(Hikoya)
Yozgi taʼtil boşlandi. Le’Avr öğil bolalar maktab-internati yölagida yuk çamadon tutgan öquvçilar huştak çalgança, maktab bilan xayrlaşib çiqib ketişardi. Ammo bu mamnuniyat kayfiyati şapkasini qöliga uşlab olgan Mehrdodga yot edi. U xuddi kemasi dengizga çökib ketgan tujjordek çamadoni ustida maʼyus turib qoldi. Kal, meşqorin direktor yaqinlaşib: “Siz ham ketyapsizmi?” deb söradi.
Mehrdod quloqlarigaça qizarib ketib, boşini quyi soldi. Direktor davom etdi:
– Kelasi yil maktabimizda bölmasligingizdan xafamiz. Siz çindan ham öz odobingiz, yuriş-turişingiz bilan bu yerdagi boşqa bolalarga örnak böldingiz. Biroq mendan bir maslahat: uyatçanlikni biroz yiğiştiring, jurʼatliroq böling. Siz kabi bir yoş yigitga bu yaraşmaydi, qusur sanaladi. Hayotda jurʼatli bölgan maʼqul.
Mehrdod javob örniga “Maktabingizdan ketayotganimdan özim ham xursand emasman”, dedi.
Direktor kuldi, Mehrdodning yelkasiga qoqib qöydi. Qöl siqib xayrlaşdi. Madrasa noziri Anatol Frans köçasining oxirigaça yigitçaning çamadonini kötarib, hamrohlik qilib bordi. Taksiga qöydi. Mehrdod unga çoyçaqa uzatib, xayrlaşdi.
Mehrdod töqqiz oydan beri LeʼAvr maktabida fransuzça örganayotgan edi. Parijda döstlaridan ayrilgan kuniyoq podasidan majburan ajratilgan qöyday yuvoş va muloyim tortib, bu yerga yöl olgandi. Yigitça yuriş-turişi va xulq-atvori bilan direktor va nozim eʼtiborini qozondi. Itoatkor, vazmin, tirişqoq, bundan taşqari özini maktab tartib-qoidalariga tamoman mos tutardi. Biroq u hamişa ğamgin va tuşkun kayfiyatda yurardi. Uy vazifasini bajariş, darslarini yod oliş va mehnat qilişdan boşqa işni bilmas, göyo öqiş uçun tuğilgandek edi. Sodda, rangpar, novça, ozğin, yumaloq közli, kipriklari tim qora, kaltaburun bu bolakay maşğulot va kitoblardan boşqa narsani öylamasdi. Kösa bölgani uçun uç kunda bir soqol olardi.
Muntazam davom etadigan bir qolipdagi maktab hayoti, ovqatlanişlar, darslar, hatto hamma bilan bir vaqtda uyğoniş
uning ruhini-da qolipga solib qöygandi. Baʼzan Mehrdod maktabning baland va rangi uniqqan devorlari, kelişolmaydigan döstlari, yaxşi bilmaydigan tili, notaniş tarbiya va odatlar, turli-tuman yemişlar orasida özini juda yolğiz sezar va mahrumlik hissi unga bir mahbus kayfiyatini berardi. Yakşanba kunlari berilgan bir neça soatlik “ozodlik”ni ham, kino yoki teatr tomoşa qilişni yoqtirmagani uçunmi, hokimiyat binosi röparasidagi boğda, örindiqda ötirgança qizlarni, ötgan-ketgan odamlarni, bir narsalar töqib yurgan xotin-xalajni, yam-yaşil maysalar ustida bemalol yurgan çumçuq va kök kaptarlarni kuzatib ötkazardi. Gohida esa bir bölak non olib kelar, boşqalarga öxşab nonni uşatib, çumçuqlarga soçar yoki sohilga ketib mayoqlarga qaragan tepalikka ötirgança tölqinlar va şahar manzarasini tomoşa qilardi. Çunki u Lomartinning Lak-dyu-Burje (Fransiyadagi köl nomi) böyida şunday ötirişini eşitgandi. Agar havoning avzoyi çatoq bölsa, u biror kafeda darsini yodlab ötirardi. Hamişa ğamgin yurganidan dösti yoki yaqin tanişi ham, tanişay desa, biror eronlik ham yöq edi.
