Şu yilning yanvar oyida şoir döstimiz Samarqandga bir neça kunlik mehmon sifatida keldi. Keldi-yu yonidan çiqargan birinçi kitobi “Ayolğu” böldi. U kitobni köpdan buyon izlayotganimni bilgaç, “Ayolğu”ni menga hadya qildi. Kitobni mutolaa qilişga kirişar ekanman, ilk diqqatimni tortgan narsa uning naşr etilgan yili böldi. Şu odatim bolalikdan bor. Qaysi kitobni qölimga olmay yoki öqişga tutinmay, naşr etilgan yiliga beixtiyor eʼtibor qarataman. Kitob “ŞARQ” naşriyot-matbaa konserni boş tahririyati tomonidan 2000-yili naşr etilgan. Ilk xulosam: “Ayolğu”ni allaqaçon qayta naşr etib, naşr etgandayam, yanada köproq nusxada çop etişga ehtiyoj borligiga amin böldim. Kitobning birinçi sahifasida muallif uşbu kitobini “Otam Nasriddin Nizom öğli va onam Xosiyat Qoplon qiziga” deb boşlaganidan, sezdimki, qölimdagi kitobda muallifning qalb qöridan tökilgan eng samimiy sözlari joy olgan. Çunki, solih farzand borki, kim bölmasin, qanday faoliyat bilan şuğullanmasin, özi uçun eng aziz deb bilgan ota-onasiga özining eng laziz tortiqlarini hadya qiladi. Sözboşi muallifi Ahmad Aʼzam dastavval “Ayolğu” söziga diqqat qaratib, “Ayolğu – ğaroyib söz, tarixning ohangi keladi, qanaqadir çöl, qanaqadir tarix, eski bir çolğumi, bilmaysan, işqilib nimasidir taniş, ilğayman deganingda ilğanmaydigan bir qiziq maʼno, nimadir taniş-notaniş…” deya taʼrif beradi. “Dardning şakli” deb nomlanuvçi birinçi bölimidagi ilk şeʼr Hayot sözi bilan boşlanadi. Bunda alohida ramziy maʼno bordek. Zotan, barça kitoblarning maʼno-mantiği köpinça şu kitobda keltirilgan ilk sözning şarhi hisoblanadi.
Hayot, sen şarobsan, maysan bir suzim,
Yigirma tört yilki töymadim, ayo.
Yurar may içinda
ğussalar yuzib,
Soqiyo, ayş qayon,
uqubat qayon…
Hayotni mayga mengzagan şoir mayga mustağriq qalbi hamonki maydan töymaganini, may içinda ğussalar mavjudligini hamda Hayot mayini quyib beruvçi Soqiy – yaʼnikim yaratgan zotga yuzlanib, hayotning ayş-u uqubatlari mohiyatini sörab iltijo qiladi.
Şu zaylda şeʼrdan şeʼrga, tasvirdan tasvirga, taşbehdan taşbehga ötib borganingiz sari şoirning tafakkur kuçi, taxayyul kengliklari, ramzlar rang-barangligiga asir tuşib, ixtiyorsiz ravişda içki bir marom va ruhiy raqs hamohangligida mutolaani davom ettirasiz. “Tonggi Registon” nomli şeʼrda uşbu törtlik diqqatingizni tortadi:
Azon aytar muazzin minorlar,
falon yilki,
karvonsiz saroylar va xonaqohlar,
bari-bari boyquşning mulki…
Subhanalloh! Şeʼrning yoziliş sanasiga qarayman. Kommunistik senzura tiş qayragan, hamma yoqda “Qayta quriş” şamollari esayotgan, hamonki maddohlar “dohiy bobosi”ni alqayotgan 1987-yil. Buni öşa sanada endigina yigirma tört bahorni qarşilagan yoş ijodkorning içki isyonlari degim keladi. Ozodlik, haq va adolat, iymon bayroğini boşi uzra kötarib, özini şarafli jangga hozirlayotgan mujohid köz oldingizda gavdalanadi. Ayni şeʼrning davomida esa:
Ibodatga çiqmaydi heç kim.
Mustabid sahar
kimsasiz şaharda
yulduzlarga beradi zahar… deya şoirning özi bizning yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.
Töplamdagi şeʼrlarning aksariyatiga nom berilgan. Şeʼrga nom tanlaş – baʼzi örinlarda şeʼr yozişdan-da maşaqqatliroq hodisa. “Aksilfalsafa”, “Aksilekologiya”, “Hurlik”, “Ekologik şeʼr” kabi nomlanişlar şoir ijodida nafaqat şeʼrdagi har bir sözga, qolaversa uni nomlaşda ham öziga xos masʼuliyat bilan yondaşuv borligiga va bu borada öz maktabini barpo eta olganligiga amin bölasiz. “Nahotki” nomli şeʼrida Turkiston fojiasi va dardiga alohida, yangiça bir rakursdan qaralganligi, Turkiston fojiasining Atlantida qismatiga mengzalganligi juda ixçam va ravon misralarda bayon etiladi:
Nahotki,
Turkiston
“Atlantida” sözining
tarjimasidir?
