223 marta körilgan

Falak şamlarini yoqadir ohim!

Guljamol Asqarova

* * *

Men bir şuhratsevar, mukofotdorman,

Şoirman, lolalar ungan qonimdan.

Bu ne baxtsizlikki, dunyoda borman,

Gullar salom bermay ötar yonimdan…

Mendan dili oğrib, köngli qolgan köp,

Menga mehr berib, könglim olgan köp,

Könglim – daryo, qölmas, oyoq solgan köp.

Quşlar rizqin topib ketar nonimdan.

Yorim, seni sevdim, seni yor bildim,

Har bir nigohingni bir bahor bildim,

Vaslingni, işqingni ustuvor bildim,

Şoir deb atalmiş şaraf şonimdan!

Endi qayga borsam işqing hamrohim,

Falak şamlarini yoqadir ohim!

Sen xonsan, şeʼr va Sen eng çöng gunohim,

Xudo ayirmasin sendek xonimdan!

Sendek sultonimdan, şeʼrdek şohimdan!

 

Öşa gap

Işq zor etganga zulm etmang,

tarahhum körguzing.

Hazrat Navoiy satrlari

Uyğotaman seni tonglarda,

Uyğotaman ismingni aytib!

Sevaman deb aytgan sözimni,

Ikki dunyo olmasman qaytib!

Boqsam voha dovonlaridan,

Avj körindi diling doğlari.

Salomingni yetkazgan edim,

Salom aytdi Surxon toğlari!

Yana nelar köngling oğritdi?

Nigohingni qoplamiş tuman.

Kam sevganim uçunmas, tuşun,

Köp sevganim uçun men jimman!

Samarqanddan ötdim – ziyorat!

Şahrisabzga yetdim – ziyorat!

Buxoroning minorlarini

Nigohimda tutdim – ziyorat!

Men bir sayr-u sayohatçimas,

Hisoblovçi har bir qadamni.

Aytgil, axir, ayblaş mumkinmi,

Ibodatda yurgan odamni!

Şundoq ekan, şafqatliroq böl,

Men poyingga qaytarman daydib

va qasamdek aytgan sözimni

To qiyomat olmasman qaytib!

Yaşalgan his haqida

Örtamizda bir gunoh sodir…

…yuzi kuyib ketdi quyoşning,

Yuzimni yaşirib yiğladim.

yaşalmagan hislar haqqini

yaşalgan hislarga olib bergandim…

Salom bersam alik olmadi

osmon…

…Endi örtamizda bir oşkor sir bor,

sirki seni tuhfa ayladi menga…

sirki…

burdalab taşlayotir jism-u jonimni…

Bordim,

eşigini oçmadi jannat…

Öşa tun… kökka boqdim..

Oy yuzini yaşirdi mendan

mayus yoğdu soçdi mahzun ruhimga…

Yuzimni yaşirib yiğladim…

Itlar tilini ham tuşundim, lekin

örgana olmadim oqquş tilini…

botqoqlarin soçdi köllar

yuzimga.

nima desam ham…

hammasi bemaʼno…

çunki

men işqning olovida kuygan bir toşman…

Azizim,

Azal qora toşning yuzi

qoradir.

Söngsöz

Bahor men deb dovonlar oşdi,

Qiz yuziga sepkillar toşdi,

Yuragimga tölqinlar şoşdi,

Mening mavjim, dengizim keldi!

Qahr kördim köngling qaʼrida,

Işq zohirdir endi barida,

Baxtlar bordir… mendan narida,

Beqiyosim, tengsizim keldi!

Raşksiz oşiq – jonimga ğanim,

Sen isyonsan qonimda manim,

Işq maydonin işğol etganim –

Yoqavayron, yengsizim keldi!

Jilmaysam ham qayğum ziyoda,

Oyoqyalang yurdim piyoda,

Işq din bölsa agar dunyoda

Dinim keldi, dinsizim keldi!

