77 daqiqada öqiladi

1 403 marta körilgan

Sönggi çora

Sönggi çora

    (Qissa*)

* * *

 Keçki ovqatdan söng bolalar dars tayyorlaşga kirib ketişgaç, Malika erining yonida uzoq qololmadi. Çarçadim, deya yotoğiga şoşildi.

Taşqaridagi çiroq nurlari ikkinçi qavatdagi xonalarga ğira-şira tuşgani bois, yotoqxona içi xiragina yorişib turardi.

Közlarini yumdi. Şu köyi ança yotdi. Ammo uyqu qayoqda. Közlarini qandilga tikarkan, yuragiga neçundir ğulğula solgan, uni nogoh taşvişga qöygan bugungi uçraşuv haqida öylay boşladi. Aslida bu öy tuşdan keyin uni bir zum tark etmagan, hozirgina eri bilan xontaxta atrofida yolğiz qolişganida ham xayolida edi. Eri neçundir bir-ikki qarab qöyganda beixtiyor bezovtalanib qoldi. Yana ozgina ötirsa xuddi iş haqida söz oçilib qoladiganday, bugungi kuni qanday ötganini sörab-suriştiradiganday çarçaganini rökaç qilib örnidan turdiyu dasturxonni yiğiştira boşladi.

Tan olmay iloji yöq. Bu kutilmagan uçraşuv uni ança şoşirib qöydi. Institutda birga öqişgan, ammo ön uç yildan buyon biror marta ham körinmagan Bahrom ismli yigit xuddi şu bugun – tuşdan keyin töppa-töğri xonasiga kirib kelsa-ya! Yuragi «şiğ» etib, qörqib ketdi, lekin buni sezdirmaslikka harakat qildi. Taajjubga tuşdi, hayron ham böldi, ammo tezda özini qölga olarkan, sovuqqina qarşiladi. Biroq qöl uzatib körişayotganida barmoqlari bilinar-bilinmas titraganini sezdi, joyiga ötirib stoli ustidagi kiçkina dumaloq közguga köz qirini taşlaganda esa rangi ham bir oz oqargan ekan. Içki qörquvni yengib, eski tanişiga qararkan butunlay xijolatga tuşib qoldi: çanqoqdan sillasi qurigan yölovçi, nogoh bir xöplam suvni körib taşnaligini tezroq qondirmoq uçun unga bor vujudi bilan talpinganday, Bahrom ham joyida ötirolmas, tinmay yoniga kelişga intilar, közlari çaqnagan bu odam qöyib bersa, heç narsadan tap tort-may, uni bağriga bosgudek his-hayajonda edi. Buni sezgani uçun ham xavotirga tuşdi. Indamay kelib şart öpib olganda nima bölardi? Xuddi şu holatga birortasining közi tuşib qolganda-çi?

Malika, balki bu narsalar haqida öylamaslik kerakdir deganday, yostiğining ostidan keça sotib olgan «Hazrati ayol» nomli kitobni oldi. Lekin uni öqiş uçun chiroqni yoqiş kerak edi. Turişga erindi. Narigi xonaga quloq tutdi. Bolalar yo mukkasidan ketib dars tayyorlaşyapti yoki jimgina ötirib şohmot öynaşyapti. Unça katta bölmagan oşxonada esa eri hamon televizor köryapti şekilli, qandaydir futbol öyinining şovqini eşitilib turardi.

«Yöq, yaxşilab öylab olişim kerak. Agar u tentak ertaga yana keladigan bölsa, orani oçiq qilmasam bölmaydi, – Malika eşik tomonga bir qarab qöydi-da xayolidan keçayotgan fikrlarni quvib yetdi. – Bunaqada odamni şarmanda qilişi heç gapmas. Xuddi qamoqdan çiqqan kişiga öxşaydi-ya. Buning ustiga ertaga albatta kelaman, degani nimasi?»

Ha, Bahrom öylab ötirmay ertaga kelaman, deb ketdi. «Axiyri seni topdim, – dedi u muşt bölib tugilgan qöllarini kökragiga qayta-qayta urib. – Buni biror yerda ötirib, nişonlamasak bölmaydi. Heçam bölmaydi, Malika! Men, ertaga albatta kelaman!».

…Malika Bahromni yaxşi tanirdi. Özidan bir kurs yuqorida öqigan bu qora qoş yigit tanişganiga uzoq bölmay, darhol sevgi izhor qilgan. Öşanda Malika uçinçi kursda öqirdi. Hayron. U bilan na aylanişga çiqqan, na biror tadbirda yonma-yon ötirmagan bölsa, qanday sevib qolişi mumkin? Bir-ikki yotoqxonaga birga qaytmaganini aytmasa, tuzuk-quruq tanişmagan ham. Ammo sevgi izhoridan söng Bahromning tinçi yöqoldi şekilli, darsdan söng yo yölini poylardi yoki yotoqxona atrofida aylangani aylangan edi. U har körganda kinoga yoki bir oz aylanib kelişga taklif qilar, rad javobini olib hafsalasi pir bölsa-da, baribir kelişni kanda qilmasdi. Baʼzida guldasta, baʼzida esa şokolod kötarib kelardi. Olmasa, xonasiga taşlab ketardi. Uni tuşuniş qiyin edi.

Biroq öqişni bitirgaç, Bahrom öz şahriga – Yangiyölga işga ketdiyu qizning quloği tinçidi. Aslida judayam tinçimagan edi. Bahrom tez-tez Toşkentga kelib turar va har gal yotoqxonaga kirib ötardi. Malika öqişdan qaytganda xonasida – öz tumboçkasi ustida endi odatdagidan ança katta guldastani, undagi turfa gullarni körardiyu Bahrom kelganligini bilardi. Keyin xonadoşlari örtasida piçir-piçir, hazil-huzul avj olardi.

«– Hozir qaytib kelarkan, keyin biz çiqib turamiz, xöpmi, qizlar».

«– Voy, qizlar, keçqurun qolmasmikin, işqilib?»

«– Ja, unçalikka borişmas»

«Bu galgi guldastaning kattaligiga qaraganda, oşiq yigitning şaşti ança balandga öxşaydi. Bir keça xoli qöysak, nima böpti?»

Malika qizlar atay ğaşiga tegiş uçun gapirişayotganini bilsa-da, lekin negadir jahli çiqardi. Buni körişib, qizlar battar hiringlab kulişardi.

Nafsilamrni aytganda Bahrom unçalik yomon yigitga öxşamasdi. Baland böyli, oppoq yuzida qora qoşlari darhol közga taşlanadigan Bahrom doimo başang kiyinib yurardi. Talaba qizlar uni goh «Olifta», goh «Oşiqu beqaror» deb ataşardi. Biroq şunday yigit negadir Malikaga yoqmasdi. Yöq, qiz undan-da, gözal bölgani, yigitni mensimagani uçun emas, balki: «Siz odam bilan gaplaşasizu ammo xayolingiz bir joyda bölmaydi, közlaringiz doimo öynab turadi» deb jiddiy hisoblamagani boismi, köpam xuşlamas edi.

Oq xalatni yeçib yelkasiga taşlab olgan Bahrom esa gapdan qolmasdi: «Qara, hamma qizlar oppoq xalatda, – derdi u baʼzan öqişdan qaytayotganlarida. – Ularni bir-biridan ajratiş juda qiyin. Töğrimi? Men esa yölimda uçragan qizlarni senga taqqoslab köraman, xolos. Ammo heç birlari senga öxşamaydi. Gözallikda, latofatda senga teng keladigani yöq! Bemalol hammalarini bir çekkaga yiğiştirib qöyiş mumkin. Töğri, men ularga qarayman, lekin birortasigayam ahamiyat bermayman, çunki diqqatimni tortmaydi. Ölay agar, yolğon gapirsam!».

Malika baribir unga röyxuşlik bermasdi.

Ha, bugun nogoh işxonasiga kirib kelgan kişi – öşa oşiq Bahrom edi. U bir oz tölişgan, viqor bilan yurişini qöymagan, qaraşlari jiddiy tuyulsa-da, uni avvaldan yaxşi bilgan odam hamon nigohlari öynab turişini payqay olardi.

– Seni topib kelganimga hayron bölyapsanmi? – söradi Bahrom stulga yastanib ötirarkan.

– Yöq, nega hayron bölişim kerak. Televizorda körib qolgansizu… Qani, bir körib kelay-çi, Toşkentda nima qilib yuribdiykan, deb kelavergansiz.

– Töppa-töğri, birdan körib qoldimu yoningga çopdim. Qarasam, Yunusoboddagi bu poliklinika haqiqatan ham maşhur ekan. Köçada kimdan söramay, darrov körsatib berişdi. Ofarin! Malika Qöziyeva… familiyangni töğri aytdimmi? Uzr! Malika Qosimjonovaning işi bölsa kerak. Qoyil. Bunaqa işlar sening qölingdan keladi. Esimda. Amaliyot ötayotganingda ham vraçlardan qolişmaydi bu qiz, deyişardi. Haq gap ekan. – Bahrom xona içiga nazar taşlab boşini qimirlatdi. Söng Malikaga ayyorona boqqaniça söradi: – Davlat yordam berayaptimi yoki homiylaring köpmi?

– Unisiyam, bunisiyam.

– Qoyil, Malika. Bu işlar har kimning ham qölidan kelavermaydi. Omadingni bersin.

– Rahmat.

– Yaxşi. Demak, işlaring zör! Ha, aytganday, ering qayerda işlaydi?

– Şuni bilgani keldingizmi?

– Töğrisini aytsam… seni körgani keldim. Televizorda kördimu yuragimdagi çöğ hamon öçmaganini sezdim. Özi… rostdanam unutolmay yurardim.

– Endi bu gaplarning foydasi yöq. Undan keyin bola-çaqali odamlarga aslo yaraşmaydi.

– Bolalar öz yöliga, Malika! Bilasan, men seni qattiq sevardim. Öylab körsam, hozir ham sevarkanman. Lekin şu paytgaça qayerda yaşaşingni bilolmay yurardim. Qara, niyatim xolis ekan, yana topdim. Ammo men… özimga özim qildim, Malika. Seni mensimaganim pand berdi. Baribir menga tegadi-da, deb öylabman. Öşanda gapinga quloq solmay, sovçi yuborişim kerak edi. Men ahmoq tayyor oşni oğzimdan oldirib ötiribman. Endi şunday alam qilyaptiki, asti qöyaverasan. Buning uçun özimni aslo keçirolmayman, keçirolmayman, Malika!

– Ötgan işga salavot.

– Yöq, hali ham keç emas, hammasini boşqatdan boşlaşimiz mumkin.

– Nimalar deyapsiz? Men köçada qolganim yöq. Xudoga şukr, boşimda erim, oldimda uç farzandim bor. Hovli bölmasa-da, uç xonali kvartirada yaşayman. Bunaqa gapni boşqa gapirmang. Agar… keçirasiz, men hozir yiğiliş ötkazişim kerak.

– Haydayapsanmi? – jahli çiqqan Bahrom asta örnidan qözğaldi. – Nahot oldingda zarraça hurmatim yöq bölsa?

– Hurmatingizni qilib kutib oldim. Ança-munça gaplaşdik ham. Uzr sörab, majlisim borligini aytdim. Yana nima qilişim kerak? – Endi ança özini tutib olgan Malika mehmonning qizaringan közlariga dadilroq tikildi.

– Axiyri seni topdim. Buni biror yerda ötirib nişonlamasak bölmaydi. Ayt, qay payt kelay, Malika?

– Men heç qayerga bormayman. Undan keyin bu ötirişimizni boşqalar körsa, nima deb öylaşadi?

– Sen u yoğidan xavotir olma. Biz heç kim körmaydigan joyda ötiramiz.

– Rahmat. Mening vaqtim yöq. Işim boşimdan oşib yotibdi. – Malika örnidan turib eşik tomonga yönaldi.

Bahrom noiloj unga ergaşdi. Ammo yölakka çiqiş oldidan Malikaning qölidan şart uşladi.

– Endi meni haydab ketkiza olmaysan! Men ertaga albatta kelaman. Körişgunça!

U şunday dediyu közini qisib qöydi va şitob bilan xonadan çiqib ketdi…

Malika şular haqida öylarkan, Bahromning bu taşrifi tinç, osoyişga hayotiga rahna sola boşlaganini his qildi. Yuragi besaranjon böldi. Axir bu paytda bolajonlariga qöşilib dars qilayotgan yoki kundan kunga böyi çözilib husniga husn qöşilayotgan qizi Dilrabo bilan piçir-piçir suhbat qurib ötirgan bölardi. Baʼzida ularning gaplari yarim keçagaça çözilib ketardi. Ona qiziga havas bilan tikilardi. Çiroyiga köz tegmasin, deb öziça duo qilib qöyardi. Nahot, bugungi uçraşuv bularning barçasiga nuqta qöysa? Endi Bahrom qaçon kelib qolarkin, deb yuragini hovuçlab ötiradimi?

Malika yonboşiga ögirildi. Bahrom ertaga kelsa, nima deyman, qanday javob qilaman, deb öylagan sari öyining oxiriga yetolmasdi. Qaysar Bahromning kelişi esa – aniq. Işqilib, qizining böyi yetib turgan bir paytda gap-sözga qolmasaydi. Agar bu miş-mişlar erining quloğiga yetib borsa… Malika u yoğini öylaşga qörqdi. Muzaffarning içi qora, raşk deganda birinçilardan borganmi, sal narsaga «lov» etib yonib ketadi. «Sevgan odam öz yoriga işonişi kerak, deyişadi. Ammo bu kişini heç tuşunib bölmaydi. Tavba, bir paytning özida ham sevib, ham raşk qilişi mumkinmi?» – xayolidan ötkazadi tinçini yöqotgan ayol.

Malikaning bunday oliy tuyğularni hamon tuşunolmaganiça bor. Bahromni yoqtirmagani töğri. Ammo u Muzaffarni ham sevmagan. Faqat bu yigitning sevgisi haqiqiy – çin maʼnodagi işq-muhabbat ekanligini sezgani, yurak-yurakdan his qilgani uçun ham turmuşga çiqişga rozi bölgandi. Yangilişmagan ekan, Muzaffar uni butun borliği bilan suyadi, yeru kökka işonmaydi.

Beşinçi kursligida uçratib qolgan Muzaffarni ham avvaliga «ötkinçi oşiq»lardan deb öyladi. Bir körişda yoqtirib qoliş, degan gaplarga aslo işonmasdi. Ammo bu narsa hayotda bor ekan. Kamgap, biroq bir ilhomi kelsa, u hali eşitmagan alaqanday kitobiy gaplarni qalaştirib taşlaydigan Muzaffar ham uni köribdiyu sevib qolibdi. Keyin tez-tez kelib turadigan böldi va har gal özi yozgan şeʼrlar bilan qalbiga ohista kirib kelganini özi ham sezmay qoldi.

Kitobni sevgan, ayniqsa, şeʼrlar yoza oladigan kişining yuragi ham toza böladi, deb öylagan Malika jizzaxlik bu yigitning sevgisini rad etolmadi. Öşa sevgi kuçi hamon sönmagan, vaqt ötgan sari aksinça, kuçayib, olovlanib borardiki, oxir-oqibat bir qalbdagi mehr-muhabbat ikkinçi yurakka ham köçgan edi. Malika erini sevmasa-da, endi unga qattiq örganib qolgan, bolalarining otasi sifatida eʼzozlar, yoru birodarlarining oldida esa hurmatini joyiga qöyardi. Keyingi yillarda yana bir narsani his qildi: Muzaffar biror viloyatga xizmat safari bilan ketgudek bölsa, bir oz jahli çiqadigan, yöq kunlari esa soğinadigan bölib qoldi. Nima bu? Malika avvaliga tuşunolmadi. Keyin öziça xulosa qildi: erini yaxşi körib qolgan. Soğinyaptimi, demak, yaxşi köradi. Nahot? Şunça yildan keyin-a?

Umuman olganda Muzaffar töğri aytgan ekan «Heçqisi yöq, mening sevgim ikkimizga yetadi» deb. Har holda yaxşi köriş ham sevgiga yaqinroq tuyğu-ku. Balki yana yillar ötib erini haqiqatdan sevib qolar. Axir hayotda nimalar bölmaydi.

Töğri, bu köhna dunyoda nimalar bölmaydi. Mana şu bugungi voqea ham heç kutilmaganda röy berdi-ku. Bahromni yana uçrataman, deb aslo öylamagandi. Biroq… «Qayoqdanam televizorga çiqdim-a?» deya özini özi koyiy boşladi. Ammo jurnalistlar holi-joniga qöyişmadi-da. «Yaxşi işlarni tarğib qiliş bizning vazifamiz!» deyişib, bir haftagaça vaqtini poylaşdi. Oxirgi gapdan özi ham xijolatga tuşdi: «Hamma televizorga çiqiş uçun taniş-biliş qidirsayu siz bizdan qoçib yursangiz.» Qarasa, bölmaydi, noiloj rozilik berdi.

Mana, endi ön beş daqiqalik körsatuv deb oğrimagan boşini oğritib oldi. Agar şunday bölişini bilganida aslo könmagan bölardi. Şunça yillar ötib gerdaygan Bahrom yodida qolibdimi? Allaqaçon unutib yuborgan. Işini öylaydi, bolajonlarining kelajagi haqida qayğuradi. Boşqa narsalarni xayoliga keltirmasdi. Ayol kişining baxti oilasida! Eng muhimi, uni joni dilidan sevadigan, mehribon eri bor. Mayli, raşk qilsa, qilaversin. Sevganidan keyin raşk ham qiladi-da! Malika ana şularni öylardi.

