8 daqiqada öqiladi

1 255 marta körilgan

“Qisasi Rabğuziy”ning nusxalari taqqoslansa…

Turkiy xalqlar maʼnaviy hayotida beqiyos örin tutgan, payğambarlar tarixidan hikoya qiluvçi “Qisas ul-anbiyo” – “Qisasi Rabğuziy”ni Nosiruddin Rabğuziy 1309–1310-yillarda köhna Xorazmda, azim Amudaryo böylarida bitgan. XX asrga qadar asarning turkiy tildagi nusxalari dunyo böylab tarqalgan. Tabiiyki, asarning nusxalari turli davrlarda köçirilgani tufayli ularda çiğatoy tilining vaqt sayin özgarib borgan leksikasi yaqqol közga taşlanadi. “Qisasi Rabğuziy”ning asl nusxasi esa turkiy tilda, aniqroq aytganda, xorazmça qipçoq turkçasida yozilgan. Xorazmça qipçoq turkçasi bilan eski özbek tili örtasida ozmi-köpmi farqlar bölsa-da, baribir, hozirgi özbek tilining şakllanişida xorazmça qipçoq turkçasining iştiroki bölgan; hatto hozirgi özbek tilining ayrim şevalarida ham biz asar tilining maʼno jihatidan özgarib borgan, ammo muomaladagi köplab sözlariga duç kelamiz.

“Qisasi Rabğuziy” töğrisida gap ketganda, unga tegişli bir maʼlumotni, yaʼni asarning haqiqiy qölyozmasi topilmaganligini ham aytib ötişimiz kerak. Şunday bölsa-da, barça ğarblik turkolog olimlar “Qisasi Rabğuziy”ning London şahridagi “Britaniya” kutubxonasida saqlanayotgan qölyozma nusxasini (garçi bu nusxa XV asrda, asar dunyoga kelganidan qariyb ikki asr ötib köçirilganiga qaramay), asl qölyozmaga eng yaqin nusxa deb hisoblaşadi. Aslida, masalaga bu jihatdan yondaşiş bizni juda çigal savollar sari boşlaydi. Boz ustiga, Britaniya muzeyidagi qölyozma nusxasiga tayanib, boşqa qölyozma nusxalar xususida aniq bir fikr aytiş muşkul. Zotan Londondagi uşbu qölyozma nusxaning özi xattot tomonidan, zamonaviy qilib aytganda, kitob dökonida sotiş uçun köçirilgan. Siz bunda xattot asarni şoşmaşoşarlik bilan bir qança xatoga yöl qöygan holda köçirganiga guvoh bölasiz: ayrim sözlar, butun-butun qissalar tuşib qolgan, baʼzi qissalar notöğri tartibda joylaştirilgan, qissa yakunidagi muallifning xotimalari boşqa qissalarning orasiga kirib qolgan. Uşbu maqolada “Qisasi Rabğuziy”ning turli joylarda saqlanayotgan qölyozma nusxalarini “Britaniya” muzeyida saqlanayotgan aynan mana şu qölyozma nusxasi (keyingi örinlarda ms.A deb yuritiladi) bilan soliştirib çiqamiz. Şu örinda maqolada “Qisasi Rabğuziy” asarining taqqoslanadigan qölyozma nusxalari bilan sizni taniştirib çiqaylik:

  1. A – Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanayotgan XV asrga oid qölyozma nusxa.
  2. B – Sankt-Peterburg Milliy kutubxonasida saqlanayotgan XVI asr boşlarida köçirilgan nusxa.
  3. Ba – Boku şahrida saqlanayotgan Ozarbayjon Fanlar akademiyasi şarqşunoslik institutidagi qölyozma nusxa. U 1552-yilda köçirilgan bölib, uşbu nusxa haqida ilk bor 1969-yilda olima Hojiyeva maʼlum qilgan.
  4. T – Tehron universiteti kutubxonasida saqlanayotgan qölyozma nusxa. Uning köçirilgan vaqti nomaʼlum. “Qisasi Rabğuziy”ning Tehron qölyozma nusxasi haqida 1969-yili nemis adabiyotşunosi Xofman maʼlum qiladi.
  5. C – Sankt-Peterburg şahrida saqlanayotgan Rossiya Fanlar akademiyasi şarqşunoslik institutidagi, taxminan, XVI asrning 60-yillarida köçirilgan qölyozma nusxa.

ILM – rus turkşunosi Ilyuminskiy tomonidan Qozon şahrida 1873-yili naşr qilingan nusxa (til jihatidan yuqoridagi nusxalardan keskin farq qiladi).

“Qisasi Rabğuziy”ning Toşkentda, Fanlar akademiyasi şarqşunoslik institutida ham ikki nusxasi saqlanlanmoqda. Taassufki, ayni damda bizda uşbu qölyozma nusxalarining köçirmalari mavjud emas.

