Kitob – insonning azaliy dösti. Olam aro odamning özligini topişga yordam beradi. U çeksiz hayot ummonida insonning unça-munça tölqinlarga çökmaydigan işonçli qayiğidir.
Bundan tört asr muqaddam ana şunday işonçli qayiqlardan biri yaratilgan… XVII asr mualliflaridan biri öz kitobini “Maqomati mavlona Hoji Habibulloh” deb ataydi. XVIII asrda ham “Maqomati mavlona Hoji Habibulloh”ga öxşaş yana bir kitob yoziladi va undagi voqealarni davom ettiradi. Hodisalar köhna Turon va Hindiston yerlarida sodir böladi. Bu hodisalar göyoki, bugun ham davom etayoganday. Göyo, ularda sizu biz ham qatnaşayotgandaymiz. Quyida öşa ikki kitob bilan tanişamiz.
Tuhfat ul-ahbob
Muallif: Sayyid Muhammad ibn Oxund Qozi Kamol, XVII asr ikkinçi yarmi – XVIII asrning birinçi çoragida Buxoroda yaşagan. Söfi Olloyor va Boborahim Maşrab bilan zamondoş bölgan. Tariqatda Hoji Muhammad Habibulloh Buxoriydan taʼlim olgan. Sayyid Muhammad şu ustozining hayoti va tariqatdagi faoliyatini yoritişga bağişlab “Maqomati mavlona Hoji Habibulloh” asarini yozadi. Bu asar zamondoşlari orasida “Tuhfat ul-ahbob” (Suyuklilarga sovğa) nomi bilan ham tarqaladi.
Asarning ahamiyati: Undan Nosiriddin Hanafiy Buxoriy (Buxoro amiri Muzaffarning öğli), Sadri Ziyo kabi mualliflar tadqiqotlarida foydalanişgan. ÖzR FA Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasining asosiy bölimi(fond)da asarning №4400 va 3756-1 raqamlari bilan qayd etilgan nusxalari saqlanadi. Asar şörolar davrida deyarli tadqiq qilinmagan. XX asrning sönggi yillarida ham Söfi Olloyor, Maşrab hayoti va ijodini örganişga qizğin kirişgan tadqiqotçilar nazaridan ança vaqtgaça çetda turdi. Holbuki, bu ikki maşhur ijodkor tarjimayi holini yoritişda mazkur kitob juda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Mujaddidiylarning tarixiy faoliyatini örganiş çoğida bunga köp bora guvoh böldik. U “xalq kitobi” nomi bilan ataladigan adabiy asarlar, turli rivoyatlar tufayli tarix sahifalariga kirib qolgan çalkaşliklarni bartaraf qilişga kömaklaşadi.
Asar önta maqoladan taşkil topgan. Birinçi maqolada Hoji Habibullohning Yaʼqub Çarxiy avlodlaridan Xoja Muhammad Tayyibulloh xonadonida hijriy 1040 sanada (1630–1631) tuğilişi va bolaligi, ilm örganişiga oid maʼlumotlar beriladi. Keyingi maqolalarda uning Samarqand va Buxoro sayohatiga çiqişi, azizlar qabrlarini ziyorat qilişi, hajga otlanib, Rum orqali Makkaga borişi bayon qilinadi. Hoji Habibulloh hajdan qaytişda Hindistonda bir neça yil yaşaydi, mujaddidiya-naqşbandiya tarmoği asosçisi şayx Ahmad Sirhindiyning farzandi va sulukdagi davomçisi Xoja Muhammad Maʼsumdan tariqat taʼlimini oladi.
Asarda Hoji Habibulloh faoliyati orqali Buxoroda mujaddidiya tariqatining rivoj topişi, şayx Ahmad Turk Yakkiy, mavlono Muhammad Şarif Buxoriy singari allomalar haqida qiziqarli maʼlumotlar bor. Xiyobon madrasasi va xonaqohi, Hoji Habibulloh guzariga doir xabarlar Buxoro şahri tarixini yoritişda muhim va qimmatli ahamiyatga egadir. XX asr örtalariga qadar Buxoro şahrida manğit hukmdorlarining maşhur sulolaviy dahmasi bölganini bugun köpçilik bilmaydi. Uning şakllaniş sabablari va tarixiy asoslari mazkur “Tuhfat ul-ahbob” asarida hikoya qilingan voqealarga borib taqaladi. Bu asardagi maʼlumotlardan xabardor bölmagan tadqiqotçi XVIII–XIX asrlardagi bir qança ijtimoiy, maʼrifiy, siyosiy jarayonlar mohiyatini töla anglay olmaydi.
Asarning 8-, 9-, 10-maqolalari axloq tarbiyasiga bağişlangan. Boylik, odob, libos, namoz, zikr, mehmondorçilik, surat, musiqa, narda va şatranj öyinlari, afyun, qabr hayoti, qiyomat masalalari qiziqarli bahs va muqoyasalarda tahlil qilinadi.