Keça işqqa limmo-lim edi,

Bugun tamom, böldi, bas, dedi,

Dunyolarga öt qöyib endi,

Menlim keldi, mensizim keldi!

Sovqotganman, oftobingni ber,

Bas, tamommi? Javobingni ber,

Yozib qöyay, kitobingni ber:

Işq bobida söngsözim keldi!

Söngsözim keldi!

18.03.21 y

Quyoşning siniği

…nega sodir böldi hammasi,

Kirib kelding ruhga toşqindek.

Qonunlarni közga ilmaysan,

Yovvoyi erk şahri – Toşkentdek.

Bir uluğvor kelasan, o, sen,

Jahannamga olingan çeksan!

Yetti milyard odamizotning,

Tomiriga siğmagan erksan!

Bir uluğvor ketasan ketsang,

Ufqqa tutaş izlaring sening.

Yoritadi qaro tunlarni,

Katta-katta közlaring sening!

Kimsan özi, borliqda yöqsan,

Kimsan özi, yöqlikda paydo!

Bir gunohsan – başar tavbasi,

Va bir nursan nigohlar şaydo.

O, ruhimga oğir botyapti,

Men şaytonga otolmagan toş!

Sen ruhimga qöyilgan olov,

Yuragimga kömilgan quyoş!

Va ustimdan kulingan kulgu,

To qiyomat tinmagan yiği.

Kesib taşla tomirlarimni,

Ey quyoşning siniği!

17.03.21 y

2021/3

Ertak

Ötdi bari, mendan ham ötdi,

Qança şodlik, qança ğam ötdi,

Turnalarning közi nam ötdi,

Bahorda ham diydoring yöqmi?

Adirlarda qizil nolalar,

Yuraklarda gözal volalar,

Laşkar tortib keldi lolalar,

Yaşnatmoqqa bahoring yöqmi?

Kök faslida xasdek yolvordim,

Diydor sörab toğlarga bordim,

Kurtak kabi köksimni yordim,

Ay, ruhingda şaroring yöqmi?

Gar subutsiz bölsa sultoni,

Qil ustida qulning qirq joni,

Kuydirguvçim bor xonumonni,

Bir şafqati alyoring yöqmi?

Sevdim dedim ruhga, yurakka,

Sen işonding yolğon ertakka,

Yolğonçini qatl etmakka,

Hukming yöqmi, qaroring yöqmi?

Diydoringni köray sultonim,

Aybim bojin tölay sultonim,

Va hukmingdan ölay sultonim,

Bir boşimga bir doring yöqmi?

Bahorda ham diydoring yöqmi?

14.03.21 y

Biz quşlarmiz

Bizlar endi odam emasmiz,

Ikki quşmiz ikki şaharda.

Bizni qöşmas quşlar galasi,

Begona deb qilarlar zarda.

Yaqinlaşdim…ovozing qadar,

jim tingladim ruhing kuyini.

Va aqlimni qildi darbadar,

işq jilvasi, vujud öyini…

Uçsam quyoş olov purkadi,

Öt tutaşdi jismu jonlarga.

o, oqquşim, çorasizlikdan,

Böğzim tölib ketdi qonlarga.

Angladikki, bu işq yölida,

Yöqdir samar, yöqdir najotlar.

Işq quyoşin olovlarida,

Kuyib ketdi oppoq qanotlar…

Uçolmaymiz…qanotlar kuygan,

Havotirda yuribmiz suzib.

Yo Xudoyim, bor riştalarni,

Jon ipidek taşlarsan uzib…

…Endi özni qutqarolmaymiz,

Tölqinlarga tutsakda töşni…

Işq kölidan toparlar bir kun,

Qonga botgan ikki oqquşni…

13.03.21 y

 

Guljamol ASQAROVA

1978-yili tuğilgan.

ÖzMUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Dil fasli”, “Uyğotuvçi alla”, “Oşiqlar tumori”, “Erkalik imtiyozi” singari kitoblari naşr etilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.