10 daqiqada öqiladi

251 marta körilgan

Qalb çiltori

Hamma körgan, eşitganlarini boşqalarga aytib berganida allaqanday yayrab, bundan içki qoniqiş hosil qiladi. Şoirlar esa şeʼrlarida özining xayol-tasavvuridagi manzarani taqdim etib lazzatlanadi. Ular toşlardan sado taralişi, oşiq qalbining zarbi Yer şarini yorib ötişi, soğinçni köz yoşi yuvişi yoki aksinça ekanligi xususida yozişadi. Tabiiyki, bular mantiq mezonlariga töğri kelmaydi. Şunday bölsa-da, şoirlarning sözini heç kim inkor etmaydi. Çunki ularning ğalati qiyos, taşbehlari kişiga dabdurustdan taʼsir ötkazib, mudroq bosib, tönğib yotgan tuyğu, keçinmalarni uyğotadi. Şeʼr xuddi şu jihati bilan ahamiyat kasb etadi. Aniqroği, u hamişa biz bilan yaşaydigan qadrdon tuyğu, hissiyotlarni turtkilab, harakatga keltiradi. Şoirning hayot haqiqatlariga mos kelmaydigan mulohazalari içimizdagi sirli xilqatni nur yangliğ yoriştiradi. Aziz Saidning şeʼrlarida ham xuddi şu xususiyat körinadi. Şoir, tarjimon, muharrir Aziz Saidning navbatdagi kitobi “Vaqt manzili” deb nomlanadi. Uning ilk şeʼriy töplami “Çiltor” deb atalgan edi. “Ğoyibdan döst bilan suhbat” maqolalar töplamida Aziz Said zukko şeʼrşunosligini namoyon etadi.

Ayrim şoirlarning şeʼrlarida hissiyot, baʼzi ijodkorlarning asarlarida esa ijtimoiylik ustunlik qiladi. “Çiltor” va “Vaqt manzili” töplamlaridagi şeʼrlarda har ikki jihat birlaşib, ajoyib yaxlitlik hosil qiladi. Aziz Said hayot hodisalaridan çuqur taʼsirlanadi va ulardan olgan turfa tuyğularini sözga soladi. Uning şeʼrlarida qatʼiyatli kişilarga xos kuraşçanlik va isyonkorlik körinadi. Şoirning “Vaqt manzili” şeʼrida: “…bizni Kim qöşiq kuylaşga/ va Kim yiğlaşga majbur qilayotganini/ va muhabbat/ va nafrat qayerdan paydo bölişini anglamoqçi/ bölar/ va osmonga/ va öz içimga quloq tutar/ va şamolmi, vaqtmi şovullar” deyiladi. Aziz Said insonga, voqelikka qaraşlarini şu tarzda ifoda qilib, har birimizning içimizda allaqanday sirli xilqat borligiga işora etadi. Aslida ham muhabbat, nafrat kabi his-tuyğularimiz içimizda tuğiladi va ayni hissiyotlar bizni boşqaradi. Nimadir içimizda şovullab, bizni öz izmiga soladi. Har bir odamning içida gohida rağbatlantirib, gohida ayblab turadigan çegaralovçi tuyğu yaşaydi. Bu içki tuyğu notöğri iş qilganimizda bizni iskanjaga olib qiynaydi va töğri iş qilişga majbur etadi. “Vijdon” deb atalgan uşbu içki ovozda uni bizga inʼom etgan Parvardigorning beqiyos mehribonligi, adolati, çeksiz qudrati aks etadi.

