Jasorati, har qanday şaroitda ham haq sözni ayta olişi, eʼtiqodiga xiyonat qilmasligi hamda sokin tuyğular aks etgan şeʼriyati bilan tanilgan şoir Şukrullo şaxslikning şonli yölini bosib ötgan ijodkordir. Beşafqat ölim biroz sabr qilganida oqsoqol şoirimiz Şukrullo bu yil yuz yoşni qarşilab, töliq bir asrdan köproq yaşagan ilk özbek ijodkori sifatida tan olingan bölardi. Şu holida ham Şukrullo domla mavlono Lutfiy yoşiga yetib kelgan yagona özbek adibi sanaladi. Şoir bir zamonlar nafaqat Özbekiston, balki barça postsovet ölkalarida ham maşhur ijodkor edi. Ammo oqsoqol adibimiz bugungi özbek öqirmanlari va adabiyotşunoslari tomonidan tuşunilişga muhtojdir desam, xato bölmaydi. Negaki, avlodlarning almaşinişi, milliy tafakkurdagi tub evrilişlar xalqning adabiy didini ham tamomila yangiladi. Natijada, keçagina binoyiday tuyulgan ifoda bugun ğoyat ğarib körinişi ajablanarli emas. Har qanday ijodkor ham tuyğu odami sifatida bitiklarida, avvalo, öz köngli royişlarini aks ettirsa-da, baribir özgalar tomonidan ham tuyiliş va tuşunilişni istaydi. Çunki çin ijodkor köngil dardlari bilan örtoqlaşiş çidab bölmas zaruratga aylangandagina qöliga qalam oladi.
Sanʼatkor uçun badiiy adabiyotning boş vazifasini notöğri belgilaş, uning ifoda yösinini tayin etişda xato qiliş esa fojiadir. Şukrullo aka va u kişi mansub ijodkorlar avlodi ana şunday qismatni boşidan keçirişga mahkum bölganlar. Har qanday odam öz avlodi aurasida yaşaydi. Davr qobiğini yorib çiqiş hammaning ham qölidan kelavermaydi. Buning ustiga, tabiatan taʼsirçan bölgani sabab ijodkor şaxsga davrning nuqsi boşqalarga qaraganda kuçliroq urişi ham bor gap. Maʼlumki, muayyan bir davrda yaşab turib, undan taşqarida böliş, uning taʼsiriga berilmaslik deyarli mumkin emas. Ayniqsa, davr odamning fikr-u öylari, his-tuyğulariga ham daxl qiladigan, zuğum ötkazadigan bölsa. Şöro tuzumida yaşagan ijodkorlarning birinçi avlodi, nisbatan erkinroq zamonlarda, çin badiiy sözning taʼmini tuyib, adabiy izlaniş lazzatlarini taʼbiga singdirib şakllangan edilar. Şuning uçun ularning eng “qizil” bitiklarida ham kişining yuragini jiz etkazadigan nimadir bölardi. Çunki ular adabiyotning, birinçi navbatda, sanʼat ekanligini tuyib ulğayişgandi.
Qatağon haddi aʼlosiga kötarilgan, umuman, odamning, jumladan, ijodkorning şaxsi ham sariq çaqaga olinmaydigan, ulkan Ittifoqdagi neça millionlagan odamlar ruhan sindirilgan, yolğon sözlaş axloq, yalanğoç şiorlarni qofiyaga soliş poeziya, soxta tuyğularni tasvirlaş sanʼat sanalgan davrda ijodkor sifatida şakllangan butun bir avlodga ifodada yalanğoçlik, mavzuda jönlik virusi atay yuqtirilgan edi. Ular buni istamagandilar, biroq şunday bölişga mahkum etilgandilar. Bu davrda asl vazifasi köp maʼnoni ifodalaşdan, turliça jilolanişdan iborat bölgan badiiy söz aniq bittagina maʼnoni anglatişga majbur etildi. Badiiy asar şunday yozilişi kerak ediki, undan, qançalik istamasinlar, heç kim heç qanday ikkinçi maʼnoni topolmasligi şart edi. Bunday ifoda badiiy bölmasdi, albatta, ammo xavfsiz hisoblanardi. Sözining salgina özgaça tuşunilişiga yöl qöygan önlab boşqalar “xalq duşmani” sifatida jismonan yöq qilinganini körgan boşqalar jön, oçiq va yalanğoç yozişga, binobarin, imkon qadar adabiyotning joni bölmiş obrazli ifodadan qoçişga majbur edilar.
