183 marta körilgan

Qiz qalam işlatmay şeʼr yozib ketdi…

Mansur Nazarov

* * *

Boğçadagi bolaga bugun

iç-içimdan qilaman havas.

Bir kun baxtli yaşaşi uçun

boğça opa öpib qöysa bas.

Ertakka işonib yursa ham,

qöşnimning tört yaşar bolasi,

öyinçoq talaşib tursa ham,

içida bölmaydi olasi.

Bugungi kunimni aytaman,

kuraşsiz ötmaydi bir oni.

Men yana boğçaga qaytaman,

kattalar talaşsin dunyoni.

* * *

Ismingni yozgandim qumlarga,

Yomğirlar könglimni ğaşlaşdi.

Bir çora topolmam ularga,

Nomingni öçirib taşlaşdi.

Yozuvni dilimga köçirdim,

Qörqoqlik yaraşmas erkakka.

Bugungi yomğirdan çöçidim,

U yoğa boşladi yurakka…

* * *

Qaysi bir kitobda “sevgi şeʼr” bölsa,

Bukib qöyar edim varoq çetini.

Ön marta, yuz marta öqirdim rosa,

Yoddan aytmagunça öşa betini.

Bugun bir oddiy qiz, bağoyat sodda,

Qoraça yuzlari upa-eliksiz.

Surat-u siyratin qoldirdi yodda,

Manguga yodladik köngil ikkimiz.

Bu aqlim nimaga yetmadi-yetdi

Yodlab kitoblarning son-ming betini?

Qiz qalam işlatmay şeʼr yozib ketdi,

Keyin bukib qöydi yurak çetini…

* * *

Dunyoni kaftimga berkitib şartta,

Yöqotib qöymay deb göyo bir tanga…

Öngdami-çapdami – toping-çi, deya

Sovğa qilsammikin borib Onamga?

Yigit, quruq gapni yozibsan, demang,

Hali bilmaysiz-da yigitning kuçin.

Ğijimlab qöymadim dunyoyingizni

Şu yerda Volidam borligi uçun.

Mansur NAZAROV,

Toşkent şahri

2022/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Hulkaroy Rajapova, Inşaallah Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi

    Bu şeʼrni men 2022-yilda öqigandim. Biram noyob şeʼr. Aslida bu şeʼrda bironta taşbeh, öxşatiş yöq. Şunçaki, oşiqning öyidagi, dilidagi holat bayon etilgan. Ammo çiroyli bayon etilgan. Bu holatni şeʼrga solib bayon etiş, izohlaş ham oson emas. Rahmat şoirga! Allohimning yuqtirgan isteʼdodini yanada yuksaltirsin, qalami ötkirlaşsin, tiniqlaşsin.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.