Fikrlaş tarzi va ifoda yösinidagi xalqçillik bilan adabiyotimizda öz örniga ega bölgan şoir Azim Suyunning şeʼrlari – xalq aytimlari kabi sodda, teran va yuqumli. Bitiklarida oğzaki poeziyaning kuçli taʼsiri sezilib turganiga qaramay, öz ijodiy qiyofasiga ega ijodkor birovni takrorlamaydi. Azim Suyunning muhabbat lirikasi ham özgalarning bitiklaridan bu muqaddas tuyğuga tom özbekça yondaşilgani bilan ajralib turadi. Uning keçagina yozilgan muhabbat şeʼrlarida ham xuddi qadim oğzaki lirikadagi kabi turğun maʼnaviy özlik, anʼanaviy badiiy vositalar, sobit milliy ruh aks etadi. Şoir muhabbatni ortiqça jimjimalarsiz yozadi. Ifodalar yorqin, keçinmalar butun, tuyğular yombi, sezimlar özbekça, tuyğular qöl bilan tutgudek aniq.
“Seni tanidim-u, muhabbat…”
“Seni tanidim–u…” şeʼrida sevgi ifodasini berişga xizmat qiladigan anʼanaviy va xalqona “gullar isi”, “bulbullar navosi”, “köz yoşlar savdosi” singari tuşunçalar lirik qahramonda paydo qilgan tuyğu haqida teranroq öylaşga daʼvat etadi. Şeʼrning:
“Seni tanidimu, muhabbat,
Qarğadim ortdagi umrimni.
Seni tanidimu, muhabbat,
Qiziq… yaşamagan edimmi?”,
tarzidagi misralari zamirida muhabbatsiz ötgan umrini qarğab, uni yaşalmagan yillar sanagan kişi ruhiy holati ifodasi köngilni tozartirib, öqirmanni şaxslik taraqqiyotining ruhoniy hissiyotlarni anglaydigan bosqiçiga yuksaltiradi.
Şeʼrdagi: “Bildim: suv, öt, havoman” tarzidagi iqrorda sevgining insonga tuganmas qudrat bera olişi tasvirlanadi. Sevgi oğuşidagi oşiq özini bir vaqtning özida bir-birini inkor etadigan xislatlarga ega sezişi mumkinligi törttagina söz orqali ifoda etiladi. Axir, suvlik ötlikni ham, havolikni ham inkor qiladi. Lekin çinakam işq egasi bir vaqtning özida hamma narsa va har kim böla oladi. Lirik qahramon bildirgan: “Sevinçman, bemorman, davoman” yösinidagi özaro zid, poyma-poyday köringan çigal holatlar ifodasida muhabbatday nomuayyan tuyğu ğoyat taʼsirli tasvirlangan. Sevgi tuyğusi bir vaqtning özida kişiga ham sevinç beradi, ham uni işq kasali bilan bemor qiladi, ham işqsizlik xastaligidan davolaydi. Şeʼr söngida: “Seni tanidimu muhabbat, Tanidim, tanidim özimni” tarzidagi xulosa özlikka keliş yöli faqat sevgi degan tuyğu orqali ekanini anglatişi bilan xotiraga mixlanib qoladi. Sevmagan odam özini, özligini tanimagan baxtsiz kimsadir. Şu sabab muhabbatga yöliqqan oşiq özini taniganidan xuşvaqt.
A.Suyunning “Gözal” şeʼrida ham insondagi eng sirli va sohir tuyğu aks etgan. Şeʼrning birinçi bandidagi “Köksimda qiqirlar sevgi” misrasida işq lirik qahramonning kun, tun, tonglarinigina emas, balki ğamlaru munglarini ham gözal qilib yuborgani ğoyat samimiy ifoda qilingan. Şu ifoda şeʼrxonni ğam bilan mung qanday qilib gözal bölişi mumkinligi va bu tasvirda nima közda tutilayotgani borasida öylaşga çorlaydi.
Şoir tabiat hodisalarini öz köngil holatiga muvofiq tasvirlaydi:
“Qip-qirmizi zardolilar,
Sevgi olovidan yonar.
