9 daqiqada öqiladi

287 marta körilgan

Yoşlik bu – dunyoning ozodlik fasli

Qutlibeka Rahimboyeva

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoira Qutlibeka Rahimboyeva muborak 70 yoşni qarşi oldi. Qutlibeka Rahimboyeva – xalqning  dard-u quvonçini betakror ifodalagan samimiy şoira. Tahririyat adabiyot ixlosmandlari nomidan şoirani uluğ yoşi bilan qutlaydi.

Odam bolasining tuşlari ham umr fasllariga qarab özgarib turarkan. Bolaligimda nuqul ulğaygan paytlarimni tuş körardim. Razvedkaçi bölib xatarlar içida yurardim. “Hozir foş bölaman”, degan qörquv içida uyğonib ketardim. Bu – albatta, bolalikdagi orzularim bilan boğliq tuşlar edi. Bu orzu öqigan kitob­larim, tomoşa qilgan kinolarim taʼsirida şakllangan. Çunki onam bizga hamişa vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni olib berardilar. “Zoya va Şura”, “Qiliç va Qalqon”, “Osmondan tuşgan kalit”… Bular maktab davrimdan boşlab öqigan eng sevimli kitoblarim edi. Balki, onam muhabbat mavzusidagi kitoblarni öqib, his-tuyğulari erta uyğonmasin, deb bizga boşqa mazmundagi asarlarni olib kelgandir. Bolalikdagi qadrdon mavzularim hanuz şunday bölib qolgan. Haligaça detektiv asarlarni yaxşi köraman. Vatan mavzusida “çömilib” yozaman. Muhabbat mavzusida bölsa ögayroq…

Darvoqe, tuş haqida gapirayotgan edim. Tuşimga bolaligim kiribdi. Öşa haşamsiz oddiy qişloq, tuproq köçalar… Darvozasi oldida barmoqday-barmoqday tut mevasi – bahor söngida pişadigan tut…

Onam, enalarim, singlim… Dadamni tuş körmayman. Çunki birinçi sinfdaligimda vafot etganlar. Xöjalikda rais bölganlar. Kuzda, buğdoy xirmon bölganda, qaytarib beriş şarti bilan xöjalik aʼzolari­­ga omborxonadagi buğdoyni tarqatib berganlar. Çunki Ikkinçi jahon uruşidan keyingi qahatçilik yillari bölgan. Ammo qilgan işlari noqonuniy bölganligi sabab “çaquv” bilan qamalgan. Turmadan qaytganiga 5 oy bölganda infarktdan vafot etganlar.

Bolaligim onamga darddoşlik (tönğiç qiz edim-da) bilan ötgan. Mehnat içida ulğayganman. Çunki oilamizda faqat onam işlardilar (avval öqituvçi, keyin qişloq soveti raisi bölganlar, “Ural” motosiklini minib yurardilar). Uç amakim, uç toğam, ikki enam hamda biz uç bola onam qaramoğida edik. Toğalarim, amakilarim endi ösmirlik yoşidan ötgan payt­lar, biri ustaga, biri haydovçi­ga şogird, birlari kurslarda öqişardi. Onam­ning otalari 1930-yili “quloq” tamğasi bilan Ukrainaga surgun qilingan. Onam 1941-yil uruş boşlanmasdan sal avval yurtimizga qaytgan. Uy-joylarini hukumat musodara qilib yuborgani uçun toğasinikiga kelib, keyinçalik uning öğliga turmuşga çiqqan. Uruşdan söng enalarim Ukrainada tuğilgan bolalari bilan qizining uyiga kelib yaşaşgan. Şu sababli katta oila har ikkala bobom, dadam vafotidan söng onam­ning yelkasida qolgan. Nimaga bu voqealarni keltiryapman? Dardim çuqurli­gining, nega hayotning oğriqli tomonlarini tezroq ilğaşim­ning sabablari bolaligim, ösmirligimda ekanligini aytmoqçiman.

Tirikçilik uçun tomorqa qilardik. Sabzi, piyoz ötoq, kartoşka çopiş, qurt tutiş işlarini qilaverib, xalqona aytganda, iyiğim çiqib ketgan.

Keyinçalik jannatmakon ustozimiz Zulfiya­xonim bilan Dörmondagi daçada bir muddat yaşaganimda, boğ, yer işlariga öralaşsam, “Agar dehqon bölganingda, allaqaçon mehnat qahramoni bölarding”, der edilar. Çindan ham, şoir bölaman, degan orzum bölmagan. Onamning amakilaridan biri rahmatli Matqurbon doyimiz kiçkinaligimdan “Qutli şoir” deb erkalardilar. Balki, maktab tadbirlarida şeʼr öqiganim uçundir. 7-8-sinflardan boşlab bir nimalarni qoralay boşlaganman. Tumanimizning “Paxtakor” gazetasida ilk maşqlarim çop etilgan. Biroq, baribir, könglim aniq fanlarda edi. Maktabning yuqori sinf­larida ötiladigan kimyo, biologiya, fizika fanlariga boşim bilan şönği­ganman. Orzularim razvedkaçilikdan geologiyaga köçgan. Ammo taqdir taqozosi, töğriroği, onamning istagi bilan Farğona davlat universitetining Özbek tili va adabiyoti fakultetida öqidim. Talabaligimda köproq yaxşi öqişga harakat qilganman. Sababi, menga aʼloçilarga beriladigan stipendiya zarur edi. Buning ustiga, fakultetimizda Abdulahad Örmonov, Abduvali Mamataliyev, Aʼzam Oripov, Matluba Ahmedova, Muhtarama Uluğova kabi tilga tuşgan şoirlar bor edi. Ularning oldida şoirlikka daʼvogarlik öşa payt bemaʼnilikday tuyilgan.

Institutni bitirib, maktabda muallimalik qilayotganimda yana yoza boşladim. 1976-yil­ning yozida qişloğimizga folklor materiallarini yiğayotgan ekspeditsiya kelgan. Ular orasida fakultetdoşimiz, rahmatli Bahodir aka Sarimsoqov ham bor ekanlar (keyinçalik u kişi professor böldilar). Bizning uyimizda mehmondorçilik payti muşoira qildik.

Şunda menga: “Şeʼrlaringizni Toşkentga – Zulfiya opaga olib boring”, degan tavsiya böldi. Şuning uçun 1976-yil yozida Toşkentga bir dasta maşqlarim bilan keldim. Hamyurtimiz (öşa paytda u kişi Puşkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy tekşiriş instituti direktori edilar) Matyoqub Qöşjonov domla maşqlarimni körib, maʼqullagaç, Zulfiya, Oydin opamlarning huzurlariga kirganman. 1976-yilning noyabr oyida “Saodat” jurnalining 11-sonida bir turkum şeʼrlarim Zulfiya opamning “Oq yöl, mening quvonçlarim” (jizzaxlik şoira Faroğat Kamolovaning ham şeʼrlari öşa sahifada bor edi) degan issiq sözboşisi bilan çop etilgan. Şundan söng menda şoir bölişga umid uyğongan.

Şu-şu “Toşkentga ketaman”, deb turib olganman. Rahmatli onam (joylari jannatda bölsin)ning ruxsati bilan 1979-yil 2-fevral kuni bir qop körpa-töşak, bir jomadon kitob, yurak töla orzular bilan poytaxtga kelganman. Ilk kitobçam (piyozning pöstiday yupqa – 32 betlik), adaşmasam, 1981-yili çop etilgan. Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida bu paytda kiçik muharrir bölib işlardim. Benazir şoir Omon Matjon (u kişi meni Matyoqub Qöşjonov domlaning tavsiyasi bilan işga olgandilar) bölim boşliğimiz edi. Şeʼriyat bölimida Maʼruf Jalil, Miraziz Aʼzam, Şavkat Rahmon va men işlardik. Ustoz adib Odil Yoqubov nasr böyiça, zarif adabiyotşunos Ibrohim Ğafurov şeʼriyat böyiça boş muharrir örinbosarlari edi. Ilk kitobçam çop etilganda osmonlarda uçib yurganman. Eng avval onamga “Kitob çop ettiraman, Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo bölaman”, – deya bergan vaʼdalarimni bajara boşlaga­nimdan suyunganman. “Guliston” jurnalida (u paytlari jurnalning obrösi juda baland edi) bir turkum şeʼrla­rimning çop etilgani, Miroqiga yoş ijodkorlar seminariga borganim, rahmatli Gulçehra Nurillayevaning: “Şeʼrlaringiz menga yoqdi”, – deb Buxoroga özi bilan xizmat safariga olib ketgani, Usmon Azimning:

 

Hayratimning umri, işqimning umri

Özimning umrimdan uzunroq bölsin

degan misralarim haqida yaxşi fikr bildirgani… Bular ijodimga bölgan, kitobçamga bölgan ilk munosabatlar, ilk quvonç, ilk işonçlarim… Albatta, adabiyotdagi ustoz-şogirdlik boşqa kasbdagilardan farq qiladi. Mening ustozlarim ham qölimdan uşlab şeʼr yozdirişmagan. Tahrir qilgan bölsalar, bir-ikki satrimni tahrir qilişgandir… Men heç qaysi ustozimdan biror narsa umidvor bölmaganman, heç qaçon heç narsa söramaganman. Doim dilimda “Foydam tekkani uçun etagimda öralaşib yuribdi” degan fikr uyğotişdan qörqqanman. Lekin taqdir meni mehribon, jömard, ibrat olsa arziydigan ustozlar bilan siylagan.

Maktabda adabiyot öqituvçimiz Otajon Tojiboyev, institutda hozirgi zamon adabiyotidan dars bergan domlamiz Asqarali Sharapov, Toşkentda Zulfiyaxonimdan boşlab Gulçehra Nurillayeva, Oydin, Halima opamlar… Ulardan nimalarni örgandim?

Zulfiya opamdan örganiş qiyin bölsa kerak. U kişiga öxşaş uçun u yaşagan davrda dunyoga keliş lozim edi.

Gulçehra opadagi dadillikka, Halima opam­dagi bağrikenglik, jasorat, Oydin opamdagi intizom, mehnatkaşlikka havas qildim. Men baʼzi ustozlarimni ranjitdim. Ammo ularni heç qaçon sevmay qöymaganman. Baʼzi insonla­ring haqida sevib turib, eʼzozlab turib ham öşa paytda özing haqiqat deb bilganlaringni aytging keladi. Nima bölsayam, mening taqdirimda ustozlar bölganligidan va ularning har biriga qalbimda alohida mehrli joy borligidan quvonaman.

Aytmoqçi, Ğafur Ğulom naşriyoti­ning şeʼriyat bölimi ham menga ruhiy ustoz­lik qilgan dargoh, Mustaqillik arafasida erk soğinçi uyğongan, erk soğinçini uyğotgan yoş şoirlarning “Ozodlik oroli” edi bu bölim… Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Xurşid Davron, Azim Suyun…

Men ularning Miraziz aka boşligidagi suhbatlarini tinglaganman. Keyingi şeʼrlarimga bu ruh köçgan…

Şu paytgaça 9 ta kitobim çop etilgan. Ikkitasi zarurat yuzasidan (öğlimni şartnoma asosida öqitiş uçun, axir, qölimdan yozişdan boşqa narsa kelmaydi-da), çop etilgan hikoyalar töplami, (nosirlar eşitmasin) qolgani şeʼrlar… “Ozodlik” töplamimdagi şeʼrlarimdan nisbatan könglim tölinqiraydi. Qolganlari… Har holda hammasini özim yozganman. Yomon bölsa, zamonasoz bölsa, har közim tuşganda yuzimga bir şapaloq tortib turadi-da. Özi sermahsul emasman (zarurat yuzasidan “Sariq matbuot”ga yozgan bir dunyo hikoyalarimni aytmayapman, albatta. Ularga qizim “Tirikçilik janridagi asarlar” deb nom qöygan. Lekin, töğrisini aytiş kerak, orasida yaxşilari köp. Masalan, Xurşid Döstmuhammaddek yozuvçi “Öğri” degan hikoyamga yaxşi baho bergan).

Yozaverar ekanman-u, “Yozganlaring nimaga yaragan? Nimaga yarayapti?” deb kimdir savol berganda öylar ekanman. Çunki şu savollar javobidan adabiyotning jamiyatdagi örni kelib çiqadi-da. Haqiqiy adabiyot, isteʼdod bilan yaratilgan. Adabiyot jamiyatda ULKAN tarbiyaçilik rolini bajaradi. U – ruh tarbiyaçisi, qalb tarbiyaçisi, köngil tarbiyaçisi. Ruhiyatdagi soğinç, sevgi, kuraş, jasorat, adolat kabi tuyğularni tuğdiradi, ulğaytiradi, jonsizlana boşlasa, kuç beradi.