Balki şu boismi, Malika Muzaffarning biror gapini ikki qilmasdi. Asab kasalliklari şifoxonasida işlab yuruvdi. Lekin oradan uç yildan söng «Menga bu şifoxonada işlaşing töğri kelmaydi, ayniqsa, keçasi navbatda qolişing!» deb qoldi Muzaffar birdan. Malika öylab ötirmadi. Eri şuni xohlabdimi, demak, rayiga qarşi bormaslik kerak, dediyu şart ariza yozdi. Şundoq yonginasidagi poliklinikada şifokor bölib işlay boşladi. Keyin tört yil ötar-ötmas boş şifokor böldi-qoldi. Köngli töq Muzaffar esa hozir yanayam mehribon. Malika yillar ötib sevgi ham öz kuçini yöqotib borsa kerak, deb öylardi. Yöq, yangilişgan ekan, Muzaffarda bu tuyğu aksinça, asta-sekin kuçayib barayotganday tuyulardi unga. Ha, erdan yolçidi.

Biroq… Bugungi uçraşuv yoki Bahromning ertaga yana kelişi töğrisidagi gap-sözlar Muzaffarning quloğiga yetib borsa nima böladi? Ham sevgi dardiga, ham raşk balosiga birdan mubtalo bölgan eri özini özi yeb qöyişi, anavi şilqim Bahrom bilan yoqa olişişi turgan gap! Jahl ustida bir nima qilib qöysa…

«Tuf-tuf, Xudo asrasin-a!» – Malika qörqib ketdi. Boşini yostiqqa taşlarkan közlarini yumdi. Lekin şu payt yölakda qadam tovuşi eşitildi. Malika eri kelsa hamon uxlamaganini körib albatta gapga tutişidan hadiksirab şart örnidan turdi. Qöltiğiga katta soçiqni qisib yuviniş xonasiga oşiqdi. Eşik oldida… eri bilan duç kelganda, yo tavba, soçiqni tuşirib yubordi.

– Ha, tinçlikmi? – söradi Muzaffar bir oz hayajonlanayotgan Malikaning holatini sezib.

– Ustimdan muzdek suv quyib çiqmasam…

Malika erining oldidan sekingina ötdi-da, özini yuviniş xonasiga oldi. U atay uzoq yuvindi. Zora, çiqqunimça uxlab qolsalar, deb öyladi. Ha, öyi töğri çiqdi. Yotgan joyida kitob öqigan Muzaffar allaqaçon xurrak otardi…

* * *

Poliklinikaga işga ötibdiki, azaldan mavjud bölgan bir fikr uni juda qiynardi. Avallari eʼtibor bermagan ekanmi yoki özi ham şunaqa deb öylarmidi, işqilib quloğiga çalinadigan: «Qölidan iş kelmaydigan vraçlar işlaydigan joy!» degan gaplarni eşitib eşitmaganga olib ketaverdi.

Dastlabki paytlari unçalik bilinmadi, ammo keyinroq butunlay toqat qilolmay qoldi. Boş vraç bölib işga kirişgan birinçi kunidanoq butun öy-xayolini poliklinikaga bölgan bu sovuq munosabatni özgartiriş kerak, degan qatʼiy bir fikr qamrab oldi. Bu poliklinika işini tubdan yaxşilaş, malakali vraçlarni jalb etiş, odamlarning tasavvuri va taassurotlarini jiddiy özgartiriş degani edi.

«Bemorlar bu yerga noilojlikdan kelişmasin, bunaqada poliklinika işini aslo yaxşilab bölmaydi. Özimning, oiladagilarimning soğligi haqida qayğuradigan joy, deyişmagunça barisi bekor. Şunga erişiş uçun harakat qilişim kerak!»

 Salkam uç yil içida bormagan taşkilotiyu uçraşmagan ustozlari qolmadi. Atrofdagi gap-sözlarga eʼtibor qilib ötirmadi. Yaxşilikni, yangilikni köra olmaydiganlarga psixolog dugonasining dono maslahatlari bilan yaxşi gaplarni ayamadi. «Oilaviy poliklinika» degan gaplar çiqqandan keyin esa mahalladagilarning munosabati haqiqatan ham ança özgardi. Endi bu yerga hatto soğ kişilar ham kelişar, vraçlarning iliq muomalasi, köyinçakligi, mahalladagilarning soğligi haqida doimiy qayğurişlari hammaning havasini keltira boşlagan va mahalla oqsoqollari bu haqida gazetaga yozişar, televideniyega telefon qilişardi.

Bozor şaroiti, bozor munosabati degan harakatga soluvçi kuç hammani birday qimirlaşga majbur etganday tinib-tinçimas Malika endi yuqori idoralarning eşigini dadil oçib kirardi. «Siz vraçmisiz yoki tadbirkormi?» degan savolga «Men tadbirkor vraçman!» deya dangal javob qaytarardi. Bora-bora u şaxsiy taşabbus bilan çiqib, baʼzi kiçikroq şifoxonalar uçun bemalol tenglaşa oladigan oilaviy poliklinika yarata oldi. «Bu maskan öz nomiga munosib bölişi kerak. Davolaş klinikasining yarim işini bajarmasa, oddiy qişloq tibbiyot punktidan farqi qolmaydi-ku. Qayerga borib davolaniş kerakligini bizsiz ham bemorlar yaxşi bilişadi. Men poliklinikamizni çin maʼnodagi birinçi şifo körsatadigan dargohga aylantirmoqçiman. Xöş, siz bunga qarşimisiz!» Malika masalani ana şunday jiddiy qöyardi.

Işlar yurişib ketdi. Katta maqsadlarni rejalaştirayotgan boş vraçning bugungi niyati agar qonun çeklamagan bölsa, poliklinikani davlat ixtiyoridan çiqarib, xususiy davolaş maskaniga aylantiriş edi. Yarim yildan buyon yuristlar bilan munozara olib borayotgan Malika bir dunyo muammolarga, tösiqlarga duç kelsa-da, kayfiyatini tuşirmagan, bu qiyinçiliklarga tabiiy bir hol deb qaraş kerak, deb özini özi ovutar edi.

Adliya vazirligidan söng şahar soğlikni saqlaş boşqarmasiga ötgan Malika işi bitmagaç ortiga qaytdi.

«Davlat muassasasini kim sizga berib qöyadi?» degan savolni qayta-qayta berişdi. Malika ham bilganiça javob qaytaradi: «Agar poliklinikalar işi yaxşi yölga qöyilsa, şifoxonalardagi bemorlar soni ikki marta kamayadi. Odamlar, ayniqsa, bizning özbeklar qaçon kasal bölib, yotib qolgandan sönggina şifoxonaga borişadi. Bu, ayni haqiqat. Xöş, endi birgina bemorni davolaş uçun qança dori-darmon ketadi, neçta vraç, qança qarindoş-uruğlar ovorai-sarson bölişadi? Agar poliklinikadagi vraç öz uçastkasidagi odamlarni yaqindan bilsa, ularni soğligida körikdan ötkazib tursa va biz poliklinikalarni jahon andozalariga mos keladigan asbob-uskunalar bilan jihozlay olsak, nur ustiga aʼlo nur emasmi?»

«Işlang, kim sizga tösqinlik qilyapti. Bizda soğ-likni tiklaş masalasi pulli emas. Davlat poliklinikasida işlab turib ham özingizni körsatişingiz mumkin! Şifoxonadagi bemorlar soni ikki marta kamayar emiş-a. Xöş, şunça kasalxonadagi vraçlar işsiz qolişsa, qayerga borişadi? Har yili institutlarni bitirib çiqayotgan minglab talabalar-çi? Nega jimsiz? Bu davlat miqyosidagi masala. Siz kimligingizni unutmang. Borib öz işingiz bilan şuğullaning!»

Hafsalasi pir bölib işxonasiga qaytgan Malika stoli ustida bir quçoq keladigan guldastani, uning yonida turgan kattagina şokolad qutisini kördiyu… battar qoni qaynab ketdi. Ildam borib gullarni idişdan suğurib oldi va burçakdagi axlat çelakka qarab… otmoqçi edi, şaytonga hay berdi. Yengiltaklik qilişni öziga ep körmadi. Kotibani çaqirdi.

– Nega bu yoqqa kiritding?

– Judayam qaysar odam ekanlar-da, – özini oqlagan böldi kotiba nima deyişni bilmay. Söng astagina qöşib qöydi – Özlari ikki-uç kundan söng kirib ötarkanlar.

– Yana maʼlumoting bormi?

– Yana… telefoningizni sörovdilar… berdim.

Endi bu gap ortiqça böldi. Asablari toliqqan boş şifokor işxonada ekanligini unutişga bir bahiya qoldi. Agar közlari jovdirab turgan kotiba qiz nigohlarini olib qoçmaganida, özi esa oğir böl, degan içki bir nidoga quloq tutmaganda ançagina aççiq gap-lar oğzidan çiqib ketişi aniq edi.

– Agar yana bir marta şunaqangi sovğalar qabul qilsang yoki eşitib qolsam ham arizangni yozaver. Tuşundingmi?

– Ha.

– Unda gulni ham, şokoladni ham xonamdan olib çiqib ket!

– Malika opa, – kotiba qiz işdan haydalmaganidan sevinib közlarini pirpiratganiça boş şifokorga yuzlandi. – Meni keçiring. Boşqa qaytarilmaydi. Faqat jahlingiz çiqmasa bir gap aytsam. Bilasiz, oldingizga juda köp mehmonlar keladi. Har qalay… ança maşhur bölib qoldik. Konfetni ularning oldiga köyarsiz. Axir u… pora emas-ku.

Malika joyiga ötirar ekan, keçagina bilim yurtini tamomlab kelgan çuvakkina qizga sinçikov nazar taşladi. Boş vraçning bir zum jim qolganligini öziça tuşungan kotiba orqasiga yurişdan avval söradi:

– Ketaveraymi?

– Men aytgan narsalarni olib ket!

Kotiba indamay işni bajardi.

Malika beixtiyor öyga toldi. «Nahot endi tinç qöymasa?.. Buning ustiga telefonimni ham bilib olibdi. Şu yetmay turuvdi. Hali uyimnikiniyam yozib olgan bölsa-ya?» Kotibani çaqirib söramoqçi böldi, ammo fikridan qaytdi. Örni kelganda bilib olarman, dedi içida. Lekin u özini har qança xotirjam tutişga urinmasin, xayoliga bostirib kelayotgan talabalik yillaridagi öylardan qoçib qutulolmadi.

« – Nima qilsam menga tegasan, Malika?” – söradi Bahrom bir kuni uning yölini tösib.

Biroq taqdirning taqozosini qarangki, oradan şunça yillar ötib u Malikaning hayot yölida yana «lop» etib paydo böldi. Bu nima, tasodifmi yoki peşonasiga şunday böliş azaldan bitilganmi? Bahrom öşanda nega «Qayerda bölsang ham izlab topaman. Qani, öşandayam qarşilik qilib kör-çi!» degan ekan-a? Nima, baribir izlab topişini oldindan bilganmikin, yo şunga umid qilib yurganmikin?

Nima bölganda ham Malika bu uçraşuvni kutmagan edi. Turmuşga çiqayotganda ham, undan keyingi yillarda ham qorasini körsatmagan Bahrom uning xayolidan kötarilgan, talabalik paytlaridagi voqealarni esa yigitlarning şöxligiga, bilib-bilmay qilgan oşiqona haziliga yoxud nari borsa, ularning alamiga yöyib qöygandi xolos. Lekin yolğon bölmasin, bir marta öyladi. Öylaganda ham juda qörqib ketdi. Unda asab kasalliklari şifoxonasida işlardi. Ertalabdanoq «Sizni vazirlikdan çaqirişyapti. Darhol yetib borarkansiz!» deb qolişdi. Malika özi bilmagan holda hayajonga tuşdi. «Vazirlikdan kelişibdi» desa, bölim boşliqlaridan tortib kasalxona boş şifokorigaça oyoğini qölga olib qolişardi. Şundan bilardiki, u yerda katta bilimga, salohiyatga ega bölgan tajribali, şu bilan birga jahldor va qattiqqöl rahbarlar işlaydi. Ular bilan nihoyatda ehtiyot bölib gaplaşiş darkor. Yaxşisi, vazirlikdan uzoqroq yurgan maʼqul.

Bunday gaplarni köp eşitgan Malikaning yuragini vahima egalladi. Vazirlikdan kim çaqirtirişi mumkin? Nima masalada? Buning ustiga nega darhol yetib borişi kerak?

– Kim ekan telefon qilgan? – nihoyat özini qölga olib söradi Malika.

– Şodiqulov, – qisqagina javob qildi boş şifokor bir oz norozi ohangda.

– Şodiqulov deganlari kim, domla? – zörğa botinib söradi Malika vujudidagi titroqni bosolmay.

– Bilmadim, yangi işga kelganmiş. Vazir yordamçisi ekan.

Bu gapni eşitgan Malika battar qörqib ketdi.

– Sizga nima böldi, Qosimjonova?

Qöl ostidagilarni familiyasi bilan çaqirişga odatlagan boş şifokor rangi oqargan Malikaga hayron bölib tikildi.

Malika bir zum joyida turib qoldi. Boş şifokor savolini qaytargandagina öziga keldi. Uzr sörab, taşqariga çiqdi.

«Şodiqulov? Axir bu Bahromning familiyasi-ku!» Qaysi bir kursdoşidan eşitganday böluvdi, Bahrom vazirlikka işga kelyaptiykan, deb. Nahot, rost bölsa?» Agar bu gap töğri çiqsa, Bahromning menga kun bermasligi aniq. Ana endi, alamini olişni boşlaydi. Bir vaqtlar aytganday, tegmaganimga puşaymon qiladi. Yoki işimdan böşatib yuborarmikin? E, Xudo, bu ne körgilik, – öylagandi öşanda Malika vazirlikka yetib borgunça, – Tinçgina işlab turuvdim-ku. Niyatiga yetolmagan alamzada yigitni neçun yana röparö qilding? Ayt, gunohim ne?»

Malika Soğliqni saqlaş vazirligiga qanday yetib kelganini bilmaydi. Muhtaşam bino uning nozik va ayni paytda titrab-qaqşab turgan qalbiga battar qörquv soldi. Biroz baland zinapoyadan kötariliş ança qiyin böldi, hatto endi çiqib bölay deganida oyoqlari çalişib yiqilib tuşişiga bir bahiya qoldi.

«Nahot, odamzod şunçalar oğir bölsa?»

Binoga kirib çiqayotganlarning tikilib turganligini körib uyalib ketdi. Uning uçun bu yerga yetib keliş ham, zinadan çiqiş ham birday tuyuldi. Içkariga qadam bosiş esa undan-da qiyin keçdi. Bir köngli qaytib ketişga undardi: «Kimga röpara kelayotganingni bilyapsanmi? Yana qanday lavozimdagi odamga-ya! Naq vazirning yordamçisi ekan-ku. Şoşma, yaxşisi, ortingga qayt. Seni körsa, eski dardlari yana qözib, dilingni vayron qiladi. Undan köra işingni ham yiğiştir-da, ariza yozib, böşab ket!»

Endi ortga yurganda qandaydir kuç töxtatganday böldi: «Şu yerga kelganda qaytib ketasanmi? Kir, kiraver, körqma! Yordamçi vazir emas-ku».

Malika nihoyat içkariga qadam bosdi. Navbatçidan Şodiqulovni söraganda esa… u na kulişini, na yiğlaşini bilolmay uzun yölakning bir çetida uzoq turib qoldi.

Şodiqulov deganlari butunlay boşqa odam ekan, yaʼni özidan uç yil avval öqişni bitirgan yigit bölib, unga bir-ikki gap otgan, ammo Malika tomonidan «Bezori»degan tanbehdan söng «Bor-ye!» deb qaytib gapirmay qöygan, lekin yaqinda kasalxonada yana nogoh uçratib, özini taniştirib qöyişga çaqirtirgan ekan. Malika heç narsaga tuşunmadi.

– Töğrisi, sizga minnatdorçilik bildirib qöymoqçi böldim?

– Nega? – battar tajjublandi Malika.

– Opamlarga yaxşi qarabsiz.

– Opangizga?

– Ötgan oy Saidmurodova degan bemorni davoladingizmi?

– Ha.

– Öşa ayol maning opam böladilar. Sizni tanidim, ammo kasalxonada gapirib noqulay holatga qöymay dedim. Mana, endi, bemalol gaplaşsak böladi.

– Aksinça, hozir noqulay vaziyatga tuşib qoldim.

– Nega?

– Çunki, men kundalik işimni bajardim xolos. Buning uçun vazirlikka çaqirtirib alohida minnatdorçilik bildiriş şart emasdi.

– Tanişib qöysak, yomon bölmas. Ha, aytganday mendan nima yordam kerak bölsa, tortinmang. Mana bu, vizitkam. Lyuboy paytda telefon qilavering.

Malika bu yerda köp qololmadi, vazirlik binosidan ğalati bölib çiqdi. Zinadan tuşayotganda esa qadamlari oğirlaşganini sezib «Tavba» deb qöydi öziga özi…

Biroq, ayni paytda ham uning butun vujudiga qörğoşin qöyilganga öxşardi. Na işi köpayadi, na yurişi. Şu boismi, köp narsaga yetadigan aqli, endi qanday yöl tutiş kerakligi haqida aniq bir qarorga kelişga ojiz. Voqea çigallaşmay, çuqur ildiz otmay turib eriga aytsamikin? Balki töğri tuşunar. Axir turmuşga çiqişdan oldin Muzaffarga şunga öxşaş gaplarni bemalol aytgan-ku. Agar yanglişmasa, «Mening orqamdan juda köp yigitlar yurişadi. Ular içida ğolib böliş sizga nasib etarmikin?» degandi.

