Yozuvçi Abduqayum Yöldoş bilan suhbat
– Abduqayum aka, bugungi özbek hikoyaçilik janri rivojlanişini nimalarda körasiz?
– Hamma zamonda ham asli oğirkarvon nasr öz öquvçisi ong-tafakkuri, dunyoqaraş-şuuri qamrovidan ança oldinroqda bölgan. Illo, Insonning ön sakkiz ming olamdan köra ulkanroq, koinotning aql bovar etmas qonuniyatlaridan ham murakkabroq qalb keçinmalari, tilsim-möjizalarini bor böy-basti bilan nasr oçib beradi. Şu maʼnoda nasr bugungi voqelikning, tabiiyki, ötmişning va ayni paytda yaqin-uzoq kelajakning öziga xos közgusi hamdir.
Tomçida quyoş aks etadi. Baʼzan hayotiy voqea-hodisalar ixçam ifoda etilsa-da, mutolaa asnosida qalbingizni favqulodda larzaga solgan ajoyib epik asar asl söz sanʼatining çöqqisiga aylanadi. Inçunun, yaxşi hikoyaning özi ulkan bir romandir…
Nazariyaga ötib ketişimning sababiga kelsak, savolingizdagi nekbinlikka qöşilolmadim. Harqalay – balki, zamondan orqada qolgandirman – siz alohida qayd etgan “rivojlaniş”ni keng maʼnoda unçalik ilğamayroq turibman. Ehtimol, işlab çiqariş nuqtayi nazaridan qarasak, miqdor ösişi jihatidan rivojlanişga yuz tutgandirmiz, ammo sifat borasidagi bu eʼtirof ançayin bahsli, nazarimda.
Bu kaminaning xususiy mulohazasi, albatta. Harqalay, deyarli öttiz yildan beri kasb taqozosiga köra, bundan taşqari turli katta-kiçik tanlovlar-u seminarlarda juda köplab, lofi bilan aytganda, vagon-vagon “hikoya” atalmiş maşqlarni öqişga töğri keldi. Şulardan xulosa çiqaradigan bölsam, fikrimça, keyingi davr hikoyaçiligida voqeabandlik, bayonçilik va… savodsizlik ançayin “yarq” etib közga taşlanib qolganday. Bu mulohaza nafaqat kompyuterda terilib, oppoq qoğozlarda çiroyli qilib çiqarilgan maşqlarga, balki falon adadlarda çop etilgan katta-kiçik ayrim kitoblarga ham taalluqli. Bugun, deylik, Abdulla Qahhor singari, şapaloqdek hikoyani maşinkada (!) ön martalab qayta köçiradigan ijodkorni kunduzi çiroq yoqib ham topolmaysiz.
Şubhasiz, muallifini, adabiyotimizni tabriklaşga arzigulik, qayta-qayta öqiladigan, uqiladigan ajoyib hikoyalar yozilyapti, çop etilyapti. Ammo, taassufki, bunday asarlar sanoqli.
– Siz asarlaringizda nom tanlaşda köproq nimaga eʼtibor qaratasiz?
– Köp hollarda sarlavha öz-özidan, asar köngilda tuğilgan, hali qoğozga tuşmagan paytlarda paydo böladi. Keyin fursati yetib bitik tuğiladi, bu jarayonda nom özgarib ketişi ham mumkin. Şuning uçun bu borada aniq bir “retsept” yöq. Töğri, bilgiçlar yaxşi asarning ellik foizini yaxşi sarlavha taşkil etadi, deyişadi. Balki, joyida topilgan sarlavha öquvçini öziga jalb qilar. Biroq köp hollarda haqiqiy asar özining oddiygina sarlavhasi bilan ham baribir köngillarni zabt etaversa kerak. Harqalay, maşhur yozuvçi asariga nega bunday nom qöyganini söraşganida, bejiz “Qizilning qizilligini, oqning oqligini körsatiş uçun” deb javob berib qöya qolmagan bölsa kerak.
– Abduqayum Yöldoş ijodi köproq nimalardan oziqlangan? Yaʼniki xalq ijodidanmi yoki Şarq va Ğarb adabiyotidanmi?
