Qörğon baxşilari dostonçilik sanʼati, baxşi-şoirlikning qimmati, doston-u termalarning ijro jarayonidagi örni-yu bahosi haqida bildirilgan muhim nazariy fikrlardan biri şuki, “Köpkaridan avval qoqma böladi, qoqmada çavandoz otini sovitadi. Terma ham dostonning qoqmasidir”. Olimlarning tilida baxşilarga xos, öta hayotiy tarzda, nihoyatda obrazli yösinda aytilgan bu quyma fikr mohiyatida termalarning doston ijro jarayonidagi örni, baxşi bilan tinglovçi örtasida ruhiy birlikni paydo qilişdagi muhim vazifasi, şuningdek, alohida bir janr sifatidagi badiiy-estetik mezoni aniq-ravşan tuşuntirib berilgan.
Bugungi kunga qadar folklorşunoslarimiz tomonidan köplab termalar yozib olingan. Bular orasida “Dömbiram”, “Nima aytay?”, “Kunlarim”, “Yaxşiroq”, “Ayrilsa” kabi namunalarni deyarli barça baxşilar ijrosida kuzatiş mumkin. Şu bilan birga, maʼlum dostonçilik maktablari vakillari repertuaridagina mavjud “Kiyik”, “Kalava” kabi turliça mavzu va tipdagi “xos” termalar ham uçrab turadi. “Kalava” Qörğon dostonçilari sevib kuylagan, xalq turli davralarda tez-tez baxşilardan talab qilgan öziga xos terma sanaladi. Ammo ötgan asrda folklorşunoslarimiz katta-katta epik asarlarga asosiy diqqatini qaratganliklari sabablimi, “Kalava” xilidagi köplab termalar öz vaqtida yozib olinmagan, hatto ularning borligi ham qayd etilmagan. Biz bu asarni Qörğon dostonçilik maktabining kenja vakillaridan biri Yusuf baxşi Sarimsoq öğlidan ötgan asrning töqsoninçi yillarida yozib olgan edik.
Yusuf bobo baxşizoda, otasi Sarimsoq baxşi Ergaş şoirning dösti va şogirdi bölgan. Yusuf baxşi otasidan bir neça doston, köplab termalarni örgangan. Ularni vaqti-vaqti bilan kiçik davralarda dömbira jörligida kuylab turar edi. Şunday davralarda tinglovçilar “Kalava”ni eşitmay tarqalişmasdi.
- TAHLIL
- TALQIN
- HISSA
Yusuf baxşidan bu termani ilk bor tinglaganimda köz oldimga bolaligimdan taniş bir oila hayoti keldi. Xuddi termadagi kabi bu oila ham er-u xotindan iborat edi. Ularning turmuşlari ham özlariga yaraşa ötardi. Xotin erini, er xotinini “Men odam qilib yuribman”, deb öylardi. Har qaysi ham öz yöliga haq bölsa kerak. Xotin hamişa erini “anqov”, “laqma”, “hisobini topmagan kör” (çolning bir köziga payraha tegib aybdor bölib qolgandi) deb urişardi. Eri indamasdi. “Menga aql örgatişga sen esi pastga kim qöyibdi”, deb öylarmidi yoki boşqa sababi bormi, bu yoği menga qoronği. Erining indamasligi xotinning işonçiga işonç qöşardi. Xotin özi bölmasa, “bu rözğorning öçoği öçişini” körgan kişiga aytardi. Odamlar ham uning köngliga qarab, “Siz borsiz, çolingiz bor”, deb şaʼniga bir-ikki maqtov gap aytişsa, xotin qopday şişinib, “Men zör ekanman”, deb qöyadigan çoyni ham unutardi. Ana şunda “doka römol qurigunça” janjal bölardi. Janjallar baʼzan arzimagan narsa ustidan çiqardi. Men şunday aytişuvning biriga guvoh bölganman. Xotin olib-sotardan bir kiyimlik atlas olmoqçi ekan.
Er: – Olgan kiyimliging ikki qizga sep böladi-ku, atlasni nima qilasan? – dedi.
Xotin: – Olaman, töyga kiyib boraman, – deb turib oldi.
– Bor olaver, – qiçqirdi er.
– Pul bering, – xotinning ham ovozi bir parda balandladi.
– Pul yöq!
– Pul bermasangiz qöyni sotaman, ana sigirni sotaman!
– Sotmaysan!
– E, bolam, befarzandlik qursin-da, bölmasa çöpon… degandilar-u, jim bölgandilar.