Mehrdod Eronda, oilasida zarbulmasalga aylanib ketgan köz-quloği boğliq bolalardan edi. Hozir ham biror ayolning ismini eşitsa, peşonasidan quloğining solinçoğigaça qizarib-bözarib ketadi. Fransuz bolalar uni masxara qilar, ayollardan, raqs, öyin-kulgi, sport yoki sevgi-muhabbatdan söz oçilsa, Mehrdod hurmat yuzasidan ularning gapini tasdiqlab ötirsa-da, öz hayotidan mavzuga oid birorta misol keltirolmasdi. Çunki u onasining qölida qörqoq, ğamgin va tuşkun bir bola ölaroq ulğaygandi. Heç qaçon nomahram ayollar bilan gaplaşmagan edi. Ota-ona bolakayning miyasini ming yillik nasihatlar bilan töldirgan, keyin esa öğillari töğri yöldan ozmasin degan niyatda amakisining qizi – Diraxşandaga kiçik marosim bilan unaştirib qöyişgandi. Buni esa öğillariga körsatilgan buyuk fidoyilik va marhamat sanaşardi. Ularning fikriça, odobli, közi-köngli toza, axloqan komil farzandni tarbiyalagan edilar.
Mehrdod yigirma tört yoşda edi. Biroq unda hali ön tört yaşar yevropalik bir bolaning jasorati, tajribasi, tarbiyasi va şijoati yöq edi. Doim voizning minbarga çiqişini kutib, yiğlaşga tayyor kişidek ğamgin edi. Uning yagona yoruğ xotirasi Tehronni tark etgan kuni va Diraxşandaning yoş töla közlari bilan xayrlaşgani kelgani böldi. Biroq Mehrdod unga tasalli beradigan biror söz topolmadi. Yaʼni, uyatçanligi bunga qarşilik qildi. Garçi u amakisining qizi bilan bir uyda katta bölgan, bolaligidan birga öynagan bölsa-da, “Krasin” kemasi Pahlaviy bandargohini tark etib, suvni yorib borarkan, yaşil va rutubatli Eron qirğoqlari asta-sekin tuman va zulmat içra közdan yöqolgunga qadar Diraxşanda xayolidan ketmadi. Yevropada keçgan ilk oylarida uni tez-tez öylab tursa-da, keyin yorqinligi xiralaşa bordi.
Mehrdod maktabdan bir neça bor taʼtil berilganiga qaramay şu yerda qolib, öqiş bilan maşğul böldi. Uç oylik yozgi taʼtilda buning hissasini çiqarişni öylardi. Endi u maktabni “aʼlo”ga bitirib, Anatol Frans köçasidagi dud qoplagan maktabga sönggi bor qarab, içida xayrlaşdi. Söng töğri ilgari körib kelgani – pansionatga qarab jönadi. Pansionatdan bir xona oldi. U sinfdoşlaridan işq hikoyalari, Grand Tavern, Kazino, Densing Royal va şu kabi köngiloçar joylar haqida şu qadar köp eşitgan ediki, zavqlaniş uçun ilk oqşomdayoq 1800 frank maoşi va yana jamğargan 700 frankini olib, hayotida birinçi marta kazinoga borişga qaror qildi. Soqolini oldirdi, keçki ovqatni yedi. Kazinoga ketişdan avval, hali erta bölgani uçun, Parij köçasida biroz sayr qildi. LeʼAvrning bu gavjum va şovqin köçasi bandargohga qadar çözilib ketgandi. Mehrdod oğir qadam taşlar, atrofga hayratlanib qarar, oynalar ortidagi magazinlarni tomoşa qilardi. Puli bor, ozod, oldinda uç oy vaqt bor, ozodligidan foydalanib, bugungi oqşomni kazinoda ötkazmoqçi edi. Özi şu paytgaça yonidan bir neça bor ötgan, lekin kirişga jurʼat topolmagan şu gözal binoga, nihoyat, bugun oqşom boradi. Ehtimol, uning qora qoş-köziga qança qizlar oşiq bölar?!