Insonning içiga joylab qöyilgan Vijdon  uning yovizlikka qarşi har qanday harakatini inkor qiladi. Bu Xudoning çeksiz marhamati, U inson gunohga botişini istamasligini bildiradi. “Vaqt manzili”da  şoirning içki tuyğusi unga insoniyat hayoti haqida söz oçadi.  Şeʼrni öqiş çoğida ohang sözga turfa maʼno bağişlaşi anglaşiladi. Çindan ham söz öz-öziça heç narsani bildirmaydi. Sözning uşbu xususiyati muhabbat, nafrat singari mavhum tuşunçalarda aniq aks etadi. “Vatan manzili”da şoir sözlarga ijtimoiy tus beradi. Ijtimoiy ohang kasb etgan sözlar jöşqin tuyğularga yöğrilganidan şiddatkor tus oladi. Aziz Said insoniyat tarixiga taalluqli dalillarni ketma-ket keltiradi. “Va” boğlovçisi şoirning qalbidan ötayotgan keçinmalarni bir-biriga boğlovçi zaruriy xalqaga aylanadi. Ulardan biri tuşirib qoldirilsa, şeʼrdagi jöşqin ohangga putur yetadi va uning taʼsirçanligi, maʼno-mazmuni ham özgaradi. Aniqroği, şeʼr manzarasi xira tortadi. “Va” “Vaqt manzili”ga jarangdorlik, joziba, öziga xoslik bağişlaydi. Şoir uni satrlarga zörlab tiqiştirmaydi. Yozma nutqdagi bu faol boğlovçi şoir qalbidagi keçinmalarning asl ifodaçisiga aylanadi. Şeʼrda insoniyat avvali haqida barçaga ayon maʼlumotlarga şoirona nigoh bilan yondaşiladi. Ajdodlarimiz olovga, quyoşga bejiz eʼtiqod qilmagani taʼkidlanib, inson özi uçun zarur haroratni aynan olovdan, quyoşdan olişiga eʼtibor qaratiladi. Odamning vujudi olovning taftidan quvvat olişi, yonayotgan olovga qaraganda kişining könglidan ğalati keçinmalar ötişi xususida: “va qavmim ham muzlagan yuraklariga qandaydir iliqlik yugurayotganidan yanada dahşatga tuşar va onasining isini olgan/ va uni topolmayotgan gödakday çor atrofga/ alanglar va harorat örtadagi gulxandan ekanligini asta/ sekin anglar/ va men Olovning tillariga qarab vaqtning rangi/ va şaklini tasavvur qilar/ va vaqtning gulxan içidan çiqqaniga/ imonim tobora komil bölar” deyiladi. Insoniyat aynan olov tufayli yaşab kelgani haqidagi haqiqat bayon etilgan ayni örin “Vaqt manzili”dagi avj nuqta bölib körinadi. Şeʼrdagi fikr şu nuqtada özining çöqqisiga çiqadi. Şeʼr davomida ham ayni avj saqlanadi. Odamzod olovning tafti va mehribonligini his qilmay, Unga bepisand qaray boşlaganidan keyin yovuzlaşa boşlagani, şundan keyin u vaqtning oldingami, orqagami oqayotganini bilolmay qolgani haqidagi  fikr şeʼrning öziga xos leytmotiviga aylanadi. “Vaqt manzili”  iborasida şeʼrning asl mağzi, mundarijasi mujassamlaşadi. Buni alohida taʼkidlaşning sababi şundaki, ayrim şoirlarning şeʼrlarida sarlavha mazmunga unçalik mos kelmaydi. Aziz Saidning uşbu şeʼrida esa sarlavha matnning hujayrasidan ösib çiqib, undagi barça misralar mazmunini özida yaxlit mujassamlaştiradi. Şeʼrda insoniyat tarixidagi barça uruşlar, turğunlik va tanazzul maʼnaviy buzilişdan boşlanganiga eʼtibor qaratiladi. Odamzod vaqtning oldingami-orqagami ketayotganini bilmay, uning manzilini topmoq ilinjida sarson bölgani, oxir-oqibatda, hamma  narsadan – söz, soğinç, sevgi, bolalari, vaqt va özidan-da qimmatroq narsani izlaşga tuşib, sariq toş – oltinni topgani, şundan söng örtada tengsizlik yuzaga kelib, odamlar oltini borlar va yöqlarga, oçlar va töqlarga bölingani,  bir-birini qul qilib sotiş, özlari siğingan gulxanga kişilarni yoqiş boşlangani, özaro mojaro, nizo, uruşlar yuzaga kelgani taʼkidlanadi.