Şuning uçun ham Şarof Raşidov, Turob Töla, Rahmat Fayziy, Ibrohim Rahim, Said Ahmad, Ramz Bobojon, Asqad Muxtor, Şukrullo, Pölat Mömin, Akmal Pölat, Sarvar Azimov kabi yozuvçilar öz ijodiy imkoniyatlarini töla namoyon eta olmay yaşab ötdilar. Negaki, ularning didi siyosiy xatoga yöl qöymay, ruxsat etilgan ğoyaviy haqiqatlarni hamma bir xil tuşunadigan yösinda bayon etiş talabi bilan şakllantirilgan edi. Bu avlod şaxs sifatida tarkib topayotgan paytda kommunistik mafkura odamning fikr-u tuyğulariga ham andişasizlarça xöjayinlik qilgan bölsa, ijodkor sifatida qaror topayotgan vaqtda adabiyotning missiyasi siyosatga yugurdaklik qilişdan iborat qilib qöyilgan edi. Bu ijodiy avlod isteʼdodsizligi tufayli emas, balki talantini töla namoyon etiş jismoniy jihatdan ham xatarli bölgani uçun öz ijodiy imkoniyatini töla işga sola olmadi.
Ularning ehtiyotkorligi aslo ortiqça emasligini ötgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boşida ayni şu avlodning bir qança vakillari uzoq yillarga qamalgani ham körsatib turadi. Jumladan, şoir Şukrullo ham millatçi sifatida yigirma beş yilga ozodlikdan mahkum qilingan edi. Afsuski, ehtiyotkorlik va çöçiş tufayli kelib çiqqan majburiy jönlik faqat taşqi jihatgina bölib qolmadi. Ulkan xavotir yillar davomida bu avlodning içki mohiyatiga ham aylanib ulgurdi. Menimça, bu hol faqat özbek adabiyotigagina tegişli holat bölib qolmay, umumittifoq miqyosidagi xususiyat edi. Hali adabiyotşunoslik ilmi bu avlod ijodiy taqdiridagi fojiani teran ilmiy tadqiq etişi kerak böladi.
Har qanday şaroitda ham ijod ğoyat betakror va öziga xos keçimdir. Şuning uçun Şukrullo aka mansub avlodni ham birday tuşuniş, tuşuntiriş va baholaş mumkin emas. Çunki qiyofasiz bölişga majburlik ham baʼzan çinakam ijodkorlarni özligidan mahrum eta olmasa, baʼzilarni tanib bölmaydigan holatga soladi.
* * *
Şukrullo 1921-yilning 2-sentyabr kuni Toşkentning Olmazor mahallasida tuğilgan. Otasi Yusufxöja nafaqat şahar, balki Turkiston ölkasida maşhur emçi edi. Yetti yillik maktabni tugatgan tirişqoq Şukrullo 1935-yilda pedagogika bilim yurtiga öqişga kirib, 1938-yilda uni bitiradi. Ön yetti yoşli yigitça Qoraqalpoğistonga işga yuboriladi va u yerda boşlanğiç sinf öquvçilariga saboq beradi. 1939-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent pedagogika institutiga sirtdan öqişga kiradi va uni 1944-yilda bitiradi. Şu yillarda öqiş bilan birgalikda Toşkentning turli maktablarida öqituvçilik qiladi. Oliy maʼlumotli bölgaç, Örta Osiyo davlat universiteti (SAGU)ning aspiranturasiga öqişga kiradi va ayni vaqtda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida maslahatçi bölib işlaydi (1945−1949-yillar). 1949−1965-yillar oraliğida muayyan uzilişlar bilan Özbekiston davlat naşriyotida muharrirlik qiladi.
1949-yilda yoş şoirning “Birinçi daftar” nomli ilk kitobi bosilib çiqadi. Şu yili Hamid Sulaymon, Mirzakalon Ismoiliy, Şuhrat, Mahmud Murodov hamda aka-uka Alimuhamedov singari taniqli şaxslar bilan birga millatçilik va sovetlarga qarşi tarğibotda ayblanib, qölga olinadi. Ön beş oy davom etgan tergov natijasida Şukrullo yigirma beş yillik qamoq hamda yana beş yillik barça huquqlardan mahrumlik jazolariga hukm qilinadi. Zulm-zöravonlikka böyin egişni istamagan şoir Norilsk qamoqxonasida yuz bergan isyonda qatnaşadi. Şukrullo 1955-yilga kelib, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan.
Şoir sermahsul ijod qilgan.
