(Hujjatli qissa)
Yetti yoşimdan bu yoğini eslayman. Töğriroği, birinçi sinfni tugatib, taʼtilga çiqqan qizaloqni köz oldimga keltiraman. Öşa yillari katta ariq toshib oqardi. Bolalar qiy-çuv bilan tepalikdan suvga sakraşar, miriqib çömilişar edi. Ularni havas bilan kuzatib ötirardim. Bir kuni nima böldiyu, ariqqa tuşib ketdim. Suv oqimi şiddat bilan meni girdobida aylantira boşladi. Qandaydir yovuz kuç tubiga tortar, boşqa bir ilohiy qudrat esa tepaga, suv yuziga çiqarişga intilardi. Ölim va hayot örtasida qoldim.Umrim bor ekan! Ariq böylab borayotgan toğamning dösti meni falokatdan qutqardi. Kötarib, uyimizga olib borib, buvimga topşirdi. Bir-ikki hafta töşakdan boş kötarmay yotdim, tunlari isitmalab, alahsirar edim. Uyquga ketsam, öşa girdobga tuşganday yiğlab uyğonardim. Tepamda buvim ötirib, Alloh, avliyolardan madad sörab, menga dam solib, davolardi.
– Qörquvdan şu ahvolga tuşding, – dedi buvim. Köz öngimda yalt etib öşa ariq, kimdir meni suvga itarib yuborgani körindi. – Heç nimadan qörqma, ötda yonmas, suvda çökmas qiz bölib ulğay, boşqalardan umidvor bölmay, özing girdoblardan çiqişga harakat qil!
Buvim özi şunday ayol edi. Qişning izğirin tunlarida pöstin kiyib, yelkasiga miltiq osib katta omborni qöriqlab yurgan. “Bolani eçki suti bilan boqadilar”, deb buvim eçki sotib olgandi, u jonivor yoz payti, menga tirik öyinçoq – oppoq uloqça tuğib berdi. Biz öynab terlasak, eçki oldimizga kelib, ham bolasining, ham mening yuzimni yalab qöyardi. Bu orada quyonlarimiz ham köpayib ketdi. Tovuqlarni-ku sira söramang, tinimsiz jöja oçaverar ekan. Qöşnilarimiz, çorvaçilik ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari, rözğorni yuritiş yuzasidan buvimdan maslahat sörab turar edilar. Buvim peçkalarni taʼmirlab, uylarni oqlab yurardi. Rus alifbosini örgatib, meni maktabga tayyorlagan, kamtargina keksa olima kalişlarni kiyib, buvim bilan bozorga otlanar, men ularga hamroh bölardim…
Öşa dardga çalinib, yurişga, hatto gapirişga ham madorim qolmaganda, uyning bir burçagida yotib, xonadon hayotini boşqaça, ongli ravişda köra boşladim…
OPA–SINGILLAR
Masrura buvim katta oilani boşqarib kelar, qölida uç qizi, bir öğli bor edi. Qizlarining “yor-yor” qöşiqlar aytiş davri edi.
Oq Idel böyida yayov yurasim kela,
Sevasanmi, sevmisanmi, şuni bilasim kela.
Onam Mirzaçölda şunday ölan aytib yurgan kezlari Misbax degan qozonlik yigit uni sevib qolgan. “Toşkentga olib ketsang, senga tegaman”, debdi unga onam.
Kiçkinagina töydan söng, yoşlar poytaxtga, baxt izlab kelişgan. Otam bir zavodda, onam boşqasida işlab yurgan. Mirzaçölga qaytişgan paytlar men tuğilganman. Keyin katta oilamiz Mirzaçöldan Toşkent viloyatining çekka bir tumaniga köçib kelgan. Onam agronomlik maktabi qoşidagi oşxonaga işga kirgan. Bu orada u otam bilan ajraşib ketgan edi. Nuriya xolam onamga kömaklaşib yurgan, uning öz qismati, öz ölani bölgan:
Allariya, allariya, allariya qalʼasi,
Balki özbekka tegarman,
Öktam bölar bolasi…
Çindan ham u xorazmlik yigit, Rözmatga tegib öğil tuqqan, otini Rustam qöyişgan edi.
Kunduzi buvimning yonida yurardim. Roza ismli xolam daladan qaytgaç, meni çömiltirib, buvim tikib bergan köylakni kiydirib, aylantirişga olib borardi. Nuriya xolam ham mehrini ayamasdi, meni va öğilçasini boğlarda sayr qildirardi.
Aytişlariça, Ahmadulla buvam buvimga bir kuni bunday degan ekan:
“Onasi, qizlardan mehringni ayama. Hali şunday hasrat-qayğular boşlariga tuşadiki, uçalasi uç tomonga quşday uçib ketadi. Sarvaraning hayoti daştda ötadi. Fotimaning taqdiri hammasidan ayançli böladi…”
Hoynahoy buvamiz başoratçi bölgan ekan… Xolalarimning qismati xuddi şunday böldi.
Bir kuni közlari çaqnagan, tim qora jingalak soçlari yelkalariga yoyilgan, parivaş ayol – onam uyimizni quyoşday yoritib kirib keldi. Bir qölida bolasi, ikkinçisida katta tugun.
– Eson-omonmisiz, oyijon, – deb buvim bilan körişdi.
Men ularning yoniga bordim.
Buvim boşimni silab, onamga dedi:
– Seni soğinib, qizing dardga çalindi.
Onam meni bağriga bosdi, yiğladi. Buvim esa maʼyus jilmaydi.
– Mana endi Raşid iningni boqasan.
Men çaqaloqni ovuntirib yursam ham, quloğim ding edi. Buvim şivirlagan köyi hasrat qildi.
– Eh, qizim, qizim, sening peşonangda ham qari er bor ekan. Meni majburlab, çolga bergan edilar. Sen esa öz ixtiyoring bilan otang qatori kişiga ergaşding, uning puliga işonding. Lekin tökinlik, faroğat örniga qança xörlik körding, bola tuğib qolding.
Balki siz: “Yoş bola oldida bunday sözlarni aytiş, qizaloqning közini oçiş, odobdanmi?” deb ajablanarsiz. Lekin bizning oilamizda bu tabiiy hol edi. Hamma narsa haqida oçiq-oydin gapirib, muammolar birga hal qilinardi.
…Xonaga sukunat çökdi. Oxiri onam örnidan turdi:
– Idiş-tovoqlarni yiğib keldim, rözğorda kerak bölar.
– Otxonaga billur qadahlaru xitoy çinnisi mos kelmaydi. Qöşnilarga körsat, kerak bölsa, olişsin.
Onam esa boşqa, töq rangli köylagini kiyib, sumkasidan kartalarni olib, tuguni bilan çiqib ketdi. Parivaş örniga lölivaş sözini işlatsam bölarkan, çunki onam kartasiz yaşay olmasdi. Erta turib öziga rom oçardi. Keyin hamma narsani unutib, xayol surib ötirardi, ora-çora yiğlab ham olardi… Bir neça marta meni bağriga bosib: “Qizim, sen meni yaxşi körasanmi? Sendan boşqa meni heç kim sevmaydi”, deb meni ham yiğlatgaç, buvim onamning qölidan meni zörğa tortib olgan. Kunlardan bir kun onam buvimning quloğiga nelarnidir piçirladi.
”Bolaning roziligini ol!” – dedi buvim.
Onam meni tizzasiga ötqazdi: “Qizim, mening baxtli bölişimni istaysan-a? Men erga tegdim, sen hozirça buving bilan qolasan, keyinroq seni ham olib ketaman”. U ketdi. Ammo tez orada yana qaytib keldi…
Heç uning mehriga töymadim, aytgan sözlari, qilgan işlari menga ğalati tuyulardi. Bolaligimdan to hozirgi kunimga qadar onam men uçun jumboq bölib qolaverdi…
Buvim dasturxonni yozdi. Yarim soat ötar-ötmas onam qaytib kirdi.
– Buyumlaring qani?
– Talaş bölib ketdi, – dedi onam.
Buvim qöl siltadi:
– Oqar suvda oqib ketsin suymagan yor mollari…
– Har bir vaziyatga söz topasiz, – dedi onam buvimning yelkasiga boşini qöyib.
– Heç tuşkunlikka tuşma. Men uruş yillarida beş bola bilan qolib ketib, ölmadim-ku! Bu ikkalasi qoraçiqlaring, sen irodali ayolsan, ularni oyoqqa turğizarsan, axir? Otxonamiz katta, hammamiz siğamiz. Keyin yangi uy solamiz, mening nomimga yer ajratdilar.
– Qurilişga qayerdan pul topamiz? – deb söradi onam.
– Xudoyim özi yetkazadi.
Men esa oqlangan, öziça bezatilgan katta xonamizga qarab söradim:
– Nega uyimizni otxona dedingiz?
– E, qizaloğim, payğambarlar oxurda tuğilgan, şuning uçun bizday odamlarga otxonada yaşaş ham şaraf. Bunday boşpanaga yetiş uçun neça yillar şaharma-şahar, qişloqma-qişloq yurdik, hozirgi kunlarimizga şukr.
“Alloh suygan quliga, eltib qöyar yöliga”, – deb yurardi buvim. Bir-ikki hafta ötib, qayerdandir çöpon kelib, sal köpayişib kelgan eçkilarni maşinaga ortib, olib ketdi va birdaniga qurilişni boşlaşga pul topildi…
KEMA
Bir kuni şom payti Roza xolam dugonasi bilan kinoga bormoqçi böldilar. Men ham ergaşdim. Qizlarning hafsalasi pir böldi. Ukamni emizib ötirgan onam:
– Buving bilan kemada ketmaysanmi? – deb meni çalğitdi.
