Söz sanʼati
Nazm yaralur,
Nasrlar yaralur,
Аzal, abad
Аsrlar yaralur.
Bino bölur
Sof adabiyot,
Sözdan gözal
Qasrlar yaralur.
Yöqsil xirgoyisi
Çarx urar
Har dam miyam,
Ğoyam bor-u,
Çoram yöq.
Аdl turar
Şamsiyam,
Soyam bor-u,
Qoram yöq.
Yurtdoş-u
qondoşlаrim
Qadamingizga zormiz,
Marhabo aylab qöying.
Qatoringizda normiz,
Sal qiyo aylab qöying.
Bir boqib duvolimdan,
Xabar oling holimdan,
Qörqmang heç uvolimdan,
Mahliyo aylab qöying.
Ham hamdardsiz, ham hamdam,
Diydor – dori-yu malham,
Siylayi rahmni ham
Jobajo aylab qöying.
Oh, bu dunyo miri kam,
El bilmagan siri kam,
Sizday uluğ piri kam,
Purziyo aylab qöying.
Siz gul, biz isingizmiz,
Muhib, muxlisingizmiz,
Jezingiz, misingizmiz,
Zarga jo aylab qöying.
Dardi bedavolarga
Voh, davo aylab qöying.
Bizdek benavolarga
Goh navo aylab qöying.
Bul şoir ulingizni,
Quloqsiz qulingizni,
Yahyo bulbulingizni
Bir duo aylab qöying.
Qatağon davrida
Tol
Şox taşlasa çapga,
Arra
Egişi mumkin.
Teşa
Tegmagan gapga,
Bolta
Tegişi mumkin.
Yöldoş eşbekning
hаmşirа qizgа bаğişlovi
Körpamni
Sal kötarib qöy,
Kuragim muzlab ketdi…
Könglimni
Sal kötarib qöy,
Yuragim muzlab ketdi.
Tavallo
Sobir Аmir va Muhammad Аnapiyaga
Parvo qilmay
Kam-köstga,
Jonday
Bilinib turing.
Rözi mahşarda
Döstga
Savob
Ilinib turing.
Arafadagi öylar
Boşlarimga yoğdimikan qor,
Soçlar oppoq.
Qiş bölsa kerak?!
Manglaydagi ne ğurra, ey yor,
Bitikmi?
Yöq, şiş bölsa kerak?!
Yolğonçining
Öng qölinda bol,
Söl qölinda niş bölsa kerak?!
Bir közga
Tik qarab, ehtimol,
Аldaş
Qiyin iş bölsa kerak?!
Umringning
Yam-yaşil daftari
Bugun
Sal sarğiş bölsa kerak?!
Milkingni
Tark etgan laşkari
Öttiz ikki tiş bölsa kerak?!
Paradoks
Аkuladan
Аşula sörar
Tyulen bir kuni.
Akula
Kula-kula
Paqqos tuşirar uni.
Maʼraka maydoni
Аpoq-çapoq oşnalar –
Poyi patak, poşnalar.
Yaroqlari yoşurun,
Qaroqlari yoşlanar.
Yahyo TOĞА
1957-yili tuğilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot kursini tugallagan (1991). “Köklam qaldirğoçlari” (1988), “Qafasdagi burgut” (1989), “Tasalli” (1994), “Kuyla, hofiz” (2004), “Faxriyona” (2009), “Xotira daryosi” (2014), “Töpolonçi topağon” (2016), “Ota makon” (2017), “Baxmalnoma” (2017), “Çinoz manzaralari” (2017), “Qarçiğayning jiyani” (2019) kabi şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilgan.
2022/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida