlodning böyi bir neça barobar baland ekaniga iqror bölasiz. Şu yil aprel oyida Farğona viloyatida ötgan adabiyot bayrami kunlari yoş şoir va nosirlarning çiqişlari köplar qatori meni ham lol qolirdi. Ayniqsa, Marğilondagi pedagogika kollejida ötgan adabiy anjumanda yoşlar öqigan şeʼrlar… Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzodek taniqli Xalq şoirlari qatorida turib, minbardan şeʼr aytişning özi bölmaydi! Zalda Xalq şoirlariga qanday olqişlar yoğdirilgan bölsa, yoşlarning şeʼrlari ham öşanday gulduros qarsaklar bilan qarşi olindi. Yana bir ajib holat. Yoş şoir, şoiralarning ayrimlari ona tilida aytgan şeʼrlarini öz tarjimasida rus, ingliz, nemis va yapon tillarida öqidi! Tarjima böyiça mutaxassislar ular haqida iliq gaplar aytdi.
Qisqasi, 30-40 minutga möljallangan anjuman uç yarim soatga çözildi. Birorta odam ham zalni tark etmadi. Tantanadan söng alohida-alohida ijodiy gurunglar yana uzoq vaqt davom etdi. Şaxsiy suhbatlar çoği yoşlar orasida, şeʼriyat bilan barobar, hikoya, qissa, drama, hatto roman yozganlari, adabiy tanqid bilan qiziqadiganlari ham borligi maʼlum böldi.
Bunday manzarani boşqa viloyatlarda ham kuzatiş mumkin. Yomon közdan asrasin, yaqin kelajakda milliy adabiyotimizda mavj urayotgan yangi tölqin, albatta, öz natijalarini berajak.
Aziz jurnalxon! Navqiron avlod ijodiga oid mulohazalarimni boşqa alohida maqolaga qoldirib turayin-da, şu kungi jöşqin oqimdagi javharga teng birgina zarra – Zulfiya Qurolboy qizining “Yoşlik”da ötgan yili eʼlon etilgan bir hikoyasi talqinini hukmingizga havola etsam.
ONA SHAʼNIGA QASIDA
(Bir hikoya talqini)
Jahon adabiyotida hamişa ona-Vatan kabi boş harf bilan yozilişga loyiq tabarruk Ona zotining muşkul damlarda tuqqan farzandiga beqiyos mehr-muruvvati xususida köp va xöb yozilgan. Milliy nas-rimizda ham öşalar qatorida turişga loyiq asarlar bor. Ustoz Said Ahmad qalamiga mansub “Ufq” romanidagi Onaxonning gunohkor – qoçoq öğliga nisbatan armon, alam-ökinç bilan yöğrilgan parvonaligi ifodasi adabiyotimizda jiddiy hodisa bölgan edi. Zulfiya Qurolboy qizi “Yozsiz yil” hiokyasida ayni şu yönalişda butunlay özgaça Ona timsolini yaratdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, hikoyaning syujet qurilişi puxta işlangan, voqealar tadriji personajlar ruhiy evrilişlari tahlili bilan uyğunlikda mohirona ifodalangan. Goh quvonç-taskin, tengsiz umid, goh dard xuruji, azob-uqubat, tahqiru nadomat, goh yilt etgan surur, xayoldagi aldamçi faroğat, aslida esa adoği yöq musibatlar bilan ötgan ikki bandayi ojiz – Ona va öğil körgiliklari – butun boşli bir romanga tatigulik beorom daqiqalar, kunlar, oylar, yillar silsilasi birgina hikoya bağridan munosib joy olgan. Hikoyada tiğiz vaziyatlar bot-bot takrorlanadi va har gal muallif benazir zot – Ona vujudida mujassam beqiyos mehrigiyoning yangi-yangi qirralarini kaşf etişga erişadi.