– Qanday kema? – deb söradim.
Makkajöxori dalasidan ötib borar edik. Nihoyat, sovxozning ekinsiz qolgan yerlari boşlandi. Ular endi imorat quriş uçun bölib berilgan edi.
Birdan… botayotgan quyoşning nurlarida jilolanib turgan, oppoq yelkanlarini rostlagan, suzib ketişga şay bölib turgan, çiroyli bir kemani kördim. Daladan çopib, yiqilib, turib, öşa tomon şoşildim, çunki buvim yolğiz özi kemada ketib qoladi, deb qörqdim. Buvim bağriga bosdi, yuz-közimdan çang va yoşni artdi, tuflimni yeçib, paşşaxona içiga kirgizib, kattagina şiyponga ötqazdi. Lekin xayolparast qizaloqning nazarida, u endi kemaga aylangandi. Keçki ovqatimni yedirib, buvim sehrli ovozda şivirladi:
– Hozir Oymomo bulutlar asirligidan qutuladi va kemamiz uning bilan birga suzib ketadi.
Oymomo esa bekinmaçoq öynardi. Bir töp bulutlar orasiga bekinar va yana sehrli yuzini körsatar edi. Xayolim Oymomo va bulutlarga ergaşib ketdi. Bizning oppoq kemamiz Yer bilan birga oydin keçada suzib borardi. Ariqlarda suvning şildirab oqişi, baqalarning qurillaşi, haşoratlar çirillaşi – hammasi bir çiroyli tungi kuyga, tabiatning allasiga aylangan edi.
Yoz böyi, imoratimiz bitgunça, har keça buvim bilan tungi safarga ketar edik. Eh-he, qança ertaklar, qöşiqlar, rivoyatlar eşitganman, son-sanoqsiz sarguzaştlarni boşdan keçirganman. Saharda uyğonganimda, Çölpon porlab turardi. Yulduzga termulib ötirib, birdan “kema”dan otilib çiqib, şabnamli dala böylab yalangoyoq chopardim. Oyoğim yerni sezmasdi, osmon sari quşday uçar edim…
Aslida biz öşanda dalaga olib kelingan quriliş aşyolarini qöriqlar edik. Bir kuni Noil toğamning örtoqlari haşarga kelib, buvimga hazil qilişdi:
«Hozir negadir yigitlar içkuyovlikni afzal köradilar. Şuni hisobga olib, biz sizga bir kulba qurib bermoqçimiz, rozimisiz?» Bir-ikki maşina ğişt, şağal-qum, taxtalar keltirib, bir oy deganda, çiroyli uyçani qurib berdilar. Buvim ularni tovuq palov bilan siylab, duo qilib turdilar.
Keyin köp voqealar bölib ötdi. Poççamiz Rözmat aka oilasi bilan öz yurtiga köçdi. U yerda ikkinçi öğillari – Farhod tuğildi.
“Yoş oila, rözğori noçor, bolalariga qaramasam bölmas”, deb buvim Törtkölga yöl oldi. Noil toğam kuzda harbiyga, Qora dengiz flotiga jönab ketdi. Roza xolam uyimizdan uç-tört çaqirim naridagi sanatoriyaga işga qirdi. Nazar toğam avtobus haydovçisi edi. Onamga ham avtobus parkidan iş topib berdi. Onamga zarur kelibdimi, keçalari avtobus yuvib yuriş? Çaqaloğini haftalik boğçaga topşirdi, Raşidni faqat şanba kuni uyga olib kelardi. Meni esa yuz çaqirimdan nari – Angrendagi internatga berdi. Özi esa tungi smenadan qaytib, uxlab olib, keçga tomon, malikaday kiyinib-yasanib, Roza xolam yoki biror dugonasi bilan kinoga, yoş-yalang töplanadigan joylarga borardi. Xuddi bola-çaqasi yöq, boşi oçiq qizday.
Menga – buvim va Roza xolam oq yuvib, oq taragan arzandaga begonalar orasida yaşaş oğir böldi. Noiloj, yangi şaroitga könika boşladim.
Kunlarni qayta-qayta sanab, zörğa ikkinçi sinfni tugatib, yozgi taʼtilda uyga keldim. Şu orada buvim ham Toşkentga qaytdi.
– Aʼloçi ekansan, buni eşitib xursand böldim, – dedi mening boşimni maʼyus silab.
Şu tarzda yillar ötdi. Roza xolam sanatoriyaga dam olişga kelgan bir tatar ayol bilan döstlaşdi. Öşa opa xolamni ukasiga unaştirmoqçi bölgan.
– Voy, ukangiz Hojar opamga teng ekan, – debdi xolam.
Sovçilar kelişdi. Onam Nabiulla Ahmerov degan kişiga erga tegdi. Toğamning döstlari haq bölib çiqdi: öşa kişi içkuyov bölib, uyimizga keldi. Harqalay, onamning özi tanlagan erkaklardan köra, xolam topgani tayinliroq çiqdi: bizga ota bölib qoldi. Zilziladan keyin, sakkizinçi sinfga ötib, özimning birinçi maktabimda öqişni davom ettirdim. Oilamizga barakdan bir xona ajratdilar. Birdan onam yotib qoldi.
– Nega men bunday baxtsizman? Hayotim faqat qayğu-iztirobda ötadimi? – deb buvimga hasrat qildi.
– Alloh qanday kasallik bergan bölsa, uning şifosini ham beradi. Sabr-bardoşli böl, – deb nasihat qildi buvim.
Kasalxonadan qaytgaç onam köp uxlardi. Men qölimdan kelgan işni qilib, onamga qaynatma şörvalar pişirib borardim. Dadam ham işdan kelib, onamga qaraşar edi. Katta peçka öşa xonani ikkiga bölib turar edi. Men karavotim oldiga kiçkina chiroqni yoqib, kitoblar olamiga şönğib ketardim. Bir kuni onam erta turib, qölimdagi “Telba”, degan kitobni körib:
– Bolam, tuni böyi uxlamadingmi? – deb söradi.
– Kitobni bir ötirişda öqiganga nima yetsin, zör taassurot qoldiradi. Xayoling bölinsa, boşqaça taʼsir etadi.
– “Telba”ni öqib, özing ham telba bölib qolma tağin! Dyuma, Balzak, Mopassanlar bor-ku! Yoşligimda faqat fransuz romanlarini öqiganman.
– Yöğ-e, öşa çuçmal asarlarga vaqt sarflaş zarilmi? Hiyla, xiyonat, alğov-dalğovdan boşqa heç nima yöq ularda. Axir men ruhi baland rus adabiyoti bilan ulğaydim-ku.
Öşa kiçik xonada totuv yaşadik. Ertalab turib, onam tuşlarini aytib berardi:
– Bilasanmi, tunda men qandaydir boşqa olamlarga çiqib ketaman. Hayratli sarguzaştlarni boşdan keçiraman. Uyğonib, es-huşimni yiğib olişga qiynalaman.
– Men ham ajoyib tuşlarni kinoday körib yotaman. Tabiatning rang-barang manzaralarini, ummon va daryolarni. Qaysi bir tuşimga harir kiyimdagi odamlar kirib, menga saboq beradilar, öqişni, rasmlar çizişni, qöşiq aytişni örgatadilar.
– “Irkit ördakça” ertagidagi ördakday, men senga qarab, hayratlanib turaman. Nima aytişni, nima qilişni bilmayman, sen xuddi “Oqquş” buvingning tuxumidan çiqqandaysan.
– Qani edi şunday bölganda… Buvimning fazilatlari menga ötsa, boşim osmonga yetardi. Keyin buvimga öxşab, mağrur qanot çiqarib, uzoq-uzoqlarga, Moskvaga öqişga ketardim!
Men könglimdagini aytdim. Onamning kayfiyati özgardi. U meni buvimdan qandaydir qizğanardi.
– Maqsadlaring uluğ ekan, tuqqan onangga esa bir oğiz ham aytmaysan, – dedi onam arazlab.
– Axir oğir dardga çalindingiz, xom xayollarim bilan boşingizni aylantirib ötiramanmi?
– Töğri, öz-özimni yomon köraman, qismatimdan yiğlayman. Boşqa bir ajoyib olam mavjud-ku! Nega men bu zerikarli hayotni keçirişga majburman?
– Hali hayotimiz özgaradi! – deb kayfiyatlarini kötarmoqçi böldim.
Aytganim durust çiqdi, bir yildan keyin oilamiz Çilonzorga, uç xonali kvartiraga köçdi. Bir xonani onam va dadam egalladilar, ikkinçisiga kitoblarim va tugunlarim bilan men köçib kirdim, ukamga esa katta mehmonxonada yangi divan qöyildi. Birinçi qavatda yaşar edik, tomorqaga ham ega böldik. Eşik oldida esa men yaxşi körgan – olça daraxtlari! Oyim erta turib, şirin taomlar pişirib, eşigimni qoqib:
– Grafinya, nonuştaga marhamat, – deb taklif etardi.
Ukamga “baron”, dadamga “gersog” unvonini bergan edi mağrur “ona qiroliçamiz”. Onam soğayib, kuçga kirgaç, xonadonimizda öşqirib, baqirib turişni öziga maʼqul kördi. Yangi uy şarafiga berilgan ziyofatda, onam yorildi – öz maqsadini bayon etdi, menga va ukamga qarab:
– Endi uy bekasiman, sizlarni qölga olaman, men çizgan çiziqdan çiqmaysiz. Bolalar onasining köz qaraşidan qörqişi qerak, – dedi jiddiy.
