Ilk bor Feruza Xayrullayevaning şeʼrlarini öqiyotganimda, qişloğidan toğlar boş olib ketgani haqidagi, öz böyidan oşmagan (toğga aylana olmagan) qirlarni har körganda yiğlamaslik uçun ham tuproğiga qaytolmaganidagi iztirobning ifodasidayoq, özim sezib-sezmay, şeʼrga çirmaşib bölgandim. Öquvçini şoirga heç bir dard ikkisidagi umumiy dard kabi favqulodda bir kuç bilan boğlab ololmasligiga işonganman şunda. Balki, boy berib bölingan bolalikdir öşa toğlar…
Könglingni tutmagin, kaftlarim sovuq,
Men asli nigohdan bezor tun qizi.
Işqning otgan öqin quyoşga kömdim,
Qara, osmonlarim hanuz qirmizi.
Şoira özini nigohlardan zada bölgan tun qizi deya taniştiradi öquvçiga. Kaftlarining sovuqligini bilgani holda, köngilni va u orqali keluvçi işqni özi yaşay olmaydigan kunduzlarning quyoşiga kömib qöyadi. Ehtimol, işqni öz-özidan ham ehtiyot qilişdir bu. Umuman, şoiraning köp yozmalaridagi özidan qizğonilgan baxtning şiddati gangitadi öquvçini.
Ketsam, asra özingni
asraganing kabi
Işqingni mendan!
Men esa Çeksiz sörayveraman
Baxtli bölişing,
Seni söray olmagan
Xudoyimdan! –
– deydi şoira.
Yoki yana bir bandda:
Kuzakka qarama – unda men borman,
Soyabon tutib ol – yomğirman, qorman.
Men öşa – bir körib ölmoqqa zorman…
Lekin, izlama! –
deya taşrifiga muhtoj yaqinini özidan nari itaradi. Iztirob berayotgan lazzatdan ayrilmaslikka bölgan urinişdir bu, ehtimol. “Jomini içib bitirmaslikni baxt” deya hisoblaşdir, balki.
Bir maqolada öqib qolgandim: birorta yozuvçi, birorta şoir iztirobni öylab topmaydi. Aksinça, iztirob ularni yuzaga çiqaradi. Haqiqiy şoirlarning barçasi – millionlab odamlar içidan IZTIROB tanlab olgan buyuk qullardir. Közi teran bu dard – şafqatsiz ijod – eng soğlom yuraklarni tanlaydi, öziga böysundiradi.
Içiga qamalgan azaliy yiğining aqldan ozgança qayta-qayta faryod qilaverişini, özi yovvoyi va tiyiqsiz soğinç içida yurib turib yuragini, umrini közmunçoq qilayotgani yoki tasvirdagi insonni ölgunça unutmaslik uçun yoqib yuborilayotgan suratlar ifodasi, iztirob tasviri bu – tuşkunlik emas. Bu emin-erkin yaşay olmayotgan, azoblanayotgan ilinjning, umidning bir tasviri, xolos. Öta içkin va gözal tasviri.
Men esa hamon xona içida.
Men esa hamon xona içida
Qamalib boraman özimga tomon! –
deya özining içiga berkinayotganini yaşirmaydi ijodkor. Çetlanişga, berkinişga qançalik zör berilişi bu taşqaridagi qolip yo vaziyatlarga şu qadar siğmayotganligining inʼikosi. Real voqelik bilan botiniy dunyosining kesişişi natijasida birinçisidan ilojsiz bir alpozda qoçiş. Özining içiga, öz quduğiga…
“Xonamga içkari qulflarni urgan,
Içkari – dunyodan bezigan taqdir” –
degan misrasi ham yuqoridagi fikrimni qatʼiylaştiradi yana.
Haligi azoblanayotgan umid öz-öziça poklaniş jarayonini tuğdirişini ham şoira yaxşi biladi. Şuning boisidan ham ruhiga şişa siniğiday botguvçi mahzunliklariga nazar solişdan çöçimaydi. Öquvçining qöliga ham ildizsiz quvonçlarni tutmaydi heç. “Köngil içra ğam yöqligi asru ğam” ekanligini, balki, anglab-anglamay biror bosimsiz, öta tabiiy bir yölda anglatadi öquvçiga. Baxtni zaminga ekindek ekişni orzulagan ifodalari sim-siyoh qoronğidagi yoğdu kabi jozibali körinadi şeʼrxonga. Şoiraning özi aytganidek, qayğulari aro şodligi hali tirik ekaniga quvonasiz beixtiyor.
Kasal böldim,
sizni yöqladim,
gohi
quduqqa tuşgan toşdek yöqolib,
yo
kapalak bağrida quvonçni topib,
va yana
yiqildim tizzalab.
Yurdim tik bölib,
közlarga boqib,
Yaşadim men faqat Feruza bölib! –
deydi şoira bir şe’rida. Özining iztiroblari qatorida kapalak bağrida (aynan kapalak) quvonç topa olganini ham yaşirmaydi. Yöq, bu çindan biz öylagan ezgin tuşkunlik emas, sokin mahzunlik içidagi siniq tabassumda aytilgan xirgoyidek göyo.
Navröza Mahamadxöjayeva
1999-yili Toşkent viloyatida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining filologiya fakulteti tamomlagan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021). Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Qöşiq” nomli kitobi naşr etilgan.
2022/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


