“Özi bilganidek yaşaş” – aytişgagina oson, xolos, uni yaşaş esa, judayam muşkul, judayam oğir. Axir, hammamiz ham odammiz, hayotiy munosabatlar, bani başarga xos muammolar – barçamizga tan. Şunday ekan, bori dunyoga qöl siltab, faqat köngil bilan yolğiz qoliş – köngildagi izhorlarni qoğozga tuşirişga ilohiydan hadya – isteʼdoddan bölak yana sabr-toqat, çidam va bardoş ham kerak… Binobarin, bulbul “özi uçun – yaʼni, sayraşi kerakligi uçun sayraydi: illo, sayramasa – öladi. Yozuvçilik ham – şu!” tarzidagi töxtamga kelgan Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayevning ijodi adabiy bilimimiz uçun ham, hayotiy kuzatişlarimiz uçun ham manfaatlidir.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