– Bobomiz baxşi ötgan, Qöşrabotda taniqli Yöldoş baxşi. Tabiiyki, uyimizda baxşiçilikka, ijodga alohida ehtirom bilan qaralardi. Kitoblarga munosabat ham şunga yaraşa. Buni qarang, qişloğimizda uçta kutubxona bölardi. Va yana alohida kitob dökoni. Bolaligimdan şu uçala kutubxonaga aʼzo böldim, yangi kitob kelibdi deb eşitsak, dökonga çopqillab qolardik.
Xullas, “Göröğli”, “Alpomiş”, “Kuntuğmiş”lar qatori özbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini öqiy boşladim. Bu bir yangi dunyo edi… Menimça, bolalik va ösmirlik davridagi eng katta baxt – gözal asar sahifalarini özingdan qizğanib qayta-qayta öqiş bölsa kerak… Voqealarni bilasan, asar qanday boşlanişini, qanday tugaşini bilasan, ammo aqlingdan baland, tuşunçangdan ustun nimadir baribir sehrli sahifalar sari seni tortaveradi; bu tuyğu közlaringdan uyquni oladi, könglingdan halovatni. Öqib turib yiğlaysan, yiğlab turib kulasan… Odamga bundan ortiq nima kerak… Şunday ilohiy tuyğularni baxşida etgan Adabiyotga ixlos ila taʼzim qilmay böladimi…
Işqilib, mutolaa asnosida beixtiyor Şarq va Ğarb adabiyotini muqoyasa qiliş, ularning dilga yaqin jihatlarini olişga urinişlar böldi. Har neçuk, tuman gazetasida eʼlon qilingan dastlabki maşqlarimdan biri grek tangrilari haqida bölsa, ikkinçisining qahramoni ösmir oqin (baxşi) edi.
– Asarlaringizda özbekning qiyofasi va xarakteri qirralarini ifodalaşda öziga xos uslubga ega ijodkorsiz. Betakror odamlarni qayerdan topasiz?
– U-bu narsa yozib yurgan odam uçun azaldan hayotning özi tuganmas syujetlar buloği bölsa kerak. Köçaga çiqing, odamlarni kuzating, qişloqqa boring, yana kuzating, voqealarni muqoyasa qiling, xulosalarga keling va, şaksiz, qalbingizni hayajonga soladigan, qölingizga qalam tutqazadigan, yozmasangiz tinçingiz yöqoladigan voqea-hodisa yoinki xarakterga duç kelasiz. Gorkiyning qalamkaşlar haqida bir gapi bor. Bu kasb, bu hunar jonimga ham tegib ketdi, çunki qayoqqa borsam, odamlarni kuzataman, hatto mayxonada ham tinç ötirolmayman, mijozlarni kuzatişga majburman deydi u. Bu – ijodkorlarning qismati. Baʼzan yurgan yölingizda, mutlaqo kutilmaganda, oniy soniyada ong-şuuringizga, qalbingizga çaqmoqday “yarq” etib bir narsa uriladi. Muhimi, şu oniy soniyani tutib qoliş. Qolgani keyin bölaveradi. Yana bir holat. Aksar hollarda biz beixtiyor kuzatib yurgan odamning, aslida kimligi, qanaqaligi aynan oniy soniyada maʼlum böladi. Xiyonat ham, sotqinlik ham lahzada özini namoyon qiladi. Jasurlik ham oniy soniyada paydo böladi. Şu onni ilğab olsak böldi, atrofimiz töla qahramonlarimiz. Zero, hatto tuşingizda kirmagan voqealarni real hayotda kuzatasiz, ularda iştirok etasiz. Albatta, asarda töqima obrazlar, voqea-hodisalar böladi, ammo uning asosi baribir hayotning özi bölib qolaveradi. Eng qiziq tomoni, hattoki voqealari olis fazo puçmoqlarida keçadigan fantastik asarlarning asosida ham özimizning zamindagi hayot yotadi, zero, adabiyot bu avvalo insonşunoslikdir.
Uslub xususida ortiqça bilağonlik qilib ötirmay. Faqat kamtarin urinişlarimdan kelib çiqadigan bölsam, aytişim mumkinki, özimni hayajonga solgan voqeani tezroq qoğozga tuşirib qöymasam bölmaydi. Şunday, köngil buyurganiday yozaveraman.
