Turk adabiyotida hikoya janrining modernlaşiş jarayoni Ğarbdagi munozaralardan biroz farqli. Modern uslubidagi turk hikoyasi “Yangilaniş davri”ning[1] bosqiçlaridan biri Tanzimot adabiyotida paydo böla boşladi. Bu davrda turkiyalik yoşlar Ovrupada, xususan, Fransiyada öqidilar. Ovrupa taʼsirida turk adabiyotida yangilanişlar kuzatildi. Xususan, turk modern hikoyaçiligini qaysi asar boşlab bergani xususida turli qaraşlar ilgari surilsa-da, yangi yönalişga 1890-yillarda asos solingan deb hisoblanadi.
XIX asr oxirlarigaça davom etgan anʼanaviy turk hikoyaçiligi uzoq tarixiy şakllaniş jarayonini bosib ötgan. Bunda hikoyalarning kompozitsion qurilişi özgarmaganligi, Tanzimot adabiyoti avvalida nasr va nosirlarning kamsitilişi ham taʼsir körsatganligi aytiladi. Yangilaniş davrida ham bu janr tez surʼatda modern hikoya şakliga kira olmaydi.
Turk modern hikoyaçiligining ilk namunasi “Kiçik narsalar” (1891) hisoblansa ham, bundan avval Nabizoda Nozim tomonidan naşr etilgan “Karabibik” (1890) nomli uzun hikoya va Rejaizoda Mahmud Ekremning qalamiga doir nazariy tadqiqotlari mazkur janrda modernlaşiş jarayoni boşlanganini körsatadi. Turk hikoyaçiligiga olib kirgan yangiliklari nuqtayi nazaridan “Kiçik narsalar” uşbu yönalişdagi dastlabki urinişdir; “Karabibik” esa moderndagi dastlabki uzun hikoya hisoblanadi. “Kiçik narsalar” asari yozilguniga qadar ham modernlaşiş yölida kiçik, ammo dastlabki qadamlar taşlangan. Seda Işiqning yozişiça, 1870 – 1928-yillar orasidagi modernlaşiş jarayonida yozilgan hikoyalar ham adabiy davr, ham janr taraqqiyotiga xizmat qilgan.
Turk adabiyotida modern hikoyaçilikning paydo bölişi va şakllanişini olti davrga ajratib tadqiq etiş maqsadga muvofiq.
Tayyorgarlik davri (1870 – 1891). Bu davr hikoya janri nuqtayi nazaridan qaraganda, turk adabiyotining ikkilaniş yillari hisoblanadi. Eng katta muammo esa janrlarning qanday nomlanişi masalasi edi. Yozuvçilar bu davrda Ğarbga taqlid qilib roman janrini anʼanaviy hikoyadan ajratişga qiynalişardi. Şu sababli roman janri bu davr yozuvçilari tomonidan “hikoya” nomi bilan qarşi olindi. Tamomila bir-biridan farq qiluvçi roman va hikoya janri aksariyat hollarda bir söz bilan ifoda qilingani uçun hikoyaning janr sifatidagi çegarasi va xususiyatlari uzoq vaqt aniqlanmay kelindi. Şuningdek, hali ham anʼanaviy hikoyaçilikning ifoda xususiyatlaridan voz keçilmaganligi, janrni “taʼlimiy ahamiyati” jihatidan ikkinçi öringa qöyilişi modern hikoyaning rivoj topişiga tösiq bölardi. Şu sababdan ham 1870-yillar bilan modern turk hikoyalarining dastlabki namunalari berilgan 1890-yillargaça bitilgan asarlar modern hikoya şakliga faqatgina mazmun jihatdan ega bölgandi.
1870-yilgaça anʼanaviy oğzaki hikoyaçilikning bir qismi yozma şaklda çop etildi, “qissa” deb atalgan yangi namunalar maydonga keldi. 1870 – 1891-yillar turk adabiyotida hikoyalar bilan bir paytda dastlabki romanlar yozildi. Şuning uçun ham bu davr hikoyalari bilan romanlari örtasida şaklan va mazmunan öxşaşliklar közga taşlanadi. Ammo hikoyalarning heç qaysisida löndalik, tasvirdagi kölamdorlik, qörquv hissi, yumor, yagona taʼsir singari modern hikoyaning muhim xususiyatlari öz aksini topmagandi. Bu namunalarning bari xuddi anʼanaviy hikoyalar singari kitobxonga nasihat beriş, jamiyatni tarbiyalaş uçun yozilgan. Jamiyat hayotida közga taşlangan illatlar 1870 – 1891-yillar hikoyalarining boş mavzulari hisoblangan. Bular orasida dastlabki romanlarda bölganidek işqiy munosabatlar, tutqunlik, taʼlim-tarbiya, Ğarb-Şarq madaniyati töqnaşuvi singari mavzular alohida ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, bu davr yozuvçilari his qilgan axloqiy qaraşlar natijasida hikoyalar yakunida yaxşi kişilar mukofotlanadi, yomon kişilar jazolanadi. Yaxşilarning mukofotlanib, yomonlarning jazolanişi esa romantik oqimning, anʼanaviy hikoya şaklining taʼsiri tufayli yuzaga kelgan. Anʼanaviy hikoyaçilikning boşqa bir taʼsiri voqealar rivojida özini körsatadi. Tasodiflar muhim örin olgan voqealar baʼzan haqiqat çegarasini buzib taşlaydi.
