Köhna Turkiston yeri köplab maʼrifatparvar ulamolarga beşik bölgani barçamizga ayon. Xotirasi öçmas quyoşdek porlaguvçi milliy uyğoniş davri vakillarini tanimoq, ular haqida örganmoq bugungi avlodning tom maʼnodagi burçidir. Xususan, jadidçilik töğrisida gap ketganida bu harakatni boşlab bergan fidoyi inson Mahmudxöja Behbudiy haqida fikr yuritmaslikning iloji yöq. Adabiyotşunos Naim Karimovning “Mahmudxöja Behbudiy” risolasida Behbudiyning hayoti, faoliyati va taqdiri borasida söz yuritiladi va uning ona Turkiston ozodligi yölidagi harakatlari haqida muhim maʼlumotlar keltirilib, tahlil qilinadi. Uşbu kitob orqali biz nafaqat Behbudiy şaxsini, balki öşa davr Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy vaziyat, jadidçilik harakatining yuzaga kelişi haqida ham bilib olamiz.
Uşbu risola ikki qism (“Marifat boğining boğboni”, “Zulm saltanatining qurboni” )dan taşkil topgan bölib, muallif asarga töğridan-töğri qöl urişdan avval, Mahmudxöja Behbudiy hayotining örganiliş tarixi va uning natijasida yaratilgan ilmiy asarlar bilan yaqindan taniştiradi. Bu haqda maʼlumotlarni, xususan, birinçi qismda “Mahmudxöja Behbudiyning hayoti va örganiş tarixiga bir nazar” sarlavhasi ostida keltirib ötadi.
Muallifning taʼrifi bilan aytganda: “Behbudiy hazratlarining hayot sahifalarini varaqlagan inson Behbudiyga nisbatan rahm-şafqat hislariga tölib, pirovardida içi zaharli havoga tölgan şişadek portlab, yonib ketişi heç gap emas”. Çunki boşqa maʼrifatparvarlar singari bu siymoning ham umr yöli qator tösiqlar-u qiyinçiliklarga töla edi. Daraxtni çopgan ham öz tanasidan soplangan boltadir deganlaridek, Behbudiy ham taşqi kuçlar bir çetda qolib, ona yurti vakillari tomonidan fitnalarga uçragan. Jumladan, birinçi qismda “Bir fitna tarixi” sarlavhasi bilan berilgan bölimda behbudiyşunoslar tomonidan “Behbudiyga çuqur hurmatda bölgan va u haqida qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan şaxs” deya taʼriflanuvçi Hoji Muin tomonidan “Turkiston viloyati gazeti” muharriri N.Ostroumovga yozilgan Behbudiy taşabbusi bilan oçilgan yangi usul maktabini yoptiriş mazmunidagi xat namuna sifatida keltiriladi. Bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, Behbudiyning yurt istiqloli yölidagi ğoyalari qaysidir maʼnoda öz millatdoşlari tomonidan ham yöq qilib yuborilgan. “Agar zakön böyiça mumkin bölsa, öşal yerdan turub, özingiz heç kimğa maʼlum qilmasdan buyruq qilib, maktabni yoptirsangiz deb iltimos qilamiz”.
Asarni öqişda davom etar ekansiz, unda suratlar, xaritalar, maktublar, qölyozmalardan parçalar keltirilib, maʼlumotlar yanada oçiqlanganiga guvoh bölasiz. Xususan, “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi” sarlavhasi bilan berilgan bölimda Behbudiyning qariyb yuz yil davomida sir saqlangan Turkiston hududida alohida madaniy muxtoriyat quriş loyihasi haqida fikr yuritiladi. Bölimda keltirilişiça, Behbudiy “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi” nomli asar yozgan, ammo uşbu asardagi loyiha maʼlum sababga köra Ismoil Gaspirinskiyga yuboriladi va uning arxivida saqlanadi. Natijada esa u faqat qoğozda qolib ketadi. Deyarli yuz yil ötibgina avval Gollandiyada “Turkistonda yangilik harakatlari va ixtilollar” nomli töplam holida, keyinroq 2003-yil avgust oyida Özbekistonda “Jahon adabiyoti” jurnali sahifalarida çop etilib, jamoatçilik eʼtiboriga havola qilinadi. Naim Karimov risolada uşbu asarning foto va maşinkalangan nusxalari Gollandiyada naşr etilişidan avval öziga taqdim qilinganligi, ammo uşbu nusxalar yuborilgan şaxsdan öz nomiga ikki enlik xat yöqligi sabab naşr etişga jurʼat etmaganligini ham keltirib ötadi. Bizning muştariylar esa şu sabab hatto xorijliklardan ham ikki yil ötib uşbu asardan xabardor böldilar. Jamoat arbobi Naim Karimov öz kitobida şu asar qölyozmasidan bir sahifani Behbudiyning şaxsiy aftografi bilan havola etadi. Bu ham öquvçidagi tuşunarlilik va işonarlilikni taʼminlovçi xususiyatlardan biridir. Umuman olganda, Behbudiy uşbu asari orqali Turkiston uçun juda zör va mustahkam madaniy, demokratik “muxtoriyat” talab etganligini bilib olamiz, ammo Rossiya dumasi buni qanday muhokama etganligi, munosabat bildirganligi hali hamon oydinlaştirilmagan. Agar öşa zamonda Behbudiyning mazkur ğoyasi sirligiça qolmasdan, uni qöllab-quvvatlovçilar bir bölib, xalqni uyuştira olganlarida edi, balki, istiqlol tuşunçasiga biz yuz yillar avval erişgan bölarmidik?!