– Siz albatta meniki bölasiz! – doim qatʼiy fikr bildirardi Muzaffar.

Malika bu gaplarni eslar ekan, miyiğida kulib qöydi. Çunki öşanda içidan birinçi marta «Şu mulohazali, oğir-bosiq yigitta erga tegsammikin» degan öy ötgandi. Bunday olib qaraganda şu arzimas xayol keyinçalik uning hayotini özgartirib yubordi: Muzaffar haqida köproq öylaydigan böldi va oxir-oqibat unga turmuşga çiqdi. Hozirça ikki örtadagi özaro işonç uning qalbida doimiy xuş kayfiyat uyğotardi. Işidagi qiyinçiliklar, heçam tugamaydiganday tuyuladigan muammolar asablarini toliqtirsa-da, uydagi mehr-muhabbatga töla vaziyat birdan yuragini tölqinlantirib yuborardi. Oyijon, deya girdikapalak böladigan bolajonlari joniga oro kiradi. «Keldingmi, soğintirib yubording-ku» deya ehtiros bilan quloğiga piçirlab qöyadigan eri butun çarçoğini yozib yuboradi. Baʼzida dam oliş kunlari aylanişga çiqib Muzaffarni ohista qöltiqlab olganda esa yanada yayrab-yaşnab ketganday böladi…

Malika xayollar daryosiga ğarq edi. U bir Bahrom bilan böladigan tösiqlar haqida, bir esa bu gap-sözlar Muzaffarga yetib borgudek bölsa, eriga nima vaj körsatiş töğrisida tinimsiz öylardi. Bugungi yugur-yuguri, işi bitmay kayfiyati buzilib qaytgani esidan çiqib ham ketdi.

* * *

Kutgandan yomoni yöq. Xoh döstmi, xoh duşmanmi, şart kelib-ketgani maʼqul. Bölmasa, odamning diqqati oşib biror kasallik orttirib olişi heç gap emas. Butun öy-fikrlari alğov-dalğov bölib ketgan Malika haftani xavotir bilan ötkazdi. Xonasining eşigi oçilsa böldi, darrov u tomonga yuzlanadi. Nogoh telefon jiringlab qolsa ham çöçib tuşadi. Lekin uning bu xatti-harakati Bahromdan qörqayotganini anglatmasdi. U hamkasblarining oldida noqulay ahvolga tuşib qolmay, deya xijolat tortardi, xolos. Katta bir poliklinikadagi xodimlarning deyarli barçasi xotin-qizlar. Ertalabki salom-alikdan söng yaxşi-yomon xuşxabarlar şunçalik tez tarqaldiki, Malika hayronu lol.

Bölmasa u boş şifokor sifatida xonama-xona gap taşib yoki miş-miş tarqatib yuradigan uçta hamşirani allaqaçon işdan böşatib yuborgan. Qatʼiy tartib-intizom ham örnatgan. Ammo… bu ayollar qaçon bir-birlari bilan gaplaşişga ulguradi, u heçam bilolmasdi.

Aslida gap-sözlar ham mayli, bunday olib qaraganda barçasi arzimagan mayda-çuyda oilaviy mojarolar. Malikaning xavotir oladigan joyi ayollarning ziyrak ötkir közlari. Bu nigohlardan heç narsa qoçib qutulolmaydi. Begona erkak bir marta, bor ana ikki marta kelişi mumkin, lekin uçinçi bora taşrif buyurdimi, demak, «Bir balosi bor» deyişadi.

Hamma gap ana şu «bir balosi»da. Balo öz nomi bilan balo. Kişining tilini qisadigan, obröiga putur yetkazadigan, soğligidan ayirib, töşakka mixlaydigan, oxir-oqibat esa aql-xuşidan ketkazadigan bu balo – eng xavfli duşman. Oddiy miş-mişdan boşlanadi-da, katta janjal bilan tugaşi yoki qöydi-çiqdiga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun bunday balodan Xudoning özi asrasin!

Malikani taşvişga solayotgan narsa ham şunda. Bahrom bu yerda köp öralaşmasligi kerak. Agar hadeb kelaversa, gap-söz tarqalişi aniq! Şuning uçun Bahrom yana kelgudek bölsa, yaxşi gapirib orqasiga qaytarib yuboraman. Agar könmasa, xotiningizga aytaman, desam zora obrösini öylab kelmay qöysa, deb xayol qilgandi. Bahrom esa yaxşi gapga könadiganlardan emas edi. U qanday şitob bilan xonaga qadam qöygan bölsa, şunday tez Malikaning yonida paydo böldi. Öpib körişişga çoğlandi: Malikaning yelkalaridan uşlab öziga tortdi. Biroq kutilmagan zarbdan orqasiga gandiraklab ketdi.

– Voy-bö, namunça qörqmasang…

Bahrom keliboq Malikani xafa qilişdan çöçib tilini tişladi. Keyin heç narsa yuz bermaganday borib divanga ötirdi.

– Töğrisini ayt, orqangdan qança yurdim. Ikki yilça sarson qilding-a? Endi haydama meni. Sendan ajraladigan ahmoq yöq.

– Nima deganingiz bu? – joyiga ötirayotgan Malika Bahromning çaqçaygan közlariga bir qarab qöydi.

– Bumi? Bu senga uylanmoqçiman, deganim.

– Oilangiz yöqmi?

– Bor! Ammo xotinimga ajraşaman, deb keldim. Uni heç qaçon sevmaganman, seva olmayman ham. Men yöqotgan muhabbatimni qayta topdim. Tuşundingmi? Qay-ta top-dim. Endi uni yöqotişni istamayman. Şuning uçun sen ham ajraşasan! Va biz yangi oila quramiz.

Malika kulgudan özini arang bosdi.

– Aqlingiz joyidami, işqilib? Bu gapni qayerdan oldingiz?

– Avval joyida emas edi. Xudoga şukur, hozir joyida. Ayniqsa, seni yana körib qolganimdan buyon juda tiniqlaşib ketgan.

– Boşimda erim, atrofimda uçta farzandim borligini aytganmidim. Men ularning yuziga oyoq bosadigan ayollardan emasman. Bunaqa körnamaklik qiliş mening tabiatimga töğri kelmaydi, Bahrom aka. Siz ham şaytonning gapiga kirmay, oilangizga qayting? Obröingizni öylang.

– Sen meni avramay qöya qol. Avval edi könglingga qaraganim. Buning uçun hamon özimni keçira olmayman. Noşudlik qilmaganimda balki men ham odamlarga öxşab baxtli hayot keçirayotgan bölardim.

– Neçta farzandingiz bor?

– Törtta.

– Törtta farzandi bor ota, baxtsiz böladimi?

– Xotindan yolçimadim, baxtsizligim şunda, Malika. Aslida senga aççiq qilib şart uylanib ketuvdim. Hammasi ham ayol-ku, tuğişni bilsa böldi-da, deb öylabman. Biroq qattiq yanglişgan ekanman. Xotinniyam sal-pal yaxşi köriş kerak ekan. Yoşlikda bilinmas ekanu, ammo yoşing ötavergan sari… ayniqsa, atrofingda qizlar girdikapalak bölsa… boşing ham aylanib qolarkan. Mana şunaqa paytda kerak bölar ekan sevgi-muhabbat. Agar xotiningni sevsang, atrofdagilarga eʼtibor ham qilmaysan, mabodo köngling yöq bölsa… E, nimasini gapiray. Lekin seni Xudoning özi yöliqtirdi menga. Töğrisiyam, keyingi vaqtlarda seni köp öylayotgan edim, qayerdan qidirsam ekan, deb boşimni qotirardim. – Bahrom bir oz tin olgaç, gapida davom etdi. – Jizzaxga ketib qolgansan, deb xavotirda edim. Buni qara, Toşkentda ekansan. Seni topganimdan behad şodman. Töğrisi, xursandligimni çeki yöq. Endi, yana bir tilagim qoldi xolos.

– Nima ekan u? – ajablanib söradi Malika.

– Senga uylaniş.

– Iltimos, kulgumni qistatmang. Bu niyatingiz heç qaçon amalga oşmaydi.

– Oşadi!

– Oşmaydi!

– Garov boğlamoqçimisan? – Örnidan turib stolga yaqinlaşdi Bahrom. Söng ikki qölini unga tirab Malikaga bir zum tikilib qoldi. «Yöq» degan javobni eşitgaç, yana juşqin kayfiyatda gapini davom ettirdi: – Unda tortişma. Bu safar ahdim qatʼiy. Men telba oşiqdan xafa bölmaysan. Endi, mensimaganingga qarab ötirmayman.

Malika qaysar Bahrom bilan bahslaşib, gapni köpaytiriş befoyda ekanligini tuşundi: tezroq xayrlaşmasa, bölmaydi. Nima qilsa ekan-a? Bundan ortiq yaxşi gapiriş mumkinmi?

– Xöş, taklifimga nima deysan? – qayta söradi Bahrom stulga örnaşibroq ötirarkan.

– Yaxşi, erim bilan maslahatlaşib köray-çi.

– Nima, endi mayna qilişga ötdingmi? Kerak bölsa, ering bilan özim gaplaşaman.

– Qörqmaysizmi?

– Nega qörqişim kerak! Seni yaxşi körişimni, avvaldan men bilan yurişingni, şu paytgaça uçraşib turişimizni aytay-çi, qanday köyga tuşarkin.

– Hali şunaqa tuhmat ham qilasizmi?

– Agar tegmasang… bundan battar bölişi mumkin.

– Sizni odam deb öylagandim.

– Mayli, nima desang ham. Lekin qaysarlik qilma.

– Keting bu yerdan!

– Tegmaysanmi?

– Heç qaçon.

– Unda men bilan yurasan!

– Nima! – Malika sapçib örnidan turib ketdi.

– Qizişma. Yaxşilab öylab kör, har zamonda uçraşib tursak, olam guliston. Senga qölimdan kelgunça yordam berib turaman, heç narsaga zoriqmaysan…

– Agar hoziroq ketmasangiz, odamlarni çaqiraman.

– Çaqir, çaqiraver. Janjallaşsak, kimga foydayu kimga ziyon. Bilib qöy, men heç narsa yöqotmayman. Sen esa juda köp narsalardan ayrilib qolişing mumkin. Ering, bolalaring, işxonangdan, mahalla-köydagi obrö-eʼtiboringdan… sanaveraymi? Keyin afsus qilganingning foydasi yöq, Malika. Xotinimga sen bilan ajraşaman, deb kelganman. Hatto Toşkentdan iş ham topib qöydim. Tanla: ikkidan biri, yo menga tegasan, yoki…

– Rostdan ham meni sevasizmi? – söradi birdan yumşab qolgan Malika.

– Sevmasam, şu gaplarni gapirarmidim, Malika, – Bahrom qanday qilib tik turganini özi ham bilmay qoldi. – Ahmoq bölib Yangiyöldan kelarmidim, işqingda adoi-tamom böldim-ku.

– Unda, sizdan birgina iltimosim bor.

– Boş ustiga! Bittamas, mingta bölsayam gapiraver!

– Meni tinç qöying, şunda sizdan köproq minnatdor bölaman. Xaqqingizga duo qilib yuraman.

– Yöq, bu iltimosingni bajara olmayman, – Bahrom özini stulga taşladi. – Qölimdan kelmaydi. Endiyam noşudlik qila olmayman. Agar taklifimga rozi bölmasang… eringni öldirib ketişdan ham toymayman. Qamalsam, yölini qilib uç-tört yilda qutilib çiqaman-da, baribir oldingga kelaveraman. Endi mendan ölib ham qutila olmaysan! Bir marta edi, haydaganingda aççiq qilib ketib qolganim. Bas, endi ahmoğing yöq!

– Birinçidan, erimni öldiriş qölingizdan kelmaydi, – Malika xotirjam gapirdi. – Ikkinçidan, ersiz qolganimda ham niyatingizga yetolmaysiz.

– Men bu gaplarni seni qörqitiş uçun aytayotganim yöq. Oldingda avvalgi landavur Bahrom turgani yöq.

– Gapirib böldingizmi?

– Nimaydi?

– Meni işdan qöyyapsiz.

– Rozimisan?

– Sizdan nafratlanaman!

– Nafratlanasan?! Nima uçun?

– Mard erkak birovning ayoliga köz olaytirmaydi. Undan köra öz xotinining köngliga yöl topişga harakat qiladi. Farzandlariga tarbiya beradi, ularga töğri yöl körsatadi. Odob-ahloq bobida namuna böladi.

– Falsafangni qöysang-çi, Malika. Men bu yerga leksiya eşitgani kelganim yöq. Bir vaqtlar qöldan çiqarib yuborgan muhabbatimni qaytarib oliş uçun keldim, bildingmi? Endi bu yölda menga heç kim va heç narsa tösiq bölolmaydi. Kör hassasini bir marta yöqotadi. Bir marta!

– Agar töğri maslahatga könmasangiz, özingiz bilasiz. Biroq men endi siz bilan boşqa gaplaşmayman.

– Gaplaşasan. Gaplaşişga majbur qilaman. Obrö uçun, bolalaringni kelajagi uçun şunday majbur bölasanki…

– Siz haqiqatan ham nafratga loyiq odam ekansiz. Sizni tanlamay töğri qilgan ekanman.

– Hali şunaqami? Nafratlanadilarmi? Nafrat qanaqa bölişini körsatib qöyaman, senga! Undan köra taklifimga rozi böl. Har zamonda bir uçraşib tursak, tinçgina yaşayverasan. Meni boşqa…

Bahromning gapi oğzida qoldi. Şu payt eşik oçilib örta yoşlardagi juvonning xijolatomuz yuzi körindi. Malika ayolni öylab ötirmay içkariga tak-lif qildi. Gapi çala qolgan Bahrom nima qilarini bilmay labini tişlagança Malikaga qattiq tikildi. Söng noiloj eşik tomon yurarkan, ğaribona bir tovuşda dedi:

– Sizdan iltimos, döxtir, dardimga şifo toping? Bölmasa, telba bölib qolişim heç gapmas. Men yana kelaman.

Eşikni oçgan ayol dardi oğir «bemor»ga yöl berdi. Malika qimmatbaho xalatga tölişib turgan, kalta soçlari xafsalasizlik bilan taralgan, yuzlari biroz sölğin, rangpar ayoldan minnatdor bölsa-da, aslida u şu tobda yolğiz qolişni, özini surbetlarça tutgan Bahrom bilan bölib ötgan suhbatni qay tarzda keçganligini, nimalarni ayta oldiyu öylab qöygan qaysi gaplari içida qolib ketganligini qayta xayolidan ötkazmoqçi, öziça mulohaza qilib körmoqçi edi. Közlarini löq qilib özining şahvoniy his-tuyğularini yaşira olmagan, dimoği baland oşiqning oldida ğururini, nomusini saqlay oldimi yoki ranglari oqarib şalvirab qoldimi? Taklifiga nima dedi? Javob qaytara oldimi?

Malika körinişidan öttiz yoşlar çamasidagi juvonni ötirişga taklif qildi, ammo özi xayolida ketma-ket çaqmoqdek «yalt» etib paydo bölayotgan savollar girdobidan qutulolmadi. Boş şifokorning öyçan holatini gaplarimni diqqat bilan tinglamoqçi çoği, deb tusmol qilgan juvon dardini şoşmasdan tökib soça boşladi. U qölidagi kiçkina römolçani qayta-qayta taxlar, har zamonda gapiraveraymi, deganday şifokorga tezgina nigoh taşlab olar, baʼzan iymanib, baʼzida esa fikrini oçiqroq ifodalaşga tirişar edi.

Malika ayolning uzul-yuluq gaplaridan ismi Nazokatligini, endigina yigirma uç yoşga kirganligini, befarzandlikdan alam çekaverib yurak-bağri ezilganini va yaqinda poliklinika atrofidagi «Böston» mahallasiga köçib kelganini anglab oldi. Lekin unda heç qaçon bunday beparvo munosabat bölmagan edi. Kelgan har bir bemorni iloji boriça qabul qilişga, kasalini aniqlaşga, davolanişiga yordamini ayamasdi. Eng muhimi, mayin tabassumi va bir oğiz şirin sözini aslo dariğ tutmasdi. Bu safar unga nima böldi? Iye, barmoqlari nega titrayapti? Hali rangi ham oqarib, körinişi bir holatdadir?

Malika örnidan turib ketganligini sezmay qoldi. Bu paytda gapini tamomlab boş şifokorning oğziga qarab turgan Nazokat ham beixtiyor joyidan qözğaldi.

– Nima maslahat berasiz, opa?

– A-a! – savol Malikani xushyor torttirdi. Noqulay vaziyatga tuşib qolganini sezib darhol qöliga qalam oldida bir parça qoğozga nimadir yozdi. Söng jilmayişga harakat qilib dedi: – Gapingizni tuşundim, singlim. Men bir tanişim bilan gaplaşib köraman. Erta-indin vaqti bölsa, borib uçraşasiz.

Boş şifokorning holatiga tuşuna olmagan Nazokat qayta-qayta «rahmat» aytib çiqib ketdi. Malika örnidan turganda şkafning içidagi katta oynaga özini solmoqçi edi. Şu tobda bu narsa xayolidan kötarildi – asta yurib kelib özini divanga taşladi.