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib çiqadigan bölsak, 1870 – 1891-yillar orasida yozilgan asarlar modern hikoya taʼrifiga köra kompozitsion quriliş jihatidan talabga javob bermaydi, roman bilan hikoya orasida şakllanmay qolgan, anʼanaviy hikoyaçilik asoratidan xalos bölolmagan matnlardan iboratdir. Ammo davrda modern turk hikoyaçiligining yuzaga kelişidagi dastlabki, ammo eng muhim qadamlar taşlandi.
Tanzimot adabiyotida Ahmad Midhat afandi qalamiga mansub “Qissadan hissa” (1870) va “Letaifi rivoyat” (1870 – 1894) nomli turkumning ilk parçalari, Emin Nihatning “Musameretname” asari özining baʼzi xususiyatlari bilan modern hikoyaçilikning dastlabki namunalari hisoblanadi. Biroq “Qissadan hissa” hikoyasidagi matnlar köproq masal va latifalarni esga solişi, “Letaifi rivoyat” va “Musameretname” qahramonlarining urf-odatga köra oila qurişi, taʼlim-tarbiya, Ğarb-Şarq madaniyati töqnaşuvi, tutqunlik kabi anʼanaviy hikoyalardagidek ijtimoiy hayot bilan boğliq mavzular tasvirga olingani, şakl jihatidan eski va yangi uslub örtasida qolib ketganligi mazkur asarlarni modern hikoya şaklidan uzoqlaştiradi. Nabizoda Nozimning “Karabibik” hikoyasida qişloq va qişloq odami oddiy hayotiy böyoqlarda aks ettiriladi. “Karabibik”ning sözboşisida yozuvçining realizmga oid yozgan şarhini kiçik hikoyaçilik xususiyatlaridan biri sifatida qaraş mumkin. Öşa yillarda Rejaizoda Mahmud Ekremning “Muhsinbey” (1890) nomli asari sözboşisida roman bilan hikoya örtasidagi farq xususida fikr yuritilişi va Nabizoda Nozimning “Hasba” (1891) asari sözboşisidagi roman va hikoya janri xususiyatiga xos izohlari modern hikoya nazariyasi haqidagi dastlabki qaraşlardir. Şuningdek, öşa davrning gazeta va jurnal sahifalarida voqeiy hikoyaçilik asosçisi Mopassan haqidagi turli tadqiqotlar közga taşlanadi. Oldinlari faqatgina roman yozişga intilib, roman va hikoya örtasidagi farqni sezsalar-da, hikoya haqida bir töxtamga kelolmagan turk yozuvçilari endi Ğarb hikoyaçiligi va voqeiy hikoyalar ustasi Mopassan ijodi bilan yaqindan tanişdilar. Şu tariqa ilgarigiga qaraganda qisqaroq hikoyalar yozila boşlandi. Boşqa tomondan, yozuvçilar endi örgana boşlagan roman deb hisoblangan asarlari ham hajm jihatidan, ham struktura jihatidan roman bilan anʼanaviy hikoya orasida qolib ketgandek taassurot uyğotadi. Qissa yoki qisqa roman şaklida nomlangan bu asarlar “ötiş davri” xususiyatlari hisoblanadi.
1891-yilda naşr etilgan “Kiçik narsalar” asari tom maʼnoda modernlaşiş jarayonining boşlanişidir. “Sarvati funun” hikoyanavislariga ham yöl körsatgan bu “kiçik” asar turk hikoyaçiligini yangiça yönalişga burib yubordi. Sarlavhadan örin olgan “kiçik” sözi kitob içidagi matnlarning kiçik hikoya janriga mos ekanligini körsatib turuvçi boş xususiyatdir.
