10 daqiqada öqiladi

274 marta körilgan

Ruhiyat farroşi

Öroz Haydar

Men ilk maşqlarimni eslolmayman. Ammo “Gulxan”, “Ğunça” singari jurnallar tahririyatidan köngilni kötaruvçi maktublar olganim esimda. Öşa paytlari qöliga qalam tutgan kimsa borki, ulardan “tarbiyalovçi” nimarsalar talab qilingan. Bizning qişloğimizda bir maşhur molboqar bölardi. Men ilk marta ana şu kişi haqida yozganman. Uning özidan ham nomi maşhur edi. Bilasizmi, ana şu odam keksaygan çoğida dildan hamsuhbat böldim. “Podaning eng yaxşi soğin sigirlarini “katta”larga sovğa qilardim-da, örnini kiçikroq ğunajinlar bilan töldirib qöyardim, bolam”, deydi. Bu qalloblikda podaçining qançalik aybi borligini bilmadimu, ammo ana şu “işbilarmon” kişi haqida şeʼr yozganim rost.

Maqtanişga yöymassiz degan umid bilan aytişim mumkinki, men bolalikdan şeʼrga nisbatan juda talabçan edim. Şuning uçun “Öqiş kitobi”ni unçalik jinim suymasdi. Kitobdagi şeʼrlar yoqimsiz edi. “Rosa pişsa yoz oylari, Qaşqadaryo buğdoylari…” singari tuyğusiz şeʼrlarni bidillab aytişganida peşonam tirişib ketardi. Bunaqa qofiyalar şaqildoğini çalguvçi şeʼrlar ğij-ğij edi. Ayniqsa, “Mening ikki onam bor” deb boşlanuvçi şeʼrni öqib rosa kulganman. Öqituvçim Jöra aka meni doskaga çiqarib, şu şeʼrni yod aytişni söraganda: “Mening ikki enam yöq” deganman.

Şu öqituvçimizning yaxşi bir odati bor edi. Qöşimça dars soatlarida yangi-yangi ertaklar öqib berardi. Yaxşi taassurotlar bilan uyga qaytardik. Yana bir odati: eng qoloq öquvçilarni ham maktab kutubxonasiga yetaklab borib, bolalarbop kitoblarni tanlab öqişga majbur etardi. Yuqori sinflarda adabiyot fani yomon öqitildi. Mutaxassis yetişmaganidan çet maktablardan öqituvçilar yollanardi. Ularga yöl uzoqligi sabablimi, darslar ötilmay qolib ketardi. Bolalar öyinqaroq bölib qolişgandi. Adabiyot darslari köpinça tanaffus bilan ötganligi uçun bolalarda fanga nisbatan mehr yöq edi. Şuning uçun ham maktabni tugatgandan keyin köpçilik sinfdoşlarimiz aniq fanlar böyiça oliy öquv yurtlariga kirişdi.

Darvoqe, öşa paytlarda oliy öquv yurtlariga kirişda inşo yoziş şart qilib qöyilgan edi. Rostini aytiş kerak, inşo savodxonlikni belgilaydi. Bugungi öquvçilar inşo yozişni neçoğlik bilişidan bexabarman, ammo mana şu anʼana nihoyatda foydali edi. Bugun şunçaki sözlarni hijjalab öqiydiganlar ham uyalmasdan istagan oliy öquv yurtiga hujjat topşirişayapti. Nazarimda inşoning mavqeini tiklaş kerak.

Adabiyotga qiziqişim Çingiz Aytmatovning “Momo yer qöşiği” asaridan söng boşlangan. Kitobga kiritilgan “Bötaköz” qissasini göyoki şeʼrday yod olganman. “Hey, akademik” sadosi haliyam quloğim ostida jaranglab turadi. Öquvçilik yillarida bolalar haqida şeʼrlar maşq qila boşladim. Şoir Tursunboy Adaşboyevning “Olatoğ – lolatoğ” kitobi menga qanot bergan. Tabiat manzaralarini yorqin böyoqlarda aks ettiruvçi şeʼrlar quymaligi bilan hayratlantirgan. Şundan keyin molboqaru tovuqboqarlar haqida yozişni bas qilganman.