– Özing bir umr özboşimça yaşab yurding. Endi zöravonlikka ötmoqçimisan? Bunday xörlikka men yöl qöymayman. Özim östirgan qiz maktabni bitirgunça hovlimizda turadi, – deya buvim şart qöydi.
Öşa keça buvimning kulbasida uzoq vaqt suhbatlaşdik.
– Qizimning xulq-atvori otasiga tortgan. Buvang bilan urişib-janjallaşib yaşaganimiz yetmaganday, endi Hojar bilan tortişib yurişga majburman. Qizim yoşligida birdan “gözallarning gözaliga” aylanib, şaytonlab qolgandi. Manaman deb yurar, tantiq, injiq, sirkasi suv kötarmas edi. Keyin seni, Raşidni tuğib, qismatiga tan berib, hovuridan bir oz tuşgandi. Endi erga tegib, uyli-joyli bölib, yana tönini teskari kiyib oldi. Yaxşi kunlarga yetdim, deb Xudoga har kuni şukrona aytiş örniga, bağritoş ayolga aylanib borayotganiga hayronman, – deb iç-içidan kuyunib gapirdi buvim.
Men ham öz hasratimni aytdim:
– Hovlimizda uç “prokuror” kampir bor, ular onamni gapga solib, ipidan ignasigaça suriştirib, butun sirlarini bilib oldilar. Negadir, heç kimga böysunmagan onam, ularning yugurdagi böldi-qoldi!
– Bekorçilikdan yomon narsa yöq. Özi işlab yurgan poçtadan nega böşab ketdi? Işi yengil edi, tuzuk ayollar bilan döstlaşib yursa bölmasmidi?
– Dadamiz qizğanar ekan. Uyda ötir, ikki işda işlab, özim seni boqaman debdi…
Bir oyça buvimnikida turdim, keyin oyim dadam bilan kelib uyga olib ketdilar.
Noil toğam ikkinçi marta uylandi, xotini bilan buvimning kulbasidan boşpana topdilar. Keyin zavoddan uy berişdi. Toğam Leonid Komiljonov degan yigit bilan döstlaşgandi. Neça yillar kuyov tanlab ötirgan Roza xolam birdan öşa yigitga tegdi-qöydi. Taqdir degani şu bölsa kerak! Guldan gul tuğiladi deb, qiziga Liliya ismini tanladi.
Maktabni bitirgan yili buvim söradi:
– Xorazmga borasanmi?
Birinçi bor samolyotda uçib, Urgançga yetdik, avtobusda keçuv joyigaça bordik. Paromga maşinalarni joylaştirdilar, qiz-juvonlar gap sotib, pista çaqişar, erkaklar papiros tutatib, özaro gurunglaşib turardilar. Kiçik kater paromni tortib ketaverdi. “Kema”mizning uçiga çiqdim. Xira bir parda atrofni qoplagandi. Quyoş körinmasa ham, kun nurafşon edi. Amudaryo ham osmonning tusini olib, kumuşday tovlanardi. Daryoning qoq örtasida katerning motori töxtab qoldi. Sokinlikni, bepoyonlikni, uluğ daryoning salobatini iç-içimdan his qildim. Xayolimda daryoni tepadan kördim. Uning marvarid özani ufq bilan tutaşgandi. Uluğ daryolargina sahroni kesib ötişga qodir böladi…
SÖFITÖRĞAY
Amudaryo qirğoğidan Guldursunga borgunimizça, qadrdon sahro bilan körişganim sabab, yöl böyi öpkamni bosolmadim. Axir buvim bekorga “törğay” laqabini bermagan – men daşt qiziman. Bu yoruğ olamning birinçi taassurotlari öşa-öşa daştu sahro manzaralari edi. Sahroning harorati, bepoyonligi meni maftun etdi. Qani edi, maşinaning bor kuçini işga solib, sahroni kezib, uzoq bir safarga otlansang!
Bu sahroni öz vaqtida Ramazon buvam ham kezgan. Buvam çavandoz bölgan, Çor armiyasining kavaleriya polkida xizmat qilib, fin uruşida qatnaşgan. Umrbod öşa-öşa çavandoz, şaşti baland, qarib quyulmagan, açib suyulmaganlar qatorida bölib qolavergan. Yoşi qirqdan oşganda Masrura buvimga uylangan. Buvamni köz oldimga keltirişim oson, çunki onam öşa kişining özginasi. Aftidan lölilarga öxşagan, qirğiy burun, qop-qora jingalak soçli, oltmişdan oşganda ham soçiga oq tuşmagan, közlari çaqnab turgan, xulq-atvorida ham lölilik bölgan ekan, bir umr tavakkal qilib yaşagan. Uydan çiqqanida törva içiga tupurib, keçqurun uni töldirib olib kelgan. Veterinar bölib, özi yaxşi körgan otlarni, mollarni davolab yurgan. Tuğilgan bolalarining umri uzun bölsin deb qon çiqargan. Uruş yillari mehnat armiyasiga safarbar etilgan. Boyovut sovxozining bölimlarida işlagan va u yerdan qaytib kelmagan. Masrura buvimga bir neça marotoba: ”Ölsam, qöşmozorda kömilaman”, – degan ekan, aytganini qilibdi. Öşa paytlar terlama kasalligidan ölganlarni qöşmozorda kömişgan ekan.
Bu dunyoning hikmati köp. Bir kuni yölimda kuygan daraxtni uçratib, rosa açindim, yaqinlaşib, uning ildizidan ösib çiqqan niholni körib ovundim. Uruş olovida umri yonib, ado bölgan buvamning ildizidan yetti-sakkiz yil ötar-ötmasdan, aynan öşa zaminda, Mirzaçölda, men dunyoga keldim…
Oddiy tuman kasalxonasida, pastakkina binoda onam meni qiynalib tuqqan. Közi yorib, uxlab qolgan, birdan kimdir derazani oçgan. Qarindoşlarim keldi, deb sevinib, öşa tomonga yuzlansa… Bir çiroyli, peşonasida yulduzi bor, oq ot onamga boqib turganmiş. Balki, öşa buvam davolagan otlarning avlodidandir. Balki: “Tuğilgan qulun qulluq bölsin! Toşkentda siz uçun boşpana – otxona tayyor”, demoqçi bölgandir, kim bilsin…
ORZU
Oliy Adabiyot institutida taʼlim oliş orzuim edi. Ammo Moskvaga borişga menga ruxsat bermadilar. Har xil tahririyatlarda işlab, jurnalistika fakultetida öqidim, lekin köngildagiday bölmadi. “Yoş gvardiya” naşriyotiga işga kirdim.
Naşriyotimizda çiqadigan “Yoşlik” almanaxida birinçi hikoyam çop etildi.
– Men qölimda kötarib yurgan jiyanim yozuvçi bölibdi-ku! – deya xursand xitob qildi Noil toğam uyimizga kelib.
Toğam mendan ön bir yoş katta edi. Bir-biridan öjar, irodali opalari qölida ösib, nihoyatda yuvoş, kamtar, juda samimiy, köngli oçiq yigit bölib ösgandi. Garmon, gitarani çalib, qöşiqlar aytib, davralarga fayz kiritardi. Köp kişilar bilan döst tutingan edi, şu sabab, birodarlari buvimni “ona”, deb uluğlardilar, hattoki kulba ham qurib berdilar. Bir dösti esa meni çökişdan qutqardi.
Almanaxdagi öşa hikoyamga “Quşlar” degan nom berib, ajralişgan eru-xotin örtasida qiynalib ketgan yigitça haqida yozgan edim. Noil toğam juda bolajon edi, zavodda tungi smenada işlab, kunduzi özi öğlini boqib östirgandi. Yuvoş erining qadrini bilmagan xotin, ajraşamiz deb turib olgandi, lekin haqgöy öğli Temur sudda aytibdi: ”Men otam bilan qolaman”. Hikoyam öşa voqeaga öxşagandi, toğam meni jonkuyari deb bildi.
Naşriyotda işlab yurgan paytlarim Moskvadagi “Molodaya gvardiya”, Kiyevdagi “Molod” naşriyotlariga original-maketlarni eltardim. Boşqa ölka, şaharlarga xizmat safarlariga borardim.
Öşa vaqtlarda qölyozmalar maşinkada köçirilib, tahririyatga topşirilardi. Şanba-yakşanba uyda ötirib tunu-kun işlardim. Onam xonamga kirib:
– Xohlasang, fol oçib beraman, – deb meni avramoqçi bölardi.
– Kerak emas, peşonamda nima yozilgan bölsa, şuni köraman. Bölajak voqealar esa tuşimda ayon böladi.
– Sening hayoting juda zerikarli ötayapti, – deb onam göyo açinardi. – Axir yoşlik umrda bir marta keladi! Mening yoşligim gurkiragan boğlarni eslatardi. Men olov qiz edim, yigitlarning boşlarini aylantirib, bir-biri bilan uriştirardim, özim esa tomoşa qilib turardim.
– Nega?
– Qasdimni olardim, ön beş-ön olti yoşimda senday nozikkina, oriqqina bölganimda, heç kim nazar-pisand qilmasdi. Keyin tölişib, gözal qiz bölib sahnaga çiqqanimda, oşiqlar köpaydi. Dugonalarimning yigitlari meni qurşab olardilar. Bir aytgan sözim ular uçun qonun edi. Lekin men heç kimni sevmadim, jonimga tegsalar, javobini berardim. Qaysi biri boşini içkilikka soldi, qaysi biri özini otmoqçi böldi.
– Demak, öşa yillari şaytonlab qolgansiz, – dedim iç-içimdan oğrinib. – Maqsadingiz – ularni izdan çiqariş edimi? Birontasini töğri yölga soldingizmi özi?