Uning “Qalb qöşiqlari” (1949), “Hayot ilhomlari” (1959), “Umrim boriça” (1960), “Inson va yaxşilik” (1961), “Inson − inson uçun” (1964), “Zarralar” (1973), “Suyançiq” (1977), “Yaşagim keladi” (1978), “Sening baxting” (1988), “Tökilgan dardlarim” (2001) kabi şeʼriy töplamlari eʼlon qilingan. Şuningdek, 1958-yilda bir jildli, 1973-yilda ikki jildli, 1981-yilda uç jildli saylanmalari çop etildi.
Şukrulloning “Çollar” (1948), “Rossiya” (1956), “Ikki qoya” (1964), “26-tong otari” (1966), “Gul va otaş” (1972), “Köngil çiroği” (1975), “Asr bahsi” (1985) va boşqa bir qator dostonlari öz vaqtida tilga tuşgan edi. Şukrullo bolalarga bağişlab şeʼr va ertaklardan iborat “Bahor sovğasi” (1962), “Yulduzlar” (1964) nomli kitoblar yaratgan. Uning “Xatarli yöl” (1962), “Tabassum öğrilari” (1964), “Töydan keyin tomoşa” (1980), “Öğrini qaroqçi urdi” (1982) singari pyesalari turli teatrlarda namoyiş qilingan. Adibning “Javohirlar sandiği” (1983) esse kitobida ustoz yozuvçilarning ijodiy tajribalari töğrisida bahs yuritilgan, “Kafansiz kömilganlar” (1989) avtobiografik romanida qatağon davri dahşatlari, “Tirik ruhlar” (1999) roman-xronikasida jadid Ubaydulla Xöjayev hayoti va faoliyati tasvirlangan. 1994-yili şoirning “Qasosli dunyo” publitsistik maqolalar töplami çop etilgan.
Şukrullo Karlo Gotssining “Baxtiyor gadolar” pyesasi hamda Ş.Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boşqa köplab şoirlarning şeʼrlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarboyjon, qoraqalpoq, qozoq, qirğiz tillarida naşr etilgan.
Şukrullo adabiyot ravnaqi yölidagi xizmatlari uçun 1977-yili Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, 1981-yili Özbekiston xalq şoiri unvonlari egasi bölgan. 1994-yili Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, şu yili “Döstlik” ordeni, 1999-yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Şoir Şukrullo 2020-yilning 19-iyulida 99 yoşida vafot etdi.
* * *
Şukrullo öziga xos ovoz hamda tasvir yönalişiga ega ijodkor sifatida yetmiş yildan ortiqroq qalam surdi. Lekin keyingi yillarda u kişining ijodiy qiyofasida jiddiy yangilaniş sodir böldi. Şukrulloning şaxs va ijodkor sifatidagi öziga xosligi şundaki, özi zarur deb hisoblagan vaqtda, uzoq yillar davomida amal qilib kelgan ayrim badiiy qanoatlaridan voz keçib, yangi estetik tamoyillarga tayanişga kuç topa bildi. Qartayganda ijodiy aʼmollarini özgartirişdan malollanmagani uçun egamanlikdan keyin şoirning bitganlarida yangi belgilar közga taşlana boşladi.
Şukrullo akaning yozganlari u kişining tabiatan qiziquvçan, özini jamiyat taşvişlaridan çetga tortmaydigan odam ekanini körsatadi. U hamişa adabiyotga faqat köngil ermagi, tuyğular öyini emas, ulkan bir ijtimoiy yumuş deb qarab keldi. Şuning uçun kişi ijodga özini töliq bağişlaşi, ilhom otaşida yonişi kerak deb hisobladi. Oqsoqolning “Javohirlar sandiği” asaridagi: “Ilhom qalangan höl ötin emas, …neça vaqtdan beri qizişib, bir şamol yelpişi bilan gurullab yongan olov”, degan fikrida ham adabiyotda iz qoldirmoq uçun ijodkor özini unga töla bağişlaşi kerakligi taʼkidlangan.
Adib hamişa ezgulikka intilgan va uning tantanasiga işongan odam. Bu xususiyat uning 1941-yili yozgan “Istaymanki, olam hamişa Bahor çoği, tongotar bölsin”, degan töxtamidayoq namoyon bölgandi. Doimo tinçlig-u xotirjamlikka intilib yaşagan şoir uzoq umri mobaynida talay dolğali hodisalarni boşidan keçirdi. Şu sabab asarlarida tinçlikka erişiş orzusini köp tasvirladi. Lekin u qabriston tinçligini emas, balki hayot barq urib yaşnab turgan erkin hayotdan hosil böladigan sobit tinçlikni tilaydi. “Istak” şeʼrida şoir bu jöndagi qaraş-u tuyğularini şu tarzda ifodalaydi:
Suvlar şildirasin, quşlar sayrasin,
Olam suv quygandek, mayli, bölsin tinç.