“Qisasi Rabğuziy”ning yuqorida keltirib ötilgan qölyozma nusxalarini ikki: ms.T va ms.C guruhlariga ajratiş mumkin. Şuningdek, bu guruh nusxalaridan keskin farq qiluvçi Ilyuminskiy naşri ham bor. Darvoqe, asarning Ilyuminskiy naşri talqinida uçraydigan ayrim hikoyalar boşqa biror nusxada mavjud emas. Şunga köra, biz qölyozma nusxalarni qisqartirilgan qölyozma nusxalar va uzun talqindagi qölyozma nusxalar deb tasniflasak ham böladi.

Asarda Rabğuziy tomonidan yozilgan arab va turkiy tildagi şeʼrlarning vazn ölçovlari mukammal darajada yozilganiga guvoh bölamiz.

Quyida asarning lingvistik salohiyatiga doir qismiga töxtalmoqni lozim topdik. Bunda bir şeʼriy namunaning qölyozma nusxalardagi turli talqinlarini körib çiqamiz. Şuni ham aytib ötiş joizki, “Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalarining barçasini jamlab, ulardagi tafovutlarga diqqat qilinsa, asar nusxalarining özgarmagan, mazmunan ham katta farq qilmagan qismi uning şeʼriy qismi ekani maʼlum böladi. Biroq bunda ham ayrim özgarişlarga duç kelasiz, albatta. Keling, Yusuf alayhissalom töğrisidagi törtlikka nazar taşlaylik:

Köz körgani jamol ul,

Sevmak ani halol ul.

Andoğ jamol körubon

Kim sevmasa vabol ul.

Uşbu törtlik ms.A, ms.T, ms.Ba, ms.C va ms.B qölyozma nusxalarida baʼzi lisoniy özgarişlarni hisobga olmaganda, deyarli özgarişlarsiz berilgan. Törtlikning ikkinçi misrasidagi “sev” sözi ms.B qölyozma nusxasida va ILM naşri talqinida “sav”ga özgargan; asli “körgali” bölgan söz ILM naşri talqinida “körgani” deb beriladi; ms. Ba qölyozma nusxasidagi uşbu törtlikning uçinçi misrasidagi “jamal” sözi “jamol” tarzida köçirilgan.

“Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalarining ayrim nasriy parçalarini taqqoslar ekansiz, ulardagi baʼzi farqlarga guvoh bölasiz. Keling, quyida hazrati Luqmon bilan boğliq bir hikoyat[1]ning qölyozma nusxalarda qanday özgarişlar bilan kelganini körib çiqaylik.

  1. A qölyozma nusxasida:

Hikayatda kelmiş: Bir kun xajasi Luqmanni buğdoy ekgali yubordi. Luqman barib arpa ekti. Xajasi aytdi: “Buğdoy ek dedim. Ne uçun arpa ekding?” Luqman aytdi: “Arpa eksa, buğdoy unmasmu?” Xajasi aytdi: “Unmas.” Luqman aytdi: “Andağ bölsa, sen ham yamanliq ekib, yaxşiliq umid etmagil.”

ms.T qölyozma nusxada:

Hikayat: Aytmişlar: Bir kun begi Luqmanni buğdoy östirgali yubordi. Luqman bardi, arpa östirdi. Begi aytdi: “Buğdoy östirgil dedim. Arpa neçuk östirding?” Luqman aytdi: “Arpa össa, buğdoy unmasmu?” begi aytdi: “Unmas.” Luqman aytdi: “Andağ arsa[2], san mana yavuzliq uruğin östirib, azgulik kutmagil.”

ms.B qölyozma nusxasida:

Hikayat: Aytmişlar: Bir kun begi Luqmanni buğdoy östirgali yubordi. Luqman barib arpa östirdi. Begi: “ ‘Buğdoy östir,’dedim. Arpa neçuk östirding?” Luqman aytdi: “Arpa össa, buğdoy bitmasmu?” Begi aytdi: “Bitmaz.” Luqman aytdi: “Andağ ersa, san mana yavuzliğ östirib azgulik umid qilmağil.”

ms.Ba qölyozma nusxasida:

Aytmişlar: Bir kuni begi Luqmanga aytdi: “Falon yerda buğdoy östirgin”. Luqman barib arpa östirdi. Begi aytdi: “Buğdoy östirgin dedim. Arpa neçuk östirding?” Luqman aytdi: “Arpa össa, buğdoy unmasmu?” Begi aytdi: “Unmas.” Luqman aytdi: “Andağ ersa, san mana yavuzliğ östirib, azgulik kutmagil.”

