8 daqiqada öqiladi

377 marta körilgan

Fojialar tasodifan bölmaydi!

Ruxsora Tulaboyeva

Badiiy adabiyot paydo bölibdiki, uning eng muhim unsurla­ridan biri – badiiy obraz, xarakter hisoblanadi. Obrazlar, xarakterlar muallif nuqtayi nazari, zamon, makonga boğliq ravişda turli şakl va mazmunda namoyon böladi. Badiiy asarda zamon va makon muammosi adabiyotşunoslikda örganilgan, tadqiq etilgan bölsa-da, bu borada hali örganilişi kerak bölgan jihatlar köp. Zamon va makon muammosini rus adabiyotşunosligida Baxtin, özbek adabiyotşunosligida esa professor Uzoq Jöraqulov yoritib berdi.

“Badiiy adabiyotda namoyon böluvçi real-tarixiy zamon, makon hamda insonni idrok etiş jarayoni sekinlik bilan, murakkab keçmoqda. Makon va zamonning alohida xususiyatlari, şunga aloqador holatda, janr yönalişlari va badiiy ifodalaşning real jihatlari insoniyat qölga kiritgan tarixiy taraqqiyot bosqiçlari bilan boğliq holda örganilmoqda”( Бахтин М. Вопросы литеруры и эстетики. 1975, стр. 234-235).

“Avantyur roman dunyosi avantyur zamon bilan boşqariladi. Bu zamon yil, oy, soat, daqiqalar bilan emas, “bir kuni”, “öşa kuni”, “birdan”, “şu payt”, “kutilmaganda” kabi avantyur zamon birliklari bilan ölçanadi” (Жўрaқулов У. Назарий поэтика масалалари. 2015. – Б. 92.)

Aslida, ustoz olimlar nazarda tutgan bu qaraşlar uzoq davrlar mobaynida yaratib kelingan asarlar, yirik romanlar, ulardagi xronotip unsurlarni örganişni nazarda tutgan bölsa-da, bu tuşunçalar naqadar dolzarbligi bois bugungi zamonaviy adabiyotga ham mos keladi.

Badiiy adabiyotda insonning mohiyatini anglaş, uning his-tuyğu va keçinmalarini ifodalaş boş omillardan biridir. Şunday ekan, inson ruhiy olami tasviri adabiyotda eskirmaydigan, muhim masala bölib qolaveradi.

Bugungi özbek adabiyotida bola obrazi aks ettirilgan asarlar köplab topiladi. Ularda bola xarakteri turli makon, zamonda, turliça şaroitda gavdalantiriladi. Yaʼni zamon, ijtimoiy şaroit bola obrazini tasvirlaşda muhim omillardan biri bölib xizmat qiladi.

Zamonaviy adabiyotda inson ruhiyatini tasvirlaş muammosi tobora keng kölam kasb etib bormoqda. Inson barça jonzotlardan aziz-u mukarram qilib yaratilgan ekan, uning maʼnaviy, ruhiy qiyofasi doimo eng eʼtiborli örinda turadi. Şu sababli ham insonning maʼnaviy, ruhiy qiyofasi tasvirini badiiy adabiyotning muhim omili sifatida eʼtirof etişimiz mumkin.

“Alvido bolalik” asari Tohir Malik ijodida alohida örin tutadi. Asardagi asosiy mavzu – heç kim jinoyatçi bölib tuğilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatçiga aylantiradi. Bu haqda adibning özi şunday deydi: “Men ösmirlar va yoşlarning jinoyat köçasiga kirib qolayotganligiga befarq qarab turolmayman. Bolalar axloq tuzatiş koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi. Ozod, erkin yaşab, öqib, hunar örganadigan bolalar bu yerga qanday tuşib qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali körinsa?! Men jinoyat olamini “Şaytanat”, yaʼni şaytonlar yetovidagi zulmkorlar mamlakati deb atab, “Ehtiyot böling, jigarlarim, bu köçaga yaqin yölamang, boşi berk bu köchaning adoğida faqatgina azobli, xorli ölim topasiz”, – demoq niyatida yozdim. Yozganlarimni ogohlantiriş deb qabul qilişlarini istardim”.

Darhaqiqat, “Alvido bolalik” asari qahramonlaridan biri Qamariddin 14-15 yoşlarga kirgan ösmir bola hayotning şafqatsiz zarbalariga erta duçor böladi. Açinarlisi şundaki, uning bu aççiq qismatiga özi emas, balki qaçonlardir taşlab ketgan otasi, bevafo, tayinsiz onasi sababçi edi. Bolaning qalbida birinçi bor bolalar uyida pastga urişlar, haqoratlarga nisbatan isyon uyğonadi. Bu isyon sekin-sekin ğazabga, ğazab esa bora-bora nafratga aylanadi. Köçada bolalar uyida ösayotgan bolalarni taniydigan odamlar ularni urişib haydaganda, ota-onasi bor bölgan tengdoşlari irganib çetga itarganda iç-içidan odamlarga nisbatan nafrati ösaveradi va bir kuni onasining yoniga kelib turadigan “amaki”ni öldirib qöyganini özi bilmay qoladi…