Ilk şeʼrim rahmatli akam Nazar Şukurning taşabbusi bilan “Yoşlik” almanaxida bosilgan. Öşanda 22 yoşda edim. Enam rahmatli xalq oğzaki ijodini yaxşi bilardi. Akamiz ikkimizga termalar aytib berardi. Yozning sutday oqşomlarida ikkalamizdan “Jetigan julduz jettiga borsa savob bölarmiş, nafas çiqarmay aytinglar” derdi. Aka-uka böğilib qolgunça bu kalimani ayta-ayta uxlab qolardik. Şoirlik nuqsi ikkalamizga ham onamdan yuqqan.

Ilk töplamim “Navqiron davra” jamoa töplamida “Quyoş ötovi” nomi bilan çiqqan. Qattiq suyingan bölsam kerak, enam: “Sevinçingni içingga yut, bolam”, deb qöyganligini eslayman. Ammo kitobimni qölimga olib biror kişiga tutmaganman. Professor Nizomiddin Mahmudov mening ijodimga alohida eʼtibor berganligi könglimni kötargan. “Kuylovçi toşlar” töplamim heç qanday baholanmadi. Heç kimdan emas, özimdan öksindim. Mardona va dadil yozmoq kerakligini uqdim.

Eng oğiri, akamning vafoti meni çilparçin qilib taşladi. Uzoq yillar qölimga qalam tutolmay yurdim. Yozganlarim ohorsiz edi. Tuman adabiy muhiti esa nihoyatda ğarib edi. Ana şunday parişon kunlarning birida keksa bir çöpon yelkamga qölini qöyib: “Öroz, sen özingni dadil tut. Endi ikki şoir uçun yaşaşing va ijod qilişing kerak. Ayrimlar akasi şeʼr yozib berib yurganligi uçun ham u yozişdan töxtagan deb aytayapti. Sen çekinma” dedi. Ustimga bir çelak sovuq suv sepib yuborgandek böldi. Çöponning mana şu daldasi hamon qalbimga qör taşlab turadi. Şundan söng öz siniqlarimni terib olib, hayotga mardona boqdim. Akamning qölyozmalarini alohida tartibga soldim. Ularni köz qoraçiğiday saqlab kelayapman. Bir safar ukam Şoimnazar: “Şoirning orqasida uni tuşunadigan odam qolişi kerak ekan. Men bu qölyozmalarni egasiga vafolik qilmagan deb yoqib yuborgan bölarmidim” deganida yuragim muzlab ketdi. U baribir haq edi. Közimdan yoş quyuldi. Şoir uçun uni tuşunadigan tayanç zarur. Akamning “Orzusi möl ketsa şoirni tuşun” satrlari vujudimga olov purkaydi. U özi hayot bölganida bir varaq qoğozni ham mening zimmamga taşlamagan bölardi. Aksinça, mening tinib qolişimni sira istamasdi. Hatto ölimidan ikki oy oldin “Sanʼat saroyi” yölagida menga: “Öroz, hali sen yaxşi şeʼrlar, nasriy asarlar yozasan. Senga işonaman, zör şoir bölasan” deganida avvaliga toşday qotdim. Közimdan yoş potradi. Yuragim yax tortdi, yurişga mador topmay qoldim. Öşanda aka-uka yarim keçagaça gurung qildik. Endi bilsam, öşa payt menga u vidolaşuv sözlarini aytgan ekan.

Akamning vafotidan keyin “Vaqt xiyobonida”, “Vido”, “Meni keçir, muhabbat”, “Sen qaytmasang” singari kitoblarini naşr ettirdim. Odil Hotamovning “Yuksakdagi daraxt” xotira-qissasini çop ettirişga erişdik. Xotira-qissa samimiy bitilgan. Kitobni öqib, akam hamon biz bilan birga nafas olayotgandek tuyuldi. Bu kitoblarning çop etilişiga ukam homiylik qildi. Ammo kitoblar juda kam nusxada çop etildi. Akamning qölyozmalarini örganiş jarayonida yangi-yangi şeʼrlari topilyapti. Armonim: mana şu bitiklar keng miqyosda öquvçilar qöliga yetib bormayapti.