Boğ çetida oşiq anor
Işq zöridan tars yorilar”,
satrlaridagi örikning qirmizligi yaproqlari qizarganidan emas, balki muhabbat olovida yonayotganidan, anorning yorilişi işqning zöridan ekani borasidagi betakror tasvir öqirmanni hayratga soladi. Bular şunçaki öxşatişlar emas, balki ötkir şoirona nigoh bilan ilğab olingan tengsiz gözalliklardir. Çindan ham yaproqlari qip-qirmizi bölib olovlangan örik oğoçi gurillab yonayotgan gulxanga öxşaydi. Yorilgan anorning esa, işqini vujudiga siğdira olmagan yurakni eslatişi tabiiy. Zero, anor körinişi va rangi bilan yurakka öxşab ham ketadi. Şeʼrda örinli qöllanilgan taşxis, jonlantiriş sanʼati favqulodda katta badiiy qimmati bilan eʼtibor tortadi.
Odam şunday ijtimoiy-biologik hodisaki, uning tuyğulari muvozanatdan çiqib, hissiyoti junbuşga kelganda olamni öz kayfiyatiga uyğun yo yoruğlik içida yoki zulmat oğuşida köradi. Şeʼrdagi: “Kunbotarlar tölqin-tölqin, Soy taratar inja yolqin, Kun bölarmi şunday yorqin?!” satrlarida oşiq yigit kayfiyati tufayli dunyo unga özgaça tarovat va yoğduga ega bölib körinayotgani aks etgan. Kunbotarni tölqinlangan, soyni inja yoğdu taratgan, kunni odatdan taşqari yolqinli holatda köriş uçun odam favqulodda gözal tuyğularga eş bölişi kerak. Har band söngida takrorlanib kelgan: “Köksimda qiqirlar sevgi” misrasi ifoda taʼsirçanligini oşirgan.
“Muhabbat” deb nomlangan şeʼrning birinçi bandida bir-biriga zid, yonma-yon turişi mumkin bölmagan tuşunçalar ustalik bilan örinlaştirişi natijasida dunyoga siğmay ketayotgan oşiq yigit hayajoni aks etgan. Şoirning mahorati sabab “Daştlarda yonguday kuylar zarğaldoq”day inert tasvir köngil holati dinamikasini anglatişga xizmat qiladi. Sevgining zarğaldoqday parrandani yonar holatga tuşira olişi mumkinligini töğri ilğaş öqirmanning maʼnaviy ösişida muhim örin tutadi.
Şeʼrdagi: “Toğni yorib çiqqan giyohni kördim, Dengizni kötargan qiyoqni kördim” tarzidagi kutilmagan poetik kaşfiyotlari inson köngli, tafakkuri va badiiy didi ösişida ulkan ahamiyatga egadir. Çindan ham yaşaşga bölgan adoqsiz muhabbati sabab aslida salgina epkinga tebranib ketadigan darajadagi ojiz giyoh toşning bağrini teşib çiqadi. Tiriklikka, yoruğlikka işqi tufayli tubsiz dengiz qaʼridagi qiyoq millionlab tonna suvni kötarib ösaveradi. Hisobsiz oğirlik mangu bosib tursa-da, yaşaşga intilaveradi. Şeʼrdagi “Suyib yelgan yel”, “Kuyib kulgan kul” taşbihlarining hayotiy hamda estetik maʼnolarini anglaşga uriniş şeʼrxonda badiiy did va şaxslik sifatlarini qaror topdiradi. Sevgi hamma narsaga ezgu mohiyat ato qiladi. Yelişning ham, kuyişning ham sababkori muhabbat bölgani bois “suyib yelgan yel” tanlarga orom baxş etişi aks etsa, “kuyib kulgan kul” işqdan kuyaturib kulişga kuç topgan kulni bildiradi. Şeʼr bandlarining yakunlovçi misrasi bölib kelgan “Öldirsang ham özing öldir, muhabbat!” tarzidagi xitobning asar umumiy ruhi va oşiq holatini berişdagi örni alohidadir.