Zero, kelajakda yaxşi bir muhandis, yaxşi bir şifokor yoki öqituvçi bölişi mumkin bölgan bola özgalar, töğriroği, kattalar aybi bilan panjara ortida voyaga yetadi. Ösib kelayotgan bolani niholga öxşatadilar. Niholga suv quyib turiş qançalar zarur bölsa, bolaga ham mehr, muhabbat, yaxşi tarbiya beriş nihoyatda zarur. Bola – ösmir olami katta eʼtibor talab qiluvçi kuçdir. Ular tabiatdagi, jamiyatdagi har bir hodisadan öziga xos xulosalar çiqaradilar. Agar uning bu xulosasi notöğri bölsa, albatta, kattalar tomonidan töğrilanadi. Ösmirlik davrida bola maslahatga, döstga, şirin sözga doimo muhtoj böladi. Agar u şirin söz va döstlikni öz yaqinlaridan topolmasa, uni begonalardan, köçadan izlaydi.

Bolaning tabiatida tuğilgan isyon vaqt ötişi bilan ulğayib boradi. Yozuvçi mana şu körsatkiç orqali zamonning bola xarakteri, uning dunyoqaraşiga taʼsirini körsatadi. Yaʼni bola kiçik yoşida undagi isyon hali nafratga aylanmagan, ruhiyatida ortga qaytiş uçun yöl bor edi. Ammo uning ruhiyatini davolaş, uni töğri yölga soliş uçun birorta ham murabbiy bölmaydi. Tarbiya qilişi kerak bölgan odamlarning (otasi, onasi, yetimxona tarbiyaçilari, köçadagi qöşnilar) yo özlari tarbiyaga muhtoj, yo ortiqça urinişni istamas, yoki loqayd edilar. Bu orada vaqt ötadi, yozuvçi vaqtning ötayotganini aynan raqamlar bilan keltirib ötirmaydi (U.Jöraqulov taʼbiri). Bola ulğayib, yetimxonadan çiqadi va onasi yaşaydigan uyga boradi. Mana şu syujet orqali yozuvçi zamon fonini çizib beradi. Ayni vaqtda kitobxon ham vaqt ötayotganini syujet orqali, bolaning qaraşi, fikrlari özgargani orqali bilib oladi. Bola dastlab onasini, odamlarni yomon körmasdi. Ulğaygan sari unga odamlarning munosabatini anglay boşlaydi, anglagan sari norozilik, isyon, nafrat tuyğulari ham ulğayib bordi. Öz-özidan ayonki, zamon şakli bu yerda obraz xarakteridagi evrilişlarni yuzaga keltirdi.

Psixologlar ösmirlikni “… qarama-qarşiliklarga boy davr”, “krizislar (buhronlar), tanazzullar davri” deb ham ataydilar.

“Alvido bolalik” asari qahramoni Qamariddin tuşkunlik ruhiyati taʼsirida alamzadalik tuyğusiga böysunadi. U heç qaçon körmagan otasi hamda olifta, beparvo va bevafo onasidan mehr, eʼtibor topmagaç, köçaga, bezori va çöntakkesarlar tödasiga borib qöşiladi. U şunçaki kissavurlik bilan çeklanmaydi, çunki qalbida kömilib yotgan alam, nafrat odamlardan qasos olişga undayveradi. Natijada, qotillikka qöl urib, qolgan hayotini ham barbod qiladi.

Şu örinda bolaning maxsus qamoq maktabida öqiyotganida maktabning ular uçun aslo oçilmaydigan katta, oğir, jigarrang darvozasi töğrisidagi örindiqqa ötirib xayol surgandagi gaplarini keltiramiz: “Hozir qölimga miltiq berib qöyişsa-yu, darvozadan otam bilan onam kirib kelsa, şartta otardim. Ana undan keyin özimni ham otib yuborişsa mayli. Yöq, avval sud bölişi kerak. Sudda gapirişim kerak. Bolasini taşlab ketgan ota-onaning jazosi şu, deyman. Tirik yetimlar, hammangiz ablah ota-onangizni topib otib yuboring. Yolğon gaplar töqib, ularni bir-biringizga maqtab, yaxşi odam qilib körsatmang, ayamay otib taşlang, deyman. Tirik yetimlarga miltiq beringlar, deyman! Ana şundan keyin meni otişsa ham mayli” (Tohir Malik “Alvido bolalik”. 41-bet). Qamariddin şunday öylagani bilan onasini öldirmaydi. Qandaydir nomaʼlum bölgan içki bir kuç uni onaga qöl kötarişdan töxtatib turadi. Ammo bir kuni uyiga köçadan şirakayf bölib kelgan bolani onasining yonida ötirgan “otasining dösti”ni öldirib qöyişdan heç qanday kuç töxtatolmaydi.

