Orol dengizi haqida eşitsam yoki biror nima öqisam öpkam tölib ketaveradi. Lekin yiğlay olmayman. Xuddi sigaretni çuqur tortganimdagidek açimsiq tutun böğzimni açiştiradi.
Mana yoşim öttizlik dovonni zabt etib turibdi, şu paytgaça Orolni bir bora bölsa-da, közim bilan köra olmadim. Qoraqalpoğiston Respublikasi uzoqmas, maşinada yurilsa 16 soatda yetsa bölar…
Maşinam bor.
Işxonadan ruxsat söralsa, rahbar tuşunadigan odam – yöq demaydi…
Dabdurustdan qaror çiqarib, bir yoqlarga “yöqolib qoladigan” odatimga esa oilamdagilar könikib ketişgan.
Ammo özim-da anglolmayotgan qandaydir bir vaj sababli safar ortga surilib kelyapti.
Orol – aslida bobomning maqsadi edi.
Biroq Ikkinçi jahon uruşining zaxida öpkasini şamollatgan bobomni zardobdard erta yengib, dunyosiga töyib-töymay, biz nabiralarining rohatini körolmasdan közlari oçiq ketdi.
Bobom haqiqatda noyob kişi edi…
U kişiga eng yaxşi taʼrifni otam bergan: – Bunday avlod boşqa kelmaydi…
Yoşligimda tengdoşlarim fazogir, prokuror, hokim böliş haqida xayol qilardi.
Men Orol böyida yaşaşni orzu qilardim. Qirğoq böyida uy solib, har kun baliq oviga çiqsam, tutilgan baliqdan “uxa” pişirib, bobomga içirsam öpkasi tez tuzalib ketadi, deb öylardim.
Öşa paytlar xuddi “Susambil”dek bir ohanrabosi bor edi Orolning…
Esimni tanigan paytimdan bölsa kerak, bobom doim bir gapni takrorlardi: – Orolga borsam tuzalib ketaman.
– Otamga ayting oboradi, – derdim.
– Yöq, ikkimiz borişimiz kerak. Buning uçun esa sen tezroq katta bölişing lozim, – derdi.
Hatto bobom vafotining ertasiga otamdan alamangiz bölib: – Siz obormadingiz Orolga, şuning uçun öldi, deya arz-dod qilganman.
Şunda otam indamasdan meni mahkam bağriga bosgandi.
Maʼlum vaqt ötib bilsam, bobom Orol ertagini faqat menga aytib yurar ekan…
Heç kimga hatto bolasiga-da xizmat aytişni ep körmaydigan odam edi-ya…
Xuddi “Çol va dengiz”dagi kabi böldi…
Yaqinda bir jurnalist ökinç bilan “Dengiz çekinib ketibdi, köriş uçun maxsus “jip”da borilar ekan” qabilida yozdi…
Tomoq qirdim…
* * *
Xullas, xabarlar oqimida “Olimlar: Orol dengizi tiklanmoqda” havolasini körib, dardim yangilandi. Içimda iloyim şunday bölsin, deya piçirladim.
Bungaça Orol fojiasini, garçi gidrobiolog bölmasam-da, özimça örganib yurardim.
Maktab kutubxonasidagi badiiy asarlarda Orol haqida öqirdim. Bittasida asar qahramoni Orolga borib, öpkasini davolaş ilinjida konserva zavodida işlaydi…
Universitetda tahsil olayotganimda dotsent Q.Allanov “Markaziy Osiyo davlatlari geografiyasi” maʼruzalarining birida Orolga alohida töxtalib ötgan.
Orol önglanişi uçun nima qilsa böladi?
Birinçisi, Rossiyadan Özbekistonga qarab kanal qaziş. Juda katta loyiha. Amalga oşişi duşvor. Kamiga kanalning bir qismi Qozoğiston hududidan ötar bölsa, transmilliy çegara degan narsalar bor…
Ikkinçisi, Orol dengizi hududi yer qaʼrida juda katta yerosti dengizi bor. Tepaga artizan quvurlar orqali çiqariş mumkin. Juda katta loyiha. Amalga oşirar bölsa, seysmologik muammolari bor.
Uçinçisi, Kaspiy va Orol dengizini ajratib turadigan toğ tizmasida öziga xos ğor – suv yöli mavjud. Tarixga nazar solinsa, Orol gurkiragan payti Kaspiy quriydi. Hozir Kaspiyning suvi köp. Heç çora körilmasdan kutib turilsa, Orol öz-özidan qayta tiklanişi mumkin.
Şuningdek, fisqu fujur gaplar ham eşitganman. Emişki, sobiq Ittifoq davrida Orol dengiziga maxsus kimyoviy modda taşlangan va u suvni bosqiçma-bosqiç buğlatib yuborgan. Ötgan yili Ozarbayjonga safar qilgan sözbir jöramiz u yerda bir haydovçi bilan gaplaşib qolibdi. Qardoşimizning aytişiça, Orol bağriga juda katta neft zaxirasini quçib yotgan emiş.
Qarayverilsa, bu qabildagi gaplar çiqaveradi.
Rostini esa Xudo biladi…
* * *
Keyin taşvişlarga butkul ğarq bölib, Orolni bir muddat unutdim.
Xabarça sabab, yana bobom haqda öylay boşladim.
Baʼzilar gözallik nobud bölmasligi uçun unga daxl qilmaslik kerak, deb hisoblaydilar. Tabiatning bokira, kişi qadami yetmas joylari borligi şundan. Bu ham töğri, aslida.
Ammo yana şunday odamlar borki, maqsadlariga yaqin kelsalar-da, orzu zabtiga şoşilmaydilar, kaftlariga inay deb turgan naqd javohirni armon atab, manzil-yönalişlarini boşqa joyga jörttaga burib yuboradilar.
Kişilarni maqsad, orzu qanday ruhlantirib tursa, “ijobatdan keyin nima böladi” qabilidagi ongosti savol qörqitişi-da mumkin. Bunday paytda armon-la yaşaşning payiga tuşib qolguvçilar bor.
Xom sut emgan bandamiz. Tan oliş ham bir mardning işi.
Endi bilsam, bobom şunday qilgan ekan.
Azobli uruş xotiralaridan çalğiş, turmuşning mayda-çuyda dedi-dedilaridan ovuniş uçun ham Orolga bormagan. Istasa-da…
Taqdir nimani ravo körsa, mağrur turib qabul qilgan.
Boşda aytdim: bular şunaqa avlod edi.
Bizçi?..
Asliddin ALIMARDONOV
1986-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan 2016-yili naşr etilgan yoşlarning “Seni yaxşi köramiz, Özbekiston” nomli publitsistik maqolalar töplamiga “Istiqlolnoma” essesi kiritilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


