Subhi sodiq, quyoşning zarrin nurlari avval deraza raxini, keyin oyna orqali uy içini zabt eta boşladi. Dastavval, çang, somon aralaş mayda beda zarralari qoplagan gilamning boşini, söng yupqa atlas körpa çetini iliqqina nurga çulğadi. Körpaga burkangan bola quyoşning kuçsiz nurlaridan közlarini işqalab, yengil kerişdi. Telefonini yoqdi: 8:23. Boşi yorilib ketgudek oğriyapti; telefonning aksida yuzi xuddi kun böyi yer çopib horigan, çarçoq belgilari yuzida şundoqqina bilinib turgan odamnikidek körindi, közlarining tomirlari qizargan. Şu paytda deraza taqilladi:
– Zamon, bolaginam, turdingmi? Kun yorişib ketdi-ku…
– Uff, hozir, oyi, munça?! Obbo!
Derazadan böyladi. Ikki-uç qadam narida oq oralab ulgurgan soçlari eski römolidan çiqib turgan, allaqaçon yuziga ajinlar çang solgan oyisini kördi. U bir muddat joyida turgaç, öğlining uyğonganligiga amin bölib, molxona tomon ketdi.
Zamon kiyinib, yuz-qölini yuvib kunga qarab solingan dasturxon çetiga ötirdi. Eski jiyda, quritilgan örik, novvot va uy nonini körgaç öziga özi tönğilladi:
“Yanami?”
– Çoy içyapsanmi? – oyisi qölida çelak bilan ötib ketarkan bir muddat töxtadi.
– Ha.
Oyisi oşxonaga kirib ketgaç, sekin şalvorining çöntagidan telefonini oldi. Va issiqqina töşakka quyoşda toblanmoqçiday çözildi.
Telefonning ekrani qoronği ekan, yorqinlatdi.
Ekran tiniqlaşgaç közlarini işqaladi:
– Yana oğriyapti, jin ursin! Nimaga açişadi-ya?
– Ertadan keçgaça şu ölgurga tikilib yotganingdan keyin oğriydi-da, bolam, – eski uydan buvisi çiqib kela boşladi. – Tur, undan köra çoyingni içaqolgin. Halizamon otang keladi-ya!
Zamon çordona qurib ötirdi va “Musiqa” fayliga kirib Enrike Iglesisning qöşiqlaridan birini qöydi.
– Obbo, yana şuni eşityapsanmi-ya? Boşlarim oğrib ketadi şuning ovozidan! – non sindirayotib buvisi nabirasiga mulzam tikildi.
– Qöşiqning farqiga bormaysiz-da, buvi. Yaqinda Toşkentda konsert bergan ekan. Borolmadim, – deya Zamon tumşayib oldi.
– Dadangdan sörab olasan, nega bormaganingni, – oyisi oşxonadan çiqib dasturxonga çoynak qöydi.
Dadasi işdan çarçab kelgaç, öğlining çet ellik takasaltangning konsertiga, hatto öz pulidan işlatsa ham, rozi böliş haqida umuman öylab körmadi. Esingni yiğib ol, sen tengilar ota-enasini boqyapti, sal özingga fikr qilgin, degani hali-hali quloqlari ostida.
Zamon naridan-beri çoy içgaç, köçaga çiqib ketdi. Darvozalariga boş eggan söritokdagi uzumlar tong oftobining nurlarida ajib tovlanadi. Har biri özgaça gözal, tarovatli. Dadam zap işlov bergan-da, deb qöydi içida.
“Tring”. Telegramdan yangi xabar keldi. Oçib qaradi, “Sinfdoşlar”dan. Bahodir ham öqişga kiribdi. Obbö, palakat, şu bolani heç jini suymasdi. Tili bir qariç edi, “aʼloçi” emasdi, ammo dadasi qattiq turib öqitdi. Vodildan yotoq topib, jönatib yubordi. Mana, öqişga tayyorlaniş qanday böladi? Men-çi? Men öqiyotganimda, molga qara, suv tut bilan fikrimni soçaverişdi. Lekin aybdor ham özim!