Zindoniy tinçlikdan lekin asrasin,
Ğanimlar solmasin köngilga qörqinç!
Negaki, “Taqdir” şeʼrida taʼkidlanganidek, “Qörqib yaşaşlikning özi ham ölim”. Şukrullo köngildagiday yaşay bilmaslik yaşamaslikdan yomon ekanini teran his qiladi va taʼsirli ifoda etadi.
Odam köp körib, köp bilgani sari kam bilişini anglab boraveradi. Şuning uçun ham Şukrullo agar ötgan asrning 50−60-yillaridagi şeʼrlarida öquvçilariga qanday yaşaş va hayotni qay tarzda yölga qöyişni örgatişga uringan bölsa, hozirgi şeʼrlarida tiriklikning barça past-balandini körgan donişmand şoir sifatida birovga yöl körsatiş emas, özini taftiş qilişga, öz köngil olamini qadam-baqadam tekşirişga urinadi. Şoir özi kuzatgan hayot haqiqatlarini bilgiçlik bilan ğoyat sokin, lekin yuragidan ötkazib ifoda etadi. Şu bois, uning köpçilik şeʼrlarida poetik muddao şeʼrning avvalidayoq örtança qölday közga taşlanib turmaydi. Şeʼrni öqigan kişi undagi ifodalar haqida öylab körişga, tasvirdan maʼno keltirib çiqarişga majbur böladi.
Şoirning “Qarğalar” deb atalgan şeʼrining na nomi va na tasvir yönalişi unda gap mehr-oqibat haqida borişini anglatadi. Şukrullo şeʼrda qörqinçli mozor va uning tegrasidagi oğoçlar boşiga qöngan qarğalarning köngillarga titroq solguvçi manzarasini çizadi:
Ğarib oqşom çökdi asta mozorga,
Hatto maʼyus kabi bulutli osmon.
Terak tepasida öltirar qarğa
Sönib qolgan şamning söxtasisimon.
Şoirning ruhini bezovta qilib, qöliga qalam tutqazib, şunday sovuq manzarani çizişga undagan narsa “Sönib qolgan şamning söxtasisimon” qarğa timsolidir. Şeʼrda bir-biriga tiriklikda mehr körsatmay, ölgandan keyin qörqinçli göristonga ham keladigan odamlar qarğaga öxşatiladi: “Ammo ölganda-çi, bölib mehribon, Mozorga kelamiz qarğa singari”. Aytiş kerakki, bu şeʼrda badiiy tasvir va undan kelib çiqadigan poetik maʼno asosli uyğunlaştirilgan.
Şukrullo aka izlanişdan böyin tovlamagani, örganişdan qoçmagani uçun ham bugungi şeʼriyatga xos tasvir uslubini bir qadar özlaştira bildi. Bu hol uning insoniy sezim va ruhoniy tuyğularni moddiylaştirib körsatişda yangiça yöllar oçganida namoyon böldi. Şoir baʼzi şeʼrlarida sababni körsatib ötirmay, oqibatni tasvirlaydi. Çunki u haqiqiy sababni biliş köp hollarda insonga buyurilmay, faqat Yaratganning özigagina maʼlumligini anglab yetadi. Bu xil anglaş uning köngliga qanoat tuyğusini soladi. Şu bois “Iz” şeʼrida: “Yana bahor keldi! Qolgan umr ham Ötadi sezdirmay, erigandek qor”, der ekan, köklam kelganda, qorning sezdirmay erişini inson umrining bildirmay ötib borayotganiga öxşatadi.
Şukrullo qator şeʼrlarida ijtimoiy tafakkuri yangilangan millatning sezimlarini, tuyğularini anglaşga, buning uçun özgalarning hissiyotini ular kabi tuyiş va ifodalaşga intiladi. Bu hol undan şu vaqtga qadar öz ijodiy tajribasida foydalanib kelgan tasvir vositalarini yangilaş, ifoda yösinlarini tubdan özgartirişni talab qildi. Maʼnaviy-axloqiy evrilişlar kesişgan davrning talabini töğri anglagan şoir şeʼrlarining ifoda tarzini yangilaşdan oğrinmaydi. Quyidagi tasvirlar ana şu yangilanişlar mevasi ölaroq paydo bölgan:
Quyoş botib şafaqdan
Olam yonardi göyo.
Ayriliqdan, firoqdan
Senga tor böldi dunyo.