Şoirning “Oqşom. Oq şom. Katta boğ” misrasi bilan boşlanadigan şeʼri yengil havolarda bitilgan. Öynoqi ohangga ega, toza ruhdan bino bölgan bu şeʼrda çin oşiqning kayfiyati ğoyat jonli aks ettirilgan. Ön beşgina sözdan iborat birinçi törtlikning özida töqqizta atov gap işlatilgan. Telegraf uslubini eslatuvçi bu söz-gaplar yonginasidagi maʼşuqasiga qanday yondaşişni bilmay elovsirayotgan oşiq holatini aks ettiradi. Azim Suyun özbek sevgi lirikasiga voqeabandlik olib kirgan şoirdir. Uning eng içkin işqiy yoki tom manzara şeʼrlari ham qandaydir bir hayotiy voqeadan suvlanadi. Şoir har lahzada özgaraveradigan çigal tuyğular tasviridan köra köproq muayyan hayotiy voqea oğuşida harakatlanayotgan qahramonning ruhiy holatini körsatadi.
Şeʼrda oşiqning öta murakkab vaziyatdagi ruhiyati hayotiy va taʼsirçan aks ettiriladi. Katta boğ qöynida yori bilan yolğiz qolgan oşiqning maʼşuqasi köngliga qanday yöl topişni bilmay qiynalayotgani: “Quçib olişga seni Yetmas menda jasorat, Yonginamda iymanib Tursang hamki, muhabbat” tarzida ifoda etiladi. Bu satrlarda özi va suyuklisi taqdirini özgartirib yuboradigan jurʼatli harakat qilişni istayotgan, ammo bunga yuragi dov bermayotgan oşiq holati aks etadi. Keyingi banddagi: “Osmon çetida çaqmoq Nogoh unsiz yarq etdi” tasviri uning yorni quçoqlaşiga bahona bölişi gözal tasvirlangan. Birgina himoga mahtal suyukli çaqmoqdan qörqib, oşiq quçoğiga özini otişi, yor visoliga erişgan oşiq köziga hovuzdagi suvning “Hovuz töla oq boda” bölib körinişi tasvirida tabiiylik bor. Çunki hovuzda oynaday bölib yoyilgan tölin oyning visoldan mast oşiq köziga ulkan piyolaga quyilgan oq boda bölib körinişi ruhiy jihatdan asosli.
Azim Suyunning “Ohu” şeʼrida maʼşuqasida uning tuyğulariga moyillik borligini bilgan oşiq holati juda samimiy ifoda etilgan. “Hayot göyo abadul abad. Zulumot yöq, bor faqat yoğdu” satrlarida yuksak baxt oğuşidagi yigit ruhiyati aks etgan. Kötarinki kayfiyat tufayli tun yoğduga tölişi, qahraton sovuq harorat baxş etişi tabiiy. Şeʼrdagi yengil ohang şoirning: “Umr – ölja, bu dunyo – sayyod” şaklidagi öta mahzun xulosasiga ham nekbin yoruğlik baxş etadi. Bu şeʼrdagi tamomila bir-biriga zid maʼnolar birvarakayiga aks etgan “Ham şafqatsan, hamda beşafqat. Yaşamoq – bol, yaşamoq – oğu” misralari şeʼrxonga tiyrak fikr, ötkir estetik nazar beradi. Bunday nazar yordamida “şafqat”, beşafqat”, “bol”, “oğu” kabi zid tuşunçalarining luğaviy hamda badiiy maʼnolari tuşunib yetiladi. Şeʼrning har uç bandida takrorlanib kelgan va har bandda alohida xulosa çiqarişga asos bölgan holat ifodasini topib, izohlaş öqirmanni maʼnaviy va intellektual jihatdan östiradi.