U aylana-aylana katta bir dökon oldida töxtab, vitrinani tomoşa qilarkan, boşini xiyol egib jilmayib turgan sariq soçli ayol – manikenga közi tuşib qoldi. Uzun kiprikli, şahlo közli, oppoq böyinli edi haykal. Bir qölini beliga qöygan. Çiroqlarning binafşarang yoğdusi ostida pistoqi libos manikenni ğarib körsatardi. U beixtiyor turib qoldi, hayratlandi. Bu maniken emas, bir ayol, yanayam aniqroq aytsak, unga tabassum tortiq etayotgan bir malak edi. Moviy közlar, najib tabassum – yaʼni u tasavvur qila olmaydigan jilmayiş, zarif va inja qomat – bari uning sevgi, tafakkur va gözallik haqidagi tuşunçalaridan balandroq edi. Yana qiz u bilan gaplaşmasdi. Unga yolğon mehr, soxta iltifot körsatişga majbur emasdi. Yuguriş yoki hasad hissini tuymakka ham. Har doim birdek gözal, orzu-öylarini gavdalantirardi. Na yemak yer, na kiyinar, na bahona izlar, na-da kasal bölib, xarajat qilardi. Doim mamnun, yuzida tabassum. Eng muhimi, u heç qaçon gapirmasdi, fikr bildirmasdi. Axloqi töğri kelmasligidan qörqmasdi. Özgarmaydi: semirmas, qomati buzilmas.
Kun sovuq edi. Bu fikrlar uning xayolidan ötdi. U manikenni uşlay oladimi? Hidlaşi, öpişi, özi yoqtirgan atirni unga sepişi mumkinmi? Ğalati… Mehrdod bu ayoldan uyalmayotgan edi. Çunki maniken uni heç qaçon foş qilmas, yonidan qoçmas edi. Har doimgidek uyatçan, köz-u köngli toza Mehrdodligiça qolaverardi. Ammo qayerga qöyadi bu haykalni?
U körgan ayollarning heç biri bu manikenga yetolmasdi. Yeta olarmidi yoki? Tabassumi va nigohining holati bu manikenga ğayritabiiy köriniş bağişlagandi. Bu gözallikdan anglagan barça çiziqlar, ranglar, uyğunlik, neki bor, manikenda mukammal edi. Yigitni hayratlantirgan yana bir jihat, jonsiz bir haykalning Diraxşandaga öxşaşligi edi. Faqat qizning közlari qora, manikenniki esa töq moviy.
Manikenning oyoği uçiga “350 frank” deb yozilgan yorliq yopiştirilgandi. Nahotki, bu manikenni 350 frankka bersalar? Mehrdod hamma narsasidan voz keçişga tayyor edi. Dökon egasiga ustidagi kiyimlarni ham yeçib berişi mumkin. Manikenni bersa böldi. Çuqur öyga toldi. Birdan xayoliga uni sotib olişi mumkinligi keldi. Uni tomoşa qilişdan özini tiyolmasdi. Inon-ixtiyori özida emasdi. U allaqaçon kazinoga borişdan voz keçdi. Manikensiz hayotining biror maʼnosi bölmasligi haqda öyladi. Umriga mazmun kiritiş göyo manikenning qölida edi. Haykal uniki bölsa, istagan paytda unga qaray olsa, qaniydi.
Aslida, butun vitrina ayollar libosi kiydirilgan manikenlar bilan töla. Bu manikenning ayni şu yerda turişi esa nomunosib edi. Hammaning uni tomoşa qilişini öyladi, biroq dökonga kirib, savdolaşişga unda, tabiiyki, jurʼat yetişmasdi. Qaniydi, kimdir yaşirinça kelib, bu manikenni unga sotsa, pulini olsa, odamlar oldida bu “savdoni pişitiş”dan uni qutqarsa, öşa odamning qöllarini öpar, umr böyi undan minnatdor bölardi. Mehrdod diqqat bilan vitrinadan içkari qaradi. Dökonda ikki ayol suhbatlaşib turişardi. Ayollardan biri qöli bilan unga işora qildi. Şunda Mehrdod lavlagidek qizarib ketib, nigohini dökon raqamiga qaratdi. “Sigron dökoni, 102” deb qayd etilgan ekan. Sekin surilib, nari ketdi. Qalbi qinidan çiqqudek tipirçilar, boşi aylanib, közi tinardi. Maftunkor tabassumli maniken köz oldidan ketmasdi. Kimdir undan avval kelib, manikenni sotib olişidan qörqar, şu bilan birga, boşqalarning bu haykal qizga qanday befarq ötib ketayotganini aqliga siğdirolmasdi. Balki uni aldaş uçun şunday qilişar.