«Demak, bu safar kelişida asl qiyofasini namoyon qildi. Avvaliga sevaman, deb yaxşi gapirib kördi, bölmadi. Keyin qörqitişga ötdi, eplolmadi. Endi esa… har zamonda uçraşib tursam böldi, emiş. Voy, ahmoğ-yey! Özini kim deb öylayapti? Demak, u avvaldan ham sevmagan».

Malika xayolan özi bilan özi gaplaşa boşladi. Biroq birdan eşik oçilib kotiba qiz içkariga möraladi.

– Nima gap?

– Agar manda zarur işingiz bölmasa…

– Tinçlikmi?

– Tikuvçimnikiga ötib kelmoqçiydim. Keyingi hafta… dugonam turmuşga çiqayapti.

Malika nima ham derdi. Töyga yangi köylak kiyiş kerak, albatta. Ayniqsa, kelinning yonida yuradigan bölsa… Ruxsat olgan Barnoning közlari porlab ketdi. Eşik qanday oçilgan bölsa, şunday ohista yopildi. Malika orqasiga suyandi. Közlarini yumdi. Biroq xayoliga kelgan ayovsiz fikrdan uning şahlo közlari çaraqlab oçildi.

«Tuhmat qilsa-ya?!»

Malikaning ğururidan asar ham qolmadi, u tuhmat toşining zarbini yaxşi bilar, hayotida bunday baloga uçragan odamlar bilan köp gaplaşgan, ularning ayanç-li taqdiridan, ğam-ğussaga botgan qora kunlaridan xabardor ham edi. Bu ofatdan Xudoning özi asramasa, juda qiyin. Bandaning qölidan baʼzan heç narsa kelmaydi. Uning qarşisida şunday noçor ahvolga tuşib qoladiki, haqiqatni röyobga çiqargunça ona suti oğziga keladi. Gohida kuraşib mağlub böliş ham heç gapmas…

* * *

Kuzning izğirin şamoli taʼsir qildimi, xonaga kirgan Malika ançagaça plaşini yeçmay ötirdi. Işni nimadan boşlaşni öyladi. Aslida u ertangi bajariladigan yumuşlarni qoğozga yozib ketişga odatlangan edi. Bunga örgangani uçun ertalab reja tuzişga boş qotirmas, kelardiyu ğayrat bilan işga kirişib ketardi. Mana uç kundirki, stoli ustidagi qoğoz oppoq. Unda na biror belgi, na biror söz yöq.

Nogoh eşik taqilladi. Malika boşini kötardi.

– Redaksiyadan kelişibdi, Malika opa. – dedi kotiba qiz içkariga kirgaç negadir mamnun qiyofada, – Xotin-qizlar jurnalidan ekan.

– Şuning uçun xursandmisan?

– Axir biz töğrimizda yozişsa, yomonmi?

Malikaning qoşlari tutaşdi. Uning muxbirlar bilan uçraşişga, gazeta yoki televideniyaga intervyu berişga umuman xohişi yöq edi. Hayotida bir marta televizorda körindiyu boşiga bir dunyo taşviş orttirib oldi. Endi undan qutulolmay yurganda, yana nimasi bu?

«Şu yetmay turuvdi, – öyladi Malika noiloj örnidan turib plaşini yeçarkan. – Jurnaldan kelişgan bölsa, hoynahoy rasm ham söraşadi. Agar suratim Bahromning qöliga tuşib qolsa… yana kelişini davom ettiraveradi. Ey, yöq, menga heç qanaqa maqtov kerak emas!».

– Kirsinlarmi?

Joyiga kelib ötirgan Malika bir muddat öylanib qoldi. Söng çuqur «uh» tortdi-da, kotibaga yuzlandi.

– Mayli, kirsin-çi.

Malika töğri öylagan ekan. Jurnalda bölim boşliği bölib işlaydigan örta yoşlardagi ayol atay özi kelibdi, oçerk yozarmiş, tadbirkor ayol, tajribali şifokor, mehribon ona sifatida taʼriflab kattagina suratni ham bosib çiqararmiş. Özini Sojida Bonu deb taniştirgan muxbir ayol bir zumda yozilajak oçerkning mazmunini aytib, qahramonimni qiziqtira oldim, deb öyladi. Biroq, boş şifokorning öyçan qiyofasi uni lol qoldirdi. Köpni körgan muxbir aslida oçerk qahramonini biroz uyalişini (nomiga bölsa-da), jurnalning muqovasida katta rangli surati berilişini eşitib közlari sevinçdan porlaşini, poliklinikadagi yaxşi işlarni körsatişga şoşib qolişini kutgandi.

Lekin Malika xotirjam edi. Göyo yoniga heç qanaqa muxbir kelmagan, aksinça, qandaydir bemor taşrif buyurib öz dardlarini şoşa-pişa aytmoqdayu şifokor uning sözlarini jimgina, sipolik bilan eşitib ötiribdi.

– Xöş, nima deysiz. Rejam sizga maʼqulmi? – Nihoyat hamrohining fikrini bilişga qiziqdi muxbir.

– Oçerk deganlarida maqtov köproq böladi-da. – Malika muxbir ayolga sinçkov nazar taşladi.

– Nima, bu yomonmi?

– Yöq, yomon emas albatta. Lekin men sizning muammoli maqola yozişingizni istardim. Yaʼni…

Şu payt kotiba qiz çoy kötarib kirdi. Malika gapni nimadan boşlaşni öylagunça yana çiqib kelgan Barno qölidagi şokolad qutini divan oldidagi möjazgina işlangan xontaxta ustiga qöydi, çoynakdagi issiq çoyni ikki marta qaytardi. Keyin mayin tabassum ila boş şifokorga yuzlandi.

– Malika opa, divanga ötib bemalol suhbatlaşinglar. Qani, mehmon, marhamat!

Malikaning yuziga nim tabassum yugurdi. Örnidan turarkan, muxbir ayolni divanga taklif qildi. Kotiba avval mehmonga, söng mezbonga xuddi kelinlardek çiroyli qilib çoy uzatdi. Boş şifokor yaxşilab yuvilgan, erimay artib-tozalangan çoynak-piyolaga razm solib qöygaç, asta gap boşladi.

– Oçerkni men töğrimda emas, aksinça, meni qiynayotgan masalalar, oldimda turgan muammolar haqida yozsangiz. Yoki bir tekşiruv ötkazsangiz, buni sizlarda jurnalist tadqiqoti yoki jurnalist tekşiruvi deb ataşadi. Yaʼni şu keyingi ikki yil içida poliklinikamizga qaraşli mahallalardan şahar şifoxonalariga neçta bemor murojaat qiladiyu ularning qançasi yotib davolandi. Agar ilojini qilolsangiz, öşa bemorlarning yotgan kunlarini, davolanişga qilingan sarf-xarajatlarini ham örgansangiz. Keyin ularni avvalgi yillarga taqqoslardik. Menimça, şunda masala oydinlaşadi-qöyadi. Biz yaxşi işlayotgan bölsak, demak, hududimizdan kamroq bemorlar borgan, agar işimiz qoniqarsiz bölsa, şifoxonalarda yotganlar soni köp. Bu tadqiqot men uçun juda zarur, Sojidaxon.

Malikaning holatida özgariş böldi. Har zamonda çoydan xöplab qöyarkan, yuragining tubiga çökkan şijoati, ğayrati asta yuzaga çiqa boşladi.

– Tunov kuni vazirlikka borgandim. Katta amaldorlardan biri, biz poliklinikalarni qisqartiş ustida iş olib borayapmiz. Maʼlumingizkim, bozor iqtisodiyoti şaroitida iloji boriça vositaçilardan voz keçişga harakat qilinadi. Demak, biz ham öz sohamizda vositaçilik vazifasini ötayotgan poliklinikalar xizmatini keskin ravişda qisqartirişimiz kerak. Bu yangi davr talabi. Bemor kasalini tekşirişi uçun poliklinikaga qatnaşi, navbat kutib vaqtini bekorga sarf qilişi şart emas. Endilikda ular töğridan-töğri kasalxonalarga borib bemalol murojaat qilaverişlari mumkin. Agar şunga erişolsak, bilasizmi, qança ştatlarni qisqartirişimiz, davlatning millionlab mablağlarini tejaşimiz mumkin, deb qoldilar.

Lekin men boşqaça fikrdaman. Töğri, yomon işlayotgan poliklinikalar yöq emas. Ularda tepsa tebranmas, quruq yöl-yöriq körsatişdan boşqasiga yaramaydigan vraçlar ham bor. Biroq bu barça poliklinikalarni qisqartiriş, butunlay yöq qiliş degani emas-ku. Balki ularning işini qayta körib çiqiş kerakdir, uçastka şifokorlarining masʼuliyatini oşiriş lozimdir. Zarur bölsa, attestatsiya ötkazişsin, saragini sarakka, puçagini puçakka ajratib borişsin. Axir bu kabi işlar vazirlikda ötirgan öşa amaldorlarning birinçi galdagi vazifasi-ku!

Siz balki işonmassiz, biz atrofdagi mahallalarda yaşaydigan odamlarning poliklinikaga bölgan munosabatini özgartira oldik, deb öylayman. Hozir poliklinikamizni oilaviy poliklinika desa ham böladi.

Ammo yuqoridagilarning poliklinikalarga vositaçi deb munosabat bildirilayotganiga hayron bölaman. Nima deysiz, şu muammolarni kötarib çiqsangiz böladimi? Bu yerda bizni maqtaşning heçam keragi yöq. Aslida vazifamizni sidqidildan bajaryapmiz xolos. Maqsadimiz odamlarga birinçi tibbiy yordam beriş. Siz buni balandparvoz gaplar, deb aslo öylamang. Iş tajribasidan kelib çiqib tibbiyot tizimini butunlay kengroq maʼnoda tuşuna boşlayapman xolos. Men uning asl mohiyatini endi-endi anglayapman. Yaʼni men odamlarni davolaş emas, balki kasallikning oldini oliş tarafdoriman. Biz katta-katta şifoxonalarimiz, ularning soni, biratöla yuzlab bemorlarni birdaniga qabul qilişlariyu kasalni davolaşga ketgan sarf-xarajatlarning ulkanligi bilan maqtanmasligimiz kerak. Buni soğliqni saqlaşga berilayotgan katta eʼtibor emas, aksinça loqaydlik deb taʼriflagan bölardim. Qani, özingiz ayting, Sojidaxon, yonğinni oldini olib, hududida biror marta öt balosi çiqişiga yöl qöymagannimi yoki olov içida qolgan uyni qança kuç va texnika sarflab yonğinni mahorat bilan öçirgan xodimni maqtaş kerakmi?

Siz jurnalist bölsangiz, şular haqida yozing. Axir poliklinikalar işi ham xuddi şunga öxşab ketadi. Biz mahalladagi har bir xonadonga kirib, uy egalarining soğliğini nazorat qilib tursak, boşlanadigan kasallikni oldini olsak, öylaymanki, şifoxonalarga oğir ahvoldagi bemorlarning borişi keskin kamayadi. Soatlab operatsiya qilişga, ölim bilan olişişga köpam hojat qolmaydi. Menimça, tibbiyotning asl maqsadi şunaqa bölişi zarur.

Malika sözini tamomlab muxbir ayolga köz qirini taşlb qöydi. Oradagi sukut uzoq çözilmasligi uçun yana özi gap boşladi.

– Bu gaplar oçerkka mavzu bölarmikin?

– Nima ham derdim, maqsadingizni tuşundim, muammolarni yoritişga harakat qilaman. Lekin sizdan ança narsani örgansa bölarkan.

– Köp gapirib boşingizni oğritib qöymadimmi, axir. – Birdan huşyor tortdi boş şifokor. – Uzr, agar zeriktirib qöygan bölsam.

– Nega unaqa deysiz, Malikaxon. Şunday ehtiros bilan gapirdingizki, men ham tölqinlanib ketdim. Bir tomondan esa şunday mavzularni yoritmaganimdan xijolat tortdim. Kördingizmi, xonadan çiqqandim, sizday ajoyib şifokorni uçratdim.

– Men Muzaffar akamga doim gapiraman. Jurnalistlar ham biror kasbga jiddiy ixtisoslaşişi kerak, deb.

– Keçirasiz, u kişi kim?

– Muzaffar Qosimjonov. Eşitganmisiz?

– Yoşlar jurnali boş muharririni nazarda tutayapsizmi? Hm, u kişi sizning turmuş örtoğingizmi? Juda ajoyib uçraşuv böldi-da, Malikaxon. Tanişganimdan behad xursandman. Buni qarang, heç öylamagandim. Unda… rasmingizni muqovaning birinçi betiga bersak ham bölarkan.

Ayollarning samimiy kulgisi yangradi. Eşik oçilib kotiba qiz körindi.

– Çoyni yangilab kelaymi, Malika opa?

– Yöq, rahmat. – Muxbir örnidan qözğalarkan, minnatdorçilik bildirdi. – Qizğin suhbatingiz uçun sizga ham katta rahmat, endi poliklinika bilan taniştirsangiz degandim.

– Bajonidil.

 Malika yöl boşladi.

* * *

Kotiba eşikni oçdi…

– Sizni söraşyapti, Malika opa.

– Kim?

– Tanimadim. Qandaydir… erkak kişi.

Malika göşakni kötardi. Kotibaning eşitmayotganiga işonç hosil qilgaç, ovoz berdi. Ammo… keyin afsuslandi, tutoqib ketdi.

– Yana nima deysiz? Tinç qöyasizmi-yöqmi?

– Tinçlik istasang, yaxşilab gaplaşib olişimiz kerak, – ovoz keldi göşakdan.

– Men siz bilan gaplaşişni istamayman!

– Şoşma, şoşma, Malika. Birinçidan, avval gapimga quloq sol. Ikkinçidan, muhim bir narsani hal qilib olişimiz zarur. Qörqma, begona joyga taklif qilmayman. Avval eşitsang-çi! Muhim bölmasa, telefon qilarmidim. Ha, aytganday, ertaga boşqarmada yiğiliş bor-a. Bilaman, taklif etilgansan. Borişing şart. Majlis uç soatlar davom etsa, rosa birlarda tugaydi. Demak, seni bir yarimda Ördadagi Anhor kafesida kutaman. Agar işxonangga borib töpolon qilişimni istamasang, albatta kelasan. Bu safar köp vaqtingni olmayman. Xöp, körişgunça! Kutaman!

Aloqa uzildi. Bahrom Malikaning javobini ham kutmay atay gapni qisqa qildi. Rad javobini eşitişdan qörqqanligi aniq. Buni Malika ham tuşundi. Biroq u ayni paytda juda taajjubda edi. Boşqarmaga taklif etilganligini, yiğiliş qaçon boşlanişiyu soat neçada tugaşini qayoqdan bildiykin?

«Nahot Barnodan hamma gapni bilib turgan bölsa? Arzimaydigan sovğa-salomga sotildimikin-a?» Malika bu gaplarni könglidan ötkazar ekan, aççiğlandi. Hoziroq kotibani çaqirib urişmoqçi böldi. Lekin… u yana Rahmonning gapiga quloq tutdi. Podadan avval çang çiqariş maʼqul emasligini öylab fikridan qaytdi.

U endigina deraza yoniga kelganda, xöjalik mudiri Karim aka ruxsat sörab içkariga kirdi. Qölidagi qoğozlarga qöl qöydirgaç, muloyimlik bilan «Soğ bölsinlar», dedi-da xonani tark etdi.

 Malika kundalik yumuşlarini davom ettirmoqçi böldi. Ammo qayoqda. Bahromning nogoh qönğiroği, kun rejalaridan xabardorligi uni yana öylaşga majbur etdi.

«Endi, osonlikça undan qutula olmayman, şekilli. Nima qilsam ekan-a? Muzaffar akamga aytsammikin?… Biroq gapimni töğri tuşunarmikinlar? Yoki biroz şoşmay turaymi? Uf, bu xira paşşadan qanday qilib qutulaman endi?»

Xayollar girdobida qolgan Malika ertangi uçraşuvning natijasini kutişni maʼqul topdi. Qani, Bahrom bu gal nima derkin?…

* * *

 Tuşlik vaqti bölgani uçunmi, kafeda odamlar köp edi. Malika atrofga sinçkov nigoh taşlarkan, xayajonlanayotganini, kimdandir qörqayotganligini sezdirmaslikka harakat qildi. U zinadan tuşgandayoq örnidan turib olgan Bahromni körgandi, biroq atay körmaganga oldi. Erim uçrab qolsa-ya, degan öyda şundoq kiraverişda biroz turib qoldi. Taniş çehraga közi tuşmagaç, havotiri ortga çekindi. U endi asta bir çetdagi stolga – Bahrom oldiga yaqinlaşdi. Istamaygina boş irğab salomlaşdi.

– Qani, marhamat, ötirsinlar, – iltifot körsatdi Bahrom jilmaygança.

– Köp ötirişga vaqtim yöq, nima gapingiz bor? – Malika kursidan joy olarkan, stol ustidagi narsalarga tezgina nigoh taşladi. Bu yerga aziz bir mehmon keladiganday tayyorgarlik körilgan edi.