  1. C qölyozma nusxasida:

Aytmişlar: Luqman xajasi buğdoy ekmakka yubordi. Luqman barib arpa ekdi. Begi: “Man sana, buğdoy ekgil, dedim. Ne uçun arpa ekting?” Luqman aytdi: “Arpa eksa, buğdoy unmasmu?” Xajasi aytdi: “Unmas”. Luqman aytdi: “Agar andağ ersa, san tağin bu kundin song yamanliq urluğin ekmagil. Agar eksang, azgulik kutmagil.”

ILM (383/5) naşrida:

Hikayat: Bir kun Luqman ekin ekmakka barur erdi. Xajasi aytdi: “Buğdoy ekgil”. Luqman bordi arpa ekti. Xajasi aytdi: “Buğdoy neçun ekmading?” Luqman aytdi: “Arpa eksam, ol[3] böğdoy bolmazmu?” Xajasi aytdi: “Hargiz arpa ekib böğdoy bolmadi”. Luqman Hakim aytdi: “Bas gunah qilursen, ol xayr yerim[4] bolurmi?”

Körib turganingizday, qölyozma nusxalaridagi namunalarda birmunça farqlar mavjud. Hozir keltiriladigan yana bir misolda ms. A (Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan) nusxasidagi xatolik yaqqol közga taşlanadi:

  1. A qölyozma nusxasida:

Qurtqa[5] aytdi: “Yetti kun boldi malik[6] uyinda yemakka taom topmas,” deb. Azraq taom tapib kelturdi; suv tegmiş, hidlanmiş. Hizr u Ilyas qöllarina alib avaladilar[7]: Aq boldi. Ani xamir qildilar.

ms.T qölyozma nusxada:

Qurtğa aytdi: “Yetti kun boldi malik yegu taom topmas.” Aytdilar: “Körgil uyda kepakdin tariqdin narsa topurmisan.” Qurtqa “aytdi” azqina tariq topib kalturdi; suv tuşmiş, kökarmiş. Hizr u Ilyas qöllarina aldilar avdilar: Un boldi. “Xamir(qilgali) yugurgil,” dedilar.

ms.B qölyozma nusxasida:

Qurtqa aytdi: “Yetti kun boldi malik uyinda yegu taom topmas.” deb. Aytdilar: “Körgil uyda tariqdan narsa topilurmi.” Qurtqa azgina tapdi; suv tegmiş, yidlanmiş. Hizr u Ilyas qöllarina aldilar işqaladilar: Un boldi, xamir qildilar.

  1. C qölyozma nusxasida:

Qurtqa aytdi: “Yetti kun boldi malik taom yegu topmas.” Aytdilar: “Körgil uyinda undin tariqdin narsa topurmisan. Qurtqa azqina tariq topib kelturdi. Hizr Ilyas qöllarina aldilar uzdilar: Oq un boldi. “Xamir (qilgali) yugurgil,” dedilar.

ms.Ba qölyozma nusxasida:

Qurtqa aytdi: “Yetti kun boldi malik uyina yegu kelmas boldi.” Aytdilar: “Körgil uyda tariqdin narsa topurmisan.” Qurtqa azgina taom topib kelturdi; suv tegmiş. Hizr u Ilyas qöllarina aldilar işqaladilar: Un boldi, xamir qildilar.

ILM naşrida:

Qurtqa aytdi: “Azraq tariq bar”. “Kelturgil”, dedilar. Qurtqa kelturdi. Hizr alayhissalom aldi ersa, un boldi. Aytdi: “muni xamir qilgil”[8].

“Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalaridan keltirilgan parçalardan körinib turibdiki, asarning qölyozma nusxalarining nasriy qismidagi özgarişlar uning şeʼriy qismidagi özgarişlarga qaraganda birmunça köpdir. Ammo, şunisi aniqki, “Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalarining aksariyati özbek tili va adabiyotining tarixini öqib-örganiş uçun ulkan bir manba. Maqolada asarning faqatgina eng qadimiy qölyozma nusxalaridangina namunalar keltirildi, xolos. “Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalarida farqlar bölsa-da, ularni bir-biridan ajratiş mumkin emas. Boisi ularning har biri mohiyat eʼtibori bilan qaralganda, bir butunlikka ega mukammal qölyozma nusxalardir. Izlanişlarimiz natijasida şunday xulosaga keldikki, “Qisasi Rabğuziy”ning qölyozma nusxalari içida asarning asliga eng yaqini bu – Tehron qölyozma nusxasidir. Uşbu asar ustida ilmiy izlanişlar olib borilsa, yanada körpoq ilmiy yangiliklar kaşf qilinaveradi.  

Xendrik

        BOYOŞOTEN,

Iogan Gutenberg nomidagi Mayns universiteti professori. Niderlandiya

Ingliz tilidan

Gulhayo  MAHAMADALIYEVA tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)