Xotin qarğandi. Er sökindi. Keyin xotin yoş boladek yerga ötirib olib, sözlanib yiğlaşga tuşdi. Eri bölsa, sökinganiça taşqariga çiqib ketdi. Bir qança vaqtdan keyin uning Rasul attornikidan qoğozga öroğlik narsa olib çiqib ketayotganini kördim.
Bunday janjallarning aksariyatida xotinning qöli baland kelardi. Balki, şuning uçunmi, qöşnilar doim xotinning ismiga “poşşo” sözini qöşib aytişardi. Xotinga bu sifat yoqardi. Ayniqsa, qaynilari “falonçi poşşo” desa suyunib, semiz qöydek gavdasi beöxşov irğalib kulardi.
Men onamdan: “Nega çöpon toğa xotinidan qörqadi”, deb söraganimda,
Biz bolalar xotinni “poşşa xola” derdik. “Poşşa xola” tikiş-biçişni bilmasdi. Onam: “Xudoga şukr, yaxşilik kunda şörva qaynatişni, non yopişni örgangan ekan”, derdilar. Ip yigirişga kelsak, “Kalava”dagi xotin bilan musobaqalaşsa, ikkalasi teng kelişi aniq edi. Onam singlim biror-bir işni eplolmasa, “Poşşaga öxşamay ketgur”, deb urişardi… Çöpon toğaning Egamberdi polvon ismli jiyani ham bizga qöşni edi. Egamberdi akaning xotini Ulbibi çeça kaltaroq, dumaloqqina juvon edi. Orasi bir yarim, bir yaşardan olti öğli, bir qizi bor edi. Çöpon toğa Egamberdi akaning oilasiga ul-buldan qaraşib turardi. Har bozor bolalarni quruq qoldirmay nimadir olib kelardi. Bir kuni Egamberdi aka xotinini uribdi. Ulbibi yanga Çöpon toğanikiga yiğlab boribdi. Şunda Çöpon toğaning: “Öğil tuqqan xotinniyam uradimi?!” deb çatnab kelayotganida körgan edim. Endi öylasam, Çöpon toğaning butun dardi, orzulari şu gapida mujassam ekan.
Ötgan voqealarni öylar ekanman, “Kalava” ham zamonasining “poşşa”si haqida töqilganiga işonç hosil qildim.
Bir xotin bor ekan Qöqon şa(h)rida,
Ul xotin bir xizmat qilar boyiga,
Boyi qarar şu xotinning raʼyiga,
Bir dona duk yigirar bir oyiga,
Pul topadi ul ötirgan joyiga.
“Kalava”ni ijod qilgan baxşi öz qahramoni feʼlini yaxşi bilgan. Xotinning “ötirgan yerida pul topişi”, “erining u bilan hisoblaşib iş körişi”ni aytib, uning bir oyda bir dono duk yigirişini qistirib ötişi bekor emas. Ana şu misra “xotinning ötirgan joyida pul topiş”, “işni qilsa doim xotin çopçon (çaqqon)” qilişiga majoziy maʼno beradi. Çunki xotin “ön bir oyda bazör nimça (400 gramm) ip yigirgan böladi-da”.
Baxşining bu muloyim tasviri xuddi bizda Çöpon toğaning xotiniga qöşnilar “poşşo” deb murojat qilişganidek öz qahramoni ruhiga mos uslub tanlaganidan dalolat beradi. Baxşi qahramonini faqat sirtdan kuzatmaydi, balki uning qalbiga ham quloq tutadi.
Nimça bölganini endi biladi,
He, beçora miyiğida kuladi…
Ey beçora, köring, köp gap öyladi,
Orasiga yirigini joyladi.
Ipim ğimça körinsin deb beçora,
Ikki uçdan ğimça qilib boyladi.
Puli köpga, közi körga uçra deb,
Kötarib uç marta yerga tayladi.
Xotinning işi bitdi, toğni kötargan pahlavondek, kalavani eriga berdi. Endi uning özini tutişi, ovozi ham özgaradi. Sözlarida hokimlarga xos qatʼiylik paydo böldi.
– Sözimga quloq song, ha-ya, boy,
Aytganimning hammasini qiling, hoy!
Xotin özini kalavani yigiriş davomida öylagan ön bir oylik orzusining hammasini bir boşdan eriga buyurdi. Erini darvozadan çiqarar ekan, xayoliga yana bir öy yalt etib keldi-yu, darhol “anqov” çolga tayinladi:
Bozor borib oğzing oçilib turma,
Xaridor girdingni örab olganda,
Kalavaning mağzin yorib kördirma.
Bozor borib oğzing oçilib tursang,
Kalavamning mağzin yorib kördirsang,
Arzon-garov sotib, olib pulini,
Anqovlik qib kisopurga urdirsang,
Turgin, ketgin, çirkin közga körinmang!
