Şeʼriyatda avlodlar almaşinuvi murakkab keçadigan jarayon, yoşlikka xos ğayrat-şijoat, his-tuyğular pörtanasi, izlaniş va tajribaga mayl, qadriyat mezonlarini yangilaşga ehtiyoj har qaçongidan kuçayadi. Inçunin, lirikada söz içki mantiq va teran maʼnoga böysunadi, ruhiy taranglikni saqlaş isteʼdod darajasiga boğliq. Izlaniş estetik tanlovdan ibtidolanadi. Çunonçi, badiiy ifodada ruh, ohor hamda kaşfiyot omuxtalaşadi. Tuşunçadan ğoyaga köçiş anʼana asnosida tajribani taqozolaydi. Betakror uslub “husnixati”ni hosil qiladigan adabiy zavqda tahlil, tasvir va talqin ğalati tarzda uyğunlaşadi. Inson ruhiyatida jo nozik tovlanişlarni ilğaş, tuyiş va idroklaş badiiy mahorat bilan ölçanar ekan, söz estetik vosita sifatida muayyan vazifa ötaydi. Biroq şeʼrda yangilangan “söz tabiiy ehtiyoj, taniş holat ifodaçisi sifatida tuğilsa, yaşab ketadi, tilda öz örnini topadi”, – deydi adabiyotşunos A.Rasulov “Badiiylik – bezavol yangilik” kitobida. Söz maʼno qirralarini özgartiriş şoir zimmasiga yuklatiladi. Lirik tasvirda qism, ohang va matn badiiy yaxlitlikka erişadi. Muqoyasa, tafovut, öziga xoslik va izçillik uslubiy izlanişlar tabiatini belgilaydi. Unda ruhiy holat, estetik joziba va badiiylik mezonlari omuxtalaşadi. Aslida, şeʼr – şakl va maʼno öyini, unda tasvir va ifoda butunligi böy körsatadi:
Bu kitob aslida avval yozilgan,
Hisobi olingan, tarhi çizilgan.
Men uni şeʼr qilib terib yuribman,
Köngil – bir obida, köp bor buzilgan.
Şodmonqul Salom şeʼrlarida munozara ifoda yösini hamda muşohada qabariqligini boşqaradi. Şoirona idrok va musavvirona çizgilar ruhiyat inja sirlarini kaşf qilişga xizmat qiladi: “Köngil – bir obida, köp bor buzilgan”. Majoz tiliga ögirilgan holat manzarasi kitob-şeʼr-köngil yaxlitligini taʼminlaydi. Unda söz tahlil malakasi hamda tasavvur yiğiqligi uçun vosita vazifasini ötaydi. “Hisobi olingan, tarhi çizilgan, avval yozilgan” – kitob kenglikka işora etadi. “Men uni şeʼr qilib terib yuribman” iqrori zamirida maʼnaviy yuksalişga mayl seziladi. Jozib va ğaroyib fikrlaş dinamikasi içki uyğunlikni hosil qiladi. Eʼtiborli jihati, tasvir satrdan satrga quyuqlaşadi hamda teranlaşadi. Şeʼr ijodiy energetikasi tayanç söz (köngil) atrofida uyuşadi. Qat-qat iztiroblar vazni odamzod feʼl-atvori murakkabligini mantiqiy jihatdan tavsiflaşga yönaltiriladi:
Dunyoda heç kim yöq
va yöq heç nima,
faqatgina sözlar bor
yoruğ dunyoda.
