(Hikoya)
Qizni qanday topişganini keyinroq bildim.
Bu mallasoç qiz endigina ön sakkizga kirgan edi. Uning badanida zöravonlik izlari bölib, köylagi yirtilgan, yuzida esa behuda qarşilikdan keyingi dahşat qotib qolgan, kaftlari xuddi nimanidir çangallab olganga öxşardi.
Jasadni topgan politsiyaçilar tor köchaning burçagida turişar, qölçiroqlaridan tuşayotgan nurlar qizning tomoğidagi kökarib ketgan izlar va közlarida qotib qolgan dahşat ifodasini yoritardi.
Politsiyaçilardan biri boşini çayqadi.
– Eh, bu yoşlar!
Ikkinçisi esa sökindi va şerifga jasad topilgani haqida ratsiya orqali xabar berdi.
Bu maʼlumotlarni men keyinroq, hisobot tayyorlayotganimda bildim. Dastlab Marsiya menga qönğiroq qilganida uning ovozida vahima ohangini sezdim. Esimda, telefon jiringlaganida Enn biqinimga turtdi.
– Azizim, göşakni olgin.
Men karavotdan tuşib, chiroqni yoqdim. Soat tungi ikki yarimni körsatib turardi.
– Jin ursin!
– Heçqisi yöq, – dedi Enn.
Men yarim keçasi qönğiroq qilib odamning asabini buzadiganlarni minğirlab sökkanimça qizim Betning xonasi yonidan ötdim. Zina böylab pastga tuşarkanman, telefon hali ham jiringlaşdan töxtamasdi.
– Allo!
– Deyv? – dedi ayol kişi.
– Ha. – Kim bu?
– Marsiya. Deyv, Xarli qiyin ahvolda.
Men hali ham uyqusirardim.
– Kim?
– Xarli, erim, – dedi ayol. – Politsiya… enagamiz…
– Töxta, Marsiya. Qanaqa ahvolda?
– Ularning aytişiça… Xarli enagamizni öldirganmiş… Deyv…
– Nima?!
– Ha, Deyv. Uni olib ketişdi. U senga qönğiroq qilişimni söradi. U…
– Qayerga olib ketişdi?
– Şerifning boşqarmasiga, Deyv. Jinni bölib qolaman! U… u bunday qila olmaydi, Deyv! Bilasan-ku! U…
– Albatta bilaman. – Endi butunlay özimga kelgandim. – Hoziroq öşa yerga jönayman, Marsiya. Xavotirlanma. Kiyinaman-u jönayman.
– Rahmat, Deyv. Rahmat.
– Şoşilişim kerak. Senga keyinroq qönğiroq qilaman.
– Yaxşi, Deyv. Rahmat.
Göşakni qöyib, zinadan kötarildim va kiyina boşladim.
– Qayerga ketyapsan, – söradi Enn.
– Şerifning idorasiga. Xarlini öşa yerga olib ketişibdi. Enagalarini öldirişda ayblaşyapti ekan.
– Bemaʼnilik, – dedi Enn.
– Bilaman. Ammo iş jiddiyga öxşaydi.
– Özing saqla, Xudoyim!
Men kiyinib, u yoq-bu yoğimni töğriladim. Söng yotoqxonaga qaytib uni öpdim:
– Tezda qaytaman, azizam.
– Yaxşi, – dedi Enn, – ehtiyot böl.
Yölakka çiqib Betning xonasi eşigini oçdim. U ön olti yoşga tölgandi. Men oyoqlarim uçida yurib borib, osilib qolgan körpani uning ustiga yopdim, söng peşonasidan öpib qöydim. Xonadan asta çiqib garajga kirdim va maşinani minib yölga tuşdim.
* * *
Boşqarmaga kelganimda şaxsan şerifning özi meni kutib oldi. U Xarli bilan heç kimning uçraşişga haqqi yöqligini aytdi, ammo men uning advokati ekanligimni aytgaç, uçraşuv uçun ozgina vaqt berdi. U meni binoning orqa tarafiga boşlab bordi, kameralarga olib boruvçi panjarali eşikni oçdi, söng Xarlining kamerasigaça kuzatib qöydi.
Xarli şerif ketmaguniça bir oğiz ham gapirmadi. Keyin oldimga keldi.
– Deyv, xayriyat, kelibsan!
– Nima gap? – söradim men unga sigaret uzatib. U sigaretni yutoqib tutatdi. Söng tutun puflagança dedi:
– Deyv, ular meni nohaq ayblaşyapti.