Inson özining özi tarbiyaçisidir. Töğri, ustozlar ijodiy turtki berişadi. Şeʼrlarimni akamdan yaşirib, Odil Hotamov bilan tanişib qolib, u kişiga körsatmoqqa jurʼat topganman. U kişi maşqlarimni işlaş jarayonida uluğ ijodkorlar asarlari haqida tuşunçalar berib borgan. Haqiqiy şeʼr qanday yozilişini dam-badam eslatib turgan. Ahmad Aʼzamga bir turkum şeʼrlarimni körsatmoqqa jazm qildim. U kişi siylaşni yomon körardi. Rosa “patim”ni tökib, önga yaqinini “Yoşlik” almanaxiga olib qoldi. Turkum şeʼrlarim şu bois matbuot yuzini kördi.

Oradan yillar ötib, iş yuzasidan Qarşi şahriga kelişim ijodim tubdan burilişiga sabab böldi. Ijodkor izlanmay qöygan kunidan boşlab töxtaydi. Şoir ösib va özidan özib yozmagan kuni jarlikka qulaydi. Şoirning töşagi hamişa jar labida töşalgan böladi. Şuni aytişim kerakki, mening tengqurlarim va beş-olti köylakni ilgari yirtgan ijodkorlarning köpçiligi yigirma-öttiz yoşida qanday yozgan bölsa, ellik yoşda ham şu körinişda yozişayapti. Kitoblarini qayta-qayta öqiyman, öşa-öşa.

Nazar Eşonqul, Bahrom Rözimuhammadlar bilan  aloqa örnatiş menga ijodiy qanot baxş etdi. Maşhur şoir Abdulla Şer saboqlari yozişga va huşyorlikka rağbat uyğotdi. Menda ijodiy turtki uyğotgan ijodkorlarni ustozim deyişga haqliman.

Şu kungaça yigirmaga yaqin töplamlarim çop etildi. Adadiga kelsak, 45000 nusxani taşkil etadi. Ayrimlarini şoşib tayyorlaganimdan izza çekaman. Men özimni katta şoir böldim deyişga haqqim yöq. Şoir safar odami. Öz dunyosining sayyohatçisidir. Ijodkor yozganidan qanoatlangan kun tugaydi. U safar yöllanmasidan mahrum böladi. Özimga qattiq talab qöyaman. Töğrisi, keyingi paytlarda madh etuvçi şeʼrlar bolalab ketdi. Xuddi saraton xastaligini eslatadi. Yurakni ğijimlaydi. Havodan havo yutolmay qiynalasan. Maddohlik baloyi ofat. Baʼzida madh etuvçi şeʼrlarni qasidaga yöyamiz. Qasidaning öz şakl-şamoyili borligini unutmaylik. Hazrat Navoiyning “Tafakkur tuhfasi” qasidasi qasida qanday yozilişini belgilab bergan. Abdulla Oripovning “Özbekiston” qasidasini olaylik: “Temur tiği yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alişer” satrlari qalbni yuksakka kötaradi. Qasida boşdan oyoq nurli satrlar bilan töyingan. Vatanning obod va ozodligini maqolabop sözlar bilan emas, yangiça taşbehlar bilan bezatiş lozim. Şöro davrida “Mening bobomlar – Lenin bobomlar” kabi satrlar bilan şeʼrlar bitib, kitobini naşriyotdan çop etilişini talab qilgan qançadan-qança şoirlarni kördik. Hatto adabiyotga otalik daʼvo qilganlar ham böldi. Qani, endi ularning asarlari? Bor-yöği makulaturaga aylanişdi.