Muhiddin Abdusamadning “Men odam emasman” şeʼrida söz va maʼno uyğunligini ifoda omuxtalaştiradi. Inkor-inkor-tasdiq tasvir mohiyatini yorqinlaştiradi, “daraxt, odam ham, hatto qumursqa ham oddiygina söz” asnosida teran va kölamdor falsafa qad rostlaydi. Qatʼiy tarzda muddaoga yöğrilgan muşohada lirik keçinmani mantiqan dalolatlaşga ixtisoslaşgan. Gradatsiya usuli (dunyoda – yoruğ dunyoda) tasavvur tarmoqlanişini hosil qiladi. Adabiy talqin öquvçini “odam – söz” poetik muqoyasasi sari yetaklaydi. Şoir bitiklarini “yurak iqlimi deb bekorga aytmaganlar. Manifestlar bir harfi şu obrazdan boşlanadi. Ularda yurak iqlimlari tabiat va koinot iqlimlari bilan tutaşib ketgan. Bu iqlimda hamma narsa ajoyib va ğaroyib. Bunda ularning daraxtlari yaproqlari va mevalari bilan emas, ayni ildizlari bilan osmonga böy çözadi. Bular ildizlari osmonga qarab ösayotgan avlod. Bu tavtologiya yoki paradoksga öxşab ketadi” (Mustaqillik davri adabiyoti. – T: Adabiyot va sanʼat, 2006. – B. 87). Öz tasavvur dunyosini qurişga intilayotgan ijodkor fitratida tagmaʼno tabiiylikka erişadi. “Men sözman, hamma öqiy bilar bu sözni” satrlari zamiridagi yaşirin poetik mantiq maʼnaviyat zaxirasini boyitadi. Taşbeh ruhoniy yaxlitligi, aslida, kayfiyat nisbiy özgaruvçanligiga yöl oçadi. Hissiy idrok va psixologik holat muntazamligi voqelik harakati faollaşuviga zamin hozirlaydi, kitobxonni yangi adabiy zavq iqlimi, çeksizlikka oşno etadi:
Oyni etak bilan yopib bölmaydi,
Oy siniq nurlarin soçaverarkan.
Almisoqdan qolgan bu eski gap-ku,
Yangi-yangi maʼno oçaverarkan.
Millat maʼnaviyati xazinasidan joy olgan aqidani mantiqan urğulagan Muhammad Siddiq tasavvurga badiiy işlov beradi. Ikki band, sakkiz misradan iborat muazzam şeʼr “Puşti römol” deya nomlanadi. Funksional taşbeh (puşti römol), aslida, oçqiç vazifasini bajaradi. Poetik sezimga yönaliş beradigan struktural andoza boğlovçi “oy siniq nurlari”, “almisoqdan qolgan” va “puşti römol” muqoyasalarini taranglaştiradi. Har ikkala törtlikni anafora (oyni etak bilan yopib bölmaydi) boşlab beradi. Matn adoğida maqsad-muddao oydinlaşadi: “Banogoh uçragan bir puşti römol, Butun dunyolarni yopti közimdan”. Adabiy talqin azaliy va abadiy mavzu – işq tuşunçasini yangilaydi. “Lekin ötganini aytay özimdan” tuyğusi samimiyati kitobxonni işontiradi. Inson baxt-saodati köngil sarhadlaridan ibtidolanganidek, hayot moyasi muhabbat sezgisiga payvandlanadi. Binobarin, “odam borliqni boriday emas, balki ayni damda öziga körinayotgani yoxud tuyulganiday idrok etadi. Nafaqat fikr va tuyğu haqiqati, balki borliqni köriş va undan taʼsirlaniş haqiqati ham odamning holat-u kayfiyatiga qarab xilma-xil böladi” (Yöldoşev Q. Oçqiç söz. – T: Tafakkur, 2019. – B. 405). Lirik qahramon aynan iztirob çekayotgani uçun ham “özidan ötganini özi biladi”. Dilgir ruhiy holat tasvir umumiy ruhiga hamohang, maʼnaviy meʼrojga eltuvçi yöl anduh ifodasini quyuqlaştiradi. Şoir ijodiy niyatini şarhlaydigan hayotiy ziddiyat inson ibtidosi va intihosi haqidagi qaraşlarni isloh qilişga turtki beradi:
Yöllarga soçilgan xotira – tariq,
xayol quşday uçar ruhsiz, jismsiz.
Ona, közlaringda eng gözal tarix,
köz yoşga aylangan dardlar ismsiz.