Qişloq çetidagi juda katta boğlar qişloqqa özgaça körk bağişlaydi. Har faslda tarovati özgaça. Tagida zovurlari bor. Yoşligida maza edi: şu zovurlar tozalanayotganda çetlarida balçiq uyumlari töp-töp bölib örkaçga öxşab qoladi. Mahalladagi bolalar bilan goh şu tepaçalarni “tuya” deb minişardi, goh “qoya” deb ortiga yaşirinişardi. Hozir esa bir qadamda sakrab ötib ketadigan uyum. Bolaligingda olam keng, özing kiçik ekansan, keyin aksi.
Zamonning yuragi siqilib, köngliga heç narsa siğmay qolganda, zovurdan ötib, tepaçalardan sakrab, qadrdon maskani örikzorga keladi
Bu yerlar Mirzohid boğbonga tegişli. Undan avval Baxtiyor boğbonga qaraşli edi. Tölaçadan kelgan, juda dilkaş odam. Uning uyi örikzorning boşida, tagidan Oqoltin soy oqib ötardi, hovlisining orti ham boğga tutaşib ketardi. Boğga xaridor çiqqanda hammasini sotmadi, bilʼaks, mana şu uyi ortidan ellik sotix yerni olib qoldi. Hozir öşa parça joyda tonnalab oşqovoq yetiştiradi.
Zamonning gözal xotiralari ayni şu yerdan: Baxtiyor boğbonning boğidan boşlangan edi. Aynan Baxtiyor boğbonning bir qizi Sarvinoz bilan. Ajib xuşqad, ammo oriq va qoraça qiz edi. Yoşligidagi eng gözal xotiralar u bilan bölgan.
Zamon mol-holni bolalar kabi dalaga çiqib boqmasdi. Çunki ular bilan juda tez urişib qolardi. Burnini sindirişgandan keyin dadasi qadrdon boğbondan boğingizda boqib tursin, deb iltimos qildi.
Har saharmardonda olti qöyni oldiga solib, eski qişloq markazini aylanib ötib, maktab stadionining devori böylab yurib, yangi çeklar tarafdan Oqoltinga çiqib oladi. Köprikdan pastga tuşib Sarvinoz çiqqan bölsa, örikzorga boradi, bölmasa boğbonning uyini çaqiradi. Sarvinoz uyqusirab keladi, hozir çiqaman, boqib tur, deydi. Haqiqatda, qaysi qiz ham saharmardonlab tura olardi? Ular özini şunday körsatgani bilan anuv kuni Baxtiyor şivirlab kuldirayotganda eşitib qoldi, tam-tam gözal Mohröy ham yettidan keyin turarkan!
Zamon qöylarini ötga qöyib, şoxlari buralib-buralib ketgan örikka örnaşib bölganda ham Sarvinoz çiqmagan bölardi. Qaçonki, ertalabki namning şiddati biroz pastlagaç, darvoza “ğiyq” etib oçilardi, ortidan biri sariq, biri qora qöy va ularni tolning novdasi bilan haydayotgan nozikoyimça körinadi. Negadir doim uni körsa eti bir junjikadi, özini ğalati his etadi.
– Ha, Zamon, qalaysan?
– Yaxşi, Sarvinoz, munça qolib ketding?
Qiz közlarini işqalaydi. Esnab turib:
– Oyim çoy içib ol, qöylaring ham qurib ketsin, dadangga aytaman, sotib yuboradilar, – deyaptilar.
– Iye, nega?
– Menga açinyaptilar. Sovqatmasmikan, deyaptilar.
– Özi kun yorişayotganda çiqyapsan-ku?
– Endi-daa…
Orada sirli bir narsa bor: buni hali bilmaydi, ammo Sarvinoz biladi.
…Darslar tugagaç, asrda yana qöylarni haydab boğga kelardi. Ana unda eng qiziği böladi: Tojiktöpidan Şohida, Qirğiztöpidan Raʼnolar jon dugonasi – Sarvinoz bilan öynagani yiğilişadi. Örikzor tarafdan özlaridan bir sinf balandda öqiydigan Oyatulloh, uning orqadevor qöşnisi Samandar kabi bolalar ham ularga şerik. Şunda kuraş, bekinmaçoq, “quvdi-quvdi” kabi öyinlarning kuni tuğadi. Ular butun boğni boşlariga kötarib öyin-kulgi qilişadi.
Şomning ufqi botib, xufton zamoni kelayotganda hamma tarqaydi. Oxirida Zamon sekin qöylarini haydab uyga qaytadi.