Asarda keltirilgan Xoja Muhammad Roziq Kalon, Şukrullohxoja, Podşohxoja, Xalifa Aşur Boqi, oxund Hofiz Zohid, oxund Muhammad Solih, Söfi Abdurazzoq, Söfi Navröz Şahrisabziy, Söfi Olloyor, mulla Ismatulloh, Xoja Davlat saroy, Xoja Nihol kabi tarixiy şaxslar; öşa davrlardagi joy nomlari; Buxoro, Nasaf, Samarqand maʼrifiy hayotiga oid maʼlumotlar – köhna Turon ötmişi, öşa davr kişilarining maʼnaviy dunyosi va jamiyatdagi örni haqidagi tasavvurlarni boyitadi, tiniqlaştiradi.
Kamoloti mujaddidiya
Bu asarning töliq nomi matnda “Kamoloti mujaddidiya va maqomoti Ahmadiya” deb körsatilgan. Tadqiqotçilar davrasida u köpinça qisqagina “Kamoloti mujaddidiya” deyiladi. Muallif bu asaridan taşqari “Havoşi Şofiy bir şarhi Bayzoviy”, fors tilida “Sahihi Buxoriy”, “Zaburi Dovud”, “Şarhi Hidoya”, “Axloqi Bahodurxoniy” asarlariga şarhlar yozgan.
Muallif: Mir Abdulhay al-Hanafiy al-mujaddidiy ibn Mir Abul Xayr aʼlam Samarqandiy ibn mavlaviy Abul Fayz Abduboqi hijriy 1169-yili (1756) Samarqandda ziyoli oilada tavallud topadi.
Muallifning ilmiy va ijodiy davralarda mavlono Fayz Aʼlaviy nomi bilan şuhrat qozongan bobosi taxminan 1640-yili dunyoga kelgan va 1745-yili vafot etgan. Kitob tumanidagi Xojagi Abduboqi Imkanagiy qabristoniga dafn qilingan. U bir qança asarlar yozgan. Hadisda Hasan al-Fathobodiy va tasavvufda Şoh al-Keşiydan taʼlim olgan. Uning Rajab an-Namanganiy, Şoh Avaz al-Xöqandiy, öğli Abul Xayr va Qalandarxon al-Buxoriy ibn Zayniddin al-aʼlam kabi şogirdlari bölgan. Samarqand tarixiga oid “Samariya” asarini taʼlif etgan Abu Tohirxoja ibn Abu Saʼid mazkur Mir Abdulhay Samarqandiyning nabirasi edi.
Abdulhay Samarqandiy davrining ilğor olimlaridan biri bölib yetişadi va Samarqandda 40 yil qozilik vazifasini bajaradi. Hijriy 1243-yili (milodiy 1827) vafot etadi.
Asarning ahamiyati: Qölyozmalar xazinasida asarning ikkita qölyozma nusxasi saqlanadi. Kartoteka va kataloglarda №10968-2 raqamli qölyozmalar muallifi körsatilmagan. Qölyozmaning 53b-54a betlarida asar muallifi Mir Abdulhay Samarqandiy ekani qayd etilgan. Tili forsiy, nastaʼliqda köçirilgan.
Asarning ikkinçi – №10610 raqamli nusxasining ham tili forsiy, nastʼaliqda yozilgan. Asar tadqiqotlarda “Manoqibi Xoja Muhammad Masʼum” nomi bilan ham körsatiladi. Unda mujaddidiya-naqşbandiya tariqatining taniqli vakillari hayoti va faoliyati yoritilgan, XVII–XVIII asr oxirigaça bölgan davr qamrab olingan. Muallifning özi ham mazkur tariqatga mansub edi. U şayxulislom Atoullohxoja Buxoriydan ham irşod ijozatini oladi. Asarda mavlono Xojagi Abduboqi Imkanagiy, Boqibilloh Dehlaviy, Şayx Ahmad Sirhindiy, Xoja Muhammad Masʼum, şayx Siğbatulloh, boburiy Avrangzeb, Abduğafur Samarqandiy, Hoji Salim Balxiy, hazrat Imlo Buxoriy, Neʼmatulloh Oşiq, Niyoz Çöqmoqiy Buxoriy, Fazl Ahmad Masʼumiy tarixiy şaxslar hayotiga oid maʼlumotlar töplangan. Ularning tariqat va turli ijtimoiy masalalar yeçimlari yuzasidan özaro yozişgan maktublaridan namunalar berilgan.
Mir Abdulhay Samarqandiy tarjimayi hollar va tarixiy maʼlumotlardan taşqari tavba, maqom, fano, fano filloh, fanoyi boqiy, çilla, latoifi aşara (ön unsur), xilvat kabi diniy-tasavvufiy tuşunçalarini naqşbandiya tariqati ğoyaviy qaraşlari asosida şarhlaşga harakat qiladi.
“Kamoloti mujaddidiya” ham tadqiqotçilar eʼtiboridan çetda qolgan asarlar sirasiga kiradi. Hozirgaça mazkur manba deyarli örganilmagan. Turonlik tariqat ahli tarixiga doir yiğilgan köplab maʼlumotlar unga turdoş boşqa asarlarda uçramaydi. U şaksiz, XVII–XVIII asr Turon tarixini yoritişda muhim manbalardan biri sifatida xizmat qiladi.
Abdusattor JUMANAZAR,
ÖzR FA Şarqşunoslik instituti katta ilmiy xodimi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