– Avvalo kelganing uçun ming bor taşakkur. Sen gözal va latofatli böliş bilan birga aqlli ayol hamsan. Mendan qançalar jahling çiqmasin, baribir mulohaza qilib iş yuritişingga işonardim. Qani, mana bulardan ol-çi, – Bahrom gap orasida Malikani tamaddi qilişga çorlar, goh yaxna şarbatdan, goh çoydan quyib uzatar, ikki közini qimtinibgina ötirgan ayoldan uzolmas edi. – Endi senga rostini aytay, bir dargohda öqiganimiz, ötmişga aylangan bölsa-da çinakamiga yaxşi körganim hurmati, senga aslo yomonlik istamayman. Tunov kungi ahmoqona gaplarimni unut. Oldingga qanday borib qolganimni, nimalar deb aljiraganimni özim ham bilmayman. Töğrisi… öşa kunlari xotinim bilan it-muşuk bölib yuruvdim. Alamimni kimdan olişni bilmay turganimda nogoh televizorda seni körib qoldim. Hayotimda menga şunday badbaxt xotin uçraganiga, turmuşim zahar-zaqqumga aylanganiga, umrim şu şallaqi ayol bilan ötayotganiga seni aybdor deb öyladim-da, uydagi bor narsalarni ostin-ustun qilib yubordim. Aslida esa… bunga özimning noşudligim, sen uçun kuraşmaganim sabab edi. Ha, ayb özimda. Ammo bu haqiqatni tan oliş juda oğir keçdi, Malika.

Bahrom bir zum tin oldi. Böş qadahlarni aroqqa töldirgaç, birini Malikaga uzatdi. Ayol aftini buriştirdi. Bahrom majbur qilmadi. Qöliga qadahni olib, unga tikilib turdi-da qaytib joyiga qöydi. Yana Malikaga tikilarkan, bir yutinib qöyib gap boşladi.

– Keyin… keyin közimga heç narsa körinmay qoldi. Şaharda qolganingni, qayerda işlaşingni bildim-u töğri oldingga keldim. Öşanda şaytoniy xayollar aqlimni öğirladi. Sen haqingda turli bölmağur öylarga bordim. Kimga turmuşga çiqdiykin? Eri qanaqa odamiykin? Axir u heç kimni sevmasdi-ku, eri bilan allaqaçon urişib qolgandir, balki ajraşgandir yoki birortasi bilan… e, nimasini aytay senga. Boşim aylanib, aqlimni yöqotdim. Şuning uçun avvaliga yaxşi gapirdim, keyin yuragingga qörquv soldim. Vahima qilsam, taklifimga rozi bölarsan, deb öylabman-da. Öşa paytdagi birdan-bir maqsadim seni bağrimga bosiş, nima qilib bölsa ham senga yetişiş edi. Ahmoqlik ham şunaqa böladimi? Bularni aytişga… ha, mayli, ötgan gaplarni unut, Malika. Bu yerga taklif qilganimning sababi bitta, u ham bölsa – sendan keçirim söraş. Ha, öşa kuni töğri aytding, sevgan odam bunaqa qilmaydi, deb. Haqiqatan ham şaytonning gapiga kirib tinçingni buzdim, yuragingga ozor yetkazdim. Endi öylab qarasam, katta xatoga yöl qöygan ekanman. Men sevgan odamning emas, alamzada erkakning işini qilibman. Iltimos, mendan jahling çiqmasin. Agar keçirolsang özimni baxtli hisoblardim. Negaki, senga döst tutinaman deb naf-ratingga uçrab ötiribman. Men ahmoqligimni endi bildim.

Sen… hamon öşa men bilgan gözal va vafodor Malikaligingça qolibsan. Senga baxt tilayman, Malika, haqiqiy baxt. Endi senga yana yetişolmagaç, xotinim bilan yaraşişga, öşa şallaqi bilan yana murosa qilişga töğri keladi. Sen haq gapni aytding, törtta bolada nima gunoh. Yana ularning uvoliga qolmay. Ha, aytganday, xotinga mana bu sovğani oluvdim. Bir kör-çi, soxta emasmikin?

Malika sekin oqayotgan anhordan köz uzib Bahromga qaradi. Bu öşa kungi qöpol, şiddatkor, niyati buzuq Bahrommi yoki… Nahot bir haftaning içida şunçalar özgargan bölsa? Balki rostdan ham uni sinab köriş uçun har xil gaplarni aytgandir. Axir bir gal suhbatda eri ham xuddi şunday gap qilgandi: «Erkakning tabiati şunaqami, gözal xonimlarni körganda atay gap taşlab köradi. Qanday ayolligini bilişga qiziqsa kerak-da». Demak, Bahrom şunday yöl tutdimikin? Endi qölga kiritolmasligiga aqli yetib «keçirim» sörayotganmikin?.

Biroq uning közlari bu safar ham aldamayaptimikin? Bir tekisda, xuddi yodlab olganday mayin va taʼsirçan sözlari yurakdanmi yoki bu çekinişning ortida qandaydir sir bormikan? Bahromning uzr söraşini öziga mulohaza qilib körayotgan Malikaning xayolida turli öy-fikrlar çarx urardi.

U ayni paytda özini or-nomusi toptalgan, nohaq xörlangan odamday his qilar, muz qotgan yuragi ğazab va nafratga töla edi. Bu jajji yurakdagi muz qatlami şu qadar ulkan, şu qadar çeksiz ediki, uning atigi bir çetini, bir bölagini ilitmoq juda muşkul edi.

– Men bunaqa narsalarni tuşunmayman.

– Har qalay ayol kişisan-ku, bir kör-çi? Qörqma, senga berayotganim yöq-ku.

Bahrom tilla zanjirni osiltirib turaverdi. Malika noiloj qölini çözdi. Keyin bir zumgina körgan böldiyu darrov egasiga qaytardi.

– Haqiqiymi?

– Şunaqa bölsa kerak.

– Rahmat senga.

Bahrom bir zumga gapidan töxtadi. Ofitsiant ayol ikki kosada yarimlatib quyilgan issiq ovqat keltirib qöyib ketdi. Malika nazarini solib ham qöymadi. Tobora tölqinlanib borayotgan Bahrom gapi uzilganidan jahli çiqdi, lekin «yoqimli iştaha» tilagan fartukli ayolga indolmadi. Malikani ovqatdan içişga undadi. Keyin yana gapini davom ettirdi.

– Agar xafa bölmasang, bir narsani sörasam. Avvalo, bunday bölişini aslo xohlamayman. Lekin mobodo, ering senga xiyonat qilganini bilib qolsang…

– Muzaffar akam siz öylagan erkaklardan emas!

– Buning uçun ming rahmat unga. Men faqat mabodo deb söradim, xolos.

– Ajraşarmiding yoki senam yurib ketasanmi, degan savollaringiz ham bordir?

– Umuman…

– Bunaqa narsalarning taşvişini qilmay qöyaqoling. Har qanday şaroitda ham sizga işim tuşmaydi.

– Hozir gapiriş oson, Malika. Çunki bunaqa voqea boşingga tuşmagan. Undan keyin eringni begona ayollar bilan don olişib yurganini bilmaysan. Agar eşitsang, özingni qayerga qöyişni bilmay qolasan. Dunyo közingga qoronğu körinib ketadi. Yuriş-turişingda halovat yöqoladi, yeb-içişingda esa maza-matra bölmaydi. Hatto bolalaring ham senga yupanç bölişolmaydi. Şunday ruhan tuşib ketasanki, nihoyat, özingni özing öldirişga qasd qilasan. Biroq… öldira olmaysan. Oxirating kuyib ketişidan qörqasan. Bu yomon narsa, Malika. Avvalo boşingga tuşmasin. Tuşsa, sen mehr qöygan, pokdamon er deb yurgan aziz kişi yuzingga nohaq tarsaki tuşirganday yoki boplab tuflab yuborganday böladi. Keyin esa… bu dunyoda yolğiz qolgan yetim qözidek boşingga ne taşviş-u malomatlar, ne-ne körguligu jabr-jafolar tuşişini bilmay sarson-sargardon kezasan.

– Şifokorlik kasbini taşlab, falsafadan dars bermayapsizmi mabodo?

– Sen kulma, Malika. Bu şafqatsiz dunyoda nimalar bölmaydi, deysan. Kutilmagan voqealar, nohaqligu baxtsizliklar oldida boş egib qolişing mumkin. Bilmadim, öşanda ham kularmikansan yoki…

– Nimaga şama qilyapsiz? – Malika oldiga qöyilgan kosadagi ovqatni nariga olib qöydi.

– Ozgina içsang-çi! Qörqma, kuf-suf qilinmagan.

– Xuddi biror narsani biladiganday bemalol gapirganingizga hayron bölyapman-da.

– Hayron bölma, şunçaki söradim-qöydim. Eringga işonganing yaxşi, albatta. Faqat… juda qattiq işonaverma, demoqçiman, xolos. Ha, aytganday, sendan yana bir narsani söramoqçi edim.

– Yöq, rahmat, endi men turaman.

– Hozir, bir daqiqa. Söng ikkimiz birga turamiz. Men seni kuzatib qöyaman.

– Kerak emas! Men özim ketaman.

– Ha, yaxşi.

 * * *

Malika yolğiz qoldi degunça özi bilan özi gaplaşadigan bölib qoldi.

«Nahot Muzaffar akam menga xiyonat qilayotgan bölsa?» Öyida tinimsiz çarx urayotgan bu gumondan qutulişning çorasi yöq.

Keçalari uyquning örniga şu şubha paydo bölardi.

– «Oila va jamiyat» gazetasida «Endi nima qilay?» degan maqolani öqidingizmi? – söradi Malika dam oliş kuni eridan gap oliş maqsadida.

Tuşlikdan söng endi divanga yonboşlagan Muzaffar erinibgina xotiniga joy böşatdi. Malika erining yoniga ötirarkan, qölidagi gazetaga termuldi. Er-xotin bunday maqolalar yuzasidan tez-tez fikrlaşib turişlari bois, bu aslida odatdagi savol edi. Ammo şu safar Muzaffar peşonasini tiriştirdi. Söng qölini Malikaning yelkasiga asta taşlarkan, norozi qiyofada dedi:

– Ke, qöy, birovlarning muammosini. Işdan ham gap oçmasang, juda yaxşi bölardi.

– Nega endi? – ajablandi Malika erining qölini yelkasidan olarkan. – Yoki özingiz hayotiy biror voqea-ni gapirib berasizmi?

– Qanaqa voqeani?

– Deylik, sizni bir ayol yoqtirib qoldi. Uylanganingizni, hatto farzandlaringiz borligini ham biladi. Ammo şularga qaramay yoqib qoldingiz. Bu haqda noqulay bölsa-da u sizga gapirdi. Xöş, nima qilgan bölardingiz?

– Yoqtirişini davom ettirişini sörardim.

– Nima uçun?

– Bu uning şaxsiy işi. Istaganiça yoqtiraversin.

– Hazil qilmay gapirsangiz-çi!

– Hazili yöq, – jiddiy ohangda javob qildi Muzaffar. – Meniyam ayollar yoqtirsa, bu yaxşi gap-ku?

– Yoqib ketdimi, deyman. Balki, siz ham birortasini yoqtirib qolgandirsiz?

– Nega endi birortasini, masalan, menga köp ayollar yoqadi.

– Rostdanmi? Demak, menga xiyonat qilayotgan ekansiz-da…

– Yoqtiriş bilan xiyonat örtasida yer bilan osmonça farq bor, – Malikaning gapini çört kesdi Muzaffar.

– Keçirasiz, menimça, orasi bir qadam, xalos.

– Nahot?

– Ha, şunaqa.

– Lekin sen bu gal bahslaşmoqçi bölgan raqibga öxşamayapsan qandaydir… Özingni ğalatiroq tutyapsan-da. – Muzaffar oyoqlarini yiğib butun vujudi bilan xotini tarafga qarab ötirdi.

– Sizga köp ayollar yoqişini bilmagan ekanman.

– Raşk qilayapsanmi?

– Nega endi?

– Ayol kişi özining çiroyli odobi, muomalasi, yuriş-turişi bilan özga erkakning hurmat-eʼtiboriga sazovor bölişi mumkin. Bu munosabatlarning sevgi yoki xiyonatga umuman aloqasi yöq.

– Qaysi bir kitobda: mutloq vafoli erkaklarni «Qizil kitob»dan qidiriş kerak, deb yozişgan ekan.

– Balki bu gapni işxonangdagi ğiybatçi ayollardan eşitgandirsan?

Malika eriga tezgina qarab olarkan, kitobdan öqiganini taʼkidladi. Muzaffar xotiniga yaqinroq surildi.

– Şu bugun tinçgina dam olsak bölmaydimi?

– Bölmaydi.

* * *

Kuzning goh iliq, goh izğirinli kunlari qizğin iş bilan ötib borardi.

…Qiş boşlangan kunlarning birida endigina tuşlikdan qaytgan Malika stoli ustida daftar hajmiça keladigan oç jigarrang konvertni körib taajjubga tuşdi. Bir köngli Barnoni çaqirib söramoqçi böldi, ammo tezda fikridan qaytdi. Asta joyiga ötirarkan, qöliga qayçi oldi.

– Rasmlarmi?

Malika konvertni yonidan oçib uning içidan ançagina suratlarni oldi. Keyin ularga qörqibgina nigoh yugurtirarkan, birdan böşaşib ketdi: göyo ustiga kimdir muzdek suv quyib yubordi. Biroz öziga kelgaç rasmlarni bittalab köra boşladi. Ammo endi uning közlari kattalaşib, yupqa lablari titraşga tuşdi. Söng içida nimadir olovlandi, harorat butun vujudini qizdira boşladi. Şart örnidan turib ketdi. Rasmlarni stol ustiga yoyib taşladi. Nigohi suratdan-suratga ötarkan qanday qilib baqirib yuborganligini özi ham sezmay qoldi:

– Voy, iflos-yey!

Malika içidan toshib kelayotgan ğazab va nafratni bosa olmadi: stoli ustini sidirib yuborgandi, rasmlarga qöşilib turli qoğozlar ham polga yoyildi. Nogoh orqasiga yurgandi, kursi ağdarildi. Gursillagan ovozdan xavotirlandimi, eşikda kotiba qiz körindi.

– Yop eşikni!

Eşik qanday şoşib oçilgan bölsa, şunday tez yopildi. Fiğoni falakka kötarilgan Malika bir zum nima qilarini bilmay qoldi. Söng bilinar-bilinmas titrayotgan qöllari bilan stolga tayandi. Ammo bu holatda köp turiş mumkin emasdi. Istagan paytda xonaga kimdir kirib qolişi… Xudo körsatmasin, mabodo rasmlarga közi tuşsa… Malika aqlini yiğdi, tişini-tişiga bosganiça suratlarni töplab, yana konvertga joyladi. Iş joyini biroz tartibga keltirgan böldi, keyin asta divanga kelib ötirdi.

«Voy ölay, endi nima qilaman!». Malika içida boşlangan ğalayonni bosiş uçun közlarini yumdi, boşini divanga qöydi. Yöq, u xayollar girdobidan qutulolmadi.

… Şahd bilan yotoqxonaga kirgan Malika yanglişmagandi. Işdan kelgan Muzaffar kiyimlarini almaştirgaç, odatdagiday bir zum dam oliş uçun örniga çözilgan edi. Malika eşikni ziçlab yopgaç, qölidagini eriga otdi. Muzaffar epçillik qilib ilib olmaganda, yarim kiloça keladigan konvert «şap» etib yuziga tuşişi aniq edi.

– Nima bu? – xotinining kutilmagan zardasidan jahli çiqsa-da er özini qölga oldi. Töğrisi, rangi oqarib titrab-qaqşab turgan Malikaning tajovuzkor holati aççiqlanişiga yöl qöymadi.

– Siz, siz munofiq, ekansiz. Bildingizmi?

– Munofiq!

– Ha, undan ham battarsiz. Sizdan nafratlanaman! Uyatsiz! Xotinboz! Xöş, kim u? Qaysi öynaşingiz?!

– Qayerdan olding bularni? – nihoyat tilga kirdi Muzaffar. U ösal bölganidan şunçalar qizarib-bözarib ketgandiki, umrida heç qaçon bunaqangi ayanç-li ahvolga tuşmagan edi.

– Nima işingiz bor? Nima, xotinim menga işonadi, orqamdan poylab yurmaydi, istagan paytimda maişat qilaveraman, deb öylaganmidingiz! Odamlar gapirişganda işonmagandim, endi öz közim bilan körib turibman. Keç bölsayam, közimni moşdek oçib qöyişdi. Afsus, şunça umrim bekor ketdi. Tanlab-tanlab xotinboz bir şoirga erga tegibman-a!

– Böldi, bir pas şoşmay tursang-çi!

– E-e, yöq, endi, siz şoşmay turing. Meni şu paytgaça laqillatib yurganingiz yetar. Nahot, umid bilan bir yostiqqa boş qöygan, buning ustiga sevib uylangan er fohişa bir ayol bilan köça-köyda quçoqlaşib, öpişib yursa? Hali, boşqa holatdagi suratlaringiz ham bordir? Ularni qaçon olaman!

– Nimalar deyapsan, Malika! – Muzaffar rasmlarni otib yubordi – Bular ğirt tuhmat-ku! Men umuman begona ayol bilan bölmaganman!

Bu gapni eşitib Malika battar tutoqib ketdi. Rasmlar içidan birini qöliga oldi-da barmoği bilan niqtab dedi:

– Unda, mana bu qaysidir köl böyida yalanğoç ayolning ustida yotganingiz ham yolğonmi? Ana şu fohişa bilan maşinada öpişib turganingiz-çi?

– Hozir senga hammasini tuşuntirib beraman. Ötir, – Muzaffar örnidan turib Malikaning qölidan uşlab ötqazmoqçi böldi.

Malika şart qölini tortib oldi.

– Keragi yöq, şundoq ham hammasi oydek ravşan! Endi siz bilan yaşaşga or qilaman. Marhamat, mard bölsangiz, uyni böşatib qöying. Bölmasa, men ketaman. Bolalarimni olamanu, boşim oqqan tomonga jönayman!

– Malika, Malika, – xotinini tinçlantirişga urindi Muzaffar.