– Yaxşi dam olgin, – deydi Sarvinoz uyiga kirib keta turib.
– Özing ham. Ertagaça kuç töplab olsang, balkim qölkuraşda meni yutarsan, – deb iljayadi Zamon.
Zamon şunday edi-da. Keyin hammasi boşqaça bölib ketdi. Sahna qanday özgardi, buni aktyorlar ham bilmay qoldi.
Boğga borişlar ham, öyin-kulgilar, hazillar… bularning barçasini zamon kötarmay qoldi.
…Zamon Örikzorning çetida Oqoltinni tomoşa qilib ötiribdi. Zovurdan baqalarning qurillaşi eşitiladi, ösgan qamişlarni şitirlatib, suvkalamuşlar suzadi. Nogahoniy bir epkinning suvni jimir-jimir qilib yuborişi qandayin gözal? Şu payt birdan qattiq çinqiriq eşitildi, ingiçka, nolali. Keyin orqasidan alamli angillaş eşitildi. Zamon odamlarning boşini paçoqlaydigan “Zombieville” öyinini öçirib, daraxtlar orasidan çiqqaç, tagiga bosib olib, ostidagi itni tilim-tilim qilib taşlayotgan qop-qora itni kördi.
Bu qora, dumi kesik kuçuk qişloqda yaqinda paydo böldi. Mahallaning eng oldi itlarini birma-bir ğajiyapti. Qiziq, hukmronlik itlarga ham kerak!
Yaqinlaşib qarasa, tagidagi sarğiş it amakilarining boği qöriqçisi edi. Yaqinidan uçta kesak olib, qora itni hayday boşladi. Köppak nazarini Zamonga qaratib, nafrat ila tikildi. Yeb, ğajib taşlamoqçiday göyo. Keyin esa yaqiniga kelib tuşgan kesakdan hayiqib, sekin ortiga burilib ketdi. Boydadasining malla iti çalajon bölib yotardi. Endi ölsa kerak, deb içida öylab buçasinikiga kirib ketdi. Ularning uyi Baxtiyor boğbonnikidan sal narida edi.
Zamon boydadasinikiga köp borardi. Kelinlar qöldan qöymasdi, u yoqqa borsa ham, bu yoqqa borsa ham olib yurişardi. Keyin-keyin buçasi unga Qurʼon öqişni örgata boşladi. Mana bu: alif, be… “Alif, lom, mim. Zalikal kitabu…” Barakalla, öqiyapsiz…
Ammo keyin negadir hammasi köziga boşqaça körinib ketdi. Bu biroz ötib, ikki-uç yildan söng böldi. U paytda Zamon bir neça pora yodlagan, uquvi va bilimi ham joyida edi.
Keyin esa kollejga kirdi, sigaret çekdi, qizlar bilan köz uriştirişib yurdi, xullas, takasaltanglarga öxşab qoldi. Universitetga hujjat topşirdi va bir neça ön ball yetmasdan yiqildi. Mana endi şunday bölib yuradi Zamon.
– Assalomu alaykum, Buça! Buça!
Hovli oxiridagi ayvonlik uydan elliklardan oşgan ayol körindi.
– Keling, keling, Zamonjon bolam, uyingizdagilar yaxşimi?
– Xudoga şukr, qalaysiz, buçajon? – dedi körişaturib.
– Yaxşi, bolaginam, soğmisiz? Munça körinmay ketdingiz?
– Endi iş ham köp-da…
– Keling, siz ötira turing, men hozir çoy qöyib yuboray.
Zamon til uçida urinmay qöyavering, deb qöydi. Ayvonlik uyda ötirarkan, Zamon deraza ortidan taşqariga nazar soldi.
Butun hovlini uzumlar egallagan, barglarining köpi sarğaygan esa-da, hovliga unça nur tuşirmaydi. Uzumlarga varonka qilingan, ammo şirasi yerga tomib turadi. Yölak çetlarida kuzgi gullar yaşnab ketgan. Makonda ajib sokinlik hokim.
– Qalay, endi ukangizning qöli yaxşi bölib qoldimi? – deya çoy olib kelgan buçasi xayolini buzdi.