Isteʼdodli kişilarning boşqalardan farqi şundaki, ular hayotning har qanday hodisasida hikmat yaşirinligi, heç bir hodisa özidan-özi röy bermasligi, har bir özgariş öziga xos asos, zaminga ega ekanligini idrok etişadi va bu xususda teran muşohada yuritişadi. Aziz Said ham hayotga teran nigoh bilan qaraydi, uning öziga xos içki murakkabliklariga eʼtiborni jalb etadi. Uning “Turğunlik bolalari” dostoni bunga misol böladi. 1982 – 1987-yillarda bitilgan uşbu asarda, aytiş mumkinki, öşa zamonning haqqoniy manzarasi hayotiy detallar asosida çizib beriladi. Şoir unda ota-onasining noçorligidan ezilib, hayotdan norozi yaşagan avlodning dard, alamlarini iztirobga tölib ifoda etadi.

Dostonda ötmiş voqealari şunçaki qayd qilinmaydi. Unda davr hayotiga daxldor voqealarga “ Bir paytlar Daraxtlarning ösmarang yaproqlarida/ Şabnam-la uyğonib/ Tong dargohiga/ Parvoz etmoq uçun nurga aylanib,/ Daftar-daftar ğazallar bitgan,/ Söng esa/ Hayot bozorining rastalarida/ Har tongda non sotib,/ Bola yetaklab,/ Közida mung qora çaylasin tikkan/ Ona tili muallimasi/ Sinf daftarining/ Qatiga yaşirdi/ Xamir qotib qolgan tirnoqlarini” tarzida badiiy tus beriladi. Asarning bunday gözal misollarini köplab keltirişimiz mumkin.

Şoir “Vaqt manzili”da ham, “Turğunlik bolalari”da ham voqelikdagi oğriqli holatlar haqida söz yuritadi. Uning “Ming töqqiz yuz öttiz yettinçi” sida tanqidiy ruh kuçli. Aziz Said bu asarlarida ijtimoiy hayotning asl körinişini izohlaşga intiladi. U insoniyatning ötmişidan ham, özi yaşagan zamondan ham qanoatlanmaydi. Çunki vijdoni uyğoq ijodkor hayotda keng ildiz otgan illatlarga, odamlarning maʼnan, ruhan, jisman azoblanişiga befarq bölolmaydi.

“Dili qani bedilning?” töplamidagi şeʼrlarda esa “Vaqt manzili”dagi şeʼrlarga qiyoslanganda taşbeh, öxşatişlar köproq. Undagi şeʼrlarda ohorli, bir-biridan çiroyli badiiy satrlar zanjir halqalari kabi tutaşib, şeʼrning sehrini, jozibasini oşiradi. “Dili qani bedilning?”dagi şeʼrlar fikr salmoğiga köra ham, ohangdorligi jihatidan ham alohida eʼtiborni tortadi. Bu şeʼrlarga şunçaki köz yugurtirib bölmaydi. Çunki ular teran maʼnoga va yoqimli ohangga ega. Şoir: “Peşonam sayyora – yöllar adaşgan,/ Subhu şom dilimda qirğoq talaşgan,/ Jonimga hasratdan gullar qadaşgan,/ Sen xabar olmading bir bor holimdan” deydi. U bu kabi keçinmalarini kutilmagan qiyos, sifatlaş, jonlantirişlar orqali ifodalaydi. Ularda oldindan taxmin qilingan qofiyalar deyarli körinmaydi. U şeʼrlarida ham maʼnoga, ham ohangga birday eʼtibor qaratadi. Har bir misraga sahifa-sahifa fikrni joylaştiradi. Nozik kuzatişlar hosilasi bu fikr ham teranligi, ham obrazli ifodasi bilan diqqatni jalb etadi.

