Inson taqdirida özi kutgan voqealar ham böladi, kutilmagan hodisalar ham röy beradi…
Bilasiz, yoz faslida töylar juda köp böladi. 2017-yilning 25-avgust kuni murindiq (tutingan) bolam Tolibay Izimbetovning kelin tuşirar töyida qadrdonlarim bilan beli qayişgan dasturxon atrofida ötirardik. Qöl telefonim jiringladi, yaqin inilarimdan biri Yesimxan Qanaatov tabrikladi, ziyofatning qizigan payti bölgani bois “va-ha-ha”lar kuçayib, har bir sözini aniq eşitiş imkoni bölmadi. Biroz vaqt ötgaç, Dörmonda tanişgan surxondaryolik, qaşqadaryolik döstlarim qöl telefonimga qönğiroq qildi: “Baxtiyor döstim! Davlat unvoni muborak bölsin!…” Voh! Mana bu men uçun kutilmagan voqea böldi! Kimdir televizordan eşitgan, yana kimdir internet sayti orqali bilib olgan… Men töyxonada ötirib, taqdirimdagi bu voqeadan bexabar qolibman-da…
Tunning allamahalida uyga kelsam, bayram dasturxoni tuzalgan; ayolim, farzandlarim, kelinim va nevaralarim parvozga şay quşlarday, közlarida quvonç nurlari… Ular ham allaqaçon bilib, mening kelişimni kutib, yölimga qarab ötirgan ekan. Birinçilardan bölib döstim Quöanişbay Orazimbetov, Bahamdulla Nurabullayev öşa oqşom uyimga kelib, quvonçimga şerik böldi. “Prezidentimizning sizga bergan “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bizlar uçun, butun qoraqalpoq ziyolilari uçun katta sovğa böldi! Ha! Bu biz uçun ham mukofot!..” deb xursandçiliklarini içlariga siğdirolmay tabriklaşdi… Uyimiz mehmonga töldi! Ertasiga çorboğimizda şoxlari uç buralgan oq qöçqor söyildi…
Meni juda… juda tölqinlantirgan hodisa muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yigirma beş yil tölişi munosabati bilan sözlagan tabrik sözi va faxriy unvonlar, mukofotlar bilan taqdirlaş marosimi böldi! Mamlakatimiz rahbarining şaxsan öz qölidan mukofotni qabul qilib oliş lahzalaridagi baxtiyorligimni oddiy sözlar bilan taʼriflaş mumkin emas edi… Qalbimda ikki band şeʼr paydo böldi:
Yaxşi işning boşiga kelar Yaxşilar,
Kuç-quvvat bağişlar bilagimizga.
Siz uyğotgan Umid şami yarqirar –
Işonç Quyoşi Yuragimizda!…
Bu Quyoş sönmaydi, mangu porlaydi,
Xalq Siz bilan birga – tilagingizda!
Vatan mustaqillik qöşiğini kuylaydi,
Rahmat, Prezidentimiz! Rahmat Sizga!..
Baxtiyor GENJEMURODOV,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