Adabiyotsiz tiriklik suvsiz qaqrab yotgan daryo özanini eslatadi. Adabiyot – ruh farroşi. Inson ruhi poklanmas ekan, vujudi oğirlaşadi. Borliği yuragi tubiga qulaydi. Adabiyot insoniyatni maʼnaviy yuksaklikka yetaklaydi. Adabiyoti yuksalmagan millat erta qariydi, qurigan oğoçga aylanadi. Bugungi kunda maktab adabiyot darsliklarida jahon adabiyotiga juda kam örin berilgan. Menimça, 6-sinfdan boşlab jahon adabiyoti darsligini yaratiş kerak. Katta daryodan suv içgan yoxud ummon qudratini his etgan qalbda hayotga teranroq qaraş xususiyati şakllanadi. Çexov yoki Folkner hikoyaçiligini bilmasdan turib nasrda yutuqqa erişib böladimi?!

Yaqinda bir guruh talabalar tahririyatimizda amaliyot ötaşdi. Ular ijodiy muloqotlarimizdan birida juda aççiq bir mulohazani örtaga taşlaşdi. Ular aytişdiki, “Hozirda yaxşi-yomon adiblarni ajratib bölmay qoldi. Boyvaçça toğasi yoki amakisining puliga kitob çiqarayotganlar köpayib ketdi. Ayrim yozuvçilar bir haftada roman yozib taşlaşyapti. Haşar yöli bilan asar yozuvçilar ham köpayib ketişgan. Bu holatda adabiyotimizning ertangi kuni qanday böladi?” Bugungi har bir fidoyi ijodkor ana şu savolning javobi ustida boş qotirmoği kerak.

Men milliy nasrimizni yerga urmoqçi emasman. Ammo tan olişimiz kerak, nasrimizning orqa oyoği öz kölagasiga botib qolgan. Kitob dökoni javonlari detektiv kitoblar bilan tirband. Didsiz kitobxonga esa baribir. Dökondorning adabiyot haqida tuşunçasi yöq. Aslida farosatli dökondor eng yaxşi kitoblar tarğibotçisi hamdir. Noşirlarga pul kerak. Çöntagi baquvvat yozğuvçidan sira ajralmaydi. Axir asarning badiiy qiymati bölmasa, u aynigan taomday gap. U ruhiyatni oğulaydi. Yengil-yelpi yozilayotgan asarlar va soxta maddohlikdan qutulmay turib, yuksak adabiyotga yöl topib bölmaydi. Kitobxon Folknerni tuşunmasa ayb kimda? Albatta, adabiyottanuvçilarning tomoşabinligi, loqaydligining hosilasidir. Adabiy tanqid tugagan joyda suvarakça fikrlaş yuzaga keladi.

Adabiyotşunoslarimiz ötgan asrning 80-yillarida adabiyotda kötariliş yuz berganini eʼtirof qilişadi. Ammo bu kötariliş adabiyotga nima berdi? Yozuvçi Nazar Eşonqul bu avlodni ot mingan avlod deb atadi. Lekin “Keça va kunduz”ga böylaşadigan asarlar paydo bölmadi-ku! Onnetti, Borxes, Folkner, Kortasar, Kafka, Kamyu, Akutagava yaratiqlari kabi yangi yaratiqlar inkişof etilmadi-ku! Menimça, ijodkor ijod bobida toşning suvini siqib içadigan bölişi kerak. Bu oliy maqom hammaga ham nasib etavermas ekan.

Adabiyotimizda kişini quvontiradigan jihat tarjimaçilik sohasida paydo bölmoqda. Hozirda jahonning yetakçi adiblari asarlari ona tilimizga ögirilyapti. Buni olqişlaş kerak. Qodir Mirmuhammedov (marhum), Nizom Komilov, Ibrohim Ğafurov, Ahmad Otaboy, Amir Fayzulla va boşqa tarjimonlar mehnati eʼzozga loyiq. Afsuski, bizning ijodkorlarimiz asarlari jahon sari kengroq va oçiqroq böylay olmayaptilar. Töğri, milliy ruhdagi asarlarni tarjima qiliş juda oğir keçadi. Hermann Hessi “Puşkinning asarlarini tarjima qilib bölmaydi” degan. Şu örinda Abdulla Oripov asarlarini özga tilga ögiriş oson emas. Şoir şeʼriyatidagi ilohiy ohang şovqinga aylanib ketişi mumkin. Bizning urf-odatimiz, osori-atiqalarimizni bilmagan va tanimagan tarjimon yanglişişi turgan gap. Hassos şoirning şeʼrlarini tarjima qiliş azonni tarjima qiliş bilan barobar. Jahon adabiyotining ilğor anʼanalari, umuminsoniy qaraşlar bilan şakllantirilgan yangi oqimlar tajribalari bu örinda juda asqotadi. Milliylik qobiğiga haddan ortiq berkiniş ham yaxşilik alomati emas.