– Dadangni odam qatoriga kiritgan kim?!
– U kişi özini-özi odam qilgan. Bolaligidan yetim qolib, poççalari bir savat papiros berib, bozorga jönatganlar. Ertalab şuni sotişga ulgurib, maktabga çopgan, temir yöl texnikumini bitirib, maşinist bölib, frontga qurol eltgan, u yerdan Toşkent gospitallariga yarador askarlarni olib kelgan. Keyinçalik Oltintopganda konçi bölib işlagan.
– Kim buni senga aytib berdi?
– Endi turmuş qurgan kunlaringiz, siz Roza xolam bilan kinolarga borganingizda, buvim tovuq palov pişirib, meni, ukamni, dadamizni mehmonga çaqirardi. Öşanda dadamiz boşidan keçirganlarini aytib bergandi. Buvim tinglab: “Öğlim, yetim ekansan, köp azob çekibsan, endi mana bu ikki bolaga ota böla qol. Yetimlarning boşini silaşdan savobli iş dunyoda yöq”, – degandi. Buvim dadamni ham haydab yuborasiz, deb qörqardi.
– Bir-ikki marta uyga içib kelganida, çamadonni qöliga tutqazdim. Yuvoşdan yöğon çiqdi deganlari rost ekan. “Mening boradigan joyim yöq, tunda kelib darvozaga öz-özimni osaman va osongina bu dunyo taşvişlaridan qutulaman, – deb ğöldiradi.
– Demak, siz bilan umidini boğlagan, – dedim-u, lekin eşitganimdan yuragim muzladi.
– Umidini emas, mening oyoq-qölimni boğlab qöydi. “Men ölsam, sen javobgar bölasan”, – deganday böldi.
– Bu sözlarning oxiri xayrli bölsin! – deb qöya qoldim.
Men işlamoqçi bölib, xonamga kirdim, lekin qölim işga bormadi. Derazadan qoronğu osmonga qarab yotib, alahsirabman… Bu kvartira örnida… qöşmozor kördim… Qörqib uyğongandim, yuragimni vahima bosdi, oldindan bildimki: biz bu uyda baxtli bölmaymiz, bir-birimizdan ayrilib ketamiz…
– Oxiri xayrli bölsin, – deb, yana uyquga ketdim.
Ukam aqlli, zehni ötkir bola bölsa ham, öqişni yoqtirmasdi. Unga desa töp tepib, futbol öynasa! “Paxtakor” yoşlar jamoasiga ham olmoqçi edilar, bir-ikki yil boşqa yurtlarga safarlarga ketib-kelib yurdi. Keyin birdan sportdan ham köngli qoldi, yomon döstlar orttirib, yöldan oza boşladi. Onam uni juda keskin vaziyatlardan qutqarib oldi, zörğa sakkizinçi sinfni bitirib, qaysidir hunar öquv yurtida öqib yurdi. Armiyaga jönab ketdi, u yerda ham yomon nom çiqargandi. Keyin uyga qaytib, haydovçi bölaman dedi, dadam pul berib uni kurslarda öqitdi. Vaqt kelib, ukam kelinni yaqindan topib, uylanaman, deb turib oldi.
Qudağaylar tatarlardan maşhur bölgan çilonzorlik Usman mullani olib keldilar.
– Otamga rosa öxşar ekan, xuddi aka-ukaday! Yaxşilab qara va eslab qol! – hayajonlanib gapirdi menga buvim.
Nikoh öqildi. Keyin çoy içib ötirganda, buvim savol berişga jurʼat etdi:
– Otam Ahmadulla Husniddin Orenburgda mulla bölgan, tengdoş ekansiz, u kişi bilan uçraşganmisiz?
– Yöq, men Ufa tomonlarda tuğilib ösdim. Öttizinçi yillar ulamolarni surgun qildilar. Baxtim bor ekan, hamma musulmonlarni birlaştirgan Qurʼoni karimni, arab tilini bilganim sabab, bu ölkada yaşab, heç xor bölmadim. Din – bu ilohiy kuç. Tatar xalqi qalban, öz ixtiyori bilan musulmonçilikni qabul qilgan va dinning keng yoyilişini közlab, köp millatlarni dinga kiritgan. Hattoki Qadimgi Rusiya podşosi Vladimir huzuriga Bulğor xonligidan elçilar borib, musulmonçilikni qabul qilişni taklif etgan. Vladimir ikkilanib turgan, lekin atrofdagilarning sözi bilan xristian eʼtiqodini qabul qilgan…
Biz mullani kuzatgani çiqqanimizda, hayratlandim, yoşi töqsondan oşgan ota haliyam ruhan va jismonan tetik edi, faqat odamlar hasratidan, neça-neça tobutlarni yelkalariga kötarganidan qaddi ança bukilibdi. Panjalari sozandalarnikiday uzun edi, suyaklari yep-yengil bölgani sabab, menga fotihasini berganida yelkalarimga quş qönganday tuyuldi…
Ayni öşa vaqtdan ajdodlar taqdiri meni qiziqtira boşladi.
Ukamning töyi bölib ötdi, alohida xonamni ularga ajratib berdim. Özim esa uyning örtasida, tört xonaga çiqiladigan mehmonxonada qolib ketdim. Kelin va qaynona janjallaşib yurdi. Bir kuni onam alamini mendan olmoqçi bölib:
– Sen ham boşimga balo bölding! Qaçon odam bölasan? Yiğiştir bu narsalarni, – deb boşimga kitob bilan turtdi.
Indamasdan çamadonni, hujjatlarni, kerakli kitoblar va maşinkani olib, uydan çiqib ketdim. Buvim Törtkölda edi, Tamara Aleksandrovna degan bir yolğiz, jonkuyarim bölib qolgan kampirning uyidan boşpana topdim.
Bir kuni eşitib qoldim: Yozuvçilar uyuşmasi, öşa mening orzuim bölgan, Oliy Adabiyot institutida tarjimonlar guruhini öqitmoqçi ekan. Ijodiy tanlovdan ötib, imtihonlarni topşirib, institutga kirdim. Moskvaga ketiş taraddudida yurganimda, onam yöldan qaytarmoqçi böldi.
Hamkasblarim kuzatiş marosimini ötkazdilar.
– Jamoamizdan senga ozgina yordam, – deb menga yaxşigina mablağ berdilar.
Hamma dilidagini izhor qilganda, kattalar oq fotihani berganda, onam xömrayib:
– Şunça pulni kökka sovurasan. Öqişni eplay olmaysan! – deb, könglimga vahima soldi.
Baxtimga buvim Toşkentda edi.
– Sen öz orzuingni boladay ön uç yil östirding, – dedi u xörsinib, – endi murodga erişdim deganda, öz-özingga xiyonat qilmoqçimisan? Onangni boqadigan eri, öğli, kelini bor. Seni dunyodan qizğanayapti, tuşunyapsanmi? Uyda ötirib, kitoblar öqib adiba bölolmaysan. Sen hayot bilan yuzma-yuz böl, musofirçilik zahmatlarini ham tort.
Men buvimni quçib oldim.
Oradan uç kun ötdi. Ketar çoğim buvim quloğimga şivirladi:
– Alloh haqqi! Qozon Moskvaga yaqin, borib, otangni top!
DIYDOR ĞANIMAT
Yolğiz özim Qozonga borişga çöçidim, dugonam bilan yölga çiqdik. Birinçi marta otam bilan uçraşolmadim, ovulga ketib qolgan ekan. Ögay onam bilan kelişib olib, yana bir marta ularnikiga bordim. Vokzalda eru-xotin meni kutib oldilar. Öpkam tölib, yiğlab yubordim.
– Men ayol köz yoşini kötarolmayman… – deb piçirladi otam.
Öşa zahoti hayajonim, köz yoşim, otamga atalgan sözlarim diydamda toş bölib qotdi. Mehmondan mehmonga olib yurdilar, ziyofatlar berdilar. Lekin bizga, ota-bolaga, gaplaşib olişga imkon bermadilar.
Ögay onam, Omina opa şaharni aylantirganida, yöl böyi zahrini soçdi. He yöq, be yöq, otamni ayblay ketdi:
– Toşkentga borib nima topdi? Faqat boşiga balo orttirdi…
– Onamni sevib qolgandi. Ikki yil yurib, oxiri niyatiga yetdi, uylandi. Birinçi köz oçib körgan qizga…
– Ikki yilda ajraşdilar-ku. Uylanişning nima keragi bor edi?
– Men dunyoga kelişim uçun.
Otam meni kuzatişga çiqqanida, ögay onam bir qarindoşini “yuk kötarişga yordamlaşadi”, deb ayğoqçi qilib yubordi. Vagonga kirib joyimga ötirib, töyib yiğlab oldim. Yöldoşlarim, dardimni bilib, hayron qoldilar. Yetti yot begona öşa zahmatkaş, köngli oçiq kişilarning rahmi keldi.
Toşkentga kelib buvimga bölgan voqealarni aytib berdim.
– Dengizçilarimizning kemasi qumga kömilibdi-ku… – dedi u afsuslanib.
Öşanda bildim, otam buvimning yuragidan joy olgan kişi ekan. Köpinça otam va Noil toğamning jonkuyari bölib, ikkalasining taqdirlarini taqqoslab yurar edi. Ular harbiy xizmatda dengizçi bölganlar, özga yurtlarda yurib, ikki marta uylanib, ikkitadan bola orttirib, uçinçi marta esa farzand körmaganlar. Uçinçi xotini toğamni öğlidan ayirib, oxiri taşlab ketdi. Omina opa esa meni otamdan uzoqlaştirişga harakat qildi va niyatiga erişdi.