– Qanaqasiga?
U yana sigaret tutunini yutoqqança içiga tortdi.
– Bugun tunda topişgan qiz böyiça. Ularni kimdir qistovga olgan, endi esa ular aybni mening böynimga qöyişmoqçi.
– Böpti, hammasini boşidan gapirib ber-çi.
Xarli boş silkidi:
– Albatta. Albatta.
U çuqur uf tortdi.
– Bugun biz Marsiya bilan aylangani çiqdik. Kino kördik, bir-ikki stakan içdik. Töğriroği, uç stakandan martini içdik.
– Davom et.
– Yarim tunga yaqin uyga qaytdik. Bolalarimizga Şeyla Keyn ismli qiz qarab turadi. Biz doim uni çaqiramiz. Biz kelganimizda u uxlayotgan ekan. Marsiya uni uyğotdi, men unga haqini berdim, söng maşinamga çiqardim. U şaharning narigi tarafida turadi. Uni doim uyiga olib borib qöyaman.
– Keyin-çi?
– Uni töğri uyiga olib bordim. Maşinadan tuşirib, ortimga qaytdim. Sigaret sotib oliş uçun barga kirdim. Keyin uyimga qaytdim. – U jim bölib qoldi. Söng gapida davom etdi: – Bir soatdan keyin politsiyaçilar eşigimni taqillatişdi. Aytişlariça, qiz zörlangan, keyin öldirilgan. Uning ota-onasi esa qiz biznikida bölganligini aytişgan.
– Tuşunmadim. Politsiya nima uçun qotillikda seni ayblayapti?
– Yondirgiçim. Uni qizning jasadi yonidan topişgan.
Men Xarliga diqqat bilan tikildim.
– Qanaqasiga?
– U çekardi,-dedi u yelkasini qisganiça. – Jin ursin, Deyv, u ön sakkizga kirgan qiz edi! Uni uyiga olib ketayotganimda çekkisi keldi. Yondirgiçimni berdim. U yondirgiçni qaytarişni esidan çiqargan.
– Anavi, sen sigaret olgani kirgan barda seni birortasi kördimi?
– Bilmadim. U yerda doim kino körib ötirişadi. Film juda qiziq bölayotgan ekan. Kirayotganlarga ham, çiqayotganlarga ham heç kim eʼtibor bermayotgandi. Men eşik yonidagi avtomatdan sigaret oldim va çiqib ketdim.
– Sen qizni olib borib qöyganingda uning uyiga kirib ketişini kutib turmadingmi? – söradim men.
Xarli eslaşga tirişdi.
– Yöq, – dedi u nihoyat.
– Odatda kutarmiding?
– Baʼzida kutardim, baʼzida yöq. Men çarçagandim, Deyv. Uyga tezroq borgim kelayotuvdi. Jin ursin, bunaqa bölişini kim ham bilibdi!
– Jasadni qayerdan topişgan?
– Uyidan bir neça kvartal naridagi köçadan.
– Yondirgiçingni-çi?
– Uning yonida yotgan ekan. Politsiyaning aytişiça, men qizni maşinadan taşlayotganimda tuşib qolgan emiş. E Xudoyim! Deyv, nahotki ular menga tuhmat qilişayotganini körmayapsan?
– Şunaqaga öxşaydi, – dedim men. – Işqilib, seni haligi barda birortasi körgan bölsin-da!
– Tupurdim bariga! Men bor-yöği ön beş daqiqa yöq bölganman, xolos. Beş daqiqa qizni uyiga olib borişga, beş daqiqa uyga qaytişga ketgan. Deyv, agar şunday qilişni istaganimda ham bunga ulgurmasdim.
– Uyda ön beş daqiqaça bölmaganingni Marsiyadan boşqa yana birortasi biladimi?
Xarli inkor maʼnosida boş çayqadi.
– Uning özi ham bilmaydi, Deyv. Men uyga qaytganimda u uxlab yotgandi. Jin ursin, qanday bemaʼnilik!
– Seni qotillikda gumon qilib hibsga olişdimi?
– Ha, – dedi Xarli maʼyuslik bilan. – Ularga aybdor kerak.
– Taşvişlanma, – tinçlantirdim uni. – Balki eplarmiz.