Yiğlama, közyoşingdan
Köksimga tuşdi otaş.
Olam şafaqdan emas,
Uni yondirgan köz yoş.
Bu örinda şoirning majoz bilan fikrlayotgani, borliqni köringaniday emas, balki tuyilganiday aks ettirişga uringani yaqqol közga taşlanadi. Şoir “Raşk” şeʼrida: “Şaftoli gulining rangi oq puşti, Oşiqlar qalbiga endi öt tuşdi”, deb yozar ekan, misralarda aks etgan holatni hamma uçun yagona universal hayotiy reallik deb daʼvo qilmay, qismda butunni, tomçida daryoni aks ettirişga urinadi.
Şoir ruhida nafaqat odamlar, balki bepoyon olamdagi barça narsalar zohir etgani kabi özini ham heç narsadan ayro körmaydi. Şu bois heç ikkilanmay, daraxtning yaproqlarini özi bitgan maktublar, ularning sirli şitirlaşini esa, dard-u sevinçlari sifatida taqdim etaveradi:
Sen meni soğinsang, daraxtlarga boq,
Yelpingan har yaproq mening xatlarim.
Quloq sol. Kuylagan yaproqmas mutloq,
Mehr qöy, u mening sevinç, dardlarim.
Maʼlumki, ijodkor qanday obrazni qalamga olmasin, aslida, özini tasvirlaydi. Har bir odamga olam boriday emas, balki öşa odamning holat-u kayfiyati kötarganiday körinadi. Nitşe aytmoqçi: “Dunyoda mening tasavvurlarimdan özga heç narsa yöq”. Şu bois ham insonning haqiqat haqidagi töxtamlari öta nisbiydir. Binobarin, keksa odam nafaqat yoşligi, balki bolaligini yozayotganda ham keksaligini ifodalayotgan bölaveradi va aksinça. Şukrulloning “Kayf” şeʼridan olingan quyidagi qatorlarda keksalikdan ozorlangan kişining yoşlikdagi gözallikni qömsagan kayfiyati muhrlangan:
Quşlar ovoziga hamohang, hamroz,
Qani çuldiragan tiniq ariqlar?
Qani öşa yillar, qani öşa yoz?
Nazarimda, quşlar kuylamas, yiğlar.
Bu parçada yoşligi olislarda qolgan kişi holati aks etgan. Şuning uçun ham bir zamon boğdan ötgan qizlar soçining hididan mast bölib yurgan taʼsirçan lirik qahramonga bugun quşlarning şodon sayraşi yiği bölib tuyiladi. Çunki u – qaytmas bölib ketgan yillarni qömsayotgan öksik qalb egasi. Şeʼrda ijtimoiy fojia yöq, lekin şaxsiy yöqotişning juda ulkan va samimiy, ortiqça navozişlardan xoli çin ifodasi bor.
Ayni vaqtda, köpni körgan oqsoqol şoir dunyoning bevafoligi, umrning ötkinçiligiga kayvonilarça bağrikenglik bilan yondaşadi. Qalamga olinayotgan tuyğular ğoyat çigal, ruhiy vaziyat qaltis, lekin Şukrullo atay sodda ifoda yösinini tanlaydi. Hayotning köp sinovlaridan ötgan tajribali odam sifatida öqirmanni: “Dunyo göyo qizil yo sariq olma, Bu yaxşi, yomon deb yonini olma. …Köngildagin aytib baloga qolma!” deya ogohlantiradi.
Şoir şeʼrlarida tabiatni tasvirlar ekan, avvalo, odam könglini, sezimlarini közda tutadi. Şoir uçun kuz şunçaki fasl emas, u inson umrining muayyan bosqiçi ramzi. Şu bois Şukrullo kuz manzarasi tasviriga kutilmagan qöşimça maʼnolar yuklaydi. Kuzning tarovatsizgina körinadigan belgilaridan gözal joziba, epkinli harorat topadi:
Yaproqlarni tökdi ertangi şamol,
Dimoqqa urildi kuzning havosi.
Söramasdan kelar baʼzida ne hol?
Boşlanib qoladi tarnov navosi.
Şeʼrda kuzga özbek dehqonining nazari bilan qaralganligi uçun yomğir bevaqt yoqqanday tuyulgani aks etadi. Şukrullo ayrim şeʼrlarida yilning xazon fasli bölmiş kuzni inson umrining xazon pallasiga muvoziy sanamaydi. Uni ğoyat jozibali, tarovat-u husnga töla bir fursat tarzida tasvir etadi. Zero, nafaqat yilning, balki umrning kuzi ham öziga xos gözallikka töla ekanidan bölsa kerak, odamning yaşagani sari yaşagisi kelaveradi.