Ana endi xotinning köngli biroz taskin topdi. Ola dukur urgan yuragi tinçigandek böldi. Çoli esa bozor yölida tobora kiçrayib, oxiri körinmay ketdi…
Kulgisiz majlis quruq, jonsiz körgazmaga öxşaydi. “Çeçanlikda sözga suvdayin oqqan” baxşi har bir sözning ijodda öz örni borligini, söz farqini oqillar ayirişini yaxşi biladi. Ergaş şoir bir termasida:
…Sözni yuborib dalaga
Kulgisiz majlis bölami?! deb keltirib ötganidek, hazil-mutoyiba, yumoristik asarlarning ham baxşilar ijodidagi yukini aniq his qiladi.
“Kalava”da favqulodda obrazlar yöq, tasvirlar juda hayotiy, voqelikka kulgi nuqtayi nazaridan xolisona baholaş bor.
Tasvirçi tasvirlanuvçilarni kulgi jamoasida köradi, baholaşni tasvir tubiga yaşiradi. Şu maʼnoda “Kalava” ifoda usuli folklorga xos bölsa-da, bir qadar yozma adabiyotga yaqin turadi.
Termadagi çol-u kampir oddiy odamlar. Ularning köngli toza, bolaga ham öxşaydi. Bolaligi soddalikni, soddaligi tozalikni bildiradi. Omma esa ularni özidan ajratib “göl” deb ataydi. Xalq deb ataluvçi köpçilikning bir çetida göllar tursa, qarama-qarşi qutbida xoslar örin oladi. Xoslar va göllarni uyğunlaştiradigan nuqta bor: soddalik – tozalik. Xoslar, göllar kamçilikni taşkil etadi. Olomon esa ularning örtasida köpçilik bölib oqadi. Olomon göllarga qaytolmay, xoslarga yetolmay ora yölda sarson ötadi.
Olomonning kulgisini göllarning harakatlari uyğotadi. Aslida, göl kişilar olomon har kuni yaşirin amalga oşiradigan xatti-harakatlarni bir bor oşkora bajarib körsatadi, xolos. Lekin u-bu yumuşni xuddi mikroskop ostida amalga oşirgandek yaşirmay, barçaning köz öngida qiladi. Öz harakatini xaspöşlamaydi, kiyim kiydirib bezamaydi. “Kalava”da çol-kampir tasviri orqali ommaning harakatlari, feʼl-atvori mikroskop ostiga qöyilgan. Tinglovçi “Kalava” qahramonlariga açingandek körinadi. Ana şu açiniş tuyğusi uni öz botiniga yönaltiradi. U botinida öz holatlari, keçinmalari, öy-tuyğulariga duç keladi. Ana şu nuqtada u “Kalava” va botinidagi özi qoçib, yaşirinib yaşayotgan içki “men”i bilan yuzma-yuz qoladi. Çol-kampir ustidan tökilgan kulgisi bumerang kabi öziga qaytadi. Çinakam satira va yumorning vazifasi kişiga oyna körsatiş, öz botinini tomoşa qiliş imkonini berişdir. “Kalava” şu maʼnoda öz vazifasini aʼlo darajada bajara oladi.
“Kalava” – yumoristik asar, yaxşi söz mevasi.
… Yaxşi söz odamning bölmay xayolin,
Alağ bölmayin döstlar eşitsa,
Yurakning qayğuman zangi ketadi… deb aytilganidek, qaysi davrada “Kalava” termasi kuylansa, eşitgan odamlarda yengil kulgi uyğotib, alal-oqibat, öz köngliga sayohat qilişga undagan. Baxşi şoir taʼkidlaganidek, yurakning qayğuman zangini ketkazgan.
KALAVA
Bir xotin bor ekan Qöqon şa(h)rida,
Ul xotin bir xizmat qilar boyiga,
Boyi qarar şul xotinning raʼyiga,
Bir dona duk yigirar bir oyiga,
Pul topadi ul ötirgan joyiga.
Işni qilsa doim xotin çopçon qib,
Hisoblasa iyiqni bir kun yiğib,
Ön bir oyda bazör böpti nimça ip.
Nimça bölganini endi biladi,
He, beçora miyiğida kuladi,
Kunçivoqqa joyni qalin soladi.
Bötaday böp-ey, beçora bözladi
Soyga tuşib köring tuta izladi.
Çarxga solib, köring, tuta qiladi,
Köp gaplarni u ötirib öyladi.
Tovoqqa sob uni bir kun suvladi,
Qozonga sob uni hafta buğladi.