Bugun hukumatimiz tomonidan adabiyotimizga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ijodkor ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun “Ijod” fondining taşkil etilişi ham buning yorqin dalilidir. Şu ozgina fursat içida “Ijod” fondi homiyligida bir neça yoş ijodkorlarning ilk kitoblari katta nusxalarda çop etildi. Bu yaxşi-ku.

Respublikamizda yuzdan ortiq naşriyot bor. Har bir naşriyot yiliga 20-30 turdagi kitoblarni bosmadan çiqarsa, ularning soni qança böladi? Bu kitoblarga muxlis topiladimi? Oqibatda maktab, kollej va boşqa öquv yurtlari ostonasida paydo bölamiz. Yaxşi kitob bölsa-ku bu ezgulik belgisi. Bir çaqaga qimmat bölsa-çi? Yana kitobxon jabr çekadi. Yana ularni saviyasizlikda ayblaymiz.

Yana bir gap. Viloyatlarimizdagi adabiy muhit köngildagidek emas. Yaxşi ijodkorning asari hamişa ham öz qadrini topolmayapti. Kimdir yalovbardorlik qilişi kerak. Yozuvçilar uyuşmasining ayrim viloyat bölimlari mendan ketgunça, egasiga yetgunça qabilida işlaşyapti. Misol uçun, men yaşayotgan viloyatda sönggi ikki-uç yil oraliğida biror marta ijodkorlar gurungi taşkil etilganini eslolmayman. Maktab yoki kollej talabasining ilk kitobi taqdimoti ötkazilganligi quloqqa çalinadi, xolos.

Ammo şunisi aniqki, çin ijodkor uçun bular bahona bölolmaydi. Faqat yoşlarning adabiy didi pastga şönğimasligini öylab aytayapman, xolos. Bizda adabiy andişasizlik unçalik modaga kirmagan. Biroq loqaydlik duşmanlikdir. Aytadilar-ku, “qars ikki qöldan”. Baribir, ijodiy bahslari bölmagan adabiyot tönib qoladi. Bu barçamizni huşyor etmoği kerak.

ADIB HAQIDA

 

Öroz HAYDAR – 1957-yil Çiroqçi tumanida tuğilgan. ÖzMUni tamomlagan. Hozirgi kunda Qaşqadaryo viloyati IIB naşri – “Posbon” gazetasi boş muharriri vazifasida faoliyat yuritmoqda. Uning “Quyoş ötovi” (1984), “Kuylovçi toşlar (1990), “Musiqor”(1993), “Qizaloq va qizğaldoq” (1993), “Hazilkaş qiş”, “Aksioma” (2003), “Oq soya” (2004), “Vaqt iztirobi”(2005)”, “Yaylovdagi oq çodir” (2005), “Ruhafzo” (2006), “101 sonet” (2010), “Keçikkan fasl” (saylanma, 2010), “Falak favvorasi” (2012) şeʼriy va “Talvasa” (2004), “En” (2005), “Ikki ölim” (2011) nasriy asarlari çop etilgan. Bir neçta publitsistik töplamlari naşr qilingan. “Talvasa” detektiv romani asosida köp qismli videofilm suratga olingan. “Keçikmagan tazarru” dramasi viloyat musiqali drama teatrida sahnalaştirilgan. “White shadow” (ingliz), “Beyaz go”lge” turk tilida kitoblari çop etilgan. Bir turkum şeʼrlari rus, assam, tojik, qozoq tillariga tarjima qilingan. Hindistonda naşrdan çiqqan “Özbek şeʼriyati antologiyasi”da assam tilida va “XX asr özbek şeʼriyati antologiyasi”da bir turkum şeʼrlari örin olgan.

“Yoşlik”2012/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)