Asar bilan taniş öquvçi biladi: Sobir avtohalokat tufayli nogiron bölib qolgan. Bu mudhiş falokatning azob, iztirobi öğlidan köra ham onaxon – Buvgul xola tani-jonini qovuradi. Hikoya davomida xola vujudini yondirgan otaş, xasta öğil köngli, oromi deb çekkan zahmatlari alangasi taftini öquvçi har doim sezib, his etib turadi. Hayotning turfa nağmasini qarangki, Sobir şu holda qişloqning tengi yöq suluv qizi Marvaridga köngil bergan, qiz ham, öz navbatida, yigitga oşiqu şaydo. Ularning Layliyu Majnun sevgi dostonini eslatadigan işqiy muloqotlari har qanday tama, hirs va nafs mayllaridan xoli, ikki farişta oşiğu maʼşuqaning sof qalb talpinişlaridan iborat. Ayni şu jihati bilan asar bugungi zamonaviy adabiyotda urf bölgan işqiy keçinmalar talqinidan butunlay farq qiladi. Ikki yoş orasida yaşiradigan heç qanaqa sir yöq. Har ikki tomon ham oradagi mudhiş körgilikdan voqif. Ammo bu hol ularning köngil mayllariga aslo tösiq bölolmaydi. Ular bir umrga birga bölişga qatʼiy ahd qilganlar. Visol damlarida Sobir dardini butunlay unutadi, yayrab-yaşnab ketadi. Qiz raʼyi, istagiga köra, Onasini qiznikiga sovçilikka borişga undaydi…
Halokat, xastalik, nogironlik asoratlaridan ham köra muşkulroq dramalar ana şu daqiqalardan boşlanadi. Yigit tomonda johil, qalban söqir aka, qiz tomonda esa bağritoş ota ikki oşiq – yoşlar mayliga tiş-tirnoği bilan qarşi turadilar. Faqat Onaizorgina öğlon bilan qiz qalbining, qiyosi yöq çin muhabbatining yagona himoyaçisiga aylanadi. Bilasiz, qişloq muhitida gap yotmaydi. Şaxsiy-oilaviy intim sir darhol oşkor böladi, har xil ğiybat, past-baland gap-sözlar örmalaydi. Bu hol katta öğil bilan qiz otasi xurujini alanga oldiradi. Ana şunday tiğiz damlarda katta öğil dağdağalariga, qiz otasi yoğdirgan malomat toşlari, odamlarning taʼna-daşnomlariga, tahqiru nadomatlariga, qöyingki, jamiki balo-qazolarga şu muştipar Onaxongina mardona qarşi turib beradi. Xasta, ammo çin oşiq öğlon köngil mayli uçun har daqiqa jonini, jahonini berişga tayyor.
Naçora, johillar qöli baland keladi, Marvaridni yaqin qarindoşi öğliga zörlab uzatadilar, u qaytib keladi, söng uni oyoq yetmas toğ qişloğiga unaştiradilar. Oşiq yigit jim turolmaydi, xastaligiga qaramay qiş çillasida uning izidan boradi, maʼşuqasining albatta qaytib keliş vaʼdasini olib, bir dunyo quvonç, yorqin umid bilan qaytadi… Endi ham öğlon, ham Ona köksida umidsizlik bir dam çekinib, yaşaş iştiyoqi jöş uradi.
Afsus, bu quvonçli daqiqalar uzoqqa bormaydi, vaʼda uşalmay qoladi.
Biz yuqorida öquvçini taniştiriş uçun keltirgan voqealar tafsiloti şunçaki quruq hikoya qilinmaydi, balki ruhiy-psixologik holatlar tahlili jörligida kitobxonni larzaga soladigan tarzda beriladi. Hikoyani öqiy turib, ruhiy iztiroblar oğuşida xayolga tolasan kişi: hayotda möjizalar ham röy berişi mumkin-ku! Ehtimol, bedavo darddan ham xavfliroq odamlar – johil, qahri qattiq kimsalar qarşilik qilmaganida, bu ikki yoş qovuşganida Sobir butunlay soğayib, tökis turmuşga qaytişi ham mumkin edi-ku! Axir hayotda şu holda ham totuv yaşab ötgan juftlik-lar bölgan. Bundan keyingi hijron ifodasi, kundan-kun tanni yemirib borayotgan xastalik azoblarini öğil va Ona bab-baravar tortadi, ikki vujud bir jon-bir tan bölib yonadi. Hijron alamlari xuddi mumtoz ğazaliyotimizdagi poyonsiz fiğonlar kabi avj pardalarda aks-sado beradi.