– “Puankare” hikoyasini öqigan öquvçi köz öngida keng va katta tafakkur egasi bölgan nafaqat matematik, balki faylasuf muallif gavdalanadi. Bularni yozişda qanday ijodiy tayyorgarlik körgansiz? Yoki romanga aylantiriş niyati bölganmi? Nazarimizda, asardagi keng tasavvur hikoya ohangiga siğmagandek körinadi.
– Inson nima uçun dunyoga keladi? Faqat yeb-içiş, yaxşi kiyiniş, tökin-soçiş yaşaş, bir söz bilan aytganda, kun köriş uçunginami? Unda Insonga ilohiy qalb, şuur, tafakkur nega ato etilgan? Inson qaçon özini yaratadi, qaçon özligini anglaydi? Qaçon “nafsi kofir fitnasidin” (Alişer Navoiy taʼbiri) qutuladi?..
Bunday adoqsiz savollar har birimizni bezovta qilişi, öylantirişi turgan gap. Hikoyaga yozilgan söng sözda qayd etilganidek, nafsilamriga, ana şu savollarga javob izlaşning iztirobli jarayonida qoğozga tuşdi “Puankare”.
Zero, har kim öz qismatiga özi xöjayin, tanlaş ixtiyori har kimning özida. Şu bois Hayot-Puankare aytadi: “Bu dunyoda har birimiz ham qaysidir maʼnoda Perelmanmiz. Hammamizning qalbimizda kaşf etiş, yaratiş intilişi yotadi. Biroq möjiza osmondan tuşmaydi, bir oniy lahzada kaşfiyot ham yaratib qöya olmaymiz. Har qanday öta oddiy bölib köringan yangilik zamirida oğir mehnat, bilim, harakat, iroda, sabr va maqsad yölida hayotni tikiş yotadi. Boşqa hamma bahonalar bekorçi gapdan özga narsa emas. Sen Insonsan. Koinot sarvarisan! Senga Buyuk Ong ato etilgan. Senga buyuk qalb ato etilgan. Senga bemisl salohiyat ato etilgan. Foydalan ulardan. Ötkinçi hoy-havaslarga bir lahzaga çalğidingmi, uning ortidan seni yanada çalğitadigan ikkinçi lahza yetib keladi. Keyin uçinçisi. Keyin törtinçisi. Va şu bilan hammasi barham topadi…”
Albatta, hikoyada matematika aytilmoqçi bölgan fikrga, alamli mulohazalarga bir vosita, xolos. Qahramon matematik olim emas, yozuvçi, rassom, jurnalist… bölişi ham mumkin edi. Ehtimol, institutda beş yil matematika öqiganim uçundir, şu soha vakilini qahramon qilib oldim.
Bilasiz, har bir odam dunyoga biron iqtidor bilan keladi. Gap ana şu salohiyatni tölaqonli röyobga çiqarişda. Ammo moddiylik, nafs ustuvor jamiyatda, muhitda bunday qobiliyat egalarining kökka parvoz etişlari muşkul keçadi, zero, ularning oyoğidan pastga tortib turuvçi omillar, sabab-bahonalar va hattoki olomon qudratliroq böladi.
– Sohangiz boşqa, yaʼni muhandislik bölgani bilan sizni adabiyot yölida nima tutib qolgan?
– Adabiyot – köngil işi, köngil ehtiyoji. Heç kim birovni yoz deb majburlamaydi. Aytib ötganimdek, maktab yillari u-bu maşqlar qoralaganman, ularning ayrimlari tuman-viloyat naşrlarida çiqqan ham. Birinçi qissam esa 10-sinfda öqib yurganimda “Gulxan” jurnalida eʼlon qilingan. Özim maktabda aniq fanlarni yaxşi körardim. Kimyoni va ayniqsa, matematikani. Şuning uçun bölsa kerak, bir yil tuman gazetasida işlagaç, politexnika institutiga öqişga kirdim. Institutda köproq rus tilidagi adabiyotlarni öqiş imkoni tuğildi. Yozganlarimni esa taşlab qöyaverdim.