Sami Poşozoda Sezai “Kiçik narsalar” nomli kitobidagi xayoliy voqelikka qurilgan hikoyalarida insonning ruhiy holati va ijtimoiy hayotni haqqoniy aks ettirişga intiladi. Adib har joyda uçraydigan, hayotdagi oddiy odamlardan farq qilmaydigan hikoya qahramonlarini özining kiçik olamiga mos ravişda jimjimadorlikdan xoli tasvirlaydi. Qisqa bir vaqt parçasi va tanlangan makon voqelikka mos. Sezai mavzu, zamon, makon va qahramon singari unsurlarni “kiçik hikoya”ga mos tarzda “ixçam” şaklda qöllaydi.
Taşkil topiş davri (1891 – 1911). Bu davrda naşr etilgan hikoya janri namunalariga nazar solganimizda ilgarigiga nisbatan turk hikoyasining modernlaşgani kuzatiladi. Bu modernlaşişda Tanzimot davrining ikkinçi avlodi bilan birga adabiyotda boşlangan özgarişdir. Adabiyotni quruq bayonçilik va nasihatgöylikdan xalos etgan bu avlod tufayli ham adabiy asar mavzusi, ham turk yozuvçilarining voqelikni tasvirlaş uslubi özgardi. Turk adabiyotining bir-biridan farqlanuvçi davrlarini öz içiga olgan bu yigirma yillik vaqt Tanzimot adabiyotining ikkinçi bosqiçi bilan boşlanib, Sarvati Funun (1896 – 1901) va Fejri Oti (1909 – 1912) davri yozuvçilari qadar davom etadi. Har bir davr adabiy tuşunçasi ijtimoiy-siyosiy hayotning farqlanişi, turk hikoyalarining turli-tuman bölişiga xizmat qildi. Eng muhimi, bu davrda turk yozuvçilari özlariga yaqin bölgan Ğarb adabiyotidagi hikoya janri bilan yaxşiroq tanişiş imkoniga ega böldilar. Şuningdek, bu davr yozuvçilarining realizm va naturalizm oqimlaridan xabardorligi turk hikoyaçiligini yanada taraqqiy ettirdi va modern turk hikoyaçiligining xususiyatlari namoyon böla boşladi. Dastlabki Ğarb adabiyotiga öxşaş kiçik hajmli hikoyalar ham şu davrda yozildi. Oldingi davr yozuvçilari bilan bir qatorda yangidan yangi hikoyanavislar adabiy maydonga kirib keldi. Hikoya töplamlari çop etilgan hikoyanavislar Sami Poşozoda Sezai, Nabizoda Nozim, Ahmad Hikmat, Xolid Ziyo, Rejaizoda Mahmud Akrom, Husayn Johid, Savfeti Ziyo, Jemil Sulaymon, Mehmet Rauf, Abubakr Nozimlardir.
1891 – 1911-yillar turk adabiyotida kiçik hikoyalarning yozilişi miqdor, ham sifat jihatidan sermahsul davr hisoblanadi. Ilgari turk adabiyotida yozilgan roman va hikoyalar borasidagi muammolar ham aynan şu davrga kelib öz yeçimini topa boşladi.
“Sarvati Funun” davri yozuvçilari hikoyaga roman yonidagi ikkinçi darajali janr sifatida qarasa ham, hikoya uslubiy jihatdan taraqqiy etib bordi. Bu yuksalişning asosi Ğarb adabiyotidan qilingan tarjimalar va Xolid Ziyo ijodiga borib taqaladi. Ketma-ket naşr etilgan hikoya töplamlari vositasida modern hikoya janrining xususiyatlariga aniqlik kiritildi. Maqsad nasihat berişdan iborat emasligi uçun yozuvçilar endi oldingi ijodkorlar singari hikoyalarda iştirok etmaydi, kitobxonga yönaliş bermaydi. Mukofot-jazo uslubi esa bu davr hikoyalarida köp uçramaydi. Anʼanaviy qoliplardan qutulib, yangiça uslubga erişiş istagida bölgan yozuvçilar uçun Mopassan ibrat namunasiga aylanadi. Kiriş – asosiy qism – xulosaga boğliq voqelik hikoya markazida turdi. Xolid Ziyoning “Eltiş” (1894 – 1897, 4-jild) kitobida tarjima hikoyalarining çop etilişi turk yozuvçilarining Mopassan, Alfons Dode, Emil Zolya va Françous Koppe singari fransuz adiblari bilan tanişişlariga yordam berdi.
