(Közgudagi biz edik)
Bu yilgi Yoş ijodkorlar seminari ustozlar ruh quvvati körinib turgan joyda – Dormonda adabiyotga kirib kelişga çoğlangan qaldirğoçlarga quçoq oçdi.
Yoş ijodkorlar seminarining respublika bosqiçida iştirok etiş orzum edi. Orzuki, ön yillik! Hududiy bosqiçda iştirok etib, katta taassurotlar bilan qaytgandim. Biroq respublika bosqiçida qatnaşişni faqat xayol qilganman, xolos. Seminarga taklif etilgan kunim orzular maqsadga yetaklaşiga yana bir bor amin böldim.
Seminarning birinçi kuniyoq unutilmas, his-hayajonga töliq böldi. Respublikamizning turli hududlaridan saralangan 85 nafar yoş ijodkor bilan tanişuv! Ularning har biri öz oldiga ulkan maqsadlar qöyib, öz sohasida dadil odimlayotgan, respublikaning bosma va elektron naşrlarida, telekörsatuv va radio eşittirişlarda nomlari tanilib ulgurgan yoşlar.
Yurtimizda yaşab ijod qilgan uluğ allomalarimiz, özbek adabiyotining yirik vakillari şarafiga barpo etilgan Adiblar xiyobonida bölişning öziyoq, yoş ijodkorda köngil kaliti – söz sanʼatiga alohida eʼtibor qaratişga, öz sözi, öz ovozini körsatişga iştiyoq uyğotadi.
Yoş ijodkorlarning ijodiy işlarini kitob holida naşr etilgani! Kitobga “Eng gullagan yoşlik çoğimda” deb nom berilgani! Adiblar xiyobonida taqdimoti bölib ötgani! Har bir iştirokçi öz ismini kitobda körib quvonganini xolis kuzatib, miriqdim. Ular orasida mening ham nomim bor ekanidan zavqlandim. Ayni lahzalarni xotiramning qatlariga fotolavhalar holida muhrladim.
Seminarning oçiliş marosimidan söng şöbalarga bölindik. Men qatnaşayotgan badiiy publitsistika şöbasiga taniqli jurnalistlar Ahmadjon Meliboyev, Mamatqul Hazratqulov va Abdusaid Köçimovlar mahorat darslarini ötişdi.
Abdusaid Köçimov jurnalist faoliyatidagi eng muhim jihatlar – aniqlik va izçillik töğrisida söz yuritdi.
Mamatqul Hazratqulov esa sözga eʼtibor qaratiş, sözlarni töğri qöllaş, yozarman öziga qöyişi kerak bölgan eng birinçi talab ekani haqida unutilmas saboq berdi. Birinçi manbani topiş, kitob öqişdan erinmaslik kerakligini hayotiy misollar bilan tahlil qildi.
Ahmadjon Meliboyev amaliy dars maşğulotlari bilan bir umrga tatigulik ulkan xazina kalitini bizga tuhfa etdi. Ustoz, avvalo, şöbaning har bir iştirokçisiga daʼvo qilayotgan yölida sobit tura olişiga işonçini tekşirib kördi.
Eng muhim tomoni şuki, seminar davomida yozgan ijod namunalarimizga közgu tutdi. Şu örinda Asqad Muxtorning quyidagi gaplari yodimga tuşdi: “Yoşlarni tanqidga soğlom munosabatda böliş ruhida tarbiyalaş uçun avvalo tanqidning özi oqilona, samimiy va işonarli bölişi kerak. Tanqidni heç kim yaxşi körmaydi, deyişadi; lekin samimiy, mehribon va talabçan tanqidni talantli yoşlar hurmat qiladilar. Men qayerdadir bir aytgan edim: faqat qoğoz gul yomğirdan qörqadi”.
Bu yerda ustozlarning bergan saboqlari havas otiga mingan, balki özini bu sarhadning vakiliga mengzagan biz kabi yoşlar özlariga bir karra qayta boqişdi. Ustozlar bildirgan xolisona tanqidlar bizga közgu böldi, közguda akslanayotgan biz edik. Barça yoş ijodkorlar özlarining şöbalarida, ustozlar Ibrohim Ğofurov, Xurşid Döstmuhammad, Sobir Önar, Faxriyor, Aziz Said, Nurilla Çori, Sirojiddin Rauf, Muhiddin Abdusamad, Muhammad Siddiq, Mansur Jumayev va yana boşqa köplab ijodkorlardan özlari uçun köplab narsalar olganini ularning yuz-közlaridan bilib oliş qiyin emasdi. Tört kun davomida keçgan bu seminar barça yoşlar uçun kelgusi rejalari uçun muhim maydon, köprik vazifasini ötadi, desak mubolağa qilmagan bölamiz.
Dostonbek Şaripov
1995-yili Toşkent viloyatida tuğilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2022).
2022/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