Şoir ğoyat ingiçka bir nigoh bilan oğoçlarni tark etişga tayyor bölib turgan omonat yaproqlarni ketayotgan qönoqqa öxşatadi:
Tizilişib turar kuzgi yaproqlar,
Göyo bular yölga otlangan karvon.
Yozgi safarini tugatdi ular,
Boğlarimda bölib yoz böyi mehmon.
Nekbin tuyğuli şoir ketiş fasli bölmiş kuzning tarovati tasviriga hayotga muhabbat, keçirilayotgan kundan rozilik tuyğularini joylay biladi: “Bezaniş, muhabbat, atrof oltin rang, Bir nafas quvonib kim olmas bahra? Kuzgi yaproqlarda bir dunyo ohang, Göyo olam qöşiq, rang töla sahna”.
Şukrullo ayriliq tufayli çekkan çuqur iztiroblarini ham taʼsirçan yösinda poetik ifodalay biladi. Çunonçi, şiorning “Rasul Hamzatovni xotirlab” deb nomlangan şeʼrida odam odamga tirgak, suyanç ekani ğoyat samimiy tarzda ifoda etilgan. Şoirning bu şeʼri yaqin döstini yöqotgan odamning köngilni böşatiş istagi sifatida tabiiy ravişda tuğilgani uçun ham undagi har bir taşbih nişonga aniq tegadi. Unda Şukrulloning samimiy şaxsiyati töla namoyon bölgan:
Keçagina, Rasul, salomatlikka
Qadah kötargandik qoldirmay yuqin.
Mana endi menga qoldirib ketding
Soğinç, ayriliqning toğdek zil yukin.
Sönggi misradagi “toğdek” sözi öquvçiga ayriliq yukining zalvorini sezdiradigan öxşatiş ekanidan taşqari, Rasul Hamzat bir umr kuylagan toğlarni esga tuşirişi, yaʼni dunyodan ötgan şaxsning ramzini anglatgani bilan ham ayriça poetik ahamiyat kasb etgan.
Oqsoqol şoir unça-munça poetik eksperimentlardan çöçimaydi. Undagi bu xususiyat Rasul Hamzatning “Nabiram Şahrizodga” nomli nasriy şeʼri tarjimasida namoyon böladi. Xayoliy savol-javobga qurilgan bu mansurada bobo bilan nevaraning taqdirlari muvoziy qöyib tasvirlanadi. Şeʼrda yiğloqi nevaraga uzun hayot yölini bosib ötgan boboning ota-ona haqida gapira turib: “Axir sening otang bor, onang bor. Men allaqaçon otamdan ham, onamdan ham ayrilganman, Sen emas, men yiğlaşim kerak”, döstlar xiyonatiga töxtalib: “…neça marta döstlarim xiyonat qildi, Mening duşmanlarim bor. Men yiğlaşim kerak”, uruş dahşatlarini boşidan ötkazganini aytib: “Sen uruş dahşatini, odamlarning qanday ölganlarini körmagansan. Qança döstlarim u yerlarda qolib ketişdi, Men yiğlasam arziydi”, tuhmatga qolganidan zorlanib: “Senga heç kim böhton ham qilmaydi, Sen hali yolğon nimaligin bilmaysan, qalbing pok. Sen uxlaganingda heç kim seni bezovta qilmaydi, Men yiğlaşim kerak-ku”, degan taʼkidlari öta taʼsirli ifoda etilgan. Şeʼrning birgina sönggi, asarning poetik mohiyatni özida aks ettirgan bandi seryiği nevara tilidan beriladi:
Buvajon, sen hammasini boşdan keçirib bölding, şukr qil.
Mening boşimda hali bular turibdi.
Sen aytganingdek, yolğon, xiyonat, uruş yana takrorlansa-çi?
Buvajon, sen şunday qilginki, sira-sira takrorlanmasin.
Şeʼrda yoş avlodning zimmasida ham öziga yaraşa ijtimoiy-maʼnaviy yuk borligi taʼkididan taşqari, kattalarning kelajak oldidagi masʼulligi ham aks etgan. Şeʼrda şoir Şukrulloga ham örtoq tuyğular tasvirga olingani uçun mansuraning tarjimasi original yangliğ jaranglaydi.