Qozondan çiqarib endi oladi,
Çarxga solib kalavalar qiladi.
Ey beçora köring, köp gap öyladi,
Orasiga yirigini joyladi.
Ipim ğimça körinsin deb beçora,
Ikki uçdan ğimça qilib boyladi.
Puli köpga, közi körga uçra deb,
Kötarib uç marta yerga tayladi.
Kalavani olib boyiga berdi,
Boyi ham oldida qöyniga urdi.
Nima ob kelay, buyur endi savdong, deb,
Kampiriga qarab tampiyib turdi.
– Sözimga quloq song, ha-ya boy,
Aytganimning hammasini qiling, hoy!
Manglay terim, köp bölgandir mehnatim,
Eşitaman körganim yöq özini,
Birinçi obkeling olabuyrak çoy.
Undan ötib göşt bozoriga boring,
Durum, sara göşti gösfandni oling.
Durum, sara yana çarvi, digar boz,
Çuçbarakka ul ham bölar juda soz.
Bir botmon sabzi ong, bir botmon piyoz.
Bir xil xotin rözğor lazzatin bilmas,
Qaytay, sening rözğoringga bul ham oz.
Beş kiyimlik ob keng malitin surpdan,
Yigirma kiyişlik saqolik tikdan.
Öttiz kiyim ob keling kurtalik çitdan,
Navbat bilan olib kiyay sandiğdan.
Qirq kiyimlik ob keng yarqiroq atlas,
Atlasdan boşqasin oyiming kiymas,
Undan key oyiming qovoğin uymas.
Yöqçilar qiladi bozorda söroq,
Yigitlar içadi suhbatda aroq.
Boş yuvganda juda qadri köp ötgan,
Ön juft olib keling şamşati taroq.
Iplikka judayam qadri köp ötgan,
Bir kilo obkeling yaxşi tol ipak.
Çarx yigirib piltani qilay pinak,
Önta obkeling govmuş-u inak.
Ertan-mertan men ham joyimdan tursam,
Kuvi pişib, qöşniga ayron bersam,
Ayron içib qöşnilarim zavq qilsa.
Savdoning ustiga savdo qöşing, hoy,
Aytganimning hammasini qiling, boy.
Önta olib keling arabi qöy,
Bizlar bölaylik çölda eliboy.
Qişi ötib ana kirib keldi yoz,
Elluvta makiyon, ön beşta xöroz,
Jöja oçirib huzurini körsak soz.
Bozor borib oğzing oçilib turma,
Xaridor girdingni örab olganda,
Kalabaning mağzin yorib kördirma,
Armon bilan ani puldan qoldirma.
Bozor borib oğzing oçilib tursang,
Kalabamning mağzin yorib kördirsang,
Arzon-garov sotib, olib pulini
Anqovlik qib kisopirga urdirsang,
Turgin, ketgin, çirkin közga körinmang!
Izohlar:
Arabi qöy – qoraköl qöy.
Böp – bölib.
Boyiga – eriga.
Çirkin – xunuk, iflos (qarğiş).
Çopçon qib – çaqqon, tezgina qilib.
Çuçbarak – çuçvara.
Duk – çarxning yigirilayotgan ip öralib boradigan qismi (ÖTIL).
Durum – ikkinçidan degani; xotin göyoki şaharlik, madrasa körgan toifadek forsiy iboralarni işlatyapti.
Eliboy – asosan çorvaçilik bilan şuğullangan aholi eliboy deb yuritilgan.
Ğimça – xipça.
Govmuşi-inak – sigir-buzoq.
Iyiq – çarxning mexanizmi.
Kalava – çarxga bir neça marta tekis qilib öralgan va çarxdan çiqarib olib taxlangan bir öram ip (ÖTIL).
Key – keyin.
Kisopir – kissavur.
Kunçivoq – kungay bet, kun tuşib turgan joy.
Kurta – paxta solib, qavib tikilgan kiyim.
Malitin surp – surp turi.
Nimça – taxminin 400 gramga yaqin oğirlik ölçovi (ÖTIL).
Olabuyrak çoy – çoy turi.
Ong – oling.
Pilta – paxtaning bir tutami.
Pinak – paxtani çözib iyikka soliş.
Saqolik tik – erkaklar köylak-işton qiladigan yöl-yöl mato.
Şamşoti taroq – şamşot daraxti yoğoçidan yasalgan taroq.
Sob – solib.
Tampiyib – gerdayib turiş.
Tuta – ipni öraşda işlatiladigan 15-20 sm uzunlikdagi yoğoç.
Aytuvçi: Yusuf Sarimsoq öğli
Yozib oluvçi: Şomirza Turdimov
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