Ruhiyatni taftiş va tahlil qilişga yöğrilgan Nasrullo şeʼriyatida soğinç, işq, ğam va ayriliq içtuyğusi suvratlanadi. Ifoda betakrorligi, ohori tökilmagan kayfiyat hamda çigal feʼl-atvor hissiy idrokni moddiylaştiradi. Şoir aksar hollarda sezim va muşohada içki muvozanatini ijodkor fitrati stixiyasiga böysundirişga intiladi, mantiqiy andozalarga siğmaydigan paradoksal tafakkur muallif ifoda uslubini belgilaydi. “Kabutar patiday tözğoq xavotir”, aslida, öy-xayol parokandaligidan darak beradi. “Ruhsiz, jismsiz uçayotgan” idrok sezgisi “qismat bitigidan köra qadimroq” oniy lahzani manzaralaştiradi. Ruhiy holat ifodasi avj nuqtasi – “ismsiz dard” mohiyatini anglaşga yönaltirilgan. Aslida, inson kayfiyati özgaruvçan va ojiz, istak hamda imkoniyat muttasil bir-birini inkor etadi. “Axir, heç qayda yöq bundayin tasvir” eʼtirofi maʼnoni kuçlantiradi, anduh sabab-oqibatini izohlaydi. Lirik qahramon soğinç va puşaymonlik iztirobini şunday his qiladi. Çoğdoş lirik keçinma kitobxon yuragiga yöl topadi, “köz yoşga aylangan” qayğu zalvori iç-içdan köngilni nurlantiradi.
Sözda ifoda va talqin raqobatga kirişadi, poetik ğoya bilan böylaşadigan tuşunça şakl hamda maʼno boğlamini hosil qiladi. Binobarin, til materialidan ijod falsafasiga ötadigan jarayon kalom quvvat-hofizasiga payvandlanadi. Tasvir quyuqligi va tahlil malakasini bir-biriga ulaydigan istiloh, aslida, “gözallik hamda kaşfiyot” (A.Rasulov) ittifoqi taʼminotini muddao qilib qöyadi. Lirik subyekt tomonidan boşqariladigan idrok sezgisida luğaviy konstruksiya estetik salmoq kasb etadi. Çunonçi, söz estetik vosita sifatida ham harakat, ham holat, ham manzara omuxtalaşuvini belgilaydi. Tuşunça va nutqiy malaka amaliyoti aynan badiiy şartlilikka asoslanadi. Şu maʼnoda, şeʼriy idrok, birinçidan, ijodkor fitrati konsepsiyasini yiğadi, ikkinçidan, inson ruhiyati asnosida muntazam tadqiqotlar ötkazadi, uçinçidan, davr adabiy zavqiga qoyim rivoya texnikasini şakllantiradi, törtinçidan, ijtimoiy daraja va şaxs ehtiyojlarini uyğunlaştiradi, beşinçidan, poetik ğoyani muşohada va mafkura nisbatiga ixtisoslaştiradi:
Sönggi barg – sönggi söz.
Tugaydi ertak.
Qahr qilar qiş –
Olam yuziga tortilar kafan – oq.
Tugamas firoq.
Tugamas…
Dilrabo Mingboyeva lirikasida metaforik ohang, odatda, sifatlovçi-sifatlanmiş aloqasi bilan töldiriladi. Şoira şeʼriy yösinida bot-bot qöllaniladigan “teran yolğon”, “qonsevgiç”, “mangu qöşiq”, “dil siniqlari”, “yoruğ xayollar” va “qora kuy” – epitet-muqoyasalar ramziy ifodani teranlaştiradi. Lavhada “sönggi barg – sönggi söz” ertak intihosini ifodalaydi. Qor-kafan metaforasi firoq tugamasligiga işora etadi. “Kuz – ertak” nominatsiyasida konnatativ maʼno şakllanadi. “Senga yetmagan yurak”, “öğirlanar quyoş” taşbehlari ohorli hamda yangi, ruhiy holat-keçinmaga hamohang! Tuşunça mifologizmi asnosida vujudga keladigan motivizatsiya (sehrli qiliç, uçar gilam) adabiy talqin stilizatsiyasiga keng yöl oçadi. Inson kayfiyati va tabiat mavsumi orasidagi rişta metaforik birikuvni ham taʼminlaydi.