Heç bir fojia aslo tasodifan yuz bermaydi. Tasodifan bölib köringan fojia – bu sirtdan köringan tayyor tasvirdir. Şu tasvirning paydo bölişi (yuz berişi) uçun esa uzoq tayyorgarlik jarayoni keçadi. Falsafada sabab va natija tuşunçasi bölgani singari badiiy asarda ham hodisaning yuz beriş sababi va natijasi badiiy haqiqat sifatida keltirilişi kerak. Yozuvçi bu örinda fojia (natija)ga olib kelgan holat (sabab)ni bosqiçma-bosqiç yoritib beradi. Yaʼni zamon foni yaqqol körinib turadi. Demak, zamon endi syujet çiziği bilan baravar harkatlanadi. Syujet çiziğidan qahramonning ulğaygani, fikrlaşi özgargani, endi avvalgiday yolğiz emasligi, yaʼni atrofida öziga öxşagan “dordan qoçgan” bolalar borligini bilib olamiz. Qamariddin yomon xulqli onasining yonida, uni muntazam kamsitgan jamiyat içida öksik köngli bilan yolğiz edi. Uni tinglaydigan va anglaydigan odam yöqligi bois köçada bezori va öğri bolalar bilan tez topişib oldi. Bu tödada endi u yolğiz emasdi, “öziga öxşagan yolğizlar” olami ayni muddao böldi. Keyingi voqealar jinoyat olami çirkinliklarini gavdalantiriş bilan davom ettiriladi. Bolaning ruhiyatidagi tanazzul xuruj çöqqisidan ötib böldi. Endi uni tarbiyalaş har kimning ham qölidan kelavermaydi. Qalbidagi odamlarga bölgan nafrat, kimdandir alamini olişga bölgan yovuz intiliş allaqaçon uning özligiga aylanib qoldi. Nihoyat, uyga keldi, onasi bilan ötirgan “amaki”ni öldirdi. Dostoyevskiy Raskolnikov qotillikni amalga oşirişi uçun qahramonni uzoq vaqt tayyorlaydi, bunda qahramon ruhan öz-özini tayyorlaydi. Raskolnikov köp ikkilanadi, köp bora jurʼat qilolmaydi. Ammo Qamariddinda özini özi ruhan tayyorlaşga, ikkilanişga, jurʼat qilolmaslikka hojat yöq edi. Uni jamiyatning özi, atrofidagi odamlarning özi tayyorlab qöyadi. Zamon fonida yuz berajak fojianing sabab va natijasi yoritiladi, dalillanadi.

Yuqorida qahramon tilidan keltirilgan nutqda uning qanday ruhiyat bilan şakllanganini ilğaş qiyin emas. Yozuvçi ana şunday oğir ruhiy holatni yoritadi hamda şu holatning şakllanişiga sabab bölgan omillarni ham badiiy asoslab keltiradi. Zamon şakli bola obrazini yoritişda ikki asosiy vazifani bajaradi:
1. Zamon bola xarakterini yoritişga xizmat qilgan, yaʼni bolaning ruhiyatidagi özgarişlar vaqt ötişi bilan, yillar davomida şakllanadi. 2. Zamon asar syujet çiziğiga mos ravişda namoyon böladi. Bu ikkala holatda ham zamon tuşunçasi asosiy fon vazifasini bajarib, xarakter, obrazlar va syujet tasvirida ham zamon rangi xiralaşmaydi. Kitobxon vaqt ötayotganini his qilib turadi.

Bola özi bilib-bilmay atrofdagi odamlarga taqlid qilib yaşaydi. U boşqalar bilan bölgan özaro munosabatda özini anglay boşlaydi. Özining kimgadir kerakli yo keraksiz ekanligini ana şu munosabatlar naijasida tuşunib yetadi. Yozuvçi Tohir Malik bugungi zamon bolasi uçun naqadar dolzarb bölgan yirik muammoni qalamga olib yoritganki, unda bolalar tabiatida har lahzada yuz berişi mumkin bölgan ruhiy tanazzuldan ogoh etadi. Ayni zamonda ham jamiyatda yolğiz qolib, virtual olamdan döst va şerik izlayotgan bolalar bani başariyatni huşyor bölişga undamoği darkor.

Umuman olganda, yozuvçi Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari ösmir bolalar xarakteri, ularning tabiatidagi oğir ruhiy keçinmalarni yorqin tasvirlab bergan, qahramon va zamon hodisasini uyğun ifodalay olgan, jamiyatda yoşlarning ruhiy tarbiyasi naqadar muhim ekanini obrazli namoyon etgan asardir.

Ruxsora Tulaboyeva,

filologiya fanları böyiça falsafa doktori.

 

1984-yili tuğilgan.

ÖzMUning özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Uning “Orzu”, “Umr parçalari” nomli şeʼriy töplamlari va “Xudoyberdi Töxtaboyev romanlarida badiiy psixologizm” monografiyasi çop etilgan.

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)