Mehrdod butun hayotining soya va zulmatda ötganini, unaştirilgan qizi – Diraxşandaga köngli yöqligini his qildi. U yevropalik ayollar bilan osongina munosabat qila olmasligini bilardi. Raqsdan, suhbatdan, yiğinlardan gap sotib ötirişdan, quvlaşmaçoq öynaşdan, tor kiyimlar kiyişdan, xuşomad qilişdan, buning uçun barça işni qilişdan qoçardi. Qolaversa, uyatçanligi bunga moneʼlik qilardi. Mehrdod özida dadillikni körmasdi. Bu maniken hayotiga yoruğlik baxş etuvçi bir nur edi göyo. Yoniga ötirib, tunlari dengizga yoy şaklidagi nur yuboradigan fonarga öxşardi u. Bu istakning heç bir meʼyorga töğri kelmasligini, uni masxara qilişlarini bilmasmidi? Bu manikenning bolakaylar qöliga beriladigan karton, loy, böyoq va paxtadan tayyorlanişini bilmasmidi u? Na tili kalimaga kelar, na vujudida harorat bor, na yuzidagi qiyofa özgarar. Mana şu özgaçalik tufayli Mehrdod manikenni sevib qoldi. Gapirayotgan odamdan, tafti bor, öz xohişiga yoki irodasiga qarşi iş qilgan, raşkini uyğotgan odamdan qörqar, hurkardi. Yöq, unga nafas oliş uçun ham bu maniken havodek zarur edi. Bundan buyon qöli bir işga bormas, hayotini davom ettira olmasdi. Mana şunday hayotni uç yuz ellik frankka sotib oliş mumkinmi?
Mehrdod sarosimalanib, ötgan-ketgan odamlar orasida xayoli çuvalaşib yurardi. Heç kimni körmas, ruhsiz va irodasiz u yoqdan-bu yoqqa borib kelardi. Içiga göyo jin kirib olgandek edi. Ketarkan, yelkasiga römol taşlab olgan, haddan taşqari quyuq böyanib olgan bir ayolga közi tuşdi. Beixtiyor unga ergaşdi. Ayol çerkov yonidan qörqinçli, qoronğu va tor Sent-Jak köçasiga burildi. Oçiq turgan derazasidan fokstrot ovozi eşitilib turgan xonaga kirib ketdi. Grammofonda intervallarda çalinadigan qöşiqdek inglizça ohang bilan hamohang kuy taralayotgandi. Mehrdod yozuv tugagunça biroz kutdi; buning qanday çolğu asbobi ekanini ajratolmadi. Bu ayol kim edi? Nega u yerga kirdi? Nega Mehrdod unga ergaşib keldi?
Yigit yölida davom etdi. Köz oldidan pastak mayxonalarning qirmizi çiroqlari, qoçoqlar, ğalati çehralar, bu toifa odamlarga mos kiçik va sirli qahvaxonalar birin-ketin ötib borardi. Bandargohda qatron va baliq yoği aralaş namxuş va sarrin şabada esar, temir ustunlardagi rango-rang çiroqlar köz qamaştirardi.
Katta-kiçik kemalar, qayiqlar, yelkanlar şovqini orasida bir guruh işçilar, öğrilar, Odam avlodidan bölgan turli irq vakillari bor edi.