Mumtoz şeʼriyatda har bir baytda fikrni badiiy sanʼatlar bilan ziynatlaş taomil sanalgan. Bu şoirlarning mahoratini belgilaşda asosiy mezon bölib kelgan. Şarq şeʼriyati xuddi şu jihati bilan Ğarb şeʼriyatidan farq qiladi. “Dili qani bedilning?” töplamidagi şeʼrlarda Şarq şeʼriyatiga xos anʼanalarga amal qilinadi. Undagi şeʼrlarga tuyğu, keçinmalarning obrazli ifodasi, unga mutanosib ohangdorlik husn, zeb berib turadi. Ularda har bir misrada fikr obrazli ifodalanib, keyingi satrda yana davom ettiriladi. Şoirning keng xayol-tasavvuri, teran tafakkuri misralarni jilolantirib, şeʼrga betakror joziba baxş etadi. Aziz Said şeʼrlarida öz “men”ini ifodalaşga intiladi. U bunda siyqa taşbehlardan qoçadi. Har bir satrda obrazli fikr aytadi. U qöllagan ohorli taşbeh, qiyoslar kişida turli hissiyotlar qözğaydi. Söz yurakka yetib borganida şunday holat yuzaga keladi. Har bir öquvçi “He-e-e çölpi taqib jiydadan/ Tun qozonin kavladim. Çaqmoq çaqib qaytadan/ Qanotimni tobladim./ Közida rang qaynatgan/ Musavvirni çorladim./ – çorçöpi yöq mato bu,/ çetiga nur taqilgan,/ örtasiga gul bilan/ qop-qora mix qoqilgan” kabi örinlarni öqiyotganida misralarda mazmun izçillik bilan kuçayib, şeʼrda maʼno teranlaşib borganini his qiladi.

 “Çiltor” va “Dili qani bedilning” töplamlaridagi aksariyat şeʼrlar muhabbat haqida bölsa, “Vaqt manzili”da ijtimoiy muammolar diqqat markaziga qöyiladi. Töğriroği, muallif uşbu töplamiga özining insoniyat tarixi, ölkamizning uzoq va yaqin tarixi töğrisidagi öy-keçinmalari ifodalangan şeʼrlarni kiritişni maʼqul köradi.Çunki odam yoşi ellikka yetganida hayot faqat sevgi-muhabbatdan iborat emasligini, anglab yetadi. Şoirlar öttiz yoşga yetgunça işq-muhabbat haqida köp yozadi. Boşqalar ham öttiz-qirq yoşga kirgunça hayot birgina muhabbatdan iborat deb öylaydi, dunyoga faqat şu nuqtayi nazardan qaraydi. Şoirlar ham ön sakkiz-yigirma beş yoş oraliğida sevgi-muhabbatni ehtirosga tölib, yonib kuylaydi. Yillar esa insonning nafaqat vujudi, balki hissiyotlariga ham öz hukmini ötkazadi. Qirq-ellikka kirgan şoir, har qança urinmasin, hayotda, ijodda har qança tajriba orttirgan bölmasin, sevgi-muhabbat haqida ön sakkiz-yigirma yoşida yozganidek, taʼsirçan şeʼr bitolmaydi. Çunki bu paytga kelib, u hayotga teranroq qaray boşlaydi, hodisalar haqida vazminlik bilan muşohada yuritadi, avvalgidek ehtirosga berilmaydi. U bu dunyoda hamma narsa ötkinçiligi, unda biror narsa abadiy emasligi, yongan hissiyotlar asta-sekin sönişi, sevgi-muhabbat ehtirosi ham bora-bora pasayişi, hayotda ahamiyati jihatidan biri-biridan qolişmaydigan muammolar köpligi, ularning har biri insonning özini anglaşi uçun sinov vositasi ekanini idrok etadi. Ehtirosi jöşib turganida kişi meʼyorni unutadi. Öspirinlar sevgi-muhabbat muammosiga duç keganlarida özlarini aql bilan boşqarolmay qolişadi. Ular ehtirosga berilganlaridan sevib qolganini dunyoda tanho, mislsiz deb biladi. Boşqalarni emas, özini ham unga teng deb qaraşni tasavvuriga siğdirolmaydi. Sevgan kişisining turişi, yurişi, gapirişi, kulişi – har bir xatti-harakati möjiza bölib körinadi. Ulardagi hamma körib, bilib turgan nuqson, kamçiliklarni tan olmaydi. Buni körsatmoqçi, tuşuntirmoqçi bölganlarni aşaddiy duşmani, deb biladi. “Çiltor”, “Dili qani bedilning?”dagi aksariyat şeʼrlarda muhabbatdan mast köngilning tiyiqsiz istak-intilişlari aks etadi. Ijodkor ellik yoşga yetganida bir paytlar muhabbat mavzusida şunday ajoyib şeʼrlar bitganidan quvonadi. Ayni çoğda öşanda özining ehtirosga berilib ketganini sezib, iç-içidan xijolat ham tortadi. Çunki bu paytga kelib, u hayotdan köp saboqlar olib, hamma narsada meʼyor muhimligini tuşunib yetadi. Qalbini, ongu tafakkurini egallab borayotgan bu haqiqat hayotning asl mezoni ekanligiga töla işonç hosil qiladi.  Öspirinligida sevgilisining manzilini xayolan tasavvur etib, halovat topgan bölsa, qirq yoşidan oşganida özining öşa ötmişidan uyala boşlaydi. Undan tezroq uzoqlaşgisi keladi.  Ellik yaşar kişiga hayotni kuzatiş, umrning mazmuni, vaqtning töxtamasdan ötişi töğrisida öylaş, muşohada yuritiş qiziqroq tuyuladi va maroqlantiradi.