Şukrullo şeʼriyati faqat köngil navozişlari ifodasi emas. Töğriroği, şoirning poeziyasi köngil tölğonişlarini aks ettiradi, lekin uning köngli faqat özigagina tegişli bölmay, köplarning qalbi bilan tutaşib ketgan. Bu hol şoirning manzara şeʼrlarida yaqqol közga taşlanadi. Şukrullo çizgan poetik manzaralar aniq, taʼsirçan va köpmaʼnoli ekani bilan eʼtiborli:
Çirt-çirt uziladi boğlarda yaproq,
Daraxtlar yuk taşlab tortibdi yengil.
Maysalar içida suvlar qönğiroq,
Bir orom kayfida yayraydi köngil.
Şeʼrdagi hosilidan qutulgaç, qomatini tiklagan mevali oğoçlar, maysalar içida şoda-şoda qönğiroq bölib jilvalangan kuzgi şudring tasviri öz holiça ham taʼsirli. Lekin şoir uçun kuz manzarasini çizişning özi muddao emas. U mevali oğoçlarning bu holatidan hayotiy maʼno çiqaradi:
Tevarak boğlarda tökilar yaproq,
Mehnatkaş daraxtlar tiklaydi qaddin.
Yölovçi, bir nafas sen ularga boq,
Sening gerdaymakka bormikan hadding?!
Agar oldinlari Şukrullo öz şeʼrlarida barça fikrini oçiq aytgan bölsa, keyingi yillarda işora qiliş, imlaş, öquvçining tasavvuriga işoniş mayli ustuvorlik qilgan. Şeʼrlarining birida yozgi boğda sayragan bulbullar, oğoçlar soyasida rohatlangan mehmonlar obrazlari şunçaki yöl-yölakay tilga olinadi. Bir qaraşda, şeʼrning zamirida heç qanday tagmaʼno yöqday tuyuladi:
Yoz ketdi. Daraxtlar sölğin tus oldi,
Neningdir dardida rangi zaʼfaron.
Sayragan bulbullar qayga yöqoldi?
Qani soyasida bölganlar mehmon?
Köm-kök liboslari yerga tökildi,
Öğri urgan kabi qoldi yalanğoç.
Bulbullar örniga qarğalar keldi,
Endi soya solmas mevasiz oğoç.
Bu tasvirlar şoir bilan birga öqirman ruhini ham bezovta qiladi. Çunki u “soyada mehmon bölganlar” va “sayragan bulbullar” körgan yaxşiliklariga yaraşa oqibat qaytarmagan kişilar ramzi ekanini sezganday böladi.
Şukrulloning ayrim şeʼrlarida bilmay qilingan gunoh uçun ham javob beriş kerakligi taʼkidlanadi. Şoirning “Daraxt qaydan bilsin dor bölişini” satri bilan boşlanadigan “Qarğiş” şeʼrida şu holat aks ettirilgan. Uç bandlik şeʼr quyidagi ayanç manzara tasviri bilan nihoyalanadi: “Qönalğa qilmasdi, qönmasdi quşlar, Göyo qon isidan bezib qoçardi. Yoğayotgan yomğir göyo qarğişlar, Begunoh köz yoşlar bölib oqardi”. Bu satrlar göyo oğoç haqida. Lekin şoir tabiatni odamdan ayri körmaydi. Çindan ham atrof javonibning qanday körinişi, uning özidan ham köra köproq, bizning tasavvur va kayfiyatimizga boğliqdir. Qaçonlardir qilingan yomonlikka vosita bölgani uçun hamon jazo tortayotgani tasvirlangan oğoç oğoçdan köra, odamdir. Lekin şoir buni oçiq aytmaydi, qissadan hissa çiqarişga, ögit berişga urinmaydi.
Şukrullo – hayotda ham, ijodda ham samimiy edi. Bu feʼl uni şeʼriy haqqoniyat yölidan yurgizadi. Şu bois bitganlarida pardoz, jimjima kam uçraydi. Şoirning keyingi yillarda yozilgan şeʼrlaridan biri “Mendan gina qilma, mendan ranjima”, deb boşlanadi. Menga uşbu çaqiriqning qanday hayotiy asosi borligi, şeʼr nima munosabat bilan yozilgani maʼlum emas. Zero, şeʼrxon uçun muayyan bir şeʼrning kim va nima uçun yozilganidan köra, qanday yozilgani muhimdir. Menga bu şeʼr özining hozirgi holi va imkoniyatini juda yaxşi biladigan hamda bundan xijolat çekmaydigan ötoğasi kişi kayfiyatining çin manzarasi bölib körindi:
Qarib oqibati qolmabdi dema,
Sen körgan daryolar ayqirib tindi.