Şu bilan birga, oldingi davrlardagidek asar içida voqealar zanjiriga ega, köp xarakterli, keng zamonga asoslangan qissa, qisqa romanlar ham yozilişda davom etdi. Rejaizoda Mahmud Akromning “Şamso” asarida romantik oqim unsurlari kuzatiladi, Savfeti Ziyoning “Bir sahfai qalb” asari va Vejihining hikoyalari modern hikoya şaklidan uzoq, qissa bilan roman örtasidagi matnlar şaklida köz öngimizdan ötadi.
Bu davrda hikoya janri haqida yozilgan nazariy tadqiqotlarning ham köpaygani közga taşlanadi. Safveti Ziyoning Mopassanning ölimi haqidagi maqolasi janrning kompozitsion qurilişiga urğu berişi ham yangi davrda urf bölgan oqim – realizm bilan boğliqdir. Biroq maqola voqelik hikoyaçiligining ustasi Mopassanni kitobxonlarga tanitgani uçun ahamiyatli hisoblanadi. Hikoya janrini tadqiq qilişga qaratilgan maqolalarning ortib borişi Sarvati Funun davrida hikoya namunalarini yanada jonlantirdi. 1901-yilda “Sarvati Funun” jurnalining yopilişi bilan adabiyotning boşqa janrlarida bölgani kabi hikoya maydonida ham tanaffus yuzaga keldi. 1902 va 1909-yillar orasida heç qanday hikoyalar töplami naşr etilmaydi. II Maşrutiyat (Konstitutsiya, 1908) bilan boşlangan erkinlik şaroitida köplab gazeta va jurnallarning çop etilişi hikoyalar sonining ortişiga olib keladi. Faqat son va sifat darajasi bir xil emasdi. Ammo Sarvati Funun davridan keyingi Fejri Oti davri yozuvçilari ijodida hikoya janri şakllana olmadi. Fejri Oti davrida umuman eʼtiborga molik namunalar yöqligi hikoya janrining bu davrda ham roman janri soyasida qolib ketganligini bildiradi.
Rivojlaniş davri (1911 – 1928). Bu davr turk hikoyaçiligi rivoji nuqtayi nazaridan eng ahamiyatli davr hisoblanadi. II Maşrutiyat oxiri va Jumhuriyatning dastlabki ön yetti yillik davrini öz içiga olgan mazkur vaqt davomida tahsinga loyiq hikoyalar silsilasi paydo böldi. Bu yillarda hikoya janrining mustaqil mavqega erişişiga sabab bölgan köplab janr namunalari çop etilgani közga taşlanadi. Bu davrda Ahmad Reşat, Ahmad Hikmat, Aka Gunduz, Erjument Akrom, Hakki Suha Gezgin, Xolid Ziyo, Xolida Adib, Husayn Johit, Husayn Rahmi, Ibrohim Olaettin, Mehmet Izzat, Mehmet Rauf, Usmon Jemal, Umar Sayfiddin, Peyami Safo, Rauf Nejdet, Rafiq Xolid Qoray, Reşat Nuri, Savfeti Ziyo, Selahaddin Enis, Şukufe Nihol, Yoqub Qodrilarning hikoyalari dunyo yuzini kördi.
Milliy adabiyot davrida va Jumhuriyatning dastlabki yillarida yozuvçilarning hikoya janriga eʼtibori oldingi davrlardan biroz farq qiladi. Uşbu davrda tez surʼat bilan keçayotgan kundalik siyosiy voqealar tufayli yozuvçilar davr talabidan kelib çiqib öz hikoyalarida jadal yangilanayotgan voqelikka munosabatini aks ettirişga intilişdi. Trablusgarb va Bolqon uruşlari jarayonida alangalangan millatparvarlik mazkur davr hikoyaçiligining yetakçi xususiyati hisoblanadi. Bu davr hikoyalarida asosiy maqsad “jamiyatga foyda keltiriş” bölgani uçun Umar Sayfiddin va uning döstlari boşlagan milliy adabiyot tuşunçasi uşbu davr hikoyalarining mavzusi, tili va makon unsurlarida aks ettirildi. Millatparvarlik davri va uruşlar natijasida yuz bergan muammolar sababli hikoyalarda ijtimoiy mavzularga eʼtibor qaratila boşlandi. Uruşlar tufayli yuzaga kelgan omillar, qaşşoqlik, Ğarbga qiziqiş sababli tuğilgan holatlar, jaholat va Usmonli davri asoratlaridan qutuliş umidida ötmişdagi qahramonliklarini xotirlaş hikoyalarning boş mavzusi böldi. Bu davrning adabiy mahsuli, qisqaça qilib aytganda, ğoyaviylikdir. Hikoyalarda tanqidiy nuqtayi nazar ustuvor. Şuningdek, mavzuga boğliq ravişda uruş keçayotgan joylarga ham eʼtibor qaratiladi. Makon – Istanbul taşqarisi, Onadölining qişloq va şaharçalari. Qahramonlar ham şu yerlardan tanlanadi. Asosiy maqsad keng ommaga tuşunarli bölişi uçun hikoyalar tili soddalaştiriladi. “Yangi lison” bilan birga adabiy til sözlaşuv tiliga yaqinlaştiriladi. Röy bergan uruşlar, ozodlik kuraşi, Jumhuriyatning taşkil topişi hikoyalarning yanada siyosiylaşuviga sabab böladi. Inqiloblar tasviri, turk jumhuriyatidan oldingi hayot va Usmonli davri bilan hisob-kitob jarayoni 1930-yillargaça hikoyaçilikning mavzusi bölib qoldi.
