7 daqiqada öqiladi

459 marta körilgan

”Sukut – şovqinlarga sançilgan sinon”

Nasimxon Rahmonov

XX asrning oxirgi – XXI asrning birinçi çoragiga mansub peşqadam şoirlardan biri – Ikrom Otamurod. Şoir öz olami, tasavvurlari, anglaş tamoyillari, öziga xosligi bilan ajralib turadi. Ikrom akaning kitobi nomlanişidayoq ana şunday yangilanişni kuzatamiz: “Sukut sadosi”. Mantiqan olib qaralganda, sukut sado bermasligi tayin. Ammo şoir­ning tasavvurlarini junbişga keltiradigan sehrli kuç ana şu sukutdir. Şoirning eʼtirofiça, “Sukut rizolik alomati emas, inkor tarzi ham emasdir… aksinça, sukut – ruhda köklagan javhar, sukut – ruhdan tomçilagan yoş. Sukut – tamalarga yon bermagan mard, sukut – şovqinlarga sançilgan sinon”. Şoirning  timsollari, metaforalari, taşbehlarini, umuman, har bir sözini, nazarimizda, köhna Şarq tarixidagi iyerogliflarga öxşatiş mumkin. Iyerogliflar miqdoran oz bölsa ham, bitiglar muallifining çeksiz, keng va teran ğoyalarini aks ettiradi. Xuddi şu singari, Ikrom Otamurodning öziga xos badiiy tasvir vositalari ham ayni iyerogliflar singari teran hamda keng maʼnolidir. U tasvir vositalariga katta yuk yuklaydi.

Ikrom Otamurod şeʼriyati XXI asr birinçi çoragida tafakkurdagi favqulodda yangilanişning samarasidir. Bu davrga kelib odamlar va dunyoqaraş özgardi, olam özgardi, tabiiyki, adabiyot ham özgarişga yuz tutdi. Bugungi kitobxonni muşohada qilişga, öylaşga undaydigan şeʼrlar tuğildi. Ikrom Otamurod ana şunday şoirlarning örta avlodiga mansub, “quyoş kabi bor murodin tortiq etib olamga – nurlarini olamga beminnat soçayotgan”, “Xalqim, özligingga ğubor qönmasin, Ajdodlar çiroğin nuri sönmasin” deya samimiy tilaklarini izhor etayotgan xokisor şoirdir. Şoir ayrim hollarda anʼanaviy şeʼriyatdagi hijolar, turoqlar hamda vaznlarni keliştirişdan voz keçib, dardlari bilan örtoqlaşayotgani, noanʼanaviy şeʼriyat yölini tanlagani bilan ham qadrli.

Adabiyotda öz örnini topgan şoirning yaratgan  obrazlari, timsollari böladi. Şoirning originalligi ham, eng avvalo, olamni va undagi timsollarni individual yösinda köriş va his qilişdan iborat böladi. Kangul Ikrom Otamurodning yorqin qiyofasini jonlantiradigan suratga aylanib ketgan. Şu söz aytilganda, ijod ahli va adabiyotşunoslar, şoirning muxlislari yuzida bir nur paydo böladi. Öşa zahoti Ikrom Otamurodning qiyofasi örtaga çiqadi. Bu singari timsol ijodkorning şeʼriyati uzoq umr körişi uçun garov. Kangul Ikrom akaning şeʼrlarida nurga yöğrilgan Vatan timsolidir:

Bir Vatan bor– mehrdir nomi, boqiydir u hamda köp asil, yöllari nurli-nurli çorrahalari nurli-nurli, bekatlari nurli-nurli kangul deb atalgan oftobning haroratidan. Kangul asli bizning qadimgi tilimizda – köhna turkiy yozma yodgorliklarda, “Oltun yoruğ”, “Xuastuanift” (Moniylarning tavbanomasi)da,  “Qutadğu bilig”da, “Devonu luğotit-turk”da  qalb, istak, his-tuyğu, fikr maʼnolarini ifodalab keladi. Umuman, tilimizdagi har qanday sözning yaşovçanligini şoir “Kengliklar soğinçi kanglum töldirib, kengliklar soğinçi kanglum marqadi” deya ona yurt timsolini öz şeʼrlari orqali dalillab berdi. Ikrom akaning şeʼrlaridagi kangul timsoli qadimgi turkiy yodgorliklardagi kangulning yigirma birinçi asrdagi qiyofasi. Bu timsol bugun ham öz ildizidan, qadimgi maʼnosidan uzoqlaşib ketmagan. Ikrom Otamurod şeʼrlarida kangul  ona yurtning manzarasini ifodalaş imkoniyatidan uzoqlaşmadi, ona yurt timsolini kangluga – qalbiga joyladi. Ikrom Otamurod qadimgi turkiylar şu sözda ifoda etgan barça maʼnolarni va maʼnolar ostidagi qiyofani özining ijodi mahsuli bölgan kangulga – ona yurt timsoliga siğdira oldi. Şoir kangulga qayta umr baxş etdi. U şu söz orqali ona yurtini mukammal. benuqson, körişni istadi. Vatanparvarlikning teran ildizini ham u kangul  timsolida köradi:

Qaşqadaryo kengliklarini tönğigan suratini

Olib yurgayman kanglum mehvarida avaylab.                                                                                                                                                                                                             

Şoirning mazkur kitobiga söz boşi yozgan şoir Minhojiddin Mirzo ijodkorning şeʼrlarida sirli jumboqlar köp ekanini aytadi. Haq gap. Borliqning siri jön sözlar bilan aytilmaydi. Aks holda şeʼrning qadriga, mohiyatiga putur yetadi, şeʼrning oddiy gazeta xabarlaridan farqi qolmaydi.

 

Jilğa istaydi sukut qilmoqni,

Istar qoyadek olmoqlikni tin,

Toğlar qalbiga quloq solmoqni.

                 

Qoya istaydi jilğa bölmoqni,

Istar jilğadek yugurib-yelib,

Yobon bağriga kirib bormoqni…

Bu şeʼrni şunçaki öqib ketaveriş ham mumkin, ammo şoirning maqsadini ham, şeʼrning mohiyatini ham anglay olmaymiz. Şoir olam özgarişini istaydi. U xuddi “demiurg”, yaʼni madaniy qahramonga aylanmoq orzusi bilan yonadi. Şoir özgarişlarning sababçisi bölişga iştiyoqmand. Şeʼrdagi poetik sözlar – jilğa, qoya, toğ, yobon Ikrom Otamurodning ramziy obrazlari darajasiga kötarilgan. Şeʼrda hayotning abadiyligi, insoniyatning orzusi aql bovar qilmaydigan özgarişlar yuz berişini kutayotganini anglaymiz. Haqiqatan, jonli tabiiy manzara. Şoir bizni hayajonga keltiradigan ğoyalarni olib kirişni istagan. Ikrom akaning mazkur kitobiga kirgan köp şeʼrlarida ana şunday yangi topildiqlarni uçratamiz. Şoirning şeʼrlaridagi yuqoridagidek poetik sözlar köp maʼnolilik ifodasiga erişadi. Şu örinda Ikrom Otamurod şeʼriyatidagi topildiqlarning ibtidosiga işora qiliş maqsadida, bir gapni aytişni zarur deb bildik. Agar şeʼrda şoirning qiyofasi anglaşilib turmasa, adabiyotda böşliq paydo böladi, u şeʼrni men yaxşi şeʼr deb ayta olmayman. Şoir öşa böşliq bilan kuraşmasa, özi ham böşliqning domida qolib ketaveradi. Ana şu böşliqni töldiriş ijodkorlarning zimmasiga tuşadi.

XIX asr sönggi çoragida va XX asr boşlarida rus şeʼriyatida olamni anglaş natijasida ramziyotçilik (simvolizm) alohida oqim sifatida paydo böldi. Olam va hayot özgarishlari jarayonida A.Blok, A.Beliy A.Axmatova kabi qator şoirlarning özlari ham özgardilar, ularning fikrlaş tarzida ham özgarişlar paydo böldi. Ular davrning siyosiy özgarişlarini qabul qila olmadilar. Natijada ramziyotçilar şeʼriyatni tamomila boşqa özanga solib yubordilar, Ikrom Otamurodning şeʼrlarida ana şu ramziyotçilarning taʼsiri borligini, şoir ulardan unumli va örinli foydalanganini eʼtirof etişimiz kerak. Qolaversa, Andrey Beliyning şeʼrlari tuzilişi Ikrom Otamurodning şeʼrlarida davom etganini ham şu örinda aytib ötişni istar edik.

Ijod ahli har doim şeʼrxonga yangi ohanglar beriş uçun turli şakllarni, usullarni topadi, ammo mavzu abadiy qoladi. Insonning bu turfa olamda yolğizligi muammosi öşa ohanglardan biridir. Olam turfa, ammo insongina yolğiz. Insonning içki mohiyati ham, yolğizligi kabi katta muammo. Inson yolğiz ekan, u hamma narsadan, özi yaşayotgan jamiyatdan ayri, biqiq holda yaşar ekan-da degan gap xayolimizdan ötadi. Yöq, odamzod yolğiz qolmaydi. Inson aslo yolğiz emas, har qanday vaziyatda unga hamroh bor. Hamroh – sukut.