“Ekologik şeʼr”da esa
Daryo,
seni qandoq çömiltiramiz,
qayda yuvinarsan, bulğançlik daryo?
Hammomga olib borayinmikin,
qaynoq suvdan qörqarmisan yo?..
Tan oliş kerakki, bir lahza bölsa-da hayratdan ongingiz, şuuringizda allaqanday evriliş yuz beradi. Şoirning taxayyul kuçiga, ijtimoiy oğriqli muammolarni bayon qiliş usuliga lol qolasiz. “Xotira maşqi” nomli şeʼrda esa muallif nafaqat öziga, qolaversa, şoir-u şeʼr-u şuur tegrasida aylanib yurgan yoş qalamkaşlarga quyidagiça ögit beradi:
Sen şeʼrni qöy, şoirlarni qöy,
Köz yoş – malol, muhabbat – mahol.
Sen qasd emas, qasosingni suy,
Sen yaxşilab nafratni yod ol.
“Suluk” deya nomlangan şeʼrning ilk misrasidanoq şoir sizni tafakkur qilişga, bir lahza mutolaadan töxtab, ötmiş va bugun haqida, kelajak haqida xayol surişga majbur qiladi:
Dahoga talpinma, dahodan talpin,
Maʼnisin unutma qadim oyatning.
Daholar – jodugar, ğoyalar – folbin,
Közlarin boğlaydi insoniyatning…
Menimça bunday satrlarni bitmoqlik uçun faqatgina şoir bölişning özi kamlik qiladi. Hali yuqoridagi şeʼrlarning taʼsir quvvati tanangizni tark etmasidan, “Zerikarli şeʼr”ga közingiz tuşadi. “Voajab, zerikarli şeʼr ham böladimi?” deya, savollarga kömilasiz. Ayni şeʼrdagi quyidagi misralar huşingizni öğirlaydi:
Men esam, men sözlarni boşga
kötaraman…
Darhaqiat, şoir sözlarni boşga kötarmaganida bu qadar baloğati şeʼrlarni yozmasdi, deya xulosa yasaysiz. Navbatdagi şeʼr mutolaasidan söng esa, şoirning erk va ozodlik kuyçisi ekanligiga aslo şubhangiz qolmaydi. Naqadar zargarona mohirlik bilan yozilgan ixçamgina şeʼrinng şarhiga tom-tom kitob yoziş mumkindek:
Yurak uzlatnişin Yassaviy kabi
yolğonçi dunyoni keçirib yaşar.
Yurak –
Usmon Nosirga
hayotligida
berilgan yakka-yu yolğiz mukofot…
Mutolaa asnosida “ovoz çiqarib öqimaslik şarti bilan” öqiladigan “Yoziq” nomli falsafiy dostonga közingiz tuşadi. Dastlab dostonning şakliy öziga xosligi diqqatingizni tortsa, satrma-satr öqiganingiz sari dostonda aks etgan tasvirlar, badiiy obrazlar, taşbehlar, falsafiy qaraşlar va maʼno xilma-xilliklari, har qayta öqiganingizda ayriça maʼno kasb etuvçi rang-barangliklari muallif behudaga bu dostonni beş yil mobaynida yozmagan ekan degan xulosa çiqarişingizga sabab böladi. Bir qaraşda soddadek tuyulsa-da, şu kiçkina va ixçam dostonda insoniyat tamadduniga oid muammo-yu munozaralar, tarix, Vatan madhi, insonning yaratuvçiga, borliqqa va insoniyatga bölgan muhabbati tarannum etilgan. Töplamning “Ayolğu” deb nomlangan bölimidagi quyidagi tört misra şeʼrda şoir odamzodga, uning maişiy mavjudligi-yu hissiy keçinmalariga juda gözal va mukammal taʼrif beradi:
Qayda yaşamasin odamzod, asli
Sangijumon, Rumo yo Toşkand
aslida bittadir yurakning kasbi:
Yurak erkka ixtisoslaşgan.
Yana bir şeʼrda esa yurak quyidagiça tasvirlanadi:
Yurak-çi?
Bilmadim, u qayda hozir,
qonarmi,
yonarmi,
tonarmi işqdan
Va yo sevarmikan seni u hamon,
Omon çiqdimikan bulturgi qişdan?..