– Siz bilan boşqa gaplaşmayman. Uruş-janjal ham qilmayman. Yaxşilikça ajraşaman-qöyaman.

– Gapimga quloq solmaysanmi?

– Yöq.

– Avval eşitsang-çi? – astoydil jahli çiqdi Muzaffarning.

– Agar men nomusimni saqlay olmaganimda, qölingizga begona erkak bilan öpişib turgan rasmlarimni berib ketişganda siz nima qilgan bölardingiz? Meni keçirarmidingiz? Gapiring!.. Yana şunaqa, piçoqni avval özingga ur, oğrimasa birovga! Gap tamom! – Bevafo erning keragi yöq, menga.

– Şunaqami? Tuşunişni istamaydilarmi? Yaxşi, keyin afsus qilmaydilarmi?

– Afsus qilsam, ersiz ötarman.

– Nimayam derdim, – bir oz öylanib turgan Muzaffar eşik tomonga yönaldi. – Ammo ketiş oldidan bir gapni aytib qöyay. Men bu ayol bilan umuman birga bölmaganman. Xohla işon, xohla işonma. Biroq atay uyuştirilgan qandaydir bölmağur rasmlarni deb ajralib ketişimiz bu ğirt ahmoqlik. Qöyayotgan şarting ahmoqlikdan boşqa narsa emas. Kimdir bizni uruştirib qöymoqçi. Ajrab ketişimizni xohlayapti. Mana bu rasmlarga qarab şunday xulosaga keldim. Sen esa qaysidir ğalamisning böhtonlariga darrov işonyapsan, öylamay-netmay laqqa tuşyapsan.

– Suratlar tuhmat emas. Sizning jirkanç başarangizni foş qiluvçi haqiqat ular! Özingizni oqlamay qöya qoling. Siz bilan bir daqiqa ham yaşay olmayman.

– Bolalarni tirik yetim bölişini istaysanmi?

– Ularga ham xotinboz ota kerak emas. Agarda mana bu rasmlarni körişsa bormi, bir umr aftingizga qaraşmaydi.

– Jinni böldingmi?

– Unda tinçgina keta qoling.

– Demak, oxirgi gaping şu!

– Ha!

Muzaffar noiloj kostyumini yelkasiga taşladi. Malika nimadir demoqçi bölgan iltijoli nigohlardan közini olib qoçdi.

Eşik «Qars» etib yopildi.

Biroq xiyol ötmay eşik qayta oçilganday böldi. Malika «Uf» tortib yölakka çiqarkan «Yana nega qaytdingiz?» deb eriga jahl qilmoqçi edi, biroq… tili gapga aylanmadi: lang oçilgan eşik oldida tirjaygança Bahrom turardi.

Malika turgan joyida qotib qoldi. Qörqib ketganidan ranglari oqardi. Öziga kelib eşikni yopmoqçi bölgandi, nimagadir qoqilib yiqilib tuşay dedi. Şunda u seskanib ketdiyu…

Xayolini yiğib oldi.

Içiga tuflab qöygaç, asta örnidan turdi. Xonadan çiqar ekan, öyladi: «Nahot, bu rasmlar rost bölsa? Bahromning yoz böyi qilgan işi şumikin hali?. Nima qilsam ekan-a? Avval tekşirib körsammikin? Ha, aytganday, avval Baxtigul bilan maslahatlaşsammikin?»

Malika uyga yetib kelgunça tuzgan rejasini hozirça sir tutişga qaror qildi.

* * *

U işdan şunçalar horib qaytdiki, na keçki ovqatni yeyişga, na bolalar bilan gaplaşişga kayfiyati bölmadi. Özini qölga olişga qaror qilgani rost, biroq içki bir iztirob, darz ketgan yurak tuğyoni yetilib kelayotgan vulqonni eslatardi.

Soat ön birga yaqinlaşganda eşik qönğiroği çalindi. Bolalari uxlab qolgan şekilli, qönğiroq qayta ovoz berdi. Malika noiloj örnidan turdi. Qovoqlari osilgan, ovzoyi buzuq eriga közi tuşib hayron böldi va istar-istamas salom berdi-da oşxona tomonga ötib ketdi.

Tişini tişiga qöyib çoy qöydi, qizi tayyorlagan ovqatini isitdi. Biroq Muzaffar hadeganda yotoqdan çiqavermadi. Odatda u işdan keç kelişiga qaramay, uyga quvnoq kayfiyatda qadam ranjida qilardi. Kiyimlarini tez almaştirardi-da «Xöş, jonim, bugun qöllaridan qanday taom yeymiz?» deya oşxonaga kirib kelar, sevimli yorini yelkalaridan quçib (agar bolalar bölmasa), böynidan asta öpib qöyardi. Bunga örganib qolgan Malika şu tobda aççiqlangan holatda bölişiga qaramay biroz xavotirlandi. Keyin öyladi: «Rasmlarni kördimikin? Balki şuning uçun kayfiyati yöqdir?».

Malika dasturxon yozişdan avval, nimadir bahona qilib xonalariga kirdi. Kirdiyu işdan qanday kiyimda kelgan bölsa, şundayiça öringa taşlagan erini körib battar taajjublandi. Dim tuşgança yotgan Muzaffar oyoq tovuşini eşitsa-da ögirilib ham qöymadi.

– Nima yotiş bu, Mu…, – nihoyat tilga kirib söradi zardasi toşgan Malika, biroq u erining ismini aytib çaqirişdan özini tiydi.

– Nima gap? – Birozdan söng yana qaytardi Malika.

– Işdan böşatişdi, – dedi Muzaffar boşini salgina kötarib, lekin uning ovozi juda zaif eşitildi.

– A-a…

Malika tilini tişladi: sal bölmasa «Ajab böpti!» deb yuborayozdi.

– Nega böşatişdi? – özini xotirjam tutişga uringan Malika beixtiyor deraza raxiga suyandi.

Muzaffar istamaygina yonboşiga ağdarildi. Söng xotiniga köz qirini taşlarkan, ğijinib gap boşladi.

– Bir firibgar ayol meni toza bopladi. Biz uni tuppa-tuzuk şoira deb yursak, uçiga çiqqan ğirt köçirmaçi ekan. Zulfiyaning şeʼrlarini faqat sarlavhasini özgartirib olib kelsa, qaramasdan bosib yuboribmiz. Mana, – Muzaffar yon çöntagidan ikki bukilgan jurnalni olib oyoq tomoniga taşladi. – Padaringga ming laʼnat.

Malika jurnalni varaqlar ekan, uning örta sahifasida jilmayib turgan ayolga nigohi tuşdi-yu… birdan quti uçib közlari qinidan çiqib ketayozdi.

– Axir bu, bu… – nafrat tuyğusi şunçalar kuçli ediki, u birdaniga portlagani tufayli Malikaning böğziga tiqildi.

Muzaffar yalt etib xotiniga qaradi. Malika rasmlarni özi bilan olib kelmaganiga juda afsuslandi. Agar yonida bölganda rosa mavrudi kelgan ekan-da: suratlarni bitta-bitta erining başarasiga otardi. «Manavi öynaşingiz-ku bu ayol!» deb şarmandasini çiqarardi.

Malika jurnalni beixtiyor ğijimlay boşladi. Muzaffar uning bu qiliğini tuşunmay angrayib qoldi. Vujudini nafrat tuyğusi egallay boşlagan ayolning xayolidan ayni paytda. «Aldagan bölsa, juda boplabdi. Sizga öxşagan xotinbozlarni xuddi şunaqa qilib taʼzirini beriş kerak. Tavbasiga tayantiriş zarur!» degan fikr keçdi.

– Senga nima böldi, Malika? – örnidan turib ketgan Muzaffar xotiniga yaqinlaşdi.

– Qaytar dunyo deb şuni aytsalar kerak-da. Birovni aldamoqçi bölasan-u, ammo özingni özing aldayotganingni bilmaysan. Qilgan gunohimni heç kim körmayapti, deb öylaysan. Ammo bir kun kelib şunday şarmandayi şarmisor bölasanki…

– Nima deganing bu?

– Tuşunmadingizmi?

– Yöq.

– Qiziq… şu narsani deb işdan böşatişdimi?

– Ha.

– Avval tanimasmidingiz bu ayolni?

– Bir-ikki körganman, – dedi Muzaffar ança siniq ovozda. Biroq sal ötmay qiyofasiga jiddiy tus berdi. – Mening örnim kimgadir kerak bölgan. Bölmasa, bunaqa materiallarni nazm bölimi tayyorlaydi. Şeʼrlarni tekşiriş ham ularning vazifasi. Ammo… kaltak negadir mening boşimda sindi. Ha, mayli, bu kunlar ham ötib ketar.

Muzaffar xotinining qölidagi jurnalga qöl çözar ekan, hamon hayratda edi. Közlarida ğazab uçquni saçrayotgan Malikaning ayni paytdagi holati vahimali edi. Uning nimadir demoqçi bölib turganligini Muzaffar içki bir tuyğulari ila sezib turardi. Ğijimlab taşlangan jurnal, goh qimtilgan, goh bilinar-bilinmas titragan nozik lablari, baʼzida maʼyus, baʼzida esa çaqnab turgan şahlo közlari Muzaffarni taajjubga solar, göyo u qandaydir sirdan voqif, nimanidir biladiyu, ammo aytişga qiynalayotganday tutardi özini.

– Jurnal menda turadi.

– Nega? – battar hayratlandi Muzaffar.

– Sizni işdan olişgan kundan esdalik uçun. Undan keyin mana bu ayol menga yoqib qoldi. Baʼzida suratini körib turaman.

– Ustimdan kulyapsanmi? – dedi Muzaffar biroz sarosimaga tuşib.

– Nega endi? Mening erimni şarmanda qilib obrösini tuşirgan, jonajon işidan ketişga majbur qilgan soxta şoira bilan bir uçraşmoqçiman.

– Nima? E, qöysang-çi bölmağur gapni. Men özim…

– Tilingiz qisiq joyi yöqmi, işqilib? – Malika xonadan çiqarkan, erining gapini böldi.

– Yööq, – dedi Muzaffar böğiq ovozda.

Malika erining yonidan ötarkan, közlariga razm taşladi. Muzaffar doska oldida savolga javob bera olmagan öquvçiday birdan qizarib ketdi, söng negadir yutinib qöydi.

Malika boşqa indamadi.

Xonadan çiqib ketişi bilan Muzaffar özini yana öringa taşladi.

* * *

Keyingi kunlarda Malikaning qöli işga bormay qoldi. Göyo kimdir uning orzu-umdlarini çilparçin qilgan-u endi kelajakdan najot yöq. Rahbarning ğayrat-şijoati sönganini xodimlar allaqaçon payqaşgan, işdan ketgan eri töğrisidagi miş-mişlarni ham eşitib ulgurişgan. Ammo bular haqida heç kim göyo gaplaşmaydi. Bir qaraşda har kim öz vazifasini bajariş bilan band: ortiqça gap-söz eşitilmaydi, bekorçi yugur-yugur közga taşlanmaydi.

Malika hamkasblarining samimiy munosabatlarini sezib tursa-da, lekin nazarida ular sal boşqaçaroq bölib qolganday tuyulardi. Aslida u özini qiynar, içidan zil ketar, mehr qöygan eri xiyonat qilganiga sira çiday olmayotgan edi. Fiğoni kökka kötarilgan paytlarda «hozirça jim turiş kerak» degan qarorni buzib, eri bilan orani oçiq qilib olgisi kelardi. Şunda sal hovuridan tuşarmidi, alami bosilarmidi.

Şubha-gumon ayolning içini kemirib borardi. Öylagan sari öyining adoğiga yetolmasdi. Tunov kungi suhbatdan keyin eridan butunlay köngli qoldi. Demak, özini şoira deb taniştirgan anavi ayolni avvaldan yaxşi bilgan. Pinhona uçraşib turgan, şuning uçun şeʼrlarini jurnalda çiqargan. Voy pismiğ-yey, yana tilim qisiqlik joyi yöq, deydi-ya? Eridan nafratlana boşlagan sari, qandaydir kuç uning quloğiga şivirlay boşladi.

«Eringga böş kelma, şart borib yoqasidan ol. Rasmlarni körsatib, şarmandasini çiqar. Nimani kutyapsan? Seni mensimay, oyoqosti qilgan bevafo erkakni nega ayab ötiribsan? Xiyonatini foş etmaysanmi? Gaplariga işonib ötiribsanmi? Topgan bahonasini qara, bölimdagilar aybdor emiş. Axir rasmlardan körinib turibdi-ku bu ayolning kimligi. Tili qisiq bölgani uçun ham özi körsatma bergan, hatto körib, tekşirib çiqişlarigayam vaqt qoldirmagan. Boşliqning dağ-dağasidan qörqqan-da u beçora xodimlar ham. Ha, bu yerda ering aybdor. Buni özing ham bilib turibsan. Şunday ekan, uni ayab ötirma! Xiyonat qiliş qanaqa bölişini körsatib qöy. Nima, sening orqangdan yurganlar yöqmi? Butun boyligini oyoğining ostiga taşlayman deganlar qança. Hamon gul kötarib kelib turganlar ham bor. Sen bölsa, özingni faqat eringga bağişlab yuribsan-a… Qadringga yetmagan odamning boridan yöği yaxşi. U ham xor-zor bölişi kerak. Qörqma, ersiz ölib qolmaysan. Qani, tur, öylanma!»

Malika bunday noxuş öylardan bazör qutulardi. Baʼzida yuragi ezilib, közlaridan şuv etib yoş oqardi. Keyin birortasi körib qolmasin, deb şoşa-pişa artişga tuşardi. Özini qölga olganda esa yana bir qandaydir kuç uni yovuz fikrlardan voz keçişga undardi.

«Sabr qil. Şaytonning gapiga quloq solma. Sen hali qayerdan bilasan, balki bularning barini haqiqatdan ham kimdir atay uyuştirgandir? Hamma rasmlarda, hatto jurnaldagi suratda ham öşa ayol ekan, bu bir kişining duşmanlik işi ekanligiga nahot aqling yetmayapti? Eringni işdan böşatiş, sening mustahkam irodangni sindiriş, nomusingni bulğaş uçun ataylab qilingan bölsa-çi. Yaxşilab öyla, Malika. Bir tomonda farzandlaringning böyi yetib turibdi. Oldinda qator-qator töylar bor. Agar ajraşsang kuning kimga qoladi? Niyati buzuq Bahromgami? Bu köngilsiz voqealarni u sodir qilayotganini nahot payqamayotgan bölsang? Agar yodingda bölsa, «Isbotlab beraman» degandi. Mana qandaydir yöllar bilan isbotladi ham. Xöş, endi uning gapiga, u olib kelgan behayo rasmlariga işonişing kerakmi? Sen aqlli ayolsan. Yetti ölçab bir kesişing zarur. Keyin afsus-nadomat qilganingni foydasi yöq. Oila muqaddas narsa. Uni asrab-avaylaş köproq sen kabi oqila ayollar qölida. Duşmanning sinov uçun bergan yolğon zarbidan darrov özingni yöqotib qöyma. Aql bilan iş tut. Sabr tagi oltin, deb bekorga aytişmagan. Sabr-qanoatli böl, Malika!»

Şörlik Malika ikki öt orasida qolgandi. Nima qiliş kerakligini bilolmay, hayron. Sabr qilay desa, erini körgan sari yonib ketardi. Yoqasidan olay desa, sal narida tirjayib turgan Bahrom köziga körinardi…

Allamahalgaça qizining yonida yotgan Malika beixtiyor marhuma onasini esladi. Rahmatli bir gapni köp takrorlardi. «Eşit, – derdi qizini yoniga ötkazib olib.

– Insonning ikki yelkasida bittadan farişta ötiradi. Çap yelkasidagi farişta gunoh işlarini, öng tomondagisi esa qilgan savobu yaxşiliklarini yozib turadi. Yaratgan egam öz bandalariga mehribon zot. Buni qara, agar bandalarim savob iş qilsa, darhol yozinglar, deb öng yelkada ötiradigan fariştaga körsatma bergan ekan. Mabodo gunoh qilib qöysa, çap yelkadagi fariştaga sabr qilişni uqtirgan ekan. Yaʼni «Ertalab gunoh iş qilsa peşingaça, agarda kunduzi sodir etsa, keçqurungaça yozmagin, balki bandam öz gunohiga dildan iqror bölib, astoydil tavba qilsa, men uni mağfirat qiluvçiman», deb amr qilgan ekan. Bu gaplarda hikmat köp, qizim. Odamzot şaytonning emas, rahmonning gapiga quloq solişi zarur. Şundagina qilgan işlaridan puşaymon bölmaydi. Doimo sabrli böl, ona qizim!»

Malika marhuma onasi bilan xayolan gaplaşganiça tunlarni bedor ötkazardi. Faqat tongga yaqingina közi ilinib bir zumgina orom olardi. Biroq u uyqusida ham tinç yotmasdi, tuşida kimlar bilandir uruşib çiqardi, ertalab turganda butun vujudi zirqirab oğrir, battar toliqqan, battar ezilganday his etardi özini. Na keçasi, na kunduzi tinçlik yöq edi beçora Malikaga.

Baʼzida keçalari böladigan ayoz göyo qattiq qişdan darak berardi…

* * *

Yöq, endi bunday yaşay olmaydi. Qaçongaça qöl qovuştirib ötiradi. Yuragini ezib, öziga özi azob bergani yetar. Turmuşi qanday osuda edi-ya. Tinç hayot yölida bezori Bahrom paydo böldiyu hamma narsa ostin-ustun bölib ketdi. Endi işining qiziği ham, yelib-yugurişining maʼnosi ham yöqolganday. Eridan-ku butunlay köngli qoldi. Rasmlar ming uyuştirilgan bölsa-da öşa benomus ayolni suvdan kötarib çiqqani, qirğoqqa yotqazib öpgani rost emasmi? Axir hammasi aniq-tiniq körinib turibdi-ku. Yana qanaqa isbot kerak?