Kitobga Ikrom Otamurodning balladalari, dostonlari va tarjimalari ham kiritilgan.  Bu janrlar şoirning ijod kölami kengligidan dalolat bergani bir tomon bölsa, şeʼrlarida örtaga çiqarilgan dard-u armonlarini, tuyğularini öziga xos tarzda ifoda etgani boşqa tomondir..

Şoirning hamma balladalarida, olam ezgulik va yovuzlikning özaro ziddiyatlari asosiga qurilgan, degan bir qaraş yotadiki, bu mavzu adabiyotda azaldan bor. Ikrom Otamurod ana şu qaraşlarini, ğoyalarini dostonlarida ham davom ettiradi. Şoirning “Yobondagi yolğiz daraxt” dostoni bu jihatdan kitobxonning diqqatini tortişi tabiiy. Dostonda şoirning aytmoqçi bölgan maqsadi – yobonda ösayotgan yolğiz daraxt köhna olamdan insoniyatga adolat, ezgulikning homiysi bölib, qatʼiyatli insonning timsoli bölib gavdalanadi. Bu daraxtni ekkan insonning maqsadi uluğ, niyatlari pok edi. Ona tabiat ham yobondagi daraxt qurib qolmasin deya, unga selning suvi bilan hayot baxş etdi, umriga umr qöşdi. Ammo yovuzlikdan zavq oladigan allaqanday murtad daraxtga öt qöyib, uning yonişidan zavq oldi. Ayrim olğirlar, makkorlar esa yobonga  egalik qilmoqçi böldilar. Ha, yovuzlikning uruği köp ekan. Biri ketsa, ikkinçisi paydo bölaveradi. Endi şiddatli tözon daraxtni qöporib taşlaşga otlandi. Yobondan ötgan-ketganlarga jaziramada soya bölgan yolğiz daraxt – ezgulik bu dunyoning şörişlaridan yakson böldi. Aslida bu olamdagi nokaslarning dastidan

Dunyo ötar ekan-a,

YAXŞILIK yitar ekan-a,

YAXŞILIKKA dil bergan

Afsus yutar ekan-a.

Dunyo yitar ekan-a,

QADR yitar ekan-a,

QADRini tuğ bilgan mard

Qonlar yutar ekan-a…

Adabiyotda öz örniga ega şoirlar yangi sözlarni kaşf qiladilar. Ikrom Otamurod kaşf qilgan sözlar, ehtimol, tor doiradagi şevalarda işlatilar. Masalan, kavkabir, möğjalab, ğaromat, kunyo, çiğirdayin va hokazo Mumtoz adabiyotdagi porloqlik, nur maʼnolarini özida jamlagan kavkab sözining kavkabir şakli Ikrom Otamurod variantidir. Kitobda mazkur sözlarga öz örnida izoh berilganda, öquvçi uçun qulaylik yaratilgan bölar edi. Albatta, kelgusida bu xokisor şoirning asarlari tilini tilşunoslar jiddiy örganişar. Özbek tilining izohli luğatlari yangilanganda şoir kaşf qilgan sözlar öşa luğatlardan joy oladi degan umiddamiz. Yoki Ikrom aka şeʼriyatida ona tilimizdagi grammatik meʼyorning maʼlum maqsadlarga köra “buziliş” holatlariga ham duç kelamiz:

Aytinsang, özing özingga aytin…

Qaytinsang, özing özingga qaytin,

özing ruhing  ruhiga belan…

Bu singari misralarda aytmoq, qaytmoq feʼl şakllarining meʼyordan taşqari körinişlarini şoirning kaşfiyoti deb qaraşimiz kerak. Zotan, şeʼriyat tilidagi noodatiy sözlar va qöşimçalar poetik tafakkurning mahsuli sifatida şoirning badiiy niyati uçun qurol bölib xizmat qiladi.

Ikrom Otamurod ijodi bilan yaxşi tanişgan kitobxon, uni modernçi şoirlar qatoriga kiritiş mumkinmi degan savolni öz oldiga qöyadi. Ikrom akaning estetikasi simvolizmga tayanadi. Şu jihatdan öziga xoslik kasb etadi. Kelgusida adabiyotşunoslar bu haqda biron jiddiy gap aytişar.

Nasimxon RAHMONOV

filologiya fanlari doktori, professor

 

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)