Xalqning til uçida turuvçi iboralarini bu qadar mohirlik bilan şeʼrga singdiriş uçun şoir avvalo “sözlarni boşiga kötarişi” kerak. “Beşinçi darveş”, “Yolğiz ayol”, “Vatanparvarlik”, “Sangijumonda yoz manzaralari” şeʼrlarida şoirning içki hissiy keçinmalari yanada balandroq pardada sado bera boşlaydi.
Nihoyat “beş juft taxayyul saboği va tört tanaffusdan iborat” “Ayolğu” dostoniga yuzlanamiz. Dostondagi ilk tasvir tölin oyga bağişlanib, şoir oyning yuzlaridagi doğdan içikişini izhor etadi. Va bu yiğining masdari ölaroq armonga yuz buradi. Bir yilda payğambar yoşini yaşab bölib, Yassaviydek yer ostiga kirayotgan yaproqlarga, Vatan timsoliga aylangan tuproqqa nigohini qaratadi. Oyning yuzlaridagi doğga qarab yiğlagança hissiy keçinmalarini izhor qilayotgan şoirning közlari yarim tilik oyni içiga jo qilgan böm-böş xurjunga, undan keyin esa “gohida taşlab ketadi”gan Vatanga tikiladi. Şoirning tiyrak nigohi Vatanni tört tomondan izlaydi:
…turkularda kuylangan xunniy tomonlar
qonga botib ketgan janub uçun
kök kiygan maşriq
şimol beti qora qarğiş tekkan rang
mağrib esa oq
vatan köçib ketgan qayğuli taraf…
Şu taxlit yöllarga nigohini qaratar ekan, yöllarda “qirğin” va “uzgun” borligini alohida taʼkidlaydi. Yöllar, “birinçi”, “ikkinçi”, “tanmahram” yöllar aroliğida sarosar hislarini olovday soçadi. “tanaffus” deb ataluvçi kengliklarda ruhiy va fikriy tin oliş örniga, bilʼaks öquvçini yanada çuqurroq tasavvurga çorlaydigan satrlar quyilib kela boşlaydi.
şafqat deb atalgan qahr bor bunda
köz yoş deb atalgan taqir bor bunda
yurak deb atalgan sağir bor bunda
yöqdan faqat muhabbat yöqdir…
Birgina şu törtlikdagi şeʼriy sanʼatlar, xususan istiora sanʼatining jilosi, sözlar uyğunligi, qofiyalar ravonligi va maʼno teranligi yuragingiz maromiga hamohang tomirlaringizda oqayotgan qondek butun vujudingizni ajib bir hislarga kömadi.
oy
yuzing doğlariga qarab yiğladim…
Şoir ayni misrani dostonning bir neça örinlarida takrorlar ekan, har gal fikratingiz va zehniyatingizni ostin-ustun qiluvçi alamli bir dardni ilğaysiz. Dostonni öqir ekansiz, sohira misralar silsilasida şoirning içki olamini kaşf etasiz. Billurday toza, samolar kabi keng, ummonlar kabi muazzam qalb köz öngingizda çayqala boşlaydi. Beixtiyor qöllaringizni samoga uzatib samo raqsini ijro qila boşlaysiz. Ruhingiz uzoq yillardan buyon izlab yurgan maskanini topgandek orom ola boşlaydi.
erk
dunyodagi eng jafokaş söz…
misrasi esa dostonning ayni mazmun-mohiyatiga kalit sözi bölib xizmat qiladi…
Töplamning “Ruhunat” bölimidagi şeʼrlar öz nomiga monand ruhiy buhronlar va muhabbat keçinmalari haqida kuylaydi. “Imlo luğati”day yolğizlikni his etgan şoir “Hayot – musibatlar çekmoq imkoni” deya hayotga yana bir özgaça köz qirini taşlaydi. Va nihoyat “yurakning qismati mağlubiyatdir”, deb öquvçi ongini larzaga keltiradi.
Şuni alohida taʼkidlagan bölardimki, mazkur töplamdagi şeʼrlarni xorijiy tillarga tarjima qiliş tarjimondan judayam katta bilim va mahoratni talab qilgan bölardi. Faxriyorning ijodida nafaqat vatanparvarlik tuyğularini, qolaversa Ona tiliga bölgan çuqur ehtiromni ham payqaş mumkin. Ayrim şevaga xos sözlarning şeʼrlarida ravon qöllanişi, öylaymanki tilimizni boyitibgina qolmay, şeʼrxonlar luğat boyligini ham östiradi.
Orifjon KOMIL
1985-yili tuğilgan. Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetida tahsil olgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
“ijod” jamoat fondi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasida “xayol raqsi” şe’riy töplami çop etilgan.
2021/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