Yetdi qirğoqqa ham omonat kema,
Afsus va nadomat ortilar endi.
Umrining şomi sari borayotgan şoir tuyğularining samimiyligi, bu izhori dilda zarra bölsin yolğon, xöjakörsinlik, donişmandlik daʼvosi yöqligi kişini rom etadi. Bu satrlarda qirğoqqa yaqinlaşgan omonat umr kemasiga afsus-nadomat yuklari ortilajagi ğoyat samimiy, ulkan bir insoniy dard, qoim bardoş hamda sokinlik bilan ifoda etilgan.
Şunisi eʼtiborga loyiqki, şoir şeʼrlarida unar-unmasga kayvonilik qilmaydi, yöl körsatişga urinmaydi. Baʼzan şoirona nigohi ilğagan biror poetik manzarani çiziş bilan kifoyalanadi. Uning bir qator bitiklari lahzani mangulikka muhrlay olganining özi bilan poeziyadir. Çunonçi, Şukrullo bir şeʼrida tabiatning öta aniq va qörqinçli manzarasi tasvirini quyidagiça beradi:
Osmonda boşlandi bulutlar jangi,
Birdan tevarakni bosdi gulduros.
Hatto çöçib öçdi quyoşning rangi,
Böron olib kelgan dahşatdan bexos.
Oldinlari şoir bunday vahimali daromaddan söng biror ijtimoiy parallelni keltirgan va undan xulosa çiqargan bölardi. Şukrullo bu gal şeʼrni peyzaj tasviri ekaniça qoldiradi va asar yakunida: “Bulutlarni yorib balqidi quyoş, Şodlikdan barglarda miltilladi yoş” tarzidagi gözal holat manzarasini beradi.
Şoir “Bahor keçasi” deb atalgan şeʼrida köklam tunini heç bir ijodkor nazari ilğamagan yösinda tasvirlaydi: “Quyoş botib ketdi. Bir tutam nuri Varrak dumlariga ilaşib qoldi”. Milliy poeziyamizda Toşkent köklamining bundan ham samimiy va koloritli qilib çizilgan şeʼriy manzarasi yöqdir. Şoir bu şeʼrida poetik kayfiyatidan kelib çiqib, köklamgi tafsillarning hammasi va har birida gözallik, nur, ezgulik köradi va öz tuyğusini öquvçilarga ham yuqtiradi. Şeʼrni: “Qanday odam sevmas umr bahorin! Qalblarni bir umr tark etma, sevgi!” − tarzidagi daʼvat bilan tugatadi. Bu ifodada yalanğoç çaqiriq bölmagani uçun ham öquvçiga kuçli taʼsir qiladi.
Şukrullo köp qirrali şaxsiyat egasi edi. Demakki, uning ijodi ham serqirra bölgan. Adibning dostonlari, romanlari, publitsistik maqolalari, esselari, son-sanoqsiz suhbatlari atrofliça ilmiy tahlilga munosib. Biz otaxon şoirimizning birgina şeʼriyati yuzasidan öz qaraşlarimizni bayon etdik. Öylaymizki, umrining sönggi daqiqasiga qadar faqat Haq va xalqni degan, har qanday şaroitda ham adolat va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning barça qirralari tadqiq etiladi. Zero, Şukrullo manfaatga egilmagani, öz isteʼdodini nafsiga xizmat qildirmagani bilan Qaysin Quliyev, Mustay Karim, Rasul Hamzat, Çingiz Aytmatov singari badiiy söz gigantlarining hurmatiga sazovor bölgan, 2015-yili Turk dunyosining yil odami deb rasman tan olingan yirik şaxsiyat egasi edi.
Şukrullo ijodini örganiş, adabiyot tanuv ilmi uçun foydali bölganidek, juda uzoq yillar taqiq va çeklovlar şaroitida yaşagan sanʼatkorning bitiklariga xos qirralarni anglab yetiş öqirmanlarga yoqimli tuyğular bağişlaydi va keksa adibning navqiron poetik boği mevalaridan bahramandlik ularda şaxslik tuyğularini kuçaytiradi. Haq yölida bir asr yöl bosgan şoir Şukrullo şaxsiyati va ijodi bilan avlodlarga örnak bölajak.
Qozoqboy yöldoş,
pedagogika fanlari
doktori, professor
1949-yili tuğilgan.
Sirdaryo davlat pedagogika instituti (hozirgi GulDU)ning Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Adabiyotşunoslik va adabiyot öqitiş metodikasiga oid kitoblar, darsliklar va beş yuzdan ziyod ilmiy
maqola muallifi.
2021/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


