145 marta körilgan

Sözimni topmasam tutgay uvoli…

“Şahinam, o, mening Şahinam”

Sevgi punktuatsiyasi

Undab ötding har kun sevişni,

– Hayotingni rangga böya! – deb.

Beadabday jimjit turişim

sözlaringga nuqta qöyadi.

Va har safar senga sezdirmay

fiğonim öt, holatim mulzam.

Yuragingni ezmaydimi, ayt,

Men tomonda qolgan köp nuqta?

Sening esa saboting metin,

Dadil hali bosar qadaming.

Hayotimni munavvar etib,

Yöllarimga gullar qadading.

Kim öylardi, kimlarga kerak

Menday bitta dağal, töpori?

Bilasanmi, kunda kun ora

Söroqlarim borar yöqolib.

Işonçim haq, iymonim komil,

Seni menga yuborgan ufqdan.

Sezamanki, sen kelmagan kun

Hayotimga qöyilgay nuqta.

Xirgoyi

Böy çözib, köklarga ösişidan oldin,

Jizğanak nurlarni tösişidan oldin,

Hali yaşnamasdan bitta niholning

Tomirini kesiş bizga yaraşmas!

Ajrata olmayin yaxşi-yomonni,

Unutib Haq bergan Asr-u A’molni,

Böron kabi yelmay, subhiy şamolday

Göyo yöqday esiş bizga yaraşmas!

Kunda köriş uçun karaşmalarni,

Odat qilib ahvol söraşmalarni,

Daryo böladurğon sof çaşmalarning

Yöllarini tösiş bizga yaraşmas!

Bas, endi yaşnamoq zamoni yetdi!

Yangi kun boşlamoq zamoni yetdi!

Tokim bu olamga kelib bir çetdan,

Yana şunday ketiş bizga yaraşmas!

* * *

Ari uyasidek tözitib,

şamol “gij-gij”laydi bulutni.

Qöşnim boqayotgan tozisi

keçalar buzadi sukutni.

Hamma jim – uxlagan. Uyquda

hadik ezğilaydi tanimni.

Yaxşiyam akillab behuda,

itlar uxlatmaydi zaminni.

Tarjimayi holim

Xudo menga qismat yaratgan paytda

Özgaça qormişdir feʼl-u taʼbimni.

Özi yuragimga bir sözni aytib

Va unga joylamiş qutluğ kaʼbamni.

Köçalar çangitib, daydib, tentirab,

Şundan buyon kezib yurgum olamni.

Öşa köksimdagi jumlani tilab

Kezdim. Qolganlari bari aldamçi.

Siz ham köp qatori odatiy banda,

Botin nigohidan mosuvo dilsiz

Va Haqning oldida bölib şarmanda

Mahkumsiz avf sörab turmoqqa tilsiz.

Şunda U aytarki, “Ey bandayi göl”,

Sinovli dunyoda bölmading komil.

Bir bandam borganda körsating deb yöl,

Sendan topmiş faqat azob – zil-zambil.

Men esa Kaʼbamni axtarib dalli

Qança sözlar aytdim yurakdan xoli.

Bildim bu dunyoda yuragimdagi

Sözimni topmasam, tutgay uvoli.

Bilaman, mendagi bu feʼl-atvorim

Sizga ançagina keltirgan taşviş.

Çunki mening işim Haqqa yolvorib,

Bir Uni deyiş-u, bir sizni Seviş!

* * *

Kimki bir köngilni yarimjon qilgay

va bundan na puşmon, na armon qilgay,

bas, Robbim bilgaydir, bir farmon bilan

Ul kasning bahorin nafarmon qilgay!

Rost, bu holatlardan xolimasdirman,

Biroq berganiga nolimasdirman.

Özi ne atabdir, sarosar etmay

Sartosar dardimni saranjom qilgay!

Muhabbat bobida noqisman garçi,

Yor deb borim bersam, yo qisman, garçi,

Döstni duşman qilib, raqibni yaqin,

Yöldan ozmasmi deb imtihon qilgay!

* * *

Ğoyat töğri sözladingiz, şubham yöq,

Kuygan dilga darddan özga malham yöq.

Ne qilayki, oşiqlikka – mubhamlik,

Sizga esa alvonranglik yaraşgay.

Şamollarga beturğunlik oddiy hol,

Yaproq borki, rangi bölgay xafahol.

Jilğalarga quvlik mosdir ehtimol,

Lek toğlarga xotirjamlik yaraşgay.

* * *

“Men sening köyingda telbadan battar”

Yolğizlikni sevadigan şoirman.

Şu köyim sen tomon ostona hatlab

Ötolmasam, nima degan şoirman?

Yöq! Aksi, taşlasam qadamlarim sust,

Yoki sening har bir şiddating keskir.

Mening qaroğimning sarhadida kuz –

qaroğingning soqçisi sezgir.

Anvar Botir

1995-yili tuğilgan. Farğona davlat universiteti Filologiya fakulteti hamda Alişer Navoiy nomidagi ToşDÖTAU Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Ulğayiş” nomli ğazallar töplami çop etilgan.

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.