Azim Suyun muqaddas tuyğu bölmiş muhabbat jönida yonib kuylaydi. U işq tuyğusiga öta umidbaxşlik bilan yondaşib, uni neʼmat hisoblaydi. Odam muhabbat tuyğusi tufayligina odam sanalişini, şu tuyğu uni yuksaltirişini tasvirlaydi. Sevgan odamning köziga olam özgaça körinişi şoirning bir şeʼridagi: “Oqquş kabi oy suzdi, Oqquş kabi oy suzdi. Sakraganda baliqlar, Oyning patlari tözdi” satrlarida yaqqol namoyon böladi. Bu satrlardagi çinakam poeziyaning nurli yoğdulariga çulğangan timsollar öqirman könglini sururga töldiradi. Şoir kökdagi tölin oyning sezilmas harakatini suvda viqor bilan suzayotgan oqquşga öxşatib, uni osmondan yerga tuşiradi va öqirmanga yaqinlaştiradi. Şunçalar yaqinlaştiradiki, kutilmaganda sakragan baliqlar oyning patlarini tözitib yuborgani öqirmanga ham köringanday böladi. Tasvir mahorati yuksakdan pastga enmaydigan oy timsolini oqquş vositasida şeʼrxonga yovuqlaştirgan bölsa, keyingi ikki qatorda aks etgan timsollar bu tasvirni öqirman ruhiyatiga köçirib, kökka örlatadi.
“Burgut mening ajdodim…”
Azim Suyun lirikasida intim şaxsiylik daʼvatkor ijtimoiylik bilan, sodda hayrat donişmandlarça hikmat bilan yonma-yon keladi. Şoirning “Ovçining ölimi” şeʼrida şaxsiyatida erk va mardlik sifatlari hukmron yirik inson tuyğulari aks etgan. Voqea asosiga qurilgan şeʼrda “Ölimdan titragan zot Titragaydir hayotda! Ularga men hamma vaqt Qarab keldim nafrat-la!”, – deydigan şaxs ruhiyatining jilvalari tasvirlangan. Qörquv nimaligini bilmay umr keçirgan Qodir ovçi öz tirikligiga şaraf bilan nuqta qöya oladigan burgutday mardona öla olişni orzulaydi:
Burgut degan bir quş bor
Titramaydi ölimdan,
Dolğa kabi şiddatkor.
Sönggi damin sezsa u
Qoyaga urar özin.
Uning olov patlari
Havoda ketar tözib.
O, ular tuşmas yerga,
Yerda nima – boylanib,
Şu zahot uçar kökda
Burgutlarga aylanib…
Burgut mening ajdodim…
Harorat bilan bitilgan uşbu satrlarda şoirning tasvir mahorati birgina “o” tovuşiga ham hayrat, ham quvonç, ham hasrat singari bir köp maʼnolarni yuklay olgani va ayni vaqtda ifoda mavzunligini buzmaslikka erişganida körinadi. Bu şeʼrda muteʼlarça tirik yurişdan ğururli ölimni ortiq bilgan şaxs sezimlari aks etadi. Unda uluğlik uluğlikdan paydo bölişi borasidagi haqiqat özini qoyaga urib halok bölgan burgut patlaridan burgutçalar dunyoga kelişi töğrisidagi tasvirda, ayniqsa, yaqqol namoyon böladi. Şoir şeʼrxonni şu tarzda yuksaklikka undaydi. Unda baland maʼnaviy sifatlar bölişini orzulaydi. Ifodaning beqiyos jozibasi şeʼrni öqirman xotirasiga mixlab qöyadi.
Şeʼrda Qodir ovçiga muayyan darajada zid qöyib tasvirlangan lirik qahramonning: “Kelar-ketar bu davron, Men-çi titrayman hamon!” tarzidagi iqrorida zamondoş tuyğulari aks etadi. Şoir keyingi tasvir nişonini bevosita öqirmanga qaratib, unga: “Siz-çi, siz ham titraysiz, Titrab, qaqşab yaşaysiz! Zamon, zamon, zamonmi, Yo sözlarim yolğonmi?”- deya tikkalay xitob qiladiki, şeʼrning qudratli taʼsir kuçi, şaksiz, öqirmanni öz vijdoni, içki dunyosi bilan yuzma-yuz qoldirib uning maʼnaviy yuksalişga xizmat qiladi.