“Çiltor” 1988-yilda, “Dili qani bedilning” 1996-yilda, “Vaqt manzili” 2011-yilda bosilib çiqqani turli fikrlar uyğotadi… Bir qaraganda, muallif şeʼriyat bilan jiddiy şuğullanmagan, sustkaşlik qilgan deyiş örinli körinadi. Ammo u bilan tengdoş Abduvali Qutbiddin, Eşqobil Şukur ham şu paytgaça ikkita-uçta töplam çop etgani esga olinsa, bu holat boşqa omillar bilan boğliqligi ayonlaşadi. Avvalo, ötgan asr adoğigi kelib, adabiyotga, şeʼriyatga munosabat keskin özgargani, söz sanʼatiga eʼtiborsiz qaraş boşlangani, butun dunyoni “ommaviy madaniyat” zabtiga olganini barça yaxşi biladi. Hozir ham bu jarayon şiddat bilan davom etmoqda. Rosti, endilikda köpçilik asl adabiyot, çin sanʼat endi öladimi, tugab bitadimi, deb xavotirga tuşib qoldi. Çunki odamlarni asl asarlardan uzoqlaştirib, didini sayozlaştiradigan yengil-yelpi, sayoz “nimarsalar” hamma yoqni egallab, köpçilikni öziga qaratib oldi. “Nimarsalar” asl asarlarning yölidagi ğovga aylandi. Şu bois “Çiltor” muallifi, uning ijoddagi maslakdoşlariga kitobini çop ettiriş jiddiy muammo bölib qoldi. Aniqroği, kitob naşr ettiriş maşaqqatlari, köpgina isteʼdodli qalamkaşlarning könglini ijoddan sovitib yubordi. Rauf Parfi “Dili qani bedilning?” muallifiga katta işonç bilan qarab: “Aziz Said tengqurlari safida qaraşlarining kengligi, hayotni çuqur örganişga bölgan taşnaligi va beminnat sevgisi (yaʼni adabiyotga, şeʼriyatga – A.U.) bilan  yarq etib közga taşlanadi”, – degan edi. Uluğ şoirning uşbu eʼtiroflari Aziz Saidning töplamiga söz boşi sifatida bitilib, eʼlon qilinmay qolib ketgan “Qayta qol, böğzimda bir söz yonmoqda” sarlavhali maqolasidan olindi.  Dunyoda keçgan özgarişlar “Vaqt manzili” muallifi va tengqurlarining astoydil berilib ijod qilişi, öquvçilarga qator töplamlarini taqdim etişiga monelik qildi. Eʼlon qilgan asarlari esa ular sözni juda nozik his qilişi, çuqur tuşunişi, inson ruhiyati va ijtimoiy hayot muammolarini teran va öziga xos tahlil qila bilişidan dalolat beradi. Ularning şeʼrlari, maqolalarini iştiyoq bilan mutolaa qilgan har bir kişi özining ruhan tozargani, maʼnan boyganini his etadi. Çunki Aziz Said qalbidagi çiltorini çertib, diliga beparvolarni oqibatdan ogohlantiradi. U ğoyibdan kelgan döstlari bilan samimiy suhbatlar qurib, adabiyot va ijtimoiy hayot, şeʼr va tuyğu töğrisidagi tuşunça, tasavvurimizni kengaytiradi, vaqt manzilini izlaşga daʼvat etib, har birimizni hayotning mohiyati, umrning mazmunini anglaşga undaydi.

Abdulla ULUĞOV

“Yoşlik”2012/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)