Buvim ham bu haqda xayol surib ötirgan ekanlar, hayajonlanib gapira ketdi:
– Ögay onami, otami, baribir ögayligini qiladi-da. Otam Ahmadulla mulla haj safariga ketib va undan uç yil xabar bölmagaç, qarindoşlari onamni – Gulboğidani Zokir degan kişiga majburlab erga berganlar. Xalq içida bekorga rivoyatlar yurmaydi. Mana misol. Uç aka-uka qölida qolgan singlisiga sovçilar keladi. Yangalari sovçilar bilan savdolaşadilar. Bir yangasi tön sörasa, bir yangasi ot sörar, bir telbaroq yangasi – bir solmalik un sörarkan. Oilamizdagi savdo ham şu tarzda ötdi. Zokir çol tez orada Sarvara opamni çöldan kelgan boy qozoqqa bir qop unga berib yubordi. Meni, ön beş yoşga kirgan qizni, özining ulfat dösti Ramazonga erga berdi. Fotimaning qismati yanayam açinarli böldi. Temir yöllarni taʼmirlab yurgan bir kişiga berib yubordi.
– Ukalaringiz Abdelğani va Abdelğazizlarning taqdiri qanaqa böldi?
– Ular ögay ota bilan bozorga çiqqanda otamizni uçratganlar. Hoji otamiz Zokir çolga jiddiy gapirgan: “Xotinimni olding, uyimga xöjayin bölib qolding, oilamni yöq qilding. Bu ikki çiroğbonlarimni senga bermayman”. Söng öğillarini ergaştirib ketgan… Onam otamizdan ranjib aytardi: “Dindor kişi ekan, uylanib, bola orttirişning nima keragi bor edi? Söfiy bölib, ziyoratdan-ziyoratga yuraversin edi! Neça yil yaşab, men u kişining diydoriga töymadim!” Qarang-a, taqdir taqozosi bilan ikkinçi eri bilan doimo birga bölganlar, hattoki narigi dunyoga ham ketma-ket ötib ketganlar.
Hovliga Törtköldan mehmonlar kelib, suhbatimiz bölindi. Men Çilonzorga qaytib ketdim.
– Men umrimni senga bağişladim, sen esa öşa nomardning oldiga bordingmi? – deb hujumga ötdi onam, Qozonga borganimni eşitib.
– Otamni nomard demang, u obröli, yaxşi odam, umrbod sizni sevgan:
Onam battar tutaqib ketdi:
– Sevsa, muhabbatga xiyonat qilmasdi.
– Özingiz otamni uydan haydab yuboribsiz-ku!
– Qaytib keladi, deb öylagandim.
– Har bir insonning öziga yaraşa ğururi bor! Nega men bilan uçraşişga, hattoki yaqinlaşişga ruxsat bermadingiz?
– Sening köngling bölinmasin deb.
– Şu yöl bilan otamni mendan uzoqlaştirdingiz. Otam tirikligida meni yetim qildingiz. Uruşda qatnaşgani uçun medallari bor, samarali mehnati uçun ham mukofotlangan. Siz esa otamni yomonlab, közimni oçirmadingiz. Endi öz közim bilan kördim – obröli, tuppa-tuzuk, uyatçan, xayolparast kişi…
Yozuv maşinkamni, kitoblarimni olib, tuşkun kayfiyatda buvimnikiga ketdim.
– Ögayi talagani kam edi, öz onang ham azobladimi? Ikki öjar biya urişganda örtada qolgan erka toyga qiyin böldi, – deb erkaladi buvim.
Tuşlik payti Nuriya xolam hovliga kirib keldi.
– Men sizlarni rosa soğindim.
Özi bilan olib kelgan göşt, guruçni oşxonaga eltdi.
– Nima pişiray? – deb söradi Roza xolam.
Hammamiz “palov”, deb turib oldik.
– Endi Hojar opamni qanday çaqirib olamiz? – deb Nuriya xolamning boşi qotdi.
– Könglingiz xotirjam bölsin, hozir kelib qoladilar! – dedi Roza xolam.
Gapi rost çiqdi. Bir soat ötar-ötmas, onam hovliga kirib keldi.
– Töti quş, qaçon kelding, xabar ham bermading, – deb mehmonga yolğondakam döq qilgan böldi.
Nuriya xolam töq rangli köylaklarni, katta zarbof römollarni yaxşi körar edi. Oçiqköngil, istarasi issiq, gavdali, hammaning eʼtiborini tortadigan juvonlardan edi.
– Eşitdim, hovlingda prokuror bölib olibsan. Öşa janjal, tortişuvlarga aralaşib yurişdan boşqa işing yöqmi? – dedi onamga yuzlanib.
– Menga xöjayinlik qilma! – deb baqirdi onam.
Ular tağin bir oz aytişib, bir oz arazlaşib turişdi. Söng suhbat yana öz iziga tuşdi.
DAVR
Ötgan asrning saksoninçi yillarini “turkiy adabiyot davri”, deb atasak heç mubolağa bölmaydi. Çunki Çingiz Aytmatov, Öljas Sulaymonov, Rasul Hamzatov, Mustay Karim, Odil Yoqubovlarning ijodi gurkiragan edi. Ularning asarlari milliy özligi, samimiyligi bilan ajralib turar edi. Meni bu hol juda ruhlantirardi, öz yölimni topganimdan xursand edim.
Ham işladim, ham öqidim. Işimni yöqotmaslik uçun yozgi taʼtilga qaytmayman, deb xat jönatdim. Şu orada bir tuş kördim.
Oyim meni – kiçkina qizçani qölimdan uşlab bir köprikka olib çiqdi, daryoning narigi qirğoğida esa onam qizaloqqa evrildi, men esa öttiz yaşar qiz bölib, onamni yetaklab ketaverdim.
Ajab, umrida boşqa şaharlarga yolğiz özi bormagan onam, ikki hafta deganda Moskvaga yetib keldi. Uni olomon haybati bosdi. Köçalarni aylanişga çiqqanimizda, qölimdan mahkam uşlab olar, adaşib qolişdan çöçigan qizaloqday mendan ayrilmasdi.
Yotoqxona odatlariga esa tez könikib oldilar. Bir talabaning çaqaloğiga uç-tört soat qaragan ekan, qiz minnatdorçilik bildirib: “Siz gözal ayolsiz”, debdi.
Ikkinçi kun ham kimdir onamga “gözal inson”, debdi.
– Sizni maqtab qöyadilar, xolos. Aslida, yotoqxonamizda çinakamiga bir suluv ayol bor, – dedim.
– Kim ekan? – deb qiziqsindi onam.
Eşikni oçib, yölakni yuvib yurgan Mariya xolani körsatdim.
– Meni aldama! Nimasi gözal bu ayolning? – deb, arazlaganday böldi onam.
– Hayot siz öylagan gözallik tanlovi emas-ku axir! Bu ayolning qalbi gözal. Nihoyatda kamtar, oçiqköngil inson, yuzidan nur yoğiladi. Biz uni xola desak, yigitlar, yanayam yaqin tutib “ona” deyişadi.
Keyinçalik Mariya xola bilan döstlaşib:
– Rostdan ham, mehribon, beğubor ayol ekan, – deya onam ham tan oldi.
– Mariya xolani uçratib, Roza singlingizni körganday bölmadingizmi? U ham tinimsiz işlaydi, şifoxonaning bölmalarini yuvib, eşik oldini supuradi, yölaklarning ikki tomoniga gul ekadi. Işxona atrofini öz hovlisiday ozoda tutadi.
– Faqat Roza xolang işlaydi, a? Mening mehnatim hisob emas!
– Hamma narsa hisobga kiradi. Lekin sizning fikringizga köra faqat siz haqsiz, boşqalar nohaq, ular ter tökib işlayotganini mensimaysiz.
– Nega endi men qora işga botib yurişim kerak? Boşimda erim bor, boqsin!
– Yöq, onaginam, aynan şu joyda adaşyapsiz. Vijdonli odam uçun mehnat – zaruriyat!
…Yarim yili qiş bölgan ölkada farroşlik erkaklar işi. Ertalab soat beş-oltilarda yigitlarimiz muzni sindirib, qorni kurab, yölaklarni tozalaşga kirişar edi.
Öşa yillari “Farroş şoirlar” degan ikki jildli töplam çiqib, adabiy hayotda bir voqea böldi. Çunki unda katta şahar şovqini öz aks-sadosini topgan, köçalarni tozalab, olomonning oqimiga qarşi çiqqan darveş şoirlar, öşa zamon ruhini bera olgan edilar.
Yillar ötib Adabiyot instituti qoşidagi ikki yillik Oliy adabiyot kurslarini tugatib kelgan Vafo Fayzulloh öşa farroş şoirlarga jör bölganday tuyuladi:
Xabar tarqat, yuk kötar, işla,
Köça supur, kitob ort, çopgin.
Oğiz oçmay, qişlarda kişna,
Yiğlamoqqa gavjum joy topgin…
… Boşingdagi qorlarni kura…
Adabiyot institutini tugatgan şoiramiz Oygul Suyundiqova qorlarga köp şeʼrlar bağişlagan:
Şahar boğlarida parişon soçli
Adaşgan darveşday aylanadi qor.
Boşqa satrlarni ham keltiraman:
Qorli tunda örmon haybati
Afsonaga, sehrga töluğ.
Yöllarimda – rus tabiati,
Muhabbati, şiddati uluğ.
…Onam yurtdoşlarni oşga çaqirmoqçi bölganida, men ogohlantirdim:
– Döstlarim ham öz uyiga siğmay, yurtlaridan çiqib ketgan musofirlar. Iltimos, hazil qilib, öylamasdan gapirib, ularni ranjitmang.