Tasavvur qilaylik, jasoratli, kuraşçan, sevgisi, soğinçli qalbi bor kişilar jamiyat markaziga çiqsa, hayot markaziga çiqsa! Unday jamiyatga faqat havas qilsa böladi. “Köngilsiz” degan gap bor xalqda. Bu – bölmaydigan savdo, bölmaydigan iş degani. Adabiyot jamiyatni “köngilsiz”likdan asraydi. Usmon Azimning:

 

Hali butun röyi zamin şeʼr bölajak!

Faqat bekor bilib orom quçoğini,

Bu dunyoni şeʼrga kömib yaşaş kerak,

Qalbga sançib şeʼriyatning piçoğini…

misralarini eslaylik, – hozirgi aytganlarimning şeʼriy şakli bu… Adabiyotning jinsi bölmaydi, deganlariday barça manzil-u makonlardagi vazifasi ham öxşaş. Faqat har bir yurt, har bir xalqning keçirayotgan tarixiga qarab vazifalar u yoq, bu yoqqa sal siljişi mumkin.

“Dunyo adabiyoti, jahon adabiyoti” deganlarida köp ham “voy” deb oğzimni oçmayman. Bizning adabiyotimiz ham yaxşi tarjimonga tuşsa, bemalol “Jahon adabiyoti” bilan böylaşadi. Faqat tan oliş kerak: jahon adabiyotining zör yozuvçilari buguni haqida yaxşi asarlar yozadi, biz keçamiz haqida. Yana ularning jozibasi haqiqatda (realizmda), bizning jozibamiz badiiyatda. Lekin bugunimiz haqida hozir yozayotgan yoşlar bizga ham kirib kelyapti…

Men, baribir, Remark, Svetayevalarni öqigim kelaveradi. “Töxtating samolyotni tuşib qolaman”, “Tungi darbon” kabi asarlarga yaqinroq narsalar yozgim keladi. “Kosa içida nimkosasi” bor-da… Bir paytlar Mayn Ridga “kasal” bölganman…

Bir aqlli şoir:  “Odam ölmasa, bir kuni yuzgayam kiradi”, – deb aytgan edi. “70 yoş” desa bir paytlar munkillab qolgan kampirlar kelardi köz oldimizga. “Qöllaringiz kampir”, deydi-ku nevaram. Demak, şu yoşga yetibmiz.

Bir quvonçim, tasallim ham şu: bir umr mehnat bilan yaşadim. Bir töğram non, hatto bir römolçagayam mehnatsiz egalik qilmaganman. Özimga özim baʼzan: “Haloling bölsin!” deyman… Xatolarim bölgan… Muhimi, ularni özim bilaman. Ularni eslaganda jonim oğriydi, jonim qiçqiradi…

Bularning heç birini yoşlikning böyniga ilmoqçi emasman. Xatolar – özimniki. Yoşlik deganda esa köz oldimga jannatmakon Farğona keladi. Talaba örtoqlarim, Şohimardon, Öş, Navqatga sayohatlarimiz, tungi gulxan atrofidagi suhbatlar…

Mening bir oyoğim hanuz Farğonada. Öşa döstlarim – döst. Ularni heç kimga almaştirmayman. Ularning deyarli barçasi öqituvçilikdan nafaqaga çiqdi. Bari – kitobxon. Qirqqa kirgan “Yoşlik”niyam sevib öqişadi. Telefondagi suhbatlarimizda bu naşr nomi ham tez-tez tilga olinadi. “Yoşlik bu – dunyoning ozodlik fasli”, deganman bir şeʼrimda. Men Javlon, Xurşid, Jontemir, Madina, Tillaniso, Şohsanam, Mansur, Habibjon kabi (ular juda köp, hammasini yozsam, sahifa faqat röy­xatdan iborat böladi) ijodkorlarni “Yoşlik”dan topganman. Ularning qalamlari – yuraklari, ruhiyatlari içida kezinib yuribdi. “Men”idan qaraydi hayotga… Aytdim-ku, adabiyot – tarbiyaçi, deb. Har bir şaxsning oğriqli, rostgöy, aybini aytişdan qörqmaydigan, dadil (balki, betgaçoparroq) “Men”i jamiyat ruhiga köçib ötsa, yomonmi?

Harna bölsa-da, men Jontemir kabi şoirlar tarafidaman. Ular bir, ikki emas, köp bölsin! Aynişmasin! Şunda yoşlik ham, “Yoşlik” ham, örta yaşarlik, keksalik ham gözal böladi.

Bu gözalliklar saodati, eng avvalo, özlari, özimiz, qolaversa, millatimizga nasib etsin!

2022/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)