Azaldan yurtsuyar sanʼatkor Azim Suyun ijodida Vatan tuşunçasi keyingi paytda bir qadar yangilandi. Şoirning oldingi şeʼrlarida vatan tuşunçasi tuğilgan yoki yaşayotgan makonni anglatgan bölsa, egamanlikdan keyingi şeʼrlarida vatan juğrofiy anglamdan ruhiy-maʼnaviy maskanga köçdi. Qiziği şundaki, şoir şeʼrlarida otamakon moddiylikdan yiroqlaşib, maʼnaviy mohiyat kasb etişi bilan yanada konkretlaşadi. Endilikda Azim Suyun uçun Vatan taşqaridagi toğu toş, tuproqdan iborat moddiylik emas, balki köngildan joy olgan maʼnaviy-ruhiy mohiyatdir. Şoirning vataniy lirikasi uçun Vatan, birinçi navbatda, ruhiy-maʼnaviy qadriyat. Unda “yurt” “el”dan ayro tasavvur qilinmaydi. Otamakon ruhiyatga köçirilgani uçun ham şoir bitiklarida quruq çaqiriq yöq. U otamakonni köngil közi bilan köradi.
Azim Suyun – qismda butunni, tomçida daryoni, qatim nurda quyoşni aks ettiradigan nazarkarda şoir. Uning ijodidagi şu jihat “Köpkari” şeʼridagi: “Çarsillar çavandozlar, Çarsillaydi xaloyiq” satrlarida yaqqol körinadi. Bu tasvirlar özbekning ruhiyatini aks ettirişi, vatanning belgilarini körsatişi jihatidan betakrordir. Ularda bedovlar tanasi va havoda çarsillayotgan qamçilarning, qamçilardan-da qattiqroq çarsillab borayotgan asablarning kardiogrammasi aks etgan.
Azim Suyunning vatansuyarlik lirikasida “Soğinç qöşiği” şeʼri muhim örin tutadi. Şoir yurtda turib, uni soğinayotgan kişi tuyğularini taʼsirli aks ettiradi. Unda köngilga yaqin, asl sezimlarni qözğaydigan narsalarga bölgan tabiiy soğinçni tasvirlaş orqali otamakon qadri teran ifoda etiladi. Şoirning: “Assalomu alaykum, otamdan qolgan çorboğ, Assalomu alaykum, bobomeros yonğoqzor. Assalomu alaykum, jonalari qorli toğ, Tuğilib ösgan yerim, assalomu alaykum” tarzidagi xitobida kindik qoni tökilgan joyni astoydil soğinib, qömsab, unga çin dildan intilgan kişi ruhiyati aks etgan. Şoirning tuyğularida soxtalik, örinsiz kötarinkilik va sunʼiy ruhvorlik yöq. Şeʼrdagi har bir timsol şoir şaxsiga, uning köngliga doir bölganidan ifoda serböyoq hamda taʼsirli: “Qirrador qoyalarning bağridagi toşkulbam, Qaldirğoç uyasiday turibsan hamon-hamon. Keng dunyoga yöllagan, o, suyumli boş kulbam, Bir umr taʼzimdaman, assalomu alaykum”. Şoir samimiyati olis bolalikning osmon, çöqqi, burgut, kaklik, sor singari jonli-jonsiz yöldoşlariga murojaatida yorqin namoyon böladi:
Bormisiz burgutlarim, oşyoningiz omonmi?
Osmonlarda nima gap, çöqqilarda ne gaplar?
Siz-çi, hey kakliklarim, sorlar hamon yomonmi?
Möminning kuni qursin, assalomu alaykum…
Şoirning soğinçlari ifodasida çin insoniy mehr balqib turibdi. U gözal, ammo ojiz kaklikka açinadi. Lekin u burgutni ham yov deb bilmaydi. Faqat sertaşviş oçunda hamişa ojizning kuni oğirligidan ozurdajon, xolos. Yengilgina yozilgan şeʼrga olamiy oğriq şu tariqa joylanadi.