– Kimga nima deyişni özim ham bilaman, aql örgatma, – dedi onam.
Şu kundan boşlab to ketgunça, onam bir qozon ovqat pişirib, döstlarimni yiğib, qöşiqlar aytib, davramizga fayz kiritdi.
Sezdirmay, bilib olmoqçi böldi: yigitim bormi, yöqmi. Men Oygulning şeʼrini öqib berdim:
Şu qorlar hissiga qöşilib oqdi,
Hayotimning har bir oni, taşvişi.
Kimdir bu hayotga yor kabi boqdi,
Kimlarningdir aslo bölmadi işi…
Lekin sevgi sinovidan ötişga majbur böldim.
Qozonga ketadigan kuni bir tasodifiy voqea bölib ötdiki, uning aks-sadosi bir neça yil hayotimda sezilib turdi. Dugonamning tanişlari uni yöqlab kelib, xonamizda qizğin suhbatlar qurib ötirdilar, qaysi maqsad bilan yölga çiqqanimizni eşitib, yigitlar hayajonlandilar. Birisi röparamga ötirib:
– Mening onam qozonlik tatar, ismi Havo Hasan qizi, – dedi.
– Mening familiyam Hasanova, – dedim.
– Balki şuning uçun biz uçraşgandirmiz? Qarang, ikkalamiz ham ijodkor odam, tengdoş va bir millatga mansub, – dedi-yu, qarindoşlarim haqida suriştirib ketdi.
Yölga çiqiş vaqti ham yetib keldi. Biz xayrlaşib turganda, yigit jiddiy söradi:
– Sovçilarni qayerga yuboray, Qozongami yoki Toşkentga?
– Qöying, qizning boşini aylantirmang, – dedi dugonam.
Lekin yigit könglimga çöğ solişga ulgurgan edi. Qozonga yetganimda yuragimda olov yonardi. Buvim birinçi bolalariga Muso, Iso ismlarini bergan ekan. Men ham öz-özimni ruhlantirib, Momo Havoning öğliga tegaman, degan umidda yurdim.
Kuyovdan darak bölmadi. Döstlari bilan körgazmalarda körişib turdik, ularning söziga qaraganda, yigit öz yölini izlaş payiga tuşibdi. Bir eşitdim, yog bölib ketganini, keyin yana qandaydir oqimlarga qöşilgani, arxeologlar guruhi bilan Kavkaz tomonga ketgani haqida ham xabar keldi.
* * *
…Öşa beş yil içida onam uç marotaba Moskvaga kelib ketdi. Bahslaşib, tortişib yaşadik. Iymon, vijdon haqida gapirib, tunlarni tözdirdik.
Bir kuni işdan kelsam, onam kulimsirab:
– Bilasanmi, bir şoir qozonim haqida şeʼr öqib berdi, – dedi.
– Bir qozon oş bersangiz, doston yozib beradi, – deb kesatib qöydim.
– Öşa yigit hayotim haqida yozadigan böldi, oşga taklif etdim.
Bir pasdan söng jilmayib mehmon kirib keldi. Gaplaşmay, söraşmay, qornimizni töydirib oldik. Dasturxon yiğilgaç, ensamni qotirib, yigit suhbatga şaylandi, ğazabim qaynab:
– Bir oy deganda jurnalda sizning tarixingizni çiqaraman, deb onamni aldamoqçimisiz? – dedim.
– Oyingiz ekanini bilmagandim. Ruhini kötarmoqçi böldim, xolos, – deb yigit çiqib ketdi.
Onam xatoga yöl qöyganini tuşunib, puşaymon böldi. Uxlatadigan dorisini içib, devor tomon burilib yotdi. Men esa kiçkina chiroqni yoqdim… va darveş şoiraning sehrli olami meni qamrab oldi, yiğlab, kuyunib uning otaşin satrlarini öqidim. Birdan onamning ovozini eşitdim:
– Nega yiğlayapsan, bolam?
– Şeʼrlarni tarjima qilib ötiribman!
– Köz yoş tökiş şartmi?
– Halol mehnatda yo ter tökasan, yo köz yoş tökasan…
Ertalab şoşib işga ketdim, keyin tarjimalarni topşirib, oyimga şirinliklar olib, yotoqxonaga qaytsam, oyimning dimoği çoğ, oş pişirib yuribdi. Ovqatlanib bölgaç:
– Kitob haqida kelişib olaylik, – dedim.
– Rostdan ham yozmoqçimisan? Yoşligimda bölgan sarguzaştlarimni aytib bersam, bilasanmi, qanday ajoyib kitob böladi! – deb kayfiyati kötarildi.
– Bölmasa özingiz ötirib yozing!
– Bunday işga sabr-toqatim yetmaydi. Özing yozaqol, – yolvordi onam.
– Lekin “yigitlar izimdan sevib-ölib, bir-birini öldirib yurdilar”, degan fransuz romanlariga mos voqealarni eslamay, bor narsani yozaman. Hayotimiz bir umrga boğliq ekan, bir kitobda buvimning, sizning va özimning taqdirimni yoritmoqçiman.
Onam oğir xörsinib:
– Demak, internatga berganimni ham yozasan!
Onamning dili oğriganini sezdim va bu masalaga ham aniqlik kiritişni xohladim:
– Axir bu hayotimning muhim voqealaridan biri. Yetti yil, onadan ayrilib, yaşaş oson deysizmi? Şanba-yakşanba kunlari yolğiz qolganimda tarbiyaçimiz mehmonga olib ketardi. Uyi töla kitob edi. Öşa bolaligimdan öqişni çin dildan sevib, bugungi kunda kitoblarga kömilib, Moskvada taʼlim olişga muyassar böldim… Agar siz çizgan çiziqlar böyiça tarbiya körsam, hikoyalar örniga şikoyatlar yozib yurardim. Xudoning rahmi kelib, meni asradi.
– Demak, “prokurorligim” haqida ham yozasan?
– Haqiqat uçun kuraşaman, deb faxrlanib yurgandingiz-ku, nega endi puşaymonsiz?
– Mayli, bor narsani yoz, gunohkor bandaman. Yuragingga yöl topolmay qiynalgandim, sen internatdan uyga qaytib kelganingda…
– Qaytib rejalaringizni buzdimmi? Qizaloqni yuz kilometr nari olib ketib, endi adaşib, köçada qolib ketadi, deb öylagandingizmi?
– Nega bunday deysan?
– Çunki janjal çiqarib, kun bermadingiz!
– Öşa prokuror kampirlar: qara, taʼqiqlangan kitoblar bölsa, oilang bilan Sibirga ketasan, deb, vahima qildilar. Sen sotib olgan kitoblarni, qölyozmalarni birma-bir körsatardim. Moskvaga öqişga kirganingda, vahimalari avjiga çikdi: ehtiyot böl, deb rosa qörqitdilar meni…
– Demak, ön-ön beş yil mobaynida, öta xavfli mahbusday, onamning pinhona nazoratida bölganman!
– Rosa qörqitdilar! Axir, men qora xalq, öqimaganman, işonaverdim!
– Yalmoğizlar söziga kirib, menga şunça azob berdingiz! Öqişni bitirib borsam, yana asirlikka tuşarkanman-da.
– Yöq-yöq, oçiq-oydin gaplaşdik, men xatolarimni tan oldim, biz endi boşqaça yaşaymiz.
Öşanda hayratlanarli xulosaga keldim, onam: “Öqib, boşimga balo orttirmayin tağin! Men gözalman, boy erga tegib, kun körarman», deb öqimagan va biror hunar yoki kasb ham egallamagan ekan.
Bir kuni işdan qaytib kelganimda, qöşni qiz xonasiga çaqirib:
– Oying menga fol oçib: «Qara, tört tomoningdan tört qirol öz sevgisi, turmuş quriş niyati bilan…Men esa bu dunyoda çin muhabbatdan mahrum böldim”, deb yiğlab yubordi. Beçora, yolğiz yaşayaptimi?
– Yöq, onamning eri bor. Lekin yoşligida, uni ham köp yigitlar yaxşi körgan, izidan yurgan. Balki onam şuni eslagandir.
– Bizning keksa ayollar nafaqam yetmaydi, deb yiğlasa, sening onaizoring çin muhabbat uçun yiğladi… Hali köngli yoş ekan-da!
Öşa keça ham konsert böldi. Qöşni qizga dil kosasini ağdarib ulgurgan onamning kayfiyati zör edi, oldin xalq qöşiqlarini aytib, keyin Zuhro ariyasi bilan davrani zavqlantirdi.
– Havaskor xonanda bölib yurganimda, meni viloyat teatriga taklif etganlar… – dedi onam.
– Bordingizmi? – deb qiziqdi bir yurtdoşim.
– Yöq, yoş, gözal edim, yigitlar izimdan qolmasdi… – dedi onam.
Mehmonlar xayrlaşib, çiqib ketdilar. Onamning dimoği çoğ edi, fursatdan foydalanib:
– Ruxsat bersangiz, men Moskvada oila qurib yaşasam? – dedim.
Birdan onamning gözal yuzi xömrayib, qovoğidan qor yoğdi.
– Er-er, deb ğaşimga tegma. Turmuş quriş faqat irodali, kuçli ayollarning kölidan keladi. Sen eplay olmaysan!
– Öqişni ham eplay olmaysan degandingiz, epladim-ku!
– Bu boşqa masala. Yovvoyi jonivorlarga yaqinlaşganda, bir qölingda töpponça, ikkinçisida qamçi tutib borasan-ku, erkaklarga ham xuddi şunday yaqinlaşiş şart!