1911–1928-yillar orasida yozilgan hikoyalarning aksariyati quriliş jihatidan Mopassan uslubining butun xususiyatlarini namoyon etadi. Kiriş – tugun – yeçim ketma-ketligiga ega bölgan hikoyalar qahramon yoki makon tasvirlari orqali boşlanadi. Keyin bevosita asl voqealarga kiradi va voqealar intriga bilan rivojlanib boradi. Tugun qismi hayajonga soladi. Hikoyalar kutilmagan yakun topadi. Dialoglar muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvçi oldiga qöygan ğoyani oçib beriş uçun asosan qahramonlar nutqidan foydalanadi. Hikoyalarda qahramonlar soni çegaralangan. Makon qahramonlar xususiyatiga köra özgaradi.
Umar Sayfiddin va Mamduh Şevket Esandallar ijodi hikoyanavislikning rivoji uçun katta hissa qöşgan. Umar Sayfiddin öz hikoyalari va hikoya janriga oid maqolalari bilan modern turk hikoyaçiligida yangi özgarişlarni boşlab berdi. Şuningdek, bu davrda Yoqub Qodri, Rafiq Xolid, Xolida Adib singari romançilikda tanilgan yozuvçilar ham, avvalo, öz hikoyalari bilan ibrat körsatişsa, ikkinçi tomondan, bu davrning hikoyanavislari haqidagi maqolalari bilan adabiy jamoatçilik eʼtiborini tortdi. Jurnallarda hajviy hikoya, tarixiy hikoya, fantastik hikoya, milliy hikoya sarlavhalari ostida hikoyalar ketma-ket bosiladi.
1911–1920-yillar hikoyaçiligida Umar Sayfiddin uslubi ustuvor köriniş olgan bölsa, 1920-yildan keyin yangi şakl va uslubga eʼtibor qaratildi. 1912-yildan mayda qadamlar bilan Mopassan uslubidagi voqea hikoyalari asosida ijod qilgan Mamduh Şevket 1921-yilga kelib hikoya yoziş uslubida jiddiy özgariş yasay boşladi. Bu özgarişlarga yozuvçi Bokuda elçi ekanligi va Çexov asarlari bilan yaqindan tanişişganligi sabab bölgandi. Klassik voqeaband hikoya örniga vaziyat-holatlarni tasvirlay boşlagan Mamduh Şevket hikoyalari turk adabiyotida yangiça yönalişni oçib beradi.
1921-yildan keyin ham Mamduh Şevketning saʼy-harakatlari tufayli Çexov hikoyalarining turk tiliga ögirilişi sabab voqeiy hikoyalar bilan birga vaziyat-holat hikoyalari ham yozila boşlandi. 1920–1928-yillar orasida hikoya janrida ijod qilgan yangi adiblar közga taşlanadi: Reşat Nuri Guntekin, Peyami Safo, Usmon Jemal, Fahri Jelaliddin şular jumlasidandir.
1911–1928-yillar faqatgina hikoyalar köp çop etilgani bilan emas, uşbu janr yuzasidan bahs-munozaralar kuçaygani bilan ham ahamiyatlidir. 1928-yilda Nahid Sirri “Hayot” majmuasida naşr etgan “Roman, katta hajmli hikoya va hikoya haqida mulohazalar” sarlavhali köp qismli maqolalari hikoya janri haqidagi dastlabki bahslardan biri hisoblanadi. Nahid Sirrining roman, qissa, hikoya janrlariga bağişlangan maxsus maqolalarida hikoya va roman janrini qanday xususiyatiga köra ajratiş mumkinligi ilk marotaba tadqiq etildi. Uning janrlar xususidagi izlanişlarini xato va örinsiz deb baholagan öşa davr tanqidçilari (Ibrohim Najmi va Kenan Halet)ning fikrlari ham köplab bahs-munozaralarga sabab böldi. 1928-yildagi bunday bahs-munozaralar hikoya janrining yangi davr ostonasiga qadam qöyganligidan dalolat berardi.