Mehrdod beixtiyor jaketining tugmalarini taqib, tomoğini qirdi. Söng tez-tez qadam taşlab töğridagi Etas-unis şossesi tomon ketdi. Sohilda katta kema boğloqlik turar, olisdan qator-qator çiroqlar porlab körinardi. Suzib yuruvçi kiçik bir şahardek kemalar olis ölkalardan ğalati tillarda sözlaşuvçi odamlarni sohilga olib kelar, bu odamlar şahar tomonidan sörilib, hazm etilardi.
U birin-ketin bu ğalati hayotni kuzatar, ayollarning makiyajli yuzlariga nigoh solardi. Erkaklarni aldab, özlariga dalli-devona etguvçi şular emasmi? Bularning har biri dökondagi vitrinada körgani manikendan past va yengiltabiat haykal emasmi? Hayot degan narsa butunlay uydirma, noaniq va bemaʼni narsa bölib tuyildi şu onda. Özini yopişqoq modda içida aylanayotgan, biroq qutula olmayotgandek his qildi. Hamma narsa mantiqsiz edi. Suratga oliş maydonçasida qöllarini böyniga qöyib ötirgan yigit va qiz ham bemaʼni tuyildi unga.
Öqigan kitoblari, maktabning eski devori – bularning bari uydirma, sunʼiy va öyinçoq edi. Mehrdod uçun bir haqiqat bor edi: vitrinadagi maniken.
Darhol iziga qaytdi. Odamlar oralab ötib, Sigran dökonining yoniga kelganda töxtadi. Yana manikenga qaradi, xayriyat, öz joyida turibdi. Hayotida ilk marta qaror qabul qilgandek dökonga kirdi. Qora köylak, ustidan oq fartuk boğlagan xuşbiçim sotuvçi qiz soxta tabassum bilan qarşi oldi.
– Keling, janob. Nima izlayapsiz?
– Mana şu manikenni, – dedi Mehrdod vitrinaga işora qilib.
– Yaşil köylaknimi? Istasangiz, buning boşqa ranglaridan ham bor. Iltimos, ikki daqiqa kutib turing, xodimamiz kiyib körsatadi sizga. Unaştirilgan qizingiz uçun olmoqçimisiz? Aynan yaşili kerakmi?
– Keçirasiz, men manikenni sotib olmoqçiman.
– Manikenni? Tuşunmadim.
Mehrdod örinsiz savol berganini fahmladi, biroq sir boy bergisi kelmadi:
– Ha, mana şu kiyimdagi manikenni. Men xorijlikman. Tikuvçilik sexim bor. Manikenni şundayiça sotib olmoqçiman.
– O-o-o, bu qiyin masala. Men dökon egasi bilan maslahatlaşişim kerak. (boşqa ayolga yuzlanib) Syuzanna, Mose Leonni çaqir.
Mehrdod manikenga yuzlandi. Oq tuşa boşlagan soqolli, semiz, qora kiyingan va tilla zanjir taqqan Mose Leon Mehrdodning yoniga keldi.
– Janob, siz maniken sotib olmoqçimisiz? Modomiki, hamkasb ekanmiz, 900 frank çegirma bilan kiyimdan taşqari sizga 2500 frankka beraman. Köylak uçun alohida 350 frank tölaysiz. Bu sifatli loydan işlangan eng yaxşi manikenimiz. Tabriklayman sizni: biznesni yaxşi tuşunar ekansiz. Taniqli usta Dökroning asari bu. Biz yangi uslubdagi manikenlarni olib kelganimiz uçun bu manikenni zarariga sotyapmiz. Faqat bir istisno borligini bilişingiz kerak. Çunki biz odatda dökondagi asboblarni xaridorga sotmaymiz.
Mehrdod qizarib ketdi. Dökon egasining mubolağa va mehrga töla otaşin nutqiga nima deb javob qaytarişni bilmasdi. U javob beriş örniga içki çöntagidan hamyonini çiqarib, dökondorga ikki ming franklik va beş yuz franklik banknota çiqarib uzatdi. Yana uç yuz ellik frank oldi. U uç yuz ellik frankka bir oy yaşaşi mumkinmidi? Nima ahamiyati bor, axir u eng katta orzusiga erişayotgan bölsa.