Nihoyat, 1988-yili yoş ijodkorlarning Dörmon seminarida qatnaşdim. U paytlari zavodda işlardim. Oçiği, maşqlar qizğin muhokama qilingan anjumanda köplab isteʼdodli yoşlarni uçratdim. Afsuski, keyinçalik ularning aksariyati adabiyotni taşlab ketdi. Sababi tirikçilik bölsa kerak-da, yana bilmadim…
Töqsoninçi yillari kaminani Moskvada hikoyasi çop etilgan, birinçi kitobi çiqqan qalamkaş sifatida jurnalga taklif qilib qolişdi. Oğir yillar edi. Dökonlar böm-böş… Til bilişim qöl kelib, tarjima bilan şuğullana boşladim. Şu…
– “Parim bölsa…” hikoyasi “Puankare” kabi katta muvaffaqiyatlarga erişgan hikoya sanaladi. Mana şu hikoyaning yoziliş tarixi, umuman, hikoya haqida gapirib bersangiz.
– “Parim bölsa…”ning boş ğoyasi, agar yetkazib berolgan bölsam, muhabbat va yana muhabbat. Insonni şoh qiladigan, qul qiladigan muhabbat haqida. Abadiy va hamişa yangi mavzu. Har bitta qalb muhabbatni yangilaydi, axir.
Oddiy fermer qalbida paydo bölgan otaşin muhabbat. Baʼzilar unga açindi, lekin, bunday öylab qarasak, qahramonim dunyoga kelib, asl muhabbat nimaligini bildi-ku! Şunday, hissiyotlardan ğofil banda bölib ötib ketişi ham mumkin edi-ku! Lekin Xudo unga nazar soldi, tabiat unga nazar soldi. U yaşay boşladi! Nihoyat, özining kimligini bildi. Özligini anglaşga ötdi. U umuminsoniy sanʼat bölgan baletni tuşuna boşladi! Muhabbatga oşno köngil beixtiyor sanʼatga talpindi. Sanʼatga oşno köngildan yomonlik çiqadimi? Balki qahramonim qisqa yaşagandir, lekin u haqiqiy inson bölib yaşadi. Gap yillar miqdoridami yoki ularning mazmun-mohiyatida? Eʼtibor bergan bölsangiz, baletga muhabbat oxir-oqibat qahramonimning döstiga ham ötdi. Mana şu emasmi sanʼatning kuçi!
Darvoqe, hazrat Navoiyning maşhur ğazalini (“Parim bölsa, uçub qoçsam ulustin to qanotim bor, Qanotim kuysa uçmoqdin, yugursam to hayotim bor…”) öttiz yillar burun yodlab, zavodda şovqin-suronlar orasida baqirib aytib yurardim. Öşanda köngilda nimadir tuğilgandi. Tan olaylik, hazratning bir misrasi baʼzan bitta roman yozişga arzigulik muşohada, rağbat, hayajon beradi…
– 2010-yilda “Daryo” romanini yozdingiz. Umuman, roman haqida, romançilikka qöl urişingiz haqida gapirib bersangiz.
– Biz Qöşrabotdan Sirdaryoga, çölni özlaştirişga köçirma bölgan oilalardan birimiz. Bolaligim Sirdaryo böylarida ötgan. Çöldagi tinimsiz mehnat, qurilişlar, turfa feʼl-atvorli, turli millatga mansub odamlar, hayratangiz voqealar.
Har qanday daryo, bilasiz, sirtdan sokin bölib körinadi, sal quyiroqqa tuşsangiz, girdoblarda qolib ketasiz. Hayotimiz ham şunday. Asar yozilişidan oldin daryo böyiga bordim, baliq yetiştiruvçilar, brakonyerlar bilan gurunglaşdim.
Xullas, aksariyat qismi özim körgan-bilgan qahramonlar, özimni hayajonlantirgan hodisotlar bölgani uçunmi, asar quyulib kela boşladi. Yozaverdim, hajm katta bölib ketdi. Şubhasiz, asar qimmati hajmda emas, aytiladigan gapda. Qahramonlaring hayotini oçib beriş orqali köngildagi gaplarni öquvçiga yetkaza olsang. Öquvçi buni qabul qilsa, his etsa, unga ham yuqsa tuyğularing… Ança vaqt taşlab qöyib, söng öqib çiqsam, nazarimda, roman janriga mosdek.
Roman asosida köp qismli serial ham yaratildi, tasvirga oliş jarayonlarida özim iştirok etişga harakat qildim.
Bundan oldin “Bankir” va “Kasofat raqamlar” deb atalgan romanlar yozgandim. Birinçisi kitob bölib çiqqan, ikkinçisi yaqinda “Yangi asr avlodi” naşriyotida çop etiladiganga öxşab turibdi.