1928 – 1940-yillar orasida turk adabiyotida ijod qilgan hikoyanavislarning aksariyati “oldingi davr adabiyotidan yangi davr adabiyotiga ötgan yozuvçilar” sifatida kuzatiladi. Milliy adabiyot davrida tanilgan yozuvçilarning baʼzilari esa yetuk asarlarini mazkur davrda yozişgan. Şuning uçun ham ular Jumhuriyat davrining yozuvçilari safiga kiritiladi. Bu davr asarlarida Şarq-Ğarb borasidagi tortişuvlarga, içki keçinma va ruhiy tahlillarga tez-tez duç kelamiz. Baʼzan esa oldingi hikoyaçilik anʼanalari hamon davom etgani kuzatiladi.
1925-yildan keyin “Takriri sukunat qonuni” tufayli ijodkor erkinligining çeklanişi adabiyotga ham salbiy taʼsir körsatmasdan qolmadi. Bu taʼsir natijasida açinarli voqealar asosiga qurilgan, tasodifiy voqealar aks etgan, boy-kambağal, yaxşilik-yovuzlik singari qoliplaşgan mavzudagi asarlar yozildi. Şuningdek, mazkur davr hikoyalarida bora-bora zamon bilan ijtimoiy mavzularga katta eʼtibor qaratilgani sababli inson keçinmalarini tasvirlaş kamaydi. Onadölidagi ijtimoiy masalalar: jumhuriyat eʼloni munosabati bilan boşlangan ijtimoiy özgarişlar, kör-körona Ğarbga taqlid jarayonida yuzaga kelgan ruhiy qiynoqlar, qişloq va şahar hayoti, unda yaşagan insonlarning ziddiyatlari, asarlarning boş mavzusiga aylantirildi. Bu davr hikoyalarida voqelikka realistik munosabat ustun bölgani uçun ham romantikaga yöğrilgan mavzularga ahamiyat berilmadi.
Ozodlik uruşi yillaridan keyin Ğarb adabiyotidan qilingan tarjimalar, jumhuriyat olib kelgan ijtimoiy özgarişlar va taʼlim jarayonidagi rivojlanişlar maʼrifatga bölgan ehtiyojni oşirib, yangi kitobxonlar qatlamini şakllantirdi. Hikoya bu davrda eng köp eʼtibor qaratilgan janr hisoblanadi. Şuningdek, mazkur davrda kiçik hajmli hikoya janri katta özgarişlarga yuz tutdi. Yozuvçilar hikoyalarida sodda til va oçiq bayon hukmronlik qildi. 1928–1940-yillar orasidagi hikoyanavislar ijodida asta-sekin muşohadaga asoslangan munosabat şakllangani közga taşlanadi. Bu davr yozuvçilari qaraşlarida sanʼatning jamiyatda öz vazifasi bölişi kerakligi tuşunçasi hukmron ekanligi eʼtiborga sazovor. Hikoyaçilikda, bir tomondan, klassik uslubda yoziş şakllanib bordi, boşqa tomondan, Said Foiq hikoyalarida boşlangan “kiriş, asosiy qism, xotima”si bölmagan ruhiy keçinma aks etgan hikoyalarning keng yoyila boşlaşi uşbu janrda yuzaga kelgan özgarişlarning ilk qadami sifatida baholandi.
Bu davrda hikoyalar töplami çop etilgan yozuvçilar orasidan Fahri Jaloliddin Göktulga, Erjument Akrom Talu, Salohiddin Enis, Kenan Hulusi Qöroy, Nahit Sirri Örik, Sadri Ertem, Sabohaddin Api, Bekir Sitki Kunt, Mahmud Yesari, Ahmad Naim, Usmon Jemal Kaygili va Said Foiq Abasyaniklarni tilga olişimiz mumkin.
1940 – 1950-yillar orasida turk adabiyotidagi hikoya janri.
Jumhuriyat davri inqiloblari köp ötmasdan ziyolilaşiş davri sifatida baholangan 1940 – 1950-yillarda turk adabiyoti uyğoq nazar asosida şakllandi. Şahar hayoti içida yaşay olmagan kiçik burjua insoni öz “Men”i va yolğizligiga töqnaş kelib, hayotda öz örnini topişga intilişi uşbu davr hikoyalarining boş mavzusiga aylandi. Şuning uçun ham mazkur davr adabiyotida sotsrealizm tuşunçasi yuksala boradi.