* * *
Oradan beş yil ötib, Mehrdod biri katta va tobutga öxşaş uç çamadon bilan Tehronga qaytdi. Uydagilarni hayratga solgan narsa Mehrdodning unaştirilgan qizi – Diraxşandaga öta rasmiy munosabatda ekani, hatto unga atab biror sovğa ham keltirmagani böldi. Uç kundan söng onasi yoniga çaqirib, tanbeh berdi. Ayniqsa, olti yil Diraxşandaning u bilan turmuş quriş umidida uyda ötirganini, bir neça sovçini qaytarganini, şuning uçun Diraxşandaga uylanişga majbur ekanini gapirdi. Mehrdod onasining gaplarini xotirjam tinglarkan, “Ona, mening fikrim özgargan, men aslo uylanmaslikka qaror qildim”, dedi. Ona öğlining avvalgi uyatçan va itoatkor Mehrdod emasligini tuşundi. Özini tutişidagi bu özgariş kofirlar taʼsirida bölgan, şuning uçun tuşunça va fikrlari özgargan, degan xulosaga keldi. Biroq keyinçalik axloqiga, yuriş-turişiga diqqat bilan razm solib, unda heç bir özgarişni sezmadilar. Nima qiliş mumkinligiga ham aqllari yetmadi. Mehrdod öşa-öşa: har doimgi qörqoq va tuşkun Mehrdod edi. Yagona özgargan narsa uning tafakkuri. Bir neça kişi uning xatti-harakatini kuzatişda davom etdi, lekin Mehrdodning işqiy hayoti haqida biror belgi sezişmadi.
Uydagilarning Mehrdod haqidagi farazlari eşik orqasiga berkitilgan haykalda edi. Egnida yaşil köylak, jilmayib turgan haykalning bir qöli beliga qöyilgan, ikkinçi qöli yoniga tuşirilgan, yana yozuv ham bor.
Mehrdod oqşom uyga qaytarkan, eşikni yopib, grammofonni yoqar, şarob ichardi. Maniken ustiga taşlangan paranjini olib, qarşisidagi divanda soatlab uni tomoşa qilar, gözalligiga mahliyo bölardi. Şirakayf holida örnidan turib manikenga yaqinlaşar, zulflarini, libosini hidlardi. Uning haykalga muhabbati şu bilan çegaralangandi. Bu haykal işqning, hirsning, orzuning timsoliga aylangandi.
Kunlar ötaverdi. Oilasidagilar, jumladan, Diraxşanda ham bu haykalda bir sir borligini seza boşladi. Diraxşanda kinoya bilan, manikenga “Parda ortidagi qöğirçoq” nomini berdi. Mehrdodning onasi bir neça bor sinaş uçun unga manikenni sotişni, uning köylagini Diraxşandaga sovğa qilişni taklif qildi. Mehrdod esa onasining bunday taklifini hamişa rad etardi.
Boşqa tomondan Diraxşanda Mehrdodning qalbini qozonmoq uçun maniken qiyofasiga kirdi: soçini haykalniki kabi kalta kestirib, qönğiroq qildirdi. Manikenniki kabi yaşil köylak tiktirdi. Hatto oyoq kiyimning ham manikenniki kabi modelidan sotib oldi.
Mehrdod uydan çiqarkan, uning xonasiga kirib, kunduzi oynadagi manikenga taqlid qilişni odat qildi. Bir qölini beliga qöyib, maniken kabi boşini biroz egar, jilmayar edi. Bu közlardagi nigohlar, jozibali qaraşlar ham odamga, ham çeksiz böşliqqa qaragan kabi edi. U çin dildan bu maniken ruhiga kirişni istardi. Maniken bilan örtalaridagi biroz öxşaşlik ham unga quvonç bağişlardi. Diraxşanda soatlab tanasining barça ayriçaligini manikenniki bilan taqqoslar, unga öxşaşga harakat qilardi.