– Qani, öşa töpponça bilan qamçini körsating-çi! Şunday jasur ayol ekansiz, nega köçada qölimni mahkam uşlab olasiz, mendan bir qadam nari yurmaysiz? Özingiz hamma narsadan qörqib, meni ham qörqitib olib, oldingizda bir umrga qoldirmoqçimisiz?
– Gapimga quloq sol. Sen yuvoş, kamtar, uyatçansan. Bunaqa qizlarning qadriga heç kim yetmaydi. Öjar, özlariga bino qöygan, erkak közini öynatadigan, xayolini avrab olgan qizlar yigitlarni aqldan ozdiradi. Sening na uying, na mulking, hattoki taqinçoqlaring ham yöq. Kambağal qizga kim ham uylanadi? Men senga haqiqatni aytaman – baxtli bölişni xohlasang, hayotingni butunlay özgartirişing kerak…
– Tavba…Umrimda heç kim meni bunday yerga urmagandi. Kelib-kelib tuqqan onamdan eşitib ötiribman.
Xona eşigini taqillatib, çaqaloğini kötarib, qöşni qiz kirdi:
– Oldin qöşiqlar aytib, bolamni uxlatdingiz, endi esa janjal çiqarib, uyğotdingiz, mana, mehmonga keldik.
Men kulib yubordim.
* * *
…Öqişim tugadi. Uyga qaytdim. Buvijonim diplomimni silab, jilmaydi:
– Könglim ğaş bölib ötirgandim, kayfiyatimni kötarding, rahmat.
Işim yurişib ketdi: Yozuvçilar uyuşmasiga, tarjima bölimiga işga oldilar. Köpgina şoirlarning şeʼrlarini, yozuvçilarimizning hikoyalarini, hattoki kitoblarini ham tarjima qildim.
Bir kuni işdan qaytsam, buvim Şöro davriga mos “muammoli” filmni tomoşa qilib ötirgan ekan, televizorni öçirib, birdan tutoqib ketdi:
– Şuyam muammo, şuyam fojia emiş. Fotima singlimni Çiyili stansiyasiga izlab borsam, kulbalarining örnida bir uyum qum. Fotima eri bilan qayerda kömilgan, kişilar unutibdi… Besas, beun, iz qoldirmasdan dunyodan ötiş – buni fojia desa böladi. Yoki totuv yaşab kelgan oilaning parçalanişi, opa-singil, aka-ukaning bir umrga ayrilib ketişini köz oldingga keltir! Mana haqiqiy musibat.
Xuşçaqçaq qizning, davrim keldi, deb yurgan paytida xayoli fojialarni siğdirolmasdi. Şuning uçun:
– Köz oldimga keltirolmayman! – deb rostini aytdim.
– Köngil közi bilan körmasang, oddiy köz – butoq teşigi, – dedi buvim ğamgin termulib.
XORAZM
…Ötgan asrning öttizinçi yillari. Oçarçilik. Buvamiz Ramazon Gali Turkistonga iş qidirib ketgan. Beş-olti marotaba tanişlar orqali pul yuborgan, keyinçalik eridan xabar bölmagaç, Masrura buvim, uçta yoş bolasini ölimdan asraş uçun, ona yurtidan köçib ketişga majbur bölgan.
Orenburg köçalari tovlana kumuş kabi,
Qayerda ğoyib bölding, adaşgan oqquş kabi.
Lekin buvimiz adaşmagan. Töğri fikrga kelib, otalari Ahmadulla mulla qadamjo deb bilgan Turkiston ölkasi bilan umidini boğlagan. Poyezdda sahroni kesib, Xorazm vohasiga kelib tuşgan, buvamizni qidirib, Buxorodan topgan. Pastdarğom, Samarqand, Mirzaçöl, Toşkent – umr yölidagi bekatlar, manzillar bölib qolgan.
…Buvimizning yoşi saksondan oşganda, Buyuk Ipak Yölidagi mozorlarga ziyoratga borib, ruhi poklardan, tuproğim şu yerdan olinganmi, deb söraganlar. Öziga qabriston topib, joyini belgilab, tinçgina u dunyoga ketişga tayyorgarlik körgan. Öşa vaqtda poççamiz Toşkentga kelib, onam va Roza xolamga maʼrakalarning boşida öğil yoki kuyov turişini uqtirgan, hamma xarajatlarni öz zimmasiga olişini ham aytgan, ularning roziligini olgaç, buvimning oldiga borib:
– Oyijon, siz kuyovning uyiga köçmaysiz, öğlingizning uyida yaşaysiz! – degan. Bunday uluğ sözdan kimning köngli erimasdi? Buvim Törtkölga köçib ketişga rozi bölganlar.
Törtköl atrofidagi qabristonlarga ziyoratga olib borgandan keyin buvimiz ajoyib tuş köribdi. Tuşida bir nuroniy ota buvimga olma berib: “Yiğlama, bötam, maqbaram yonida senga ajratilgan joy bor”, debdi. Ertasi kun poççamiz Abdulloh Norinjoniy qabristoniga borib, buvimizning istagini aytib, sağanaga joy olib qöyibdi. Buvimiz xursand bölib: endi könglim joyiga tuşdi, debdi.
Bir yili borganimda, buvimning közini oq parda qoplaganini körib, vahimaga tuşdim. Ayvonga çiqib, dodlab yiğladim. Keyin öpkamni bosib, uyga kirdim. Buvim ötirgan xonaga ötdim, quçoqlaşib körişdik. Çoy içganda, buvim toşkentlik bolalarini suriştirdi. Asta-sekin buvimning notaniş qiyofasiga könika boşladim. Bir hayratlanarli fikrga keldim. Kumuşsimon, oqargan soçlari, ajinlari, oq közlari va oqiş doka römoli bilan yunon afsonalaridagi ona siymosini eslatardi.
Oxirgi marta borganimda, xayrlaşa turib, buvim maʼyusgina dedi:
– Keladir bulutlar, keladir, Qibladan emas, Xivadan… Tuproğim şu yerdan olingan ekan, qabristonda menga atalgan joy ham tayyor. Yuragim sezib turibdi, bu sönggi uçraşuvimiz. Vaqti kelib, juda katta merosga ega bölasan. Men sendan roziman, bolam, baxtli böl. Buvijonim haj ziyoratidan olib kelingan mis qutisidagi kiçkina Qurʼoni karimni qölimga berdi.
QALB KÖZI
Qalb közini körgiliklar oçadi. Qirq yoşimda payim qirqildi – birinçi yöqotişim – buvijonim böldi. Öşa yili Moskvada işlab yurgan edim.
Ön kunga Toşkentga kelib, buvimning qirqini ötkazdik, keyin yana Moskvaga qaytib ketdim. Tuşkun kayfiyatda öşa bevafo yorimning uyiga yöl oldim. Uni körib battar könglim ezildi. Soçlari, soqoli ösgan, semiz bir qorinboy eşikni oçdi. Faqat közlaridan tanidim uni. Lekin köz qaraşi oğir edi. Öşa yillari Moskvada, yöl çekkasida savdo şoxobçalari paydo bölgandi. Röparamda şunday dökonning egasi turar edi. ”Bolam, iymoningni butun saqla!”degan jonkuyari bölmagani sabab, Momo Havo va Odam Atoning bolasini yana şayton yöldan urgandi. Hamma narsa: muhabbat, ijod, maʼnaviyat – unut edi. “Öz-özini topiş” maqsadida yölga çiqqan yigit, bor boyligini yöqotgandi…
Avgust oxirida onam Moskvaga keldi, Fyodorov klinikasida közini davolatdim. Ketar paytida, onam jiddiy ohangda:
– Uyga qayt, mening ham umrim oxirlab borayotir. Dadang bilan meni kömib, keyin xohlagan joyda yaşarsan, – dedi.
Kuzda Toşkentga qaytdim va Özbekiston Milliy axborot agentligining tarjima bölimiga işga kirdim.
Qirqiga çidagan qirq biriga ham çidaydi, deganday, körgiliklar yopirilib kela boşladi. Ikki yil ötar-ötmas yoz boşida dadam yurmay qoldi. Dardlari uni ilonlarday çirmab olib, rosa azob berdi. Qirq kun ajal va hayot uning joni uçun kuraşdi. Biz onam bilan qölimizdan kelgan yordamni berardik: eng kuçli qimmatbaho dori-darmonlarni topib kelardik. Bor pulimiz davolaşga ketardi. Lekin dadam şifo topmadi: oyoği qorayib bordi. Doktorlarning kesib taşlasak, balki kasalning oldini olarmiz, degan sözlarini eşitib, dadam bir qarorga kelib bölgandi. Har kuni ertalab, men işga ketayotganimda: “Xayr, qizim, men sendan roziman”, deb qöyardi. Bir kuni qöşnimiz işxonamga sim qoqib, tezda uyga kelişimni aytdi. Yetib borganimda, ayollar qörqqan bolalarday bir joyda yiğilişgan edi. Lekin heç kim menga bir oğiz söz aytmadi. Eşikni oçdim-u, qotib qoldim. Dadam devorga osiğliq turar edi. Katta xonamizda onam yiğlab, tergovçilarning savollariga javob berib ötirardi. Keyin qöşnimiz çiqib, meni kvartirasiga olib kirdi.
– Menga himoyaçi kerak, – deya onam ukamni çaqirib oldi.
Lekin oilamizga qaytgan yigit oldingi Raşid emasdi. Ön uç yil turmuş qurgan, ön ikki yaşar bolaning otasi endi har narsada öz oilasining manfaatini közlab turardi. Öşa alohida xonamdan meni çiqarib, özi joylaşib oldi va xöjayinlik qila boşladi.