“Mahmudxöja Behbudiy” risolasida adabiyotşunos Naim Karimov “Behbudiya” kutubxonasi haqida ham qimmatli maʼlumotlar berib ötadi. Masalan, uni taşkil etiş uçun Behbudiy öz maslakdoşlari bilan 27 bobdan iborat dastur tuzib, uni Samarqand harbiy gubernatoriga yuborib, tasdiqlatgani va qurilişdan to işçi tarkib tuzişgaça boş-qoş bölganligi, qariyb ön yil oraliğida (1923-1932) undagi kitoblar sonini 2140 tadan 5339 taga, foydalanuvçilar sonini esa 923 tadan 2832 taga oşganligi haqidagi faktlar öquvçini qiziqtirmay qöymaydi.
Risolaning ikkinçi qismida “Najot izlab” nomli bölim bor va unda Behbudiyni sönggi bor körgan şaxslar va uning oxirgi safari haqida söz boradi. Unda keltirilişiça, Behbudiy Toşkentga borib, Samarqand va Turkistondagi tartibsizliklar borasida mahalliy hukumatga tuşuntirişlar beradi, ammo uning harakatlari samarasiz ketadi. Keyinroq bir neça hamrohlari bilan Qarşi çölida tutilib, qatl etilganligi va “Ularning Hindistonga borib inqilob qilmoqçiligi”, “Sovet zulmidan qoçib ketayotganligi”, “Hajga ketayotganligi” haqida mişmişlar tarqaladi. Ammo uning sönggi safaridan közlangan maqsad va ölimining sabablari aniq bayon etilmaydi. Keyinroq “Mehnatkaşlar tovuşi” gazetasining 1920-yil 8-aprel sonida Sadriddin Ayniy tomonidan bu voqeaga taxminiy izoh beriladi: “Ehtimol, bular Moskvağa borib, Turkistonning fojiali hollarini markaz hukumatğa maʼruza qilib, islohotni rijo qilmoqçi bölsalar. Örenburg yöli boğliq bölğoni sababli Qarşi çöli ustindan Kafkazğa ötib, Moskvağa bormoqçi bölsalar, zotlarni taniydurğonğa maʼlumdurki, bular haq va yurt manfaati uçun har bir tahlikani közğa oladurgan edilar”. Darhaqiqat, Sadriddin Ayniyning bu fikri haqiqatga yaqinroq, çunki bir umr el maʼrifati uçun jon kuydirgan odam umrining söngida yurtdan qoçib ketişga uringan holda öldirilişi haqiqatga ziddir. Bu siymo umrining oxirida ham xalq uçun qayğurib, vaziyatni yuqori hukumatga yetkaziş va yumşatiş yölida kuraşdi. Afsus bilan aytiş mumkinki, şunday xalqparvar insonning hatto qabri qayerdaligi ham maʼlum emas.
Belgisiz qabringni qora tunlarda
Amalimning şamin yoqib izladim.
(Çölpon)
Biroq uning yodi qalblarimizda mangu iz qoldiradi. Söz oxirida Behbudiyning vasiyatnomasidan parça keltiramiz: “Bizning otimizğa maktablar oçingizlar. Bizlar ul çoqda qabrimizda tinç yoturmiz”. Bu sözlar ortiqça izohga muhtoj emasligi körinib turibdi. Biz uçun umr böyi yonib-kuygan, oqibatda esa hatto qabri ham belgisiz qolgan bu zot merosini örganişga şu bois ham burçlimiz.
Donolar ötdilar – safari uzoq,
Quyoşday botdilar – manzili tuproq.
(Oybek)
Ögiloy Jamoliddin qizi
2000-yili tuğilgan.
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.
2022/9-10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

