Özbek va tojik – ikki tilda sözlaşuvçi bir xalq, deyilişi bejiz emas. Xalqlarimiz azaldan bir daryodan suv içgan, bir-birining anʼanalari, madaniyatini boyitgan. Bu muştaraklik, ayniqsa, ikki xalqning mumtoz adabiyotida yaqqol körinadi. Ulkan söz sanʼatkorlari Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy döstligi, ijodiy hamkorligi bugungi kunda ham xalqlarimizning madaniy-maʼnaviy yaqinligi timsoli bölib xizmat qilmoqda. Samarqand şahridagi Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boği hududida ikki buyuk mutafakkirning muhtaşam haykali örnatilişida ham çuqur maʼno mujassam.
Navoiy sevimli ustozi Jomiyga bağişlab “Xamsat ul-mutahayyirin” asarini yozişi esa ustozga bölgan ulkan ehtiromning yaqqol ramzidir.
Quyida uşbu asardan kiçik hikoyatlarni asl körinişda taqdim etar ekanmiz, Navoiy tili va undagi nozik qirralar sizni-da rom etişiga işonamiz.
***
Bir kun mavlono şayx Abdulloh kotib muqarrabi hazrati boriy1 Xoja Abdulloh Ansoriy2ning “Ilohiynoma”ğa mavsum munojot risolasin faqir qoşiğa kelturub erdi va mavlonoyi mazkurning kutub bayʼ va şirosiğa ham munosabati, ham hazrati xojağa avlodliğ nisbati bor. Faqir ul risolaning avval sahifasin oçib, xutbasin öqumoq bunyod qildim, bu xayol bilakim, bir sahifa yo ğoyataş bir varaq öqulğay, andoqki el maʼhudidur, sözning xöbluğ va ravonliğidin heç yerda bas qila olmadim, to risolakim, ikki juzvdin ortuğroq edi — itmomğa yetti. Majlis huzzori voqif bölub, taajjub qildilarkim, bir risolakim, ikki juzvğa yaqin, balki ortuğroq bölğay, bir tavajjuh bila boştin-oyoqqaça öqumoq xoli az ğarobat emas.
Tonglasi hazrati Maxdum bandaxonağa taşrif kelturdirlar. Ul risola hozir erdi, olib oçib, muborak nazarlarin soldilar. Tuno kungi asʼhob andoqki rözgor ahlining oyinu daʼbi bölur, taajjub izhori yuzidin tuno ötgan voqeani ul hazrat xizmatlarida arz qildilar. Alar tabassum qilib, dedilarkim: “Ajab amri ittifoqiy bizning va sizning oraliqda voqeʼ bölğon ermiş: ikki yo uç kun burunroq mavlono şayx Abdulloh uşbu risolani bizning qoşimizga kelturub erdi, biz doği avvaldin bunyod qilduk, oxiriğa deginça heç yerda turmoq bölmay tugandi”.
Tonglasi mavlono şayx Abdulloh keldi, to kitobin yo bahosin olğan. Baʼzi anga ayttilarkim: “Falon (yaʼni banda) bu kitobni avvaldinkim öqumoq bunyod qildi, tugagunça ilikdin qöymadi”.
Ul taajjub yuzidin dedikim: “Hazrati Maxdumiy xizmatlariğa ham elta berdim, alarğa ham uşbu hol voqeʼ böldi”.
***
Agarçi xavoriqi odat izhoriğa haq taolo amri bila maʼmur emaslar erdi va pokiza holatlari “Malomatiya”3 tariqini şoirliq va mulloliq tariqida yaşurun tutarlar erdi. Ammo gohi ğarib nimalar alardin zohir bölur erdi.
Ul jumladin daği bir neçakim, aynil-yaqin bölubtur bitimagi munosib körundi.
***
Seyidam Iroqiy degan yigit Muzaffar4 barlosning öbdon navkari, balkim eşik oqosi erdi, ğoyati nodonliğidin alarğa munkir ermiş, ğoyati inkoridin alarning devonin birin-birin uzub, ötğa solib, kuydurubtur. Hamul uç-tört kunda göyo bir uzviğa tugan qöpub, ul jarohat gazak bölub, oxir böldi.
***
Majiduddin Muhammad5ki, olam maşhuridur, taʼrifğa ehtiyoj emas. Podşoh ani yozğurğonda andin itloqiğa zomin tilagandur. Ul alarğa iltimos qilibdur va alar taahhud qilğondin söngra qoçti. Oz fursatda, ön beş kunga tortmadikim, tutuldi. Azim qiyinlar tortti va boru yöq jihotin devoniy qildilar. Şahrdin boşin olib, ovora böldi va hamul ovoraliqda fanoğa bordi.
***
“Fanoiyya” boğçasin yasardakim, ul hazrat havlilarining içinda yer inoyat qilib berib erdilarkim, faqir öziga muxtasar manzil yasabmen.
Podşoh Marv qişloğiğa azimat qilğonda faqir Darveş Hoji Irqbandnikim, zamonning çobukdast boğbonlaridindur — taʼyin qildimki, bahor ölğoç, ul boğçaga rayohin va aşjor ekkay. Bahor bölğonda Darveşi mazkur kelib, ul boğchaning buyrulğoyi işiğa qiyom körguzurda ul hazrat daği gohi kelib, muborak xotirlari taşxizi uçun bir oz zamon anda bölur ermişlar va baʼzi yiğoçlarğa daği iltifot qilib, yer körguzur ermişlarki, qayda ekkay.