Erining behayo qiliqlari muhrlangan suratlarni öylar ekan. Malika tutoqib ketardi. Şunday paytlarda yuragi zardobga tölib ketgan ayol şart örnidan turib raqibi bilan kuraşga otlanganini özi ham sezmay qoladi. Ha, heç narsani kutmaydi, ortiqça sabr ham qilmaydi. Endi uning yöqotadigan narsasi yöq, hoziroq borib Bahromning yoqasidan oladi.

Endi eşik tutqiçini uşlagan paytda qandaydir kuç uni yana töxtatdi. Sabr qilişga undadi. «Sabr! Axir qaçongaça! Undan keyin nimani kutaman? Erim, otasi qarib qolganligini bahona qilib Jizzaxga ketib qolgan bölsa, Bahromning kelişini, yuragimni tiğlab ketişini kutaymi? Axir bardoşim tugab boryapti-ku. Dardimni kimga aytay? Kimdan yordam söray?»

Malika köz yoşlarini tiyolmay, yiğlab yubordi. Noiloj ortiga qaytdi. Ötirsa, beayov öy, şafqatsiz xayollar yana fikru zikrini yana öğirlaşini bilib, derazadan taşqariga – keça nogoh yoğib ötgan birinçi qorga termuldi.

Maktabdan qaytayotgan bolalarning şodon qiy-çuvi olamni buzardi. Öğil bolalar qor bahona qizlarning ortidan yugurişadi. Goh uzoqdan qor otişadi, goh yaqin kelib yuziga muzdek qorni işqab ketişadi. Göyo şu bilan özlarining borligini maʼlum qilganday, qandaydir eski alamlaridan: balki yozgan xatlarini öqimay yirtib yuborganmi yoxud bergan gullarini olmaganmi, işqilib ham jahl, ham mehr aralaş ayab-ayamay xumoridan çiqib olişayotganday. Lekin qizlar ham anoyi emas çoği, öçini oliş uçun haddidan oşgan bolalarni quvlab ketişadi.

Beğubor yoşlik, mehr-muhabbat töla nodonlik. Hazil-huzil ila ötayotgan betakror damlar. Malika bu quvnoq manzaraga tikilarkan, miyiğida kulib qöydi.

Biroq uning xayoli tiniqlangan damlar uzoqqa çözilmadi. Eşik oçilib heç kutilmaganda ostonada Bahrom paydo böldi. U sipo kiyingan, yuriş-turişlari avvalgiday şiddatkor emas, özini bosiq tutişidan ança quyilib qolganga öxşaydi.

– Niyatingizga yetdingizmi? – dedi Malika salomga alik oliş örniga.

– Qanaqa niyatimga? – allaqaçon divanga borib ötirib olgan Bahrom peşonasini tiriştirdi.

– Rasmlarni kim jönatdi menga? Bu sizning işingiz! Odam degani ham şunaqa pastkaş böladimi?

Hamon deraza yonida turgan Malika kesib-kesib gapirdi. Bahrom özini heç narsadan xabari yöqday tuta boşladi.

– Rasmlar? Nimalar deyapsan, Malika.

– Siz nima qilgan bölsangiz, şuni gapiryapman! Lekin bu nomardning işi, bilib qöying! Yana sevaman deb oğiz köpirtirasiz-a? – dedi jahl bilan Malika.

– Sevişim rost. Faqat…

– Bas qiling! Çiqing, xonamdan!

– Xafa böldingmi? Sen mendan emas, jonajon eringdan xafa bölişing kerak. Agar bilsang, menga rahmat aytişing lozim. Közingni moşdek oçib qöydim, qanday ablah odam bilan yaşayotganingdan ogoh etdim. Muzaffarni xiyonatkor, razil odam ekanligini, senga bevafolik qilib yurganini isbotlab berdim. Xöş, gapimga endi işondingmi? Kuppa-kunduzi begona ayol bilan quçoqlaşib, öpişib yuriş sevgan odamning işimi? Mana, yana bir marta körib qöy. – Qizişib ketgan Bahrom kostyumining çöntagidan bir dasta suratlar çiqarib Malikaga uzatdi, – Ma, ol! Xöş, gapir. Seni biror marta çömilişga olib borganmi? Mana bu ayolga öxşab, mehr bilan ikki qöllab kötarganmi? Yoki «Moviy gumboz»ga olib borib qöllaringdan uşlab şirin suhbat qurganmi?

Malika tomoğiga tiqilgan taxir narsani arang yutdi. Bahromning qölidagi rasmlarga qaragisi, erining yangi sarguzaştlari bölsa, tomoşa qilgisi keldi. Biroq…

– Şunaqa pastkaşlik qilişdan uyalmaysizmi?

– Bu pastkaşlik emas. Agar bilsang, bu – bir vaqtlar mehri tuşgan va sevib qolgan, ammo unga yetişolmagan ayolni bevafo eridan himoya qiliş deyiladi. Ke, qöy, Malika, Muzaffar özi senga munosib emasdi. Faqat çiroyli gaplari, sevdim-kuydim degan şeʼrlari bilan boşingni aylantirgandi xolos. Şirin sözlarga mahliyo bölib qanday turmuşga çiqqaningni özing ham bilmasang kerak. Mendek ğururi baland, töğri söz, haqiqiy sevgan yigitlar esa past ketmaganmiz. Xöş, mendan ustun qöygan ering, şumi?

– Sizning işingiz bölmasin, bildingizmi? Marhamat qilib, xonani böşatib qöying.

– Haydamasang ham ketaman. Lekin mendan bekorga ranjiyapsan. Öşanda gapimga işonmaganding, men faqat uni isbotlab qöydim xolos. Mana, eringni kimligini bilib ham olding. Nima, yomonmi? Axir u seni bir umr aldab yurişi mumkin edi-ku. Quda-andali bölganda bilib qolsang, nima bölardi? Bunday şarmandalikka çiday olarmiding? Bilsang, men seni botqoqdan çiqarib qöydim. Körnamak eringni kimligini vaqtida bilib olding. Endi nima qiliş kerakligini özing bilasan. Ha, aytganday, Muzaffar bilan ajraşmadingmi?

– Ajraşgandir, deb öyladingizmi? Beçora Malika ersiz qolgan bölsa, boraqolay deb kelibsiz-da.

– Birga yaşayapsanmi?

– Ha.

– Yolğon gapirma. Men hammasini bilaman. ZAGS ga ham borib keldim. Ajraşdi, deyişdi. Keçaginda uyingga telefon qilib öğlingdan sörab olganman. Ering allaqaçon ketib qolibdi-ku, kimni aldayapsan?

Malikaning yuziga nim kulgu yugurdi. Şkaf tomonga qarab asta qadam taşlarkan, rejasi töğri çiqqanligidan içida xursand böldi. Demak, «Nikoh uyi»ga borib töğri qilgan ekan. Yaxşiyam har ehtimolga qarşi deb u yerdagilarni ogohlantirib qöygani. Öğli ham uqtirgan gaplarni aytibdiki, boplabdi. Malika psixolog dugonasidan yana bir bor minnatdor böldi. Töğri aytgan ekan. Nahot şunday iş bölişini oldindan sezgan bölsa?

Şkafni oçgan Malika u yerdan konvertni oldi-da kelib Bahromning oldiga taşladi.

– Olib keting! Endi hammasi kunday ravşan.

– Mendan xafa emasmisan?

– Yöq, rahmat sizga. Könglingiz joyiga tuşgan bölsa, marhamat, keting endi.

– Mening maqsadim bunaqa emasdi, Malika. Senga döstlikni taklif qilgandim.

– Hayotimni zaharlagan odamni körarga közim yöq.

– Hayoting hali oldinda, Malika, – Bahrom rasmlarni konvertga joylagaç, örnidan turib stulga kelib ötirdi. – Faqat meni yoningdan haydamasang, bas. Sen uçun jonimni berişga tayyorman.

– Keting!

– Bir marta bağrimga bosmagunimça tinçimayman.

– Ketasizmi-yöqmi?

– Sen yana jahlimni çiqaryapsan, – Bahrom birdan yumşadi. Qölidagi konvertni stol ustiga taşlab içidan rasmlarni qayta çiqardi. Şoşmasdan körarkan, ham açiniş, ham piçing, ham ğaraz aralaş gapida davom etdi. – Aslida ering bilan ajraşganing çakki bölibdi. Sal şoşibsan. Bu noxuş manzaralarni atay suratga olganimni sezmadingmi? Sezgansan, biroq Muzaffarni keçirmagansan. Lekin mana bu ayol «Şoira qiz» rolini toza boplab ijro etdi-da. Suv tegsa borligi bilinmaydigan çömiliş kiyimlari bilan seni doğda qoldirdi. Atay özini çökkanga solsa, ering beçora uni ikki qöllab qutqarib yuribdi. Qirğoqqa çiqqaç soddalik qilib nafas olişini tekşirsa, şoira qizimiz uni şart öpib oladi. Söng bağriga tortadi. Qanday ajoyib köriniş. Mana, bu-çi? Maşinada ham ssenariy böyiça böyniga osilgan va öpib olgan. Xullas…

– Gapingizni ğirromlik bilan isbotlabsiz-da.

– Agar xohlasang hammasini yondirib taşlayman. Hali sendan boşqa heç kim bilmaydi. Istasang, keçirim sörayman. Tiz çökişga ham tayyorman, Malika. Qilgan gunohimni oqlay, xöp, de. Men ahmoq qaysarligingni bilardim, ammo irodang sinsa, qiynalsang, taklifimga rozi bölarsan, deb öylagandim.

– Heç qaçon!

– Eringni işiga qayta tiklab qöysam-çi?

– Kerak emas!

– Yaxşilab öylab kör, Malika.

– Juda yaxşilab öylaganman. Endi öç oliş navbati menga keldi. Sizni ham şunday şarmanda qilayki, birovning şirin oilasini ikkinçi buzmaydigan bölasiz. Men bu işga heç kimni aralaştirmagan edim. Endi kerakli odamlarni işga solaman. Yalanğoç holatda darvozangiz tepasiga osib ketişadi sizni! Bola-çaqangiz, qöni-qöşnilar bir tomoşa qilişsin. Böyningizga şunday xat yozib ilib qöyayki, öqiganlar aftingizga tuflab ötişsin. Şunaqa, endi orqaga qaytiş yöq. Mard bölib maydonga çiqdingizmi, bu yoğiga ham çidaysiz!

Malika Bahromning rangi özgara boşlaganini körib gapini tugatdi va heç nimaga qaramay şart xonadan çiqib ketdi.

Bunday gaplarni kutmagan Bahrom xiyol vaqtgaça örnidan qözğala olmadi. Söng hozir qölga tuşib qoladigan öğriday sekingina poliklinikani tark etdi. Oradan heç qança ötmay Toşkent halqa yölida paydo bölgan «Mersedes» rusumli maşina Yangiyöl şahri tomon şiddat bilan burildi…

* * *

Oradan uç-tört kun ötib qabulxonada yana telefon ketma-ket jiringladi. Beixtiyor trubkani quloğiga tutgan Malikaning qovoği uyulib, peşonasi tirişdi.

– Yaxşimisan, Malika… Bahromning taniş tovuşi eşitildi göşakdan. – Nima işim bölardi. Soğ-ligingni, tinç yurganingni bilmoqçiydim… yaxşi bölsa, xursandman… Yöq, şoşmay tur. Senda zarur işim bor. Telefonda aytib bölmaydi. Körişim kerak. Qaçon boray?… Yöq dema, bölmasa, ogohlantirmay kirib boraveraman. Nima, işxonangda janjal kötarişimni xohlayapsanmi? Körarga közing yöq bölsa-da, körasan! Gaplarimni eşitasan! Ertaga albatta boraman. Allo, nega indamaysan? Allo, gapirsang-çi?

– Yana nima istaysiz mendan?

– Yaxşilab gaplaşib olişimiz kerak.

– Istamayman!

– Unda, ertalabdan borib olaman-da, «Malika, menga turmuşga çiq!» deb baqira boşlayman.

– Bu hafta işlarim juda köp.

– Unda keyingi xafta boraman. Xöş, duşanba oğir kun, seşanba… seşanba bemalol. Allo, eşityapsanmi? Seşanba kuni albatta boraman, kelişdikmi? Nega endi, keçga yaqin? Menga farqi yöq! Böldi, böldi, kelişdik.

Bahrom göşakning peşonasidan öpib, asta joyiga qöydi. Oğzining tanobi qoçdi. Nahot, Malika özgarib qolgan bölsa? Undan osonlikça qoçib qutulolmasligini bildimikin? Yoki eriga aççiq qilib… qiziq? Lekin u darrov taslim böladigan ayollardan emasdi-ku? Nima jin urdiykin?

Aylanma kursida huzur qilib ötirgan Bahrom goh taajjubga tuşsa, goh şirin xayollarga berildi. Işni öylamaslik uçun kotibani çaqirib, biror soat bezovta qilmasligini tayinladi.

«Malika, Malika. Nahot taklifimga rozi bölsang? Axir sen or-nomusni har qanday narsadan yuqori qöyarding-ku? Nima böldi senga? Yolğiz qiynaldingmi yoki pulga zoriqdingmi? Iş tugaşiga keling, deyişingni tuşunolmay qoldim. Rostdan ham men bilan gap-laşging kelyaptimi yoki atay şunday dedingmi? Balki öylab körib hamon yaxşi körişimni tuşungandirsan-da. Lekin seni oğir taşvişga qöydim. Tinçgina turmuşingni buzib, yuragingni tilka-pora qildim. Sen meni aslo keçirmaslikka haqqing bor edi. Hatto ismimni eşitişga toqat qilolmasding-ku, Malika? Nima böldi senga?

Men esa sendan aslo xafa emasman. Xira paşşadek atrofingda aylanaversam-da, aslida sening harakatlaringni töğri deb baholayman. Içimda, haqiqiy pok ayol şunday bölişi kerak, deb tan beraman. Eringga bölgan sadoqatingga, mehr-muhabbatingga lol qolaman. Seni öylasam, işxonamdagi köz suzib işva qilayotgan baʼzi juvonlardan nafratlana boşlayman. Ularni ezib taşlagim keladi. Baçkana qiliqlarini körib ensam qotadi. Bir oğiz gapimga «yöq» demay, «Öylab köriş kerak» deb nozlanişini körib, yoqamni uşlayman. Keyin menga nima, deb qöl siltayman-da, ularni mayna qilaman, ustidan kulaman, bu kuningdan battar böl, deb xörlayman. Sen esa… butunlay bölakçasan, Malika. Öz qadringni bilasan. Uni xor qilmaysan, birovga ham xor qildirib qöymaysan. Şundanmi, oldingga intilaveraman. Sen bilan dildan suhbatlaşgim, qilbimdagi dardlarimni, içimni kemirayotgan iztiroblarimni tökib soçgim keldi. Göyo faqat sengina ularni tuşunadiganday.

Xotinimni sevmasligim rost. Uylan, deyişdi, uylanganman. Biroq könglimdagi ayol bölib çiqmadi, şundanmi, hamon befarqman. Negaki, dilgir emas, pokiza emas. Erkak kişi bora-bora xotinning turuş-turmuşiga, tabiatiga könikib ketarkan. Menday yigitga nega şunaqa anqov xotin uçraydi, deb baʼzida yonib ketaman. Uni senga taqqoslaymanu hayotimdan noliy boşlayman… Sen latofatli ayolsan, Malika. Senga uylanganimda albatta baxtli bölardim. Armonsiz yaşardim. Ne qilayki, taqdirimiz boşqa-boşqa ekan.

Biroq men seni yana uçratdimu qaytadan darveş bölib qoldim. Bilmadim, bu sevgidanmi yoki hirsdanmi, ajratolmay halakman, Malika. Qaysarliging, çörtkesarliging, menga bölgan nafrating, oilangga çeksiz sadoqating va oyday husnu jamoling, hamma-hammasini qöşganda ham seni unutolmayapman. Neçun? Buni özim ham tuşuna olmayman! Qalbimdagi şu ğala-ğovur fikrlarni senga aytgim keladi. Ammo… endi aytolmasligimga közim yetib turibdi. Yomon körib qolding. Meni körişni ham, eşitişni ham xohlamaysan.

Aslida… senga yomonlik qilmay, boşidanoq döst tutinsam bölarkan? Şunda sening nafratingga emas, hurmatingga sazovor bölarmidim.»

Bahrom kunni şu tarzda keç qildi. Allamahalgaça uxlolmadi. Xotini Malohatning «Hm, nega, uxlamayapsiz?» deb bir-ikki turtib qöyganiga deyarli ahamiyat qilmadi. Vaqt esa şunday imillab ötardiki, yo tavba ön birmi, endi, ön ikkimi?..

* * *

– Salom, salom. Nahot, meni kutayotgan bölsang? – içkariga oşiqqan Bahrom Malikaga qöl uzatdi.

– Men siz bilan söraşmayman.

– Şundaymi? Nailoj.

Bahrom şunday bölişini avvaldan bilgani uçunmi, zarraça xijolat tortmadi. Borib divanga ötirarkan, aksinça, quvnoqlik bilan gap boşladi.

– Şunday qilib közlarimga işonmay turibman. Qarşimdagi ğururi baland Malikami yoki taqdirga tan bergan ojizami?