Tohir Alangu bu yillarda ijod qilgan hikoyanavislar haqida: “Turkiyaning iqtisodiy tanazzulini olimlar va siyosatçilardan ança oldin tasvirlab bergan”, deb yozadi. Şuningdek, uning nazdida bu davrda adabiy til bilan xalq tili orasidagi farqni körsatiş harakati közga taşlanadi. Feridun Andaç fikriça, 1940 – 1950-yillar ziyolilarning yangi jamiyatni taniş va anglaş davrining boşlanğiç davri hisoblanadi. Yozuvçilar uşbu davr voqealarining tirik şohidi bölişdi. Jamiyatdagi özgarişlar, qiyinçiliklar va muammolarni qalamga olişda hikoya janri muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikkinçi jahon uruşi yuzaga keltirgan siyosiy tanglik ziyolilar qatlamiga ham öz taʼsirini ötkazmasdan qolmadi. Bu davr asarlarida jamiyatning quyi qatlamida yoki şahardagi iqtisodiy qiyinçiliklar; inson ruhiyati, xayollari, ziyolilar bezovtaligi va içki ziddiyatlari, davrning ijtimoiy muammolari, uruşning insonlar içki va taşqi dunyosiga taʼsiri kabi mavzular yoritildi.
1940 – 1950-yillar orasida hikoyalarda mavzu xilma-xilligi ortib borgani kuzatiladi. Hikoyalarda Onadöliga, xalqning turmuş tarziga eʼtibor kuçayadi. Şuningdek, Birinçi jahon uruşidan keyin Onadölining ahvoli, Ikkinçi jahon uruşi tufayli yuzaga kelgan maʼnaviy tanazzul va turli salbiy holatlar asosiy mavzuga aylandi. Baʼzan tanqidlar bilan birga köproq fikr uqtirişga qaratilgan realizm ustunlik qila boşladi. Bu hikoyalarning eʼtiborli tomoni ham qahramonlarning markazda tutilişidir. Mazkur davr yozuvçilari asosan inson keçinmalariga köproq ahamiyat berişdi. Davrning faol hikoyanavislari sirasiga Sabohaddin Ali, Öqtoy Akbal, Said Foiq, Reşad Enis, Umran Nazif Yigiten, Mamduh Şevket Esendal, Halikarnas Baliqçisi, Ahmad Hamdi Tanpinar, Kamol Bilbaşar, Örxon Kamol, Samim Köjagöz, Jevdet Qudret, Kamol Tohir, Yaşar Kamollarni kiritişimiz mumkin.
1950 – 1960-yillar orasida turk adabiyotida jonlaniş va buriliş kuzatiladi. Xususan, hikoya janri va şeʼriyatda yangiça izlanişlar, gazeta va jurnallarda bahs-munozaralar asosida kun tartibiga çiqqan yangilaniş holatlari eʼtiborga molikdir. Anʼanaga aylangan va klassik asarlarga javob tariqasida yangi yönalişdagi hikoyalar yozila boşlandi. Bu hikoyalar janrining ham mazmun, ham şakl jihatidan tamoman yangilanganidan dalolat berardi.
1950-yildan keyin turk adabiyotida hikoyanavislar soni orta bordi. Realizmni davom ettirgan, orada tanqidiy realizmga murojaat qilgan yozuvçilar diqqatni tortadi. 1950–1960-yillar orasida hikoyanavis sifatida tanilib közga taşlangan ijodkorlar sirasiga Aziz Nesin, Bilge Karasu, Demir Özlu, Demirtaş Jeyhun, Erdal Öz, Faqir Boyqurt, Ferid Edgu, Feyyaz Kayajan, Haldun Taner, Ilhan Tarus, Kemal Tohir, Leyla Erbil, Muzaffer Buyruqçu, Naim Tirali, Nejati Jumali, Naziha Meriç, Öqtoy Akbal, Önat Kutlar, Örxon Çubukçu, Örxon Duru, Örxon Kamol, Özjan Erguder, Sabohaddin Qudrat Aksal, Said Foiq Abasyanik, Samed Oğaöğli, Tahsin Yujel, Tariq Buğro, Tariq Dursun K., Vusʼat Ö. Bener, Yaşar Kamol, Yusuf Atilganlar ijodini kiritişimiz mumkin.