Galdagi lavha bundan-da hayajonli. Marvarid yangi yil arafasida kelişga vaʼda qilgan edi. Xas-ta Sobir maʼşuqasini intizorlik bilan kutayotir, ammo undan darak yöq. Öşa topdagi Ona bilan bolaning mohir rassom gavdalantirgandek unsiz dramatik holatlari tasviri köngillarni zir titratadi. Aniq körib, his etib turasiz: derazadan köçaga intizor tikilib turgan Sobirning bir mahal yelkalari silkina boşlaydi, Buvgul xola, köngli vayron holda, öğliga tomon talpinadi. Şu payt birdan Sobir Ona tomon ögiriladi. Dunyoning butun dard-alami közlarida jam… Uning qonsiz yuzida yirik-yirik tomçilar dumalaydi. Endi Sobirga hammasi ayon, özining uzoq yaşamasligini ham, Marvaridning kelmasligini, keltirmasliklarini ham biladi, biladi-yu, onasidan yaşiradi, xuddi onasi undan yaşirganday… Maşhur “Asror bobo”dagi çol bilan kampirning mudhiş sirdan voqif holda, bir-birini asraş niyatida bir-biridan sir saqlaş holatini – köngillarni zir titratadigan vaziyatni eslatadigan, ammo taqliddan butunlay xoli noyob badiiy lavha!
Öşa mudhiş damlarda Ona vujudini kemirayotgan iztirobni bildirmaslikka harçand urinmasin, özini tutolmaydi, bari bir onaligiga borib, öğli boşini köksiga bosadi. “Qaynoq köz yoşlar endi uning köksini kuydirib, yuragiga tomçilar va undan qon bölib, tomirlariga sizib oqardi” deb yozadi hikoyanavis. Bu jumlalarni qalamga tuşiriş çoği muallifning qöli titrab turganligini baralla his etasiz.
Bunday tiğiz sanʼatkorona çizilgan lavhalarni şarhlaş qiyin, har qanday şarh uning asl jozibasini, sehrli ruhini tuşirib yuborişi mumkin. Eng muhimi, hikoyanavis personajlarni ana şunday muşkul vaziyatlardan eson-omon olib öta biladi. Bu endi çin sanʼat möjizasi.
Qarangki, oşiq yigitning hayot şami öçay deb turganida ham, hayotga iştiyoqi, visolga umidi butunlay sönmaydi. Ajab, endi mavjud hayotda amalga oşmagan visol hayot-mamot yuzma-yuz kelgan damlarda, keçinmalar jazavasi avjida xayolda, tasavvurda sodir böladi. Maşrab qismatini yodga tuşiruvçi oşiq yigit taqdirida möjiza röy beradi, göyo Maşrab yangliğ arşning kungurasida yor visoliga erişadi. Öşa visol çoği Marvarid Sobirga qarata asl muddaosini oşkor etadi; faqat uning yuraginigina sevişini, boşqasi aslo qiziqtirmasligini dangal aytadi. “Boşqa heç bir ayol bunday demagan bölardi. Şuning uçun ham uni telbalarça sevib qoldim-da”, deya onajoniga sönggi dil rozini izhor etadi. Visol bazmi çoği Onaizor “Baxtli bölinglar, iloyim… Qöşa qarib yuringlar… iloyim”… deya duo qiladi. Şu sözlarni aytayotganida “Buvgul xola ökirib yuborişdan bazör özini tiydi” deb yozadi muallif. Şu lavhani öqiyotib, öquvçi ham ayni Ona holiga tuşadi.
Tasvir yana zaminga, mavjud hayotga qaytadi. Katta öğil, hissiz nodon kimsalar göyo Onaizorni avaylaş maqsadida uni kuni bitgan öğildan ajratişga urinadilar, bu niyat ötmagaç, öjar kampirni “iymonsiz”ga çiqaradilar. Şunda u “Mening iymonim – bolam!” deya hayqiradi. Nihoyat, öğil jon taslim qiladi, onaizorning ustunga suyanganiça “Men yomon qoldim, sen yaxşi bor, bolam” degan sözlarni duoday ojizona takrorlab turganini körib, yurak-bağringiz ezilib ketadi. Söng bundan-da zalvorliroq holatga duç kelamiz. Pirovardida, onaizor birdan osmonga tikilib: “Odamni ermak uçun yaratib, uni eplay olmay qolganingdan keyin ölimni öylab topdingmi?” deya savdoyilarça şivirlaydi.
Bunday isyonkorona şivirlaş aslo taqdiri azal hukmiga nisbatan şakkoklik emas, balki Ona qalbidagi farzandiga bölgan ilohiy mehrning sönggi – yakuniy tasdiği kabi yangraydi.
Milliy adabiyotimizda paydo bölgan bu noyob yangilik – muazzam, mungli mehr-muhabbat qöşiği şu tarzda intihosiga yetadi, oxir-oqibat Ona şaʼniga bitilgan qasida kabi yangraydi.