– Siz bilan oxirgi marta yaxşilab gaplaşib olmoqçiman, – sovuqqina javob qildi Malika öz örniga ötirarkan.

– Nega endi oxirgi marta? – Bahromning jilma-yib turgan yuzi birdan jiddiy tus oldi. Malikaning közlariga sinçkov nazar taşlarkan, ikki yonga taşlab olgan qöllarini yiğiştirib, oldinga bir oz egildi va yana qayta söradi:

– Neçun oxirgi marta?

– Yetar, şunça azob-uqubat yetkazganingiz. Hayotdan töyib ham ketdim. Boşimni qayoqqa urişni bilmayman. Bu bevafo dunyoda kimga işonişim kerak özi? Umid bilan bir yostiqqa boş qöygan ering bildirmay senga xiyonat qilsa. Iş bilan ovunay desang, oldinga yurişga yöl berişmasa, kimdir esa paytdan foydalanib, öynaş bölişga undasa!

– Men seni öynaş bölişga undagan emasman!

Halitdan buyon jim ötirgan Bahrom gap şu yerga kelganda negadir örnidan dast turib ketdi.

– Nima, yodingdan çiqdimi, eringdan ajraşgin, senga uylanaman, deganim. Unamading, töğrimi? Ayb özingda. Rost, senga yomonlik qildim, lekin bularning barçasiga jahl ustida, özimni bilmagan holda qöl urdim. E, nimasini aytay. Qani endi meni keçirsangu, ölgunça birga bölsang.

– Törtta bolani taşlab, xotiningiz bilan ajraşarmidingiz?

– Bölmasam-çi! Uni sevolmadim, Malika, sevolmadim! Heç qaçon sevolmayman ham. Tuşunayapsanmi, könglim yöq unda. Ayniqsa, hozir şunday könglim soviganki…

– Şu gaplarni xotiningiz eşitib qolsa, nima böladi?

– Eşitsa nima? Qörqadigan joyim yöq. Ketsa, yana yaxşi, – dedi Bahrom qöl siltab.

– Ajraşdim. Toşkentdan iş ham topib qöydim degandingiz-ku?

– Lekin sen menga tegişga rozi bölmayapsan-ku!

– Gapingiz yolğon ekanligi oşkor böldimi?

– Bu men uçun muammo emas, Malika. – Bahrom stolni aylanib ötib Malikaning oldiga keldi.

– Yaqinlaşmang.

Bahrom bir oz ortga çekiniş örniga Malikaning stuli orqasiga ötib uni yelkalaridan quçmoqçi böldi. Malika siltanib örnidan turib ketdi.

– Torting qölingizni. Sizda ozgina bölsa-da insof bormi? Oilamni buzdingiz, erimni işdan oldirdingiz! Yana nima istaysiz?

– Meniki bölişingni!

– Heç qaçon!

– Seni tinç qöyişimni xohlaysanmi-yöqmi? – Bahrom öylab ötirmay Malikaning örniga ötirib oldi. – Gapir, xohlaysanmi?

– Xohlayman.

– Unda ikki taklifimning biriga könişing kerak.

– Qaysi taklifingizga?

– Nima, yodingdan çiqdimi? Yo menga tegasan yoki har zamonda uçraşib turamiz.

– Heç qaçon!

– Unda, oxirgi şartimni eşit. Agar şunga ham rozi bölmasang, özingdan kör.

– Yana qörqitmoqçimisiz yo… pastkaş işlaringizning davomi bormi? – dedi Malika ğazab bilan.

– Nima deb öylasang, öylayver. Maqsadim senga uylaniş! Agar bunga könmasang, men bilan bir marta birga bölasan. Boşqa seni bezovta qilmayman. Erkak-lik gapim şu! Oxirgi şartim ham şu! Faqat bir marta!

– Meni zörlamoqçimisiz?

– Kerak bölsa zörlayman ham. Yaxşisi, özing rozi böl, Malika, – dedi Bahrom bezrayib turib.

– Ozgina uyalsangiz bölardi.

– Vraçda uyat nima qiladi.

– Inson sifati-çi? Yoki odamiylik qiyofangizni ham yöqotganmisiz? – söradi Malika ovozi titrab.

– Oxirgi şartimni aytdim senga.

Malika bir zum öyga toldi. Keyin deraza yoniga bordi. Ögirilib Bahromning közlariga tikildi.

– Niyatingizdan qayting, Bahrom aka.

Ismini eşitgan Bahrom ğalati bölib ketdi.

– Qaytolmayman, Malika, – deb yubordi sust ketib.– Sen bilan bir martagina birga bölsam, böldi, bu dunyodan armonsiz ötaman.

– Şu yerdami?

– Xohlagan yeringda!

– Hazillaşmayapsizmi?

– Yangiyöldan hazil uçun kelganim yöq!

Malika Bahromdan közlarini olib qoçdi. Buni öziça tuşungan Bahrom asta u tomon kela boşladi. Malika «na çora» deganday yelkasini qisib qöydi-da, stoli ustidan kalitni olib qarşisida közlari yonib turgan Bahromga uzatdi.

– Sizga şu narsa kerakmi?

Bahrom bir zum angrayib qoldi. Tili gapirişga aylanmadi. Qarşisida mayuslanib turgan ayolga tikilarkan, nima qilişni bilmay, qöllari bilinar-bilinmas titray boşladi. U keça Malikaning uçraşuvga rozilik berganiga taajjubga tuşgan bölgandi, hozirgi işidan esa tamomila lol böldi.

«Nima böldi bu qaysar Malikaga? Nahot taqdirga tan bergan bölsa? Yoki keyingi tinçi uçun noiloj rozi bölyaptimikin?» Bahrom hamon öylarini yiğib ololmayotgan edi.

– Xöş, turaveramizmi şunaqa qilib?

Bahromning ori keldi. Malikaning qölidan şart kalitni oldi. Ammo eşikni berkitişdan avval yölakka çiqdi, atrofga öğrinça nazar taşladi. hayajonlanayotgan bölsa-da, köngli bir oz joyiga tuşdi çoği, eşikni içkaridan qulfladi.

– Boşqa bezovta qilmaysizmi?

– Yöq! Qilmayman. Faqat bir marta… bir marta… Bölaqol, yeçinsang-çi? Yoki özim…

– Namunça hayajonlanyapsiz?

– Birdan… heç kutilmaganda…

– Böpti, unda, heç narsa bölmaydi.

– Iye, nimalar deyapsan? Şu narsani bir umr kutib yaşayapman-ku. Nahot, sening oyday jamolingga bugun yetişsam? Faqat… bunaqa vaziyatda… Sen bilan… Ha, mayli, nima bölsa, böldi.

Bir zumda Bahrom tursikçan qoldi. Söng qizarib-bözarib çiroqqa işora qildi.

– Menga baribir.

Bahrom içidan toshib kelayotgan qaltiroqni qanday bosişni bilolmay beixtiyor chiroqni öçirdi. «Şunisi maʼqul. Yoruğda unga yaqinlaşolmayman. Yuragim dov bermaydi. Közlariga tik qarasam… şarmanda bölişim aniq! Keyin ustimdan… E, Xudo, özing kuç-quvvat ber. Meni şarmanda qilma!». Bahrom şu bilan köngliga taskin berganday böldi va Malikaga asta yaqinlaşarkan, ovozi titraşiga qaramay, söz aytişga özida kuç topa oldi:

– Yeçinmaysanmi, nega turibsan? Sening navbating.

– Yöq, endi mening navbatim! – Derazaga tutilgan qalin parda bir tomonga «şaraq» etib tortildiyu…

Bahrom turgan joyida haykaldek qotib qoldi. Yuziga «tars» etib tuşgan şapaloqdan öziga keldi. Biroq dami içiga tuşib ketganidan tili aylanmadi, oyoqlari qaltirab ötirişga joy qidirdi.

Malohat borib chiroqni yoqdi.

Rangi bözday oqarib ketgan Bahrom Malikaga yeb qöygudek bölib xömraydi. U xotinining oldida bunçalar şarmanda bölişini aslo xayoliga keltirmagan edi.

Malohat stul ustiga yeçilgan kiyimlarni oldi-da, erining başarasiga qarab otdi. Bahrom kiyina boşladi.

– Sen xotinboz neça marta qasam içasan! Yangiyöl qolib, endi Toşkentga ötdingmi? Bu yerda xotinim bilmaydi deb öyladingmi? Erkakmisan özi, erkakmisan! – Malohat jon holatda erining yoqasidan tutib siltadi. Endigina taqilgan köylak tugmalari tirs-tirs uzildi.

– Qasamxör. Xotinim yana keçiraveradi, deb öyladingmi? Bu kuningdan ölganing yaxşi emasmi? Gulday umrimni hazon qilding-ku, kasofating özingga urgur!

Malika bu gaplarni kutmagan edi. Demak, Bahrom avval ham qölga tuşgan ekan-da? Nega bu haqda keça indamadi, Malohat? «Öz közim bilan körmoqçiman. Nima desa «xöp» deng» deb yalingani bejiz emas ekan-da.

– Qani oldimga tuş. Men endi buni şunday qoldirmayman. Mahalla-köy oldida, ota-onang oldida şarmandangni çiqaraman!

Bahrom «Qöyvor!» deb siltandi. Aftidan u özini hökizday yetaklab olib ketişlarini istamadi.

– Yöq, men bilan birga ketasan!

– Malikada bir oğiz gapim bor.

– Gapir!

– Taşqariga çiqib tur.

– Mening oldimda gapirasan!

– Çiqib tur! – öşqirdi Bahrom.

Ranglari kökarib, titrab-qaqşab ketgan Bahromning körinişi na faqat Malikani, balki Malohatni ham biroz qörquvga soldi.

– Çiq, dedim senga!

Malohat noiloj eşikni oçib, taşqariga çiqdi.

– Uyga boribsan-da.

– Bordim. – Ovozi titrab çiqqan Malika asta stolga yaqinlaşarkan, közi qirini qayçiga taşlab qöydi.

– Öç olmoqçi böldingmi?

– Yaxşi gapga könmadingiz.

– Meni bopladim, deb öylayapsanmi? Şunday qilsam, Bahromdan qutulaman deb, xomtama böldingmi? E, yöq, mendan osonlikça qutulolmaysan. Şarmanda qiliş qanaqaligini endi senga körsatib qöyaman. Ha, aytganday, ering bilan yaraşib olibsanmi? Ajraşmagan ekansan-da. Laqillatmoqçi bölganmiding? Ha, yaxşi, mana buni tabrik uçun olib qöy. Eringga özim alohida yuboraman. Omon böl!

Bahrom şart orqasiga burildi. Eşik «qars» etib yopildi. Oyoqlaridan mador ketib özini zurğa tutib turgan Malika kursiga ötirib qoldi. Stol ustiga taşlangan oddiy konvertga qörqibgina qarab qöydi. Keyin yuragiga ğulğula tuşdi.

«Nima bölişi mumkin içida?» Çaqmoqdek yalt etib fikridan konvert köziga kattalaşgandek körinib ketdi. Bundan yuragini battar vahima egalladi. Vahima borgan sari butun vujudini qamrab oldi. Yöq, Malika joyida ötira olmadi. Örnidan otilib turdi, hoziroq borib konvertni uşlab qolmasa, göyo uning içidan qandaydir qörqinçli mahluq çiqib qoladiganday peşonasidan sovuq ter çiqib ketdi va şart konvertga yopişdi. Qöllari titraganiça bir amallab uni oçdiyu bir qança suratlarga közi tuşdi.

Malikaning tomoğiga nimadir tiqilganday böldi. Bazör yutinarkan, suratlarga tez-tez nigoh taşladi: ularning birida Bahrom Malikaning qöli ustiga qölini qöyib turibdi. Boşqasida Bahrom unga qandaydir tilla zanjir uzatyapti. Keyingisida Malika taqinçoqni qöliga olib köryapti. Undan söng… Birdan Malikaning közi oldi qoronğulaşib ketdi. Oyoqlari qaltirab arang divanga yetib bordi.

– Voy, iflos-yey, bularni qanday öxşatdi ekan? Ğijimlagan suratda göyo Malika Bahromning böyniga osilib olgan, Bahrom esa uni mahkam quçib turibdi. Boşqa bittasida ularning öpişayotgani aks etgan.

Malika qölidagi rasmlarni nima qilişini bilmay qoldi. Ularni qança uşlab turgan sari yuragini şunça vahima bosar, içida birdan paydo bölgan olov butun vujudini tobora kuydirib, qovjiratib borardi.

Bu rasmlar Muzaffarning qöliga tuşib qolsa, nima böladi? Bunaqa paytda erkak kişi mulohaza qilib ötirarmidi? Hamma narsani ostin-ustinini çiqarib taşlaydi-da, keyin öylab köradi. Malika erini bilmasa ekan. Balki Bahrom allaqaçon eriga ham uni badnom qiluvçi bu suratlarni yetkazgan bölsa-çi? Yoki hozir yöl-yölakay taşlab ötsa-çi? Muzaffar qanday köyga tuşdiykin? Tişini qayrab eşik oldida kutib turgandir?

«– Meni Jizaxga jönatib yuborib, nima işlar qilib yuribsan?! – Malika yuziga tarsaki tuşganday seskanib ketdi. – Xöş, endi sen bu suratlarga nima deysan? Şu yöl bilan mendan qasos olmoqçi böldingmi? Sadoqat, ahdu vafo haqidagi gaplaring çöpçak bölib çiqdimi?

– Men… men bu odamdan zanjir olmaganman.

– Unda, öpişganing-çi, u ham yolğonmi?

– Yolğon! Hammasi yolğon!

– Meni laqillatolmaysan! Yöqol, közimdan!»

Malika tamomila özini yöqotib qöydi va beixtiyor «Ey, Xudoyim, tuhmatdan özing asra!» deb yubordi. Keyin nafasi siqilayotganday böğila boşladi. Bir zumda rasmlar xiralaşib, ayqaş-uyqaş bölib ketdi. Yuragini çangalladi. Nimadir demoqçi, kimnidir çaqirmoqçi böldi, biroq ovozi xirillab çiqdi. Oğriqqa çidolmay oldinga engaşdi. «Yöq, bu xavfli». Bunday fikr uning xayolidan keçdimi yoki kimdir quloğiga şivirladimi – bilolmadi. Malika amallab qaddini tutdi. Endi unga yana ozgina kuç, salgina quvvat kerak edi: Malika sönggi kuçlarini yiğa boşladi: barmoqlari orasida qolgan rasmlar asta ğijimlandi, közlari qisilib, peşonasi ajinga töldi, quruqşagan lablari ohista piçirladi:

– Iflos, tuhmating boşingni… yesin!

Malika örnidan tura olmadi. Yuragini uşlaganiça divanga yonboşlab yiqildi. Qölidagi suratlar polga tuşdi. Xuddi şu payt xona eşigi oçilib, ostonada farroş ayol körindi. Malikaning barmoqlari suratlarni bir amallab divan ostiga sura oldi…

* * *

Qissaning uşbu bobini yozmoqçi bölmaganimni endi anglagandirsiz, Bahromni begunoh bir ayolga qilgan yomonliklari özi uçun fojiaga aylanişini sira kutmagandim. U Malikaning sönggi ogohlantirişidan töğri xulosa çiqarib oldi, deb öylagandim. Biroq, Bahrom yana şaytonning vasvasiga uçdi. Malikaning yoniga qaytib borganida… ming afsuski, uni ajal quvib kelgan ekan. Xotini poylab kelganidan jahli çiqqan, ayollar içida şarmandayi şarmisor bölganidan fiğoni falakka kötarilgan Bahrom maşinaning mingga qöyib uçirib ketdi. Qoronğu tuşib qolganiga, Malohatning «hay-hayi»ga eʼtibor ham bermadi: «Senmi meni poylaydigan! Senmi hali meni şarmanda qiladigan!» deya baqirdi, öşqirdi, yelkasidan itarib-itarib yubordi. Na svetoforning qizil çiroğiga, na qarşisidan kelayotgan maşinalarning «çetroq yur» deganday qilgan signaliga, çiroğini yoqib-öçişiga parvo qilmadi. Oqibatda esa… Yangiyölga kiraverişdagi svetoforning qizil çiroğida birdan töxtagan «Kamaz» maşinasini payqamay qoldi.

Malohatning «Közingga qara!» deb qiçqiriğidan öziga kelganda esa… keç böldi.

Malohat bolalarining baxtiga tirik qoldi. Oxirgi soniyada boşini saqlaş uçun özini yon tomonga taşlagani jonini omon qoldirdi – Allohning unga rahmi keldi. Bahrom esa maşina rulini çangallaganiça jon taslim qildi. Uning çaqçaygan közlari oçiq qoldi.

Tongga yaqin Toşkentdagi şifoxonalarning birida Malika öziga kelgan bölsa, Yangiyöldagi şifoxonada Malohat huşiga kelib közlarini oçdi.

Fojeadan bexabar bölgan Malika darhol Malohat haqida öyladi: uyiga tinçgina yetib oldimikin? Şarmanda bölgan Bahrom yölda urib-netmadimikin?

Huşi öziga kelgan Malohat şu ondayoq Malika töğrisida öyladi: öz nomiga, ayollik şaʼniga, muqaddas oilasiga doğ tuşirmagan ayollar bor ekan, hali ularning iymoniga putur yetmagan ekan, dunyo davom etadi, etaveradi! Qiyomat bölmaydi.

Biroq… Qiyomat haq gap.

 

* Jurnal varianti

 

Akbar MIRZO

“Yoşlik”2012/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)