– Ijodingizni fantastik asarlardan boşlagansiz. Keyinçalik realizmga ötib ketişingizga nima sabab bölgan?
– Fantastika ajoyib janr-da. Xayolotning çeksiz parvozi. Öqib ham, yozib ham rohatlanadi kişi.
Aniq fanlarga qiziqişim sabablimi, yoşligimdan ilmiy fantastik asarlarni köproq öqirdim. Aytaylik, “Jahongir”, “Odam amfibiya”, “Professor Douelning boşi”, “Körinmas odam” va hokazo. Keyinroq ança-munça fantastik asarlarni özbekçaga ögirdim ham. Fantastik asarlarimdan iborat ikkita kitobim çiqdi.
Biz adabiyotga kirib kelgan davrlar fantastikaga qiziqiş kuçli edi-da. Yozuvçilar uyuşmasida alohida tögarak ham bor edi, şunga qatnab turardim.
Ayniqsa, ilmiy fantastikani yaxşi köraman. Jahon tarixida köplab olimlarning buyuk kaşfiyotlariga aynan fantastik asarlarda qalamga olingan ilmiy-texnik yangiliklar sabab bölganligini ham unutmaylik.
Yana bir misol. Xitoy keyingi ön beş yilda taʼlim tizimiga aynan fantastik asarlarni köproq öqitiş tajribasini kiritdi. Bu qanday kölamdor samaralarga olib kelganligini hammamiz körib-bilib turibmiz.
Özimga kelsak, ötgan asrning töqsoninçi yillarida hayot şu qadar möl-köl ajoyib-ğaroyib, mantiqli-mantiqsiz, aql bovar qilmas, hatto fantast yozuvçilarning xayoliga kelmagan voqeliklarni qalaştirib taşladiki, ularni realistik usulda tasvirlaşdan boşqa yöl qolmadi.
– Tarjima qiliş yozuvçidan qanday mahorat talab qiladi? Robin Şarmaning “Ölsang kim yiğlaydi?” asari tarjimasiga qay turtki bilan kirişdingiz? Kimdir sizga bu borada taklif berdimi yoki köz ostingizga olib yurgandingizmi?
– Yuqorida ham aytib ötdim, ança-munça roman-qissalarni, hikoya-novellalarni, şeʼr-dostonlarni rus tilidan özbekçaga ögirişga töğri kelgan. Töğrisi, buyam bir maktab. Ayniqsa, tarixiy asarlar tarjimasi alohida qunt, eʼtibor va bilim talab qiladi. Şu bilan birga, bu jarayonda qalam çarxlanadi, jumlaga aynan mos tuşadigan sözni yoki uning muqobilini tez topiş könikmasi şakllanadi.
Şarmaga kelsak, naşriyotlardan biri şu kitobni tarjima qilib berişimni sörab qoldi. Avval öqib çiqay, dedim. Qarasam, ajoyib asar, deyarli har sahifasida donişmandlik, ulkan hayotiy tajriba va zalvorli xulosa mujassam! Maşhur faylasufning sözlari bilan aytsam, “Mazkur kitob – zamonaviy kişilar uçun xaloskor kuçdir. U bizga hayotning qançalar bebaho ekanligini yana bir bor eslatadi”. Kitob öquvçiga tuşunarli, jön emas, sodda tilda yozilgan. Xullas, yayrab tarjima qildim.
– Asar yozganda yozuvçi özining va öquvçining hafsalasini pir qilmasligi uçun köproq nimalarga eʼtibor berişi kerak?
– Bu borada hammamiz biladigan, ammo amal qilişimiz qiyin bölgan haqiqatlar köp. Ijod azobini, bilasiz, yurakdagi tiş oğriği deyişadi. Unga çidaş juda qiyin. Ilhom kelganda yoziş kerak. Yozganda ham öziga işonib yoziş kerak. Abdulla Qahhor aytganidek, yozganlarining kerakmas joyini qayçilab taşlaşga ozgina insof va adolat ham kerak. Köngil ehtiyojidan tuğilgan asargina özingizning köngil tuyğularingizga javob beradi. Yiğlab yozilgan asar öquvçini yiğlatadi. Kulib yozilgan asar öquvçini kuldiradi. Asar darddan, aytilmoqçi bölgan gap iztirobidan tuğiladi.