Darveş Hoji tund mizojliq devona kişidur. Baʼzida munoqaşa qilur ermiş va ul hazratğa xuş kelib, munbasit bölur ermişlar. Bir kun yiğoçqa alar yer taʼyin qilibturlar. Devona boğbon inod yuzidin debturkim: “Munda ekmasmen”. Alar inbisot bila debturlarkim “Nevçun ekmassen?” Ul debturkim: “Rajadin taşqaridur, tongla çerik kelsa, Mir Şayxim6 boğbonliqda voqif kişidur, körub eʼtiroz qilğusidur”. Alar debdurlarkim: “Boğça Şayximning emas, Alişerningdur, ul eʼtiroz qilmağusidir”.
Çerik şahrga kelgandin söngra Darveş Hojining tundliqlaridin asʼhob naqllar qilurlar erdi. Ul hazrat daği zavqu nişot yuzidin ul yiğoçni körguzub, ötgan hikoyatnikim, alar bila Darveş Hoji orasida voqeʼ bölğondur, naql qilur erdilar.
***
Podşoh ul yilki Xuroson taxtin olğondakim, “Jahonoro” boği tarhin soldilar. Bir panjşanba kuni ul hazrat xizmatlarida Gozurgohi7din Daşt yuzi bila Xiyobon8 sori boriladur erdi. Sayyid Ğiyoskim, ul boğning taʼmiri va boğbonliği anğa mutaayyin erdi, yölda yöluqtikim, arobalarğa uluğroq sarv yiğoçlarin boğlardin sotun olib, qöngarib yuklab, “Jahonoro” boğiga eltadur erdi: Ul Hazratğa salom berib, iltifot qilib, mutoyaba bila dedilar:
– Yana heç sarv yiğoçi qoldimu? Ne, buyla sarv yiğoçi yuklabsen, oyo neça yiğoç bölğay?
Ul dedikim:
– Sanabbiz, yuz tört adaddur.
Alar dedilarkim:
– Ajab adaddur.
Faqir dedikim:
– Munosib adaddur, nevçunkim, “qad”9 adadi bila munosibdur. Alar dedilarkim:
– Rostdur, – daği faqirni tahsin qildilar.
***
Bir kun alar yöl bila boradur ermişlar. Mahmud Habib otliğ devonayi xumoriyi abtariy bor erdi, mast va oşufta, alarğa yöluqub, beadabona sözlar aytib, balki safohatlar qilibtur, ammo alar mutlaq iltifot qilmaydurlar, daği aning sori boqmaydurlar. Yana bir kun faqir alar xizmatida boradur erdim. Hamul devona faqirni alar bilan kördikim, boradurmen. Ul yerdinkim, junun ahli va abtar xaloyiq fosid xayoloti bölğay, soğinmiş bölğankim, alar aning tuno kungi beadabliqlaridin faqirğa şammayi izhor qilğaylar yo qilmiş bölğaylar. Alarga betaqrib söz qotib, uzrxohliqlar boşladi. Faqir taajjub qilib, alardin istifsor qildimkim: “Bu devonaning parişon uzrxohliqlari, oyo, ne jihatdin erkin?”.
Alar sözni özga sori yutkab, tuno kun ötgan holatdin heç nima izhor qilmadilar. Ammo asʼhobdin tuno kun ötgan söz maʼlum böldi. Ul devona beeʼtidolliqlar qilsa erdi, anga taʼzir va adab qililur erdi. Faqir tiladimkim, anga adab buyurğayman.
– Sen heç nima demagilkim, anga adab yetgusidur. Bir neça kun ötmadikim, yana bir devona ani urub ölturdi.
***
Alar Makka safaridin10 qaytib şaharğa kelganda, podşoh rözgor havodisi iqtizosidin Balx yuruşiğa borib erdilar. Çun humoyun royotkim, Balxdin qaytib, taxtğa ozim böldilar, istiqbol rasmi bila Murğob viloyatiğaça kelib erdilar. Podşoh bila muloqotdin söngra bandaxonağa taşrif kelturub, keça anda böldilar. Keça alar istirohat qilur uçun bir yangi takallufliq oq uy bor erdi, ani tikturuldi, to ul Hazrat anda osoyişğa maşğul böldilar.
Ittifoqo ul keça bir ğarib tund yel estikim, örduning köproq oq uy çodirlarin yiqib, ajab oşub el orasiğa soldi. Alar uçun tikkan oq uyni daği yiqib, uşotibdur.
Alar xizmatidaği asʼhob degandurlarkim:
– Hayf bu uydinki, yaxşi uy erdi, ajab pora-pora böldi. Muni tikkan farroşlar, oyo, ne degaylar?
Alar debturlarkim:
– Ne degaylar, aytğaylarkim, koşki bu şum
qadamliq mullolar bizning uyga kelmasalar erdi.
- Ollohga yaqin hazrat (arabça).
- Abdulloh Ansoriy – Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad al-Ansoriy Hirotiy – söfiylik tariqatining yirik arbob va nazariyotçilaridan biri, “Ilohiynoma”ning muallifi.
- Malomatiya – IX asrda Nişopurda paydo bölgan taʼlimot.
- Muzaffar Barlos – Husayn Boyqaro amirlaridan.
- Majduddin Muhammad – Husayn Boyqaro vazirlaridan.
- Mir Şayxim – Amir Şayxim Suxayliy – hirotlik maşhur şoirlardan, Navoiyning yaqin dösti. U haqda “Majolis un-nafois”da maʼlumot beriladi.
- Gozurgoh – Hirotda toğ etagidagi xuşmanzara maydon.
- Xiyobon – Hirotning markaziy köçasi.
- Arabça yozuvdagi “qad” sözining harflari miqdori abjad hisobida 104 böladi.
- Jomiy Makka safariga 1472-yilda çiqqan edi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