Yoşlikka xos yuksak va pokiza tuyğular yorqin tasvirlanadi: “Ö, mening oq buloğim, qani u qöşni qizlar, Suvga çiqişlarini men qanday poylar edim. Qayga ketdi soçilib böyingizdan yulduzlar, Yulduzlar bosgan izlar, assalomu alaykum”. Uşbu ifodalar aniqligi, serqatlam va tagdor ekani bilan öqirmanni lol qoldiradi. Özbek yuzi issiq qizlarni yulduzga öxşatadi. Yulduz – kökka mansub, unga munosib va şu bois yuksakdan joy olgan yaratiq. Buloqda osmon aks etadi. Binobarin, uning bağrida yulduzlar ham. Ammo buloq böyidagi yulduzlar, yaʼni yoşlikdagi qizlar kökdagi yulduzlardan köra yorqinroq, issiqroq, çaqnoqroq… Afsuski, endilikda ular bosgan izlar şoir köngligagina muhrlanib qolgan.
Yurt tuşunçasi tilidagina bölib qolmay, köngliga köçib, ruhini töliq egallagan ijodkor nima haqda yozsa ham vatanni tasvirlayotgan bölib çiqaveradi. Çunki u öz içki olamini ifoda etadi. Içki olami esa, vatanga tegişli va undan iborat. Negaki, vatan şoirning içidadir, içkarisidir. Azim Suyunning “Şom şafaği” asari ham, bunday qaraganda, vatan haqida emas, undagi bir manzara aks etgan şeʼr. Ammo qiş çillasi qöynidagi toğ qişloği manzarasi şunday çizilganki, unda Özbekyurt butun jilvalari bilan namoyon böladi:
Şom şafaği toğlarni quçmiş,
Tun qöyniga kirar dala, qir.
Daralarda çirsillaydi qiş,
Köz tindirib yaltirar öngir.
Bunda töxtab qolgan jilğalar,
Tönib qolgan yulduzlar kökda.
Şoda sirğa taqqan jinğillar,
Bukçayişib turar oq yukdan.
Dilga hadik solar sukunat,
Bosib kelar qandaydir vahm.
Köpdan qönoq qorli saltanat,
Sukutida bir sirli qahr.
Şoir ğoyat tiniq bu prelyudiyadan söng çillada masiqqan böri galasining qişloq yonidagi dönglikka çiqib namoyişkorona öyini qözğagan dahşat tasvirini beradi. Şeʼrda börilar çizgisi aniqlaşgan sari misralar şiddati, holat dramatizmi ortib boradi: “Öynar-öynar horib-tolgança, Söng öyinlar joniga tegib, Öqday közlar porlab yongança Qaylargadir qolar sançilib”. Kişining tani va ruhiga titroq solguvçi bu tasvirdan söng şoir jöngina bir axborot kabi “Gödaklarin bosib bağriga Xavotirda mudraydi qişloq” degan ikki satrni keltiradiki, nazarimda, vatan timsoli ayni şu serhadik misralarda namoyon. Şeʼr satrlarining qatidan, Vatan hamişa seni panohiga oladi va, ayni vaqtda, u doim sening himoyangga muhtoj ham degan maʼno balqib turadi.
“Men heç kim emasman Özimdan bölak….”
Odam hayotidagi asl maʼni özlikni topişda namoyon böladi. Hayotning ayovsiz sinovlaridan qiyofasini yöqotmay ötgan, özi bölolgan şaxs odam atalişga loyiqdir. Çunki özini topgan odamgina hayotning çin maʼnosini anglaydi. Şoirning “Men sizni sevaman” şeʼrining sönggi misrasi bölgan bu qanoat Azim Suyun ijodi va şaxsining mohiyatini ifodalaşi bilan diqqatga loyiqdir. Uşbu şeʼrda yuragiga olam va odamlar dardini joylagan şoir ahli başarga bölgan muhabbati ifodalagan. Unda odamlar hayotini özaro muhabbat asosida yölga qöyiş istagi, özaro munosabatlarni çigallik va tuşunmaslikdan xalos etiş dardi aks etgan. Şoirning: “Döstlarim köp mening Raqiblarim ham, Raqiblarim meni anglamagan döst!” tarzidagi iqrori bilan boşlangan şeʼrda özgalarni tuşunişga intilgan olijanob köngil egasining sezimlari tasvirlanadi. Odamlarning bir-birini tuşunişi orzulab yozilgan bu şeʼrda tuyğular samimiy bölgandagina odamlararo munosabatlarda ezgulik qaror topişi mumkinligi aks etadi: “Siz yiğlang, bir yiğlang Daryoday toshib, Yuragingiz axir yiğiga töla. O, siz meni şunda Anglaysiz şoşib, Tölgan oy singari butun bir yöla. Men sizni sevaman!” – deydi şoir. Bu satrlarda mehrsizlik, özgani tuşunişga urinmaslik tufayli toşga aylangan yuraklar yiği bilan eritib yuborilsagina kişida atrofidagilarga muhabbat uyğonişi mumkinligi ifodalangan. Şoir odamni seviş uni anglaşdan, anglaş esa tinglaşdan boşlanişini aytadi. Kökdagi tölin oy butuniça idrok etilgani kabi odam ham boriça qabul qilingandagina uni anglaş va seviş mumkin bölişi tasvirlanadi.