* * *
Bu men advokat sifatida qatnaşgan eng oğir sud jarayonlaridan biri böldi. Okrug prokurori hakamlik sudi asosan ayollardan iborat bölişiga erişgandi. Ayollar zörlagan jinoyatçidan judayam nafratlanişadi. Demak, men töqqiz nafar ayolga qarşi tayyorgarlik körişim kerak. Sud tarkibida bor-yöği uç nafar erkak bor edi.
Sud beş kun davom etdi. Okrug prokurori dalillarni şunday mohirlik bilan keltirdiki, sudning har bir aʼzosi jinoyatni xuddi öz közi bilan körgandek taassurot uyğonardi.
Xarlini körsatma beriş uçun olib kelişganida, u menga aytgan gapini qaytardi. U oddiy va aniq qilib sözladi. Şundan söng men unga savol berişni boşladim.
– Yoşingiz neçada, janob Pirs?
– Qirq ikkida, – javob qaytardi Xarli.
– Uylanganmisiz?
– Ha.
– Bolalaringiz bormi?
– Ha.
– Neçta, janob Pirs?
– Ikkita. Öğlim va qizim bor.
– Yoşlari neçada?
– Öğlim yetti yoşda. Qizim beşga kirgan.
– Siz xotiningiz bilan uydan çiqib ketgan paytingizda marhuma Şeyla Keynni enaga sifatida yollaganmidingiz?
– Ha.
– Doim uni yollaysizmi?
– Ha.
– Keyn xonimni neça marta enagalikka yollagansizlar?
– Deyarli bir yildan beri uning xizmatidan foydalanib kelardik.
– Şu paytgaça u bilan bunday voqea yuz bermagan. Agar…
– Eʼtiroz bildiraman! – qiçqirdi okrug prokurori. – Himoyaçi yöl körsatmoqda…
– Qabul qilaman! – dedi sudya.
– Keyn xonimning taşqi körinişini aytib bera olasizmi?
Xarli ikkilanib qoldi.
– Men… U mallasoç edi.
– Aniqmi?
– Menimça, közlari moviy edi. Aniq esimda yöq.
– Böyi balandmidi, pastmidi?
– Menimça, örta böyli.
– Közoynak taqarmidi?
– Yöq. Közoynak taqmasdi.
– Qaysi manzilda yaşardi?
– Bilmayman. U menga qayerda yaşaşini bir marta körsatgan. Öşandan buyon uyiga olib borib qöyardim.
– Uni Şeyla deb çaqirarmidingiz, janob Pirs?
– Ha, albatta.
– U sizni kim deb çaqirardi?
– Janob Pirs.
– Rahmat. Böldi.
Okrug prokurori menga qaradi, söng yelkasini qisdi. Nazarimda, u nima qilmoqçi ekanligimni tuşunmayotgandi. U tuşunmasligi aniq edi. Men şunçaki Xarli Pirsning xayolida qizga yaqinlaşiş istagi bölmaganini körsatmoqçi edim. U marhumani tuzuk-quruq tasvirlay ham olmadi. Uning uy manzilini ham bilmaydi. Ular örtasida şunçaki katta kişi va ösmir qiz munosabati bölgan, xolos. Şeyla va janob Pirs.
Okrug prokurori navbatdagi guvohni – Pirs sigaret sotib olgani kirgan «Flamingo» bari barmenini çaqirdi. Barmen kino bölayotgan paytda eşikdan köz uzmay ötirganini aytdi. U eşikka tikilib ötirganini, öşa tunda heç kim sigaret olgani kirmaganini taʼkidladi. U Xarli Pirs içkariga kirganini körmagan. Okrug prokurori jilmaydi va menga işora qildi.
– «Flamingo»da kino qaçon boşlangandi? – söradim men.
– Öntakam ön ikkida, ser, – dedi barmen.
– Kino bölayotgan paytda köp içimlik quyişingizga töğri keladimi?
– Yöq, ser. Aksariyat keluvçilar kino köriş bilan band böladilar.
– Demak, siz eşikdan köz uzmay ötirgansiz. Aytmoqçimanki, heç kimga içkilik quymagansiz.
– Eʼtiroz bildiraman, – dedi okrug prokurori örnidan turib.
– Qabul qilinmaydi, – dedi sudya. – Davom eting.
– Kino köriş örniga eşikdan köz uzmay ötirdingizmi?
– Xöş… men ham kino kördim. Aytmoqçimanki, vaqti-vaqti bilan. Lekin asosiy vaqtimni eşikka qaraş bilan ötkazdim. Öğri köp…
– Sigaret sotiladigan avtomatga ham qarab ötirdingizmi?
