Bolaligimda peşayvonda otamning qoramoydan yaltirab turgan poyabzalini oyoğimga ilib, qaçon men ham ulğayar ekanman, deb öylar edim. Har kun şunday keçar, katta böliş iştiyoqidan mitti yuragim hapqirib ketardi. Vaqtni kimdir jilovlab turgandek tuyulardi, göyo. Bugun öşa xotiralarni yodga olib, soğinaman…
Buni qarangki, bir kiprik qoqqunçalik lahzada böyim otamdek barvasta böldi, yetkazganiga şukr! Şoşib ötayotgan oyu kunlar tizginida umrimizning lahzalarini sarf etib, hamon odimlayapmiz. Orzu-maqsadlarimiz, ezgu niyat va rejalarimiz oliy hakam – Vaqtning ajri bilan goh oson, gohida sinovu imtihonlar bilan amalga oşib borayotir.
Hademay yana bir yil poyoniga yetadi. Ötayotgan 2017-yil butun yurtdoşlarim kabi mening ham hayotimga çuqur iz qoldirdi. Sababi, yil boşida kiçkintoylar uçun yozilgan “Şokoladli tuş” kitobim naşrdan çiqdi. Bolalikdagi soğinçlarimning hovuri biroz bosilgandek böldi.
Mustaqillik kuni bayrami arafasida yana bir orzum uşaldi. Davlatimizning, ustoz ijodkorlarning mehri va eʼtibori bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilindim. Boşim osmonga yetdi… Axir, irmoqning quyiladigan daryosi bölgani yaxşi!
Darhaqiqat, har yilning inson uçun katta-kiçik tuhfalari bor. Muhimi, ularning qadriga yetiş, ğanimat onlarni töğri sarf etiş, jonajon Vatanga, xalqimizga munosib böliş – baxtli hayotga zamin bölib xizmat qiladi.
Aytgança, bugun öğlim mening poyabzalimni oyoğiga ilib olganiga közim tuşdi…
Har niholning ildizin yoyib
Unarga öz vatani bölsin!
Har quşning keng qanotin yozib
Qönarga öz vatani bölsin!
Öçoğidan örlasin tutun,
Nasibasi bölsin bus-butun.
Har odamning osoyişta kun
Körarga öz vatani bölsin!..
Faxriddin HAYIT,
şoir
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