Adoqsiz ziddiyatlar, sanoqsiz topişu yöqotişlardan iborat dunyoda özligiga sobit qolib, qiyofasidan keçmagan, tikonday sançilguvçilarni-da sevişga kuç topolgan kişigina yaşaşga munosib ekani taʼkidlanadi:
Topdimu yöqotdim,
Yöqotdim topdim,
Kutib oldim barin bir-bir xotirjam,
Seni sevişlarin istasang, döstim,
Avvalo sen sevgin tikonlarni ham.
Men sizni sevaman!
Şoir ana şu maʼnaviy qoidalarni hayotiy aqida, tiriklikka asos deb biladi. U: “Qonunlar himoya qilsa börini Xabar oldim qöylar – qörqoqlarimdan”,- deya olişi bilan baxtiyor.
Lirik qahramon – zimmasidagi insoniy missiyani halol bajarişga urinayotgan şaxs. U katta maqsadlar, toza niyatlar bilan yaşab, ötkinçi mayda manfaatlar iskanjasida qolmaganidan masrur: “Alhaq hayot mangu Soyamga qarab Aslo ölçamadim umrim mazmunin. Mangulik mangu sir, Unga yöq javob, Faqat saqlamoğing kerak qalb qörin. Men sizni sevaman!” Şoir odamlarni seva olgan kişigina özini odam sanaşga, çinakam umr keçirdim deb hisoblaşga haqli ekanini:
Quyoş botib borar
Qayda bergum jon,
Ummonmi, sahroda yoki samoda,
Menga berildi-ku
Bir buyuk imkon,
Men sizni sevoldim uşbu dunyoda
tarzida ifoda etadi. Lirik qahramon qayerda, qanday yaşaş va hayotining qayerda, qanday yakun topişini öylaşdan köra, odamlarga sevgi ulaşişni muhim hisoblaydi. Zero, hayotdan ketiş-ketmaslik ixtiyori odamning özida emas, ammo özgalarni seviş, ularga ezgulik qiliş imkonidan foydalaniş-foydalanmaslik uning qölidadir. Şeʼrning “Men heç kim emasman Özimdan bölak” tarzidagi qanoat bilan yakunlanişi özi bölolgan kişigina ezguliklarga qodir şaxsdir degan qaraş ifodasidir.
Xalq ruhini, tilini, qadriyatlarini çuqur tuyadigan va aks ettira biladigan şoir Azim Suyun bu yil yetmiş yoşga kirdi. Oqsoqollar qatoriga kirayotgan şoirimiz yarim asrdan köproq vaqt mobaynida gözal bir poetik çamanzorda iforli çeçaklar undirdi. Öylaymizki, bu gulzor badiiy tarovati bilan Sizning könglingizga ezgulik olib kiradi. Özligiga sobit şoirning samimiy bitiklari siznida özingizu könglingizga yovuqlaştiradi.
Qozoqboy Yöldoşev,
pedagogika fanlari doktori, professor.
1949-yili tuğilgan. Adabiyotşunoslik va adabiyot öqitiş metodikasiga oid kitoblar, darsliklar va beş yuzdan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