Yozayotgan yoki yozib bölgan asaringiz özingizning hafsalangizni pir qilyaptmi, yaxşisi, vaqtida uni taşlab yuboring, öquvçiniyam, özingizniyam qiynamang.
– Bugungi kunda qaysi ijodkorlarning asarlarini öqib turasiz, sizningça kimlar özbek adabiyotida öz örniga ega?
– Özimdan kelib çiqib aytaman. Özimga maʼqul ijodkorlarni aytaman, albatta. Bugun men qayta-qayta öqiydigan yozuvçilarimiz kamçilik. Köproq Abdulla Qahhorning muxlisiman. Jahon adabiyotini öqişga harakat qilaman. Stolimda hamişa Dostoyevskiy asarlari turadi. Bugungi adabiyotimizga kelsak, şubhasiz, Erkin Aʼzamning qayta-qayta öqiladigan, har safar odamni hayratga soladigan asarlari bisyor. Bu qadar sözga eʼtibor, bu qadar özgaça uslub… Erkin akadan taşqari Isajon Sultonning köp asarlarini qayta-qayta öqiyman, uning tili sofligiga, boyligiga, ayniqsa, tabiat tasvirlarida mohirligiga havas qilaman. Bu haqda kiçikroq maqola ham yozgandim. Nihoyat, Nazar Eşonqul asarlari bot-bot öqiladigan uluğ yozuvçilarimizdan biri. Zamonamizda şunday yozuvçilar borligi – bizning baxtimiz. Biz ular bilan faxrlanişimiz, asarlarining qadriga yetişimiz kerak, deb öylayman.
– Siz doim ijoddasiz: adabiyotda, dramaturgiyada, kinoda. Mana şularga ulguriş uçun ğayratni qayerdan olasiz? Ijodkorlikni sizdek saqlaş uçun nima qiliş kerak?
– Qaysi bir suhbatdayam aytib ötgandim şekilli, negadir özimni dangasaroq, qimmatli vaqtining köp qismini behuda işlarga sarflaydigan odam deb öylayman. Hayot-da bu… “Puankare” çiqqanidan söng atay Namangandan muallifni izlab kelgan otaxon işxonamizda keçgan bir soatlik gurungimizdan söng “Bu yumuşlarning hammasini taşlab, toğ-poqqa çiqib keting-da, tuzukroq bir narsa yozing”, degandi. Şu maslahatni köp eslab turaman…
Baribir köproq kitob öqisam deyman. Dunyo adabiyotida durdona asarlar şunaqa köpki, qani endi vaqting yetsa-yu, ularni qayta-qayta öqisang, lazzatlanib tarjima qilsang. Heç bölmasa özing uçun. Ammo… Mayli, yaraga tuz sepmaylik.
Oz-moz işlaşimga esa, şukurki, uyda şart-şaroitlar yetarli. Şuning uçun asosan uyda, keçasi işlayman.
– Şeʼr va kino hayotingizda qanday öringa ega?
– Tabiiyki, köplar qatori yozişni şeʼrdan boşlaganman. Ularning ayrimlari tuman, viloyat gazetalarida çiqqan ham. Şeʼr yoşlikka yaraşsa kerak, talabalik davrimda ham şeʼr-dostonlar qalaşib ketgan. Lekin, töğrisi, özimni şoir hisoblamayman. Garçand bitta şeʼr kitobim çiqqan bölsa ham. Şunçaki havas-da bu… Lekin bu havas hayotda qöl kelib qoladi. Masalan, kinossenariy qabul qilinganida saundtreklarga şeʼrlarni özim yozib beraman.
Kinoga ötsak. Kinoni kim yaxşi körmaydi. Maktab paytidan kinoga havasim boşqaça edi. Aktyorlar, rejissyorlar haqida katta-katta albomlarim bölgan. Menda aktyorlik salohiyati yöq, şuning uçun bor-yöq orzuyim kinossenariy edi. Alal-oqibat şu istagim amalga oşdi. Dastlab, “Kiçkina odamlar” filmi çiqdi. Keyin işlar öz-özidan yurişib ketdi.
– Yaxşi yozuvçi yaxşi publitsist bölib şakllanadimi?
– Ruslarda bir hikmat bor: “Isteʼdodli odam hamma sohada isteʼdodli”. Davrlar böldiki, adabiyot emas, publitsistika birinçi öringa çiqdi. Şunda ham publitsistlarning oldingi safida isteʼdodli yozuvçilarimiz bölişdi.