– Yöq, ser.
– Unda siz vaqti-vaqti bilan kino körayotganingizda kimdir avtomatdan sigaret olib ketgan bölişi mumkinmi?
– Har qalay…
– Siz meni öşa kuni barda kördingizmi?
Barmen közlarini pirpiratdi:
– Siznimi, ser?
– Ha, meni. Möyna palto kiygan mallasoç ayol bilan. Men kino boşlanganda viski içib ötirgandim. Meni kördingizmi?
– Men… esimda yöq, ser. Aytmoqçimanki…
– Men öşa yerda edim-ku! Meni kördingizmi?
– Eʼtiroz bildiraman! – dedi okrug prokurori. – Himoyaçi guvohni çalğitmoqçi…
– Meni kördingizmi-yöqmi?
– Mallasoç ayol bilanmi, ser?
– Ha, mallasoç ayol bilan. Xöş, meni kördingizmi-yöqmi?
– Mallasoç ayol bor edi. Siz uning yonida edim deyapsiz. Aytmoqçimanki… esimda yöq, ammo…
– Demak, siz meni körgansiz?
– Eslolmayman, ser.
– U yerda yöq edim! Siz mening u yerda bölgan-bölmaganimni eslolmayapsiz, qanaqasiga janob Pirs sigaret olgan-olmaganligini ayta olasiz! Buning ustiga, kino körib ötirgan bölsangiz.
– Men…
– Boşqa savolim yöq, – dedim men.
Zalda yengil şovqin kötarilganini eşitdim va ğolib çiqqanimni tuşundim. Men okrug prokurorining guvohi bergan körsatmaga zarba berdim va endi sud hayʼati guvohga işonmaydi. Okrug prokurori adaşgan bölişi mumkin-ku. Xarli qizga yondirgiçini bergan bölişi mumkin-ku. Nimaga uning gaplari rost bölmasligi kerak? Axir okrug prokurori gumon asosida dalil keltiryapti-ku.
Men sönggi sözimda uşbu fikrlarni bayon etdim. Xarlining vijdonli fuqaro, oilaparvar er va ota ekanligini aytdim. U bir yildan buyon qizning xizmatidan foydalanib kelgan. Kinoga borgan, ozgina içib uyiga qaytgan. Qizni uyi oldiga olib borib, öz uyiga qaytgan. Qandaydir nomaʼlum şaxs qizga hujum qilgan. Lekin Xarli emas.
Hayʼat aʼzolari yarim soatlik muhokamadan söng Xarlini aybsiz deb topişdi.
* * *
Biz buni öşa oqşomning özidayoq nişonladik. Xarli va Marsiya biznikiga kelişdi, ularning bolalariga esa qaynonasi qarab turadigan böldi. Biz hazil-huzul qilgança içib ötirar, Xarli esa tinmay bitta gapni qaytarardi:
– Ularga aybdor kerak edi, Deyv. Lekin sen boplading! Sen aybsiz ekanligimni isbotlading.
U mening dunyodagi eng yaxşi advokat ekanligimni aytdi, keyin esa qöşiq boşladi, biz esa unga jör böldik. Ziyofatimiz rosa qizigan paytda xonaga Bet kirib keldi.
U dugonalari bilan uçraşuvdan qaytgandi. Bet Marsiya va Xarli bilan salomlaşdi, söng uzr sörab öz xonasiga kötarila boşladi.
– Qizing neçaga kirdi, Deyv? – söradi Xarli.
– Ön oltiga, – javob qaytardim men.
– Çiroyli qiz bölibdi, – dedi u.
Men Betning zinadan kötarilişini faxr bilan kuzatib turardim. U men uçun hali ham maʼsum gödak edi. U zinadan qaddini tik tutgança kötarilib borardi. Şu payt Xarliga közim tuşib qoldi.
U ham Betdan közini uzmay qarab turardi. U qizimning oyoqlariga suq bilan tikilib turar, hirsga töla közlari qizimga yeb qöyguday boqardi.
U qizim xonasiga kirib ketgunça közlari yonib qarab turdi. Keyin esa bizga qaradi:
– Xöş, qöşiqni davom ettiramizmi?
Men özimni ahmoq bölganday his qildim. Şunçalik ham ahmoq bölamanmi! Eh!
Ed MAKBEYN
Rusçadan Dilşodbek ASQAROV
tarjimasi.
“Yoşlik”2012/10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


