Adabiyotning buyuk elchisi

0
92
marta ko‘rilgan.

Chingiz Aytmatov… Bu nom butun dunyo kitobxonlariga juda tanish va qadrli. Uning qissalari, romanlari uslub jihatidan ham, janr jihatidan ham tubdan farq qiladi, bir-birini takrorlamaydi. Lekin birgina jihatdan o‘xshash – ular orasidan birorta nosamimiy asarni topolmaysiz. Samimiyat – Aytmatovning ilk qissalaridan to so‘nggi yillarda yaratgan falsafiy romanlarigacha yo‘g‘rilib ketgan. Davr ruhi bu asarlarga daxl qilolmaydi – hammavaqt kishiga birday ta’sir etadi, kitobxon bu kitoblarni har safar o‘qiganida yangi-yangi sifatlarni kashf qilaveradi. Uning asarlaridagi psixologizm kitobxonga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Yozuvchi jamiyatning qat’iy insoniy qadriyatlari, o‘zgarmas ma’naviy qonuniyatlariga suyanib asar yozdi.

Chingiz Aytmatov – olamni nozik mushohada qiluvchi donishmand, inson qalbining eng teran, sirli torlarini chertishga qodir mohir musiqachi va faylasuf edi. Muallifdagi ana shu xislatlar uning so‘nggi romanlaridan biri – “Kassandra tamg‘asi”da yana bir bor o‘z aksini topdi.

Adib haqli ravishda o‘zbek xalqining ham sevimli yozuvchisiga aylangandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.