Publitsistika – köngil tuyğularini, voqelikka munosabatni, aytilmoqçi bölgan dolzarb gapni tezroq öquvçiga yetkaziş vositasi. Yaxşi yozuvçi, albatta, yaxşi publitsist böladi. Unutmaylik, yozuvçi – xalq vijdoni. Vijdon esa hamişa uyğoq va bezovta. Vijdonan, kuyib-pişib, dard bilan yozilgan publitsistik maqola yozuvçining şaxsiyatini, fuqarolik pozitsiyasini ham körsatadi. Nekrasov taʼbiri bilan aytganda, şoir bölmasliging mumkin, ammo grajdanin bölişing şart.
– Millatimizning bugungi va ön beş yil keyingi maʼnaviy qiyofasiga çizgilar berolasizmi?
– Har neçuk, ertangi kunimizda köproq ijobiy özgarişlar böladi, farzandlarimiz, nevaralarimiz ajib zamonga şohid bölişadi degan nekbin ilinjlar bilan yaşaymiz. Aks holda hayotning qiziğiyam qolmasdi. Ön beş yildan keyin… millatimiz nazari töq, taʼbir joiz bölsa, inson bu hayotga kun köriş uçun emas, maʼnaviy yuksaliş, parvoz uçun kelişini tölaqonli tuşunib yetgan xalqqa aylanar.
– Sizningça, qaysi sohalar bugun eʼtibordan çetda qolyapti?
– Birgina misol bilan çeklansam. Nazarimda, sanoatga aylantirilgan kino sanʼati sohasi butkul öz holiga taşlab qöyilgandek. Xususiy telekanallarda şunaqangi filmlar, seriallar namoyiş etilyaptiki, beş-ön daqiqa tomoşa qilsangiz, bas, yoqa uşlab qolasiz, “dod” deb yuborasiz. Bunaqangi rasvo, millatni yerga uradigan, köp sonli tomoşabinlar maʼnaviyatini balçiqqa çaplayotgan “asar”larni kimlar suratga olyapti va nima uçun, bularni kimlar efirga olib çiqyapti va qay maqsadda? Nima, bu kanallarda badiiy kengaşlar, muharrirlar yöqmi? Axir bunday fahş, razolat va xiyonatni tarğib etuvçi filmlar, seriallar millat maʼnaviyati uçun asta-sekin portlovçi minaga aylanmaydimi…
Ötgan asrning oxirlarida mamlakatimizni “sariq matbuot” bosib ketdi. Endi uning örnini “sariq televideniye kanallari” egalladi çoği…
Şunga, ança bölib qoldi, özimizning telekanallarni tomoşa qilmayman.
– Samimiy suhbatingiz uçun rahmat.
Abduqayum Yöldoş 1962-yil 28-fevralda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1979-yili Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 7-maktabni oltin medal bilan bitirgan.
1990-yildan boşlab “Sirli olam”, “Qalb közi”, “Yoşlik”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” singari gazeta-jurnallarda işlab kelmoqda. Ayni paytda “Adolat” gazetasida boş muharrir örinbosari.
1993-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. 1999-yili “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2016-yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.
“Qaro közum. Şayx ur-rais” (1990), “Sunbulaning ilk şanbasi” (1998), “Timsohning köz yoşlari” (2003), “Parvoz” (2004), “Bir tun va bir umr” (2007), “Alvido, gözallik” (2011), “Bankir” (2012), “Katta öyin” (2013), “Puankare” (2014), “Hali vaqt bor…” (2016), “Daryo” (2017), “Osmon oğuşi” (2018), “Qaydasan, möjiza…” (2019), “Işq afsunlari” (2019) kabi kitoblari naşr etilgan.
“Kiçkina odamlar”, “Uqubat”, “Iqtidor”, “Vijdon”, “Qadamlar”, “Nigoh”, “Burç va muhabbat”, “Ustyurtga yöl”, “Tinçlik ortida”, “Opa” badiiy filmlarining, “Hayot jilğalari”, “Sinov”,
“Odamlar orasida”, “Ona daryo” seriallarining ssenariy muallifi.
Döstbek SULAYMONOV suhbatlaşdi.
2021/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


