2 daqiqada öqiladi

203 marta körilgan

Bilasizlarmi, odam nima uçun ikki oyoqlab yurişni örgangan?

Fidel Kastro

Eng avvalo bir narsani alohida taʼkidlamoqçiman: men umrim davomida faqat öz miyam bilan öylaganim uçun, mustaqil ravişda fikrlay olganim uçun heç qaçon afsuslangan emasman. Men mulkdor oilasida dunyoga kelganman. Yer-mulkimiz katta edi. Töqqiz yuzta batrak işlar edi. Men esa erkatoy edim; beysbol öynaydigan koptogim, qölqopim bor edi. Ön ikki yilça diniy kollejda saboq olganman. Töğriroği, ön ikki yil mobaynida diniy aqidalar bilan boşimni qotirişdi. Lekin men oqibatda inqilobçi bölib yetişdim. Çunki men umr böyi faqat öz miyam bilan öyladim, mustaqil fikr yuritdim. Çunki men kimlardir öylab topgan şirin yolğonlarga işonmadim. Şaxsiy mulohazalarim, öylarim, kuzatişlarim oqibatida inqilobçi bölib yetişdim.

Afsuski, odamlar har xil böladi. Afsuski, dunyodagi odamlarning köpçiligi mustaqil fikr yurita olmaydi.

Afsuski, dunyoda kaltafahm odamlar köpçilik. Ular hamma narsadan qörqadilar. Hatto mustaqil fikrlaşdan ham qörqadilar. Şuning uçun dunyoda laqmalar, tanballar, tepsa tebranmaslar tiqilib yotibdi.

Men yana bir narsaga afsus qilaman; heç kim menga töğri yölni — inqilobiy yölni körsatmadi, heç kim menga inqilobiy ruhdagi birorta kitobni mutolaa qilişni tavsiya etmadi. Natijada men juda köp oldi-qoçdi kitoblarni — axlatxonalarni titkilab çiqişga majbur böldim. Jahon adabiyoti durdonalari bilan, dunyo tarixi durdonalari bilan ança keçikib tanişdim. Naçora, toleim past ekan. Bizning farzandlarimiz baxtli bölsin, iqboli baland bölsin, jaholatdan yiroq bölsin! Bolalarimiz — kelajagimiz uçun men qölimdan kelgan hamma işni qilaman. Eng kambağal dehqon ham öz farzandini maʼrifatli qiliş imkoniyatiga ega bölmoği darkor. Bizning mulkimizda işlagan töqqiz yuzta batrak esa bunday imkoniyatdan mahrum edi. Faqat zamindorning erkatoyigina — mengina universitetda öqişim mumkin edi, xolos. Lekin, bu adolatsizlik. Men öz gapimni yana bir marta takrorlaşim mumkin: bu adolatsizlik edi! Dunyoning hamma burçagida ham şu gaplarimni takrorlaşim mumkin. Kimki, bunday qiliş yaramaydi desa, u xato qiladi. Kimki, mening — zamindor öğlining universitetda öqişini öta ketgan tantiqlik deb öylamasa, u axloqsizdir, u bağritoşdir!

Men umr böyi faqat öz miyam bilan öyladim. Bilasizlarmi, odam nima uçun ikki oyoqlab yurişni örgangan? (Töğri, ikki oyoqlab yuradigan hayvonlar ham ançagina bor.) Menimça, har kim öz yelkasida özining boşiga — boşliğiga ega böliş uçun va özining boşida mustaqil fikr-öylar tuğilişi uçun ikki oyoqlab yurişni örgangan… Bizning birdan bir maqsadimiz — odamlarni öylaşga örgatişdir. Özimiz ham öylaşni örganaylik, örtoqlar. Şundagina xalqimiz; har qanday kambağal oila yaşaşga, mehnat qilişga, farovon turmuş keçirişga haqli ekanini öz-özidan tuşunib yetadi. Şundagina xalqimiz butun boşli qişloq batraklarining atigi oltita sigir saqlaşga arang qurbi yetişini, uç yuz kişi yaşaşi mumkin bölgan joyda bor-yöği ön ikkita böyni yöğonning istiqomat qilişini nega adolatsizlik ekanini öz-özidan tuşunib yetadi. Har qanday halol kişi, har qanday ongli inson adolatli hukm çiqarişi va adolatli hukm ijrosini vijdonan nazorat qilişi mumkin. Buning uçun odamlarni öylaşga örgatişimiz, özimiz ham öylaşni örganmoğimiz lozimdir. Inqilobimizning asl mohiyati ana şu…

Fidel Kastro

 

1986/1

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)