1950–1960-yillar orasidagi hikoyanavislar realizm tasviridan tölaligiça xalos böla olmaydilar. Ijtimoiy mavzular sifatida kiçik xodimlar, işçilar, qişloq odamlari va muammolari, şahar hayoti bilan çekka joylar hayoti, şu joylarda yaşagan xalq muammosi tasviri asar markazida turardi. Ijtimoiy mavzularni birlamçi deb qabul qilgan yozuvçilar bilan birga şaxsni harakat nuqtasi sifatida olgan, qahramonning özgaça psixologik holatlarini aks ettirgan hikoyalar mualliflarini ham uçratamiz.
1950-yillar Turkiyada siyosiy va ijtimoiy özgarişlar oğir keçgani, bunga parallel ravişda adabiyotda ham ötmiş bilan hisoblaşiş, Ğarb taʼsiri ostida yangilaniş jarayoni va yangi guruhlaşişlar kuzatiladi. 1950-yillar boşlarida turk adabiyotida hikoya maydoniga Said Foiq, Örxon Kamol va Sabohaddin Ali çiqadi, “qişloq adabiyoti” şakllana boşlaydi. Bir qator manbalarda Turkiyada “hikoyaning oltin davri” sifatida baholangan 1950–1960-yillar orasidagi hikoyanavislar boşqaça ifoda xususiyatlariga va yangi realizm tuşunçasiga ega bölişga intilişi közga taşlanadi. Ular özlaridan oldingi avlodning hikoyaga munosabatini tanqid ostiga olişadi.
1950-yillar avlodining yangilikni tarğib etuvçi hikoyanavislari, bir tomondan, özlaridan oldingi yirik hikoyanavislar ijodini qadrlaşsa, ikkinçi tomondan, “ekzistensializm” falsafasidan va “syurrealizm” oqimidan taʼsirlandilar. Şubhasiz, öşa yillarda ekzistensialist yozuvçi sifatida tanilgan Alber Kamyu va Jan-Pol Sartrning kitoblari naşr etildi. Samuel Bekket, Uilyam Folkner va Frans Kafka asarlari yangidan turkçaga tarjima qilina boşlandi. F.Dostoyevskiy ijodi ham bu avlod hikoyanavislari uçun ahamiyatli ilhom manbayi bölib xizmat qildi.
“Ekzistensializm” va “syurrealizm” oqimlari taʼsirida realizmga bölgan qaraşlari özgargan hikoyanavislar inson ruhiyatini yana-da çuqurroq tasvirlaşga, ayni paytda, badiiy asar tilini bunday tasvir ifodasiga mos ravişda aks ettiriş uçun ramz va öxşatişlarga suyanadilar. 1950-yillar oxirlariga kelganda esa hikoyalar “oraliqda qolgan janr” taʼrifi bilan atala boşlandi. Bu avlod vakillarining hikoyalari “tuşunarsiz”, “mavhum” deya tanqid ostiga olindi. Bu orada adabiyotda realizm ham munozara mavzusiga aylandi, bir qator yozuvçilarning “haqiqatni taqsim etiş” mavzusidagi qaraşi özgaradi. Şu tariqa 1950-yillar avlodining yangilikni tarğib qiluvçi yozuvçilari klassik hikoya anʼanasidan uziliş maʼnosida muhim qadamlar taşlaşdi.
1950-yillar avlodi hikoyaçiligida faqat mazmunda emas, balki şaklda ham özgariş kuzatiladi. Inson içki olamini aks ettiriş uçun köpinça birinçi qahramon tilidan hikoya qiluvçi içki dialoglarga va ong osti keçinmalariga urğu berildi. Baʼzi hikoyanavislar ifoda usulida yangilik qiliş, ötroq xalq qöşiqlari va iboralarini buzib, badiiy asar tilining ahamiyatini kuçaytiriş yöliga kirişadilar. Baʼzilari esa faqatgina iboralar bilan çeklanib qolmasdan, til qonuniyatlariga rioya qilmasdan özlarining turli “qoida”, “qolip”larini yaratişga urinişadi. Şuningdek, köpçilik yozuvçilar hikoyalarida bugun bilan ötmişni, xayol bilan haqiqatni birgalikda tasvirlab, xronologik oqimni buzişadi. Bunday şakliy xususiyatlarga qaramasdan, har bir hikoyanavis öz ifoda tarzini vujudga keltirişga, aniq kompozitsion qurilişga xos usullardan foydalanişga intiladi.
Vali Savaş Yelöq,
filologiya fanlari doktori,
Anqara Hoji Bayram Vali universiteti dotsenti
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