Maʼlum bölyaptiki, hikoya personajlari qismati bilan boğliq körgilik, ruhiyatdagi iztiroblar boisi ijtimoiy omillardan aytarli xoli. Hayotda yuz berib turadigan tasodif, osiy, toşbağir bandayi ojizlarning qilmişlari oqibati tarzida talqin etiladi; Zulfiyaning bir vaqtlar tanqidçilikda mensimay qaraladigan, unça xuş körilmaydigan ijtimoiylikdan xoli sof “köngil mayllari nağmalari” tahlili bobidagi adabiy tajribalar yölidan borib yaratgan qator hikoyalari, ayniqsa, “Yozsiz yil” özining badiiy-maʼnaviy taʼsir kuçi jihatidan sof ijtimoiy yönalişdagi yetuk asarlardan aslo qolişmaydi.
Adibaning inson şaʼnini himoya qiliş va uluğlaşdek mötabar mavzuni yanada teranroq va kölamdorroq yoritiş, muammolarning betakror yeçimini topiş yölidagi izlanişlarida omad tilab qolamiz.
MUNAQQID HAQIDA
Umarali Normatov – munaqqid, adabiyotşunos; 1931-yil 3 yanvarda Farğona viloyati Beşariq tumanidagi Rapqon qişloğida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida (1952-1957), söng aspiranturasida (1959-1962) taʼlim olgan. 1962-yildan Milliy universitet özbek adabiyoti kafedrasida işlaydi, filologiya fanlari doktori, professor. 1974-2000-yillari Hozirgi özbek adabiyoti kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillari kafedrada O.Sharafiddinov, A.Aliyev, A.Rasulov, N.Xudoyberganov, S. Sodiqov, B. Karimov, A. Uluğov, R. Qöçqorov, D.Quronov, U.Hamdam singari isteʼdodli munaqqid-adabiyotşunoslardan iborat ilmiy jamoa şakllandi; mazkur jamoaning saʼy-harakati tufayli O. Şarafiddinov boşliq milliy tanqidçilik maktabiga asos solindi.
U. Normatov 1957-yildan matbuotda körina boşladi, 500 dan ortiq maqolalari, 50 dan ortiq adabiy-tanqidiy asarlari, darslik, öquv qöllanmalari çop etilgan. Adabiyotşunos-olimning adabiy-tanqidiy işlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi özbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga bağişlangan; uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari tahlili, öziga xos talqini, bu adabiyotning önlab namoyandalari adabiy portretlari, nihoyat, yangi özbek adabiyotining öziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillariga oid ilmiy-nazariy işlari ahamiyati adabiy jamoatçilik tomonidan eʼtirof etilgan. Munaqqidning «Nasrimiz ufqlari» (1974), «Yetuklik» (1982), «Qalb inqilobi» (1986), «Qodiriy boği» (1996) kitoblari zamonaviy özbek adabiyotşunosligining yutuğidir.
Umarali Normatov tanqidçi-adabiyotşunos sifatida mustaqillik yillaridagi milliy adabiy jarayonni qadam-baqadam sinçiklab kuzatib, adabiyotimizda paydo bölgan yangiça adabiy-estetik tamoyillarni aniqlaş, bugungi adabiy jarayonning nazariy muammolarini tadqiq etiş yölidan bordi. «Umidbaxş tamoyillar», «Tafakkur yoğdusi», «Qahhorni anglaş maşaqqati», «Köngillarga köçgan şeʼriyat», «Ustoz ibrati», “Ijod sehri”, “Ijodkorning daxlsiz dunyosi” kitoblari, matbuotda eʼlon etilgan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalari ayni şu muammolarga bağişlangan.
Asarlari rus, turk, tojik tillarida çiqqan.
Umarali Normatov 1991-yildan umumtaʼlim maktablari uçun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratiş böyiça mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5, 9, 11-sinflar uçun darslik, qöllanmalar muallifi sifatida qatnaşdi; uning iştirokida oliy öquv yurtlari uçun «XX asr özbek adabiyoti tarixi», «Yangi özbek adabiyoti» kitoblari yaratildi.
U. Normatovning adabiyotşunoslik, taʼlim-tarbiya sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U Özbekiston Respublikasi Fan arbobi (1981), Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1989); Özbekiston Respublikasi Xalq maorifi aʼloçisi nişoni (1992), «ToşDU mohir pedagogi»(1998) unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uçun «Şarq yulduzi», «Guliston», «Tafakkur» jurnallari mukofotlarini olgan. Hozir «Qodiriy möjizasi», «Nafosat gurunglari» kitoblari ustida işlayotir.
“Yoşlik” jurnali 2010/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