Har bir ijodkor ruhoniy olami aql va idrok kesimida badiiy yaxlitlik hosil qiladi. Zotan, tuyğudan hayratga ingan, hayratdan muşohadaga köçgan adabiy talqin ijod falsafasini şakllantiradi. Odatda, şoir şeʼriy nutqni poetik voqelikka aylantiradi. Adabiy zavq malakasi va estetik taʼsir quvvat-hofizasi, aslida, ijtimoiy yönaltirilganlik darajasiga payvandlanadi. Unda tasvir usuli va tasavvur miqyosi markazlaşadi, unda köngil rozi va holat ifodasi omuxtalaşadi, unda tahlil teranligi va taassurot yorqinligi bir-birini töldiradi. Binobarin, “çinakam şeʼrda mantiqdan köra tuyğu ustuvorlik qiladi. Bunday bitikda mantiq izçilligi emas, hissiyot va kayfiyat muntazamligi aks etgan böladi. Şoir olam hodisalarining barça odam ilğay oladigan real körinişini emas, balki faqat ularning öz ruhiyatida qoldirgan manzarasini çizadi” (Q.Yöldoşev). Aynan estetik idrokda hayot haqiqati muhim emas, balki u qoldirgan poetik asorat asosiy öringa kötariladi.
Odatda, şeʼriyatda söz tuyğu va muşohadani bir-biriga mantiqan payvandlaydi. Taʼbir joiz bölsa, inson joni vujudni quvvatlantiradigan ruhda aks etsa, lirika mohiyati tuşunça hissiy anglamida jilvalanadi. Aslida, harakatdagi ruhiyat manzarasi muntazam poetik tagmatnga işora qiladi. Çinakam ijodiy yöriq maʼno idrokda tuslanişidan oziqlanadi. Joriy holatda içki ohang hamda tabiiy marom tuşunça töldiruvçisi vazifasini ötaydi. Unda tasvir qabariqligi, rang quyuqligi va holat ziddiyati markazlaşadi. Vaholanki, “söz universal biliş vositasi bölganidek, universal ifoda vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va his-tuyğu ifodasi söz vositasida amalga oşadi, amalga oşa oladi. Söz bilan iş körgani uçun ham badiiy adabiyot boşqa sanʼat turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan alohida örin va mavqe kasb etadi” (Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toşkent: Akademnaşr, 2018. – B. 76). Söz estetik yuk taşuvçisi sifatida ham ifoda, ham tasvirga mansub vosita hisoblanadi. Yaxlit tasavvurni maʼno siljişiga yönaltiradigan tuşunça hissiy jarayonni tavsiflaydi.
Umuman, inson ruhiyatini teran idroklaşga yönaltirilgan Şodmonqul Salom, Muhiddin Abdusamad, Muhammad Siddiq, Dilrabo Mingboyeva va Nasrullo poetik tajribasida söz ijodiy imkoniyatlaridan örinli va unumli foydalanişga mayl seziladi. Köngil rozi, dil izhori hamda hayot sifatlarini tavsiflaşda söz muhim estetik vosita sifatida harakat-holat-manzarani umumlaştiradi. Unda poetik töxtamni belgilaşda söz salmoqli örin tutadi. Ijodiy dunyoqaraş va badiiy konsepsiyani şakllantirişda til materiali vazifasini bajaradigan tuşunçada ifoda va tasvir bir-biriga ötib turadi. Ijod jöğrofiyasini aniqlaş, tartibga soliş va malakaviy jihatdan yuksaltiriş isteʼdod darajasi, badiiy mahorat hamda uslubiy-şakliy izlanişlar salmoğiga amaliy payvandlanadi.
Ilhombek Qurbanbayev,
filologiya fanlari nomzodi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti
2022/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