Bir kuni kimdir eşikni taqillatdi. Borib oçsam, dadamning uzoq qarindoşi ekan. Eşikdan möralab qaradi-yu, meni çetga surib, oyim ötirgan xonaga kirib ketdi.
– Hojar, gözalim, oltinim… Iltimos, mendan boşqa heç kimga erga tegma…
Onam jonlandi, örnidan turdi va andişali öğil va qizi, tomoşabinlarga öxşab, ikki eşik oldida qotib qolganlarini kördi.
– Namunça şoşilasiz? – deb öziça mehmonga norozilik bildirdi oyim.
– Men şoşiltirmayman. Öylab kör, – deb mehmon çiqib ketdi.
Men oşxonada ivirsib yurdim. Ukam esa onam bilan jiddiy gaplaşib oldi.
– Biror qarorga kelgan bölsangiz, bizga ham ayting.
– Bilasanmi, öğlim, yolğizlik jonimga tegdi…
– Demak, biz hammamiz – opam, men, nevara, kelin – hisobga kirmaymiz?
– Men unday demadim-ku… Axir, bir umr beva bölib ötirişim kerakmi? Men baxtli bölişni istayman…
– Hozir siz baxtsizmisiz? Men oilamni qoldirib, xizmatingizda yurganim, opam erga tegmasdan, umrini sizga bağişlab yaşagani siz uçun bir pul ekan-da? Bizdan köra, öşa begona odam sizga afzalmi?
– U meni sevadi!
– Namunça anoyi bölmasangiz… U qorinboyning ovqatdan boşqa dardi yöq. Uyiga kelganda oldin oşxonaga kiradi, yeydigan narsa topmasa, öğil, kelinlarni sökib ketadi. Yaqinlari “Otamiz biror bir bevani topib, uydan çiqib ketsa edi, deb yurişibdi”. Tilaklari amalga oşadi, şekilli…
– Men hali roziligimni bermadim-ku! Nega zahringni soçasan?
– Menga, olti yaşar bolaga, eringizni körsatib: “Bu sening dadang” dedingiz. Men işondim. Dadam boqdi-östirdi, uyimizni mol-mulkka töldirdi. Olamdan ötgaç, darrov xotiniga, uyiga xöjayin topildi. Bilib qöying, men bu yerga qadam bosmayman. Hozir menga hamdardlik bildiradilar. Yangi dadang qulluq bölsin, desalar, odamlarning yuziga qanday qarayman?
“Ona qiroliça” xobxonasiga kirib ketdi. Ertalab çoyga çiqib:
– Ukang meni talaganda, nega himoya qilmading? – deb janjal çiqarmoqçi edi, baxtimga ukam oşxonaga kirib kelib, salom berdi.
Peşinga yaqin kuyovtöra keldi.
– Mana, uç oy ham ötib ketdi… – dedi va maqsadga ötmoqçi böldi. – Şariatda esa qirq kun ötsa…
“Ona qiroliça”mizga biror qarorga keliş uçun vaqt kerak edi, örnidan turib deraza tomon yurdi, jahl ustida pardalarni tortqiladi, botib borayotgan quyoşning nurlari xonani yoritdi. Onamning ruhi tetiklanib:
– Siz mulla emassiz, şariatdan gapirmang. Bizning buvamiz muftiy bölgan. Qizlarini şu ruhda tarbiyalaganki, onamiz öttiz beş yoşida beva bölib qolib, boşqa erga tegmagan… – deb jiddiy gapirdi.
– Endi u boşqa zamonlar bölgan…
– Erimning tanasi sovumagan, hamdardlik bildiriş örniga, sovçilikka kelibsiz. Mulla nikohimizni ikki dunyolik qilib qöygan, şuning uçun kelib yurmang…
– Unaqa demang, xabarlaşib turaylik…
– Ölganim haqida xabarni eşitarsiz… Hozir esa dam olişim kerak. Mayli, omon böling, – deb, onam xonasiga kirib ketdi.
Bir neça kundan keyin öşa kişi kelganda, Raşid eşikni oçdi.
– Hojar singlimni bir körib ketay, – deb xonaga kirmoqçi böldi.
– Axir, uyimiz körgazma emas-ku, – deb ukam yölini tösib, çiqarib yubordi.
Oyimiz faqat dadamning jiyanlari bilan uçraşardi, boşqa erkaklardan yuz ögirib ötirardi.
Dadamning pöstini, qişki botinkalarini kiyganda, uning junjikkan vujudiga jon kirganday bölardi. Har kuni mozorga borardi.
– Özingizni qiynamang, sizning aybingiz yöq, – deb tasalli bermoqçi bölardim.
– Dadangni bir umr kamsitib, haqorat qilib yurdim. Qadrdonim, eng aziz döstim ekanligini aytişni özimga ep körmadim. Aslida, u mening toğim edi. Dadangning örnini heç kim bosolmaydi. Menga heç kimning keragi ham yöq, – deb yiğlardi onam.
Söng u qarindoşlarga borib, keçirimlar sörab yurdi. Noil toğam oğir dardga çalingandi, poççamiz: «Dengizçini özimiz oyoqqa turğizamiz”, deb kasalxonadan qadrdon hovliga olib kelgandi va Roza xolam bilan birgalikda toğamga qaradilar. Onam tez-tez borib, xabar olardi. Bora-bora manmanlik, kibr könglini tark eta boşladi. “Ona qiroliçamiz” vazminlik va mağrurligini yöqotmasdan, dunyoning işlaridan etagini siltab, taxtdan voz keçib, orom kursida xayol surib ötirardi. Yuzi kundan kun yorişa bordi…
Onam oğrinib bölsayam yangi yilda Moskvaga borib kelişimga ruxsat berdilar. Ukam oilasi bilan onamning yonida qolmoqçi böldi.
Ikki hafta qanday ötganini özim ham bilmay qoldim. Lekin onaizorim öşa qisqa muddat içida köp savob işlar kilişga ulguribdi. Eski hovlimizga deyarli har kuni borib turgan. “Ön kundan keyin kelsang, tayyor böladi», deb aytganmiş. Onam qarindoşlari bilan xayrlaşib, roziligini aytib, ularning roziligini olib, uyga qaytib ketgan, lekin öğli va keliniga bu haqda oğiz ham oçmagan.
“Onamiz kasalxonada!” Vokzalda eşitgan birinçi xabarim böldi.
Uyga borib, hali yuklarni olib kirişga ulgurmagandik, kelinimiz kelib:
– Onamizni tabriklaşga bordim. Körinişi yaxşi edi, közlari çaqnab turardi. Men: ”Raşid vokzalga ketdi, opamizni olib keladi”, deganimda, menga uzoq tikilib, qarab yotdi, keyin közi yoşlandi, ingradi-yu, qölimda jon berdi, – deb yiğlab yubordi.
Men esa qotib qoldim, bir narsa xayolimdan ötdi. Yoşligida onamning hujjatlari yöqolgan, pasport oliş uçun qoğozlarni töldirganda, 15 yanvarni tuğilgan kuni deb, yozgan. Aslida, jon beradigan kunini belgilagan ekan!
“Köp yotib qolmayin-da”, – deb yurardi onam. Beş kungina töşakda yotibdi…
Onamning yotganiga hamma lol qotdi. Uyquga ketgan gözal malikaning özginasi edi! Ajal ham ayaganday, yuzida na iztirob, na dard, faqatgina meni kutib yotgan, soğinç yoşlari kiprik ostidan sizib çiqibdi…
Öşanda bir hikmatni angladim. Onam bu dunyoga çin muhabbatni istab kelgan banda ekan. Lekin foniy dunyoda muhabbat ham ötkinçidir… Onam şuni bila turib, heç kimga dil izhor ham qilmagan, öşa könglidagi his-tuyğularni asrab yurgan. Mana, kun kelib, hammalarimiz bilan xayrlaşib, oq harir matolarga örangan, taxti ravonga joylaşgan Muhiba… Habib sari yöl olgandi…
Onamning qirqini uşatdik. Bir kuni könglim ğaş bölib hovlimizga yöl oldim. Xolam bağriga bosib, yiğladi:
– Ukamni uç kunga kasalxonaga, öpkasidan suvni olişga yotqizgandim. Bugun uy işi bilan qolib ketdim, birdan ukamning:”Ro-o-za!” deb çaqirganini eşitdim. Yuragim şuv etib ketdi. Kasalxonaga borganimda, jon berib bölgan ekan…
Ertasi kun Noil toğamizni ham öşa qadrdon hovlidan çiqardik…
Bir yil içida uçta kafanni tikib, iç-içimdan kuyib-yondim, öşanda oq mato mening uçun motamrido bölib qolgandi.
Buvim oilasini ustunday yelkalarida uşlab turgan ekan. Beş-olti qadrdonim özlari tuğilgan asrda qolib ketdilar. Xolalarim va poççalarim uçinçi ming yillik dovonini oşib ötişga muvaffaq böldilar. Rözmat aka sakson yilligining taraddudida yurib, birdan jon bergan, Nuriya xolamiz ham saksonga yaqinlaşib, poççamizdan keyin ötgan…
Buvim aytgan, juda katta meros menga qoldi. Uç-tört yil davomida yiğlab-siqtab yurdim. Bir kuni jurʼat qilib, ariza yozdim va işdan böşadim. Hamkasblarimga bu ğalati tuyuldi. Uçraşganda boşqa işlarga tavsiya qilişdi, men takliflarni rad etib:
– Tarjimonlar köp. Lekin qadrdonlarim haqidagi xotiralarni mendan boşqa heç kim yozolmaydi, – dedim.
Taqdir taqozosi bilan özim xotiraga aylandim…
Zulfira MISBAX
“Yoşlik”2012/10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


