4 daqiqada öqiladi

413 marta körilgan

Hayot hikmatlari

Taniqli olim Murodulla Normurodovning uşbu fikrlari köp yillar davomida rahbar va olim sifatida şakllangan, bugungi kunda ilm va olimlik, fikr va fikrlaş, ustoz va şogird, ota va oila boşliği degan tuşunçalarni bir butunligiça özida mujassamlaştirgan insonning kamtarona qaydnomalaridir. Ularni öqir ekansiz, jamiyatimizda, atrofimizda, har birimiznig hayotimizda uçraydigan, lekin har doim ham eʼtibor qilavermaydigan keçinmalarga duç kelasiz. 

Abu Ismoil Abdulloh Ansoriy “Dunyo va oxirat saodatini donolarga muhabbatda bil”, deya vasiyat qilganlar. Bundan kelib çiqadigan maʼno şuki, donolarning maʼnaviy-maʼrifiy xazinasi hamişa zulmatni ziyo bilan yoritib avlodlar yölini çaroğon etib keladi.

Biz tajribali olimning mazkur qaydlarini yoş avlodga taqdim etilajak ögitlar deb bildik.

TAHRIRIYAT

* * *

Şogirdsiz olim – mevasiz daraxt.

* * *

Nafaqat asarlari, balki iqtidorli şogirdlari bor olimning umri boqiydir.

* * *

Takrorlaş – bilimning onasi, biroq mudom takrorlaş aqlu idrokning iskanjasidir.

* * *

Aqling – özing, sözing – özing, topganing – özing, qolganlari bari yo özganiki, yo tuproqniki.

* * *

Bilimda hayratli xislat bor: uni qança köp ulaşsang, şunça ortadi.

* * *

Öqiş fikrlaş bilan uyğunlaşganidagina aqlu idrokni çarxlaydi.

* * *

Sen oqil va bilimli bölsang, raqibing ham oqil yoki bilimli bölişi mumkinligini unutma!

* * *

Özini dono va bilimdon hisoblaydigan odamga aql va bilim beraman deb ovora bölma.

* * *

Qalbimning quvonçi, qadrdon döstim, seni ranjitib qöyib özim aziyat çekaman.

* * *

Haqiqiy döstlar mudom kam böladi. Birorta dösting bölsa, bilki, sen umringni behuda ötkazmabsan.

* * *

Ha, döst bilan uying obod, aslida esa u bilan diling, ruhing şod bölgani maʼqul.

* * *

Özaro işonç – döstlik asosi.

* * *

Tuhmat va böhton – qiliçdan ham xavfli quroldir, u isbotini topmasa ham, dilingni jarohatlaydi.

* * *

Olamda sen sevgan ayoldan gözal ayol yöq.

* * *

Döstlik! Mening tanqidlarim aççiqroq bölsa ham, eşit! Seni faqat maqtaydiganlar hayotni yengil-yelpi baholaydigan xuşomadgöy şaxslardir.

* * *

Menga döstimning har doim yordam berişi şart emas, faqat zarur paytda menga yordam qölini çöza oladigan inson mening döstimdir.

* * *

Döstdan fidoyilikni sörab, tilab olmaydilar.

* * *

Özining kamçiligini körmaydigan kişi köpinça boşqalar xatosini yoyişga öç böladi.

* * *

Maʼnaviyatdagi qusurlik amaldagi qusurlarning ibtidosidir.

* * *

Sen qilmişing uçun mendan uyalişdan köra, öz vijdoningdan uyal!

* * *

Ahmoqqa baʼzan uni ahmoq deyiş ham maqtaş körinadi.

* * *

Meʼyoridan oşgan ulfatçilik ham hayotga xiyonatdir.

* * *

Ayrim odamlarda aql kiyilmagan kiyimdek foydalanilmay turib eskiradi.

* * *

Çalasavodlik faqat möljallamay otiş bilan barobar.

* * *

Özlariga bino qöyganlar nuqsoni bor kişilardir.

* * *

 Odamning bergan savoliga qarab ham uning kimligini aniqlaş mumkin.

* * *

Yöqotişlar içida eng ayançlisi işonçdir.

* * *

Baxtga faqat mehnat qiliş orqaligina erişiladi. Aziyatsiz baxt – axamiyatsiz baxt.

* * *

Haqiqiy sevgi haqiqiy insonlarga xos fazilatdir.

* * *

Ayollardagi köproq kulgili istak – hammaga yoqiş istagi borligidir.

* * *

Men yolğizman deydigan odamni heç kim sevmagan, uning özi ham heç kimni sevmagan.

* * *

Ayoldan qusur qidirgan kuning, bilki, endi sen yorga mahbub emassan.

* * *

Olamda sen sevgan ayoldan gözal ayol yöq.

* * *

Ayol sarişta – olam sarişta.

* * *

Muhabbat bor joyda raşk bor, deyiş hamma vaqt ham töğri emas.

* * *

Baxt doimo mard va sabrli odamlarga nasib etadi.

* * *

Köz kitob öqib undan hayotiy xulosa çiqarmaslik, ovqat yeb uni hazm qilolmamaganday gap.

* * *

Dili yangilikka moyil odam xato qilişdan qörqmaydi.

* * *

Eşakka ot egari yaraşmas.

* * *

Til bilan yetkazilgan jarohat qiliç bilan yetkazilgan jarohatdan oğiroqdir.

* * *

Aslida ezgulik noyob xislat emas, ammo uni unutgan davrada u noyobdir.

Murodilla NORMURODOV

“Yoşlik”2012/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)