Mehrdod kelgaç turli hiyla va jilva bilan uning qarşisiga çiqardi. Avvaliga uning harakatlari samarasiz bölib, Mehrdod qiz bilan yuzlaşişdan qoçib yurdi. Qiz esa taqlidda davom etardi. Ammo vaqt ötib, Mehrdodning eʼtiborini qozona boşladi. Yigitning qalbida, yuragining bir yerlarida içkin-içkin kuraş boşlandi. Qaysi biriga qöl çözsa? Amakisining qizining intiq kutişi va jurʼati unda ham hayrat, ham nafrat uyğotardi. Bir tomonda uning yoşligini, muhabbatini parçalagan, baxtsizligining timsoli, rangi öçib ketgan bu sovuq haykal bilan beş yildirki, his-tuyğularini aldadi. Boşqa tomonda amakisining qizi azob çekmoqda, çidadi, Mehrdod uçun yana özgarişga majbur böldi. Kimdan voz keça olardi? Işqining timsoli bölgan bu manikendan osonlikça voz keça olmasligini bilardi. Uning şaxsiy hayoti, qalbida alohida örni yöqmi? Unga baxt bergan – şu maniken axir. Xayolida bu haykal bir hovuç loy va parikdan iborat emasdi. Balki, tirik odamlardan köra realroq mavjudot. Uni taşlab yuboriş yoki kimgadir beriş mumkinmi? Manikenni kimga bersa ham, olgan odam uni vitrinaga qöyadi, ötgan-ketgan köz uning gözalligidan bahra oladi, bu joziba sirini anglaşga urinadi, nigohi bilan uni erkalaydi yoki xafa qiladi, şundaymi? Yöq, aslo! Yaxşisi, uni piçoqlaydi, öldiradi. U şu niyatda kiçik revolver sotib oldi. Biroq har gal maqsadini amalga oşiray deganida ikkilanib qolaverdi.
Bir oqşom Mehrdod şirakayf holda uyga odatdagidan keç qaytdi. Uyga kirib, chiroqni yoqdi. Odatiga köra, pardani kötardi, şkafdan gilosli şarob oldi. Grammofonni yoqib, bir musiqa qöydi. Ketma-ket ikki stakan şarob içdi. Söng divanga ötirib, manikenga qaradi.
Manikenga uzoq termuldi. Aslida, uning közi körmas, manikenning şakli xayoliga örnaşib bölgan edi. Mehrdod örnidan turib manikenga yaqinlaşdi. Avval soçiga, söng böyniga, kökragiga tegdi. Biroq qizigan temirga tegib ketgandek, birdan qölini tortib oldi. Şunday bölişi mumkinmi? Bu yonayotgan harorat qayerdan? Yöq, şubhalanadigan heç narsa yöq edi. U tuş köryaptimi, dahşatli tuş? Yoki mastlikning taʼsirimi bu? U yengi bilan közlarini artdi-da, fikrini töplaş uçun divanga özini otdi. Şu payt u qarşisida bir qölini beliga qöyib, unga yaqinlaşib kelayotgan manikenni kördi. Haykal jilmayardi.
Mehrdod qoçiş uçun harakat qildi. U beixtiyor şimining çöntagidan töpponça çiqarib, uç marta ketma-ket öq uzdi. Maniken ingrab yerga quladi. Mehrdod qörquv bilan engaşib, manikenning boşini kötardi. Lekin bu maniken emas, qonga botgan Diraxşanda edi.
Sodiq HIDOYAT
1903-yili tuğilgan.
Eron yozuvçisi, filolog va jamoat arbobi.
“Tirik kömilganlar”, “Uç qatra qon”, “Yoruğlik soyasi”, “Alaviyya xonim”, “Kör boyquş”, “Boşpanasiz it”, “Ğiybatlar”, “Hoji oğa”, “Ertaga” hikoyalar töplami va qissalari, “Sosonning qizi Parvin”, “Olamning yaralişi afsonasi” pyesalari, “Umar Xayyom ruboiyoti”, “Inson va hayvon”, “Ölim”, “Eron şeʼriyatida yangi oqimlar”, “Kafka nomasi”, “Yevropada Islom missiyasi” esselari maşhur. 1951-yili Parijda vafot etgan.
Fors tilidan Başorat Otajonova tarjimasi.
2022/9-10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