Ukasining qöli gipsligi esida ham yöq. Haqiqatan, uni uç kundan beri körmabdi: ertalab turganda maktabda öqiyotgan böladi, tuşlikka çiqqanida Zamon uyda bölmaydi; keçqurun esa hamma dasturxon atrofiga yiğilgaç ukasi öziga öxşab buçasinikiga öqigani keladi. Şunday qilib ahvolidan bexabar. Lekin şunday bölsa-da telefondan bir qur nigohini olib buçasiga til uçida yaxşi, deb qöydi.
Xayoliga haligi voqea tuşdi:
– Buçajon, hozir anavi daydi it sizlarning itingizni çaynab taşladi.
– Voy, haligi ayiqdaymi? Juda yaramas ekan. Qişloqni itning öligiga töldirib taşlayapti. Quloğimga çalinganday böldi-ya…
– Ha, zoti ham nomaʼlum, qaydanligi ham nomaʼlum.
– Zamonimiz şunaqa nomaʼlum narsalarga qoldi-da, Zamonjon.
Buçasining tegiştirib gapirgani yoqinqiramadi. Şuning uçun çoy quya turib, telefonini yoqdi.
Facebookdagi sahifasiga yangi rasm qöygandi, kimdir şuni tanqid qilibdi. Gap talaşgaç, narsalar ayqaş-uyqaş böla boşladi. Közdan qoçgan nimadir kattarib, nimarsa kiçrayayotganday. Xayolida qora it ham bor.
“Tarixni öqiganmisan”, deb yozdi.
“Öqiganman, özing bilasanmi?” dedi Zamon.
– Amakingiz Arafotda ekanlar, eşitdingizmi? – dedi buçasi sinovçan qarab.
– Ha… – telefondan közini oldi, – ayam aytgandilar.
Yana janjalga qaytdi.
“Sen nimani ham tuşunarding?”
“Özingni biror narsaga aqling yetibdimi?”
– Qaçon kelarkinlar, uyingizdagilarni xabari yöqmi?
– Özing yöqol, laʼnati!
– Zamonjoon, – mayin qilib çaqirdi buçasi. – Keling, şu telefoningizni qöyib turing, yana sizni qaçon köraman-u…
Burnining çetlarida mayda ter paydo böldi: biroz izza böldi. Dasturxon çetiga telefonini öçirib qöyib ovqatni ozgina tomoşa qilib, iça boşladi. Rosa oçqagani esiga tuşdi.
Buçasi bilan biroz gaplaşib ötirib, qornini töqlab, “xayrlaşib” uyiga qaytdi. Oqoltin yoqalab ketaturib, çelakda suv taşiyotgan Sarvinozga közi tuşdi. Doimgidek ozğin, labida nim tabassum, yuzida sepkili börtib turibdi.
– Salom, Sarvinoz, – unga bir qur nigohtaşladi Zamon.
Qiz xiyol egilgan köyi indamay ketaverdi. Keyin qaramasdan javob aytdi.
– Qalaysan, Zamon?
Yigit Sarvinozning ortidan tikilib qoldi. Qançalik yaqin dösti edi, endi nimadir özgardi. Nimadir uni juda uzoqda tutyapti.
Oqoltinning böyidagi teraklar yengil epkinda şovullaydi. Osmonni ham bir qoralik qoplamoqda. Uzoq-uzoqlarda bir çaqnaş körinadi. Zamon özgarmoqda.
Qadamini tezlatdi. Uyiga yetib kelganda esa şamol kuçaygandi. Uylarining içidagi, mahalla köçalaridagi daraxtlarning şoxlari silkinadi, jajji nihollar yerga dovur egilib-eşilib ketadi. Oyisi yugurib-yelib oftobga yoyib qöygan kiyimlarni, körpalarni yiğadi. Bitta katta terakka boğlangan yolğiz qöy yalingannamo maʼraydi. Ovozi biram xunuk eşitiladiki. Issiqqina uyda çözilib, biroz telefon kovlamoqçi edi, qöli bormadi. Sekin derazaning ostiga bağrini berib yotdi. Taşqarida osmon guldiraydi, çaqnaydi, ayyuhannos soladi, Zamon közini yumib, jim eşitib yotadi. Bari biram dahşatli, xuddi qora it kabi, deb qöydi içida.
Biroz ötib yomğir quyib berdi.
Sanjarbek Ikromov
2004-yili Farğona viloyati Qöştepa tumanida tuğilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi. (2022).
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti talabasi.
2022/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


